Soffot surasini qanday yod olish mumkin
«Saf tortganlar»
- 37-sura
- 182 oyat
- Makkiy
- Mushafning 446–452-sahifalari
الصافات
Ilova oʻrnatilgan boʻlsa, uni ochadi, aks holda App Store / Google Play’ni ochadi.
Surani toʻliq tinglang
Qori: Mishari Roshid al-Afasiy
Qancha vaqt kerak
Har kuni ushlab tura oladigan surʼatni tanlang:
| Kuniga 1 oyat | 182 kun |
| Kuniga 3 oyat | 61 kun |
| Kuniga 5 oyat | 37 kun |
Oyatma-oyat qanday yod olish kerak
- Avval tinglangOyatni bir necha marta qoʻying va arabcha matnni koʻzingiz bilan kuzatib boring.
- Ovoz chiqarib takrorlangTilingizga oson kelguncha qayta-qayta ayting. Qaree har bir takrorni sanaydi.
- Yoddan oʻqingMatnga qaramay oʻqing. Qaree’ning tilovat rejimi sizni tinglaydi va xato qilgan soʻzlaringizni belgilaydi.
- Ulang va takrorlangYangi oyatni oldingilari bilan birga oʻqing, ertasi kuni esa surani yana bir bor takrorlang.
Soffot surasi: arabcha matni, transliteratsiyasi va tarjimasi
-
37:1
وَٱلصَّـٰٓفَّـٰتِ صَفًّا
Wassaaaffaati saffaa
Safda tizilib turuvchilar ila qasam.
-
37:2
فَٱلزَّٰجِرَٰتِ زَجْرًا
Fazzaajiraati zajraa
Zajr (qilinadiganlarni) zajr qilguvchilar ila qasam.
-
37:3
فَٱلتَّـٰلِيَـٰتِ ذِكْرًا
Fattaaliyaati Zikra
Zikrni tilovat qilguvchilar ila qasam.
-
37:4
إِنَّ إِلَـٰهَكُمْ لَوَٰحِدٌ
Inna Illaahakum la Waahid
Albatta, ilohingiz yagonadir.
-
37:5
رَّبُّ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا وَرَبُّ ٱلْمَشَـٰرِقِ
Rabbus samaawaati wal ardi wa maa bainahumaa wa Rabbul mashaariq
U zot osmonlaru yerning va ikkisi orasidagi narsalarning Robbidir. Va mashriqlarning Robbidir.
-
37:6
إِنَّا زَيَّنَّا ٱلسَّمَآءَ ٱلدُّنْيَا بِزِينَةٍ ٱلْكَوَاكِبِ
Innaa zaiyannas samaaa 'ad dunyaa bizeenatinil kawaakib
Albatta, Biz bu dunyo osmonini yulduzlar ziynati-la ziynatladik.
-
37:7
وَحِفْظًا مِّن كُلِّ شَيْطَـٰنٍ مَّارِدٍ
Wa hifzam min kulli Shaitaanim maarid
Va har bir itoatsiz shaytondan saqlash uchun.
-
37:8
لَّا يَسَّمَّعُونَ إِلَى ٱلْمَلَإِ ٱلْأَعْلَىٰ وَيُقْذَفُونَ مِن كُلِّ جَانِبٍ
Laa yassamma 'oona ilal mala il a'alaa wa yuqzafoona min kulli jaanib
Ular yuksak to`pliqqa quloq sola olmaslar va har tomondan (uchqun-la) otilurlar.
-
37:9
دُحُورًا ۖ وَلَهُمْ عَذَابٌ وَاصِبٌ
Duhooranw wa lahum 'azaabunw waasib
Haydalurlar! Ular uchun uzluksiz azob bordir.
-
37:10
إِلَّا مَنْ خَطِفَ ٱلْخَطْفَةَ فَأَتْبَعَهُۥ شِهَابٌ ثَاقِبٌ
Illaa man khatifal khatfata fa atba'ahoo shihaabun saaqib
Magar birorta so`zni o`g`rilikcha tinglagan shaxs bo`lsa, uni yoquvchi olov ta'qib etar.
-
37:11
فَٱسْتَفْتِهِمْ أَهُمْ أَشَدُّ خَلْقًا أَم مَّنْ خَلَقْنَآ ۚ إِنَّا خَلَقْنَـٰهُم مِّن طِينٍ لَّازِبٍۭ
Fastaftihim ahum ashaddu khalqan am man khalaqnaa; innaa khalaqnaahum min teenil laazib
Bas, sen ulardan so`ra: ularni yaratish qiyinroqmikan yoki Biz yaratgan zotlarni?! Albatta, Biz ularni yopishqoq loydan yaratdik.
-
37:12
بَلْ عَجِبْتَ وَيَسْخَرُونَ
Bal'ajibta wa yaskharoon
Balki sen ajablanding, ular esa masxara qilurlar.
-
37:13
وَإِذَا ذُكِّرُوا۟ لَا يَذْكُرُونَ
Wa izaa zukkiroo laa yazkuroon
Qachonki eslatilsalar, eslamaslar.
-
37:14
وَإِذَا رَأَوْا۟ ءَايَةً يَسْتَسْخِرُونَ
Wa izaa ra aw Aayatinw yastaskhiroon
Qachonki biror oyat(belgi)ni ko`rsalar, qattiqroq masxara qilurlar.
-
37:15
وَقَالُوٓا۟ إِنْ هَـٰذَآ إِلَّا سِحْرٌ مُّبِينٌ
Wa qaalooo in haazaa illaa sihrum mubeen
Ular: «Bu (Qur'on) ochiq-oydin sehrdan boshqa narsa emas.
-
37:16
أَءِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًا وَعِظَـٰمًا أَءِنَّا لَمَبْعُوثُونَ
'A-izaa mitnaa wa kunnaa turaabanw wa 'izaaman 'ainnaa lamab'oosoon
O`lsak-da, tuproq va suyak bo`lsak-da, albatta, biz qayta tiriltirilurmizmi?!
-
37:17
أَوَءَابَآؤُنَا ٱلْأَوَّلُونَ
Awa aabaa'unal awwaloon
Avvalgi ota-bobolarimiz ham-a?!» – dedilar.
-
37:18
قُلْ نَعَمْ وَأَنتُمْ دَٰخِرُونَ
Qul na'am wa antum daakhiroon
Sen: «Ha! Xor bo`lgan hollaringizda!» degin.
