Sod surasini qanday yod olish mumkin
- 38-sura
- 88 oyat
- Makkiy
- Mushafning 453–458-sahifalari
ص
Ilova oʻrnatilgan boʻlsa, uni ochadi, aks holda App Store / Google Play’ni ochadi.
Surani toʻliq tinglang
Qori: Mishari Roshid al-Afasiy
Qancha vaqt kerak
Har kuni ushlab tura oladigan surʼatni tanlang:
| Kuniga 1 oyat | 88 kun |
| Kuniga 3 oyat | 30 kun |
| Kuniga 5 oyat | 18 kun |
Oyatma-oyat qanday yod olish kerak
- Avval tinglangOyatni bir necha marta qoʻying va arabcha matnni koʻzingiz bilan kuzatib boring.
- Ovoz chiqarib takrorlangTilingizga oson kelguncha qayta-qayta ayting. Qaree har bir takrorni sanaydi.
- Yoddan oʻqingMatnga qaramay oʻqing. Qaree’ning tilovat rejimi sizni tinglaydi va xato qilgan soʻzlaringizni belgilaydi.
- Ulang va takrorlangYangi oyatni oldingilari bilan birga oʻqing, ertasi kuni esa surani yana bir bor takrorlang.
Sod surasi: arabcha matni, transliteratsiyasi va tarjimasi
-
38:1
صٓ ۚ وَٱلْقُرْءَانِ ذِى ٱلذِّكْرِ
Saaad; wal-Qur-aani ziz zikr
Sod. Zikr sohibi bo`lmish Qur'on ila qasam.
-
38:2
بَلِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فِى عِزَّةٍ وَشِقَاقٍ
Balil lazeena kafaroo fee 'izzatilnw wa shiqaaq
Ammo kufr keltirganlar kibru havo va muxoliflikdadirlar.
-
38:3
كَمْ أَهْلَكْنَا مِن قَبْلِهِم مِّن قَرْنٍ فَنَادَوا۟ وَّلَاتَ حِينَ مَنَاصٍ
Kam ahlaknaa min qablihim min qarnin fanaadaw wa laata heena manaas
Biz ulardan ilgari ham qancha asrlarni halok etganmiz. Ular (yordam so`rab) nido qildilar. Ammo qochib qutulish vaqti emas edi.
-
38:4
وَعَجِبُوٓا۟ أَن جَآءَهُم مُّنذِرٌ مِّنْهُمْ ۖ وَقَالَ ٱلْكَـٰفِرُونَ هَـٰذَا سَـٰحِرٌ كَذَّابٌ
Wa 'ajibooo an jaaa'a hum munzirum minhum wa qaalal kaafiroona haazaa saahirun kazzaab
Ular ichlariga o`zlaridan ogohlantirguvchi kelganidan ajablandilar va kofirlar: «Bu, sehrgar va kazzobdir», dedilar.
-
38:5
أَجَعَلَ ٱلْـَٔالِهَةَ إِلَـٰهًا وَٰحِدًا ۖ إِنَّ هَـٰذَا لَشَىْءٌ عُجَابٌ
Aja'alal aalihata Ilaahanw Waahidan inna haazaa lashai'un 'ujaab
«U xudolarni bitta xudo qildimi?! Albatta, bu ajablanarli narsa!»
-
38:6
وَٱنطَلَقَ ٱلْمَلَأُ مِنْهُمْ أَنِ ٱمْشُوا۟ وَٱصْبِرُوا۟ عَلَىٰٓ ءَالِهَتِكُمْ ۖ إِنَّ هَـٰذَا لَشَىْءٌ يُرَادُ
Wantalaqal mala-u minhum anim shoo wasbiroo 'alaaa aalihatikum innna haazaa lashai 'uny yuraad
Ularning a'yonlari: «Yuringlar, xudolaringiz to`g`risida sabr qilinglar. Albatta, bu qasdan qilinayotgan narsadir.
-
38:7
مَا سَمِعْنَا بِهَـٰذَا فِى ٱلْمِلَّةِ ٱلْـَٔاخِرَةِ إِنْ هَـٰذَآ إِلَّا ٱخْتِلَـٰقٌ
Maa sami'naa bihaazaa fil millatil aakhirati in haazaaa illakh tilaaq
Biz bu haqda oxirgi millatdan eshitganimiz yo`q. Bu, to`qilgandan boshqa narsa emas.
-
38:8
أَءُنزِلَ عَلَيْهِ ٱلذِّكْرُ مِنۢ بَيْنِنَا ۚ بَلْ هُمْ فِى شَكٍّ مِّن ذِكْرِى ۖ بَل لَّمَّا يَذُوقُوا۟ عَذَابِ
'A-unzila 'alaihiz zikru mim baininaa; bal hum fee shakkim min Zikree bal lammaa yazooqoo 'azaab
Bizning ichimizdan o`shanga zikr nozil qilinibdimi?!» – deb turib ketdilar. Yo`q! Ular Mening Zikrim haqida shak-shubhadadirlar. Yo`q! Ular azobimni tatib ko`rmadilar.
