1. Qaree
  2. Suralar
  3. Anbiyo surasi

Anbiyo surasini qanday yod olish mumkin

«Paygʻambarlar»

  • 21-sura
  • 112 oyat
  • Makkiy
  • Mushafning 322–331-sahifalari

الأنبياء

Anbiyo surasini Qaree’da yod olish

Ilova oʻrnatilgan boʻlsa, uni ochadi, aks holda App Store / Google Play’ni ochadi.

Surani toʻliq tinglang

Qori: Mishari Roshid al-Afasiy

Qancha vaqt kerak

Har kuni ushlab tura oladigan surʼatni tanlang:

Kuniga 1 oyat112 kun
Kuniga 3 oyat38 kun
Kuniga 5 oyat23 kun

Oyatma-oyat qanday yod olish kerak

  1. Avval tinglangOyatni bir necha marta qoʻying va arabcha matnni koʻzingiz bilan kuzatib boring.
  2. Ovoz chiqarib takrorlangTilingizga oson kelguncha qayta-qayta ayting. Qaree har bir takrorni sanaydi.
  3. Yoddan oʻqingMatnga qaramay oʻqing. Qaree’ning tilovat rejimi sizni tinglaydi va xato qilgan soʻzlaringizni belgilaydi.
  4. Ulang va takrorlangYangi oyatni oldingilari bilan birga oʻqing, ertasi kuni esa surani yana bir bor takrorlang.

Anbiyo surasi: arabcha matni, transliteratsiyasi va tarjimasi

  1. 21:1

    ٱقْتَرَبَ لِلنَّاسِ حِسَابُهُمْ وَهُمْ فِى غَفْلَةٍ مُّعْرِضُونَ

    Iqtaraba linnaasi hisaa buhum wa hum fee ghaflatim mu'ridoon

    Odamlarga hisoblari yaqinlashib qoldi. Ular esa, g`aflatda, yuz o`giruvchi bo`lgan hollarida.

  2. 21:2

    مَا يَأْتِيهِم مِّن ذِكْرٍ مِّن رَّبِّهِم مُّحْدَثٍ إِلَّا ٱسْتَمَعُوهُ وَهُمْ يَلْعَبُونَ

    Maa yaateehim min zikrim mir Rabbihim muhdasin illas tama'oohu wa hum yal'aboon

    Qachon Robbilaridan yangi eslatma kelsa, uni faqat o`ynayotgan hollarida tinglarlar.

  3. 21:3

    لَاهِيَةً قُلُوبُهُمْ ۗ وَأَسَرُّوا۟ ٱلنَّجْوَى ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ هَلْ هَـٰذَآ إِلَّا بَشَرٌ مِّثْلُكُمْ ۖ أَفَتَأْتُونَ ٱلسِّحْرَ وَأَنتُمْ تُبْصِرُونَ

    Laahiyatan quloobuhum; wa asarrun najwal lazeena zalamoo hal haazaa illaa basharum mislukum afataa toonas sihra wa antum tubsiroon

    Qalblari g`ofil bo`lib. Zulm qilganlar o`zaro: «Bu o`zimizga o`xshagan bashardan o`zga emas-ku. O`zingiz ko`rib turib sehrga kelasizmi?» – deb pichirlasharlar.

  4. 21:4

    قَالَ رَبِّى يَعْلَمُ ٱلْقَوْلَ فِى ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ ۖ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ

    Qaala Rabbee ya'lamul qawla fis samaaa'i wal ardi wa Huwas Samee'ul Aleem

    U: «Robbim osmonu yerdagi so`zni bilur. U eshitguvchi va bilguvchi Zotdir», dedi.

  5. 21:5

    بَلْ قَالُوٓا۟ أَضْغَـٰثُ أَحْلَـٰمٍۭ بَلِ ٱفْتَرَىٰهُ بَلْ هُوَ شَاعِرٌ فَلْيَأْتِنَا بِـَٔايَةٍ كَمَآ أُرْسِلَ ٱلْأَوَّلُونَ

    Bal qaalooo adghaasu ahlaamim balif taraahu bal huwa shaa'irun falyaatinaa bi Aayatin kamaa ursilal awwaloon

    Ular: «Balki, alg`ov-dalg`ov tushlardir, balki, o`zi uydirib olgandir, balki, u shoirdir. Bas, bizga avvalgilarga yuborilganidek mo`'jiza keltirsin», dedilar.

  6. 21:6

    مَآ ءَامَنَتْ قَبْلَهُم مِّن قَرْيَةٍ أَهْلَكْنَـٰهَآ ۖ أَفَهُمْ يُؤْمِنُونَ

    Maaa aaamanat qablahum min qaryatin ahlaknaahaa a-fahum yu'minoon

    Ulardan oldin biror shahar (aholisi) iymon keltirmadi. Biz ularni halok qildik. Endi ular iymon keltirarmidilar?!

  7. 21:7

    وَمَآ أَرْسَلْنَا قَبْلَكَ إِلَّا رِجَالًا نُّوحِىٓ إِلَيْهِمْ ۖ فَسْـَٔلُوٓا۟ أَهْلَ ٱلذِّكْرِ إِن كُنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ

    Wa maaa arsalnaa qablaka illaa rijaalan nooheee ilaihim fas'aloo ahlaz zikri in kuntum laa ta'lamoon

    Biz sendan ilgari ham faqat er kishilarni Payg`ambar qilib yuborib, ularga vahiy qilganmiz, xolos. Agar bilmasangiz, zikr ahllaridan so`rang.

  8. 21:8

    وَمَا جَعَلْنَـٰهُمْ جَسَدًا لَّا يَأْكُلُونَ ٱلطَّعَامَ وَمَا كَانُوا۟ خَـٰلِدِينَ

    Wa maa ja'alnaahum jasadal laa yaakuloonat ta'aama wa maa kaanoo khaalideen

    Biz ularni taom yemaydigan jasad qilganimiz yo`q. Ular abadiy qolguvchi ham bo`lgan emaslar.

  9. 21:9

    ثُمَّ صَدَقْنَـٰهُمُ ٱلْوَعْدَ فَأَنجَيْنَـٰهُمْ وَمَن نَّشَآءُ وَأَهْلَكْنَا ٱلْمُسْرِفِينَ

    summa sadaqnaa humul wa'da fa-anjainaahum wa man nashaaa'u wa ahlaknal musrifeen

    So`ngra, ularga (bergan) va'damiz ustidan chiqdik. Bas, ularga hamda O`zimiz xohlaganlarga najot berdik va isrofchilarni halok qildik.

  10. 21:10

    لَقَدْ أَنزَلْنَآ إِلَيْكُمْ كِتَـٰبًا فِيهِ ذِكْرُكُمْ ۖ أَفَلَا تَعْقِلُونَ

    Laqad anzalnaaa ilaikum Kitaaban feehi zikrukum afalaa ta'qiloon

    Batahqiq, Biz sizga kitob nozil qildik. Unda sizning zikringiz bor. Aql ishlatmaysizlarmi?!

  11. 21:11

    وَكَمْ قَصَمْنَا مِن قَرْيَةٍ كَانَتْ ظَالِمَةً وَأَنشَأْنَا بَعْدَهَا قَوْمًا ءَاخَرِينَ

    Wa kam qasamnaa min qaryatin kannat zaalimatanw wa anshadnaa ba'dahaa qawman aakhareen

    Biz zolim bo`lgan shahar-qishloqlardan qanchasini (belini) sindirdik va ulardan keyin boshqa qavmlarni paydo etdik.

  12. 21:12

    فَلَمَّآ أَحَسُّوا۟ بَأْسَنَآ إِذَا هُم مِّنْهَا يَرْكُضُونَ

    Falammaaa ahassoo baasanaaa izaaa hum minhaa yarkudoon

    Bizning azobimizni his qilganlarida esa, birdan u yerdan qochishga boshlarlar.

