1. Qaree
  2. Suralar
  3. Inshiqoq surasi

Inshiqoq surasini qanday yod olish mumkin

«Ajralish»

  • 84-sura
  • 25 oyat
  • Makkiy
  • Mushafning 589-sahifasi

الإنشقاق

Inshiqoq surasini Qaree’da yod olish

Ilova oʻrnatilgan boʻlsa, uni ochadi, aks holda App Store / Google Play’ni ochadi.

Surani toʻliq tinglang

Qori: Mishari Roshid al-Afasiy

Qancha vaqt kerak

Har kuni ushlab tura oladigan surʼatni tanlang:

Kuniga 1 oyat25 kun
Kuniga 3 oyat9 kun
Kuniga 5 oyat5 kun

Oyatma-oyat qanday yod olish kerak

  1. Avval tinglangOyatni bir necha marta qoʻying va arabcha matnni koʻzingiz bilan kuzatib boring.
  2. Ovoz chiqarib takrorlangTilingizga oson kelguncha qayta-qayta ayting. Qaree har bir takrorni sanaydi.
  3. Yoddan oʻqingMatnga qaramay oʻqing. Qaree’ning tilovat rejimi sizni tinglaydi va xato qilgan soʻzlaringizni belgilaydi.
  4. Ulang va takrorlangYangi oyatni oldingilari bilan birga oʻqing, ertasi kuni esa surani yana bir bor takrorlang.

Inshiqoq surasi: arabcha matni, transliteratsiyasi va tarjimasi

  1. 84:1

    إِذَا ٱلسَّمَآءُ ٱنشَقَّتْ

    Izas samaaa'un shaqqat

    Vaqtiki, osmon yorilsa.

  2. 84:2

    وَأَذِنَتْ لِرَبِّهَا وَحُقَّتْ

    Wa azinat li Rabbihaa wa huqqat

    U(osmon) o`z Robbisiga quloq osdi, bo`ysundi va shundoq bo`lishi kerak edi.

  3. 84:3

    وَإِذَا ٱلْأَرْضُ مُدَّتْ

    Wa izal ardu muddat

    Va vaqtiki, yer cho`zilsa.

  4. 84:4

    وَأَلْقَتْ مَا فِيهَا وَتَخَلَّتْ

    Wa alqat maa feehaa wa takhallat

    Va o`z ichidagi narsalarni otib chiqarib, xoli qolsa.

  5. 84:5

    وَأَذِنَتْ لِرَبِّهَا وَحُقَّتْ

    Wa azinat li Rabbihaa wa huqqat

    U(er) o`z Robbisiga quloq osdi, bo`ysundi va shundoq bo`lishi kerak edi.

  6. 84:6

    يَـٰٓأَيُّهَا ٱلْإِنسَـٰنُ إِنَّكَ كَادِحٌ إِلَىٰ رَبِّكَ كَدْحًا فَمُلَـٰقِيهِ

    Yaaa ayyuhal insaanu innaka kaadihun ilaa Rabbika kad han famulaaqeeh

    Ey inson! Albatta, sen Robbingga yo`liqquningcha, harakatu urinishda bo`lasan va oxiri unga yo`liqasan ham.

  7. 84:7

    فَأَمَّا مَنْ أُوتِىَ كِتَـٰبَهُۥ بِيَمِينِهِۦ

    Fa ammaa man ootiya kitaabahoo biyameenih

    Ammo kimning kitobi o`ng tarafdan berilsa.

  8. 84:8

    فَسَوْفَ يُحَاسَبُ حِسَابًا يَسِيرًا

    Fasawfa yuhaasabu hi saabai yaseeraa

    Tezda, osongina hisob qilinur.

  9. 84:9

    وَيَنقَلِبُ إِلَىٰٓ أَهْلِهِۦ مَسْرُورًا

    Wa yanqalibu ilaaa ahlihee masrooraa

    Va ahli huzuriga xursand holda qaytib borur.