-
38:9
أَمْ عِندَهُمْ خَزَآئِنُ رَحْمَةِ رَبِّكَ ٱلْعَزِيزِ ٱلْوَهَّابِ
Am'indahum khazaaa 'inu rahmati Rabbikal 'Azeezil Wahhab
Yoki ularning huzurida Aziyzu o`ta saxovatli Robbingning rahmat xazinasi bormi?
-
38:10
أَمْ لَهُم مُّلْكُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا ۖ فَلْيَرْتَقُوا۟ فِى ٱلْأَسْبَـٰبِ
Am lahum mulkus samaawaati wal ardi wa maa bainahumaa falyartaqoo fil asbaab
Yoki osmonlaru yerning va ular orasidagi narsalarning mulki ularnikimi? Bas, unda sabablari ila (osmonga) ko`tarilsinlar!
-
38:11
جُندٌ مَّا هُنَالِكَ مَهْزُومٌ مِّنَ ٱلْأَحْزَابِ
Jundum maa hunaalika mahzoomum minal Ahzaab
Anavi yerdagi yengilgan firqalardan bo`lgan qandaydir lashkar.
-
38:12
كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍ وَعَادٌ وَفِرْعَوْنُ ذُو ٱلْأَوْتَادِ
Kazzabat qablahum qawmu Lootinw-wa 'Aadunw wa Fir'awnu zul awtaad
Ulardan oldin ham Nuh qavmi, Od, qoziqlar egasi Fir'avn ham yolg`onchi qilgan.
-
38:13
وَثَمُودُ وَقَوْمُ لُوطٍ وَأَصْحَـٰبُ لْـَٔيْكَةِ ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ ٱلْأَحْزَابُ
Wa Samoodu wa qawmu Lootinw wa Ashaabul 'Aykah; ulaaa'ikal Ahzaab
Va Samud, Lut qavmi va daraxtzor egalari ham. Firqalar o`shalardir.
-
38:14
إِن كُلٌّ إِلَّا كَذَّبَ ٱلرُّسُلَ فَحَقَّ عِقَابِ
In kullun illaa kazzabar Rusula fahaqqa 'iqaab
Barchalari, albatta, Payg`ambarlarni yolg`onchi qildilar. Bas, Mening iqobim haq bo`ldi.
-
38:15
وَمَا يَنظُرُ هَـٰٓؤُلَآءِ إِلَّا صَيْحَةً وَٰحِدَةً مَّا لَهَا مِن فَوَاقٍ
Wa maa yanzuru haaa ulaaa'i illaa saihatanw waahidatam maa lahaa min fawaaq
Ana o`shalar lahzaga kechikmay keladigan birgina qichqiriqdan boshqa narsaga intizor bo`layotganlari yo`q.
-
38:16
وَقَالُوا۟ رَبَّنَا عَجِّل لَّنَا قِطَّنَا قَبْلَ يَوْمِ ٱلْحِسَابِ
Wa qaaloo Rabbanaa 'ajjil lanaa qittanaa qabla Yawmil Hisaab
Ular: «Ey Robbimiz, bizga hisob kunidan ilgari nasibamizni tezroq ber!» – dedilar.
-
38:17
ٱصْبِرْ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَٱذْكُرْ عَبْدَنَا دَاوُۥدَ ذَا ٱلْأَيْدِ ۖ إِنَّهُۥٓ أَوَّابٌ
Isbir 'alaa maa yaqooloona wazkur 'abdanaa Daawooda zal aidi aidi innahooo awwaab
Ular aytayotgan narsalarga sabr qil. Quvvat sohibi bo`lgan bandamiz Dovudni esla. Albatta, u o`ta qaytguvchidir.
-
38:18
إِنَّا سَخَّرْنَا ٱلْجِبَالَ مَعَهُۥ يُسَبِّحْنَ بِٱلْعَشِىِّ وَٱلْإِشْرَاقِ
Innaa sakhkharnal jibaala ma'ahoo yusabbihna bil'ashaiyi wal ishraaq
Albatta, Biz unga tog`larni bo`ysundirdik. Ular u bilan kechki paytu ertalab tasbih aytardilar.
-
38:19
وَٱلطَّيْرَ مَحْشُورَةً ۖ كُلٌّ لَّهُۥٓ أَوَّابٌ
Wattayra mahshoorah; kullul lahooo awwaab
To`plangan holdagi qushlarni ham. Barchalari U zotga o`ta qaytguvchidir.
-
38:20
وَشَدَدْنَا مُلْكَهُۥ وَءَاتَيْنَـٰهُ ٱلْحِكْمَةَ وَفَصْلَ ٱلْخِطَابِ
Wa shadadnaa mulkahoo wa aatainaahul Hikmata wa faslal khitaab
Va Biz unga mulkini quvvatli qilib berdik hamda hikmatni va hal qilguvchi kitobni berdik.