  13. 21:13

    لَا تَرْكُضُوا۟ وَٱرْجِعُوٓا۟ إِلَىٰ مَآ أُتْرِفْتُمْ فِيهِ وَمَسَـٰكِنِكُمْ لَعَلَّكُمْ تُسْـَٔلُونَ

    Laa tarkudoo warji'ooo ilaa maaa utriftum feehe wa masaakinikum la'allakum tus'aloon

    Qochmanglar! maishatparastlik qilgan narsalaringizga, maskanlaringizga qaytinglar. Hali, ehtimol, so`ralursizlar.

  14. 21:14

    قَالُوا۟ يَـٰوَيْلَنَآ إِنَّا كُنَّا ظَـٰلِمِينَ

    Qaaloo yaa wailanaaa innaa kunnaa zaalimeen

    Ular: «Holimizga voy! Biz, albatta, zolim bo`lgan ekanmiz», dedilar.

  15. 21:15

    فَمَا زَالَت تِّلْكَ دَعْوَىٰهُمْ حَتَّىٰ جَعَلْنَـٰهُمْ حَصِيدًا خَـٰمِدِينَ

    Famaa zaalat tilka da'waahum hattaa ja'alnaahum haseedan khaamideen

    Ularning o`sha dod-voylari biz ularni o`rilgan o`tday, sovugan kulday qilgunimizcha bardavom bo`ldi.

  16. 21:16

    وَمَا خَلَقْنَا ٱلسَّمَآءَ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا لَـٰعِبِينَ

    Wa maa khalaqnas samaaa'a wal arda wa maa bainahumaa laa'ibeen

    Biz osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni o`yin uchun yaratganimiz yo`q.

  17. 21:17

    لَوْ أَرَدْنَآ أَن نَّتَّخِذَ لَهْوًا لَّٱتَّخَذْنَـٰهُ مِن لَّدُنَّآ إِن كُنَّا فَـٰعِلِينَ

    Law aradnaaa an nattakhiza lahwal lat takhaznaahu mil ladunnaaa in kunnaa faa'ileen

    Agar Biz ko`ngilxushi tutishni iroda qilsak, uni qiluvchi bo`lganimizda ham, O`z tomonimizdan tutar edik.

  18. 21:18

    بَلْ نَقْذِفُ بِٱلْحَقِّ عَلَى ٱلْبَـٰطِلِ فَيَدْمَغُهُۥ فَإِذَا هُوَ زَاهِقٌ ۚ وَلَكُمُ ٱلْوَيْلُ مِمَّا تَصِفُونَ

    Bal naqzifu bilhaqqi 'alal baatili fa yadmaghuhoo fa izaa huwa zaahiq; wa lakumul wailu mimmaa tasifoon

    Yo`q, Biz haqni botil ustiga oturmiz. Bas, uni yakson qilur. Ko`ribsanki, u (botil) zavolga uchrabdi. Sizlarga esa, qilgan vasflaringizdan halokat kelur.

  19. 21:19

    وَلَهُۥ مَن فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَمَنْ عِندَهُۥ لَا يَسْتَكْبِرُونَ عَنْ عِبَادَتِهِۦ وَلَا يَسْتَحْسِرُونَ

    Wa lahoo man fis samaawaati wal ard; wa man 'indahoo laa yastakbiroona 'an 'ibaada tihee wa laa yastahsiroon

    Osmonlaru yerdagi barcha jonzotlar Unikidir. Uning huzuridagilar ibodatidan takabburlik qilmaslar va malol olmaslar.

  20. 21:20

    يُسَبِّحُونَ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ لَا يَفْتُرُونَ

    Yusabbihoona laila wannahaara laa yafturoon

    Ular kechayu kunduz tasbih aytarlar. Charchamaslar.

  21. 21:21

    أَمِ ٱتَّخَذُوٓا۟ ءَالِهَةً مِّنَ ٱلْأَرْضِ هُمْ يُنشِرُونَ

    Amit takhazooo aalihatam minal ardi hum yunshiroon

    Yoki ular yerdan xudolar tutdilar-u, o`shalar tiriltiradilarmi?

  22. 21:22

    لَوْ كَانَ فِيهِمَآ ءَالِهَةٌ إِلَّا ٱللَّهُ لَفَسَدَتَا ۚ فَسُبْحَـٰنَ ٱللَّهِ رَبِّ ٱلْعَرْشِ عَمَّا يَصِفُونَ

    Law kaana feehimaaa aalihatun illal laahu lafasadataa; fa-Subhaanal laahi Rabbil 'Arshi 'ammaa yasifoon

    Agar u(osmonlaru yer)larda Allohdan o`zga xudolar bo`lganida, buzilib ketar edilar. Arshning Robbi Alloh ular vasf qilgan narsadan pokdir.

  23. 21:23

    لَا يُسْـَٔلُ عَمَّا يَفْعَلُ وَهُمْ يُسْـَٔلُونَ

    Laa yus'alu 'ammaa yaf'alu wa hum yus'aloon

    U qilgan narsasidan so`ralmas. Holbuki, ular so`ralurlar.

  24. 21:24

    أَمِ ٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِهِۦٓ ءَالِهَةً ۖ قُلْ هَاتُوا۟ بُرْهَـٰنَكُمْ ۖ هَـٰذَا ذِكْرُ مَن مَّعِىَ وَذِكْرُ مَن قَبْلِى ۗ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْلَمُونَ ٱلْحَقَّ ۖ فَهُم مُّعْرِضُونَ

    Amit takhazoo min doonihee aalihatan qul haatoo burhaanakum haaza zikru mam ma'iya wa zikru man qablee; bal aksaruhum laa ya'lamoonal haqqa fahum mu'ridoon

    Yoki Undan o`zga xudolar tutdilarmi? Sen: «Hujjatlaringizni keltiring. Mana bu men bilan birgalarning zikridir va mendan oldingilarning zikridir», degin. Yo`q, ularning ko`plari haqni bilmaslar. Bas, ular yuz o`girguvchilardir.

  25. 21:25

    وَمَآ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ مِن رَّسُولٍ إِلَّا نُوحِىٓ إِلَيْهِ أَنَّهُۥ لَآ إِلَـٰهَ إِلَّآ أَنَا۠ فَٱعْبُدُونِ

    Wa maaa arsalnaa min qablika mir Rasoolin illaa nooheee ilaihi annahoo laaa ilaaha illaaa Ana fa'budoon

    Sendan ilgari yuborgan har bir Payg`ambarga: «Albatta, Mendan o`zga ibodatga sazovor iloh yo`q. Bas, Menga ibodat qiling», deb vahiy qilganmiz.

  26. 21:26

    وَقَالُوا۟ ٱتَّخَذَ ٱلرَّحْمَـٰنُ وَلَدًا ۗ سُبْحَـٰنَهُۥ ۚ بَلْ عِبَادٌ مُّكْرَمُونَ

    Wa qaalut takhazar Rahmaanu waladan Subhaanah; bal 'ibaadum mkkramoon

    Ular: «Rohman farzand tutdi», dedilar. U pokdir. Yo`q! Ikrom etilgan bandalardirlar.

  27. 21:27

    لَا يَسْبِقُونَهُۥ بِٱلْقَوْلِ وَهُم بِأَمْرِهِۦ يَعْمَلُونَ

    Laa yasbiqoonahoo bil qawli wa hum bi amrihee ya'maloon

    Ular Undan oldin so`z aytmaslar. Ular Uning amri ila amal qilurlar.

  28. 21:28

    يَعْلَمُ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُمْ وَلَا يَشْفَعُونَ إِلَّا لِمَنِ ٱرْتَضَىٰ وَهُم مِّنْ خَشْيَتِهِۦ مُشْفِقُونَ

    Ya'lamu maa baina aideehim wa maa khalfahum wa laa yashfa'oona illaa limanir tadaa wa hum min khash yatihee mushfiqoon

    U zot ularning oldilaridagi narsani ham, ortlaridagi narsani ham bilur. Ular faqat U zot rozi bo`lgan shaxslargagina shafoat qilurlar. Ular U zotning qo`rqinchidan titragan holda tururlar.

