1. Qaree
  2. Suralar
  3. Moʻminun surasi

Moʻminun surasini qanday yod olish mumkin

«Moʻminlar»

  • 23-sura
  • 118 oyat
  • Makkiy
  • Mushafning 342–349-sahifalari

المؤمنون

Moʻminun surasini Qaree’da yod olish

Ilova oʻrnatilgan boʻlsa, uni ochadi, aks holda App Store / Google Play’ni ochadi.

Surani toʻliq tinglang

Qori: Mishari Roshid al-Afasiy

Qancha vaqt kerak

Har kuni ushlab tura oladigan surʼatni tanlang:

Kuniga 1 oyat118 kun
Kuniga 3 oyat40 kun
Kuniga 5 oyat24 kun

Oyatma-oyat qanday yod olish kerak

  1. Avval tinglangOyatni bir necha marta qoʻying va arabcha matnni koʻzingiz bilan kuzatib boring.
  2. Ovoz chiqarib takrorlangTilingizga oson kelguncha qayta-qayta ayting. Qaree har bir takrorni sanaydi.
  3. Yoddan oʻqingMatnga qaramay oʻqing. Qaree’ning tilovat rejimi sizni tinglaydi va xato qilgan soʻzlaringizni belgilaydi.
  4. Ulang va takrorlangYangi oyatni oldingilari bilan birga oʻqing, ertasi kuni esa surani yana bir bor takrorlang.

Moʻminun surasi: arabcha matni, transliteratsiyasi va tarjimasi

  1. 23:1

    قَدْ أَفْلَحَ ٱلْمُؤْمِنُونَ

    Qad aflahal mu'minoon

    Batahqiq, mo`minlar najot topdilar.

  2. 23:2

    ٱلَّذِينَ هُمْ فِى صَلَاتِهِمْ خَـٰشِعُونَ

    Allazeena hum fee Salaatihim khaashi'oon

    Ular namozlarida xushu' qiluvchilardir.

  3. 23:3

    وَٱلَّذِينَ هُمْ عَنِ ٱللَّغْوِ مُعْرِضُونَ

    Wallazeena hum 'anillaghwimu'ridoon

    Ular behuda narsalardan yuz o`girguvchilardir.

  4. 23:4

    وَٱلَّذِينَ هُمْ لِلزَّكَوٰةِ فَـٰعِلُونَ

    Wallazeena hum liz Zakaati faa'iloon

    Ular zakotni ado qilguvchilardir.

  5. 23:5

    وَٱلَّذِينَ هُمْ لِفُرُوجِهِمْ حَـٰفِظُونَ

    Wallazeena hum lifuroo jihim haafizoon

    Ular farjlarini saqlovchilardir.

  6. 23:6

    إِلَّا عَلَىٰٓ أَزْوَٰجِهِمْ أَوْ مَا مَلَكَتْ أَيْمَـٰنُهُمْ فَإِنَّهُمْ غَيْرُ مَلُومِينَ

    Illaa 'alaaa azwaajihim aw maa malakat aimaanuhum fa innahum ghairu maloomeen

    Magar o`z jufti halollari va qo`llarida mulk bo`lganlardan (saqlamasalar), albatta, ular malomat qilinguvchi emaslar.

  7. 23:7

    فَمَنِ ٱبْتَغَىٰ وَرَآءَ ذَٰلِكَ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْعَادُونَ

    Famanib taghaa waraaa'a zaalika fa ulaaa'ika humul 'aadoon

    Kim ana shundan boshqani talab qilsa, bas, ana o`shalar tajovuzkorlardir.

  8. 23:8

    وَٱلَّذِينَ هُمْ لِأَمَـٰنَـٰتِهِمْ وَعَهْدِهِمْ رَٰعُونَ

    Wallazeena hum li amaanaatihim wa 'ahdihim raa'oon

    Ular omonatlariga va ahdlariga rioya qilguvchilardir.

  9. 23:9

    وَٱلَّذِينَ هُمْ عَلَىٰ صَلَوَٰتِهِمْ يُحَافِظُونَ

    Wallazeena hum 'alaa Salawaatihim yuhaafizoon

    Ular namozlarini muhofaza qilguvchilardir.

  10. 23:10

    أُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْوَٰرِثُونَ

    Ulaaa'ika humul waarisoon

    Ana o`shalar voris bo`lguvchilardir.

  11. 23:11

    ٱلَّذِينَ يَرِثُونَ ٱلْفِرْدَوْسَ هُمْ فِيهَا خَـٰلِدُونَ

    Allazeena yarisoonal Firdawsa hum feehaa khaalidoon

    Ular Firdavs (jannati)ni meros olurlar, ular unda abadiy qolguvchilardir.

  12. 23:12

    وَلَقَدْ خَلَقْنَا ٱلْإِنسَـٰنَ مِن سُلَـٰلَةٍ مِّن طِينٍ

    Wa laqad khalaqnal insaana min sulaalatim minteen

    Qasamki, batahqiq, insonni loy sulolasidan yaratdik.

  13. 23:13

    ثُمَّ جَعَلْنَـٰهُ نُطْفَةً فِى قَرَارٍ مَّكِينٍ

    Summa ja'alnaahu nutfatan fee qaraarim makeen

    So`ngra uni mustahkam qarorgohda nutfa qildik.

  14. 23:14

    ثُمَّ خَلَقْنَا ٱلنُّطْفَةَ عَلَقَةً فَخَلَقْنَا ٱلْعَلَقَةَ مُضْغَةً فَخَلَقْنَا ٱلْمُضْغَةَ عِظَـٰمًا فَكَسَوْنَا ٱلْعِظَـٰمَ لَحْمًا ثُمَّ أَنشَأْنَـٰهُ خَلْقًا ءَاخَرَ ۚ فَتَبَارَكَ ٱللَّهُ أَحْسَنُ ٱلْخَـٰلِقِينَ

    Summa khalaqnan nutfata 'alaqatan fakhalaqnal 'alaqata mudghatan fakhalaq nal mudghata 'izaaman fakasawnal 'izaama lahman summa anshaanaahu khalqan aakhar; fatabaarakal laahu ahsanul khaaliqeen

    So`ngra nutfadan alaqa yaratdik, alaqadan chaynalgan go`sht yaratdik, chaynalgan parcha go`shtdan suyak yaratdik, bas, suyakka go`sht qopladik, so`ngra uni boshqa bir jonzot etib paydo qildik. Bas, yaratguvchilarning eng yaxshisi Alloh barakotli va buyukdir.

  15. 23:15

    ثُمَّ إِنَّكُم بَعْدَ ذَٰلِكَ لَمَيِّتُونَ

    Summa innakum ba'da zaalika la maaiyitoon

    So`ngra, albatta, sizlar bundan keyin o`lguvchilardirsiz.

  16. 23:16

    ثُمَّ إِنَّكُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ تُبْعَثُونَ

    Summa innakum Yawmal Qiyaamati tub'asoon

    So`ngra, albatta, sizlar qiyomat kuni qayta tiriltirilursiz.