-
38:21
۞ وَهَلْ أَتَىٰكَ نَبَؤُا۟ ٱلْخَصْمِ إِذْ تَسَوَّرُوا۟ ٱلْمِحْرَابَ
Wa hal ataaka naba'ul khasm; iz tasawwarul mihraab
Senga da'volashganlarning xabari keldimi? O`shanda ular mehrobga chiqishgan edi.
-
38:22
إِذْ دَخَلُوا۟ عَلَىٰ دَاوُۥدَ فَفَزِعَ مِنْهُمْ ۖ قَالُوا۟ لَا تَخَفْ ۖ خَصْمَانِ بَغَىٰ بَعْضُنَا عَلَىٰ بَعْضٍ فَٱحْكُم بَيْنَنَا بِٱلْحَقِّ وَلَا تُشْطِطْ وَٱهْدِنَآ إِلَىٰ سَوَآءِ ٱلصِّرَٰطِ
Iz dakhaloo 'alaa Daawooda fafazi'a minhum qaaloo la takhaf khasmaani baghaa ba'dunaa 'alaa ba'din fahkum bainanaaa bilhaqqi wa laa tushtit wahdinaaa ilaa Sawaaa'is Siraat
O`shanda ular Dovudning oldiga kirishgan edi. Bas, u ulardan qo`rqib ketdi. Ular: «Qo`rqma, bular — ikki da'volashguvchi tomon. Biz bir-birimizga zulm qildik. Bas, oramizda haq ila hukm chiqar. Jabr qilma. Bizlarni to`g`ri yo`lga hidoyat qil», dedilar.
-
38:23
إِنَّ هَـٰذَآ أَخِى لَهُۥ تِسْعٌ وَتِسْعُونَ نَعْجَةً وَلِىَ نَعْجَةٌ وَٰحِدَةٌ فَقَالَ أَكْفِلْنِيهَا وَعَزَّنِى فِى ٱلْخِطَابِ
Inna haazaaa akhee lahoo tis'unw wa tis'oona na'jatanw wa liya na'jatunw waahidah; faqaala akfilneeha wa 'azzanee filkhitaab
«Mana bu — mening birodarim. Uning to`qson to`qqizta sovlig`i bor. Mening esa, birgina sovlig`im bor. Bas, u: «Uni ham mening kafolatimga ber», dedi va so`zlashuvda mendan ustun chiqdi».
-
38:24
قَالَ لَقَدْ ظَلَمَكَ بِسُؤَالِ نَعْجَتِكَ إِلَىٰ نِعَاجِهِۦ ۖ وَإِنَّ كَثِيرًا مِّنَ ٱلْخُلَطَآءِ لَيَبْغِى بَعْضُهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ إِلَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ وَقَلِيلٌ مَّا هُمْ ۗ وَظَنَّ دَاوُۥدُ أَنَّمَا فَتَنَّـٰهُ فَٱسْتَغْفَرَ رَبَّهُۥ وَخَرَّ رَاكِعًا وَأَنَابَ ۩
Qaala laqad zalamaka bisu 'aali na'jatika ilaa ni'aajihee wa inna kaseeram minal khulataaa'i la-yabghee ba'duhum 'alaa ba'din illal lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati wa qaleehum maa hum; wa zanna Daawoodu annamaa fatannaahu fastaghrara Rabbahoo wa kharra raaki'anw wa anaab
U: «Darhaqiqat, sening sovlig`ingni so`rab, o`z sovliqlariga (qo`shish) bilan senga zulm qilibdi. Albatta, ko`p sheriklar bir-birlariga zulm qilurlar. Magar iymon keltirib, solih amal qilganlargina (qilmaslar). Ular juda ham oz», dedi. Va Dovud Biz uni sinaganimizni bildi-da, tezda Robbiga istig`for aytib, sajdaga yiqildi va tavba qildi.
-
38:25
فَغَفَرْنَا لَهُۥ ذَٰلِكَ ۖ وَإِنَّ لَهُۥ عِندَنَا لَزُلْفَىٰ وَحُسْنَ مَـَٔابٍ
Faghafarnaa lahoo zaalik; wa inna lahoo 'indanaa lazulfaa wa husna ma aab
Bas, Biz uning o`sha (xatosi)ni mag`firat qildik. Albatta, uning uchun huzurimizda yaqinlik va go`zal oqibat bordir.
-
38:26
يَـٰدَاوُۥدُ إِنَّا جَعَلْنَـٰكَ خَلِيفَةً فِى ٱلْأَرْضِ فَٱحْكُم بَيْنَ ٱلنَّاسِ بِٱلْحَقِّ وَلَا تَتَّبِعِ ٱلْهَوَىٰ فَيُضِلَّكَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ يَضِلُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ لَهُمْ عَذَابٌ شَدِيدٌۢ بِمَا نَسُوا۟ يَوْمَ ٱلْحِسَابِ
Yaa Daawoodu innaa ja'alnaaka khaleefatan fil ardi fahkum bainan naasi bilhaqqi wa laa tattabi'il hawaa fayudillaka 'an sabeelil laah; innal lazeena yadilloona 'an sabeelil laah; lahum 'azaabun shadeedum bimaa nasoo Yawmal Hisaab
Ey Dovud, albatta, Biz seni yer yuzida xalifa qildik. Bas, odamlar orasida haq ila hukm yurit. Havoyi nafsga ergashma! Yana, u seni Allohning yo`lidan adashtirmasin. Albatta, Allohning yo`lidan adashadiganlarga, unutganlari uchun, hisob kunida shiddatli azob bordir.