-
37:19
فَإِنَّمَا هِىَ زَجْرَةٌ وَٰحِدَةٌ فَإِذَا هُمْ يَنظُرُونَ
Fa innamaa hiya zajra tunw waahidatun fa izaa hum yanzuroon
Bas, u faqatgina bir qichqiriqdan iborat, xolos. Bas, birdan ular nazar solib turibdilar-da!
-
37:20
وَقَالُوا۟ يَـٰوَيْلَنَا هَـٰذَا يَوْمُ ٱلدِّينِ
Wa qaaloo yaa wailanaa haazaa Yawmud-Deen
Va ular: «Voh, sho`rimiz qurisin! Bu, jazo kuni-ku!» – derlar.
-
37:21
هَـٰذَا يَوْمُ ٱلْفَصْلِ ٱلَّذِى كُنتُم بِهِۦ تُكَذِّبُونَ
Haazaa Yawmul Faslil lazee kuntum bihee tukaziboon
«Bu, sizlar yolg`onga chiqarib yurgan ajrim kunidir.
-
37:22
۞ ٱحْشُرُوا۟ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ وَأَزْوَٰجَهُمْ وَمَا كَانُوا۟ يَعْبُدُونَ
Uhshurul lazeena zalamoo wa azwaajahum wa maa kaanoo ya'budoon
Zulm qilganlarni, ularning juftlarini va ular ibodat qilib yurgan...
-
37:23
مِن دُونِ ٱللَّهِ فَٱهْدُوهُمْ إِلَىٰ صِرَٰطِ ٱلْجَحِيمِ
Min doonil laahi fahdoohum ilaa siraatil Jaheem
Allohdan o`zga narsalarini to`planglar. Bas, ularni jahiym yo`liga hidoyat qiling» (deyilur).
-
37:24
وَقِفُوهُمْ ۖ إِنَّهُم مَّسْـُٔولُونَ
Wa qifoohum innahum mas'ooloon
Va ularni to`xtatinglar! Albatta, ular so`ralguvchidirlar.
-
37:25
مَا لَكُمْ لَا تَنَاصَرُونَ
Maa lakum laa tanaasaroon
Sizlarga nima bo`ldi? O`zaro yordamlashmayapsiz?!
-
37:26
بَلْ هُمُ ٱلْيَوْمَ مُسْتَسْلِمُونَ
Bal humul Yawma mustaslimoon
Yo`q! Ular bugungi kunda taslim bo`lguvchilardir.
-
37:27
وَأَقْبَلَ بَعْضُهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ يَتَسَآءَلُونَ
Wa aqbala ba'duhum 'alaa ba'diny yatasaaa'aloon
Ular bir-birlariga savol berurlar.
-
37:28
قَالُوٓا۟ إِنَّكُمْ كُنتُمْ تَأْتُونَنَا عَنِ ٱلْيَمِينِ
Qaalooo innakum kuntum taatoonanaa 'anil yameen
Ular: «Albatta, sizlar bizga o`ng tomondan kelar edingiz», derlar.
-
37:29
قَالُوا۟ بَل لَّمْ تَكُونُوا۟ مُؤْمِنِينَ
Qaaloo bal lam takoonoo mu'mineen
Ular: «Yo`q! Siz o`zingiz mo`min bo`lmagan edingiz.
-
37:30
وَمَا كَانَ لَنَا عَلَيْكُم مِّن سُلْطَـٰنٍۭ ۖ بَلْ كُنتُمْ قَوْمًا طَـٰغِينَ
Wa maa kaana lanaa 'alaikum min sultaanim bal kuntum qawman taagheen
Bizning ustingizdan hukmronligimiz bo`lmagan edi. Yo`q! Siz o`zingiz tug`yonga ketgan qavm edingiz.
-
37:31
فَحَقَّ عَلَيْنَا قَوْلُ رَبِّنَآ ۖ إِنَّا لَذَآئِقُونَ
Fahaqqa 'alainaa qawlu Rabbinaaa innaa lazaaa'iqoon
Bas, hammamizga Robbimizning (azob) so`zi haq bo`ldi. Albatta, biz totguvchilarmiz.
-
37:32
فَأَغْوَيْنَـٰكُمْ إِنَّا كُنَّا غَـٰوِينَ
Fa aghwainaakum innaa kunnaa ghaaween
Ha, biz sizlarni ig`vo qildik. Albatta, biz ig`vo qilguvchi edik», derlar.
-
37:33
فَإِنَّهُمْ يَوْمَئِذٍ فِى ٱلْعَذَابِ مُشْتَرِكُونَ
Fa innahum Yawma'izin fil'azaabi mushtarikoon
Bas, ular u kunda azobda sherik bo`lguvchilardir.
-
37:34
إِنَّا كَذَٰلِكَ نَفْعَلُ بِٱلْمُجْرِمِينَ
Innaa kazaalika naf'alu bil mujrimeen
Albatta, Biz jinoyatchilarga shundoq qilurmiz.
-
37:35
إِنَّهُمْ كَانُوٓا۟ إِذَا قِيلَ لَهُمْ لَآ إِلَـٰهَ إِلَّا ٱللَّهُ يَسْتَكْبِرُونَ
Innahum kaanooo izaa qeela lahum laaa ilaaha illal laahu yastakbiroon
Chunki, ularga qachonki «Laa ilaaha Illallohu», deyilsa, mutakabbirlik qilar edilar.
-
37:36
وَيَقُولُونَ أَئِنَّا لَتَارِكُوٓا۟ ءَالِهَتِنَا لِشَاعِرٍ مَّجْنُونٍۭ
Wa yaqooloona a'innaa lataarikooo aalihatinaa lishaa'irim majnoon
«Axir, biz bir jinni shoirni deb o`z xudolarimizni tark qilguvchi bo`laylikmi?!» – der edilar.
-
37:37
بَلْ جَآءَ بِٱلْحَقِّ وَصَدَّقَ ٱلْمُرْسَلِينَ
bal jaaa'a bilhaqqi wa saddaqal mursaleen
Yo`q! U haqni keltirdi va Payg`ambarlarni tasdiq qildi.
-
37:38
إِنَّكُمْ لَذَآئِقُوا۟ ٱلْعَذَابِ ٱلْأَلِيمِ
Innakum lazaaa'iqul 'azaabil aleem
Albatta, siz alamli azobni totguvchidirsiz.