  17. 23:17

    وَلَقَدْ خَلَقْنَا فَوْقَكُمْ سَبْعَ طَرَآئِقَ وَمَا كُنَّا عَنِ ٱلْخَلْقِ غَـٰفِلِينَ

    Wa laqad khalaqnaa fawqakum sab'a taraaa'iqa wa maa kunnaa 'anil khalqi ghaafileen

    Batahqiq, Biz ustingizda yetti yo`lni yaratdik. Biz maxluqotdan g`ofil bo`lgan emasmiz.

  18. 23:18

    وَأَنزَلْنَا مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۢ بِقَدَرٍ فَأَسْكَنَّـٰهُ فِى ٱلْأَرْضِ ۖ وَإِنَّا عَلَىٰ ذَهَابٍۭ بِهِۦ لَقَـٰدِرُونَ

    Wa anzalnaa minas samaaa'i maaa'am biqadarin fa-askannaahu fil ardi wa innaa 'alaa zahaabim bihee laqaa diroon

    Biz osmondan o`lchov ila suv tushirib, uni yerga joylashtirdik. Albatta, Biz uni ketkazishga ham qodirdirmiz.

  19. 23:19

    فَأَنشَأْنَا لَكُم بِهِۦ جَنَّـٰتٍ مِّن نَّخِيلٍ وَأَعْنَـٰبٍ لَّكُمْ فِيهَا فَوَٰكِهُ كَثِيرَةٌ وَمِنْهَا تَأْكُلُونَ

    Fa anshaanaa lakum bihee Jannaatim min nakheelinw wa a'naab; lakum feehaa fawaakihu kaseeratunw wa minhaa taakuloon

    Va u (suv) ila siz uchun xurmo va uzum bog`lari paydo qildik, sizga u(bog`)larda ko`p mevalar bo`lib, ulardan yersizlar.

  20. 23:20

    وَشَجَرَةً تَخْرُجُ مِن طُورِ سَيْنَآءَ تَنۢبُتُ بِٱلدُّهْنِ وَصِبْغٍ لِّلْـَٔاكِلِينَ

    Wa shajaratan takhruju min Toori Sainaaa'a tambutu bidduhni wa sibghil lil aakileen

    Va Turi Siynodan chiqadigan bir daraxtni (paydo qildikki), u yog` va yeguvchilarga nonxurish ila o`sur.

  21. 23:21

    وَإِنَّ لَكُمْ فِى ٱلْأَنْعَـٰمِ لَعِبْرَةً ۖ نُّسْقِيكُم مِّمَّا فِى بُطُونِهَا وَلَكُمْ فِيهَا مَنَـٰفِعُ كَثِيرَةٌ وَمِنْهَا تَأْكُلُونَ

    Wa inna lakum fil an'aami la'ibrah; nusqeekum mimmaa fee butoonihaa wa lakum feehaa manaafi'u kaseeratunw wa minhaa taakuloon

    Albatta, siz uchun chorva hayvonlarida ibrat bordir. Biz sizni ularning qorinlaridagi narsa ila sug`orurmiz va siz uchun ularda ko`pgina manfaatlar bor va ulardan yersizlar.

  22. 23:22

    وَعَلَيْهَا وَعَلَى ٱلْفُلْكِ تُحْمَلُونَ

    Wa 'alaihaa wa'alal fulki tuhmaloon

    Va ularga va kemalarga yuklanursiz.

  23. 23:23

    وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا نُوحًا إِلَىٰ قَوْمِهِۦ فَقَالَ يَـٰقَوْمِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَـٰهٍ غَيْرُهُۥٓ ۖ أَفَلَا تَتَّقُونَ

    Wa laqad arsalnaa Noohan ilaa qawmihee faqaala yaa qawmi'budul laaha maa lakum min ilahin ghairuhoo afalaa tattaqoon

    Batahqiq, Biz Nuhni qavmiga yubordik. Bas, u: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Siz uchun undan o`zga hech bir iloh yo`qdir. Nahotki qo`rqmasangiz?!» dedi.

  24. 23:24

    فَقَالَ ٱلْمَلَؤُا۟ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِن قَوْمِهِۦ مَا هَـٰذَآ إِلَّا بَشَرٌ مِّثْلُكُمْ يُرِيدُ أَن يَتَفَضَّلَ عَلَيْكُمْ وَلَوْ شَآءَ ٱللَّهُ لَأَنزَلَ مَلَـٰٓئِكَةً مَّا سَمِعْنَا بِهَـٰذَا فِىٓ ءَابَآئِنَا ٱلْأَوَّلِينَ

    Faqaalal mala'ul lazeena kafaroo min qawmihee maa haazaaa illaa basharum mislukum yureedu ai yatafaddala 'alaikum wa law shaaa'al laahu la anzala malaaa'ikatam maa sami'naa bihaazaa feee aabaaa'inal  awwaleen

    Bas, uning qavmidan kufr keltirgan zodagonlari: «Bu, sizga o`xshash bashar, xolos, sizdan afzal bo`lib olmoqchi. Agar Alloh xohlasa, farishtalarni tushirar edi. Avvalgi ota-bobolarimizda buni eshitgan emasmiz.

  25. 23:25

    إِنْ هُوَ إِلَّا رَجُلٌۢ بِهِۦ جِنَّةٌ فَتَرَبَّصُوا۟ بِهِۦ حَتَّىٰ حِينٍ

    In huwa illaa rajulum bihee jinnatun fatarabbasoo bihee hattan heen

    U faqat bir jinni odam, xolos. Bas, uni bir oz muddat poylab turing», dedilar.

  26. 23:26

    قَالَ رَبِّ ٱنصُرْنِى بِمَا كَذَّبُونِ

    Qaala Rabbin surnee bimaa kazzaboon

    U: «Ey Robbim, meni yolg`onchi qilganlarga qarshi menga nusrat ber», dedi.

  27. 23:27

    فَأَوْحَيْنَآ إِلَيْهِ أَنِ ٱصْنَعِ ٱلْفُلْكَ بِأَعْيُنِنَا وَوَحْيِنَا فَإِذَا جَآءَ أَمْرُنَا وَفَارَ ٱلتَّنُّورُ ۙ فَٱسْلُكْ فِيهَا مِن كُلٍّ زَوْجَيْنِ ٱثْنَيْنِ وَأَهْلَكَ إِلَّا مَن سَبَقَ عَلَيْهِ ٱلْقَوْلُ مِنْهُمْ ۖ وَلَا تُخَـٰطِبْنِى فِى ٱلَّذِينَ ظَلَمُوٓا۟ ۖ إِنَّهُم مُّغْرَقُونَ

    Fa awhainaaa ilaihi anis na'il fulka bi a'yuninaa wa wahyinaa fa izaa jaaa'a amrunaa wa faarat tannooru fasluk feehaa min kullin zawjainis naini wa ahlaka illaa man sabaqa 'alaihil qawlu minhum wa laa tukhaat ibnee fil lazeena zalamooo innaahum mughraqoon

    Bas, Biz unga: «Bizning ko`z o`ngimizda va vahiyimiz ila kema yasa. Bas, Bizning amrimiz kelib, tannur favvora bo`lganda, u(kema)ga har bir turdan bir juftdan va ahlingni chiqar, magar kimning ziddiga oldin so`zimiz o`tgan bo`lsa (chiqarma). Zulm qilganlar haqida Menga xitob qilma. Albatta, ular g`arq qilinguvchilardir.

