1. Qaree
  2. Suralar
  3. Zuxruf surasi

Zuxruf surasini qanday yod olish mumkin

«Zeb-ziynat»

  • 43-sura
  • 89 oyat
  • Makkiy
  • Mushafning 489–495-sahifalari

الزخرف

Zuxruf surasini Qaree’da yod olish

Ilova oʻrnatilgan boʻlsa, uni ochadi, aks holda App Store / Google Play’ni ochadi.

Surani toʻliq tinglang

Qori: Mishari Roshid al-Afasiy

Qancha vaqt kerak

Har kuni ushlab tura oladigan surʼatni tanlang:

Kuniga 1 oyat89 kun
Kuniga 3 oyat30 kun
Kuniga 5 oyat18 kun

Oyatma-oyat qanday yod olish kerak

  1. Avval tinglangOyatni bir necha marta qoʻying va arabcha matnni koʻzingiz bilan kuzatib boring.
  2. Ovoz chiqarib takrorlangTilingizga oson kelguncha qayta-qayta ayting. Qaree har bir takrorni sanaydi.
  3. Yoddan oʻqingMatnga qaramay oʻqing. Qaree’ning tilovat rejimi sizni tinglaydi va xato qilgan soʻzlaringizni belgilaydi.
  4. Ulang va takrorlangYangi oyatni oldingilari bilan birga oʻqing, ertasi kuni esa surani yana bir bor takrorlang.

Zuxruf surasi: arabcha matni, transliteratsiyasi va tarjimasi

  1. 43:1

    حمٓ

    Haa-Meeem

    Haa. Miym.

  2. 43:2

    وَٱلْكِتَـٰبِ ٱلْمُبِينِ

    Wal Kitaabil Mubeen

    Ochiq-oydin kitob ila qasam.

  3. 43:3

    إِنَّا جَعَلْنَـٰهُ قُرْءَٰنًا عَرَبِيًّا لَّعَلَّكُمْ تَعْقِلُونَ

    Innaa ja'alnaahu Quraanan 'Arabiyyal la'allakum ta'qiloon

    Albatta, Biz uni arabcha Qur'on qildik. Shoyadki, aql yuritsangiz.

  4. 43:4

    وَإِنَّهُۥ فِىٓ أُمِّ ٱلْكِتَـٰبِ لَدَيْنَا لَعَلِىٌّ حَكِيمٌ

    Wa innahoo feee Ummil Kitaabi Ladainaa la'aliyyun hakeem

    Albatta, u huzurimizdagi ona kitobdadir, u oliydir, hikmatlidir.

  5. 43:5

    أَفَنَضْرِبُ عَنكُمُ ٱلذِّكْرَ صَفْحًا أَن كُنتُمْ قَوْمًا مُّسْرِفِينَ

    Afanadribu 'ankumuz Zikra safhan an kuntum qawmam musrifeen

    Nahotki, siz isrofchi qavm bo`lganingiz uchun sizdan yuz o`girib, zikr(eslatma)ni burib yuborsak?!

  6. 43:6

    وَكَمْ أَرْسَلْنَا مِن نَّبِىٍّ فِى ٱلْأَوَّلِينَ

    Wa kam arsalnaa min Nabiyyin fil awwaleen

    Avvalgilarga qanchadan-qancha Payg`ambarlar yubordik.

  7. 43:7

    وَمَا يَأْتِيهِم مِّن نَّبِىٍّ إِلَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ

    Wa maa yaateehim min Nabiyyin illaa kaanoo bihee yasahzi'oon

    Ular o`zlariga kelgan har bir Payg`ambarni albatta istehzo qilganlar.

  8. 43:8

    فَأَهْلَكْنَآ أَشَدَّ مِنْهُم بَطْشًا وَمَضَىٰ مَثَلُ ٱلْأَوَّلِينَ

    Fa ahlaknaaa ashadda minhum batshanw wa madaa masalul lawwaleen

    Bas, Biz ulardan ko`ra kuchliroqlarni halok qilganmiz. Avvalgilarning misoli (zikr bo`lib) o`tdi.

  9. 43:9

    وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّنْ خَلَقَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ لَيَقُولُنَّ خَلَقَهُنَّ ٱلْعَزِيزُ ٱلْعَلِيمُ

    Wa la'in sa altahum man khalaqas samaawaati wal arda la yaqoolunna khalaqa hunnal 'Azeezul 'Aleem

    Ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratgan!» – deb so`rasang, albatta: «Ularni aziyz va o`ta ilmli zot yaratgan», derlar.

