Qamar surasini qanday yod olish mumkin
«Oy»
- 54-sura
- 55 oyat
- Makkiy
- Mushafning 528–531-sahifalari
القمر
Ilova oʻrnatilgan boʻlsa, uni ochadi, aks holda App Store / Google Play’ni ochadi.
Surani toʻliq tinglang
Qori: Mishari Roshid al-Afasiy
Qancha vaqt kerak
Har kuni ushlab tura oladigan surʼatni tanlang:
| Kuniga 1 oyat | 55 kun |
| Kuniga 3 oyat | 19 kun |
| Kuniga 5 oyat | 11 kun |
Oyatma-oyat qanday yod olish kerak
- Avval tinglangOyatni bir necha marta qoʻying va arabcha matnni koʻzingiz bilan kuzatib boring.
- Ovoz chiqarib takrorlangTilingizga oson kelguncha qayta-qayta ayting. Qaree har bir takrorni sanaydi.
- Yoddan oʻqingMatnga qaramay oʻqing. Qaree’ning tilovat rejimi sizni tinglaydi va xato qilgan soʻzlaringizni belgilaydi.
- Ulang va takrorlangYangi oyatni oldingilari bilan birga oʻqing, ertasi kuni esa surani yana bir bor takrorlang.
Qamar surasi: arabcha matni, transliteratsiyasi va tarjimasi
-
54:1
ٱقْتَرَبَتِ ٱلسَّاعَةُ وَٱنشَقَّ ٱلْقَمَرُ
Iqtarabatis Saa'atu wsan shaqqal qamar
Soat(qiyomat) yaqinlashdi va oy bo`lindi.
-
54:2
وَإِن يَرَوْا۟ ءَايَةً يُعْرِضُوا۟ وَيَقُولُوا۟ سِحْرٌ مُّسْتَمِرٌّ
Wa iny yaraw aayatany yu'ridoo wa yaqooloo sihrum mustamirr
Agar bir oyat(mo`'jiza)ni ko`rsalar, yuz o`girarlar va: «Bu — o`tkinchi sehr», derlar.
-
54:3
وَكَذَّبُوا۟ وَٱتَّبَعُوٓا۟ أَهْوَآءَهُمْ ۚ وَكُلُّ أَمْرٍ مُّسْتَقِرٌّ
Wa kazzaboo wattaba'ooo ahwaaa'ahum; wa kullu amrim mustaqirr
Va yolg`onga chiqardilar hamda havoyi nafslariga ergashdilar. Holbuki, har bir ish o`z o`rnini topuvchidir.
-
54:4
وَلَقَدْ جَآءَهُم مِّنَ ٱلْأَنۢبَآءِ مَا فِيهِ مُزْدَجَرٌ
Wa laqad jaaa'ahum minal ambaaa'i maa feehi muzdajar
Va, darhaqiqat, ularga hayiqtiradigan xabarlardan kelgan edi.
-
54:5
حِكْمَةٌۢ بَـٰلِغَةٌ ۖ فَمَا تُغْنِ ٱلنُّذُرُ
Hikmatum baalighatun famaa tughnin nuzur
Ularda yetuk hikmat (bor edi). Biroq, ogohlantiruvchilar foyda bermadi.
-
54:6
فَتَوَلَّ عَنْهُمْ ۘ يَوْمَ يَدْعُ ٱلدَّاعِ إِلَىٰ شَىْءٍ نُّكُرٍ
Fatawalla 'anhum; yawma yad'ud daa'i ilaa shai 'in nukur
Bas, Ulardan yuz o`gir! Chaqiruvchi munkar narsaga chaqirgan kunda.
-
54:7
خُشَّعًا أَبْصَـٰرُهُمْ يَخْرُجُونَ مِنَ ٱلْأَجْدَاثِ كَأَنَّهُمْ جَرَادٌ مُّنتَشِرٌ
khushsha'an absaaruhum yakrujoona minal ajdaasi ka annahum jaraadum muntashir
Qabrlardan, ko`zlari qo`rqinchga to`lgan holda, xuddi yoyilgan chigirtkaga o`xshab chiqib kelurlar.