  28. 23:28

    فَإِذَا ٱسْتَوَيْتَ أَنتَ وَمَن مَّعَكَ عَلَى ٱلْفُلْكِ فَقُلِ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِى نَجَّىٰنَا مِنَ ٱلْقَوْمِ ٱلظَّـٰلِمِينَ

    Fa izas tawaita ata wa mam ma'aka 'alal fulki faqulil hamdu lillaahil lazee najjaanaa minal qawmiz zalimeen

    Bas, sen o`zing bilan birga bo`lganlar ila kemaga joylashib olgach: «Bizni zolim qavmlardan qutqargan Allohga hamdlar bo`lsin», degin.

  29. 23:29

    وَقُل رَّبِّ أَنزِلْنِى مُنزَلًا مُّبَارَكًا وَأَنتَ خَيْرُ ٱلْمُنزِلِينَ

    Wa qur Rabbi anzilnee munzalam mubaarakanw wa Anta khairul munzileen

    Va: «Ey Robbim, meni muborak manzilga tushirgin, Sen O`zing manzilga tushirguvchilarning eng yaxshisisan», degin», dedik.

  30. 23:30

    إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ وَإِن كُنَّا لَمُبْتَلِينَ

    Inna fee zaalika la Aayaatinw wa in kunnaa lamubtaleen

    Albatta, bunda oyat-ibratlar bordir. Albatta, Biz sinovchi bo`lgan edik.

  31. 23:31

    ثُمَّ أَنشَأْنَا مِنۢ بَعْدِهِمْ قَرْنًا ءَاخَرِينَ

    Summaa anshaana mim ba'dihim qarnan aakhareen

    So`ngra ulardan keyin boshqa avlodlarni paydo qildik.

  32. 23:32

    فَأَرْسَلْنَا فِيهِمْ رَسُولًا مِّنْهُمْ أَنِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَـٰهٍ غَيْرُهُۥٓ ۖ أَفَلَا تَتَّقُونَ

    Fa arsalnaa feehim Rasoolam minhum ani'budul laaha maa lakum min ilaahin ghairuhoo afalaa tattaqoon

    Bas, ularning ichiga o`zlaridan bo`lgan Payg`ambarni: «Allohga ibodat qiling. Siz uchun undan o`zga iloh yo`qdir, nahotki, qo`rqmasangiz», deb yubordik.

  33. 23:33

    وَقَالَ ٱلْمَلَأُ مِن قَوْمِهِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَكَذَّبُوا۟ بِلِقَآءِ ٱلْـَٔاخِرَةِ وَأَتْرَفْنَـٰهُمْ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا مَا هَـٰذَآ إِلَّا بَشَرٌ مِّثْلُكُمْ يَأْكُلُ مِمَّا تَأْكُلُونَ مِنْهُ وَيَشْرَبُ مِمَّا تَشْرَبُونَ

    Wa qaalal mala-u min qawmihil lazeena kafaroo wa kazzaboo bi liqaaa'il Aakhirati wa atrafnaahum fil hayaatid dunyaa maa haazaaa illaa basharum mislukum yaakulu mimmaa taakuloona minhu wa yashrabu mimmaa tashraboon

    Uning qavmidan kufr keltirgan, oxiratga ro`baro` bo`lishini yolg`onga chiqargan va Biz ularni hayoti dunyoda maishatparast qilib qo`ygan zodagonlari: «Bu, sizga o`xshagan bashar, xolos. Siz yegan narsadan yeydir, siz ichgan narsadan ichadir.

  34. 23:34

    وَلَئِنْ أَطَعْتُم بَشَرًا مِّثْلَكُمْ إِنَّكُمْ إِذًا لَّخَـٰسِرُونَ

    Wa la'in at'atum basharam mislakum innakum izal lakhaasiroon

    Agar o`zingizga o`xshagan basharga itoat qilsangiz, unda, albatta, siz ziyonkorlardandirsiz.

  35. 23:35

    أَيَعِدُكُمْ أَنَّكُمْ إِذَا مِتُّمْ وَكُنتُمْ تُرَابًا وَعِظَـٰمًا أَنَّكُم مُّخْرَجُونَ

    A-Ya'idukum annakum izaa mittum wa kuntum turaabanw wa izaaman annakum mukhrajoon

    U sizga, o`lsangiz, tuproq va suyak bo`lsangiz ham, albatta, chiqarilguvchi bo`lishingizni va'da qilmoqdami?!

  36. 23:36

    ۞ هَيْهَاتَ هَيْهَاتَ لِمَا تُوعَدُونَ

    Haihaata haihaata limaa too'adoon

    Hayhot! Hayhot! Sizga va'da qilingan narsa naqadar uzoq!

  37. 23:37

    إِنْ هِىَ إِلَّا حَيَاتُنَا ٱلدُّنْيَا نَمُوتُ وَنَحْيَا وَمَا نَحْنُ بِمَبْعُوثِينَ

    In hiya illaa hayaatunad dunyaa namootu wa nahyaa wa maa nahnu bimab'ooseen

    Shu dunyodagi hayotimizdan boshqa hayot yo`qdir. O`lamiz, tirilamiz va biz qayta tirilguvchi emasmiz.

  38. 23:38

    إِنْ هُوَ إِلَّا رَجُلٌ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا وَمَا نَحْنُ لَهُۥ بِمُؤْمِنِينَ

    In huwa illaa rajulunif taraa 'alal laahi kazibanw wa maa nahnuu lahoo bimu'mineen

    U faqat Allohga nisbatan yolg`on uydirgan odam, xolos. Biz unga iymon keltirguvchi emasmiz», dedilar.

  39. 23:39

    قَالَ رَبِّ ٱنصُرْنِى بِمَا كَذَّبُونِ

    Qaala Rabbin surnee bimaa kazzaboon

    U: «Ey Robbim, meni yolg`onchi qilganlarga qarshi menga nusrat ber», dedi.

  40. 23:40

    قَالَ عَمَّا قَلِيلٍ لَّيُصْبِحُنَّ نَـٰدِمِينَ

    Qaala 'ammaa qaleelil la yusbihunna naadimeen

    U zot: «Ozginadan so`ng ular nadomat chekuvchi bo`lurlar», dedi.

  41. 23:41

    فَأَخَذَتْهُمُ ٱلصَّيْحَةُ بِٱلْحَقِّ فَجَعَلْنَـٰهُمْ غُثَآءً ۚ فَبُعْدًا لِّلْقَوْمِ ٱلظَّـٰلِمِينَ

    Fa akhazat humus saihatu bilhaqqi faja'alnaahum ghusaaa'aa; fabu;dal lilqaw miz zaalimeen

    Bas, ularni haq ila qichqiriq oldi. Bas, Biz ularni xasu cho`pga aylantirdik. Daf' bo`lsin zolim qavmlar!

