1. Qaree
  2. Suralar
  3. Haj surasi

Haj surasini qanday yod olish mumkin

  • 22-sura
  • 78 oyat
  • Madaniy
  • Mushafning 332–341-sahifalari

الحج

Haj surasini Qaree’da yod olish

Ilova oʻrnatilgan boʻlsa, uni ochadi, aks holda App Store / Google Play’ni ochadi.

Surani toʻliq tinglang

Qori: Mishari Roshid al-Afasiy

Qancha vaqt kerak

Har kuni ushlab tura oladigan surʼatni tanlang:

Kuniga 1 oyat78 kun
Kuniga 3 oyat26 kun
Kuniga 5 oyat16 kun

Oyatma-oyat qanday yod olish kerak

  1. Avval tinglangOyatni bir necha marta qoʻying va arabcha matnni koʻzingiz bilan kuzatib boring.
  2. Ovoz chiqarib takrorlangTilingizga oson kelguncha qayta-qayta ayting. Qaree har bir takrorni sanaydi.
  3. Yoddan oʻqingMatnga qaramay oʻqing. Qaree’ning tilovat rejimi sizni tinglaydi va xato qilgan soʻzlaringizni belgilaydi.
  4. Ulang va takrorlangYangi oyatni oldingilari bilan birga oʻqing, ertasi kuni esa surani yana bir bor takrorlang.

Haj surasi: arabcha matni, transliteratsiyasi va tarjimasi

  1. 22:1

    يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ٱتَّقُوا۟ رَبَّكُمْ ۚ إِنَّ زَلْزَلَةَ ٱلسَّاعَةِ شَىْءٌ عَظِيمٌ

    Yaaa ayyuhan naasuttaqoo Rabbakum; inna zalzalatas Saa'ati shai'un 'azeem

    Ey odamlar! Robbingizdan qo`rqing! Albatta, soat (qiyomat) zilzilasi ulkan narsadir.

  2. 22:2

    يَوْمَ تَرَوْنَهَا تَذْهَلُ كُلُّ مُرْضِعَةٍ عَمَّآ أَرْضَعَتْ وَتَضَعُ كُلُّ ذَاتِ حَمْلٍ حَمْلَهَا وَتَرَى ٱلنَّاسَ سُكَـٰرَىٰ وَمَا هُم بِسُكَـٰرَىٰ وَلَـٰكِنَّ عَذَابَ ٱللَّهِ شَدِيدٌ

    Yawma tarawnahaa tazhalu kullu murdi'atin 'ammaaa arda'at wa tada'u kullu zaati hamlin hamlahaa wa tarannaasa sukaaraa wa  maa hum bisukaaraa wa lakinaa 'azaabal laahi shadeed

    Uni ko`radigan kuningizda, har bir emizuvchi o`zi emizayotgan narsasini unutar. Har bir homilador homilasini tashlar. Odamlarni mast holda ko`rarsan. Holbuki, ular mast emas. Lekin Allohning azobi shiddatlidir.

  3. 22:3

    وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يُجَـٰدِلُ فِى ٱللَّهِ بِغَيْرِ عِلْمٍ وَيَتَّبِعُ كُلَّ شَيْطَـٰنٍ مَّرِيدٍ

    Wa minan naasi mai yujaadilu fil laahi bighairi 'ilminw wa yattabi'u kullaa shaitaanim mareed

    Odamlardan Alloh haqida bilmasdan tortishganlari va bebosh shaytonga ergashganlari ham bor.

  4. 22:4

    كُتِبَ عَلَيْهِ أَنَّهُۥ مَن تَوَلَّاهُ فَأَنَّهُۥ يُضِلُّهُۥ وَيَهْدِيهِ إِلَىٰ عَذَابِ ٱلسَّعِيرِ

    Kutiba 'alaihi annahoo man tawallaahu fa annahoo yudil lauhoo wa yahdeehi ilaa 'azaabis sa'eer

    Unga bitilganki, albatta, unga kim do`st bo`lsa, shubhasiz, uni adashtirur va do`zax azobiga «hidoyat» qilur.

  5. 22:5

    يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِن كُنتُمْ فِى رَيْبٍ مِّنَ ٱلْبَعْثِ فَإِنَّا خَلَقْنَـٰكُم مِّن تُرَابٍ ثُمَّ مِن نُّطْفَةٍ ثُمَّ مِنْ عَلَقَةٍ ثُمَّ مِن مُّضْغَةٍ مُّخَلَّقَةٍ وَغَيْرِ مُخَلَّقَةٍ لِّنُبَيِّنَ لَكُمْ ۚ وَنُقِرُّ فِى ٱلْأَرْحَامِ مَا نَشَآءُ إِلَىٰٓ أَجَلٍ مُّسَمًّى ثُمَّ نُخْرِجُكُمْ طِفْلًا ثُمَّ لِتَبْلُغُوٓا۟ أَشُدَّكُمْ ۖ وَمِنكُم مَّن يُتَوَفَّىٰ وَمِنكُم مَّن يُرَدُّ إِلَىٰٓ أَرْذَلِ ٱلْعُمُرِ لِكَيْلَا يَعْلَمَ مِنۢ بَعْدِ عِلْمٍ شَيْـًٔا ۚ وَتَرَى ٱلْأَرْضَ هَامِدَةً فَإِذَآ أَنزَلْنَا عَلَيْهَا ٱلْمَآءَ ٱهْتَزَّتْ وَرَبَتْ وَأَنۢبَتَتْ مِن كُلِّ زَوْجٍۭ بَهِيجٍ

    Yaaa ayyuhan naasu in kuntum fee raibim minal ba'si fa innaa khalaqnaakum min turaabin summa min nutfatin summaa min 'alaqatin summa mim mud ghatim mukhal laqatinw wa ghairi mukhalla qatil linubaiyina lakum; wa nuqirru fil arhaami maa nashaaa'u ilaaa ajalim musam man summa nukhrijukum tiflan summa litablughooo ashud dakum wa minkum mai yutawaffa wa minkum mai yuraddu ilaaa arzalil 'umuri likailaa ya'lama mim ba'di 'ilmin shai'aa; wa taral arda haamidatan fa izaaa anzalnaa 'alaihal maaa'ah tazzat wa rabat wa ambatat min kulli zawjim baheej

    Ey, odamlar! Agar qayta tirilish haqida shubha qiladigan bo`lsangiz, bas, Biz sizga bayon qilishimiz uchun sizlarni tuproqdan, so`ngra nutfadan, so`ngra alaqadan, so`ngra bitgan-bitmagan bir chaynam go`shtdan yaratdik. Va bachadonlarda xohlagan narsamizni ma'lum muddatgacha qaror toptirarmiz. Keyin sizlarni buvak holingizda chiqararmiz. So`ngra, voyaga yetishingiz uchun (tarbiya qilarmiz). Sizdan vafot qilib ketadiganlar ham, bilganidan keyin hech narsani bilmay qoladigan darajada nochor umrga yetadiganlar ham bor. Va yerni qaqragan holda ko`rarsan. Qachonki, Biz unga suv tushirsak, u seskanadir va ko`pchiydir. Hamda har xil go`zal juftlarni o`stiradir.

  6. 22:6

    ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْحَقُّ وَأَنَّهُۥ يُحْىِ ٱلْمَوْتَىٰ وَأَنَّهُۥ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ

    Zaalika bi annal laaha Huwal haqqu wa annahoo yuhyil mawtaa wa annahoo 'alaakulli shai'in Qadeer

    Bu(holat)lar ko`rsatadiki, albatta, Alloh haq Zotdir va, albatta, U o`liklarni tiriltiradi hamda U har bir narsaga qodirdir.