-
37:39
وَمَا تُجْزَوْنَ إِلَّا مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ
Wa maa tujzawna illaa maa kuntum ta'maloon
Qilib o`tgan narsangizdan boshqa narsaning jazosini olmassiz.
-
37:40
إِلَّا عِبَادَ ٱللَّهِ ٱلْمُخْلَصِينَ
Illaa 'ibaadal laahil mukhlaseen
Magar Allohning ixlosli bandalariga....
-
37:41
أُو۟لَـٰٓئِكَ لَهُمْ رِزْقٌ مَّعْلُومٌ
Ulaaa'ika lahum rizqum ma'loom
Ana o`shalarga, o`zlariga ma'lum rizq bordir.
-
37:42
فَوَٰكِهُ ۖ وَهُم مُّكْرَمُونَ
Fa waakihu wa hum mukramoon
Meva-chevalar bordir. Ular ikrom qilingan hollarida...
-
37:43
فِى جَنَّـٰتِ ٱلنَّعِيمِ
Fee jannaatin Na'eem
Na'iym jannatlarida...
-
37:44
عَلَىٰ سُرُرٍ مُّتَقَـٰبِلِينَ
'Alaa sururim mutaqaa bileen
So`rilar ustida bir-birlariga qaragan hollarida bo`lurlar.
-
37:45
يُطَافُ عَلَيْهِم بِكَأْسٍ مِّن مَّعِينٍۭ
Yutaafu 'alaihim bikaasim mim ma'een
Ularga oqar chashmadan qadahlar aylantirib turilur.
-
37:46
بَيْضَآءَ لَذَّةٍ لِّلشَّـٰرِبِينَ
Baidaaa'a laz zatil lish shaaribeen
U oppoq, ichguvchiga lazzatbaxshdir.
-
37:47
لَا فِيهَا غَوْلٌ وَلَا هُمْ عَنْهَا يُنزَفُونَ
Laa feehaa ghawlunw wa laa hum 'anhaa yunzafoon
Unda hech bir zarar yo`qdir va undan sarxush ham bo`lmaslar.
-
37:48
وَعِندَهُمْ قَـٰصِرَٰتُ ٱلطَّرْفِ عِينٌ
Wa 'indahum qaasiraatut tarfi 'een
Oldilarida ko`zlarini (begonalardan) tiyguvchi shahlo ko`zlilar bordir.
-
37:49
كَأَنَّهُنَّ بَيْضٌ مَّكْنُونٌ
Ka annahunna baidum maknoon
Ular xuddi asrab qo`yilgan tuxumga o`xsharlar.
-
37:50
فَأَقْبَلَ بَعْضُهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ يَتَسَآءَلُونَ
Fa aqbala ba'duhum 'alaa badiny yatasaaa 'aloon
Bas, ular bir-birlaridan so`ray boshlarlar.
-
37:51
قَالَ قَآئِلٌ مِّنْهُمْ إِنِّى كَانَ لِى قَرِينٌ
Qaala qaaa'ilum minhum innee kaana lee qareen
Ichlaridan bir so`zlovchi: «Aniqki, mening bir do`stim bor edi.
-
37:52
يَقُولُ أَءِنَّكَ لَمِنَ ٱلْمُصَدِّقِينَ
Yaqoolu a'innnaka laminal musaddiqeen
U: «Sen ham tasdiqlovchilardanmisan?!
-
37:53
أَءِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًا وَعِظَـٰمًا أَءِنَّا لَمَدِينُونَ
'A-izaa mitnaa wa kunnaa turaabanw wa 'izaaman 'ainnaa lamadeenoon
O`lib, tuproq va suyaklar bo`lib ketsak ham, albatta, jazolanadiganlardan bo`lurmizmi?!» – der edi.
-
37:54
قَالَ هَلْ أَنتُم مُّطَّلِعُونَ
Qaala hal antum muttali'oon
Sizlar ham qarayapsizlarmi?» – dedi.
-
37:55
فَٱطَّلَعَ فَرَءَاهُ فِى سَوَآءِ ٱلْجَحِيمِ
Fattala'a fara aahu fee sawaaa'il Jaheem
Bas, o`zi qarab, uni do`zaxning o`rtasida ko`rdi.
-
37:56
قَالَ تَٱللَّهِ إِن كِدتَّ لَتُرْدِينِ
Qaala tallaahi in kitta laturdeen
U: «Allohga qasamki, meni ham halok qilishingga oz qolgan ekan.
-
37:57
وَلَوْلَا نِعْمَةُ رَبِّى لَكُنتُ مِنَ ٱلْمُحْضَرِينَ
Wa law laa ni'matu Rabbee lakuntu minal muhdareen
Agar Robbimning ne'mati bo`lmaganida, men ham (do`zaxga) hozir qilinganlardan bo`lur edim», dedi.
-
37:58
أَفَمَا نَحْنُ بِمَيِّتِينَ
Afamaa nahnu bimaiyiteen
«Biz o`lguvchi emas ekanmizmi?!
-
37:59
إِلَّا مَوْتَتَنَا ٱلْأُولَىٰ وَمَا نَحْنُ بِمُعَذَّبِينَ
Illa mawtatanal oola wa maa nahnu bimu'azzabeen
Faqat birinchi o`limimizdan boshqa?! Biz azoblanguvchi emas ekanmizmi?!
-
37:60
إِنَّ هَـٰذَا لَهُوَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ
Inna haazaa lahuwal fawzul 'azeem
Albatta, bu ayni ulug` yutuqdir.
-
37:61
لِمِثْلِ هَـٰذَا فَلْيَعْمَلِ ٱلْعَـٰمِلُونَ
Limisli haaza falya'ma lil 'aamiloon
Bas, amal qilguvchilar mana shunga o`xshash narsa uchun amal etsinlar».
-
37:62
أَذَٰلِكَ خَيْرٌ نُّزُلًا أَمْ شَجَرَةُ ٱلزَّقُّومِ
Azaalika khairun nuzulan am shajaratuz Zaqqom
Manzil o`laroq ana o`sha yaxshimi yoki zaqqum daraxtimi?
-
37:63
إِنَّا جَعَلْنَـٰهَا فِتْنَةً لِّلظَّـٰلِمِينَ
Innaa ja'alnaahaa fitnatal lizzaalimeen
Albatta, Biz uni zolimlar uchun fitna qildik.
