1. Qaree
  2. Suralar
  3. Mutaffifun surasi

Mutaffifun surasini qanday yod olish mumkin

«Kam oʻlchovchilar»

  • 83-sura
  • 36 oyat
  • Makkiy
  • Mushafning 587–589-sahifalari

المطففين

Mutaffifun surasini Qaree’da yod olish

Ilova oʻrnatilgan boʻlsa, uni ochadi, aks holda App Store / Google Play’ni ochadi.

Surani toʻliq tinglang

Qori: Mishari Roshid al-Afasiy

Qancha vaqt kerak

Har kuni ushlab tura oladigan surʼatni tanlang:

Kuniga 1 oyat36 kun
Kuniga 3 oyat12 kun
Kuniga 5 oyat8 kun

Oyatma-oyat qanday yod olish kerak

  1. Avval tinglangOyatni bir necha marta qoʻying va arabcha matnni koʻzingiz bilan kuzatib boring.
  2. Ovoz chiqarib takrorlangTilingizga oson kelguncha qayta-qayta ayting. Qaree har bir takrorni sanaydi.
  3. Yoddan oʻqingMatnga qaramay oʻqing. Qaree’ning tilovat rejimi sizni tinglaydi va xato qilgan soʻzlaringizni belgilaydi.
  4. Ulang va takrorlangYangi oyatni oldingilari bilan birga oʻqing, ertasi kuni esa surani yana bir bor takrorlang.

Mutaffifun surasi: arabcha matni, transliteratsiyasi va tarjimasi

  1. 83:1

    وَيْلٌ لِّلْمُطَفِّفِينَ

    Wailul lil mutaffifeen

    Vayl bo`lsin o`lchovdan urib qoluvchilarga.

  2. 83:2

    ٱلَّذِينَ إِذَا ٱكْتَالُوا۟ عَلَى ٱلنَّاسِ يَسْتَوْفُونَ

    Allazeena izak taaloo 'alan naasi yastawfoon

    Ular odamlardan narsa o`lchab olsalar, to`liq olarlar.

  3. 83:3

    وَإِذَا كَالُوهُمْ أَو وَّزَنُوهُمْ يُخْسِرُونَ

    Wa izaa kaaloohum aw wazanoohum yukhsiroon

    Va agar odamlarga o`lchab yoki tortib bersalar, kamaytirarlar.

  4. 83:4

    أَلَا يَظُنُّ أُو۟لَـٰٓئِكَ أَنَّهُم مَّبْعُوثُونَ

    Alaa yazunnu ulaaa'ika annahum mab'oosoon

    Ana shular, albatta, qayta tiriltirilishlarini o`ylamaydilarmi?

  5. 83:5

    لِيَوْمٍ عَظِيمٍ

    Li Yawmin 'Azeem

    Ulug` bir kunda.

  6. 83:6

    يَوْمَ يَقُومُ ٱلنَّاسُ لِرَبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ

    Yawma yaqoomun naasu li Rabbil 'aalameen

    U kunda odamlar olamlarning Robbi huzurida tik turarlar.

  7. 83:7

    كَلَّآ إِنَّ كِتَـٰبَ ٱلْفُجَّارِ لَفِى سِجِّينٍ

    Kallaaa inna kitaabal fujjaari lafee Sijjeen

    Yo`q! Albatta fojirlarlarning kitobi «sijjiyn»dadir.

  8. 83:8

    وَمَآ أَدْرَىٰكَ مَا سِجِّينٌ

    Wa maa adraaka maa Sijjeen

    «Sijjiyn» qanday narsa ekanini senga nima bildirdi?!

  9. 83:9

    كِتَـٰبٌ مَّرْقُومٌ

    Kitaabum marqoom

    U(Sijjiyn) yozilgan kitobdur.

  10. 83:10

    وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِّلْمُكَذِّبِينَ

    Wailuny yawma'izil lil mukazzibeen

    O`sha kunda yolg`onga chiqaruvchilarga vayl bo`lsin!