  7. 22:7

    وَأَنَّ ٱلسَّاعَةَ ءَاتِيَةٌ لَّا رَيْبَ فِيهَا وَأَنَّ ٱللَّهَ يَبْعَثُ مَن فِى ٱلْقُبُورِ

    Wa annas Saa'ata aatiya tul laa raiba feeha wa annal laaha yab'asuman fil quboor

    Va, albatta, soat (qiyomat) kelguvchidir, bunga shubha yo`q. Va, albatta, Alloh qabrlardagi kimsalarni tiriltirur.

  8. 22:8

    وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يُجَـٰدِلُ فِى ٱللَّهِ بِغَيْرِ عِلْمٍ وَلَا هُدًى وَلَا كِتَـٰبٍ مُّنِيرٍ

    Wa minan naasi mai yujaadilu fil laahi bighairi 'ilminw wa laa hudanw wa laa Kitaabim Muneer

    Odamlardan Alloh haqida ilmsiz (holda), hidoyatga yoki nurli kitobga ega bo`lmasdan turib tortishadiganlari bor.

  9. 22:9

    ثَانِىَ عِطْفِهِۦ لِيُضِلَّ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۖ لَهُۥ فِى ٱلدُّنْيَا خِزْىٌ ۖ وَنُذِيقُهُۥ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ عَذَابَ ٱلْحَرِيقِ

    Saaniya 'itfihee liyudilla 'an sabeelil laahi lahoo fiddun yaa khizyunw wa nuzeequhoo Yawmal Qiyaamati 'azaabal lhareeq

    Allohning yo`lidan adashtirish uchun, bo`ynini bulqab (tortishar). Unga dunyoda rasvolik bor. Qiyomat kuni unga kuydirish azobini tottiramiz.

  10. 22:10

    ذَٰلِكَ بِمَا قَدَّمَتْ يَدَاكَ وَأَنَّ ٱللَّهَ لَيْسَ بِظَلَّـٰمٍ لِّلْعَبِيدِ

    Zaalika bimaa qaddamat yadaaka wa annal laaha laisa bizallaamil lil'abeed

    Bunday bo`lishi o`z qo`llaring taqdim qilgan narsalardandir. Albatta, Alloh bandalarga zulm qilguvchi emasdir.

  11. 22:11

    وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَعْبُدُ ٱللَّهَ عَلَىٰ حَرْفٍ ۖ فَإِنْ أَصَابَهُۥ خَيْرٌ ٱطْمَأَنَّ بِهِۦ ۖ وَإِنْ أَصَابَتْهُ فِتْنَةٌ ٱنقَلَبَ عَلَىٰ وَجْهِهِۦ خَسِرَ ٱلدُّنْيَا وَٱلْـَٔاخِرَةَ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْخُسْرَانُ ٱلْمُبِينُ

    Wa minan naasi mai ya'budul laaha 'alaa harfin fa in asaabahoo khairunit maanna bihee wa in asaabat hu fitnatunin qalaba 'alaa wajhihee khasirad dunyaa wal aakhirah; zaalika huwal khusraanul mubeen

    Odamlardan Allohga bir tomonlama ibodat qiladiganlari ham bor. Agar unga yaxshilik yetsa, ko`ngli to`lur. Agar unga balo yetsa, yuz o`girib ketur. U, dunyoda ham, oxiratda ham ziyon ko`rur. Ana o`sha ochiq-oydin ziyondir.

  12. 22:12

    يَدْعُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَضُرُّهُۥ وَمَا لَا يَنفَعُهُۥ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلضَّلَـٰلُ ٱلْبَعِيدُ

    Yad'oo min doonil laahi maa laa yadurruhoo wa maa laa yanfa'uh' zaalika huwad dalaalul ba'ed

    U, Allohni qo`yib, o`ziga zarar ham bermaydigan, manfaat ham bermaydigan narsaga iltijo qiladir. Shuning o`zi qattiq adashishdir.

  13. 22:13

    يَدْعُوا۟ لَمَن ضَرُّهُۥٓ أَقْرَبُ مِن نَّفْعِهِۦ ۚ لَبِئْسَ ٱلْمَوْلَىٰ وَلَبِئْسَ ٱلْعَشِيرُ

    Yad'oo laman darruhooo aqrabu min naf'ih; labi'salmawlaa wa labi'sal 'asheer

    U, manfaatidan ko`ra zarari yaqinroq bo`lganga iltijo qiladir. U qanday ham yomon xoja va qanday ham yomon do`stdir!

  14. 22:14

    إِنَّ ٱللَّهَ يُدْخِلُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ جَنَّـٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يَفْعَلُ مَا يُرِيدُ

    Innal laaha yudkhilul laeena aamanoo wa 'amilus saalihaati jannaatin tajree min tahtihal anhaar; innal laaha yaf'alu maa yureed

    Albatta, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni Alloh ostilaridan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritadir. Albatta, Alloh O`zi iroda etgan narsani qiladir.

  15. 22:15

    مَن كَانَ يَظُنُّ أَن لَّن يَنصُرَهُ ٱللَّهُ فِى ٱلدُّنْيَا وَٱلْـَٔاخِرَةِ فَلْيَمْدُدْ بِسَبَبٍ إِلَى ٱلسَّمَآءِ ثُمَّ لْيَقْطَعْ فَلْيَنظُرْ هَلْ يُذْهِبَنَّ كَيْدُهُۥ مَا يَغِيظُ

    Man kaana yazunnu allai yansurahul laahu fid dunyaa wal aakhirati fal yamdud bisababin ilas samaaa'i summal yaqta' falyanzur hal yuzhibanna kaiduhoo maa yagheez

    Kimki unga bu dunyoyu oxiratda Alloh nusrat berishiga shubha qilsa, bir vosita topib, osmonga osilsin, so`ngra uni kessin. Bas, nazar solsin-chi, uning bu hiylasi g`am-g`ussani ketkizarmikan?!

  16. 22:16

    وَكَذَٰلِكَ أَنزَلْنَـٰهُ ءَايَـٰتٍۭ بَيِّنَـٰتٍ وَأَنَّ ٱللَّهَ يَهْدِى مَن يُرِيدُ

    Wa kazaalika anzalnaahu aayaatim baiyinaatinw wa annal laaha yahdee mai yureed

    Mana shunday qilib, Biz u(Qur'on)ni ochiq-oydin oyatlar holida nozil qildik. Albatta, Alloh xohlagan kishilarni hidoyat qiladir.

  17. 22:17

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَٱلَّذِينَ هَادُوا۟ وَٱلصَّـٰبِـِٔينَ وَٱلنَّصَـٰرَىٰ وَٱلْمَجُوسَ وَٱلَّذِينَ أَشْرَكُوٓا۟ إِنَّ ٱللَّهَ يَفْصِلُ بَيْنَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ شَهِيدٌ

    Innal lazeena aamanoo wallazeena haadoo was saabi'eena wan nasaaraa wal Majoosa wallazeena ashrakooo innal laaha yafsilu bainahum yawmal qiyaamah; innal laaha 'alaa kulli shai'in shaheed

    Albatta, Alloh qiyomat kuni iymon keltirganlar, yahudiy bo`lganlar, sobiiylar, nasorolar, majusiylar va shirk keltirganlar orasida O`zi ajrim qilur. Albatta, Alloh har bir narsaga shohiddir.