-
38:27
وَمَا خَلَقْنَا ٱلسَّمَآءَ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا بَـٰطِلًا ۚ ذَٰلِكَ ظَنُّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ۚ فَوَيْلٌ لِّلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِنَ ٱلنَّارِ
Wa ma khalaqnas samaaa'a wal arda wa maa bainahumaa baatilaa; zaalika zannul lazeena kafaroo; fawi lul lillazeena kafaroo minan Naar
Biz osmonu yerni va ularning orasidagi narsalarni behuda yaratganimiz yo`q. Bu, kufr keltirganlarning gumonidir. Bas, kufr keltirganlar uchun do`zax(azobi)dan voy bo`lsin!
-
38:28
أَمْ نَجْعَلُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ كَٱلْمُفْسِدِينَ فِى ٱلْأَرْضِ أَمْ نَجْعَلُ ٱلْمُتَّقِينَ كَٱلْفُجَّارِ
Am naj'alul lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati kalmufisdeena fil ardi am naj'alul muttaqeena kalfujjaar
Yo`q! Biz iymon keltirib, solih amallar qilganlarni yer yuzida buzg`unchilik qiluvchilar kabi qilarmidik?! Yo`q! Biz taqvodorlarni fojirlar kabi qilarmidik?!
-
38:29
كِتَـٰبٌ أَنزَلْنَـٰهُ إِلَيْكَ مُبَـٰرَكٌ لِّيَدَّبَّرُوٓا۟ ءَايَـٰتِهِۦ وَلِيَتَذَكَّرَ أُو۟لُوا۟ ٱلْأَلْبَـٰبِ
Kitaabun anzalnaahu ilaika mubaarakul liyaddabbarooo Aayaatihee wa liyatazakkara ulul albaab
Biz senga nozil qilgan Kitob muborakdir. Aql egalari uning oyatlarini tadabbur qilishlari va eslashlari uchundir.
-
38:30
وَوَهَبْنَا لِدَاوُۥدَ سُلَيْمَـٰنَ ۚ نِعْمَ ٱلْعَبْدُ ۖ إِنَّهُۥٓ أَوَّابٌ
Wa wahabnaa li Daawooda Sulaimaan; ni'mal 'abd; innahoo awwaab
Va Biz Dovudga Sulaymonni hadya qildik. U qanday ham yaxshi bandadir. Albatta, u o`ta qaytguvchidir.
-
38:31
إِذْ عُرِضَ عَلَيْهِ بِٱلْعَشِىِّ ٱلصَّـٰفِنَـٰتُ ٱلْجِيَادُ
Iz 'urida 'alaihi bil'ashiy yis saafinaatul jiyaad
Esla, bir oqshom unga gijinglab turgan uchqur otlar ko`rsatildi.
-
38:32
فَقَالَ إِنِّىٓ أَحْبَبْتُ حُبَّ ٱلْخَيْرِ عَن ذِكْرِ رَبِّى حَتَّىٰ تَوَارَتْ بِٱلْحِجَابِ
Faqaala inneee ahbabtu hubbal khairi 'an zikri Rabbee hattaa tawaarat bilhijaab
U: «Albatta, men Robbimning zikridan ko`ra dunyo ishqiga berilib ketib, hatto (quyosh) parda ila berkinibdi-ku!
-
38:33
رُدُّوهَا عَلَىَّ ۖ فَطَفِقَ مَسْحًۢا بِٱلسُّوقِ وَٱلْأَعْنَاقِ
Ruddoohaa 'alaiya fatafiqa masham bissooqi wal a'naaq
Ularni menga qaytaring!» – dedi. So`ngra ularning oyoq va bo`yinlarini «silay» boshladi!
-
38:34
وَلَقَدْ فَتَنَّا سُلَيْمَـٰنَ وَأَلْقَيْنَا عَلَىٰ كُرْسِيِّهِۦ جَسَدًا ثُمَّ أَنَابَ
Wa laqad fatannaa Sulaimaana wa alqainaa 'alaa kursiyyihee jasadan summa anaab
Batahqiq, Biz Sulaymonni sinadik. Uning kursisiga jasadni tashladik. So`ngra, u tavba qildi.
-
38:35
قَالَ رَبِّ ٱغْفِرْ لِى وَهَبْ لِى مُلْكًا لَّا يَنۢبَغِى لِأَحَدٍ مِّنۢ بَعْدِىٓ ۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلْوَهَّابُ
Qaala Rabbigh fir lee wa hab lee mulkal laa yambaghee li ahadim mim ba'de inaka Antal Wahhab
U: «Ey Robbim, meni mag`firat qilgin va menga o`zimdan keyin biror kishiga muyassar bo`lmaydigan mulkni hadya etgin. Albatta, sen ko`plab atolarni berguvchisan», dedi.