-
37:64
إِنَّهَا شَجَرَةٌ تَخْرُجُ فِىٓ أَصْلِ ٱلْجَحِيمِ
Innahaa shajaratun takhruju feee aslil Jaheem
Darhaqiqat, u bir daraxt bo`lib, do`zax qa'ridan chiqur.
-
37:65
طَلْعُهَا كَأَنَّهُۥ رُءُوسُ ٱلشَّيَـٰطِينِ
Tal'uhaa ka annahoo ru'oosush Shayaateen
Uning (meva) tugar joyi xuddi shaytonlarning boshlariga o`xshar.
-
37:66
فَإِنَّهُمْ لَـَٔاكِلُونَ مِنْهَا فَمَالِـُٔونَ مِنْهَا ٱلْبُطُونَ
Fa innahum la aakiloona minhaa famaali'oona minhal butoon
Bas, albatta, ular undan yeguvchilardir. Undan qorinlarni to`ldirguvchilardir.
-
37:67
ثُمَّ إِنَّ لَهُمْ عَلَيْهَا لَشَوْبًا مِّنْ حَمِيمٍ
Summa inna lahum 'alaihaa lashawbam min hameem
So`ngra, buning ustiga, ular uchun o`ta qaynoq suvdan aralashtirma ham bor.
-
37:68
ثُمَّ إِنَّ مَرْجِعَهُمْ لَإِلَى ٱلْجَحِيمِ
Summa inna marji'ahum la ilal Jaheem
So`ngra, albatta, ularning qaytar joyi jahannamga bo`lur.
-
37:69
إِنَّهُمْ أَلْفَوْا۟ ءَابَآءَهُمْ ضَآلِّينَ
Innahum alfaw aabaaa'ahum daaalleen
Chunki, ular o`z otalarini adashgan holda topdilar.
-
37:70
فَهُمْ عَلَىٰٓ ءَاثَـٰرِهِمْ يُهْرَعُونَ
Fahum 'alaa aasaarihim yuhra'oon
Endi esa, ular o`shalarning izidan chopmoqdalar.
-
37:71
وَلَقَدْ ضَلَّ قَبْلَهُمْ أَكْثَرُ ٱلْأَوَّلِينَ
Wa laqad dalla qablahum aksarul awwaleen
Batahqiq, ulardan oldin avvalgilarning ko`plari adashganlar.
-
37:72
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا فِيهِم مُّنذِرِينَ
Wa laqad arsalnaa feehim munzireen
Batahqiq, Biz ichlariga ogohlantirguvchilar yubordik.
-
37:73
فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَـٰقِبَةُ ٱلْمُنذَرِينَ
Fanzur kaifa kaana 'aaqibatul munzareen
Bas, ogohlantirilganlarning oqibati qandoq bo`lganiga nazar sol.
-
37:74
إِلَّا عِبَادَ ٱللَّهِ ٱلْمُخْلَصِينَ
Illaa 'ibaadal laahil mukhlaseen
Magar Allohning xalos qilgan bandalarigina (halokatga uchramadilar).
-
37:75
وَلَقَدْ نَادَىٰنَا نُوحٌ فَلَنِعْمَ ٱلْمُجِيبُونَ
Wa laqad naadaanaa Noohun falani'mal mujeeboon
Batahqiq, Bizga Nuh nido qildi. Bas, naqadar yaxshi ijobat qilguvchimiz.
-
37:76
وَنَجَّيْنَـٰهُ وَأَهْلَهُۥ مِنَ ٱلْكَرْبِ ٱلْعَظِيمِ
Wa jajainaahu wa ahlahoo minal karbil 'azeem
Biz unga va uning ahliga ulug` g`amdan najot berdik.
-
37:77
وَجَعَلْنَا ذُرِّيَّتَهُۥ هُمُ ٱلْبَاقِينَ
Wa ja'alnaa zurriyyatahoo hummul baaqeen
Va uning zurriyotlarini, o`zlarini boqiy qolguvchilar qildik.
-
37:78
وَتَرَكْنَا عَلَيْهِ فِى ٱلْـَٔاخِرِينَ
Wa taraknaa 'alaihi fil aakhireen
Va keyingilar ichida uning uchun (olqishlar) qoldirdik.
-
37:79
سَلَـٰمٌ عَلَىٰ نُوحٍ فِى ٱلْعَـٰلَمِينَ
Salaamun 'alaa Noohin fil 'aalameen
Barcha olamlarda Nuhga salom bo`lsin!
-
37:80
إِنَّا كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُحْسِنِينَ
Innaa kazaalika najzil muhsineen
Albatta, Biz go`zal amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz.
-
37:81
إِنَّهُۥ مِنْ عِبَادِنَا ٱلْمُؤْمِنِينَ
Innahoo min 'ibaadinal mu'mineen
Albatta, u mo`min bandalarimizdandir.
-
37:82
ثُمَّ أَغْرَقْنَا ٱلْـَٔاخَرِينَ
Summa aghraqnal aakhareen
So`ngra, qolganlarni g`arq qildik.
-
37:83
۞ وَإِنَّ مِن شِيعَتِهِۦ لَإِبْرَٰهِيمَ
Wa ina min shee'atihee la Ibraaheem
Albatta, Ibrohim ham uning guruhidandir.
-
37:84
إِذْ جَآءَ رَبَّهُۥ بِقَلْبٍ سَلِيمٍ
Iz jaaa'a Rabbahoo bi qalbin saleem
O`shanda u o`z Robbiga sog`lom qalb ila kelmishdi.
-
37:85
إِذْ قَالَ لِأَبِيهِ وَقَوْمِهِۦ مَاذَا تَعْبُدُونَ
Iz qaala li abeehi wa qawmihee maazaa ta'budoon
O`shanda otasiga va qavmiga: «Nimaga ibodat qilmoqdasiz?!
-
37:86
أَئِفْكًا ءَالِهَةً دُونَ ٱللَّهِ تُرِيدُونَ
A'ifkan aalihatan doonal laahi tureedoon
Allohdan o`zga uydirma ilohlarni xohlaysizlarmi?!
-
37:87
فَمَا ظَنُّكُم بِرَبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ
Famaa zannukum bi Rabbil'aalameen
Olamlarning Robbi haqida nima gumoningiz bor?!» – degan edi.
-
37:88
فَنَظَرَ نَظْرَةً فِى ٱلنُّجُومِ
Fanazara nazratan finnujoom
Bas, U yulduzlarga bir nazar soldi.