  29. 21:29

    ۞ وَمَن يَقُلْ مِنْهُمْ إِنِّىٓ إِلَـٰهٌ مِّن دُونِهِۦ فَذَٰلِكَ نَجْزِيهِ جَهَنَّمَ ۚ كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلظَّـٰلِمِينَ

    Wa mai yaqul minhum inneee ilaahum min doonihee fazaalika najzeehi Jahannam; kazaalika najziz zaalimeen

    Ulardan kim: «Men Undan o`zga ilohman», desa, bas, o`shani jahannam ila jazolarmiz. Zolimlarni shunday jazolarmiz.

  30. 21:30

    أَوَلَمْ يَرَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ أَنَّ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ كَانَتَا رَتْقًا فَفَتَقْنَـٰهُمَا ۖ وَجَعَلْنَا مِنَ ٱلْمَآءِ كُلَّ شَىْءٍ حَىٍّ ۖ أَفَلَا يُؤْمِنُونَ

    Awalam yaral lazeena kafarooo annas samaawaati wal arda kaanataa ratqan faftaqnaahumaa wa ja'alnaa minal maaa'i kulla shai'in haiyin afalaa yu'minoon

    Kufr keltirganlar osmonlaru yer bitishgan bo`lgan ekanini, bas, Biz ularni ochganimizni va suvdan har bir tirik narsani qilganimizni bilmaslarmi? Iymon keltirmaslarmi?

  31. 21:31

    وَجَعَلْنَا فِى ٱلْأَرْضِ رَوَٰسِىَ أَن تَمِيدَ بِهِمْ وَجَعَلْنَا فِيهَا فِجَاجًا سُبُلًا لَّعَلَّهُمْ يَهْتَدُونَ

    Wa ja'alnaa fil ardi rawaasiya an tameeda bihim wa ja'alnaa feehaa fijaajan subulal la'allahum yahtadoon

    Biz yerda ularning tebranmasliklari uchun tog`lar qildik va shoyadki, to`g`ri yo`l topsalar, deb unda daralar, yo`llar qildik.

  32. 21:32

    وَجَعَلْنَا ٱلسَّمَآءَ سَقْفًا مَّحْفُوظًا ۖ وَهُمْ عَنْ ءَايَـٰتِهَا مُعْرِضُونَ

    Wa ja'alnas samaaa'a saqfam mahfoozanw wa hum 'an Aayaatihaa mu'ridoon

    Va osmonni saqlangan shift qilib qo`ydik. Ular esa, Uning alomatlaridan yuz o`girguvchi bo`lmoqdalar.

  33. 21:33

    وَهُوَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ وَٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ ۖ كُلٌّ فِى فَلَكٍ يَسْبَحُونَ

    Wa Huwal lazee khalaqal laila wannahaara washshamsa wal qamara kullun fee falakiny yashbahoon

    U kechayu kunduzni, quyoshu oyni yaratgan Zotdir. Hammasi falakda suzmoqdalar.

  34. 21:34

    وَمَا جَعَلْنَا لِبَشَرٍ مِّن قَبْلِكَ ٱلْخُلْدَ ۖ أَفَإِي۟ن مِّتَّ فَهُمُ ٱلْخَـٰلِدُونَ

    Wa maa ja'alnaa libasharim min qablikal khuld; afaimmitta fahumul khaalidoon

    Sendan oldin ham biror basharga abadiylikni qilganimiz yo`q. Agar sen o`lsang, ular abadiy qolar ekanlarmi?

  35. 21:35

    كُلُّ نَفْسٍ ذَآئِقَةُ ٱلْمَوْتِ ۗ وَنَبْلُوكُم بِٱلشَّرِّ وَٱلْخَيْرِ فِتْنَةً ۖ وَإِلَيْنَا تُرْجَعُونَ

    Kullu nafsin zaaa'iqatul mawt; wa nablookum bishsharri walkhairi fitnatanw wa ilainaa turja'oon

    Har bir jon o`limni tatib ko`rguvchidir. Biz sizlarni yomonlik va yaxshilik ila imtihon uchun sinaymiz hamda Bizgagina qaytarilursiz.

  36. 21:36

    وَإِذَا رَءَاكَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِن يَتَّخِذُونَكَ إِلَّا هُزُوًا أَهَـٰذَا ٱلَّذِى يَذْكُرُ ءَالِهَتَكُمْ وَهُم بِذِكْرِ ٱلرَّحْمَـٰنِ هُمْ كَـٰفِرُونَ

    Wa izaa ra aakal lazeena kafarooo iny-yattakhizoonaka illa huzuwaa; ahaazal lazee yazkuru aalihatakum wa hum bi zikrir Rahmaani hum kaafiroon

    Kufr keltirganlar seni ko`rganlarida, masxara qilib: «Xudolaringizni zikr qilayotgan shumi?!» deyishdan boshqani bilmaslar. Holbuki, ular Rohmanning zikriga o`zlari kofirdirlar.

  37. 21:37

    خُلِقَ ٱلْإِنسَـٰنُ مِنْ عَجَلٍ ۚ سَأُو۟رِيكُمْ ءَايَـٰتِى فَلَا تَسْتَعْجِلُونِ

    Khuliqal insaanu min 'ajal; sa ureekum Aayaatee falaa tasta'jiloon

    Inson shoshqaloq o`laroq yaratilgandir. Men, albatta, sizlarga O`z oyat-alomatlarimni ko`rsaturman. Bas, meni shoshiltirmanglar.

  38. 21:38

    وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هَـٰذَا ٱلْوَعْدُ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ

    Wa yaqooloona mataa haazal wa'du in kuntum saadiqeen

    Ular: «Agar sodiq bo`lsangiz, bu va'da qachon bo`lur», derlar.

  39. 21:39

    لَوْ يَعْلَمُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ حِينَ لَا يَكُفُّونَ عَن وُجُوهِهِمُ ٱلنَّارَ وَلَا عَن ظُهُورِهِمْ وَلَا هُمْ يُنصَرُونَ

    Law ya'lamul lazeena kafaroo heena laa yakuffoona 'anw wujoohihimun Naara wa laa 'an zuhoorihim wa laa hum yunsaroon

    Kufr keltirganlar yuzlaridan va sirtlaridan olovni to`sa olmaydigan va o`zlariga yordam berilmaydigan vaqtni bilsalar edi.

  40. 21:40

    بَلْ تَأْتِيهِم بَغْتَةً فَتَبْهَتُهُمْ فَلَا يَسْتَطِيعُونَ رَدَّهَا وَلَا هُمْ يُنظَرُونَ

    Bal taateehim baghtatan fatabhatuhum falaa yastatee'oona raddahaa wa laa hum yunzaroon

    Yo`q! U ularga to`satdan kelib, hayratu dahshatga solur. Bas, uni rad qilishga qodir bo`lmaslar va ularga muhlat ham berilmas.

  41. 21:41

    وَلَقَدِ ٱسْتُهْزِئَ بِرُسُلٍ مِّن قَبْلِكَ فَحَاقَ بِٱلَّذِينَ سَخِرُوا۟ مِنْهُم مَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ

    Wa laqadis tuhzi'a bi-Rusulim min qablika fahaaqa billazeena sakhiroo minhum maa kaanoo bihee yastahzi'oon

    Batahqiq, sendan oldin ham Payg`ambarlar masxara qilingan. Bas, ularni masxara qilganlarga o`zlari masxara etib yurgan narsa tushdi.

  42. 21:42

    قُلْ مَن يَكْلَؤُكُم بِٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ مِنَ ٱلرَّحْمَـٰنِ ۗ بَلْ هُمْ عَن ذِكْرِ رَبِّهِم مُّعْرِضُونَ

    Qul mai yakla 'ukum billaili wannahaari minar Rahmaan; bal hum 'an zikri Rabbihim mu'ridoon

    Sen: «Kechasi va kunduzi sizni Rohmandan kim qo`riydi?» – degin. Yo`q! Ular Robbilari zikridan yuz o`girguvchilardir!