  10. 43:10

    ٱلَّذِى جَعَلَ لَكُمُ ٱلْأَرْضَ مَهْدًا وَجَعَلَ لَكُمْ فِيهَا سُبُلًا لَّعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ

    Allazee ja'ala lakumul arda mahdanw wa ja'ala lakum feehaa subulal la'allakum tahtadoon

    U zot sizga yerni beshik qilib berdi va sizga unda yo`llar qilib qo`ydi. Shoyadki, hidoyat topsangiz.

  11. 43:11

    وَٱلَّذِى نَزَّلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءًۢ بِقَدَرٍ فَأَنشَرْنَا بِهِۦ بَلْدَةً مَّيْتًا ۚ كَذَٰلِكَ تُخْرَجُونَ

    Wallazee nazzala minas samaaa'i maaa'am biqadarin fa anshamaa bihee baldatam maitaa' kazaalika tukhrajoon

    U zot osmondan o`lchov ila suv tushirdi. Bas, biz u(suv) ila o`lik yurtni tiriltirdik. Siz ham shunga o`xshash chiqarilursiz.

  12. 43:12

    وَٱلَّذِى خَلَقَ ٱلْأَزْوَٰجَ كُلَّهَا وَجَعَلَ لَكُم مِّنَ ٱلْفُلْكِ وَٱلْأَنْعَـٰمِ مَا تَرْكَبُونَ

    Wallazee khalaqal azwaaja kullahaa wa ja'ala lakum minal fulki wal-an'aami maa tarkaboon

    U zot barcha juftlarni yaratgan va sizga kemalar hamda chorva hayvonlaridan minadigan narsalaringizni qildi.

  13. 43:13

    لِتَسْتَوُۥا۟ عَلَىٰ ظُهُورِهِۦ ثُمَّ تَذْكُرُوا۟ نِعْمَةَ رَبِّكُمْ إِذَا ٱسْتَوَيْتُمْ عَلَيْهِ وَتَقُولُوا۟ سُبْحَـٰنَ ٱلَّذِى سَخَّرَ لَنَا هَـٰذَا وَمَا كُنَّا لَهُۥ مُقْرِنِينَ

    Litastawoo 'alaa zuhoorihee summa tazkuroo ni'mata Rabbikum izastawaitum 'alaihi wa taqooloo Subhaanal lazee sakhkhara lana haaza wa maa kunnaa lahoo muqrineen

    Toki, siz ularning ustiga o`rnashgaysizlar, so`ngra, ularning ustiga o`rnashib olgach, Robbingiz ne'matini eslab: «Bizga buni bo`ysundirgan Zot pokdir. Biz bunga qodir emas edik.

  14. 43:14

    وَإِنَّآ إِلَىٰ رَبِّنَا لَمُنقَلِبُونَ

    Wa innaaa ilaa Rabbinaa lamunqaliboon

    Va, albatta, biz Robbimizga qaytguvchilardirmiz», degaysiz.

  15. 43:15

    وَجَعَلُوا۟ لَهُۥ مِنْ عِبَادِهِۦ جُزْءًا ۚ إِنَّ ٱلْإِنسَـٰنَ لَكَفُورٌ مُّبِينٌ

    Wa ja'aloo lahoo min 'ibaadihee juz'aa; innal insaana lakafoorum mubeen

    Ular bandalaridan Unga bo`lak (hukm) qildilar. Albatta, inson ochiq-oydin noshukrdir.

  16. 43:16

    أَمِ ٱتَّخَذَ مِمَّا يَخْلُقُ بَنَاتٍ وَأَصْفَىٰكُم بِٱلْبَنِينَ

    Amit takhaza mimmaa yakhluqu banaatinw wa asfaakum bilbaneen

    Yoki U zot O`zi yaratadigan narsadan qizlar tutib, sizlarni o`g`illar ila siyladimi?

  17. 43:17

    وَإِذَا بُشِّرَ أَحَدُهُم بِمَا ضَرَبَ لِلرَّحْمَـٰنِ مَثَلًا ظَلَّ وَجْهُهُۥ مُسْوَدًّا وَهُوَ كَظِيمٌ

    Wa izaa bushshira ahaduhum bimaa daraba lir Rahmaani masalan zalla wajhuhoo muswaddanw wa hua kazeem

    Qachonki ulardan birortasiga, Rohmanga misol keltirgan narsaning xushxabari berilsa, g`azabga to`lib, yuzi qorayib ketur.