  11. 83:11

    ٱلَّذِينَ يُكَذِّبُونَ بِيَوْمِ ٱلدِّينِ

    Allazeena yukazziboona bi yawmid deen

    Ular jazo (qiyomat) kunini yolg`onga chiqarurlar.

  12. 83:12

    وَمَا يُكَذِّبُ بِهِۦٓ إِلَّا كُلُّ مُعْتَدٍ أَثِيمٍ

    Wa maa yukazzibu biheee illaa kullu mu'tadin aseem

    Uni haddan oshuvchi va o`ta gunohkorlardan boshqalar yolg`onga chiqarmaslar.

  13. 83:13

    إِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِ ءَايَـٰتُنَا قَالَ أَسَـٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ

    Izaa tutlaa'alaihi aayaatunaa qaala asaateerul awwaleen

    Qachon unga oyatlarimiz tilovat qilinsa, «avvalgilarning afsonalari», der.

  14. 83:14

    كَلَّا ۖ بَلْ ۜ رَانَ عَلَىٰ قُلُوبِهِم مَّا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ

    Kallaa bal raana 'alaa quloobihim maa kaanoo yaksiboon

    Yo`q! Ularning qilgan kasblari qalblariga mog`or bo`lib o`rnashib qolgandir.

  15. 83:15

    كَلَّآ إِنَّهُمْ عَن رَّبِّهِمْ يَوْمَئِذٍ لَّمَحْجُوبُونَ

    Kallaaa innahum 'ar Rabbihim yawma'izil lamah jooboon

    Yo`q!!! Albatta, ular o`sha kunda o`z Robbilarini ko`rishdan to`silurlar.

  16. 83:16

    ثُمَّ إِنَّهُمْ لَصَالُوا۟ ٱلْجَحِيمِ

    Summa innahum lasaa lul jaheem

    So`ngra, albatta, ular jahiymga kiruvchilardir.

  17. 83:17

    ثُمَّ يُقَالُ هَـٰذَا ٱلَّذِى كُنتُم بِهِۦ تُكَذِّبُونَ

    Summa yuqaalu haazal lazee kuntum bihee tukazziboon

    So`ngra, mana bu, sizlar yolg`onga chiqarib yurgan narsa, deyilur.

  18. 83:18

    كَلَّآ إِنَّ كِتَـٰبَ ٱلْأَبْرَارِ لَفِى عِلِّيِّينَ

    Kallaaa inna kitaabal abraari lafee'Illiyyeen

    Yo`q!!! Albatta, abrorlarning kitobi «Illiyyiyn»dadur.

  19. 83:19

    وَمَآ أَدْرَىٰكَ مَا عِلِّيُّونَ

    Wa maaa adraaka maa 'Illiyyoon

    «Illiyyiyn» qandoq narsa ekanini senga nima bildirdi?!

  20. 83:20

    كِتَـٰبٌ مَّرْقُومٌ

    Kitaabum marqoom

    U yozilgan kitobdur.

  21. 83:21

    يَشْهَدُهُ ٱلْمُقَرَّبُونَ

    Yashhadu hul muqarra boon

    Unga muqarrab(farishta)lar shohid bo`lurlar.

  22. 83:22

    إِنَّ ٱلْأَبْرَارَ لَفِى نَعِيمٍ

    Innal abraara lafee Na'eem

    Albatta, abrorlar jannati na'iymdadurlar.

  23. 83:23

    عَلَى ٱلْأَرَآئِكِ يَنظُرُونَ

    'Alal araaa'iki yanzuroon

    Pardali baland so`rilar ustida nazar solib tururlar.

  24. 83:24

    تَعْرِفُ فِى وُجُوهِهِمْ نَضْرَةَ ٱلنَّعِيمِ

    Ta'rifu fee wujoohihim nadratan na'eem

    Ularning chehralaridan jannat ravnaqini bilib olasan.

  25. 83:25

    يُسْقَوْنَ مِن رَّحِيقٍ مَّخْتُومٍ

    Yusqawna mir raheeqim makhtoom

    Ular muhrlangan, nihoyatda pok sharobdan ichurlar.