-
54:8
مُّهْطِعِينَ إِلَى ٱلدَّاعِ ۖ يَقُولُ ٱلْكَـٰفِرُونَ هَـٰذَا يَوْمٌ عَسِرٌ
Muhti'eena ilad daa'i yaqoolul kafiroona haazaa yawmun 'asir
Chaqiruvchiga qarab bo`yinlarini cho`zib, shoshilib borurlar. Kofirlar: «Bu qiyin kun-ku», derlar.
-
54:9
۞ كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍ فَكَذَّبُوا۟ عَبْدَنَا وَقَالُوا۟ مَجْنُونٌ وَٱزْدُجِرَ
Kazzabat qablahum qawmu Noohin fakazzaboo 'abdanaa wa qaaloo majnoo nunw wazdujir
Bulardan oldin Nuh qavmi ham yolg`onchi qilgan edi. Bas, bandamizni yolg`onchiga chiqarishdi va, majnun, deyishdi hamda unga to`siqlar qo`yishdi.
-
54:10
فَدَعَا رَبَّهُۥٓ أَنِّى مَغْلُوبٌ فَٱنتَصِرْ
Fada'aa Rabbahooo annee maghloobun fantasir
Va Robbisiga duo qilib: «Albatta, men mag`lub bo`ldim, yordam ber», dedi.
-
54:11
فَفَتَحْنَآ أَبْوَٰبَ ٱلسَّمَآءِ بِمَآءٍ مُّنْهَمِرٍ
Fafatahnaaa abwaabas sa maaa'i bimaa'im munhamir
Bas, osmon eshiklarini sharros suv bilan ochib yubordik.
-
54:12
وَفَجَّرْنَا ٱلْأَرْضَ عُيُونًا فَٱلْتَقَى ٱلْمَآءُ عَلَىٰٓ أَمْرٍ قَدْ قُدِرَ
Wa fajjamal arda 'uyoonan faltaqal maaa'u 'alaaa amrin qad qudir
Va yerdan otiltirib buloqlar chiqardik. Bas, suvlar taqdir qilingan ish uchun birlashdilar.
-
54:13
وَحَمَلْنَـٰهُ عَلَىٰ ذَاتِ أَلْوَٰحٍ وَدُسُرٍ
Wa hamalnaahu 'alaa zaati alwaahinw wa dusur
Va u(Nuh)ni taxtalari va mixlari bor narsa ustiga ko`tardik.
-
54:14
تَجْرِى بِأَعْيُنِنَا جَزَآءً لِّمَن كَانَ كُفِرَ
Tajree bi a'yuninaa jazaaa 'al liman kaana kufir
U(Kema) inkor qilingan shaxs(Nuh)ga mukofot bo`lib, Bizning inoyatimiz ila yuradir.
-
54:15
وَلَقَد تَّرَكْنَـٰهَآ ءَايَةً فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ
Wa laqat taraknaahaad aayatan fahal mim muddakir
Va u(hodisa)ni belgi qilib qoldirdik. Qani, ibrat oluvchi bormi?!
-
54:16
فَكَيْفَ كَانَ عَذَابِى وَنُذُرِ
Fakaifa kaana 'azaabee wa nuzur
Bas, Mening azobim va ogohlantirishim qandoq bo`ldi?!
-
54:17
وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ
Wa laqad yassamal Quraana liz zikri fahal mimmuddakir
Darhaqiqat, Biz Qur'onni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!
-
54:18
كَذَّبَتْ عَادٌ فَكَيْفَ كَانَ عَذَابِى وَنُذُرِ
Kazzabat 'Aadun fakaifa kaana 'azaabee wa nuzur
Od (Hudni) yolg`onchiga chiqardi. Bas, Mening azobim va ogohlantirishim qandoq bo`ldi?
-
54:19
إِنَّآ أَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ رِيحًا صَرْصَرًا فِى يَوْمِ نَحْسٍ مُّسْتَمِرٍّ
Innaa arsalnaa 'alaihim reehan sarsaran fee Yawmi nahsim mustamirr
Biz davomli mash'um kunda ular ustiga sorsor shamolini yubordik.
