Buruj surasini qanday yod olish mumkin
«Burjlar»
- 85-sura
- 22 oyat
- Makkiy
- Mushafning 590-sahifasi
البروج
Ilova oʻrnatilgan boʻlsa, uni ochadi, aks holda App Store / Google Play’ni ochadi.
Surani toʻliq tinglang
Qori: Mishari Roshid al-Afasiy
Qancha vaqt kerak
Har kuni ushlab tura oladigan surʼatni tanlang:
| Kuniga 1 oyat | 22 kun |
| Kuniga 3 oyat | 8 kun |
| Kuniga 5 oyat | 5 kun |
Oyatma-oyat qanday yod olish kerak
- Avval tinglangOyatni bir necha marta qoʻying va arabcha matnni koʻzingiz bilan kuzatib boring.
- Ovoz chiqarib takrorlangTilingizga oson kelguncha qayta-qayta ayting. Qaree har bir takrorni sanaydi.
- Yoddan oʻqingMatnga qaramay oʻqing. Qaree’ning tilovat rejimi sizni tinglaydi va xato qilgan soʻzlaringizni belgilaydi.
- Ulang va takrorlangYangi oyatni oldingilari bilan birga oʻqing, ertasi kuni esa surani yana bir bor takrorlang.
Buruj surasi: arabcha matni, transliteratsiyasi va tarjimasi
-
85:1
وَٱلسَّمَآءِ ذَاتِ ٱلْبُرُوجِ
Wassamaaa'i zaatil burooj
Burjlar egasi bo`lgan osmon bilan qasam.
-
85:2
وَٱلْيَوْمِ ٱلْمَوْعُودِ
Wal yawmil maw'ood
Va va'da qilingan kun bilan qasam.
-
85:3
وَشَاهِدٍ وَمَشْهُودٍ
Wa shaahidinw wa mashhood
Guvohlik beruvchi va guvohlik berilgan bilan qasam.
-
85:4
قُتِلَ أَصْحَـٰبُ ٱلْأُخْدُودِ
Qutila as haabul ukhdood
«Uxdud» egalariga la'nat bo`lsin.
-
85:5
ٱلنَّارِ ذَاتِ ٱلْوَقُودِ
Annaari zaatil waqood
U yoqilg`isi ko`p, qattiq isigan olovdir.
-
85:6
إِذْ هُمْ عَلَيْهَا قُعُودٌ
Iz hum 'alaihaa qu'ood
U(kofir)lar o`sha(chuqur)lar atrofida o`tiribdirlar.
-
85:7
وَهُمْ عَلَىٰ مَا يَفْعَلُونَ بِٱلْمُؤْمِنِينَ شُهُودٌ
Wa hum 'alaa maa yaf'aloona bilmu 'mineena shuhood
Va ular mo`minlarga qilayotgan narsalariga o`zlari guvohdirlar.
-
85:8
وَمَا نَقَمُوا۟ مِنْهُمْ إِلَّآ أَن يُؤْمِنُوا۟ بِٱللَّهِ ٱلْعَزِيزِ ٱلْحَمِيدِ
Wa maa naqamoo minhum illaaa aiyu'minoo billaahil 'azeezil Hameed
Va (ular) mo`minlardan Aziyz, Hamiyd Allohga bo`lgan iymondan boshqa «ayb» topa olmadilar.
-
85:9
ٱلَّذِى لَهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ شَهِيدٌ
Allazee lahoo mulkus samaawaati wal ard; wallaahu 'alaa kulli shai 'in Shaheed
U shunday zotki, osmonlaru yerning mulki Unga xosdir va Alloh har bir narsaga O`zi guvohdir.
-
85:10
إِنَّ ٱلَّذِينَ فَتَنُوا۟ ٱلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَـٰتِ ثُمَّ لَمْ يَتُوبُوا۟ فَلَهُمْ عَذَابُ جَهَنَّمَ وَلَهُمْ عَذَابُ ٱلْحَرِيقِ
Innal lazeena fatanul mu'mineena wal mu'minaati summa lam yatooboo falahum 'azaabu Jahannama wa lahum 'azaabul hareeq
Albatta, mo`min va mo`minalarni fitna qilib, so`ngra tavba qilmaganlarga, ana o`shalarga jahannam azobi va kuydiruvchi azob bor.
-
85:11
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ لَهُمْ جَنَّـٰتٌ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ ۚ ذَٰلِكَ ٱلْفَوْزُ ٱلْكَبِيرُ
Innal lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati lahum Jannaatun tajree min tahtihal anhaar; zaalikal fawzul kabeer
Albatta, iymon keltirgan va solih amal qilganlarga, ularga, ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar bor. Bu esa nihoyatda ulkan yutuqdir.
-
85:12
إِنَّ بَطْشَ رَبِّكَ لَشَدِيدٌ
Inna batsha Rabbika lashadeed
Albatta, Robbingning changali juda ham shiddatli, qattiqdir.
-
85:13
إِنَّهُۥ هُوَ يُبْدِئُ وَيُعِيدُ
Innahoo Huwa yubdi'u wa yu'eed
Albatta, U O`zi boshlaydir va qaytaradir.
-
85:14
وَهُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلْوَدُودُ
Wa Huwal Ghafoorul Wadood
Va U mag`firat qiluvchi, barchaga yaxshilikni ravo ko`ruvchi Zotdir.
-
85:15
ذُو ٱلْعَرْشِ ٱلْمَجِيدُ
Zul 'Arshil Majeed
U, Arsh egasi hamda qadri ulug` Zotdir.
-
85:16
فَعَّالٌ لِّمَا يُرِيدُ
Fa' 'aalul limaa yureed
U nimani xohlasa, qila oluvchi Zotdir.
-
85:17
هَلْ أَتَىٰكَ حَدِيثُ ٱلْجُنُودِ
Hal ataaka hadeesul junood
Senga askarlarning xabari keldimi?
-
85:18
فِرْعَوْنَ وَثَمُودَ
Fir'awna wa Samood
Fir'avn va Samudning.
-
85:19
بَلِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فِى تَكْذِيبٍ
Balil lazeena kafaroo fee takzeeb
Balki, kofirlar yolg`onga chiqarishadir?
-
85:20
وَٱللَّهُ مِن وَرَآئِهِم مُّحِيطٌۢ
Wallaahu minw waraaa'ihim muheet
Holbuki, Alloh ularning ortidan ihota qilib turuvchidir.
-
85:21
بَلْ هُوَ قُرْءَانٌ مَّجِيدٌ
Bal huwa Quraanum Majeed
Yo`q!!! U Qur'oni Majiyddur.
-
85:22
فِى لَوْحٍ مَّحْفُوظٍۭ
Fee Lawhim Mahfooz
U Lavhul Mahfuzdadir.
Manbalar
- Maʼnolar tarjimasi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
- Qiroat: Mishari Roshid al-Afasiy, mp3quran.net.
- Transliteratsiya faqat oʻqishga yordamchi. Toʻgʻri talaffuzni qorining qiroatidan yoki ustozdan oʻrganing.
وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ
«Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!» — Qamar surasi, 54:17