  18. 22:18

    أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ يَسْجُدُ لَهُۥ مَن فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَن فِى ٱلْأَرْضِ وَٱلشَّمْسُ وَٱلْقَمَرُ وَٱلنُّجُومُ وَٱلْجِبَالُ وَٱلشَّجَرُ وَٱلدَّوَآبُّ وَكَثِيرٌ مِّنَ ٱلنَّاسِ ۖ وَكَثِيرٌ حَقَّ عَلَيْهِ ٱلْعَذَابُ ۗ وَمَن يُهِنِ ٱللَّهُ فَمَا لَهُۥ مِن مُّكْرِمٍ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يَفْعَلُ مَا يَشَآءُ ۩

    Alam tara annal laaha yasjudu lahoo man fis samaawaati wa man fil ardi wash shamsu walqamaru wan nu joomu wal jibaalu wash shajaru wad dawaaabbu wa kaseerum minan naasi wa kaseerun haqqa 'alaihil 'azaab; wa mai yuhinil laahu famaa lahoo mim mukrim; innallaaha yaf'alu maa yashaaa

    Osmonlardagi kimsalar, yerdagi kimsalar, quyosh, oy, yulduzlar, tog`lar, daraxtlar, jonivorlar va odamlardan ko`plari, albatta, Allohga sajda qilishini ko`rmaysanmi? Ko`plariga esa, azob haq bo`ldi. Kimni Alloh xor qilsa, uni ikrom qilguvchi bo`lmas. Albatta, Alloh xohlagan narsasini qiladir.

  19. 22:19

    ۞ هَـٰذَانِ خَصْمَانِ ٱخْتَصَمُوا۟ فِى رَبِّهِمْ ۖ فَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ قُطِّعَتْ لَهُمْ ثِيَابٌ مِّن نَّارٍ يُصَبُّ مِن فَوْقِ رُءُوسِهِمُ ٱلْحَمِيمُ

    Haazaani khasmaanikh tasamoo fee Rabbihim fal lazeena kafaroo qutti'at lahum siyaabum min naar; yusabbu min fawqi ru'oosihimul hameem

    Mana bu ikki g`anim Robbilari haqida talashgan edilar. Bas, kufr keltirganlarga olovdan kiyim bichildi. Boshlari ustidan o`ta qaynoq suv quyilar.

  20. 22:20

    يُصْهَرُ بِهِۦ مَا فِى بُطُونِهِمْ وَٱلْجُلُودُ

    Yusharu bihee maa fee butoonihim waljulood

    U bilan qorinlaridagi narsalar va terilari eritilur.

  21. 22:21

    وَلَهُم مَّقَـٰمِعُ مِنْ حَدِيدٍ

    Wa lahum maqaami'u min hadeed

    Ular uchun temir gurzilar bor.

  22. 22:22

    كُلَّمَآ أَرَادُوٓا۟ أَن يَخْرُجُوا۟ مِنْهَا مِنْ غَمٍّ أُعِيدُوا۟ فِيهَا وَذُوقُوا۟ عَذَابَ ٱلْحَرِيقِ

    Kullamaa araadooo any yakhrujoo minhaa min ghammin u'eedoo feeha wa zooqoo 'azaabal hareeq (section 2)

    Ular har qachon undagi g`amdan chiqmoqchi bo`lsalar, unga qaytarilurlar va «Yonish azobini toting!» deyilur.

  23. 22:23

    إِنَّ ٱللَّهَ يُدْخِلُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ جَنَّـٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ يُحَلَّوْنَ فِيهَا مِنْ أَسَاوِرَ مِن ذَهَبٍ وَلُؤْلُؤًا ۖ وَلِبَاسُهُمْ فِيهَا حَرِيرٌ

    Innal laaha yudkhilul lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati jannaatin tajree min tahtihal anhaaru yuhallawna feehaa min asaawira min zahabinw wa lu'lu'aa; wa libaasuhum feehaa hareer

    Albatta, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni Alloh ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Ular u yerda oltin bilakuzuklar va injular ila bezanurlar. U yerdagi liboslari esa, ipakdandir.

  24. 22:24

    وَهُدُوٓا۟ إِلَى ٱلطَّيِّبِ مِنَ ٱلْقَوْلِ وَهُدُوٓا۟ إِلَىٰ صِرَٰطِ ٱلْحَمِيدِ

    Wa hudooo ilat taiyibi minal qawli wa hudooo ilaaa siraatil hameed

    Ular shirin so`zga hidoyat qilinurlar va maqtalgan Zotning yo`liga hidoyat qilinurlar.

  25. 22:25

    إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَيَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱلْمَسْجِدِ ٱلْحَرَامِ ٱلَّذِى جَعَلْنَـٰهُ لِلنَّاسِ سَوَآءً ٱلْعَـٰكِفُ فِيهِ وَٱلْبَادِ ۚ وَمَن يُرِدْ فِيهِ بِإِلْحَادٍۭ بِظُلْمٍ نُّذِقْهُ مِنْ عَذَابٍ أَلِيمٍ

    Innal lazeena kafaroo wa yasuddoona 'an sabeelil laahi wal Masjidil Haraamil lazee ja'alnaahu linnaasi sawaaa'anil 'aakifu feehi walbaad; wa mai yurid feehi bi ilhaadim bizulmin nuziqhu min 'azaabin aleem

    Kufr keltirganlar va Allohning yo`lidan hamda yerli va chetdan kelgan odamlar uchun barobar qilib qo`yganimiz Masjidul Haromdan to`sganlarga va u yerda kim zulm ila yanglish yo`lga burilishni iroda qilsa, unga alamli azobni tottirurmiz.

  26. 22:26

    وَإِذْ بَوَّأْنَا لِإِبْرَٰهِيمَ مَكَانَ ٱلْبَيْتِ أَن لَّا تُشْرِكْ بِى شَيْـًٔا وَطَهِّرْ بَيْتِىَ لِلطَّآئِفِينَ وَٱلْقَآئِمِينَ وَٱلرُّكَّعِ ٱلسُّجُودِ

    Wa iz bawwaanaa li Ibraaheema makaanal Baiti allaa tushrik bee shai'anw wa tahhir Baitiya litaaa'ifeena walqaaa' imeena warrukka 'is sujood

    Biz Ibrohimga Baytning joyini belgilab berib: «Menga hech narsani sherik qilma, Baytimni tavof qilguvchilar, (ibodatda) qoim turguvchilar hamda ruku', sujud qilguvchilar uchun poklagin.

  27. 22:27

    وَأَذِّن فِى ٱلنَّاسِ بِٱلْحَجِّ يَأْتُوكَ رِجَالًا وَعَلَىٰ كُلِّ ضَامِرٍ يَأْتِينَ مِن كُلِّ فَجٍّ عَمِيقٍ

    Wa azzin fin naasi bil Hajji yaatooka rijaalanw wa 'alaa kulli daamiriny yaateena min kulli fajjin 'ameeq

    Odamlarni hajga chaqir, ular sen tomon piyoda, uzoq-uzoq yo`llardan yurib, ozigan ulovlar ustida kelsinlar.

  28. 22:28

    لِّيَشْهَدُوا۟ مَنَـٰفِعَ لَهُمْ وَيَذْكُرُوا۟ ٱسْمَ ٱللَّهِ فِىٓ أَيَّامٍ مَّعْلُومَـٰتٍ عَلَىٰ مَا رَزَقَهُم مِّنۢ بَهِيمَةِ ٱلْأَنْعَـٰمِ ۖ فَكُلُوا۟ مِنْهَا وَأَطْعِمُوا۟ ٱلْبَآئِسَ ٱلْفَقِيرَ

    Li yashhadoo manaafi'a lahum wa yazkurus mal laahi feee ayyaamimma'loomaatin 'alaa maa razaqahum mim baheematil an'aami fakuloo minhaa wa at'imul baaa'isal faqeer

    Va o`zlariga bo`ladigan manfaatlarga shohid bo`lsinlar. Ma'lum kunlarda ularga rizq qilib bergan chorva hayvonlarini (so`yishda) Allohning ismini zikr qilsinlar. Bas, ulardan yenglar va bechora va faqirlarga ham yegizinglar.