  43. 21:43

    أَمْ لَهُمْ ءَالِهَةٌ تَمْنَعُهُم مِّن دُونِنَا ۚ لَا يَسْتَطِيعُونَ نَصْرَ أَنفُسِهِمْ وَلَا هُم مِّنَّا يُصْحَبُونَ

    Am lahum aalihatun tamna'ulum min dooninaa; laa yastatee'oona nasra anfusihim wa laa hum minnna yus-haboon

    Yoki ularning Bizdan o`zga himoya qiladigan «xudo»lari bormi? Ular o`zlariga ham yordam berishga qodir bo`la olmaslar va Bizdan do`stlik topmaslar.

  44. 21:44

    بَلْ مَتَّعْنَا هَـٰٓؤُلَآءِ وَءَابَآءَهُمْ حَتَّىٰ طَالَ عَلَيْهِمُ ٱلْعُمُرُ ۗ أَفَلَا يَرَوْنَ أَنَّا نَأْتِى ٱلْأَرْضَ نَنقُصُهَا مِنْ أَطْرَافِهَآ ۚ أَفَهُمُ ٱلْغَـٰلِبُونَ

    Bal matta'naa haaa'ulaaa'i wa aabaaa'ahum hattaa taala 'alaihimul 'umur; afalaa yarawna anna naatil arda nanqusuhaa min atraafihaa; afahumul ghaaliboon

    Balki, Biz ularni va ota-bobolarini bahramand qildik, hatto, ularga umr uzun ko`rindi. Ular yerga kelib, uni atrofidan qisqartirayotganimizni ko`rmaydilarmi?! Folib kelguvchi ularmi?

  45. 21:45

    قُلْ إِنَّمَآ أُنذِرُكُم بِٱلْوَحْىِ ۚ وَلَا يَسْمَعُ ٱلصُّمُّ ٱلدُّعَآءَ إِذَا مَا يُنذَرُونَ

    Qul innamaaa unzirukum bilwahyi; wa laa yasma'us summud du'aaa'a izaa maa yunzaroon

    Sen: «Men sizlarni faqat vahiy orqaligina ogohlantiraman. Gunglar ogohlantirilganlarida da'vatni eshitmaslar», degin.

  46. 21:46

    وَلَئِن مَّسَّتْهُمْ نَفْحَةٌ مِّنْ عَذَابِ رَبِّكَ لَيَقُولُنَّ يَـٰوَيْلَنَآ إِنَّا كُنَّا ظَـٰلِمِينَ

    Wa la'im massat hum nafhatum min 'azaabi Rabbika la yaqoolunna yaawailanaaa innnaa kunnaa zaalimeen

    Qasamki, agar ularga Robbing azobidan salgina yetsa, albatta: «Holimizga voy! Haqiqatan, biz zolimlar bo`lgan ekanmiz», derlar.

  47. 21:47

    وَنَضَعُ ٱلْمَوَٰزِينَ ٱلْقِسْطَ لِيَوْمِ ٱلْقِيَـٰمَةِ فَلَا تُظْلَمُ نَفْسٌ شَيْـًٔا ۖ وَإِن كَانَ مِثْقَالَ حَبَّةٍ مِّنْ خَرْدَلٍ أَتَيْنَا بِهَا ۗ وَكَفَىٰ بِنَا حَـٰسِبِينَ

    Wa nada'ul mawaazeenal qista li Yawmil Qiyaamati falaa tuzlamu nafsun shai'aa; wa in kaana misqaala habbatim min khardalin atainaa bihaa; wa kafaa binaa haasibeen

    Biz qiyomat kuni uchun adolat tarozularini qo`yurmiz. Biror jonga hech qanday zulm qilinmas. Agar (amal) achitqi donasi og`irligicha bo`lsa ham, keltiramiz. Hisobchilikda O`zimiz kifoya qilurmiz.

  48. 21:48

    وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَىٰ وَهَـٰرُونَ ٱلْفُرْقَانَ وَضِيَآءً وَذِكْرًا لِّلْمُتَّقِينَ

    Wa laqad aatainaa Moosa wa haaroonal Furqaana wa diyaa'anw wa zikral lilmuttaqeen

    Batahqiq, Biz Muso va Horunga Furqonni taqvodorlar uchun ziyo va eslatma qilib berdik.

  49. 21:49

    ٱلَّذِينَ يَخْشَوْنَ رَبَّهُم بِٱلْغَيْبِ وَهُم مِّنَ ٱلسَّاعَةِ مُشْفِقُونَ

    Allazeena yakhshawna Rabbahum bilghaibi wa hum minas Saa'ati mushfiqoon

    Ular Robbilaridan g`oyibona qo`rqurlar va ular (qiyomat) soatidan titrarlar.

  50. 21:50

    وَهَـٰذَا ذِكْرٌ مُّبَارَكٌ أَنزَلْنَـٰهُ ۚ أَفَأَنتُمْ لَهُۥ مُنكِرُونَ

    Wa haazaa Zikrum Mubaarakun anzalnaah; afa antum lahoo munkiroon

    Bu Biz nozil qilgan muborak eslatmadir. Sizlar uni inkor qilguvchi bo`lasizlarmi?!

  51. 21:51

    ۞ وَلَقَدْ ءَاتَيْنَآ إِبْرَٰهِيمَ رُشْدَهُۥ مِن قَبْلُ وَكُنَّا بِهِۦ عَـٰلِمِينَ

    Wa laqad aatainaaa Ibraaheema rushdahoo min qablu wa kunnaa bihee 'aalimeen

    Batahqiq, ilgari Biz Ibrohimga rushdi hidoyatni bergan edik. Biz uning (holini) bilguvchi edik.

  52. 21:52

    إِذْ قَالَ لِأَبِيهِ وَقَوْمِهِۦ مَا هَـٰذِهِ ٱلتَّمَاثِيلُ ٱلَّتِىٓ أَنتُمْ لَهَا عَـٰكِفُونَ

    Iz qaala li abeehi wa qawmihee maa haazihit tamaaseelul lateee antum lahee 'aakifoon

    O`shanda u otasiga va qavmiga: «Manavi siz ibodatiga berilayotgan haykallar nima?» – degan edi.

  53. 21:53

    قَالُوا۟ وَجَدْنَآ ءَابَآءَنَا لَهَا عَـٰبِدِينَ

    Qaaloo wajadnaaa aabaaa'anaa lahaa 'aabideen

    Ular: «Ota-bobolarimizni ularga ibodat qilgan hollarida topganmiz», dedilar.

  54. 21:54

    قَالَ لَقَدْ كُنتُمْ أَنتُمْ وَءَابَآؤُكُمْ فِى ضَلَـٰلٍ مُّبِينٍ

    Qaala laqad kuntum antum wa aabaaa'ukum fee dalaalim mubeen

    U: «Batahqiq, siz ham, ota-bobolaringiz ham ochiq-oydin zalolatdasizlar», dedi.

  55. 21:55

    قَالُوٓا۟ أَجِئْتَنَا بِٱلْحَقِّ أَمْ أَنتَ مِنَ ٱللَّـٰعِبِينَ

    Qaalooo aji'tanaa bil haqqi am anta minal laa'ibeen

    Ular: «Sen bizga haq ila keldingmi yoki o`yin qilguvchilardanmisan?» – dedilar.

  56. 21:56

    قَالَ بَل رَّبُّكُمْ رَبُّ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ٱلَّذِى فَطَرَهُنَّ وَأَنَا۠ عَلَىٰ ذَٰلِكُم مِّنَ ٱلشَّـٰهِدِينَ

    Qaala bar Rabbukum Rabbus samaawaati wal ardil lazee fatarahunna wa ana 'alaa zaalikum minash shaahideen

    U: «Yo`q! Robbingiz osmonlaru yerning Robbidir. U zot ularni yaratgandir. Men bunga guvohlik berguvchilardanman.