  18. 43:18

    أَوَمَن يُنَشَّؤُا۟ فِى ٱلْحِلْيَةِ وَهُوَ فِى ٱلْخِصَامِ غَيْرُ مُبِينٍ

    Awa mai yunashsha'u fil hilyati wa huwa fil khisaami ghairu mubeen

    Zebu ziynat ichida o`stiriladigan va xusumat paytida ochiq-oydin bo`la olmaydigan kimsanimi?!

  19. 43:19

    وَجَعَلُوا۟ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةَ ٱلَّذِينَ هُمْ عِبَـٰدُ ٱلرَّحْمَـٰنِ إِنَـٰثًا ۚ أَشَهِدُوا۟ خَلْقَهُمْ ۚ سَتُكْتَبُ شَهَـٰدَتُهُمْ وَيُسْـَٔلُونَ

    Wa ja'alul malaaa'ikatal lazeena hum 'ibaadur Rahmaani inaasaa; a shahidoo khalaqhum; satuktabu shahaa datuhum wa yus'aloon

    Ular Rohmanning bandalari bo`lmish farishtalarni ayollar hisobladilar. Yoki ularning yaratilishiga guvoh bo`ldilarmi?! Albatta, bu guvohliklari yozilur va so`roqqa tutilurlar!

  20. 43:20

    وَقَالُوا۟ لَوْ شَآءَ ٱلرَّحْمَـٰنُ مَا عَبَدْنَـٰهُم ۗ مَّا لَهُم بِذَٰلِكَ مِنْ عِلْمٍ ۖ إِنْ هُمْ إِلَّا يَخْرُصُونَ

    Wa qaaloo law shaaa'ar Rahmaanu maa 'abadnaahum; maa lahum bizaalika min 'ilmin in hum illaa yakhrusoon

    Ular: «Agar Rohman xohlaganida, biz ularga ibodat qilmas edik», dedilar. Ularda bu haqda hech bir ilm yo`q. Ular faqat aljiramoqdalar, xolos.

  21. 43:21

    أَمْ ءَاتَيْنَـٰهُمْ كِتَـٰبًا مِّن قَبْلِهِۦ فَهُم بِهِۦ مُسْتَمْسِكُونَ

    Am aatainaahum Kitaabam min qablihee fahum bihee mustamsikoon

    Yoki Biz ularga u(Qur'on)dan oldin bir kitob berganmiz-u, ular uni mahkam tutuvchilarmi?!

  22. 43:22

    بَلْ قَالُوٓا۟ إِنَّا وَجَدْنَآ ءَابَآءَنَا عَلَىٰٓ أُمَّةٍ وَإِنَّا عَلَىٰٓ ءَاثَـٰرِهِم مُّهْتَدُونَ

    Bal qaalooo innaa wajadnaaa aabaaa'anaa 'alaaa ummatinw wa innaa 'alaaa aasaarihim muhtadoon

    Yo`q! Ular: «Biz ota-bobolarimizni bir dinda topdikki, albatta, biz ularning izlaridan (ergashib) hidoyat topguvchidirmiz», dedilar.

  23. 43:23

    وَكَذَٰلِكَ مَآ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ فِى قَرْيَةٍ مِّن نَّذِيرٍ إِلَّا قَالَ مُتْرَفُوهَآ إِنَّا وَجَدْنَآ ءَابَآءَنَا عَلَىٰٓ أُمَّةٍ وَإِنَّا عَلَىٰٓ ءَاثَـٰرِهِم مُّقْتَدُونَ

    Wa kazaalika maaa arsalnaa min qablika fee qaryatim min nazeerin illaa qaala mutrafoohaaa innaa wajadnaaa aabaaa'anaa 'alaaa ummatinw wa innaa 'alaaa aasaarihim muqtadoon

    Xuddi shuningdek, Biz sendan ilgari ham qaysi bir qishloq-shaharga ogohlantirguvchi yuborsak, albatta, uning zodagonlari: «Ta'kidki, biz ota-bobolarimizni bir dinda topdik va, albatta, biz ularning izlaridan ergashguvchilardirmiz», dedilar.