  29. 22:29

    ثُمَّ لْيَقْضُوا۟ تَفَثَهُمْ وَلْيُوفُوا۟ نُذُورَهُمْ وَلْيَطَّوَّفُوا۟ بِٱلْبَيْتِ ٱلْعَتِيقِ

    Summal yaqdoo tafasahum wal yoofoo nuzoorahum wal yattawwafoo bil Baitil 'Ateeq

    So`ngra o`zlaridagi kirlarni ketkazsinlar, nazrlariga vafo qilsinlar va «qadimgi uy»ni tavof qilsinlar», deganimizni esla.

  30. 22:30

    ذَٰلِكَ وَمَن يُعَظِّمْ حُرُمَـٰتِ ٱللَّهِ فَهُوَ خَيْرٌ لَّهُۥ عِندَ رَبِّهِۦ ۗ وَأُحِلَّتْ لَكُمُ ٱلْأَنْعَـٰمُ إِلَّا مَا يُتْلَىٰ عَلَيْكُمْ ۖ فَٱجْتَنِبُوا۟ ٱلرِّجْسَ مِنَ ٱلْأَوْثَـٰنِ وَٱجْتَنِبُوا۟ قَوْلَ ٱلزُّورِ

    Zaalika wa mai yu'azzim hurumaatil laahi fahuwa khairul lahoo 'inda Rabbih; wa uhillat lakumul an'aamu illaa maa yutlaa 'alaikum fajtanibur rijsa minal awsaani wajtaniboo qawlaz zoor

    Ana shunday. Kim Alloh harom qilgan narsalarga rioya qilsa, bas, bu Robbi huzurida uning o`zi uchun yaxshidir. Va sizlarga (kelajakda) tilovat qilinadiganlardan boshqa chorva hayvonlari halol qilindi. Bas, butlardan iborat najosatdan yiroq bo`ling va yolg`on so`zdan yiroq bo`ling.

  31. 22:31

    حُنَفَآءَ لِلَّهِ غَيْرَ مُشْرِكِينَ بِهِۦ ۚ وَمَن يُشْرِكْ بِٱللَّهِ فَكَأَنَّمَا خَرَّ مِنَ ٱلسَّمَآءِ فَتَخْطَفُهُ ٱلطَّيْرُ أَوْ تَهْوِى بِهِ ٱلرِّيحُ فِى مَكَانٍ سَحِيقٍ

    Hunafaaa'a lillaahi ghaira mushrikeena bih; wa mai yushrik billaahi faka annamaa kharra minas samaaa'i fatakh tafuhut tairu aw tahwee bihir reehu bee makaanin saheeq

    Allohga bo`lgan iymondan og`mang, unga shirk keltirguvchi bo`lmang. Kim Allohga shirk keltirsa, bas, u go`yoki osmondan qulab tushgan-u, uni yirtqich qush olib qochgan yoki uni shamol uzoq yerga uchirib ketgan kabidir.

  32. 22:32

    ذَٰلِكَ وَمَن يُعَظِّمْ شَعَـٰٓئِرَ ٱللَّهِ فَإِنَّهَا مِن تَقْوَى ٱلْقُلُوبِ

    Zaalika wa mai yu'azzim sha'aaa'iral laahi fa innahaa min taqwal quloob

    Ish bundoq. Kim Allohning nishonlarini ulug`lasa, bas, albatta, bu, qalblarning taqvosidandir.

  33. 22:33

    لَكُمْ فِيهَا مَنَـٰفِعُ إِلَىٰٓ أَجَلٍ مُّسَمًّى ثُمَّ مَحِلُّهَآ إِلَى ٱلْبَيْتِ ٱلْعَتِيقِ

    Lakum feehaa manaafi'u ilaaa ajalim musamman summa mahilluhaaa ilal Baitil 'Ateeq

    Sizga u(nishon)larda ma'lum vaqtgacha manfaatlar bordir. So`ngra ularni (so`yish) halol makoni «qadimgi uy» (atrofi)dadir.

  34. 22:34

    وَلِكُلِّ أُمَّةٍ جَعَلْنَا مَنسَكًا لِّيَذْكُرُوا۟ ٱسْمَ ٱللَّهِ عَلَىٰ مَا رَزَقَهُم مِّنۢ بَهِيمَةِ ٱلْأَنْعَـٰمِ ۗ فَإِلَـٰهُكُمْ إِلَـٰهٌ وَٰحِدٌ فَلَهُۥٓ أَسْلِمُوا۟ ۗ وَبَشِّرِ ٱلْمُخْبِتِينَ

    Wa likulli ummatin ja'alnaa mansakal liyazkurus mal laahi 'alaa maa razaqahum mim baheematil an'aam; failaahukum ilaahunw Waahidun falahooo aslimoo; wa bashshiril mukhbiteen

    Har bir ummatga, ularga chorva hayvonlarini rizq qilib bergan Allohning ismini eslashlari uchun, qurbonlik qilishni joriy etganmiz. Bas, ilohlaringiz bir ilohdir. Bas, Ungagina musulmon bo`ling. Itoatli, mutavoze'larga bashorat ber.

  35. 22:35

    ٱلَّذِينَ إِذَا ذُكِرَ ٱللَّهُ وَجِلَتْ قُلُوبُهُمْ وَٱلصَّـٰبِرِينَ عَلَىٰ مَآ أَصَابَهُمْ وَٱلْمُقِيمِى ٱلصَّلَوٰةِ وَمِمَّا رَزَقْنَـٰهُمْ يُنفِقُونَ

    Allazeena izaa zukiral laahu wajilat quloobuhum wassaabireena 'alaa maaa asaabahum walmuqeemis Salaati wa mimmaa razaqnaahum yunfiqoon

    Ular Alloh zikr qilingan vaqtda qalblari titraydigan va o`zlariga yetgan musiybatga sabr qilguvchilar hamda namozni to`kis ado etguvchilardir, ularga rizq qilib bergan narsamizdan infoq qiladilar.

  36. 22:36

    وَٱلْبُدْنَ جَعَلْنَـٰهَا لَكُم مِّن شَعَـٰٓئِرِ ٱللَّهِ لَكُمْ فِيهَا خَيْرٌ ۖ فَٱذْكُرُوا۟ ٱسْمَ ٱللَّهِ عَلَيْهَا صَوَآفَّ ۖ فَإِذَا وَجَبَتْ جُنُوبُهَا فَكُلُوا۟ مِنْهَا وَأَطْعِمُوا۟ ٱلْقَانِعَ وَٱلْمُعْتَرَّ ۚ كَذَٰلِكَ سَخَّرْنَـٰهَا لَكُمْ لَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

    Walbudna ja'alnaahaa lakum min sha'aaa'iril laahi lakum feehaa khairun fazkurusmal laahi 'alaihaa sawaaff; fa izaa wajabat junoobuhaa fakuloo minhaa wa at'imul qaani'a walmu'tarr; kazaalika sakhkharnaahaa lakum la'allakum tashkuroon

    Va tuyalarni siz uchun Allohning nishonlaridan qildik. Ularda sizga yaxshilik bor. Ularga old oyoqlaridan biri bog`liq turgan holida Allohning nomini zikr qiling. Yonlari yerga tekkanida esa, bas, ulardan yeng va qanoatli va tilangan kambag`allarni ham taomlantiring. Shunday qilib, Biz ularni sizga bo`yinsundirib qo`ydik. Shoyadki, shukr qilsangiz.