  57. 21:57

    وَتَٱللَّهِ لَأَكِيدَنَّ أَصْنَـٰمَكُم بَعْدَ أَن تُوَلُّوا۟ مُدْبِرِينَ

    Wa tallaahi la akeedanna asnaamakum ba'da an tuwalloo mudbireen

    Allohga qasamki, sizlar ortga o`girilib ketganingizdan keyin sanamlaringizga bir balo qilaman», dedi.

  58. 21:58

    فَجَعَلَهُمْ جُذَٰذًا إِلَّا كَبِيرًا لَّهُمْ لَعَلَّهُمْ إِلَيْهِ يَرْجِعُونَ

    Faja'alahum juzaazan illaa kabeeral lahum la'allahum ilaihi yarji'oon

    Bas, ularni parcha-parcha qilib tashladi. Magar eng kattasini, shoyadki, unga qaytsalar, deb qoldirdi.

  59. 21:59

    قَالُوا۟ مَن فَعَلَ هَـٰذَا بِـَٔالِهَتِنَآ إِنَّهُۥ لَمِنَ ٱلظَّـٰلِمِينَ

    Qaaloo man fa'ala haazaa bi aalihatinaaa innahoo laminaz zaalimeen

    Ular: «Bizning xudolarimizga kim bunday qildi?! Albatta, u zolimlardandir!» – dedilar.

  60. 21:60

    قَالُوا۟ سَمِعْنَا فَتًى يَذْكُرُهُمْ يُقَالُ لَهُۥٓ إِبْرَٰهِيمُ

    Qaaloo sami'naa fatany yazkuruhum yuqaalu lahooo Ibraaheem

    Ular: «Ularni eslab yurgan bir yigitni eshitgan edik, uni Ibrohim, deb aytilardi», dedilar.

  61. 21:61

    قَالُوا۟ فَأْتُوا۟ بِهِۦ عَلَىٰٓ أَعْيُنِ ٱلنَّاسِ لَعَلَّهُمْ يَشْهَدُونَ

    Qaaloo faatoo bihee 'alaaa a'yunin naasi la'allahum yash hadoon

    Ular: «Uni odamlar ko`zi oldiga olib kelinglar. Shoyadki, guvoh bo`lsalar», dedilar.

  62. 21:62

    قَالُوٓا۟ ءَأَنتَ فَعَلْتَ هَـٰذَا بِـَٔالِهَتِنَا يَـٰٓإِبْرَٰهِيمُ

    Qaalooo 'a-anta fa'alta haazaa bi aalihatinaa yaaa Ibraaheem

    Ular: «Xudolarimizga buni sen qildingmi, ey Ibrohim?!» – dedilar.

  63. 21:63

    قَالَ بَلْ فَعَلَهُۥ كَبِيرُهُمْ هَـٰذَا فَسْـَٔلُوهُمْ إِن كَانُوا۟ يَنطِقُونَ

    Qaala bal fa'alahoo kabeeruhum haazaa fas'aloohum in kaanoo yantiqoon

    U: «Yo`q, buni manavi, ularning kattasi qildi. Agar gapiradigan bo`lsalar, ulardan so`rab ko`ringlar», dedi.

  64. 21:64

    فَرَجَعُوٓا۟ إِلَىٰٓ أَنفُسِهِمْ فَقَالُوٓا۟ إِنَّكُمْ أَنتُمُ ٱلظَّـٰلِمُونَ

    Faraja'ooo ilaaa anfusihim faqaalooo innakum antumuz zaalimoon

    Bas, ular o`zlariga keldilar va: «Albatta, sizlar o`zingiz zolimdirsizlar», dedilar.

  65. 21:65

    ثُمَّ نُكِسُوا۟ عَلَىٰ رُءُوسِهِمْ لَقَدْ عَلِمْتَ مَا هَـٰٓؤُلَآءِ يَنطِقُونَ

    Summa nukisoo 'alaa ru'oosihim laqad 'alimta maa haaa'ulaaa'i yantiqoon

    So`ngra, yana boshlari aylanib: «Sen, batahqiq, bularning gapirmasligini bilar eding!» – dedilar.

  66. 21:66

    قَالَ أَفَتَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَا لَا يَنفَعُكُمْ شَيْـًٔا وَلَا يَضُرُّكُمْ

    Qaala afata'budoona min doonil laahi maa laa yanfa'ukum shai'anw wa laa yadurrukum

    U: «Siz, Allohni qo`yib, hech manfaat ham, zarar ham bermaydigan narsaga ibodat qilasizmi?!

  67. 21:67

    أُفٍّ لَّكُمْ وَلِمَا تَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ ۖ أَفَلَا تَعْقِلُونَ

    Uffil lakum wa limaa ta'budoona min doonil laah; afalaa ta'qiloon

    Sizga ham, Allohni qo`yib, ibodat qilayotgan narsalaringizga ham suf-e! Axir, aql yuritib ko`rmaysizlarmi?!» – dedi.

  68. 21:68

    قَالُوا۟ حَرِّقُوهُ وَٱنصُرُوٓا۟ ءَالِهَتَكُمْ إِن كُنتُمْ فَـٰعِلِينَ

    Qaaloo harriqooho wansurooo aalihatakum in kuntum faa'ileen

    Ular: «Uni kuydiringlar! Agar (bir ish) qiladigan bo`lsangiz, xudolaringizga yordam bering!» – dedilar.

  69. 21:69

    قُلْنَا يَـٰنَارُ كُونِى بَرْدًا وَسَلَـٰمًا عَلَىٰٓ إِبْرَٰهِيمَ

    Qulnaa yaa naaru koonee bardanw wa salaaman 'alaaa Ibraaheem

    Biz: «Ey olov, sen Ibrohimga salqin va salomatlik bo`l!» – dedik.

  70. 21:70

    وَأَرَادُوا۟ بِهِۦ كَيْدًا فَجَعَلْنَـٰهُمُ ٱلْأَخْسَرِينَ

    Wa araadoo bihee kaidan faja'alnaahumul akhsareen

    Ular u(Ibrohim)ga yomonlik iroda qilgan edilar. Biz ularni eng ziyonkorlar qilib qo`ydik.

  71. 21:71

    وَنَجَّيْنَـٰهُ وَلُوطًا إِلَى ٱلْأَرْضِ ٱلَّتِى بَـٰرَكْنَا فِيهَا لِلْعَـٰلَمِينَ

    Wa najjainaahu wa Lootan ilal ardil latee baaraknaa feehaa lil 'aalameen

    Unga va Lutga najot berib, olamlar uchun barakali qilgan yerga yubordik.

  72. 21:72

    وَوَهَبْنَا لَهُۥٓ إِسْحَـٰقَ وَيَعْقُوبَ نَافِلَةً ۖ وَكُلًّا جَعَلْنَا صَـٰلِحِينَ

    Wa wahabnaa lahooo Ishaaq; wa Ya'qooba naafilah; wa kullan ja'alnaa saaliheen

    Unga Is'hoqni hadya etdik va Ya'qubni ziyoda qilib berdik va hammalarini ahli solihlar qildik.

  73. 21:73

    وَجَعَلْنَـٰهُمْ أَئِمَّةً يَهْدُونَ بِأَمْرِنَا وَأَوْحَيْنَآ إِلَيْهِمْ فِعْلَ ٱلْخَيْرَٰتِ وَإِقَامَ ٱلصَّلَوٰةِ وَإِيتَآءَ ٱلزَّكَوٰةِ ۖ وَكَانُوا۟ لَنَا عَـٰبِدِينَ

    Wa ja'alnaahum a'immatany yahdoona bi amrinaa wa awhainaaa ilaihim fi'lal khairaati wa iqaamas Salaati wa eetaaa'az Zakaati wa kaanoo lanaa 'aabideen

    Va ularni amrimiz ila hidoyatga boshlovchilar qildik. Ularga yaxshiliklar qilishni, namozni tugal ado etishni va zakot berishni vahiy qildik. Ular Bizga ibodat qilguvchilar bo`ldilar.