-
38:36
فَسَخَّرْنَا لَهُ ٱلرِّيحَ تَجْرِى بِأَمْرِهِۦ رُخَآءً حَيْثُ أَصَابَ
Fasakhkharnaa lahur reeha tajree bi amrihee rukhaaa'an haisu asaab
Bas, Biz unga shamolni bo`ysundirdik, u iroda qilgan tomonga mayin esaveradi.
-
38:37
وَٱلشَّيَـٰطِينَ كُلَّ بَنَّآءٍ وَغَوَّاصٍ
Wash Shayaateena kulla bannaaa'inw wa ghawwaas
Yana barcha binokor va g`avvos shaytonlarni ham.
-
38:38
وَءَاخَرِينَ مُقَرَّنِينَ فِى ٱلْأَصْفَادِ
Wa aakhareena muqarraneena fil asfaad
Va boshqalarini ham kishanlangan holda to`plab (bo`ysundirdik).
-
38:39
هَـٰذَا عَطَآؤُنَا فَٱمْنُنْ أَوْ أَمْسِكْ بِغَيْرِ حِسَابٍ
Haazaa 'ataaa'unaa famnun aw amsik bighairi hisaab
Bu Bizning ato etgan narsamizdir. In'om et yoki tutib qol, hisob yo`q.
-
38:40
وَإِنَّ لَهُۥ عِندَنَا لَزُلْفَىٰ وَحُسْنَ مَـَٔابٍ
Wa inna lahoo 'indanaa lazulfaa wa husna ma-aab
Va, albatta, uning uchun huzurimizda yaqinlik va go`zal oqibat bordir.
-
38:41
وَٱذْكُرْ عَبْدَنَآ أَيُّوبَ إِذْ نَادَىٰ رَبَّهُۥٓ أَنِّى مَسَّنِىَ ٱلشَّيْطَـٰنُ بِنُصْبٍ وَعَذَابٍ
Wazkur 'abdanaaa Ayyoob; iz naada Rabbahooo annee massaniyash Shaitaanu binus binw wa 'azaab
Bizning bandamiz Ayyubni esla. O`shanda u Robbiga nido qilib: «Albatta, meni shayton mashaqqat va azob ila tutdi», dedi.
-
38:42
ٱرْكُضْ بِرِجْلِكَ ۖ هَـٰذَا مُغْتَسَلٌۢ بَارِدٌ وَشَرَابٌ
Urkud birijlika haaza mughtasalum baaridunw wa sharaab
«Oyog`ing ila tepgin! Bu cho`miladigan va ichiladigan sovuq (suv)».
-
38:43
وَوَهَبْنَا لَهُۥٓ أَهْلَهُۥ وَمِثْلَهُم مَّعَهُمْ رَحْمَةً مِّنَّا وَذِكْرَىٰ لِأُو۟لِى ٱلْأَلْبَـٰبِ
Wa wahabnaa lahoo ahlahoo wa mislahum ma'ahum rahmatam minna wa zikraa li ulil albaab
Va Biz unga ahlini va yana ular bilan birga misllarichani ham hadya etdik. Bu, Bizdan rahmat o`laroq va aql egalariga eslatma uchun bo`ldi.
-
38:44
وَخُذْ بِيَدِكَ ضِغْثًا فَٱضْرِب بِّهِۦ وَلَا تَحْنَثْ ۗ إِنَّا وَجَدْنَـٰهُ صَابِرًا ۚ نِّعْمَ ٱلْعَبْدُ ۖ إِنَّهُۥٓ أَوَّابٌ
Wa khuz biyadika dighsan fadrib bihee wa laa tahnas, innaa wajadnaahu saabiraa; ni'mal 'abd; innahooo awwaab
«Qo`lingga bir dastani ol-da, u bilan ur. Qasamingni buzma», (dedi). Biz uni sabrli topdik. U qanday ham yaxshi banda. Albatta, u o`ta qaytguvchidir.
-
38:45
وَٱذْكُرْ عِبَـٰدَنَآ إِبْرَٰهِيمَ وَإِسْحَـٰقَ وَيَعْقُوبَ أُو۟لِى ٱلْأَيْدِى وَٱلْأَبْصَـٰرِ
Wazkur 'ibaadanaaa Ibraaheema wa Is-haaqa wa Ya'qooba ulil-aydee walabsaar
Qo`llar va ko`zlar sohiblari bo`lgan bandalarimiz Ibrohim, Is'hoq va Ya'qubni esla.
-
38:46
إِنَّآ أَخْلَصْنَـٰهُم بِخَالِصَةٍ ذِكْرَى ٱلدَّارِ
Innaaa akhlasnaahum bi khaalisatin zikrad daar
Albatta, Biz ularni xolis bir xislat-la ajratdik. U (oxirat) diyorini eslash edi.