  37. 22:37

    لَن يَنَالَ ٱللَّهَ لُحُومُهَا وَلَا دِمَآؤُهَا وَلَـٰكِن يَنَالُهُ ٱلتَّقْوَىٰ مِنكُمْ ۚ كَذَٰلِكَ سَخَّرَهَا لَكُمْ لِتُكَبِّرُوا۟ ٱللَّهَ عَلَىٰ مَا هَدَىٰكُمْ ۗ وَبَشِّرِ ٱلْمُحْسِنِينَ

    Lany yanaalal laaha luhoo muhaa wa laa dimaaa'uhaa wa laakiny yanaaluhut taqwaa minkum; kazaalika sakhkharhaa lakum litukabbirul laaha 'alaa ma hadaakum; wa bashshirul muhsineen

    Ularning go`shtlari ham, qonlari ham zinhor Allohga yetmas. Lekin Unga sizdan taqvo yetadir. Shunday qilib, sizni hidoyat qilgani evaziga Allohga takbir aytishingiz uchun ularni sizga bo`yinsundirib qo`ydi. Yaxshilik qilguvchilarga bashorat ber.

  38. 22:38

    ۞ إِنَّ ٱللَّهَ يُدَٰفِعُ عَنِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ كُلَّ خَوَّانٍ كَفُورٍ

    Innal laaha yudaafi' 'anil lazeena aamanoo; innal laaha laa yuhibbu kulla khawwaanin kafoor

    Albatta, Alloh iymon keltirganlarni mudofaa qilur. Albatta, Alloh barcha xoin va kofirlarni xush ko`rmas.

  39. 22:39

    أُذِنَ لِلَّذِينَ يُقَـٰتَلُونَ بِأَنَّهُمْ ظُلِمُوا۟ ۚ وَإِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ نَصْرِهِمْ لَقَدِيرٌ

    Uzina lillazeena yuqaataloona bi annahum zulimoo; wa innal laaha 'alaa nasrihim la Qaderr

    O`zlariga qarshi urush ochganlarga, ularga zulm qilingani uchun, (urushga) izn berildi. Albatta, Alloh ularga nusrat berishga qodirdir.

  40. 22:40

    ٱلَّذِينَ أُخْرِجُوا۟ مِن دِيَـٰرِهِم بِغَيْرِ حَقٍّ إِلَّآ أَن يَقُولُوا۟ رَبُّنَا ٱللَّهُ ۗ وَلَوْلَا دَفْعُ ٱللَّهِ ٱلنَّاسَ بَعْضَهُم بِبَعْضٍ لَّهُدِّمَتْ صَوَٰمِعُ وَبِيَعٌ وَصَلَوَٰتٌ وَمَسَـٰجِدُ يُذْكَرُ فِيهَا ٱسْمُ ٱللَّهِ كَثِيرًا ۗ وَلَيَنصُرَنَّ ٱللَّهُ مَن يَنصُرُهُۥٓ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَقَوِىٌّ عَزِيزٌ

    Allazeena ukhrijoo min diyaarihim bighairi haqqin illaaa any yaqooloo rabbunallaah; wa law laa daf'ul laahin naasa ba'dahum biba'dil lahuddimat sawaami'u wa biya'unw wa salawaatunw wa masaajidu yuzkaru feehasmul laahi kaseeraa; wa layansurannal laahu mai yansuruh; innal laaha la qawiyyun 'Azeez

    Ular nohaqdan, faqatgina «Robbimiz Alloh» deganlari uchun o`z diyorlaridan chiqarilgandirlar. Agar Alloh odamlarning ba'zilarini ba'zilari bilan daf' qilib turmasa, uzlatgohlar, kanisalar, havralar va Allohning nomi ko`plab zikr qilinadigan masjidlar vayron qilingan bo`lur edi. Albatta, Alloh O`ziga yordam berganlarga yordam berur. Albatta, Alloh kuchli va g`olibdir.

  41. 22:41

    ٱلَّذِينَ إِن مَّكَّنَّـٰهُمْ فِى ٱلْأَرْضِ أَقَامُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتَوُا۟ ٱلزَّكَوٰةَ وَأَمَرُوا۟ بِٱلْمَعْرُوفِ وَنَهَوْا۟ عَنِ ٱلْمُنكَرِ ۗ وَلِلَّهِ عَـٰقِبَةُ ٱلْأُمُورِ

    Allazeena im makkan naahum fil ardi aqaamus Salaata wa aatawuz Zakaata wa amaroo bilma'roofi wa nahaw 'anil munkar; wa lillaahi 'aaqibatul umoor

    Ularga yer yuzida imkon bersak, namozni to`kis ado eturlar, zakotni berurlar, yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytarurlar. Ishlarning oqibati Allohga oiddir.

  42. 22:42

    وَإِن يُكَذِّبُوكَ فَقَدْ كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍ وَعَادٌ وَثَمُودُ

    Wa iny yukazzibooka faqad kazzabat qablahum qawmu Nooinw wa Aadunw wa Samood

    Agar seni yolg`onchi qilayotgan bo`lsalar, bas, bulardan oldin Nuh qavmi, Od va Samud ham yolg`onchi qilgan edilar.

  43. 22:43

    وَقَوْمُ إِبْرَٰهِيمَ وَقَوْمُ لُوطٍ

    Wa qawmu Ibraaheema wa qawmu Loot

    Ibrohim qavmi, Lut qavmi.

  44. 22:44

    وَأَصْحَـٰبُ مَدْيَنَ ۖ وَكُذِّبَ مُوسَىٰ فَأَمْلَيْتُ لِلْكَـٰفِرِينَ ثُمَّ أَخَذْتُهُمْ ۖ فَكَيْفَ كَانَ نَكِيرِ

    Wa as haabu Madyana wa kuzziba Moosaa fa amlaitu lilkaafireena summa akhaztuhum fakaifa kaana nakeer

    Madyan egalari ham. Va Muso ham yolg`onchi qilindi. Men kofirlarga bir oz muhlat berdim, so`ngra ularni tutdim. Bas, Mening inkorim qandoq bo`ldi?!

  45. 22:45

    فَكَأَيِّن مِّن قَرْيَةٍ أَهْلَكْنَـٰهَا وَهِىَ ظَالِمَةٌ فَهِىَ خَاوِيَةٌ عَلَىٰ عُرُوشِهَا وَبِئْرٍ مُّعَطَّلَةٍ وَقَصْرٍ مَّشِيدٍ

    Faka ayyim min qaryatin ahlaknaahaa wa hiya zaalimatun fahiya khaawiyatun 'alaa 'urooshihaa wa bi'rim mu'at talatinw wa qasrim masheed

    Qanchadan-qancha shahar-qishloqlarni zulm qilguvchi bo`lgan holida halok etdik. Bas, ular (hozirda) shiftlari qulagan, tashlandiq quduq, (huvillagan) yuksak qasr (holidadir).

  46. 22:46

    أَفَلَمْ يَسِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَتَكُونَ لَهُمْ قُلُوبٌ يَعْقِلُونَ بِهَآ أَوْ ءَاذَانٌ يَسْمَعُونَ بِهَا ۖ فَإِنَّهَا لَا تَعْمَى ٱلْأَبْصَـٰرُ وَلَـٰكِن تَعْمَى ٱلْقُلُوبُ ٱلَّتِى فِى ٱلصُّدُورِ

    Afalam yaseeroo fil ardi fatakoona lahum quloobuny ya'qiloona bihaaa aw aazaanuny yasm'oona bihaa fa innahaa laa ta'mal absaaru wa laakin ta'mal quloobul latee fissudoor

    Axir, yer yuzida aylanib yurmaydilarmi, toki qalblar ila aql yuritsalar, quloqlari ila eshitsalar. Zero, ko`zlar ko`r bo`lmas, siynalardagi qalblar ko`r bo`lur.