  24. 43:24

    ۞ قَـٰلَ أَوَلَوْ جِئْتُكُم بِأَهْدَىٰ مِمَّا وَجَدتُّمْ عَلَيْهِ ءَابَآءَكُمْ ۖ قَالُوٓا۟ إِنَّا بِمَآ أُرْسِلْتُم بِهِۦ كَـٰفِرُونَ

    Qaala awa law ji'tukum bi ahdaa mimmaa wajattum 'alaihi aabaaa'akum qaalooo innaa bimaaa ursiltum bihee kaafiroon

    U (ogohlantiruvchi): «Agar men sizga siz ota-bobongizni ustida topgan narsangizdan ham hidoyatliroqni keltirgan bo`lsam ham-a?!» – dedi. Ular: «Biz sen ila yuborilgan narsaga kofirdirmiz», dedilar.

  25. 43:25

    فَٱنتَقَمْنَا مِنْهُمْ ۖ فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَـٰقِبَةُ ٱلْمُكَذِّبِينَ

    Fantaqamnaa minhum fanzur kaifa kaana 'aaqibatul mukazzibeen

    Bas, Biz ulardan intiqom oldik. Endi nazar sol. (Payg`ambarlarni) yolg`onchi qilguvchilarning oqibati qanday bo`ldi?!

  26. 43:26

    وَإِذْ قَالَ إِبْرَٰهِيمُ لِأَبِيهِ وَقَوْمِهِۦٓ إِنَّنِى بَرَآءٌ مِّمَّا تَعْبُدُونَ

    Wa iz qaala Ibraaheemu liabeehi wa qawmiheee innane baraaa'um mimmaa ta'budo

    Esla, Ibrohim otasiga va qavmiga: «Men, albatta, siz ibodat qilayotgan narsadan voz kechguvchiman.

  27. 43:27

    إِلَّا ٱلَّذِى فَطَرَنِى فَإِنَّهُۥ سَيَهْدِينِ

    Illal lazee fataranee innahoo sa yahdeen

    Magar meni yaratgan Zotdangina (voz kechmasman). Albatta, U zot meni hidoyat qilur», degan edi.

  28. 43:28

    وَجَعَلَهَا كَلِمَةًۢ بَاقِيَةً فِى عَقِبِهِۦ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ

    Wa ja'alahaa Kalimatam baaqiyatan fee 'aqibihee la'al lahum yarji'oon

    Va bu (so`z)ni u o`z ortidan zurriyotiga boqiy qolguvchi qildi. Shoyadki (iymonga) qaytsalar.

  29. 43:29

    بَلْ مَتَّعْتُ هَـٰٓؤُلَآءِ وَءَابَآءَهُمْ حَتَّىٰ جَآءَهُمُ ٱلْحَقُّ وَرَسُولٌ مُّبِينٌ

    Bal matta'tu haaa'ulaaa'i wa aabaaa'ahum hattaa jaaa'a humul haqqu wa Rasoolum mubeen

    Men esa, anavilarni va ularning ota-bobolarini, to ularga haq hamda ochiq-oydin Payg`ambar kelguncha foydalantirdim.

  30. 43:30

    وَلَمَّا جَآءَهُمُ ٱلْحَقُّ قَالُوا۟ هَـٰذَا سِحْرٌ وَإِنَّا بِهِۦ كَـٰفِرُونَ

    Wa lammaa jaaa'ahumul haqqu qaaloo haazaa sihrunw wa innaa bihee kaafiroon

    Qachonki ularga haq kelganida, ular: «Bu sehrdir va, albatta, biz bunga kofirdirmiz», dedilar.

  31. 43:31

    وَقَالُوا۟ لَوْلَا نُزِّلَ هَـٰذَا ٱلْقُرْءَانُ عَلَىٰ رَجُلٍ مِّنَ ٱلْقَرْيَتَيْنِ عَظِيمٍ

    Wa qaaloo law laa nuzzila haazal Quraanu 'alaa rajulim minal qaryataini 'azeem

    Ular: «Ushbu Qur'on ikki shahardan (birida) bo`lgan ulug` kishiga nozil qilinganida edi», dedilar.