  10. 84:10

    وَأَمَّا مَنْ أُوتِىَ كِتَـٰبَهُۥ وَرَآءَ ظَهْرِهِۦ

    Wa ammaa man ootiya kitaabahoo waraaa'a zahrih

    Va ammo kimning kitobi orqa tarafdan berilsa...

  11. 84:11

    فَسَوْفَ يَدْعُوا۟ ثُبُورًا

    Fasawfa yad'oo subooraa

    U tezda o`ziga halokatni chaqirur.

  12. 84:12

    وَيَصْلَىٰ سَعِيرًا

    Wa yaslaa sa'eeraa

    Va qizib turgan do`zaxga kirur.

  13. 84:13

    إِنَّهُۥ كَانَ فِىٓ أَهْلِهِۦ مَسْرُورًا

    Innahoo kaana feee ahlihee masrooraa

    Chunki, u (bu dunyoda) o`z ahli bilan xursand bo`lib o`tgan edi.

  14. 84:14

    إِنَّهُۥ ظَنَّ أَن لَّن يَحُورَ

    Innahoo zanna al lai yahoor

    Chunki, u hech qachon orqaga qaytmaslikni o`ylagan edi.

  15. 84:15

    بَلَىٰٓ إِنَّ رَبَّهُۥ كَانَ بِهِۦ بَصِيرًا

    Balaaa inna Rabbahoo kaana bihee baseeraa

    Ha! Albatta, Robbi uni doim ko`rib turuvchi edi.

  16. 84:16

    فَلَآ أُقْسِمُ بِٱلشَّفَقِ

    Falaaa uqsimu bishshafaq

    Shafaq bilan qasamki.

  17. 84:17

    وَٱلَّيْلِ وَمَا وَسَقَ

    Wallaili wa maa wasaq

    Kechasi va u o`rab olgan narsalar bilan qasamki.

  18. 84:18

    وَٱلْقَمَرِ إِذَا ٱتَّسَقَ

    Walqamari izat tasaq

    Va to`lin oy bilan qasamki.

  19. 84:19

    لَتَرْكَبُنَّ طَبَقًا عَن طَبَقٍ

    Latarkabunna tabaqan 'an tabaq

    Albatta, sizlar tabaqama-tabaqa minasizlar.

  20. 84:20

    فَمَا لَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ

    Famaa lahum laa yu'minoon

    Nima bo`lgan ularga, iymon keltirmaslar?!

  21. 84:21

    وَإِذَا قُرِئَ عَلَيْهِمُ ٱلْقُرْءَانُ لَا يَسْجُدُونَ ۩

    Wa izaa quri'a 'alaihimul Quraanu laa yasjudoon

    Va agar ularga Qur'on o`qilsa, sajda qilmaslar.

  22. 84:22

    بَلِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ يُكَذِّبُونَ

    Balil lazeena kafaroo yukazziboon

    Balki kofirlar yolg`onga chiqarurlar.

  23. 84:23

    وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا يُوعُونَ

    Wallaahu a'lamu bimaa yoo'oon

    Ular (qalblarida) nimani saqlayotganlarini Allohning O`zi biladir.

  24. 84:24

    فَبَشِّرْهُم بِعَذَابٍ أَلِيمٍ

    Fabashshirhum bi'azaabin aleem

    Ularga alamli azobning «bashoratini» ber.

  25. 84:25

    إِلَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ لَهُمْ أَجْرٌ غَيْرُ مَمْنُونٍۭ

    Illal lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati lahum ajrun ghairu mamnoon

    Illo, iymon keltirganlarga va yaxshi amallar qilganlarga minnatsiz, uzluksiz ajrlar bor.

Manbalar

  • Maʼnolar tarjimasi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
  • Qiroat: Mishari Roshid al-Afasiy, mp3quran.net.
  • Transliteratsiya faqat oʻqishga yordamchi. Toʻgʻri talaffuzni qorining qiroatidan yoki ustozdan oʻrganing.

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ

«Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!» — Qamar surasi, 54:17

Bugun bitta oyatdan boshlang.