  74. 21:74

    وَلُوطًا ءَاتَيْنَـٰهُ حُكْمًا وَعِلْمًا وَنَجَّيْنَـٰهُ مِنَ ٱلْقَرْيَةِ ٱلَّتِى كَانَت تَّعْمَلُ ٱلْخَبَـٰٓئِثَ ۗ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَوْمَ سَوْءٍ فَـٰسِقِينَ

    Wa Lootan aatainaahu hukmanw wa 'ilmanw wa najjainaahu minal qaryatil latee kaanat ta'malul khabaaa'is; innahum kaanoo qawma saw'in faasiqeen

    Va Lutga hukm va ilm berdik va unga iflosliklar qilayotgan qishloqdan najot berdik. Albatta, ular yomon, buzg`unchi qavm edilar.

  75. 21:75

    وَأَدْخَلْنَـٰهُ فِى رَحْمَتِنَآ ۖ إِنَّهُۥ مِنَ ٱلصَّـٰلِحِينَ

    Wa adkhalnaahu fee rahmatinaa innahoo minas saalihee

    Va Biz uni O`z rahmatimizga kiritdik. Albatta, u solihlardandir.

  76. 21:76

    وَنُوحًا إِذْ نَادَىٰ مِن قَبْلُ فَٱسْتَجَبْنَا لَهُۥ فَنَجَّيْنَـٰهُ وَأَهْلَهُۥ مِنَ ٱلْكَرْبِ ٱلْعَظِيمِ

    Wa noohan iz naadaa min qablu fastajabnaa lahoo fanajjainaahu wa ahlahoo minal karbil 'azeem

    Va Nuhni (esla). Bundan oldin u nido etganida, Biz uning nidosiga javob qildik va unga hamda uning ahliga ulug` g`amdan najot berdik.

  77. 21:77

    وَنَصَرْنَـٰهُ مِنَ ٱلْقَوْمِ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَآ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَوْمَ سَوْءٍ فَأَغْرَقْنَـٰهُمْ أَجْمَعِينَ

    Wa nasarnaahu minal qawmil lazeena kazzaboo bi Aayaatinaa; innahum kkaanoo qawma saw'in fa-aghraq naahum ajma'een

    Unga oyatlarimizni yolg`onga chiqargan qavmga qarshi nusrat berdik. Albatta, ular yomon qavm edilar. Bas, Biz ularning barchasini g`arq qildik.

  78. 21:78

    وَدَاوُۥدَ وَسُلَيْمَـٰنَ إِذْ يَحْكُمَانِ فِى ٱلْحَرْثِ إِذْ نَفَشَتْ فِيهِ غَنَمُ ٱلْقَوْمِ وَكُنَّا لِحُكْمِهِمْ شَـٰهِدِينَ

    Wa Daawooda wa Sulaimaana iz yahkumaani fil harsi iz nafashat feehi ghanamul qawmi wa kunnaa lihukmihim shaahideen

    Va Dovud bilan Sulaymonning ekinzor haqida hukm qilayotganlarini (esla). O`shanda u(ekinzor)ga qavmning qo`yi kechasi tarqalib ketgan edi. Biz ularning hukmiga shohid bo`lgan edik.

  79. 21:79

    فَفَهَّمْنَـٰهَا سُلَيْمَـٰنَ ۚ وَكُلًّا ءَاتَيْنَا حُكْمًا وَعِلْمًا ۚ وَسَخَّرْنَا مَعَ دَاوُۥدَ ٱلْجِبَالَ يُسَبِّحْنَ وَٱلطَّيْرَ ۚ وَكُنَّا فَـٰعِلِينَ

    Fafahhamnaahaa sulaimaan; wa kullan aatainaa hukmanw wa'ilmanw wa sakh kharnaa ma'a Daawoodal jibaala yusabbihna wattayr; wa kunnaa faa'ileen

    Bas, Biz uni Sulaymonga fahmlatdik. Ularning har biriga hukmni va ilmni bergan edik. Dovud bilan birga tasbih aytsin deb, tog`larni va qushlarni bo`yinsundirib qo`ydik. Shularni qilguvchi bo`lgan Bizmiz.

  80. 21:80

    وَعَلَّمْنَـٰهُ صَنْعَةَ لَبُوسٍ لَّكُمْ لِتُحْصِنَكُم مِّنۢ بَأْسِكُمْ ۖ فَهَلْ أَنتُمْ شَـٰكِرُونَ

    Wa 'allamanaahu san'ata laboosil lakum lituhsinakum mim baasikum fahal antum shaakiroon

    Biz unga sizlar uchun sizni yomonlikdan saqlaydigan kiyim qilish san'atini o`rgatdik. Endi shukr qilarsizlar?!

  81. 21:81

    وَلِسُلَيْمَـٰنَ ٱلرِّيحَ عَاصِفَةً تَجْرِى بِأَمْرِهِۦٓ إِلَى ٱلْأَرْضِ ٱلَّتِى بَـٰرَكْنَا فِيهَا ۚ وَكُنَّا بِكُلِّ شَىْءٍ عَـٰلِمِينَ

    Wa li Sulaimaanar reeha 'aasifatan tajree bi amriheee ilal ardil latee baaraknaa feehaa; wa kunnaa bikulli shai'in 'aalimeen

    Sulaymonga shamolni qattiq esuvchi qilib berdik. U (shamol) ni uning amri ila, Biz barakali qilgan yerga esadigan qilib qo`ydik. Barcha narsani bilguvchi bo`ldik.

  82. 21:82

    وَمِنَ ٱلشَّيَـٰطِينِ مَن يَغُوصُونَ لَهُۥ وَيَعْمَلُونَ عَمَلًا دُونَ ذَٰلِكَ ۖ وَكُنَّا لَهُمْ حَـٰفِظِينَ

    Wa minash Shayaateeni mai yaghoosoona lahoo wa ya'maloona 'amalan doona zaalika wa kunna lahum baafizeen

    Va shaytonlardan unga g`avvoslik qiladiganlarni va bundan boshqa amallarni bajaradiganlarni bo`ysundirib qo`ydik. Biz ularni muhofaza qilguvchi bo`ldik.

  83. 21:83

    ۞ وَأَيُّوبَ إِذْ نَادَىٰ رَبَّهُۥٓ أَنِّى مَسَّنِىَ ٱلضُّرُّ وَأَنتَ أَرْحَمُ ٱلرَّٰحِمِينَ

    Wa Ayyooba iz naadaa Rabbahooo annee massaniyad durru wa Anta arhamur raahimeen

    Va Ayyubning O`z Robbiga nido qilib: «Albatta, meni zarar tutdi. Sening O`zing rahimlilarning rahimligisan!» deganini esla.

  84. 21:84

    فَٱسْتَجَبْنَا لَهُۥ فَكَشَفْنَا مَا بِهِۦ مِن ضُرٍّ ۖ وَءَاتَيْنَـٰهُ أَهْلَهُۥ وَمِثْلَهُم مَّعَهُمْ رَحْمَةً مِّنْ عِندِنَا وَذِكْرَىٰ لِلْعَـٰبِدِينَ

    Fastajabnaa lahoo fakashaf naa maa bihee min durrinw wa aatainaahu ahlahoo wa mislahum ma'ahum rahmatam min 'indinaa wa zikraa lil'aabideen

    Bas, Biz uni (duosini) istijobat qildik. Unga yetgan zararni ketkazdik. Unga ahlini, ular bilan birga yana shunchani ham berdik. Buni O`z rahmatimiz ila va «Obidlarga eslatma bo`lsin», deb qildik.