  47. 22:47

    وَيَسْتَعْجِلُونَكَ بِٱلْعَذَابِ وَلَن يُخْلِفَ ٱللَّهُ وَعْدَهُۥ ۚ وَإِنَّ يَوْمًا عِندَ رَبِّكَ كَأَلْفِ سَنَةٍ مِّمَّا تَعُدُّونَ

    Wa yasta'juloonaka bil'azaabi wa lany yukhlifal laahu wa'dah; wa inna yawman 'inda Rabbika ka'alfi sanatim mimmaa ta'uddoon

    Ular sendan azobning tezroq kelishini so`rarlar. Holbuki, Alloh va'dasiga xilof qilmas. Darhaqiqat, Robbing huzuridagi bir kun siz sanaydigan ming yildekdir.

  48. 22:48

    وَكَأَيِّن مِّن قَرْيَةٍ أَمْلَيْتُ لَهَا وَهِىَ ظَالِمَةٌ ثُمَّ أَخَذْتُهَا وَإِلَىَّ ٱلْمَصِيرُ

    Wa ka ayyim min qaryatin amlaitu lahaa wa hiya zaalimatun summa akhaztuhaa wa ilaiyal maseer

    Qanchadan-qancha shahar-qishloqlarga zulm qilguvchi bo`lgan holida ham muhlat berdim. So`ngra ularni (azobga) tutdim. Qaytish faqat Mengaginadir.

  49. 22:49

    قُلْ يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِنَّمَآ أَنَا۠ لَكُمْ نَذِيرٌ مُّبِينٌ

    Qul yaaa ayyuhan naasu innamaaa ana lakum nazeerum mubeen

    Sen: «Ey odamlar! Men sizlar uchun faqat bir ochiq ogohlantirguvchiman, xolos», deb ayt.

  50. 22:50

    فَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَرِزْقٌ كَرِيمٌ

    Fallazeena aamanoo wa 'amilu saalihaati lahum maghfiratunw wa rizqun kareem

    Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarga mag`firat va ikromli rizq bordir.

  51. 22:51

    وَٱلَّذِينَ سَعَوْا۟ فِىٓ ءَايَـٰتِنَا مُعَـٰجِزِينَ أُو۟لَـٰٓئِكَ أَصْحَـٰبُ ٱلْجَحِيمِ

    Wallazeena sa'aw feee Aayaatinaa mu'aajizeena ulaaa ika As-haabul jaheem

    Bizning oyatlarimizni ojiz qoldirmoqchi bo`lib, sa'yi-harakat qilganlar, ana o`shalar jahiym egalaridir.

  52. 22:52

    وَمَآ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ مِن رَّسُولٍ وَلَا نَبِىٍّ إِلَّآ إِذَا تَمَنَّىٰٓ أَلْقَى ٱلشَّيْطَـٰنُ فِىٓ أُمْنِيَّتِهِۦ فَيَنسَخُ ٱللَّهُ مَا يُلْقِى ٱلشَّيْطَـٰنُ ثُمَّ يُحْكِمُ ٱللَّهُ ءَايَـٰتِهِۦ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ

    Wa maaa arsalnaa min qablika mir Rasoolinnw wa laa Nabiyyin illaaa izaaa tamannaaa alqash Shaitaanu feee umniy yatihee fa yansakhul laahu maa yulqish Shaitaanu summa yuhkimul laahu aayaatih; wallaahu 'Aleemun Hakeem

    Biz sendan ilgari hech bir Rasul va Nabiy yubormadikki, u bir narsani tamanniy qilganida, shayton uning tamanniysiga (shubha) tashlamagan bo`lsa. Bas, Alloh shayton tashlaydigan narsani ketkazur. So`ngra, Alloh O`z oyatlarini mustahkam qilur. Alloh o`ta bilguvchi va hikmatli Zotdir.

  53. 22:53

    لِّيَجْعَلَ مَا يُلْقِى ٱلشَّيْطَـٰنُ فِتْنَةً لِّلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌ وَٱلْقَاسِيَةِ قُلُوبُهُمْ ۗ وَإِنَّ ٱلظَّـٰلِمِينَ لَفِى شِقَاقٍۭ بَعِيدٍ

    Liyaj'ala maa yulqish Shaitaanu fitnatal lillazeena fee quloobihim maradunw walqaasiyati quloobuhum; wa innaz zaalimeena lafee shiqaaqim ba'eed

    Shayton tashlaydigan narsa qalblarida kasali borlarga va qalblari toshlarga fitna bo`lishi uchundir. Albatta, zolimlar (haqdan) uzoq tortishuvdadirlar.

  54. 22:54

    وَلِيَعْلَمَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْعِلْمَ أَنَّهُ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكَ فَيُؤْمِنُوا۟ بِهِۦ فَتُخْبِتَ لَهُۥ قُلُوبُهُمْ ۗ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَهَادِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ

    Wa liya'lamal lazeena ootul 'ilma annahul haqqu mir Rabbika fa yu'minoo bihee fatukhbita ahoo quloobuhum; wa innal laaha lahaadil lazeena aamanoo ilaa Siraatim Mustaqeem

    Ilm berilganlar u(Qur'on) Robbingdan kelgan haq ekanini bilishlari, unga iymon keltirishlari va qalblari unga bog`lanib, taskin topishi uchundir. Albatta, Alloh iymon keltirganlarni to`g`ri yo`lga hidoyat qilguvchidir.

  55. 22:55

    وَلَا يَزَالُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فِى مِرْيَةٍ مِّنْهُ حَتَّىٰ تَأْتِيَهُمُ ٱلسَّاعَةُ بَغْتَةً أَوْ يَأْتِيَهُمْ عَذَابُ يَوْمٍ عَقِيمٍ

    Wa laa yazaalul lazeena kafaroo fee miryatim minhu hattaa taatiyahumus Saa'atu baghtatan aw yaatiyahum 'azaabu Yawmin 'aqeem

    Kufr keltirganlar ularga soat (qiyomat) to`satdan kelgunicha yoki qisir Kun azobi kelgunicha u(Qur'on)dan shubhada bo`lishda davom etadilar.

  56. 22:56

    ٱلْمُلْكُ يَوْمَئِذٍ لِّلَّهِ يَحْكُمُ بَيْنَهُمْ ۚ فَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ فِى جَنَّـٰتِ ٱلنَّعِيمِ

    Almulku Yawma'izil lillaahi yahkumu bainahum; fallazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati fee jannaatin Na'eem

    O`sha kunda hukmronlik Allohgagina xosdir. U ular orasida hukm qilur. Bas, iymon keltirganlar va yaxshi amal qilganlar nozu ne'mat jannatlaridadirlar.

  57. 22:57

    وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَكَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا فَأُو۟لَـٰٓئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ مُّهِينٌ

    Wallazeena kafaroo wa kazzaboo bi Aayaatinaa fa ulaaa'ika lahum 'azaabum muheen

    Kufr keltirgan va oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlar esa, bas, ana o`shalarga xorlovchi azob bordir.

  58. 22:58

    وَٱلَّذِينَ هَاجَرُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ثُمَّ قُتِلُوٓا۟ أَوْ مَاتُوا۟ لَيَرْزُقَنَّهُمُ ٱللَّهُ رِزْقًا حَسَنًا ۚ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَهُوَ خَيْرُ ٱلرَّٰزِقِينَ

    Wallazeena haajaroo fee sabeelil laahi summa qutilooo law maatoo la yarzuqan nahumul laahu rizqan hasanaa; wa innal laaha la Huwa khairur raaziqeen

    Alloh yo`lida hijrat qilganlar, so`ngra o`ldirilib yoki vafot etganlarni, albatta, Alloh go`zal rizq ila rizqlantirur. Albatta, Alloh rizq berguvchilarning eng yaxshisidir.

