Najm surasini qanday yod olish mumkin
«Yulduz»
- 53-sura
- 62 oyat
- Makkiy
- Mushafning 526–528-sahifalari
النجم
Ilova oʻrnatilgan boʻlsa, uni ochadi, aks holda App Store / Google Play’ni ochadi.
Surani toʻliq tinglang
Qori: Mishari Roshid al-Afasiy
Qancha vaqt kerak
Har kuni ushlab tura oladigan surʼatni tanlang:
| Kuniga 1 oyat | 62 kun |
| Kuniga 3 oyat | 21 kun |
| Kuniga 5 oyat | 13 kun |
Oyatma-oyat qanday yod olish kerak
- Avval tinglangOyatni bir necha marta qoʻying va arabcha matnni koʻzingiz bilan kuzatib boring.
- Ovoz chiqarib takrorlangTilingizga oson kelguncha qayta-qayta ayting. Qaree har bir takrorni sanaydi.
- Yoddan oʻqingMatnga qaramay oʻqing. Qaree’ning tilovat rejimi sizni tinglaydi va xato qilgan soʻzlaringizni belgilaydi.
- Ulang va takrorlangYangi oyatni oldingilari bilan birga oʻqing, ertasi kuni esa surani yana bir bor takrorlang.
Najm surasi: arabcha matni, transliteratsiyasi va tarjimasi
-
53:1
وَٱلنَّجْمِ إِذَا هَوَىٰ
Wannajmi izaa hawaa
Botayotgan yulduz bilan qasam.
-
53:2
مَا ضَلَّ صَاحِبُكُمْ وَمَا غَوَىٰ
Maa dalla saahibukum wa maa ghawaa
Sizning Birodaringiz adashgani ham yo`q, yo`ldan ozgani ham yo`q.
-
53:3
وَمَا يَنطِقُ عَنِ ٱلْهَوَىٰٓ
Wa maa yyantiqu 'anilhawaaa
U havodan nutq qilmas.
-
53:4
إِنْ هُوَ إِلَّا وَحْىٌ يُوحَىٰ
In huwa illaa Wahyuny yoohaa
U (Qur'on) vahiydan o`zga narsa emas.
-
53:5
عَلَّمَهُۥ شَدِيدُ ٱلْقُوَىٰ
'Allamahoo shadeedul quwaa
U(Muhammad)ga shiddatli quvvat egasi ta'lim berdi.
-
53:6
ذُو مِرَّةٍ فَٱسْتَوَىٰ
Zoo mirratin fastawaa
Mirrat egasi ko`tarildi.
-
53:7
وَهُوَ بِٱلْأُفُقِ ٱلْأَعْلَىٰ
Wa huwa bil ufuqil a'laa
Va u oliy ufqda edi.
-
53:8
ثُمَّ دَنَا فَتَدَلَّىٰ
Summa danaa fatadalla
So`ngra yaqinlashdi va juda ham yaqin bo`ldi.
-
53:9
فَكَانَ قَابَ قَوْسَيْنِ أَوْ أَدْنَىٰ
Fakaana qaaba qawsaini aw adnaa
Bas, ikki kamon miqdoriday joyda bo`ldi. Balki undan ham yaqinroq keldi.
-
53:10
فَأَوْحَىٰٓ إِلَىٰ عَبْدِهِۦ مَآ أَوْحَىٰ
Fa awhaaa ilaa 'abdihee maaa awhaa
Va U zot bandasiga nimani vahiy qilgan bo`lsa, yetkazdi.
-
53:11
مَا كَذَبَ ٱلْفُؤَادُ مَا رَأَىٰٓ
Maa kazabal fu'aadu maa ra aa
Qalb (ko`z) ko`rganini yolg`onga chiqarmadi.
-
53:12
أَفَتُمَـٰرُونَهُۥ عَلَىٰ مَا يَرَىٰ
Afatumaaroonahoo 'alaa maayaraa
U bilan o`zi ko`rgan narsa ustida tortishasizlarmi?!