  32. 43:32

    أَهُمْ يَقْسِمُونَ رَحْمَتَ رَبِّكَ ۚ نَحْنُ قَسَمْنَا بَيْنَهُم مَّعِيشَتَهُمْ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۚ وَرَفَعْنَا بَعْضَهُمْ فَوْقَ بَعْضٍ دَرَجَـٰتٍ لِّيَتَّخِذَ بَعْضُهُم بَعْضًا سُخْرِيًّا ۗ وَرَحْمَتُ رَبِّكَ خَيْرٌ مِّمَّا يَجْمَعُونَ

    Ahum yaqsimoona rahmata Rabbik; Nahnu qasamnaa bainahum ma'eeshatahum fil hayaatid dunyaa wa rafa'naa ba'dahum fawqa ba'din darajaatil liyattakhiza ba'duhum ba'dan sukhriyyaa; wa rahmatu Rabbika khairum mimmaa yajma'oon

    Yoki ular Robbingning rahmatini taqsimlaydilarmi? Biz hayoti dunyoda ularning oralarida maishatlarini taqsimladik va ba'zilari ba'zilarini xizmatkor qilib olishlari uchun ayrimlarining darajalarini ayrimlaridan ustun qilib qo`yganmiz. Robbingning rahmati ular jamlaydigan narsadan yaxshidir.

  33. 43:33

    وَلَوْلَآ أَن يَكُونَ ٱلنَّاسُ أُمَّةً وَٰحِدَةً لَّجَعَلْنَا لِمَن يَكْفُرُ بِٱلرَّحْمَـٰنِ لِبُيُوتِهِمْ سُقُفًا مِّن فِضَّةٍ وَمَعَارِجَ عَلَيْهَا يَظْهَرُونَ

    Wa law laaa any yakoonan naasu ummatanw waahidatal laja'alnaa limany yakfuru bir Rahmaani libu yootihim suqufam min fiddatinw wa ma'aarija 'alaihaa yazharoon

    Agar odamlar bir millat bo`lib qolishlari (xavfi) bo`lmaganda, albatta, Biz Rohmanga kufr keltiradiganlarning uylari shiftini va unga chiqadigan narvonlarini kumushdan qilib qo`yar edik.

  34. 43:34

    وَلِبُيُوتِهِمْ أَبْوَٰبًا وَسُرُرًا عَلَيْهَا يَتَّكِـُٔونَ

    Wa libu yootihim abwaabanw wa sururan 'alaihaa yattaki'oon

    Va uylarining eshiklarini ham, ustida yonboshlab yotadigan so`rilarini ham.

  35. 43:35

    وَزُخْرُفًا ۚ وَإِن كُلُّ ذَٰلِكَ لَمَّا مَتَـٰعُ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۚ وَٱلْـَٔاخِرَةُ عِندَ رَبِّكَ لِلْمُتَّقِينَ

    Wa zukhrufaa; wa in kullu zaalika lammaa mataa'ul hayaatid dunyaa; wal aakhiratu 'inda Rabbika lilmuttaqeen

    Va zebu ziynatu bezaklarni ham. Bularning hammasi hayoti dunyoning matohidan boshqa narsa emas. Oxirat esa, Robbing nazdida taqvodorlar uchundir.

  36. 43:36

    وَمَن يَعْشُ عَن ذِكْرِ ٱلرَّحْمَـٰنِ نُقَيِّضْ لَهُۥ شَيْطَـٰنًا فَهُوَ لَهُۥ قَرِينٌ

    Wa mai ya'shu 'an zikrir Rahmaani nuqaiyid lahoo Shaitaanan fahuwa lahoo qareen

    Kim Rohmanning eslatmasidan shabko`r bo`lib olsa, Biz unga shaytonni yaqin qilib qo`yurmiz, bas, u unga doimiy hamroh bo`lur.

  37. 43:37

    وَإِنَّهُمْ لَيَصُدُّونَهُمْ عَنِ ٱلسَّبِيلِ وَيَحْسَبُونَ أَنَّهُم مُّهْتَدُونَ

    Wa innahum la yasuddoo nahum 'anis sabeeli wa yahsaboona annahum muhtadoon

    Albatta, u(shayton)lar yo`ldan to`surlar va ular o`zlarini shak-shubhasiz hidoyat topguvchilardek hisoblaydilar.

  38. 43:38

    حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَنَا قَالَ يَـٰلَيْتَ بَيْنِى وَبَيْنَكَ بُعْدَ ٱلْمَشْرِقَيْنِ فَبِئْسَ ٱلْقَرِينُ

    Hattaaa izaa jaaa'anaa qaala yaa laita bainee wa bainaka bu'dal mashriqaini fabi'sal qareen

    Toki, huzurimizga kelganda: «Qani endi men bilan sening orang mag`rib ila mashriqchalik uzoq bo`lsa edi. Bas, sen naqadar yomon hamrohsan», der.