-
38:47
وَإِنَّهُمْ عِندَنَا لَمِنَ ٱلْمُصْطَفَيْنَ ٱلْأَخْيَارِ
Wa innahum 'indanaa laminal mustafainal akhyaar
Albatta, ular Bizning huzurimizda tanlangan axyorlardandirlar.
-
38:48
وَٱذْكُرْ إِسْمَـٰعِيلَ وَٱلْيَسَعَ وَذَا ٱلْكِفْلِ ۖ وَكُلٌّ مِّنَ ٱلْأَخْيَارِ
Wazkur Ismaa'eela wal Yasa'a wa Zal-Kifli wa kullum minal akhyaar
Ismoil, al-Yasa' va Zul-Kiflni ham esla. Barchalari axyorlardandir.
-
38:49
هَـٰذَا ذِكْرٌ ۚ وَإِنَّ لِلْمُتَّقِينَ لَحُسْنَ مَـَٔابٍ
Haazaa zikr; wa inna lilmuttaqeena lahusna ma aab
Bu eslatmadir. Albatta, taqvodorlar uchun go`zal oqibat.
-
38:50
جَنَّـٰتِ عَدْنٍ مُّفَتَّحَةً لَّهُمُ ٱلْأَبْوَٰبُ
Jannaati 'adnim mufat tahatal lahumul abwaab
Ular uchun eshiklari ochiq adn jannatlari bordir.
-
38:51
مُتَّكِـِٔينَ فِيهَا يَدْعُونَ فِيهَا بِفَـٰكِهَةٍ كَثِيرَةٍ وَشَرَابٍ
Muttaki'eena feehaa yad'oona feehaa bifaakihatin kaseeratinw wa sharaab
U yerda yonboshlagan hollarida undagi ko`plab mevalar va sharoblardan chaqiradilar.
-
38:52
۞ وَعِندَهُمْ قَـٰصِرَٰتُ ٱلطَّرْفِ أَتْرَابٌ
Wa 'indahum qaasiraatut tarfi atraab
Ularning huzurida ko`zlarini (nomahramdan) tiygan tengdosh(hur)lar bordir.
-
38:53
هَـٰذَا مَا تُوعَدُونَ لِيَوْمِ ٱلْحِسَابِ
Haaza maa too'odoona li Yawmil Hisaab
Bu sizga hisob kuni uchun va'da etilgan narsalardir.
-
38:54
إِنَّ هَـٰذَا لَرِزْقُنَا مَا لَهُۥ مِن نَّفَادٍ
Inna haazaa larizqunaa maa lahoo min nafaad
Albatta, bu Bizning (beradigan) rizqimizdir. Uning hech tugashi yo`qdir.
-
38:55
هَـٰذَا ۚ وَإِنَّ لِلطَّـٰغِينَ لَشَرَّ مَـَٔابٍ
Haazaa; wa inna littaagheena lasharra ma-aab
Ish bundaydir. Albatta, tug`yonga ketguvchilar uchun yomon oqibat.
-
38:56
جَهَنَّمَ يَصْلَوْنَهَا فَبِئْسَ ٱلْمِهَادُ
Jahannama yaslawnahaa fai'sal mihaad
Jahannam bordir. Unga kirurlar. Bas, u qanday ham yomon yotoq!
-
38:57
هَـٰذَا فَلْيَذُوقُوهُ حَمِيمٌ وَغَسَّاقٌ
Haazaa falyazooqoohu hameemunw wa ghassaaq
Mana buni tatib tursinlar: qaynoq suv va yiringni!
-
38:58
وَءَاخَرُ مِن شَكْلِهِۦٓ أَزْوَٰجٌ
Wa aakharu min shak liheee azwaaj
Va boshqa uning shaklidagi qo`sha-qo`sha (azoblar) ham.
-
38:59
هَـٰذَا فَوْجٌ مُّقْتَحِمٌ مَّعَكُمْ ۖ لَا مَرْحَبًۢا بِهِمْ ۚ إِنَّهُمْ صَالُوا۟ ٱلنَّارِ
Haazaa fawjum muqtahimum ma'akum laa marhabam bihim; innahum saalun Naar
«Mana bu guruh ham siz bilan birga bostirib kirguvchidir. Ularga marhabo yo`q. Ular, albatta, jahannamga kirguvchilardir», derlar.
-
38:60
قَالُوا۟ بَلْ أَنتُمْ لَا مَرْحَبًۢا بِكُمْ ۖ أَنتُمْ قَدَّمْتُمُوهُ لَنَا ۖ فَبِئْسَ ٱلْقَرَارُ
Qaaloo bal antum laa marhabam bikum; antum qaddamtumoohu lanaa fabi'sal qaraar
Ular: «Yo`q! O`zingizga marhabo yo`q! Sizlar o`sha(jahannam)ni bizga taqdim qildingiz! Bas, u naqadar yomon qarorgoh!» – derlar.