-
53:13
وَلَقَدْ رَءَاهُ نَزْلَةً أُخْرَىٰ
Wa laqad ra aahu nazlatan ukhraa
Va, darhaqiqat, uni boshqa safar ko`rdi.
-
53:14
عِندَ سِدْرَةِ ٱلْمُنتَهَىٰ
'Inda sidratil muntaha
Sidratul muntaha(tugash daraxti) oldida.
-
53:15
عِندَهَا جَنَّةُ ٱلْمَأْوَىٰٓ
'Indahaa jannatul maawaa
Uning huzurida ma'vo jannati bor.
-
53:16
إِذْ يَغْشَى ٱلسِّدْرَةَ مَا يَغْشَىٰ
Iz yaghshas sidrata maa yaghshaa
O`shanda, u(daraxt)ni o`raydigan narsa o`rab turibdi.
-
53:17
مَا زَاغَ ٱلْبَصَرُ وَمَا طَغَىٰ
Maa zaaghal basaru wa maa taghaa
Nigoh burilmadi ham, haddidan oshmadi ham.
-
53:18
لَقَدْ رَأَىٰ مِنْ ءَايَـٰتِ رَبِّهِ ٱلْكُبْرَىٰٓ
Laqad ra aa min aayaati Rabbihil kubraaa
Darhaqiqat, o`z Robbisining ulkan belgilaridan ko`rdi.
-
53:19
أَفَرَءَيْتُمُ ٱللَّـٰتَ وَٱلْعُزَّىٰ
Afara'aytumul laata wal 'uzzaa
Lot va Uzzoni o`ylab ko`rdingizmi?
-
53:20
وَمَنَوٰةَ ٱلثَّالِثَةَ ٱلْأُخْرَىٰٓ
Wa manaatas saalisatal ukhraa
Va boshqasi, uchinchisi — Manotni ham (o`ylab ko`rdingizmi)?
-
53:21
أَلَكُمُ ٱلذَّكَرُ وَلَهُ ٱلْأُنثَىٰ
A-lakumuz zakaru wa lahul unsaa
Sizlarga erkak-u, U zotga ayolmi?
-
53:22
تِلْكَ إِذًا قِسْمَةٌ ضِيزَىٰٓ
Tilka izan qismatun deezaa
Undoq bo`lsa, bu noto`g`ri taqsim-ku!
-
53:23
إِنْ هِىَ إِلَّآ أَسْمَآءٌ سَمَّيْتُمُوهَآ أَنتُمْ وَءَابَآؤُكُم مَّآ أَنزَلَ ٱللَّهُ بِهَا مِن سُلْطَـٰنٍ ۚ إِن يَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ وَمَا تَهْوَى ٱلْأَنفُسُ ۖ وَلَقَدْ جَآءَهُم مِّن رَّبِّهِمُ ٱلْهُدَىٰٓ
In hiya illaaa asmaaa'un sammaitumoohaaa antum wa aabaaa'ukum maaa anzalal laahu bihaa min sultaan; inyyattabi'oona illaz zanna wa maa tahwal anfusu wa laqad jaaa'ahum mir Rabbihimul hudaa
U(but)lar siz va ota-bobolaringiz qo`ygan nomlardan o`zga hech narsa emas. Alloh bunga hech hujjat tushirgan emas. U(mushrik)lar, Robbilaridan hidoyat kelganiga qaramay, gumon va havoyi nafs xohishiga ergasharlar, xolos.
-
53:24
أَمْ لِلْإِنسَـٰنِ مَا تَمَنَّىٰ
Am lil insaani maa taman naa
Yoki har inson nimani xohlasa, shu bo`laveradimi?
-
53:25
فَلِلَّهِ ٱلْـَٔاخِرَةُ وَٱلْأُولَىٰ
Falillaahil aakhiratu wal oolaa
Zero, oxirat ham, dunyo ham Allohnikidir.