  39. 43:39

    وَلَن يَنفَعَكُمُ ٱلْيَوْمَ إِذ ظَّلَمْتُمْ أَنَّكُمْ فِى ٱلْعَذَابِ مُشْتَرِكُونَ

    Wa lai yanfa'akumul Yawma iz zalamtum annakum fil 'azaabi mushtarikoon

    Zulm qilganingiz uchun bugungi kunda azobga sherik bo`lishingiz ham hech foyda bermas.

  40. 43:40

    أَفَأَنتَ تُسْمِعُ ٱلصُّمَّ أَوْ تَهْدِى ٱلْعُمْىَ وَمَن كَانَ فِى ضَلَـٰلٍ مُّبِينٍ

    Afa anta tusmi'us summa aw tahdil 'umya wa man kaana fee dalaalim mubeen

    Sen karlarga eshittira olarmiding yoki ko`rlarni va ochiq-oydin zalolatda bo`lgan kimsalarni hidoyatga sola olarmiding?!

  41. 43:41

    فَإِمَّا نَذْهَبَنَّ بِكَ فَإِنَّا مِنْهُم مُّنتَقِمُونَ

    Fa immaa nazhabanna bika fa innaa minhum muntaqimoon

    Agar seni ketkazsak ham, albatta, Biz ulardan intiqom olurmiz.

  42. 43:42

    أَوْ نُرِيَنَّكَ ٱلَّذِى وَعَدْنَـٰهُمْ فَإِنَّا عَلَيْهِم مُّقْتَدِرُونَ

    Aw nuriyannakal lazee wa'adnaahum fa innaa 'alaihim muqtadiroon

    Yoki Biz ularga va'da qilingan narsani senga ko`rsaturmiz. Bas, albatta, Biz ularga (azob berishga) qodirmiz.

  43. 43:43

    فَٱسْتَمْسِكْ بِٱلَّذِىٓ أُوحِىَ إِلَيْكَ ۖ إِنَّكَ عَلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ

    Fastamsik billazeee oohi ya ilaika innaka 'alaa Siraatim Mustaqeem

    Bas, o`zingga vahiy qilingan narsani mahkam tut! Albatta, sen to`g`ri yo`ldasan.

  44. 43:44

    وَإِنَّهُۥ لَذِكْرٌ لَّكَ وَلِقَوْمِكَ ۖ وَسَوْفَ تُسْـَٔلُونَ

    Wa innahoo lazikrul laka wa liqawmika wa sawfa tus'aloon

    Albatta, u(Qur'on) senga ham, qavmingga ham sharafdir. Va, albatta, so`ralursizlar.

  45. 43:45

    وَسْـَٔلْ مَنْ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ مِن رُّسُلِنَآ أَجَعَلْنَا مِن دُونِ ٱلرَّحْمَـٰنِ ءَالِهَةً يُعْبَدُونَ

    Was'al man arsalnaa min qablika mir Rusulinaaa aja'alnaa min doonir Rahmaani aalihatany yu badoon

    Sendan oldin Biz yuborgan Payg`ambarlarimizdan so`ra: Rohmandan boshqa ibodat qilinadigan ilohlar qilgan ekanmizmi?!

  46. 43:46

    وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مُوسَىٰ بِـَٔايَـٰتِنَآ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَمَلَإِي۟هِۦ فَقَالَ إِنِّى رَسُولُ رَبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ

    Wa laqad arsalnaa Moosaa bi aayaatinaaa ilaa Fir'awna wa mala'ihee faqaala innee Rasoolu Rabbil 'aalameen

    Batahqiq, Biz Musoni O`z oyat(mo`'jiza)larimiz ila Fir'avnga va uning a'yonlariga yubordik. Bas, u: «Albatta, men olamlar Robbining Payg`ambaridirman», dedi.

  47. 43:47

    فَلَمَّا جَآءَهُم بِـَٔايَـٰتِنَآ إِذَا هُم مِّنْهَا يَضْحَكُونَ

    Falammma jaaa'ahum bi aayaatinaaa izaa hum minhaa yadhakoon

    Bas, qachonki u ularga oyat (mo`'jiza)larimizni keltirganda, ular banogoh u(mo`'jiza)lardan kula boshladilar.