  85. 21:85

    وَإِسْمَـٰعِيلَ وَإِدْرِيسَ وَذَا ٱلْكِفْلِ ۖ كُلٌّ مِّنَ ٱلصَّـٰبِرِينَ

    Wa Ismaa'eela wa Idreesa wa Zal Kifli kullum minas saabireen

    Va Ismoil, Idris va Zul-kiflni esla. Ularning har biri sabr qilguvchilardandir.

  86. 21:86

    وَأَدْخَلْنَـٰهُمْ فِى رَحْمَتِنَآ ۖ إِنَّهُم مِّنَ ٱلصَّـٰلِحِينَ

    Wa adkhalnaahum fee rahmatinaa innahum minas saaliheen

    Va ularni O`z rahmatimizga kiritdik. Albatta, ular solihlardandir.

  87. 21:87

    وَذَا ٱلنُّونِ إِذ ذَّهَبَ مُغَـٰضِبًا فَظَنَّ أَن لَّن نَّقْدِرَ عَلَيْهِ فَنَادَىٰ فِى ٱلظُّلُمَـٰتِ أَن لَّآ إِلَـٰهَ إِلَّآ أَنتَ سُبْحَـٰنَكَ إِنِّى كُنتُ مِنَ ٱلظَّـٰلِمِينَ

    Wa Zan Nooni iz zahaba mughaadiban fazaanna al lan naqdira 'alaihi fanaanna al lan naqdira 'alaihi fanaadaa fiz zulumaati al laaa ilaaha illaaa Anta Subhaanaka innee kuntu minaz zaalimeen

    Zunnunni esla. O`shanda u g`azablangan holda chiqib ketgan edi. Bas, u Bizni o`ziga (er yuzini) tor etmas, deb gumon qildi. Zulmatlarda turib: «Sendan o`zga iloh yo`q, Sen poksan, albatta, men zolimlardan bo`ldim», deb nido qildi.

  88. 21:88

    فَٱسْتَجَبْنَا لَهُۥ وَنَجَّيْنَـٰهُ مِنَ ٱلْغَمِّ ۚ وَكَذَٰلِكَ نُـۨجِى ٱلْمُؤْمِنِينَ

    Fastajabnaa lahoo wa najjainaahu minal ghamm; wa kazaalika nunjil mu'mineen

    Bas, Biz uni (duosini) ijobat qildik. Unga g`amdan najot berdik. Mo`minlarga shunday najot berurmiz.

  89. 21:89

    وَزَكَرِيَّآ إِذْ نَادَىٰ رَبَّهُۥ رَبِّ لَا تَذَرْنِى فَرْدًا وَأَنتَ خَيْرُ ٱلْوَٰرِثِينَ

    Wa Zakariyyaaa iz naadaa Rabbahoo Rabbi laa tazarnee fardanw wa Anta khairul waariseen

    Va Zakariyoni esla. O`shanda u Robbiga nido qilib: «Ey Robbim, meni yolg`iz tashlab qo`yma, Sen O`zing vorislarning eng yaxshisisan», degan edi.

  90. 21:90

    فَٱسْتَجَبْنَا لَهُۥ وَوَهَبْنَا لَهُۥ يَحْيَىٰ وَأَصْلَحْنَا لَهُۥ زَوْجَهُۥٓ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ يُسَـٰرِعُونَ فِى ٱلْخَيْرَٰتِ وَيَدْعُونَنَا رَغَبًا وَرَهَبًا ۖ وَكَانُوا۟ لَنَا خَـٰشِعِينَ

    Fastajabnaa lahoo wa wahabnaa lahoo Yahyaa Wa aslahnaa lahoo zawjah; innahum kaanoo yusaari'oona fil khairaati wa yad'oonanaa raghabanw wa rahabaa; wa kaanoo lanaa khaashi'een

    Bas, Biz uni (duosini) ijobat etdik va unga Yahyoni hadya qildik hamda juftini o`nglab qo`ydik. Albatta, ular yaxshiliklarga shoshilishar edi va Bizga rag`bat ila va qo`rqib duo qilishar edi. Ular Bizga ta'zim ila bo`yinsunuvchi edilar.

  91. 21:91

    وَٱلَّتِىٓ أَحْصَنَتْ فَرْجَهَا فَنَفَخْنَا فِيهَا مِن رُّوحِنَا وَجَعَلْنَـٰهَا وَٱبْنَهَآ ءَايَةً لِّلْعَـٰلَمِينَ

    Wallateee ahsanat farjahaa fanafakhnaa feehaa mir roohinaa wa ja'alnaahaa wabnahaaa Aayatal lil'aalameen

    Farjini pok saqlagan ayolni esla. Biz unga O`z ruhimizdan pufladik. Uni va uning o`g`lini olamlarga oyat-belgi qildik.

  92. 21:92

    إِنَّ هَـٰذِهِۦٓ أُمَّتُكُمْ أُمَّةً وَٰحِدَةً وَأَنَا۠ رَبُّكُمْ فَٱعْبُدُونِ

    Inna haaziheee ummatukum ummatanw waahidatanw wa Ana Rabbukum fa'budoon

    Albatta, sizning ushbu ummatingiz bir ummatdir va Men sizning Robbingizman. Bas, Mengagina ibodat qiling.

  93. 21:93

    وَتَقَطَّعُوٓا۟ أَمْرَهُم بَيْنَهُمْ ۖ كُلٌّ إِلَيْنَا رَٰجِعُونَ

    Wa taqatta'ooo amrahum bainahum kullun ilainaaa raaji'oon

    Ular esa, ishlarini parchaladilar. Barchalari Bizga qaytuvchidirlar.

  94. 21:94

    فَمَن يَعْمَلْ مِنَ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ وَهُوَ مُؤْمِنٌ فَلَا كُفْرَانَ لِسَعْيِهِۦ وَإِنَّا لَهُۥ كَـٰتِبُونَ

    Famai ya'mal minas saalihaati wa huwa mu'minun falaa kufraana lisa'yihee wa innaa lahoo kaatiboon

    Kim mo`min holida solih amallardan qilsa, sa'yi-harakati zoye ketmas. Albatta, Biz uni yozib qo`yguvchidirmiz.

  95. 21:95

    وَحَرَٰمٌ عَلَىٰ قَرْيَةٍ أَهْلَكْنَـٰهَآ أَنَّهُمْ لَا يَرْجِعُونَ

    Wa haraamun 'alaa qaryatin ahlaknaahaaa annahum laa yarji'oon

    Biz halok qilgan qishloq-shaharlarning qaytmasligi haromdir.

  96. 21:96

    حَتَّىٰٓ إِذَا فُتِحَتْ يَأْجُوجُ وَمَأْجُوجُ وَهُم مِّن كُلِّ حَدَبٍ يَنسِلُونَ

    Hattaaa izaa futihat Yaajooju wa Maajooju wa hum min kulli hadabiny yansiloon

    Nihoyat, Ya'juj va Ma'juj ochilib, ular har bir tepaliklardan oqib kelganlarida.

  97. 21:97

    وَٱقْتَرَبَ ٱلْوَعْدُ ٱلْحَقُّ فَإِذَا هِىَ شَـٰخِصَةٌ أَبْصَـٰرُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ يَـٰوَيْلَنَا قَدْ كُنَّا فِى غَفْلَةٍ مِّنْ هَـٰذَا بَلْ كُنَّا ظَـٰلِمِينَ

    Waqtarabal wa'dul haqqu fa-izaa hiya shaakhisatun absaarul lazeena kafaroo yaawailanaa qad kunna fee ghaflatim min haaza bal kunnaa zaalimeen

    Va haq va'da yaqinlashgandagi holni ko`rsang, kufr keltirganlarning ko`zlari chaqchayib: «Holimizga voy! Bizlar bundan g`aflatda edik. Yo`q! Bizlar zulm qilguvchilar edik», derlar.