-
37:89
فَقَالَ إِنِّى سَقِيمٌ
Faqaala inee saqeem
Va: «Albatta, men bemorman», dedi.
-
37:90
فَتَوَلَّوْا۟ عَنْهُ مُدْبِرِينَ
Fatawallaw 'anhu mudbireen
Darhol, undan yuz o`girib yurib ketdilar.
-
37:91
فَرَاغَ إِلَىٰٓ ءَالِهَتِهِمْ فَقَالَ أَلَا تَأْكُلُونَ
Faraagha ilaaa aalihatihim faqaala alaa taakuloon
Bas, tezda ularning xudolariga burildi va: «Qani, yemaysizlarmi?!
-
37:92
مَا لَكُمْ لَا تَنطِقُونَ
Maa lakum laa tantiqoon
Sizga nima bo`ldi?! Gapirmaysizlar?!» – dedi.
-
37:93
فَرَاغَ عَلَيْهِمْ ضَرْبًۢا بِٱلْيَمِينِ
Faraagha 'alaihim darbam bilyameen
So`ng ularga yaqinlashib, o`ng qo`l bilan ura boshladi.
-
37:94
فَأَقْبَلُوٓا۟ إِلَيْهِ يَزِفُّونَ
Fa aqbalooo ilaihi yaziffoon
U tomon shoshib, bir-birlarini turtib kelishdi.
-
37:95
قَالَ أَتَعْبُدُونَ مَا تَنْحِتُونَ
Qaala ata'budoona maa tanhitoon
U: «O`zingiz yo`nib yasagan narsaga ibodat qilasizlarmi?!» – dedi.
-
37:96
وَٱللَّهُ خَلَقَكُمْ وَمَا تَعْمَلُونَ
Wallaahu khalaqakum wa maa ta'maloon
Holbuki, sizni ham, qilgan narsalaringizni ham Alloh yaratgan-ku?!
-
37:97
قَالُوا۟ ٱبْنُوا۟ لَهُۥ بُنْيَـٰنًا فَأَلْقُوهُ فِى ٱلْجَحِيمِ
Qaalub noo lahoo bun yaanan fa alqoohu fil jaheem
Ular: «Uning uchun (o`choq) bino qilinglar, bas, uni gulxanga otinglar!» dedilar.
-
37:98
فَأَرَادُوا۟ بِهِۦ كَيْدًا فَجَعَلْنَـٰهُمُ ٱلْأَسْفَلِينَ
Fa araadoo bihee kaidan faja 'alnaahumul asfaleen
Bas, ular unga makr-hiylani iroda qilishdi. Biz ularni tuban qildik.
-
37:99
وَقَالَ إِنِّى ذَاهِبٌ إِلَىٰ رَبِّى سَيَهْدِينِ
Wa qaala innee zaahibun ilaa Rabbee sa yahdeen
U: «Albatta, men Robbimga borguvchiman. U meni hidoyat qilur.
-
37:100
رَبِّ هَبْ لِى مِنَ ٱلصَّـٰلِحِينَ
Rabbi hab lee minas saaliheen
Robbim, menga solihlardan ato et», dedi.
-
37:101
فَبَشَّرْنَـٰهُ بِغُلَـٰمٍ حَلِيمٍ
Fabashsharnaahu bighulaamin haleem
Bas, Biz unga bir halim o`g`ilning xushxabarini berdik.
-
37:102
فَلَمَّا بَلَغَ مَعَهُ ٱلسَّعْىَ قَالَ يَـٰبُنَىَّ إِنِّىٓ أَرَىٰ فِى ٱلْمَنَامِ أَنِّىٓ أَذْبَحُكَ فَٱنظُرْ مَاذَا تَرَىٰ ۚ قَالَ يَـٰٓأَبَتِ ٱفْعَلْ مَا تُؤْمَرُ ۖ سَتَجِدُنِىٓ إِن شَآءَ ٱللَّهُ مِنَ ٱلصَّـٰبِرِينَ
Falamma balagha ma'a hus sa'ya qaala yaa buniya inneee araa fil manaami anneee azbahuka fanzur maazaa taraa; qaala yaaa abatif 'al maa tu'maru satajidunee in shaaa'allaahu minas saabireen
Bas, qachonki (bola) uning o`zi bilan birga yuradigan bo`lganida: «Ey o`g`ilcham, men tushimda seni so`yayotganimni ko`rmoqdaman, boqib ko`r, nima dersan?» – dedi. U: «Ey otajon, senga amr etilganni bajar, inshoalloh, meni sabr qilguvchilardan topursan», dedi.
-
37:103
فَلَمَّآ أَسْلَمَا وَتَلَّهُۥ لِلْجَبِينِ
Falammaaa aslamaa wa tallahoo liljabeen
Ikkovlari taslim bo`lib, uni peshonasicha yotqizganida.
-
37:104
وَنَـٰدَيْنَـٰهُ أَن يَـٰٓإِبْرَٰهِيمُ
Wa naadainaahu ai yaaaa Ibraheem
Biz unga nido qildik: «Ey Ibrohim!
-
37:105
قَدْ صَدَّقْتَ ٱلرُّءْيَآ ۚ إِنَّا كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُحْسِنِينَ
Qad saddaqtar ru'yaa; innaa kazaalika najzil muhsineen
Batahqiq, sen tushni tasdiq qilding! Albatta, Biz go`zal ish qilguvchilarni mana shunday mukofotlaymiz».
-
37:106
إِنَّ هَـٰذَا لَهُوَ ٱلْبَلَـٰٓؤُا۟ ٱلْمُبِينُ
Inna haazaa lahuwal balaaa'ul mubeen
Albatta, bu ochiq-oydin sinovning ayni o`zidir.
-
37:107
وَفَدَيْنَـٰهُ بِذِبْحٍ عَظِيمٍ
Wa fadainaahu bizibhin 'azeem
Biz uning o`rniga katta qurbonlik fido qildik.
-
37:108
وَتَرَكْنَا عَلَيْهِ فِى ٱلْـَٔاخِرِينَ
Wa taraknaa 'alaihi fil aakhireen
Va keyingilar ichida uning uchun (olqishlar) qoldirdik.
-
37:109
سَلَـٰمٌ عَلَىٰٓ إِبْرَٰهِيمَ
Salaamun 'alaaa Ibraaheem
Ibrohimga salom bo`lsin!
-
37:110
كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُحْسِنِينَ
Kazaalika najzil muhsineen
Biz go`zal amal qilguvchilarni shunday mukofotlarmiz.