  26. 83:26

    خِتَـٰمُهُۥ مِسْكٌ ۚ وَفِى ذَٰلِكَ فَلْيَتَنَافَسِ ٱلْمُتَنَـٰفِسُونَ

    Khitaamuhoo misk; wa fee zaalika falyatanaafasil Mutanaafisoon

    U(sharob)ning xotimasi miskdandir. Va shu narsa uchun musobaqa qiluvchilar musobaqa qilsinlar.

  27. 83:27

    وَمِزَاجُهُۥ مِن تَسْنِيمٍ

    Wa mizaajuhoo min Tasneem

    U sharobning aralashmasi «Tasniym»dandir.

  28. 83:28

    عَيْنًا يَشْرَبُ بِهَا ٱلْمُقَرَّبُونَ

    'Ainaiy yashrabu bihal muqarraboon

    U(Tasniym) bir buloqdirki, undan muqarrablar icharlar.

  29. 83:29

    إِنَّ ٱلَّذِينَ أَجْرَمُوا۟ كَانُوا۟ مِنَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ يَضْحَكُونَ

    Innal lazeena ajramoo kaanoo minal lazeena aamanoo yadhakoon

    Albatta, jinoyat qilganlar iymon keltirganlar ustidan kular edilar.

  30. 83:30

    وَإِذَا مَرُّوا۟ بِهِمْ يَتَغَامَزُونَ

    Wa izaa marroo bihim yataghaamazoon

    Agar mo`minlar ularning yonidan o`tsalar, masxaralab ishora qilar edilar.

  31. 83:31

    وَإِذَا ٱنقَلَبُوٓا۟ إِلَىٰٓ أَهْلِهِمُ ٱنقَلَبُوا۟ فَكِهِينَ

    Wa izan qalabooo ilaaa ahlihimun qalaboo fakiheen

    Agar (kofirlar) o`z ahllari huzuriga qaytib borsalar, huzurlanib qaytib borar edilar.

  32. 83:32

    وَإِذَا رَأَوْهُمْ قَالُوٓا۟ إِنَّ هَـٰٓؤُلَآءِ لَضَآلُّونَ

    Wa izaa ra awhum qaalooo inna haaa'ulaaa'i ladaaal loon

    Va agar u(mo`min)larni ko`rsalar, «Albatta, anavilar adashganlar», der edilar.

  33. 83:33

    وَمَآ أُرْسِلُوا۟ عَلَيْهِمْ حَـٰفِظِينَ

    Wa maaa ursiloo 'alaihim haafizeen

    Holbuki, ular mo`minlar ustidan kuzatuvchi qilib yuborilganlari yo`q-ku!

  34. 83:34

    فَٱلْيَوْمَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مِنَ ٱلْكُفَّارِ يَضْحَكُونَ

    Fal yawmal lazeena aamanoo minal kuffaari yadhakoon

    Endi, bu Kunda iymon keltirganlar kofirlar ustidan kularlar.

  35. 83:35

    عَلَى ٱلْأَرَآئِكِ يَنظُرُونَ

    'Alal araaa'iki yanzuroon

    Pardali, baland so`rilar ustida nazar solib turarlar.

  36. 83:36

    هَلْ ثُوِّبَ ٱلْكُفَّارُ مَا كَانُوا۟ يَفْعَلُونَ

    Hal suwwibal kuffaaru maa kaanoo yaf'aloon

    Kofirlar bu dunyoda qilgan ishlarining «savobini» olarmikanlar?!

Manbalar

  • Maʼnolar tarjimasi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
  • Qiroat: Mishari Roshid al-Afasiy, mp3quran.net.
  • Transliteratsiya faqat oʻqishga yordamchi. Toʻgʻri talaffuzni qorining qiroatidan yoki ustozdan oʻrganing.

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ

«Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!» — Qamar surasi, 54:17

Bugun bitta oyatdan boshlang.