-
54:20
تَنزِعُ ٱلنَّاسَ كَأَنَّهُمْ أَعْجَازُ نَخْلٍ مُّنقَعِرٍ
Tanzi;un naasa ka anna huma'jaazu nakhlim munqa'ir
U, odamlarni, xuddi xurmo daraxtini tomiri bilan qo`porib yuborgandek, (erdan) uzib-uchirib tashlardi.
-
54:21
فَكَيْفَ كَانَ عَذَابِى وَنُذُرِ
'Fakaifa kaana 'azaabee wa nuzur
Bas, Mening azobim va ogohlantirishim qandoq bo`ldi?!
-
54:22
وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ
Wa laqad yassamal Quraana liz zikri fahal mim muddakir
Darhaqiqat, Biz Qur'onni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!
-
54:23
كَذَّبَتْ ثَمُودُ بِٱلنُّذُرِ
Kazzabat Samoodu binnuzur
Samud ogohlantiruvchilarni yolg`onga chiqardi.
-
54:24
فَقَالُوٓا۟ أَبَشَرًا مِّنَّا وَٰحِدًا نَّتَّبِعُهُۥٓ إِنَّآ إِذًا لَّفِى ضَلَـٰلٍ وَسُعُرٍ
Faqaalooo a-basharam minnaa waahidan nattabi'uhooo innaa izal lafee dalaalinw wa su'ur
Ular: «Biz o`zimizdan bo`lgan bir odamga ergashamizmi? Agar shunday bo`lsa, albatta, adashuvda va jinnilikda bo`lamiz.
-
54:25
أَءُلْقِىَ ٱلذِّكْرُ عَلَيْهِ مِنۢ بَيْنِنَا بَلْ هُوَ كَذَّابٌ أَشِرٌ
'A-ulqiyaz zikru 'alaihi mim baininaa bal huwa kazzaabun ashir
Bizlarning oramizdan unga zikr (vahiy) tushirilibdimi?! Yo`q, u yolg`onchi va kekkaygandir», dedilar.
-
54:26
سَيَعْلَمُونَ غَدًا مَّنِ ٱلْكَذَّابُ ٱلْأَشِرُ
Sa-ya'lamoona ghadam manil kazzaabul ashir
Ertaga kim yolg`onchi va kekkaygan ekanini bilurlar.
-
54:27
إِنَّا مُرْسِلُوا۟ ٱلنَّاقَةِ فِتْنَةً لَّهُمْ فَٱرْتَقِبْهُمْ وَٱصْطَبِرْ
Innaa mursilun naaqati fitnatal lahum fartaqibhum wastabir
Biz ularni sinash uchun tuyani yuboruvchimiz. Ularni kuzatib tur va sabr qil.
-
54:28
وَنَبِّئْهُمْ أَنَّ ٱلْمَآءَ قِسْمَةٌۢ بَيْنَهُمْ ۖ كُلُّ شِرْبٍ مُّحْتَضَرٌ
Wa nabbi'hum annal maaa'a qismatum bainahum kullu shirbim muhtadar
Va ularga, albatta, suv oralarida taqsimlanganining xabarini ber. Har bir ichishga (o`z vaqtida) hozir bo`linar.
-
54:29
فَنَادَوْا۟ صَاحِبَهُمْ فَتَعَاطَىٰ فَعَقَرَ
Fanaadaw saahibahum fata'aataa fa'aqar
Bas, ular o`z sheriklarini chaqirdilar. U (tuyani) tutdi va so`yib yubordi.
-
54:30
فَكَيْفَ كَانَ عَذَابِى وَنُذُرِ
Fakaifa kaana 'azaabee wa nuzur
Bas, Mening azobim va ogohlantirishim qandoq bo`ldi?!
-
54:31
إِنَّآ أَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ صَيْحَةً وَٰحِدَةً فَكَانُوا۟ كَهَشِيمِ ٱلْمُحْتَظِرِ
Innaaa arsalnaa 'alaihim saihatanw waahidatan fakaano kahasheemil muhtazir
Albatta, Biz ularga bir ovoz yubordik. Va ular qo`ra quruvchi (yiqqan) quruq shox-shabbalarga o`xshab qoldilar.