-
37:111
إِنَّهُۥ مِنْ عِبَادِنَا ٱلْمُؤْمِنِينَ
Innahoo min 'ibaadinal mu'mineen
Chunki, u mo`min bandalarimizdandir.
-
37:112
وَبَشَّرْنَـٰهُ بِإِسْحَـٰقَ نَبِيًّا مِّنَ ٱلصَّـٰلِحِينَ
Wa bashsharnaahu bi Ishaaqa Nabiyam minas saaliheen
Yana, Biz unga solihlardan bir Payg`ambar bo`lajak Is'hoqning xushxabarini berdik.
-
37:113
وَبَـٰرَكْنَا عَلَيْهِ وَعَلَىٰٓ إِسْحَـٰقَ ۚ وَمِن ذُرِّيَّتِهِمَا مُحْسِنٌ وَظَالِمٌ لِّنَفْسِهِۦ مُبِينٌ
Wa baaraknaa 'alaihi wa 'alaaa Ishaaq; wa min zurriyya tihimaa muhsinunw wa zaalimul linafshihee mubeen
Va unga ham, Is'hoqqa ham baraka berdik. Ikkovlarining zurriyotidan go`zal amal qilguvchi ham, o`ziga ochiq-oydin zulm qilguvchi ham bo`lur.
-
37:114
وَلَقَدْ مَنَنَّا عَلَىٰ مُوسَىٰ وَهَـٰرُونَ
Wa laqad mananna alaa Moosaa wa Haaroon
Batahqiq, Biz Muso va Horunga ne'mat berdik.
-
37:115
وَنَجَّيْنَـٰهُمَا وَقَوْمَهُمَا مِنَ ٱلْكَرْبِ ٱلْعَظِيمِ
Wa najjainaahumaa wa qawmahumaa minal karbil 'azeem
Ikkovlariga va qavmlariga katta g`amdan najot berdik.
-
37:116
وَنَصَرْنَـٰهُمْ فَكَانُوا۟ هُمُ ٱلْغَـٰلِبِينَ
Wa nasarnaahum fakaanoo humul ghaalibeen
Va ularga nusrat berdik, bas, ular g`olib bo`ldilar.
-
37:117
وَءَاتَيْنَـٰهُمَا ٱلْكِتَـٰبَ ٱلْمُسْتَبِينَ
Wa aatainaahumal Kitaabal mustabeen
Va Biz ikkovlariga ravshanu komil bayonli kitobni berdik.
-
37:118
وَهَدَيْنَـٰهُمَا ٱلصِّرَٰطَ ٱلْمُسْتَقِيمَ
Wa hadainaahumus Siraatal Mustaqeem
Va ikkovlarini sirotul mustaqiymga hidoyat qildik.
-
37:119
وَتَرَكْنَا عَلَيْهِمَا فِى ٱلْـَٔاخِرِينَ
Wa taraknaa 'alaihimaa fil aakhireen
Va keyingilar ichida ikkovlari uchun (olqishlar) qoldirdik.
-
37:120
سَلَـٰمٌ عَلَىٰ مُوسَىٰ وَهَـٰرُونَ
Salaamun 'alaa Moosaa wa Haaroon
Muso va Horunga salom bo`lsin!
-
37:121
إِنَّا كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُحْسِنِينَ
Innaa kazaalika najzil muhsineen
Biz go`zal amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz.
-
37:122
إِنَّهُمَا مِنْ عِبَادِنَا ٱلْمُؤْمِنِينَ
Innahumaa min 'ibaadinal mu'mineen
Chunki, ikkovlari mo`min bandalarimizdandirlar.
-
37:123
وَإِنَّ إِلْيَاسَ لَمِنَ ٱلْمُرْسَلِينَ
Wa inna Ilyaasa laminal mursaleen
Albatta, Ilyos ham yuborilgan Payg`ambarlardandir.
-
37:124
إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِۦٓ أَلَا تَتَّقُونَ
Iz qaala liqawmiheee alaa tattaqoon
O`shanda u qavmiga: «Taqvo qilmaysizmi?!
-
37:125
أَتَدْعُونَ بَعْلًا وَتَذَرُونَ أَحْسَنَ ٱلْخَـٰلِقِينَ
Atad'oona Ba'lanw wa tazaroona ahsanal khaaliqeen
Ba'lga ibodat qilib, yaratuvchilarning eng yaxshisini...
-
37:126
ٱللَّهَ رَبَّكُمْ وَرَبَّ ءَابَآئِكُمُ ٱلْأَوَّلِينَ
Allaaha Rabbakum wa Rabba aabaaa'ikumul awwaleen
O`z Robbingizni va avvalgi ota-bobolaringizning Robbi Allohni tark etasizmi?!» – dedi.
-
37:127
فَكَذَّبُوهُ فَإِنَّهُمْ لَمُحْضَرُونَ
Fakazzaboohu fa inna hum lamuhdaroon
Bas, uni yolg`onchi qildilar. Endi, albatta, ular (azobga) hozir qilinguvchilardir.
-
37:128
إِلَّا عِبَادَ ٱللَّهِ ٱلْمُخْلَصِينَ
Illaa 'ibaadal laahil mukhlaseen
Magar Allohning muxlis bandalarigina (hozir qilinmaslar).
-
37:129
وَتَرَكْنَا عَلَيْهِ فِى ٱلْـَٔاخِرِينَ
Wa taraknaa 'alaihi fil aakhireen
Va keyingilar ichida uning uchun (olqishlar) qoldirdik.
-
37:130
سَلَـٰمٌ عَلَىٰٓ إِلْ يَاسِينَ
Salaamun 'alaaa Ilyaaseen
Ilyosiynga salom bo`lsin.
-
37:131
إِنَّا كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُحْسِنِينَ
Innaa kazaalika najzil muhsineen
Biz go`zal amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz.
-
37:132
إِنَّهُۥ مِنْ عِبَادِنَا ٱلْمُؤْمِنِينَ
Innahoo min 'ibaadinal mu'mineen
Chunki, u mo`min bandalarimizdandir.
-
37:133
وَإِنَّ لُوطًا لَّمِنَ ٱلْمُرْسَلِينَ
Wa inna Lootal laminal mursaleen
Albatta, Lut ham yuborilgan Payg`ambarlardandir.