  42. 23:42

    ثُمَّ أَنشَأْنَا مِنۢ بَعْدِهِمْ قُرُونًا ءَاخَرِينَ

    Summa anshaanaa mim ba'dihim quroonan aakhareen

    So`ngra ulardan keyin boshqa asr avlodlarini paydo qildik.

  43. 23:43

    مَا تَسْبِقُ مِنْ أُمَّةٍ أَجَلَهَا وَمَا يَسْتَـْٔخِرُونَ

    Maa tasbiqu min ummatin ajalahaa wa maa yastaakhiroon

    Hech bir ummat o`z ajalidan oldin ham ketmas, ortda ham qolmas.

  44. 23:44

    ثُمَّ أَرْسَلْنَا رُسُلَنَا تَتْرَا ۖ كُلَّ مَا جَآءَ أُمَّةً رَّسُولُهَا كَذَّبُوهُ ۚ فَأَتْبَعْنَا بَعْضَهُم بَعْضًا وَجَعَلْنَـٰهُمْ أَحَادِيثَ ۚ فَبُعْدًا لِّقَوْمٍ لَّا يُؤْمِنُونَ

    Summa arsalnaa Rusulanaa tatraa kulla maa jaaa'a ummatar Rasooluhaa kazzabooh; fa atba'naa ba'dahum ba'danw wa ja'alnaahum ahaadees; fabu'dal liqawmil laa yu'minoon

    So`ngra Payg`ambarlarimizni ketma-ket yubordik. Har qachon bir ummatga o`z Payg`ambari kelsa, uni yolg`onchi qildilar. Bas, Biz ham ularni ba'zilari ortidan ba'zilarini (halokatga) ergashtiraverdik va ularni gapu so`zga aylantirdik. Bas, daf' bo`lsin iymon keltirmaydigan qavmlar!

  45. 23:45

    ثُمَّ أَرْسَلْنَا مُوسَىٰ وَأَخَاهُ هَـٰرُونَ بِـَٔايَـٰتِنَا وَسُلْطَـٰنٍ مُّبِينٍ

    Summa arsalnaa Moosaa wa akhaahu Haaroona bi Aayaatinaa wa sultaanim mubeen

    So`ngra Biz Muso va birodari Horunni oyatlarimiz va ochiq hujjat ila.

  46. 23:46

    إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَمَلَإِي۟هِۦ فَٱسْتَكْبَرُوا۟ وَكَانُوا۟ قَوْمًا عَالِينَ

    Ilaa Fir'awna wa mala'ihee fastakbaroo wa kaanoo qawman 'aaleem

    Fir'avn va uning a'yonlariga yubordik. Bas, ular mutakabbirlik qildilar va o`zini yuqori qo`ygan qavm bo`ldilar.

  47. 23:47

    فَقَالُوٓا۟ أَنُؤْمِنُ لِبَشَرَيْنِ مِثْلِنَا وَقَوْمُهُمَا لَنَا عَـٰبِدُونَ

    Faqaaloo annu'minu libasharaini mislinaa wa qawmuhumaa lanaa 'aabidoon

    Bas, ular: «O`zimizga o`xshagan ikki basharga iymon keltiramizmi?! Holbuki, ularning qavmi bizga qullik qilguvchi bo`lib turibdi-ku?!» dedilar.

  48. 23:48

    فَكَذَّبُوهُمَا فَكَانُوا۟ مِنَ ٱلْمُهْلَكِينَ

    Fakazzaboohumaa fakaanoo minal mmuhlakeen

    Bas, ikkovlarini yolg`onchi qildilar va halok qilinganlardan bo`ldilar.

  49. 23:49

    وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَـٰبَ لَعَلَّهُمْ يَهْتَدُونَ

    Wa laqad aatainaa Moosal Kitaaba la'allahum yahtadoon

    Batahqiq, Biz, shoyadki, hidoyat topsalar deb, Musoga Kitobni bergan edik.

  50. 23:50

    وَجَعَلْنَا ٱبْنَ مَرْيَمَ وَأُمَّهُۥٓ ءَايَةً وَءَاوَيْنَـٰهُمَآ إِلَىٰ رَبْوَةٍ ذَاتِ قَرَارٍ وَمَعِينٍ

    Wa ja'alnab na Maryama wa ummahooo aayatannw wa aawainaahumaaa ilaa rabwatin zaati qaraarinw wa ma'een

    Ibn Maryamni va uning onasini oyat-alomat qildik va ikkovlarini oqar suvli qarorgoh tepalikka joyladik.

  51. 23:51

    يَـٰٓأَيُّهَا ٱلرُّسُلُ كُلُوا۟ مِنَ ٱلطَّيِّبَـٰتِ وَٱعْمَلُوا۟ صَـٰلِحًا ۖ إِنِّى بِمَا تَعْمَلُونَ عَلِيمٌ

    Yaaa aiyuhar Rusulu kuloo minat taiyibaati wa'maloo saalihan innee bimaa ta'maloona 'Aleem

    Ey Payg`ambarlar! Pok narsalardan yenglar va solih amallar qilinglar. Albatta, Men nima amal qilayotganingizni o`ta bilguvchiman.

  52. 23:52

    وَإِنَّ هَـٰذِهِۦٓ أُمَّتُكُمْ أُمَّةً وَٰحِدَةً وَأَنَا۠ رَبُّكُمْ فَٱتَّقُونِ

    Wa inna haaziheee ummatukum ummatanw waahidatanw wa Ana Rabbukum fattaqoon

    Albatta, sizning bu ummatingiz yagona ummatdir. Men esa, Robbingizman. Bas, Menga taqvo qiling.

  53. 23:53

    فَتَقَطَّعُوٓا۟ أَمْرَهُم بَيْنَهُمْ زُبُرًا ۖ كُلُّ حِزْبٍۭ بِمَا لَدَيْهِمْ فَرِحُونَ

    Fataqatta'ooo amrahum bainahum zuburaa; kullu hizbim bimaa ladaihim farihoon

    Bas, ular ishlarini o`z oralarida pora-pora qilib bo`lib yubordilar. Har firqa o`z huzurlaridagi narsa ila xursanddirlar.

  54. 23:54

    فَذَرْهُمْ فِى غَمْرَتِهِمْ حَتَّىٰ حِينٍ

    Fazarhum fee ghamratihim hattaa heen

    Bas, sen ularni g`aflatlarida bir muddat qo`yib qo`y.

  55. 23:55

    أَيَحْسَبُونَ أَنَّمَا نُمِدُّهُم بِهِۦ مِن مَّالٍ وَبَنِينَ

    A-yahsaboona annnamaa numiduhum bihee mimmaalinw wa baneen

    Ular Bizning o`zlariga molu dunyo va farzandlar ila madad berayotganimizni.

  56. 23:56

    نُسَارِعُ لَهُمْ فِى ٱلْخَيْرَٰتِ ۚ بَل لَّا يَشْعُرُونَ

    Nusaari'u lahum fil khairaat; bal laa yash'uroon

    Ularga yaxshiliklarni tezlatishimiz, deb hisoblaydilarmi? Yo`q! Ular sezmaslar.