-
53:26
۞ وَكَم مِّن مَّلَكٍ فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ لَا تُغْنِى شَفَـٰعَتُهُمْ شَيْـًٔا إِلَّا مِنۢ بَعْدِ أَن يَأْذَنَ ٱللَّهُ لِمَن يَشَآءُ وَيَرْضَىٰٓ
Wa kam mim malakin fissamaawaati laa tughnee shafaa'atuhum shai'an illaa mim ba'di anyyaazanal laahu limany yashaaa'u wa yardaa
Osmonlarda qanchadan-qancha farishtalar mavjud, ularning shafoati hech foyda bermas. Magar, Alloh O`zi xohlagan va rozi bo`lganlarga izn bersa.
-
53:27
إِنَّ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْـَٔاخِرَةِ لَيُسَمُّونَ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةَ تَسْمِيَةَ ٱلْأُنثَىٰ
innal lazeena laa yu'minoona bil aakhirati la yusammoonal malaaa'ikata tasmiyatal unsaa
Albatta, oxiratga iymon keltirmaganlar farishtalarni ayol nomi bilan nomlarlar.
-
53:28
وَمَا لَهُم بِهِۦ مِنْ عِلْمٍ ۖ إِن يَتَّبِعُونَ إِلَّا ٱلظَّنَّ ۖ وَإِنَّ ٱلظَّنَّ لَا يُغْنِى مِنَ ٱلْحَقِّ شَيْـًٔا
Wa maa lahum bihee min 'ilmin iny yattabi'oona illaz zanna wa innaz zanna laa yughnee minal haqqi shai'aa
Ularda bu haqda hech qanday ilm yo`q. Gumondan boshqa narsaga ergashmaslar. Albatta, gumon haqiqat o`rniga o`tmas.
-
53:29
فَأَعْرِضْ عَن مَّن تَوَلَّىٰ عَن ذِكْرِنَا وَلَمْ يُرِدْ إِلَّا ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا
Fa a'rid 'am man tawallaa 'an zikrinaa wa lam yurid illal hayaatad dunyaa
Bizning zikrimizga orqa o`girgan, hayoti dunyodan boshqani xohlamaydiganlardan yuz o`gir.
-
53:30
ذَٰلِكَ مَبْلَغُهُم مِّنَ ٱلْعِلْمِ ۚ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ أَعْلَمُ بِمَن ضَلَّ عَن سَبِيلِهِۦ وَهُوَ أَعْلَمُ بِمَنِ ٱهْتَدَىٰ
Zalika mablaghuhum minal 'ilm; inna rabbaka huwa a'lamu biman dalla 'an sabee lihee wa huwa a'lamu bimanih tadaa
Ularning erishgan ilmlari mana shu. Albatta, Robbing Uning yo`lidan adashganlarni bilguvchidir va U hidoyatdagilarni ham bilguvchidir.
-
53:31
وَلِلَّهِ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ لِيَجْزِىَ ٱلَّذِينَ أَسَـٰٓـُٔوا۟ بِمَا عَمِلُوا۟ وَيَجْزِىَ ٱلَّذِينَ أَحْسَنُوا۟ بِٱلْحُسْنَى
Wa lillaahi maa fis samaawaati wa maa fil ardi liyajziyal lazeena asaaa'oo bimaa 'amiloo wa yajziyal lazeena ahsanoo bilhusnaa
Osmonlardagiyu yerdagi barcha narsalar Allohnikidir. U yomonlik qilganlarni amaliga yarasha jazolar va yaxshilik qilganlarni go`zal (mukofot) ila mukofotlar.
-
53:32
ٱلَّذِينَ يَجْتَنِبُونَ كَبَـٰٓئِرَ ٱلْإِثْمِ وَٱلْفَوَٰحِشَ إِلَّا ٱللَّمَمَ ۚ إِنَّ رَبَّكَ وَٰسِعُ ٱلْمَغْفِرَةِ ۚ هُوَ أَعْلَمُ بِكُمْ إِذْ أَنشَأَكُم مِّنَ ٱلْأَرْضِ وَإِذْ أَنتُمْ أَجِنَّةٌ فِى بُطُونِ أُمَّهَـٰتِكُمْ ۖ فَلَا تُزَكُّوٓا۟ أَنفُسَكُمْ ۖ هُوَ أَعْلَمُ بِمَنِ ٱتَّقَىٰٓ
Allazeena yajtaniboona kabaaa'iral ismi walfawaa hisha illal lamam; inna rabbaka waasi'ul maghfirah; huwa a'lamu bikum iz ansha akum minal ardi wa iz antum ajinnatun fee butooni umma haatikum falaa tuzakkooo anfusakum huwa a'lamu bimanit taqaa
Ular kichik gunohlardan boshqa katta gunohlar va fahsh ishlardan chetda bo`ladiganlardir. Albatta, Robbing mag`firati keng Zotdir. U sizlarni tuproqdan paydo qilganda ham, onalaringiz qorinlarida homilalik chog`ingizni ham yaxshi biluvchidir. Shundoq ekan, o`zingizni oqlamang, U kim taqvodorligini yaxshi biladir.