  48. 43:48

    وَمَا نُرِيهِم مِّنْ ءَايَةٍ إِلَّا هِىَ أَكْبَرُ مِنْ أُخْتِهَا ۖ وَأَخَذْنَـٰهُم بِٱلْعَذَابِ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ

    Wa maa nureehim min aayatin illaa hiya akbaru min ukhtihaa wa akhaznaahum bil'azaabi la'allahum yarji'oon

    Biz ularga qaysi bir oyat (mo`'jiza)ni ko`rsatsak ham, albatta, u o`z sherigidan kattaroq bo`lar edi. Shoyad, (xatolaridan) qaytsalar, deb ularni azob-la tutdik.

  49. 43:49

    وَقَالُوا۟ يَـٰٓأَيُّهَ ٱلسَّاحِرُ ٱدْعُ لَنَا رَبَّكَ بِمَا عَهِدَ عِندَكَ إِنَّنَا لَمُهْتَدُونَ

    Wa qaaloo yaaa ayyuhas saahirud'u lanaa Rabbaka bimaa 'ahida 'indaka innanaa lamuhtadoon

    Ular: «Ey sehrgar! Senga bergan ahdiga binoan, biz uchun Robbingga duo qil! Albatta, biz hidoyat topguvchilardan bo`lamiz», dedilar.

  50. 43:50

    فَلَمَّا كَشَفْنَا عَنْهُمُ ٱلْعَذَابَ إِذَا هُمْ يَنكُثُونَ

    Falammaa kashafnaa 'anhumul 'azaaba izaa hum yankusoon

    Bas, qachonki ulardan azobni aritsang, to`satdan ular (ahdni) buzarlar.

  51. 43:51

    وَنَادَىٰ فِرْعَوْنُ فِى قَوْمِهِۦ قَالَ يَـٰقَوْمِ أَلَيْسَ لِى مُلْكُ مِصْرَ وَهَـٰذِهِ ٱلْأَنْهَـٰرُ تَجْرِى مِن تَحْتِىٓ ۖ أَفَلَا تُبْصِرُونَ

    Wa naadaa Fir'awnu fee qawmihee qaala yaa qawmi alaisa lee mulku Misra wa haazihil anhaaru tajree min tahtee afalaa tubsiroon

    Fir'avn o`z qavmiga: «Ey qavmim! Misr mulki va mana bu ostimdan oqib turgan anhorlar meniki emasmi?! Ko`rmayapsizlarmi?!

  52. 43:52

    أَمْ أَنَا۠ خَيْرٌ مِّنْ هَـٰذَا ٱلَّذِى هُوَ مَهِينٌ وَلَا يَكَادُ يُبِينُ

    Am ana khairum min haazal lazee huwa maheenunw wa laa yuakaadu yubeen

    Men mana bu xor, gapini ochiq bayon qila olmaydigan kimsadan yaxshi emasmanmi?

  53. 43:53

    فَلَوْلَآ أُلْقِىَ عَلَيْهِ أَسْوِرَةٌ مِّن ذَهَبٍ أَوْ جَآءَ مَعَهُ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةُ مُقْتَرِنِينَ

    Falaw laa ulqiya 'alaihi aswiratum min zahabin awjaaa'a ma'ahul malaaa'ikatu muqtarineen

    Unga tillodan bo`lgan bilakuzuklar tashlansa yoki u bilan birga farishtalar hamroh bo`lib kelsa bo`lmas edimi?!» – deb nido qildi.

  54. 43:54

    فَٱسْتَخَفَّ قَوْمَهُۥ فَأَطَاعُوهُ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَوْمًا فَـٰسِقِينَ

    Fastakhaffa qawmahoo fa ataa'ooh; innahum kaanoo qawman faasiqeen

    Bas, u qavmini laqillatdi va ular unga itoat qildilar. Chunki, ular fosiq qavm edilar.

  55. 43:55

    فَلَمَّآ ءَاسَفُونَا ٱنتَقَمْنَا مِنْهُمْ فَأَغْرَقْنَـٰهُمْ أَجْمَعِينَ

    Falammaaa aasafoonan taqamnaa minhum fa aghraqnaahum ajma'een

    Bas, qachonki ular Bizni darg`azab qilishgach, ulardan intiqom oldik — ularning barchalarini jamlab, g`arq qildik.

  56. 43:56

    فَجَعَلْنَـٰهُمْ سَلَفًا وَمَثَلًا لِّلْـَٔاخِرِينَ

    Faja'alnaahum salafanw wa masalal lil aakhireen

    Bas, ularni o`tmishga aylantirdik va keyingilarga misol qilib qo`ydik.