  57. 23:57

    إِنَّ ٱلَّذِينَ هُم مِّنْ خَشْيَةِ رَبِّهِم مُّشْفِقُونَ

    Innal lazeena hum min khashyati Rabbihim mushfiqoon

    Albatta, Robbilaridan qo`rqib xavfda turuvchilar.

  58. 23:58

    وَٱلَّذِينَ هُم بِـَٔايَـٰتِ رَبِّهِمْ يُؤْمِنُونَ

    Wallazeena hum bi Aayaati Rabbihim yu'minoon

    Va Robbilari oyatlariga iymon keltiradiganlar.

  59. 23:59

    وَٱلَّذِينَ هُم بِرَبِّهِمْ لَا يُشْرِكُونَ

    Wallazeena hum bi Rabbihim laa yushrikoon

    Va Robbilariga shirk keltirmaydiganlar.

  60. 23:60

    وَٱلَّذِينَ يُؤْتُونَ مَآ ءَاتَوا۟ وَّقُلُوبُهُمْ وَجِلَةٌ أَنَّهُمْ إِلَىٰ رَبِّهِمْ رَٰجِعُونَ

    Wallazeena yu'toona maaa aataw wa quloobuhum wajilatun annahum ilaa Rabbihim raaji'oon

    Va beradigan narsalarini albatta Robbilariga qaytguvchi ekanliklaridan qalblari titragan holda beradiganlar.

  61. 23:61

    أُو۟لَـٰٓئِكَ يُسَـٰرِعُونَ فِى ٱلْخَيْرَٰتِ وَهُمْ لَهَا سَـٰبِقُونَ

    Ulaaa'ika yusaari'oona fil khairaati wa hum lahaa saabiqoon

    Ana o`shalar yaxshiliklarga shoshilurlar va ular o`sha (yaxshilik)lar uchun musobaqa qilurlar.

  62. 23:62

    وَلَا نُكَلِّفُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَا ۖ وَلَدَيْنَا كِتَـٰبٌ يَنطِقُ بِٱلْحَقِّ ۚ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ

    Wa laa nukallifu nafsan illaa wus'ahaa wa ladainaa kitaabuny yantiqu bilhaqqi w ahum la yuzlamoon

    Biz hech bir jonga toqatidan tashqari taklif qilmasmiz. Huzurimizda kitob bor. U haqni so`zlaydir. Ularga zulm qilinmas.

  63. 23:63

    بَلْ قُلُوبُهُمْ فِى غَمْرَةٍ مِّنْ هَـٰذَا وَلَهُمْ أَعْمَـٰلٌ مِّن دُونِ ذَٰلِكَ هُمْ لَهَا عَـٰمِلُونَ

    Bal quloobuhum fee ghamratim min haazaa wa lahum a'maalum min dooni zaalika hum lahaa 'aamiloon

    Yo`q! Ularning qalblari bundan g`aflatdadir. Ularning bundan boshqa amallari bordir. Ular o`shalarni qilguvchilardir.

  64. 23:64

    حَتَّىٰٓ إِذَآ أَخَذْنَا مُتْرَفِيهِم بِٱلْعَذَابِ إِذَا هُمْ يَجْـَٔرُونَ

    Hattaaa izaaa akhznaa mutrafeehim bil'azaabi izaa hum yaj'aroon

    Toki ularning maishatparastlarini azob ila tutganimizda, birdan faryod solurlar.

  65. 23:65

    لَا تَجْـَٔرُوا۟ ٱلْيَوْمَ ۖ إِنَّكُم مِّنَّا لَا تُنصَرُونَ

    Laa taj'arul yawma innakum minnaa laa tunsaroon

    «Endi, bugun faryod solmang! Albatta, Biz tomonimizdan sizga nusrat qilinmas.

  66. 23:66

    قَدْ كَانَتْ ءَايَـٰتِى تُتْلَىٰ عَلَيْكُمْ فَكُنتُمْ عَلَىٰٓ أَعْقَـٰبِكُمْ تَنكِصُونَ

    Qad kaanat Aayaatee tutlaa 'alaikum fakuntum 'alaaa a'qaabikum tankisoon

    Batahqiq, Mening oyatlarim sizga tilovat qilinar edi. Siz esa, ortingizga qochar edingiz.

  67. 23:67

    مُسْتَكْبِرِينَ بِهِۦ سَـٰمِرًا تَهْجُرُونَ

    Mustakbireena bihee saamiran tahjuroon

    U bilan kibrlanar, tungi suhbatingizda behuda so`zlar aytar edingiz», deymiz.

  68. 23:68

    أَفَلَمْ يَدَّبَّرُوا۟ ٱلْقَوْلَ أَمْ جَآءَهُم مَّا لَمْ يَأْتِ ءَابَآءَهُمُ ٱلْأَوَّلِينَ

    Afalam yaddabbarrul qawla am jaaa'ahum maa lam yaati aabaaa'ahumul awwaleen

    Nahotki ular bu so`zni tadabbur qilib ko`rmadilar? Yoki ularga avvalgi ota-bobolariga kelmagan narsa kelibdimi?

  69. 23:69

    أَمْ لَمْ يَعْرِفُوا۟ رَسُولَهُمْ فَهُمْ لَهُۥ مُنكِرُونَ

    Am lam ya'rifoo Rasoolahum fahum lahoo munkiroon

    Yoki o`z Payg`ambarlarini tanimasdan ular unga inkor qilguvchi bo`lmoqdalarmi?

  70. 23:70

    أَمْ يَقُولُونَ بِهِۦ جِنَّةٌۢ ۚ بَلْ جَآءَهُم بِٱلْحَقِّ وَأَكْثَرُهُمْ لِلْحَقِّ كَـٰرِهُونَ

    Am yaqooloona bihee jinnnah; bal jaaa'ahum bilhaqqi wa aksaruhum lil haqqi kaarihoon

    Yoki, unda jinnilik bor, derlarmi? Yo`q! U ularga haq ila keldi. Ularning ko`plari esa, haqni yomon ko`rguvchidirlar.

  71. 23:71

    وَلَوِ ٱتَّبَعَ ٱلْحَقُّ أَهْوَآءَهُمْ لَفَسَدَتِ ٱلسَّمَـٰوَٰتُ وَٱلْأَرْضُ وَمَن فِيهِنَّ ۚ بَلْ أَتَيْنَـٰهُم بِذِكْرِهِمْ فَهُمْ عَن ذِكْرِهِم مُّعْرِضُونَ

    Wa lawit taba'al haqqu ahwaaa'ahum lafasadatis samaawaatu wal ardu wa man feehinnn; bal atainaahum bizikrihim fahum 'an zikrihim mu'ridon

    Agar haq ularning havoyi nafslariga ergashsa, albatta, osmonlaru yer va ulardagi kimsalar fasodga uchrar edi. Yo`q! Biz ularga o`z sharaflarini keltirdik. Ular esa, sharaflaridan yuz o`girmoqdalar.