  98. 21:98

    إِنَّكُمْ وَمَا تَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ حَصَبُ جَهَنَّمَ أَنتُمْ لَهَا وَٰرِدُونَ

    Innakum wa maa ta'budoona min doonil laahi hasabu Jahannama antum lahaa waaridoon

    Albatta, sizlar va Allohdan o`zga ibodat qilgan narsalaringiz jahannam yoqilg`isidirsiz. Sizlar unga kirguvchilardirsiz.

  99. 21:99

    لَوْ كَانَ هَـٰٓؤُلَآءِ ءَالِهَةً مَّا وَرَدُوهَا ۖ وَكُلٌّ فِيهَا خَـٰلِدُونَ

    Law kaana haaa'ulaaa'i aalihatam maa waradoohaa wa kullun feehaa khaalidoon

    Agar anavilar xudolar bo`lganida unga kirmas edilar. Hammalari unda abadiy qolurlar.

  100. 21:100

    لَهُمْ فِيهَا زَفِيرٌ وَهُمْ فِيهَا لَا يَسْمَعُونَ

    Lahum feehaa zafeerunw wa hum feehaa laa yasma'oon

    U yerda ularga ingrash bordir. Ular u yerda eshitmaslar.

  101. 21:101

    إِنَّ ٱلَّذِينَ سَبَقَتْ لَهُم مِّنَّا ٱلْحُسْنَىٰٓ أُو۟لَـٰٓئِكَ عَنْهَا مُبْعَدُونَ

    Innal lazeena sabaqat lahum minnal husnaaa ulaaa'ika 'anhaa mub'adoon

    Albatta, Bizdan o`zlari uchun yaxshilik qilinganlar, ana o`shalar undan(jahannamdan) uzoqlashtirilgandirlar.

  102. 21:102

    لَا يَسْمَعُونَ حَسِيسَهَا ۖ وَهُمْ فِى مَا ٱشْتَهَتْ أَنفُسُهُمْ خَـٰلِدُونَ

    Laa yasma'oona hasee sahaa wa hum fee mash tahat anfusuhum khaalidoon

    Ular uning chisirlashini(ovozini ham) eshitmaslar. Ular o`z nafslari ishtaha qilgan narsalari ichida abadiy qolguvchilardir.

  103. 21:103

    لَا يَحْزُنُهُمُ ٱلْفَزَعُ ٱلْأَكْبَرُ وَتَتَلَقَّىٰهُمُ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةُ هَـٰذَا يَوْمُكُمُ ٱلَّذِى كُنتُمْ تُوعَدُونَ

    Laa yahzunuhumul faza'ul akbaru wa tatalaq qaahumul malaaa'ikatu haazaa Yawmukumul lazee kuntum too'adoon

    Ularni buyuk dahshat g`ami bosmas. Ularni farishtalar: «Bu sizlarga va'da qilingan kuningizdir», deb kutib olurlar.

  104. 21:104

    يَوْمَ نَطْوِى ٱلسَّمَآءَ كَطَىِّ ٱلسِّجِلِّ لِلْكُتُبِ ۚ كَمَا بَدَأْنَآ أَوَّلَ خَلْقٍ نُّعِيدُهُۥ ۚ وَعْدًا عَلَيْنَآ ۚ إِنَّا كُنَّا فَـٰعِلِينَ

    Yawma natwis samaaa'a kataiyis sijilli lilkutub; kamaa badaanaa awwala khalqin nu'eeduh; wa'dan 'alainaa; innaa kunna faa'ileen

    O`sha kunda osmonni xuddi maktub yozilgan daftarni yopgandek yopamiz. Avval qanday yaratgan bo`lsak, shunday holga qaytaramiz. Bu zimmamizdagi va'dadir. Albatta, Biz buni qilguvchimiz.

  105. 21:105

    وَلَقَدْ كَتَبْنَا فِى ٱلزَّبُورِ مِنۢ بَعْدِ ٱلذِّكْرِ أَنَّ ٱلْأَرْضَ يَرِثُهَا عِبَادِىَ ٱلصَّـٰلِحُونَ

    Wa laqad katabnaa fiz Zaboori mim ba'diz zikri annal arda yarisuhaa 'ibaadi yas saalihoon

    Batahqiq, Biz Zikrdan so`ng Zaburda ham: «Albatta, yerga solih bandalarim merosxo`r bo`lurlar», deb yozgan edik.

  106. 21:106

    إِنَّ فِى هَـٰذَا لَبَلَـٰغًا لِّقَوْمٍ عَـٰبِدِينَ

    Inna fee haaza labalaa ghal liqawmin 'aabideen

    Albatta, bu(Qur'on)da ibodat qilguvchi qavm uchun yetarli o`git bordir.

  107. 21:107

    وَمَآ أَرْسَلْنَـٰكَ إِلَّا رَحْمَةً لِّلْعَـٰلَمِينَ

    Wa maaa arsalnaaka illaa rahmatal lil'aalameen

    Biz seni olamlarga faqat rahmat qilib yubordik.

  108. 21:108

    قُلْ إِنَّمَا يُوحَىٰٓ إِلَىَّ أَنَّمَآ إِلَـٰهُكُمْ إِلَـٰهٌ وَٰحِدٌ ۖ فَهَلْ أَنتُم مُّسْلِمُونَ

    Qul innamaa yoohaa ilaiya annamaaa ilaahukum illaahunw Waahid, fahal antum muslimoon

    Sen: «Menga faqat, sizning ilohingiz albatta bitta ilohdir, deb vahiy etilur. Bas, sizlar musulmon bo`lasizlarmi?!» – deb ayt.

  109. 21:109

    فَإِن تَوَلَّوْا۟ فَقُلْ ءَاذَنتُكُمْ عَلَىٰ سَوَآءٍ ۖ وَإِنْ أَدْرِىٓ أَقَرِيبٌ أَم بَعِيدٌ مَّا تُوعَدُونَ

    Fa in tawallaw faqul aazantukum 'alaa sawaaa'; wa in adreee aqareebun am ba'eedum maa too'adoon

    Agar ular yuz o`girib ketsalar: «Men sizlarga barobarlik bo`lishi uchun e'lon qildim. Sizga va'da qilinayotgan narsa yaqinmi yoki uzoqmi — bilmasman.

  110. 21:110

    إِنَّهُۥ يَعْلَمُ ٱلْجَهْرَ مِنَ ٱلْقَوْلِ وَيَعْلَمُ مَا تَكْتُمُونَ

    Innahoo ya'lamul jahra minal qawli wa ya'lamu maa taktumoon

    Albatta, U so`zning oshkorasini ham biladir va nimani berkitayotgan bo`lsangiz ham biladir.

  111. 21:111

    وَإِنْ أَدْرِى لَعَلَّهُۥ فِتْنَةٌ لَّكُمْ وَمَتَـٰعٌ إِلَىٰ حِينٍ

    Wa in adree la'allahoo fitnatul lakum wa mataa'un ilaaheen

    Bilmayman, ehtimol, bu sizlar uchun sinovdir yoki vaqtinchalik halovatdir», deb ayt.

  112. 21:112

    قَـٰلَ رَبِّ ٱحْكُم بِٱلْحَقِّ ۗ وَرَبُّنَا ٱلرَّحْمَـٰنُ ٱلْمُسْتَعَانُ عَلَىٰ مَا تَصِفُونَ

    Qaala Rabbih kum bil haqq; wa Rabbunar Rahmaa nul musta'aanu 'alaa maa tasifoon

    U: «Ey Robbim, O`zing haq ila hukm qil. Robbimiz Rohmandir va sizlar qilgan vasflardan madad so`raladigan Zotdir», dedi.

Manbalar

  • Maʼnolar tarjimasi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
  • Qiroat: Mishari Roshid al-Afasiy, mp3quran.net.
  • Transliteratsiya faqat oʻqishga yordamchi. Toʻgʻri talaffuzni qorining qiroatidan yoki ustozdan oʻrganing.

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ

«Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!» — Qamar surasi, 54:17

Bugun bitta oyatdan boshlang.