-
38:61
قَالُوا۟ رَبَّنَا مَن قَدَّمَ لَنَا هَـٰذَا فَزِدْهُ عَذَابًا ضِعْفًا فِى ٱلنَّارِ
Qaaloo Rabbanaa man qaddama lanaa haaza fazidhu 'azaaban di'fan fin Naar
Ular: «Ey Robbimiz, bizga bu(jahannam)ni kim taqdim etgan bo`lsa, unga do`zaxda ikki barobar azobni ziyoda qil!» – derlar.
-
38:62
وَقَالُوا۟ مَا لَنَا لَا نَرَىٰ رِجَالًا كُنَّا نَعُدُّهُم مِّنَ ٱلْأَشْرَارِ
Wa qaaloo ma lanaa laa naraa rijaalan kunnaa na'udduhum minal ashraar
Ular: «Bizga nima bo`ldi? Yomonlardan hisoblab yurgan kishilarimizni ko`rmayapmiz?
-
38:63
أَتَّخَذْنَـٰهُمْ سِخْرِيًّا أَمْ زَاغَتْ عَنْهُمُ ٱلْأَبْصَـٰرُ
Attakhaznaahum sikh riyyan am zaaghat 'anhumul absaar
Biz ularni masxara qilib olgan edikmi yo?! Yoki ko`zlar ulardan toydimi?!» – derlar.
-
38:64
إِنَّ ذَٰلِكَ لَحَقٌّ تَخَاصُمُ أَهْلِ ٱلنَّارِ
Inna zaalika lahaqqun takhaasumu Ahlin Naar
Albatta, mana shu haqdir — do`zax ahlining o`zaro tortishuvidir.
-
38:65
قُلْ إِنَّمَآ أَنَا۠ مُنذِرٌ ۖ وَمَا مِنْ إِلَـٰهٍ إِلَّا ٱللَّهُ ٱلْوَٰحِدُ ٱلْقَهَّارُ
Qul innamaaa ana munzirunw wa maa min ilaahim illal laahul Waahidul Qahhaar
Sen: «Men faqat ogohlantirguvchiman, xolos. Hech bir ibodatga sazovor zot yo`qdir, magar yagona va Qahhor (barcha maxluqotlarni qabzasida tutib, ularni O`z hukmiga yuritib va qudrati ila bo`ysundirib turuvchi) Allohgina bor.
-
38:66
رَبُّ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا ٱلْعَزِيزُ ٱلْغَفَّـٰرُ
Rabbus samaawaati wal ardi wa maa bainahumal 'Azeezul Ghaffaar
U osmonlaru yerning va ularning orasidagi narsalarning Robbi, Aziyzu Faffordir», deb ayt.
-
38:67
قُلْ هُوَ نَبَؤٌا۟ عَظِيمٌ
Qul huwa naba'un 'azeem
Sen: «Bu ulug` bir xabardir.
-
38:68
أَنتُمْ عَنْهُ مُعْرِضُونَ
Antum 'anhu mu'ridoon
Siz bo`lsangiz, undan yuz o`girmoqdasiz.
-
38:69
مَا كَانَ لِىَ مِنْ عِلْمٍۭ بِٱلْمَلَإِ ٱلْأَعْلَىٰٓ إِذْ يَخْتَصِمُونَ
Maa kaana liya min 'ilmim bilmala il a'laaa iz yakhtasimoon
Oliy to`plam haqida ular tortishayotganlarida mening hech bilimim bo`lmagan edi.
-
38:70
إِن يُوحَىٰٓ إِلَىَّ إِلَّآ أَنَّمَآ أَنَا۠ نَذِيرٌ مُّبِينٌ
Iny-yoohaaa ilaiya illaaa annnamaaa ana nazeerum mubeen
Menga faqat o`zimning ochiq-oydin ogohlantirguvchi ekanligimgina vahiy etilur», deb ayt.
-
38:71
إِذْ قَالَ رَبُّكَ لِلْمَلَـٰٓئِكَةِ إِنِّى خَـٰلِقٌۢ بَشَرًا مِّن طِينٍ
Iz qaala Rabbuka lilmalaaa'ikati innee khaaliqum basharam min teen
Esla! O`shanda Robbing farishtalarga: «Albatta, men loydan bashar yaratguvchidirman.
-
38:72
فَإِذَا سَوَّيْتُهُۥ وَنَفَخْتُ فِيهِ مِن رُّوحِى فَقَعُوا۟ لَهُۥ سَـٰجِدِينَ
Fa-iza sawwaituhoo wa nafakhtu feehi mir roohee faqa'oo lahoo saajideen
Bas, qachonki uni rostlab, ichiga ruhimdan puflaganimda, unga sajda qilib yiqilinglar!» – degan edi.
-
38:73
فَسَجَدَ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةُ كُلُّهُمْ أَجْمَعُونَ
Fasajadal malaaa'ikatu kulluhum ajma'oon
Bas, farishtalar barchalari jamlanib, sajda qildilar.