-
37:134
إِذْ نَجَّيْنَـٰهُ وَأَهْلَهُۥٓ أَجْمَعِينَ
Iz najjainaahu wa ahlahooo ajma'een
O`shanda Biz unga va uning ahliga, hammalariga najot berdik.
-
37:135
إِلَّا عَجُوزًا فِى ٱلْغَـٰبِرِينَ
Illaa 'ajoozan fil ghaabireen
Magar bir kampirgina (azobda) qolguvchilardan bo`ldi.
-
37:136
ثُمَّ دَمَّرْنَا ٱلْـَٔاخَرِينَ
Summa dammarnal aakhareen
So`ngra qolganlarini halok etdik.
-
37:137
وَإِنَّكُمْ لَتَمُرُّونَ عَلَيْهِم مُّصْبِحِينَ
Wa innakum latamurroona 'alaihim musbiheen
Albatta, siz kechayu kunduz ularning ustidan o`tib turursiz. Aql yuritmaysizlarmi?!
-
37:138
وَبِٱلَّيْلِ ۗ أَفَلَا تَعْقِلُونَ
Wa billail; afalaa ta'qiloon
Albatta, siz kechayu kunduz ularning ustidan o`tib turursiz. Aql yuritmaysizlarmi?!
-
37:139
وَإِنَّ يُونُسَ لَمِنَ ٱلْمُرْسَلِينَ
Wa inna Yoonusa laminal mursaleen
Albatta, Yunus ham yuborilgan Payg`ambarlardandir.
-
37:140
إِذْ أَبَقَ إِلَى ٱلْفُلْكِ ٱلْمَشْحُونِ
Iz abaqa ilal fulkil mash hoon
O`shanda u to`lgan kemaga qochdi.
-
37:141
فَسَاهَمَ فَكَانَ مِنَ ٱلْمُدْحَضِينَ
Fasaahama fakaana minal mudhadeen
Bas, qur'a tashlashdi va u mag`lublardan bo`ldi.
-
37:142
فَٱلْتَقَمَهُ ٱلْحُوتُ وَهُوَ مُلِيمٌ
Faltaqamahul hootu wa huwa muleem
Bas, uni malomatga loyiq bo`lgan holida nahang baliq yutdi.
-
37:143
فَلَوْلَآ أَنَّهُۥ كَانَ مِنَ ٱلْمُسَبِّحِينَ
Falaw laaa annahoo kaana minal musabbiheen
Agar u ko`p tasbih aytguvchilardan bo`lmaganida edi,
-
37:144
لَلَبِثَ فِى بَطْنِهِۦٓ إِلَىٰ يَوْمِ يُبْعَثُونَ
Lalabisa fee batniheee ilaa Yawmi yub'asoon
Uning qornida qayta tiriltiradigan kungacha qolib ketar edi.
-
37:145
۞ فَنَبَذْنَـٰهُ بِٱلْعَرَآءِ وَهُوَ سَقِيمٌ
Fanabaznaahu bil'araaa'i wa huwa saqeem
Bas, Biz uni bemor holida maydonga otdik.
-
37:146
وَأَنۢبَتْنَا عَلَيْهِ شَجَرَةً مِّن يَقْطِينٍ
Wa ambatnaa 'alaihi shajaratam mai yaqteen
Va uning ustiga qovoq daraxtini o`stirib qo`ydik.
-
37:147
وَأَرْسَلْنَـٰهُ إِلَىٰ مِا۟ئَةِ أَلْفٍ أَوْ يَزِيدُونَ
Wa arsalnaahu ilaa mi'ati alfin aw yazeedoon
Va uni yuz ming yoki undan ko`proqqa Payg`ambar qilib yubordik.
-
37:148
فَـَٔامَنُوا۟ فَمَتَّعْنَـٰهُمْ إِلَىٰ حِينٍ
Fa aamanoo famatta' naahum ilaa heen
Bas, iymon keltirdilar. Keyin Biz ularni ma'lum muddat bahramand qildik.
-
37:149
فَٱسْتَفْتِهِمْ أَلِرَبِّكَ ٱلْبَنَاتُ وَلَهُمُ ٱلْبَنُونَ
Fastaftihim ali Rabbikal banaatu wa lahumul banoon
Bas, ulardan so`ra-chi, Robbingga qizlar-u, ularga o`g`illar ekanmi?!
-
37:150
أَمْ خَلَقْنَا ٱلْمَلَـٰٓئِكَةَ إِنَـٰثًا وَهُمْ شَـٰهِدُونَ
Am khalaqnal malaaa'i kata inaasanw wa hm shaahidoon
Yoki Biz farishtalarni qiz qilib yaratganmiz-u, ular guvoh bo`lib turganlarmi?
-
37:151
أَلَآ إِنَّهُم مِّنْ إِفْكِهِمْ لَيَقُولُونَ
Alaaa innahum min ifkihim la yaqooloon
Ogoh bo`lingkim! Ular o`z uydirmalarida derlar:
-
37:152
وَلَدَ ٱللَّهُ وَإِنَّهُمْ لَكَـٰذِبُونَ
Waladal laahu wa innhum lakaaziboon
«Alloh tug`di». Albatta, ular yolg`onchilardir.
-
37:153
أَصْطَفَى ٱلْبَنَاتِ عَلَى ٱلْبَنِينَ
Astafal banaati 'alal baneen
U zot o`g`illarni qo`yib, qizlarni tanlab olibdimi?
-
37:154
مَا لَكُمْ كَيْفَ تَحْكُمُونَ
Maa lakum kaifa tahkumoon
Sizga nima bo`ldi?! Qanday hukm chiqarmoqdasiz?
-
37:155
أَفَلَا تَذَكَّرُونَ
Afalaa tazakkaroon
Axir, eslamaysizlarmi?!
-
37:156
أَمْ لَكُمْ سُلْطَـٰنٌ مُّبِينٌ
Am lakum sultaanum mubeen
Yoki sizda ochiq-oydin hujjat bormi?!
-
37:157
فَأْتُوا۟ بِكِتَـٰبِكُمْ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ
Faatoo bi Kitaabikum in kuntum saadiqeen
Agar rostgo`ylardan bo`lsangiz, kitobingizni keltiring!