  72. 23:72

    أَمْ تَسْـَٔلُهُمْ خَرْجًا فَخَرَاجُ رَبِّكَ خَيْرٌ ۖ وَهُوَ خَيْرُ ٱلرَّٰزِقِينَ

    Am tas'aluhum kharjan fakharaaju Rabbika khairunw wa Huwa khairur raaziqeen

    Yoki sen ulardan xaroj so`rayapsanmi?! Bas, Robbingning xaroji yaxshiroqdir. U zot eng yaxshi rizq berguvchidir.

  73. 23:73

    وَإِنَّكَ لَتَدْعُوهُمْ إِلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ

    Wa innaka latad'oohum ilaa Siraatim Mustaqeem

    Albatta, sen ularni to`g`ri yo`lga chaqirasan.

  74. 23:74

    وَإِنَّ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْـَٔاخِرَةِ عَنِ ٱلصِّرَٰطِ لَنَـٰكِبُونَ

    Wa innnal lazeena laa yu'minoona bil Aakhirati 'anis siraati lanaakiboon

    Albatta, oxiratga iymon keltirmaydiganlar bu yo`ldan ozguvchidirlar.

  75. 23:75

    ۞ وَلَوْ رَحِمْنَـٰهُمْ وَكَشَفْنَا مَا بِهِم مِّن ضُرٍّ لَّلَجُّوا۟ فِى طُغْيَـٰنِهِمْ يَعْمَهُونَ

    Wa law rahimnaahum wa kashafnaa maa bihim min durril lalajjoo fee tughyaanihim ya'mahoon

    Agar ularga rahim qilib, ularga yetgan zararni kushoyish qilsak ham, tug`yonlarida bardavom bo`lib, adashib-uloqib yuraveradilar.

  76. 23:76

    وَلَقَدْ أَخَذْنَـٰهُم بِٱلْعَذَابِ فَمَا ٱسْتَكَانُوا۟ لِرَبِّهِمْ وَمَا يَتَضَرَّعُونَ

    Wa laqad akhaznaahum bil'azaabi famastakaanoo li Rabbihim wa maa yatadarra'oon

    Batahqiq, Biz ularni azob ila tutdik, bas, ular Robbilariga bo`yin ham egmadilar, tazarru' ham qilmadilar.

  77. 23:77

    حَتَّىٰٓ إِذَا فَتَحْنَا عَلَيْهِم بَابًا ذَا عَذَابٍ شَدِيدٍ إِذَا هُمْ فِيهِ مُبْلِسُونَ

    Hattaaa izaa fatahnaa 'alaihim baaban zaa 'azaabin shadeedin izaa hum feehi mublisoon

    Toki qachon ularga shiddatli azob eshigini ochganimizda, to`satdan noumid bo`lguvchilardir.

  78. 23:78

    وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَنشَأَ لَكُمُ ٱلسَّمْعَ وَٱلْأَبْصَـٰرَ وَٱلْأَفْـِٔدَةَ ۚ قَلِيلًا مَّا تَشْكُرُونَ

    Wa Huwal lazeee ansha a-lakumus sam'a wal absaara wal af'idah; qaleelam maa tashkuroon

    U zot sizga quloqni, ko`zlaru qalblarni paydo qilgan zot. Naqadar oz shukr qilursiz!

  79. 23:79

    وَهُوَ ٱلَّذِى ذَرَأَكُمْ فِى ٱلْأَرْضِ وَإِلَيْهِ تُحْشَرُونَ

    Wa Huwal lazee zara akum fil ardi wa ilaihi tuhsharoon

    U zot sizlarni yer yuzida yaratib, taratgandir. Va Ungagina to`planursizlar.

  80. 23:80

    وَهُوَ ٱلَّذِى يُحْىِۦ وَيُمِيتُ وَلَهُ ٱخْتِلَـٰفُ ٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ ۚ أَفَلَا تَعْقِلُونَ

    Wa Huwal lazee yuhyee wa yumeetu wa lahukh tilaaful laili wannahaar; afalaa ta'qiloon

    U zot tiriltirur va o`ldirur. Kechayu kunduzning almashinishi ham Unga oid. Nahotki aql yuritmasangiz?

  81. 23:81

    بَلْ قَالُوا۟ مِثْلَ مَا قَالَ ٱلْأَوَّلُونَ

    Bal qaaloo misla maa qaalal awwaloon

    Yo`q! Ular avvalgilar aytgan narsaga o`xshash narsani aytdilar.

  82. 23:82

    قَالُوٓا۟ أَءِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًا وَعِظَـٰمًا أَءِنَّا لَمَبْعُوثُونَ

    Qaalooo 'a-izaa mitnaa wa kunnaa turaabanw wa 'izaaman 'a-innaa lamab 'oosoon

    Ular: «Biz o`lib, tuproq va suyak bo`lganimizdan keyin ham-a? Biz, albatta, qayta tiriltiriluvchimizmi-a?

  83. 23:83

    لَقَدْ وُعِدْنَا نَحْنُ وَءَابَآؤُنَا هَـٰذَا مِن قَبْلُ إِنْ هَـٰذَآ إِلَّآ أَسَـٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ

    Laqad wu'idnaa nahnu wa aabaaa'unaa haazaa min qablu in haazaaa illaaa asaateerul awwaleen

    Batahqiq, bizga ham, bundan oldin ota-bobolarimizga ham bu va'da qilingan edi. Bu avvalgilarning afsonasidan boshqa narsa emas», dedilar.

  84. 23:84

    قُل لِّمَنِ ٱلْأَرْضُ وَمَن فِيهَآ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ

    Qul limanil ardu wa man feehaaa in kuntum ta'lamoon

    Sen: «Agar bilsangiz, yer va undagi kimsalar kimnikidir?» deb ayt.

  85. 23:85

    سَيَقُولُونَ لِلَّهِ ۚ قُلْ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ

    Sa-yaqooloona lillaah; qul afalaa tazakkkaroon

    Ular: «Allohnikidir», derlar. Sen: «Nahotki eslatma olmasangiz?!» degin.

  86. 23:86

    قُلْ مَن رَّبُّ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ ٱلسَّبْعِ وَرَبُّ ٱلْعَرْشِ ٱلْعَظِيمِ

    Qul mar Rabbus samaawaatis sab'i wa Rabbul 'Arshil 'Azeem

    Sen: «Etti osmonning Robbi kim? Ulug` arshning Robbi kim?» deb ayt.

  87. 23:87

    سَيَقُولُونَ لِلَّهِ ۚ قُلْ أَفَلَا تَتَّقُونَ

    Sa yaqooloona lillaah; qul afalaa tattaqoon

    Ular: «Allohnikidir», derlar. Sen: «Nahotki qo`rqmasangiz?!» deb ayt.

  88. 23:88

    قُلْ مَنۢ بِيَدِهِۦ مَلَكُوتُ كُلِّ شَىْءٍ وَهُوَ يُجِيرُ وَلَا يُجَارُ عَلَيْهِ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ

    Qul mam bi yadihee malakootu kulli shai'inw wa Huwa yujeeru wa laa yujaaru 'alaihi in kuntum ta'lamoon

    Sen: «Agar bilsangiz (ayting-chi), har bir narsaning mulki qo`lida bo`lgan, O`zi himoya qiladigan va Undan himoya qilinmaydigan zot kim?!» deb ayt.