  59. 22:59

    لَيُدْخِلَنَّهُم مُّدْخَلًا يَرْضَوْنَهُۥ ۗ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَعَلِيمٌ حَلِيمٌ

    La yudkhilan nahum mud khalany yardawnah; wa innal laaha la 'Aleemun Haleem

    Albatta, U zot ularni o`zlari rozi bo`ladigan joyga kiritur. Albatta, Alloh o`ta bilguvchi va haliym Zotdir.

  60. 22:60

    ۞ ذَٰلِكَ وَمَنْ عَاقَبَ بِمِثْلِ مَا عُوقِبَ بِهِۦ ثُمَّ بُغِىَ عَلَيْهِ لَيَنصُرَنَّهُ ٱللَّهُ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَعَفُوٌّ غَفُورٌ

    Zaalika wa man 'aaqaba bimisli maa 'ooqiba bihee summa bughiya 'alaihi la yansurannahul laah; innal laaha la 'Afuwwun Ghafoor

    Ish bundoq. Kim o`ziga iqob qilinganiga o`xshash iqob qilsa-yu, so`ngra unga yana zo`ravonlik qilinsa, Alloh, albatta, unga nusrat berur. Albatta, Alloh afvli va mag`firatli Zotdir.

  61. 22:61

    ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ يُولِجُ ٱلَّيْلَ فِى ٱلنَّهَارِ وَيُولِجُ ٱلنَّهَارَ فِى ٱلَّيْلِ وَأَنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌۢ بَصِيرٌ

    Zaalika bi annal laaha yoolijul laila fin nahaari wa yoolijun nahaara fil laili wa annal laaha Samee'um Baseer

    Chunki, Alloh, albatta, kechani kunduzga kiritur va kunduzni kechaga kiritur. Albatta, Alloh o`ta eshitguvchi va o`ta ko`rguvchi Zotdir.

  62. 22:62

    ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْحَقُّ وَأَنَّ مَا يَدْعُونَ مِن دُونِهِۦ هُوَ ٱلْبَـٰطِلُ وَأَنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْعَلِىُّ ٱلْكَبِيرُ

    Zaalika bi annal laaha Huwal haqqu wa anna maa yad'oona min doonihee huwal baatilu wa annal laaha Huwal 'Aliyyul kabeer

    Chunki, Allohning O`zigina haqdir, Undan boshqa topinayotganlari esa, botildir. Albatta, Alloh yuksak va buyukdir.

  63. 22:63

    أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَتُصْبِحُ ٱلْأَرْضُ مُخْضَرَّةً ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَطِيفٌ خَبِيرٌ

    Alam tara annal laaha anzala minas samaaa'i maaa'an fatusbihul ardu mukhdarrah; innal laaha Lateefun Khabeer

    Alloh osmondan suv tushirganida, yerning yam-yashil bo`lishini ko`rmadingmi?! Albatta, Alloh o`ta lutfli va xabardor Zotdir.

  64. 22:64

    لَّهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ ۗ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَهُوَ ٱلْغَنِىُّ ٱلْحَمِيدُ

    Lahoo ma fis samaawaati wa ma fil ard; wa innal laaha la Huwal Ghaniyyul Hameed

    Osmonlaru yerdagi narsalar Unikidir. Albatta, Alloh, Uning O`zigina behojat va maqtalgan Zotdir.

  65. 22:65

    أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ سَخَّرَ لَكُم مَّا فِى ٱلْأَرْضِ وَٱلْفُلْكَ تَجْرِى فِى ٱلْبَحْرِ بِأَمْرِهِۦ وَيُمْسِكُ ٱلسَّمَآءَ أَن تَقَعَ عَلَى ٱلْأَرْضِ إِلَّا بِإِذْنِهِۦٓ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ بِٱلنَّاسِ لَرَءُوفٌ رَّحِيمٌ

    Alam tara annal laaha sakhkhara lakum maa fil ardi wal fulka tajree fil bahri bi amrihee wa yumsikus samaaa'a an taqa'a 'alal ardi illaa biiznih; innal laaha binnaasi la Ra'oofur Raheem

    Alloh yerdagi narsalarni, dengizda O`z izni ila yuradigan kemani sizlarga bo`ysundirib qo`yganini hamda osmonni iznisiz yerga tushishdan tutib turishini ko`rmadingizmi?! Albatta, Alloh odamlarga shafqatli va mehribondir.

  66. 22:66

    وَهُوَ ٱلَّذِىٓ أَحْيَاكُمْ ثُمَّ يُمِيتُكُمْ ثُمَّ يُحْيِيكُمْ ۗ إِنَّ ٱلْإِنسَـٰنَ لَكَفُورٌ

    Wa Huwal lazee ahyaakum summa yumeetukum summma yuheekum; innal insaana lakafoor

    Sizlarni tiriltirgan, keyin o`ldiradigan, so`ngra (qayta) tiriltiradigan ham Uning O`zidir. Albatta, inson o`ta noshukrdir.

  67. 22:67

    لِّكُلِّ أُمَّةٍ جَعَلْنَا مَنسَكًا هُمْ نَاسِكُوهُ ۖ فَلَا يُنَـٰزِعُنَّكَ فِى ٱلْأَمْرِ ۚ وَٱدْعُ إِلَىٰ رَبِّكَ ۖ إِنَّكَ لَعَلَىٰ هُدًى مُّسْتَقِيمٍ

    Likulli ummatin ja'alnaa mansakan hum naasikoohu falaa yunaazi 'unnaka fil amr; wad'u ilaa Rabbika innaka la 'alaa hudam mustaqeem

    Biz har bir ummatga shariat berganmiz. Ular o`shanga amal qilguvchilardir. Bas, bu ishda hargiz sen ila nizo qilmasinlar. Robbingga da'vat qil. Albatta, sen mustaqiym hidoyatdasan.

  68. 22:68

    وَإِن جَـٰدَلُوكَ فَقُلِ ٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا تَعْمَلُونَ

    Wa in jaadalooka faqulil laahu a'lamu bimaa ta'maloon

    Agar ular sen bilan tortishsalar: «Alloh nima qilayotganingizni bilguvchidir.

  69. 22:69

    ٱللَّهُ يَحْكُمُ بَيْنَكُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ فِيمَا كُنتُمْ فِيهِ تَخْتَلِفُونَ

    Allaahu yahkumu bainakum Yawmal Qiyaamati feemaa kuntum feehi takhtalifoon

    Alloh qiyomat kuni siz ixtilof qilgan narsa bo`yicha orangizda hukm qiladir», deb ayt.

  70. 22:70

    أَلَمْ تَعْلَمْ أَنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ مَا فِى ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ ۗ إِنَّ ذَٰلِكَ فِى كِتَـٰبٍ ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرٌ

    Alam ta'lam annal laaha ya'lamu maa fis samaaa'i wal ard; inna zaalika fee kitaab; inna zaalika 'alal laahi yaseer

    Alloh, albatta, osmonu yerdagi narsani bilishini, ana o`sha, albatta, kitobda ekanini va, albatta, u narsa Allohga oson ekanini bilmaysanmi?!