-
37:158
وَجَعَلُوا۟ بَيْنَهُۥ وَبَيْنَ ٱلْجِنَّةِ نَسَبًا ۚ وَلَقَدْ عَلِمَتِ ٱلْجِنَّةُ إِنَّهُمْ لَمُحْضَرُونَ
Wa ja'aloo bainahoo wa bainal jinnati nasabaa; wa laqad 'alimatil jinnatu innahum lamuhdaroon
Va ular U bilan jinlar orasida nasab (da'vosi) qildilar. Holbuki, jinlar o`zlarining albatta (azobga) hozir qilinguvchiliklarini bilganlar.
-
37:159
سُبْحَـٰنَ ٱللَّهِ عَمَّا يَصِفُونَ
Subhaanal laahi 'ammaa yasifoon
Alloh ular vasf qilgan narsadan pokdir.
-
37:160
إِلَّا عِبَادَ ٱللَّهِ ٱلْمُخْلَصِينَ
Illaa 'ibaadal laahil mukhlaseen
Faqat Allohning ixlosli bandalarigina (mustasnodir).
-
37:161
فَإِنَّكُمْ وَمَا تَعْبُدُونَ
Fa innakum wa maa ta'ubdoon
Albatta, siz ham, siz ibodat qilayotgan narsalar ham...
-
37:162
مَآ أَنتُمْ عَلَيْهِ بِفَـٰتِنِينَ
Maaa antum 'alaihi befaaatineen
U zotga qarshi fitnaga solguvchi bo`la olmassiz.
-
37:163
إِلَّا مَنْ هُوَ صَالِ ٱلْجَحِيمِ
Illaa man huwa saalil jaheem
Illo, kim jahannamga kirguvchi bo`lsa.
-
37:164
وَمَا مِنَّآ إِلَّا لَهُۥ مَقَامٌ مَّعْلُومٌ
Wa maa minnasa illaa lahoo maqaamum ma'loom
Bizdan har birimizning ma'lum maqomimiz bordir.
-
37:165
وَإِنَّا لَنَحْنُ ٱلصَّآفُّونَ
Wa innaa llanah nus saaffoon
Albatta, bizlar saf tortib turguvchilarmiz.
-
37:166
وَإِنَّا لَنَحْنُ ٱلْمُسَبِّحُونَ
Wa innaa lanah nul musabbihoon
Va, albatta, bizlar tasbih aytguvchilarmiz.
-
37:167
وَإِن كَانُوا۟ لَيَقُولُونَ
Wa in kaanoo la yaqooloon
Holbuki, ular der edilar:
-
37:168
لَوْ أَنَّ عِندَنَا ذِكْرًا مِّنَ ٱلْأَوَّلِينَ
Law anna 'indana zikram minal awwaleen
«Agar bizning huzurimizda ham avvalgilardan bir eslatma bo`lganida...
-
37:169
لَكُنَّا عِبَادَ ٱللَّهِ ٱلْمُخْلَصِينَ
Lakunna 'ibaadal laahil mukhlaseen
Albatta, Allohning ixlosli bandalaridan bo`lar edik».
-
37:170
فَكَفَرُوا۟ بِهِۦ ۖ فَسَوْفَ يَعْلَمُونَ
Fakafaroo bihee fasawfa ya'lamoon
Bas, unga kufr keltirdilar. Endi yaqinda bilurlar.
-
37:171
وَلَقَدْ سَبَقَتْ كَلِمَتُنَا لِعِبَادِنَا ٱلْمُرْسَلِينَ
Wa laqad sabaqat Kalimatunaa li'ibaadinal mursa leen
Batahqiq, Payg`ambar etib yuborilgan bandalarimizga so`zimiz o`tgandir.
-
37:172
إِنَّهُمْ لَهُمُ ٱلْمَنصُورُونَ
Innaa hum lahumul mansooroon
Albatta, ular, ha, ulargina nusrat topishlari.
-
37:173
وَإِنَّ جُندَنَا لَهُمُ ٱلْغَـٰلِبُونَ
Wa inna jundana lahumul ghaaliboon
Va, albatta, Bizning lashkarimizgina g`olib bo`lishi haqida.
-
37:174
فَتَوَلَّ عَنْهُمْ حَتَّىٰ حِينٍ
Fatawalla 'anhum hatta heen
Bas, sen ulardan bir vaqtgacha yuz o`gir.
-
37:175
وَأَبْصِرْهُمْ فَسَوْفَ يُبْصِرُونَ
Wa absirhum fasawfa yubsiroon
Va ularning (tomoshasini) ko`r! Bas, tezda o`zlari ham ko`rajaklar.
-
37:176
أَفَبِعَذَابِنَا يَسْتَعْجِلُونَ
Afabi'azaabinaa yasta'jiloon
Hali ular Bizning azobimizni shoshiltirmoqdamilar?!
-
37:177
فَإِذَا نَزَلَ بِسَاحَتِهِمْ فَسَآءَ صَبَاحُ ٱلْمُنذَرِينَ
Fa izaa nazala bisaahatihim fasaaa'a sabaahul munzareen
Qachonki, u ularning hovlisiga tushganida, ogohlantirilganlarning tongi juda yomon bo`lur.
-
37:178
وَتَوَلَّ عَنْهُمْ حَتَّىٰ حِينٍ
Wa tawalla 'anhum hattaa heen
Bas, sen ulardan bir vaqtgacha yuz o`gir.
-
37:179
وَأَبْصِرْ فَسَوْفَ يُبْصِرُونَ
Wa absir fasawfa yubsiroon
Va (ularning tomoshasini) ko`r! Bas, tezda o`zlari ham ko`rajaklar.
-
37:180
سُبْحَـٰنَ رَبِّكَ رَبِّ ٱلْعِزَّةِ عَمَّا يَصِفُونَ
Subhaana Rabbika Rabbil 'izzati 'amma yasifoon
Sening Robbing, izzat Robbi ular qilgan vasfdan pokdir.
-
37:181
وَسَلَـٰمٌ عَلَى ٱلْمُرْسَلِينَ
Wa salaamun 'alalmursaleen
Va yuborilgan Payg`ambarlarga salom bo`lsin!
-
37:182
وَٱلْحَمْدُ لِلَّهِ رَبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ
Walhamdu lillaahi Rabbil 'aalameen
Olamlarning Robbi Allohga hamdlar bo`lsin!
Manbalar
- Maʼnolar tarjimasi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
- Qiroat: Mishari Roshid al-Afasiy, mp3quran.net.
- Transliteratsiya faqat oʻqishga yordamchi. Toʻgʻri talaffuzni qorining qiroatidan yoki ustozdan oʻrganing.
وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ
«Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!» — Qamar surasi, 54:17