-
53:33
أَفَرَءَيْتَ ٱلَّذِى تَوَلَّىٰ
Afara'ayatal lazee tawallaa
Yuz o`girib ketganni ko`rdingmi?!
-
53:34
وَأَعْطَىٰ قَلِيلًا وَأَكْدَىٰٓ
Wa a'taa qaleelanw wa akdaa
U ozgina berdi va to`xtadi.
-
53:35
أَعِندَهُۥ عِلْمُ ٱلْغَيْبِ فَهُوَ يَرَىٰٓ
A'indahoo 'ilmul ghaibi fahuwa yaraa
Uning huzurida g`ayb ilmi bor-u, u ko`rib turibdimi?
-
53:36
أَمْ لَمْ يُنَبَّأْ بِمَا فِى صُحُفِ مُوسَىٰ
Am lam yunabbaa bimaa fee suhuhfi Moosa
Yoki Musoning sahifalaridagi narsalar xabari unga berilmadimi?
-
53:37
وَإِبْرَٰهِيمَ ٱلَّذِى وَفَّىٰٓ
Wa Ibraaheemal lazee waffaaa
Va vafo qilgan Ibrohimning?
-
53:38
أَلَّا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَىٰ
Allaa taziru waaziratunw wizra ukhraa
Albatta, hech bir gunohkor boshqaning gunohini ko`tarmas.
-
53:39
وَأَن لَّيْسَ لِلْإِنسَـٰنِ إِلَّا مَا سَعَىٰ
Wa al laisa lil insaani illaa maa sa'aa
Har bir insonga o`z qilganidan boshqa narsa yo`q.
-
53:40
وَأَنَّ سَعْيَهُۥ سَوْفَ يُرَىٰ
Wa anna sa'yahoo sawfa yuraa
Va, albatta, uning qilmishi tezda ko`rinur.
-
53:41
ثُمَّ يُجْزَىٰهُ ٱلْجَزَآءَ ٱلْأَوْفَىٰ
Summa yujzaahul jazaaa 'al awfaa
So`ngra jazo yoki mukofoti to`liq berilur.
-
53:42
وَأَنَّ إِلَىٰ رَبِّكَ ٱلْمُنتَهَىٰ
Wa anna ilaa rabbikal muntahaa
Va, albatta, intiho Robbing huzuridadir.
-
53:43
وَأَنَّهُۥ هُوَ أَضْحَكَ وَأَبْكَىٰ
Wa annahoo huwa adhaka wa abkaa
Va, albatta, kuldirgan ham O`zi, yig`latgan ham O`zidir.
-
53:44
وَأَنَّهُۥ هُوَ أَمَاتَ وَأَحْيَا
Wa annahoo huwa amaata wa ahyaa
Albatta, o`ldirgan ham O`zi, tiriltirgan ham O`zi.
-
53:45
وَأَنَّهُۥ خَلَقَ ٱلزَّوْجَيْنِ ٱلذَّكَرَ وَٱلْأُنثَىٰ
Wa annahoo khalaqaz zawjainiz zakara wal unsaa
Albatta, ikki juftni — erkak va ayolni yaratgan ham O`zi.
-
53:46
مِن نُّطْفَةٍ إِذَا تُمْنَىٰ
Min nutfatin izaa tumnaa
Otilib chiqqan nutfadan.