  89. 23:89

    سَيَقُولُونَ لِلَّهِ ۚ قُلْ فَأَنَّىٰ تُسْحَرُونَ

    Sa yaqooloona lillaah; qul fa annaa tus haroon

    Ular: «Allohnikidir», derlar. Sen: «Qandoq ham sehrlanmoqdasiz-a?!» deb ayt.

  90. 23:90

    بَلْ أَتَيْنَـٰهُم بِٱلْحَقِّ وَإِنَّهُمْ لَكَـٰذِبُونَ

    Bal atainaahum bil haqqi wa innahum lakaaziboon

    Yo`q! Biz ularga haqni keltirdik. Ular esa yolg`onchilardir.

  91. 23:91

    مَا ٱتَّخَذَ ٱللَّهُ مِن وَلَدٍ وَمَا كَانَ مَعَهُۥ مِنْ إِلَـٰهٍ ۚ إِذًا لَّذَهَبَ كُلُّ إِلَـٰهٍۭ بِمَا خَلَقَ وَلَعَلَا بَعْضُهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ ۚ سُبْحَـٰنَ ٱللَّهِ عَمَّا يَصِفُونَ

    Mat takhazal laahu minw waladinw wa maa kaana ma'ahoo min ilaah; izal lazahaba kullu ilaahim bimaa khalaqa wa la'alaa ba'duhum 'alaa ba'd; Subhaannal laahi 'ammaa yasifoon

    Alloh hech bir farzand tutmagan, U bilan birga hech bir iloh bo`lmagan. Shundoq bo`lganida, har bir iloh o`zi yaratgan narsasi bilan ketib, ba'zilari ba'zilaridan ustun kelar edi. Alloh ular qilayotgan vasfdan pok bo`ldi.

  92. 23:92

    عَـٰلِمِ ٱلْغَيْبِ وَٱلشَّهَـٰدَةِ فَتَعَـٰلَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ

    'Aalimil Ghaibi wash shahhaadati fata'aalaa 'ammaa yushrikoon (section 5)

    U zot g`aybni va hozirni bilguvchidir. U zot ular shirk keltirayotgan narsadan oliydir.

  93. 23:93

    قُل رَّبِّ إِمَّا تُرِيَنِّى مَا يُوعَدُونَ

    Qur Rabbi immmaa turiyannee maa yoo'adoon

    Sen: «Ey Robbim, agar menga ularga va'da qilingan narsani ko`rsatadigan bo`lsang...

  94. 23:94

    رَبِّ فَلَا تَجْعَلْنِى فِى ٱلْقَوْمِ ٱلظَّـٰلِمِينَ

    Rabbi falaa taj'alnee fil qawmiz zaalimeen

    Ey Robbim, meni zolim qavmlar ichida qilmagin», deb ayt.

  95. 23:95

    وَإِنَّا عَلَىٰٓ أَن نُّرِيَكَ مَا نَعِدُهُمْ لَقَـٰدِرُونَ

    Wa innaa 'alaaa an nuriyaka maa na'iduhum laqaadiroon

    Albatta, Biz ularga va'da qilayotgan narsamizni senga ko`rsatishga qodirmiz.

  96. 23:96

    ٱدْفَعْ بِٱلَّتِى هِىَ أَحْسَنُ ٱلسَّيِّئَةَ ۚ نَحْنُ أَعْلَمُ بِمَا يَصِفُونَ

    Idfa' billate hiya ahsanus saiyi'ah; nahnu a'lamu bimaa yasifoon

    Sen esa, yomonlikni go`zal narsa ila daf' qil. Biz nima vasf qilayotganlarini yaxshi bilguvchimiz.

  97. 23:97

    وَقُل رَّبِّ أَعُوذُ بِكَ مِنْ هَمَزَٰتِ ٱلشَّيَـٰطِينِ

    Wa qur Rabbi a'oozu bika min hamazaatish Shayaateen

    Sen: «Ey Robbim, Sendan shaytonlarning vasvasasidan panoh so`rayman!

  98. 23:98

    وَأَعُوذُ بِكَ رَبِّ أَن يَحْضُرُونِ

    Wa a'oozu bika Rabbi ai-yahduroon

    Ey Robbim, Sendan ularning menga hozir bo`lishlaridan panoh so`rayman», deb ayt.

  99. 23:99

    حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَ أَحَدَهُمُ ٱلْمَوْتُ قَالَ رَبِّ ٱرْجِعُونِ

    Hattaaa izaa jaaa'a ahada humul mawtu qaala Rabbir ji'oon

    Toki ulardan biriga o`lim kelgan chog`da: «Ey Robbim, meni qaytargin.

  100. 23:100

    لَعَلِّىٓ أَعْمَلُ صَـٰلِحًا فِيمَا تَرَكْتُ ۚ كَلَّآ ۚ إِنَّهَا كَلِمَةٌ هُوَ قَآئِلُهَا ۖ وَمِن وَرَآئِهِم بَرْزَخٌ إِلَىٰ يَوْمِ يُبْعَثُونَ

    La'alleee a'malu saalihan feemaa taraktu kallaa; innahaa kalimatun huwa qaaa'iluhaa wa minw waraaa'him barzakhun ilaa Yawmi yub'asoon

    Shoyadki, tark qilgan narsamda solih amal qilsam», der. Yo`q! Albatta, bu (quruq) so`z bo`lib, u aytguvchi, xolos. Ularning ortida qayta tiriladigan kunlarigacha to`siq bordir.

  101. 23:101

    فَإِذَا نُفِخَ فِى ٱلصُّورِ فَلَآ أَنسَابَ بَيْنَهُمْ يَوْمَئِذٍ وَلَا يَتَسَآءَلُونَ

    Fa izaa nufikha fis Soori falaaa ansaaba bainahum yawma'izinw wa laa yatasaaa'aloon

    Bas, qachonki surga puflanganda, u kunda oralarida na nasab qolur va na bir-birlarini surishtirurlar.

  102. 23:102

    فَمَن ثَقُلَتْ مَوَٰزِينُهُۥ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ

    Faman saqulat mawaazee nuhoo fa ulaaa'ika humul muflihoon

    Kimning mezonlari og`ir kelsa, bas, ana o`shalar o`zlari najot topguvchilardir.

  103. 23:103

    وَمَنْ خَفَّتْ مَوَٰزِينُهُۥ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ فِى جَهَنَّمَ خَـٰلِدُونَ

    Wa man khaffat mawaa zeenuhoo fa ulaaa'ikal lazeena khasiroon anfusahum fee Jahannnama khaalidoon

    Kimning mezoni yengil kelsa, bas, ana o`shalar o`zlariga ziyon qilibdilar. Jahannamda abadiy qolguvchi bo`libdilar.

  104. 23:104

    تَلْفَحُ وُجُوهَهُمُ ٱلنَّارُ وَهُمْ فِيهَا كَـٰلِحُونَ

    Talfahu wujoohahumun Naaru wa hum feehaa kaalihood

    Yuzlarini olov kuydirur. Ular unda badbashara holda bo`lurlar.