-
54:32
وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ
Wa laqad yassarnal quraana liz zikri fahal mim muddakir
Darhaqiqat, Biz Qur'onni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!
-
54:33
كَذَّبَتْ قَوْمُ لُوطٍۭ بِٱلنُّذُرِ
Kazzabat qawmu lootim binnuzur
Lut qavmi ogohlantiruvchilarni yolg`onchiga chiqardi.
-
54:34
إِنَّآ أَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ حَاصِبًا إِلَّآ ءَالَ لُوطٍ ۖ نَّجَّيْنَـٰهُم بِسَحَرٍ
Innaa arsalnaa 'alaihim haasiban illaaa aala Loot najjainaahum bisahar
Albatta, Biz ularning ustiga (tosh) bo`ron yubordik. Faqat Lut xonadoniga sahar chog`i najot berdik.
-
54:35
نِّعْمَةً مِّنْ عِندِنَا ۚ كَذَٰلِكَ نَجْزِى مَن شَكَرَ
Ni'matam min 'indinaa; kazaalika najzee man shakar
Bu, Biz tarafimizdan ne'mat bo`ldi. Kimki shukr qilsa, xuddi shunday mukofotlarmiz.
-
54:36
وَلَقَدْ أَنذَرَهُم بَطْشَتَنَا فَتَمَارَوْا۟ بِٱلنُّذُرِ
Wa laqad anzarahum batshatanaa fatamaaraw binnuzur
Darhaqiqat, u(Lut) ularni Bizning tutishimizdan ogohlantirgan edi. Bas, ular ogohlantirishlarga ishonmadilar.
-
54:37
وَلَقَدْ رَٰوَدُوهُ عَن ضَيْفِهِۦ فَطَمَسْنَآ أَعْيُنَهُمْ فَذُوقُوا۟ عَذَابِى وَنُذُرِ
Wa laqad raawadoohu 'andaifee fatamasnaaa a'yunahum fazooqoo 'azaabee wa nuzur
Ular undan mehmonlarini topshirishni so`radilar. Bas, ko`zlarini ko`r qildik. Mening azobim va ogohlantirishlarimni totib ko`rsinlar.
-
54:38
وَلَقَدْ صَبَّحَهُم بُكْرَةً عَذَابٌ مُّسْتَقِرٌّ
Wa laqad sabbahahum bukratan 'azaabum mustaqirr
Batahqiq, erta tongda ularni sobit, davomli azob tutdi.
-
54:39
فَذُوقُوا۟ عَذَابِى وَنُذُرِ
Fazooqoo 'azaabee wa nuzur
Bas, Mening azoblarimni va ogohlantirishlarimni totib ko`ringlar!
-
54:40
وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ
Wa laqad yassarnal Quraana liz zikri fahal mim muddakir
Darhaqiqat, Biz Qur'onni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!
-
54:41
وَلَقَدْ جَآءَ ءَالَ فِرْعَوْنَ ٱلنُّذُرُ
Wa laqad jaaa'a Aala Fir'awnan nuzur
Darhaqiqat, Fir'avn ahliga ogohlantirishlar keldi.
-
54:42
كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا كُلِّهَا فَأَخَذْنَـٰهُمْ أَخْذَ عَزِيزٍ مُّقْتَدِرٍ
Kazzaboo bi Aayaatinaa kullihaa fa akhaznaahum akhza 'azeezim muqtadir
Bizning oyatlarimizning barchasini yolg`onga chiqarishdi. Bas, Biz ularni g`olib, qudratli oluvchining olishi bilan oldik.
-
54:43
أَكُفَّارُكُمْ خَيْرٌ مِّنْ أُو۟لَـٰٓئِكُمْ أَمْ لَكُم بَرَآءَةٌ فِى ٱلزُّبُرِ
Akuffaarukum khairum min ulaaa'ikum am lakum baraaa'atun fiz Zubur
Sizning kofirlaringiz avvalgilaringizdan yaxshiroqmi?! Yoki kitoblarda sizlarga oqlov bormi?!