-
38:74
إِلَّآ إِبْلِيسَ ٱسْتَكْبَرَ وَكَانَ مِنَ ٱلْكَـٰفِرِينَ
Illaaa Iblees; istakbara wa kaana minal kaafireen
Magar iblisgina mutakabbirlik qildi va kofirlardan bo`ldi.
-
38:75
قَالَ يَـٰٓإِبْلِيسُ مَا مَنَعَكَ أَن تَسْجُدَ لِمَا خَلَقْتُ بِيَدَىَّ ۖ أَسْتَكْبَرْتَ أَمْ كُنتَ مِنَ ٱلْعَالِينَ
Qaala yaaa Ibleesu maa man'aka an tasjuda limaa khalaqtu biyadai; astakbarta am kunta min 'aaleen
U zot: «Ey, iblis, O`z qo`lim bilan yaratgan narsaga sajda qilishingdan seni nima man qildi?! Mutakabbirlik qildingmi?! Yoki oliy darajalilardan bo`ldingmi?!» – dedi.
-
38:76
قَالَ أَنَا۠ خَيْرٌ مِّنْهُ ۖ خَلَقْتَنِى مِن نَّارٍ وَخَلَقْتَهُۥ مِن طِينٍ
Qaala ana khairum minah; khalaqtanee min naarinw wa khalaqtahoo min teen
U: «Men undan yaxshiman. Meni olovdan yaratgansan. Uni loydan yaratgansan», dedi.
-
38:77
قَالَ فَٱخْرُجْ مِنْهَا فَإِنَّكَ رَجِيمٌ
Qaala fakhruj minhaa fainnaka rajeem
U zot: «Sen undan chiq! Bas, albatta, sen quvilgansan.
-
38:78
وَإِنَّ عَلَيْكَ لَعْنَتِىٓ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلدِّينِ
Wa inna 'alaika la'nateee ilaa Yawmid Deen
Va, albatta, senga jazo kunigacha mening la'natim bo`lgay», dedi.
-
38:79
قَالَ رَبِّ فَأَنظِرْنِىٓ إِلَىٰ يَوْمِ يُبْعَثُونَ
Qaala Rabbi fa anzirneee ilaa Yawmi yub'asoon
U: «Ey Robbim, menga ular qayta tiriltirilajak kungacha muhlat bergin!» – dedi.
-
38:80
قَالَ فَإِنَّكَ مِنَ ٱلْمُنظَرِينَ
Qaala fa innaka minal munzareen
U zot: «Sen muhlat berilganlardansan.
-
38:81
إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْوَقْتِ ٱلْمَعْلُومِ
Ilaa Yawmil waqtil ma'loom
Ma'lum vaqt kunigacha», dedi.
-
38:82
قَالَ فَبِعِزَّتِكَ لَأُغْوِيَنَّهُمْ أَجْمَعِينَ
Qaala fabi'izzatika la ughwiyannahum ajma'een
U : «Sening izzating ila qasamki, men ularning barchasini ig`vo qilaman.
-
38:83
إِلَّا عِبَادَكَ مِنْهُمُ ٱلْمُخْلَصِينَ
Illaa 'ibaadaka minhumul mukhlaseen
Magar, ulardan xalos qilingan bandalaringgina (ig`voga uchmas)», dedi.
-
38:84
قَالَ فَٱلْحَقُّ وَٱلْحَقَّ أَقُولُ
Qaala falhaqq, walhaqqa aqool
U zot: «Haq shulki, zotan, Men faqat haqni ayturman.
-
38:85
لَأَمْلَأَنَّ جَهَنَّمَ مِنكَ وَمِمَّن تَبِعَكَ مِنْهُمْ أَجْمَعِينَ
La amla'annna Jahannama minka wa mimman tabi'aka minhum ajma'een
Albatta, Men jahannamni sen va ulardan senga ergashganlar bilan jamlab to`ldirurman», dedi.
-
38:86
قُلْ مَآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ مِنْ أَجْرٍ وَمَآ أَنَا۠ مِنَ ٱلْمُتَكَلِّفِينَ
Qul maaa as'alukum 'alaihi min ajrinw wa maaa ana minal mutakallifeen
Sen: «Men uning uchun sizdan hech ajr, haq so`ramasman. Men soxtakorlardan ham emasman.
-
38:87
إِنْ هُوَ إِلَّا ذِكْرٌ لِّلْعَـٰلَمِينَ
In huwa illaa zikrul lil'aalameen
U(Qur'on) faqat olamlar uchun eslatma, xolos.
-
38:88
وَلَتَعْلَمُنَّ نَبَأَهُۥ بَعْدَ حِينٍۭ
Wa lata'lamunna naba ahoo ba'da heen
Albatta, uning xabarini bir muddatdan so`ng bilursiz», deb ayt.
Manbalar
- Maʼnolar tarjimasi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
- Qiroat: Mishari Roshid al-Afasiy, mp3quran.net.
- Transliteratsiya faqat oʻqishga yordamchi. Toʻgʻri talaffuzni qorining qiroatidan yoki ustozdan oʻrganing.
وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ
«Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!» — Qamar surasi, 54:17