-
53:47
وَأَنَّ عَلَيْهِ ٱلنَّشْأَةَ ٱلْأُخْرَىٰ
Wa anna 'alaihin nash atal ukhraa
Va, albatta, keyingi paydo qilish zimmasidagi zot ham O`zi.
-
53:48
وَأَنَّهُۥ هُوَ أَغْنَىٰ وَأَقْنَىٰ
Wa annahoo huwa aghnaa wa aqnaa
Va, albatta, behojat qilgan ham O`zi, badavlat qilgan ham O`zi.
-
53:49
وَأَنَّهُۥ هُوَ رَبُّ ٱلشِّعْرَىٰ
Wa annahoo huwa rabbush shi'raa
Va, albatta She'roning robbisi ham Uning O`zi.
-
53:50
وَأَنَّهُۥٓ أَهْلَكَ عَادًا ٱلْأُولَىٰ
Wa annahooo ahlak a 'Aadanil oolaa
Va, albatta, birinchi Odni halok qilgan ham O`zi.
-
53:51
وَثَمُودَا۟ فَمَآ أَبْقَىٰ
Wa samooda famaaa abqaa
Va Samudni boqiy qoldirmagan ham O`zi.
-
53:52
وَقَوْمَ نُوحٍ مِّن قَبْلُ ۖ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ هُمْ أَظْلَمَ وَأَطْغَىٰ
Wa qawma Noohim min qablu innahum kaanoo hum azlama wa atghaa
Va bundan oldin Nuh qavmini (halok qilgan ham O`zi). Chunki, ular o`ta zolim va o`ta tug`yonga ketgan edilar.
-
53:53
وَٱلْمُؤْتَفِكَةَ أَهْوَىٰ
Wal mu'tafikata ahwaa
Va to`ntarilganni qulatgan (ham O`zi).
-
53:54
فَغَشَّىٰهَا مَا غَشَّىٰ
Faghashshaahaa maa ghashshaa
Bas, uni o`ragan narsa o`rab oldi.
-
53:55
فَبِأَىِّ ءَالَآءِ رَبِّكَ تَتَمَارَىٰ
Fabi ayyi aalaaa'i Rabbika tatamaaraa
Shunday ekan, Robbingning qaysi ne'matlariga shak keltirasan?
-
53:56
هَـٰذَا نَذِيرٌ مِّنَ ٱلنُّذُرِ ٱلْأُولَىٰٓ
Haazaa nazeerum minan nuzuril oolaa
Bu, avvalgi ogohlantiruvchilar kabi bir ogohlantiruvchidir.
-
53:57
أَزِفَتِ ٱلْـَٔازِفَةُ
Azifatil laazifah
Yaqinlashuvchi yaqinlashdi.
-
53:58
لَيْسَ لَهَا مِن دُونِ ٱللَّهِ كَاشِفَةٌ
Laisa lahaa min doonil laahi kaashifah
Uni Allohdan boshqa kashf qiluvchi yo`q.
-
53:59
أَفَمِنْ هَـٰذَا ٱلْحَدِيثِ تَعْجَبُونَ
Afamin hazal hadeesi ta'jaboon
Bu so`zdan sizlar ajablanasizlarmi?
-
53:60
وَتَضْحَكُونَ وَلَا تَبْكُونَ
Wa tadhakoona wa laa tabkoon
Va kulasizlar-u, yig`lamaysizlarmi?
-
53:61
وَأَنتُمْ سَـٰمِدُونَ
Wa antum saamidoon
Va holbuki, sizlar beparvosizlar.
-
53:62
فَٱسْجُدُوا۟ لِلَّهِ وَٱعْبُدُوا۟ ۩
Fasjudoo lillaahi wa'budoo
Bas, Allohga sajda qilinglar va ibodat qilinglar.
Manbalar
- Maʼnolar tarjimasi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
- Qiroat: Mishari Roshid al-Afasiy, mp3quran.net.
- Transliteratsiya faqat oʻqishga yordamchi. Toʻgʻri talaffuzni qorining qiroatidan yoki ustozdan oʻrganing.
وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ
«Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!» — Qamar surasi, 54:17