-
54:44
أَمْ يَقُولُونَ نَحْنُ جَمِيعٌ مُّنتَصِرٌ
Am yaqooloona nahnu jamee'um muntasir
Yoki, Biz nusratga erishuvchi jamoatmiz, deyishar?!
-
54:45
سَيُهْزَمُ ٱلْجَمْعُ وَيُوَلُّونَ ٱلدُّبُرَ
Sa yuhzamul jam'u wa yuwalloonad dubur
U jamoa tezda yengilar va orqalariga qarab qocharlar.
-
54:46
بَلِ ٱلسَّاعَةُ مَوْعِدُهُمْ وَٱلسَّاعَةُ أَدْهَىٰ وَأَمَرُّ
Balis Saa'atu maw'iduhum was Saa'atu adhaa wa amarr
Ha, ularga va'da qilingan vaqt, soat(qiyomat)dir. Va u soat (azobi) ulkanroq va achchiqroqdir.
-
54:47
إِنَّ ٱلْمُجْرِمِينَ فِى ضَلَـٰلٍ وَسُعُرٍ
Innal mujrimeena fee dalaalinw wa su'ur
Albatta, jinoyatkorlar adashuvda va olov-otashdadirlar.
-
54:48
يَوْمَ يُسْحَبُونَ فِى ٱلنَّارِ عَلَىٰ وُجُوهِهِمْ ذُوقُوا۟ مَسَّ سَقَرَ
Yawma yushaboona fin Naari'alaa wujoohimim zooqoo massa saqar
Yuztuban do`zaxga sudraladigan kunda, jahannam azobini tatib ko`ring, (deyilur).
-
54:49
إِنَّا كُلَّ شَىْءٍ خَلَقْنَـٰهُ بِقَدَرٍ
Innaa kulla shai'in khalaqnaahu biqadar
Albatta, Biz har narsani o`lchov bilan yaratdik.
-
54:50
وَمَآ أَمْرُنَآ إِلَّا وَٰحِدَةٌ كَلَمْحٍۭ بِٱلْبَصَرِ
Wa maaa amrunaaa illaa waahidatun kalamhim bilbasar
Bizning farmonimiz bir so`zdan o`zga emas. Ko`z yumib ochguncha bo`lur.
-
54:51
وَلَقَدْ أَهْلَكْنَآ أَشْيَاعَكُمْ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ
Wa laqad ahlaknaaa ashyaa'akum fahal mim muddakir
Darhaqiqat, Biz sizga o`xshaganlarni halok qildik. Bas, buni eslovchilardan bormi, o`zi?!
-
54:52
وَكُلُّ شَىْءٍ فَعَلُوهُ فِى ٱلزُّبُرِ
Wa kullu shai'in fa'aloohu fiz Zubur
Va ularning har bir ishlari kitoblardadir.
-
54:53
وَكُلُّ صَغِيرٍ وَكَبِيرٍ مُّسْتَطَرٌ
Wa kullu sagheerinw wa kabeerim mustatar
Har bir kichigu katta (ishlar) satrlangandir.
-
54:54
إِنَّ ٱلْمُتَّقِينَ فِى جَنَّـٰتٍ وَنَهَرٍ
Innal muttaqeena fee jannaatinw wa nahar
Albatta, taqvodorlar jannatu anhorlardadirlar.
-
54:55
فِى مَقْعَدِ صِدْقٍ عِندَ مَلِيكٍ مُّقْتَدِرٍۭ
Fee maq'adi sidqin 'inda Maleekim Muqtadir
Sidq o`rindiqda, qudratli Podshoh huzuridadir.
Manbalar
- Maʼnolar tarjimasi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
- Qiroat: Mishari Roshid al-Afasiy, mp3quran.net.
- Transliteratsiya faqat oʻqishga yordamchi. Toʻgʻri talaffuzni qorining qiroatidan yoki ustozdan oʻrganing.
وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ
«Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!» — Qamar surasi, 54:17