  71. 22:71

    وَيَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَمْ يُنَزِّلْ بِهِۦ سُلْطَـٰنًا وَمَا لَيْسَ لَهُم بِهِۦ عِلْمٌ ۗ وَمَا لِلظَّـٰلِمِينَ مِن نَّصِيرٍ

    Wa ya'budoona min doonil laahi maa lam yunazzil bihee sultaananw wa maa laisa lahum bihee 'ilm; wa maa lizzaalimeena min naseer

    Ular Allohni qo`yib, U zot u haqida biron hujjat tushirmagan, o`zlarida u haqda ilm bo`lmagan narsaga ibodat qilurlar. Zolimlarga hech bir nusrat berguvchi yo`qdir.

  72. 22:72

    وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَـٰتُنَا بَيِّنَـٰتٍ تَعْرِفُ فِى وُجُوهِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ٱلْمُنكَرَ ۖ يَكَادُونَ يَسْطُونَ بِٱلَّذِينَ يَتْلُونَ عَلَيْهِمْ ءَايَـٰتِنَا ۗ قُلْ أَفَأُنَبِّئُكُم بِشَرٍّ مِّن ذَٰلِكُمُ ۗ ٱلنَّارُ وَعَدَهَا ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ۖ وَبِئْسَ ٱلْمَصِيرُ

    Wa izaa tutlaa 'laihim Aayaatunaa baiyinaatin ta'rifu fee wujoohil lazeena kafarul munkara yakaadoona yastoona bil lazeena yatloona 'alaihim Aayaatinaa; qul afa unab bi'ukum bisharrim min zaalikum; an Naaru wa 'adahal laahul lazeena kafaroo wa bi'sal maseer

    Ularga ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilinayotganida, kufr keltirganlarning yuzlarida inkorni ko`rursan. Ular o`zlariga oyatlarimizni tilovat qilib berayotganlarga chang solishlariga oz qolurlar. Sen ularga: «Buningizdan ham yomonroq narsaning xabarini beraymi? U do`zaxdir. Alloh uni kufr keltirganlarga va'da qilgandir. Va u naqadar yomon qaytish joyidir», degin.

  73. 22:73

    يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ضُرِبَ مَثَلٌ فَٱسْتَمِعُوا۟ لَهُۥٓ ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ لَن يَخْلُقُوا۟ ذُبَابًا وَلَوِ ٱجْتَمَعُوا۟ لَهُۥ ۖ وَإِن يَسْلُبْهُمُ ٱلذُّبَابُ شَيْـًٔا لَّا يَسْتَنقِذُوهُ مِنْهُ ۚ ضَعُفَ ٱلطَّالِبُ وَٱلْمَطْلُوبُ

    Yaaa ayyuhan naasu duriba masalun fastami'oo lah; innal lazeena tad'oona min doonil laahi lai yakhluqoo zubaabanw wa lawijtama'oo lahoo wa iny yaslub humuz zubbabu shai'al laa yastan qizoohu minh; da'ufat taalibu walmatloob

    Ey odamlar! Bir masal aytilmish, bas, unga quloq soling! Albatta, sizlar Allohni qo`yib, topinayotgan narsalaringiz, agar barchalari birlashsalar ham, bitta pashsha yarata olmaslar. Va agar pashsha ulardan biron narsani tortib olsa, undan o`shani qutqarib ololmaslar. Talab qiluvchi ham, talab qilingan ham ojiz bo`ldi.

  74. 22:74

    مَا قَدَرُوا۟ ٱللَّهَ حَقَّ قَدْرِهِۦٓ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ لَقَوِىٌّ عَزِيزٌ

    Maa qadrul laaha haqqa qadrih; innal laaha la Qawiyyun 'Azeez

    Ular Allohning qadrini joyiga qo`ymadilar. Albatta, Alloh kuchli va aziyzdir.

  75. 22:75

    ٱللَّهُ يَصْطَفِى مِنَ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةِ رُسُلًا وَمِنَ ٱلنَّاسِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌۢ بَصِيرٌ

    Allahu yastafee minal malaaa'ikati Rusulanw wa minan naas; innal laaha Samee'um Baseer

    Alloh farishtalardan va odamlardan Payg`ambarlar tanlar. Albatta, Alloh o`ta eshitguvchi va ko`rguvchidir.

  76. 22:76

    يَعْلَمُ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ ۗ وَإِلَى ٱللَّهِ تُرْجَعُ ٱلْأُمُورُ

    Ya'lamu maa baina aydeehim wa maa khalfahum; wa ilal laahi turja'ul umoor

    U zot ularning oldilaridagi va ortlaridagi narsani bilur. Barcha ishlar yolg`iz Allohgagina qaytarilur.

  77. 22:77

    يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱرْكَعُوا۟ وَٱسْجُدُوا۟ وَٱعْبُدُوا۟ رَبَّكُمْ وَٱفْعَلُوا۟ ٱلْخَيْرَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ ۩

    Yaaa ayyuhal lazeena aamanur ka'oo wasjudoo wa'budoo Rabbakum waf'alul khaira la'allakum tuflihoon

    Ey, iymon keltirganlar, ruku', sajda qilinglar va Robbingizga ibodat qilinglar hamda yaxshilik qilinglar, shoyadki, najot topsangiz.

  78. 22:78

    وَجَـٰهِدُوا۟ فِى ٱللَّهِ حَقَّ جِهَادِهِۦ ۚ هُوَ ٱجْتَبَىٰكُمْ وَمَا جَعَلَ عَلَيْكُمْ فِى ٱلدِّينِ مِنْ حَرَجٍ ۚ مِّلَّةَ أَبِيكُمْ إِبْرَٰهِيمَ ۚ هُوَ سَمَّىٰكُمُ ٱلْمُسْلِمِينَ مِن قَبْلُ وَفِى هَـٰذَا لِيَكُونَ ٱلرَّسُولُ شَهِيدًا عَلَيْكُمْ وَتَكُونُوا۟ شُهَدَآءَ عَلَى ٱلنَّاسِ ۚ فَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُوا۟ ٱلزَّكَوٰةَ وَٱعْتَصِمُوا۟ بِٱللَّهِ هُوَ مَوْلَىٰكُمْ ۖ فَنِعْمَ ٱلْمَوْلَىٰ وَنِعْمَ ٱلنَّصِيرُ

    Wa jaahidoo fil laahi haqqa jihaadih; Huwaj tabaakum wa maa ja'ala 'alaikum fid deeni min haraj; Millata abeekum Ibraaheem; Huwa sammaakumul muslimeena min qablu wa fee haaza li yakoonar Rasoolu shaheedan 'alaikum wa takoonoo shuhadaaa'a 'alan naas; fa aqeemus salaata wa aatuz zakaata wa'tasimoo billaahi Huwa mawlaakum fani'mal mawlaa wa ni'man naseer

    Va Alloh (yo`lida) haq jihod qilingiz. U sizlarni tanlab oldi. Va sizga bu dinda hech tanglik qilmadi. Bu, otangiz Ibrohimning millati. U sizlarni bundan oldin va bu (Qur'on)da Payg`ambar sizlarga guvoh bo`lishi uchun, sizlar esa, odamlarga guvohlar bo`lishingiz uchun «musulmonlar» deb nomladi. Bas, namozni to`kis ado etinglar, zakot beringlar va Allohga bog`laninglar. U sizning xojangizdir. Bas, U zot qanday ham yaxshi xoja va qanday ham yaxshi nusrat berguvchidir.

Manbalar

  • Maʼnolar tarjimasi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
  • Qiroat: Mishari Roshid al-Afasiy, mp3quran.net.
  • Transliteratsiya faqat oʻqishga yordamchi. Toʻgʻri talaffuzni qorining qiroatidan yoki ustozdan oʻrganing.

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ

«Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!» — Qamar surasi, 54:17

Bugun bitta oyatdan boshlang.