  105. 23:105

    أَلَمْ تَكُنْ ءَايَـٰتِى تُتْلَىٰ عَلَيْكُمْ فَكُنتُم بِهَا تُكَذِّبُونَ

    Alam takun Aayaatee tutlaa 'alaikum fakuntum bihaa tukazziboon

    Sizlarga oyatlarim tilovat qilingan emasmidi?! Bas, siz ularni yolg`onga chiqargan emasmidingiz?!

  106. 23:106

    قَالُوا۟ رَبَّنَا غَلَبَتْ عَلَيْنَا شِقْوَتُنَا وَكُنَّا قَوْمًا ضَآلِّينَ

    Qaaloo Rabbanaa ghalabat 'alainaa shiqwatunaa wa kunnaa qawman daaalleen

    Ular: «Ey Robbimiz, badbaxtligimiz o`zimizdan ustun kelib, zalolatga ketgan qavm bo`lgan ekanmiz.

  107. 23:107

    رَبَّنَآ أَخْرِجْنَا مِنْهَا فَإِنْ عُدْنَا فَإِنَّا ظَـٰلِمُونَ

    Rabbanaa akhrijnaa minhaa fa in 'udnaa fa innaa zaalimoon

    Ey Robbimiz, bizni bundan chiqargin, agar yana (eski holimizga) qaytsak, bas, albatta, zolimlardan bo`lurmiz», derlar.

  108. 23:108

    قَالَ ٱخْسَـُٔوا۟ فِيهَا وَلَا تُكَلِّمُونِ

    Qaalakh sa'oo feehaa wa laa tukallimoon

    U zot: «U(er)da xor bo`lib qolavering va Menga gapirmang!

  109. 23:109

    إِنَّهُۥ كَانَ فَرِيقٌ مِّنْ عِبَادِى يَقُولُونَ رَبَّنَآ ءَامَنَّا فَٱغْفِرْ لَنَا وَٱرْحَمْنَا وَأَنتَ خَيْرُ ٱلرَّٰحِمِينَ

    Innahoo kaana fareequm min 'ibaadee yaqooloona Rabbanaaa aamannaa faghfir lanaa warhamnaa wa Anta khairur raahimeen

    Aniqki, Mening bandalarimdan bir guruhi: «Ey Robbimiz, biz iymon keltirdik. Bizni mag`firat qilgin. Bizga rahim qilgin. Sening O`zing rahim qilguvchilarning yaxshisisan», degan edilar.

  110. 23:110

    فَٱتَّخَذْتُمُوهُمْ سِخْرِيًّا حَتَّىٰٓ أَنسَوْكُمْ ذِكْرِى وَكُنتُم مِّنْهُمْ تَضْحَكُونَ

    Fattakhaztumoohum sikhriyyan hattaaa ansawkum zikree wa kuntum minhum tadhakoon

    Bas, siz ularni masxara qildingiz. Hattoki, u(ish) sizga Mening zikrimni unuttirdi. Siz ulardan kular edingiz.

  111. 23:111

    إِنِّى جَزَيْتُهُمُ ٱلْيَوْمَ بِمَا صَبَرُوٓا۟ أَنَّهُمْ هُمُ ٱلْفَآئِزُونَ

    Inee jazaituhumul Yawma bimaa sabarooo annahum humul faaa'izoon

    Albatta, Men bugun ularni sabr qilganlari uchun mukofotladim. Albatta, ular o`zlari yutuqqa erishguvchilardir.

  112. 23:112

    قَـٰلَ كَمْ لَبِثْتُمْ فِى ٱلْأَرْضِ عَدَدَ سِنِينَ

    Qaala kam labistum fil ardi 'adada sineen

    U zot: «Er yuzida necha adad yil qoldingiz?» dedi.

  113. 23:113

    قَالُوا۟ لَبِثْنَا يَوْمًا أَوْ بَعْضَ يَوْمٍ فَسْـَٔلِ ٱلْعَآدِّينَ

    Qaaloo labisnaa yawman aw ba'da yawmin fas'alil 'aaaddeen

    Ular: «Bir kun yoki kunning ba'zisicha qoldik. Hisoblovchilardan so`ra», dedilar.

  114. 23:114

    قَـٰلَ إِن لَّبِثْتُمْ إِلَّا قَلِيلًا ۖ لَّوْ أَنَّكُمْ كُنتُمْ تَعْلَمُونَ

    Qaala il labistum illaa qaleelal law annakum kuntum ta'lamoon

    U zot: «Agar bilsangiz, juda oz qoldingiz, xolos», dedi.

  115. 23:115

    أَفَحَسِبْتُمْ أَنَّمَا خَلَقْنَـٰكُمْ عَبَثًا وَأَنَّكُمْ إِلَيْنَا لَا تُرْجَعُونَ

    Afahsibtum annamaa khalaqnaakum 'abasanw wa annakum ilainaa laa turja'oon

    Nahotki, Bizning sizni yaratishimiz behuda bo`lgan va siz Bizga qaytarilmassiz, deb hisoblasangiz?!

  116. 23:116

    فَتَعَـٰلَى ٱللَّهُ ٱلْمَلِكُ ٱلْحَقُّ ۖ لَآ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ رَبُّ ٱلْعَرْشِ ٱلْكَرِيمِ

    Fata'aalal laahul Malikul Haqq; laaa ilaaha illaa Huwa Rabbul 'Arshil Kareem

    Bas, haq podshoh Alloh yuksakdir. Hech bir iloh yo`q. Magar U — karamli arshning Robbi bor.

  117. 23:117

    وَمَن يَدْعُ مَعَ ٱللَّهِ إِلَـٰهًا ءَاخَرَ لَا بُرْهَـٰنَ لَهُۥ بِهِۦ فَإِنَّمَا حِسَابُهُۥ عِندَ رَبِّهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُفْلِحُ ٱلْكَـٰفِرُونَ

    Wa mai yad'u ma'allaahi ilaahan aakhara laa burhaana lahoo bihee fa innnamaa hisaabuhoo 'inda Rabbih; innahoo laa yuflihul kaafiroon

    Kim Alloh bilan birga boshqa ilohga iltijo qilsa, bu xususda hech bir dalili yo`qdir. Bas, uning hisobi faqat Robbining huzuridadir. Albatta, kofirlar najot topmaslar.

  118. 23:118

    وَقُل رَّبِّ ٱغْفِرْ وَٱرْحَمْ وَأَنتَ خَيْرُ ٱلرَّٰحِمِينَ

    Wa qur Rabbigh fir warham wa Anta khairur raahimeen

    Sen: «Ey Robbim, mag`firat qil, rahim qil. O`zing rahim qilguvchilarning yaxshisisan», deb ayt.

Manbalar

  • Maʼnolar tarjimasi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
  • Qiroat: Mishari Roshid al-Afasiy, mp3quran.net.
  • Transliteratsiya faqat oʻqishga yordamchi. Toʻgʻri talaffuzni qorining qiroatidan yoki ustozdan oʻrganing.

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ

«Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!» — Qamar surasi, 54:17

Bugun bitta oyatdan boshlang.