1. Qaree
  2. Suralar
  3. Infitor surasi

Infitor surasini qanday yod olish mumkin

«Yorilish»

  • 82-sura
  • 19 oyat
  • Makkiy
  • Mushafning 587-sahifasi

الإنفطار

Infitor surasini Qaree’da yod olish

Ilova oʻrnatilgan boʻlsa, uni ochadi, aks holda App Store / Google Play’ni ochadi.

Surani toʻliq tinglang

Qori: Mishari Roshid al-Afasiy

Qancha vaqt kerak

Har kuni ushlab tura oladigan surʼatni tanlang:

Kuniga 1 oyat19 kun
Kuniga 3 oyat7 kun
Kuniga 5 oyat4 kun

Oyatma-oyat qanday yod olish kerak

  1. Avval tinglangOyatni bir necha marta qoʻying va arabcha matnni koʻzingiz bilan kuzatib boring.
  2. Ovoz chiqarib takrorlangTilingizga oson kelguncha qayta-qayta ayting. Qaree har bir takrorni sanaydi.
  3. Yoddan oʻqingMatnga qaramay oʻqing. Qaree’ning tilovat rejimi sizni tinglaydi va xato qilgan soʻzlaringizni belgilaydi.
  4. Ulang va takrorlangYangi oyatni oldingilari bilan birga oʻqing, ertasi kuni esa surani yana bir bor takrorlang.

Infitor surasi: arabcha matni, transliteratsiyasi va tarjimasi

  1. 82:1

    إِذَا ٱلسَّمَآءُ ٱنفَطَرَتْ

    Izas samaaa'un fatarat

    Vaqtiki, osmon yorilsa.

  2. 82:2

    وَإِذَا ٱلْكَوَاكِبُ ٱنتَثَرَتْ

    Wa izal kawaakibun tasarat

    Va vaqtiki, yulduzlar sochilib ketsa.

  3. 82:3

    وَإِذَا ٱلْبِحَارُ فُجِّرَتْ

    Wa izal bihaaru fujjirat

    Va vaqtiki, dengizlar portlatilsa.

  4. 82:4

    وَإِذَا ٱلْقُبُورُ بُعْثِرَتْ

    Wa izal qubooru bu'sirat

    Va vaqtiki, qabrlar ostin-ustin bo`lsa.

  5. 82:5

    عَلِمَتْ نَفْسٌ مَّا قَدَّمَتْ وَأَخَّرَتْ

    'Alimat nafsum maa qaddamat wa akhkharat

    Har bir jon — nimani taqdim qildiyu nimani ta'xir qildi — biladir.

  6. 82:6

    يَـٰٓأَيُّهَا ٱلْإِنسَـٰنُ مَا غَرَّكَ بِرَبِّكَ ٱلْكَرِيمِ

    Yaaa ayyuhal insaaanu maa gharraka bi Rabbikal kareem

    Ey Inson! Seni nima Karamli Robbing haqida g`ururga ketkazdi?!

  7. 82:7

    ٱلَّذِى خَلَقَكَ فَسَوَّىٰكَ فَعَدَلَكَ

    Allazee khalaqaka fasaw waaka fa'adalak

    U seni to`la-to`kis va mo`'tadil qilib yaratgandi.

  8. 82:8

    فِىٓ أَىِّ صُورَةٍ مَّا شَآءَ رَكَّبَكَ

    Feee ayye sooratim maa shaaa'a rakkabak

    O`zi xohlagan suvratda seni tarkib qildi.

  9. 82:9

    كَلَّا بَلْ تُكَذِّبُونَ بِٱلدِّينِ

    Kalla bal tukazziboona bid deen

    Yo`q!!! Balki, siz jazoni yolg`onga chiqarmoqdasiz!!!

  10. 82:10

    وَإِنَّ عَلَيْكُمْ لَحَـٰفِظِينَ

    Wa inna 'alaikum lahaa fizeen

    Holbuki, sizning ustingizdan kuzatib turuvchilar bordir.

  11. 82:11

    كِرَامًا كَـٰتِبِينَ

    Kiraaman kaatibeen

    Ular hurmatli yozib turguvchilardir.

  12. 82:12

    يَعْلَمُونَ مَا تَفْعَلُونَ

    Ya'lamoona ma taf'aloon

    Ular nima qilayotganingizni biladir.

  13. 82:13

    إِنَّ ٱلْأَبْرَارَ لَفِى نَعِيمٍ

    Innal abraara lafee na'eem

    Albatta, yaxshilar jannatdadir.

  14. 82:14

    وَإِنَّ ٱلْفُجَّارَ لَفِى جَحِيمٍ

    Wa innal fujjaara lafee jaheem

    Va, albatta, fojirlar jahannamdadir.

  15. 82:15

    يَصْلَوْنَهَا يَوْمَ ٱلدِّينِ

    Yaslawnahaa Yawmad Deen

    Ular u yerga qiyomat kuni kiradir.

  16. 82:16

    وَمَا هُمْ عَنْهَا بِغَآئِبِينَ

    Wa maa hum 'anhaa bighaaa 'ibeen

    Va ular undan g`oyib bo`la olmaslar.

  17. 82:17

    وَمَآ أَدْرَىٰكَ مَا يَوْمُ ٱلدِّينِ

    Wa maaa adraaka maa Yawmud Deen

    Va, jazo kuni nima ekanini senga nima bildirdi?

  18. 82:18

    ثُمَّ مَآ أَدْرَىٰكَ مَا يَوْمُ ٱلدِّينِ

    Summa maaa adraaka maa Yawmud Deen

    So`ng, jazo kuni nima ekanini senga nima bildirdi?

  19. 82:19

    يَوْمَ لَا تَمْلِكُ نَفْسٌ لِّنَفْسٍ شَيْـًٔا ۖ وَٱلْأَمْرُ يَوْمَئِذٍ لِّلَّهِ

    Yawma laa tamliku nafsul linafsin shai'anw walamru yawma'izil lillaah

    O`sha kunda hech bir jon boshqa bir jon uchun biror narsa qilish imkoniga molik emas. U kunda barcha ish Allohning O`ziga xos.

Manbalar

  • Maʼnolar tarjimasi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
  • Qiroat: Mishari Roshid al-Afasiy, mp3quran.net.
  • Transliteratsiya faqat oʻqishga yordamchi. Toʻgʻri talaffuzni qorining qiroatidan yoki ustozdan oʻrganing.

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ

«Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!» — Qamar surasi, 54:17

Bugun bitta oyatdan boshlang.