  57. 43:57

    ۞ وَلَمَّا ضُرِبَ ٱبْنُ مَرْيَمَ مَثَلًا إِذَا قَوْمُكَ مِنْهُ يَصِدُّونَ

    Wa lammaa duribab nu Maryama masalan izaa qawmu ka minhu yasidoon

    Ibn Maryam misol keltirilgan chog`da sening qavming birdan shodlanib qichqirurlar.

  58. 43:58

    وَقَالُوٓا۟ ءَأَـٰلِهَتُنَا خَيْرٌ أَمْ هُوَ ۚ مَا ضَرَبُوهُ لَكَ إِلَّا جَدَلًۢا ۚ بَلْ هُمْ قَوْمٌ خَصِمُونَ

    Wa qaalooo 'a-aalihatunaa khairun am hoo; maa daraboohu laka illaa jadalaa; balhum qawmun khasimoon

    Ular: «Bizning olihalarimiz yaxshimi yoki umi?» – dedilar. Ular uni senga faqat talashib-tortishish uchungina misol keltirdilar. Zero, ular xusumatchi qavmdirlar.

  59. 43:59

    إِنْ هُوَ إِلَّا عَبْدٌ أَنْعَمْنَا عَلَيْهِ وَجَعَلْنَـٰهُ مَثَلًا لِّبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ

    In huwa illaa 'abdun an'amnaa 'alaihi wa ja'alnaahu masalal li Baneee Israaa'eel

    U faqat bir bandadir. Biz unga ne'mat berdik va uni Bani Isroilga misol qildik.

  60. 43:60

    وَلَوْ نَشَآءُ لَجَعَلْنَا مِنكُم مَّلَـٰٓئِكَةً فِى ٱلْأَرْضِ يَخْلُفُونَ

    Wa law nashaaa'u laja'alnaa minkum malaaa'ikatan fil ardi yakhlufoon

    Agar xohlasak, o`rningizga yer yuzida xalifa bo`ladigan farishtalar qilib qo`yar edik.

  61. 43:61

    وَإِنَّهُۥ لَعِلْمٌ لِّلسَّاعَةِ فَلَا تَمْتَرُنَّ بِهَا وَٱتَّبِعُونِ ۚ هَـٰذَا صِرَٰطٌ مُّسْتَقِيمٌ

    Wa innahoo la'ilmul lis Saa'ati fala tamtarunna bihaa wattabi'oon; haazaa Siraatum Mustaqeem

    Albatta, u (Iyso) soat(qiyomat) ilmi(belgisi)dir. Bas, siz u (qiyomat) haqida hech shubha qilmang va menga ergashing. Mana shu to`g`ri yo`ldir.

  62. 43:62

    وَلَا يَصُدَّنَّكُمُ ٱلشَّيْطَـٰنُ ۖ إِنَّهُۥ لَكُمْ عَدُوٌّ مُّبِينٌ

    Wa laa yasuddan nakumush Shaitaanu innahoo lakum 'aduwwum mubeen

    Shayton sizni hargiz (to`g`ri yo`ldan) to`smasin. Albatta, u sizga ochiq-oydin dushmandir.

  63. 43:63

    وَلَمَّا جَآءَ عِيسَىٰ بِٱلْبَيِّنَـٰتِ قَالَ قَدْ جِئْتُكُم بِٱلْحِكْمَةِ وَلِأُبَيِّنَ لَكُم بَعْضَ ٱلَّذِى تَخْتَلِفُونَ فِيهِ ۖ فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَأَطِيعُونِ

    Wa lammaa jaaa'a 'Eesaa bilbaiyinaati qaala qad ji'tukum bil Hikmati wa li-ubaiyina lakum ba'dal lazee takhtalifoona feehi fattaqul laaha wa atee'oon

    Iyso ochiq-oydin hujjat (mo`'jiza)lar bilan kelgan chog`ida: «Batahqiq, men sizga hikmatni keltirdim va siz ixtilof qilayotgan ba'zi narsalarni bayon qilish uchun keldim. Bas, Allohga taqvo va menga itoat qilinglar.

  64. 43:64

    إِنَّ ٱللَّهَ هُوَ رَبِّى وَرَبُّكُمْ فَٱعْبُدُوهُ ۚ هَـٰذَا صِرَٰطٌ مُّسْتَقِيمٌ

    Innal laaha Huwa Rabbee wa Rabbukum fa'budooh; haaza Siraatum Mustaqeem

    Albatta, Alloh mening ham Robbim, sizning ham Robbingizdir. Bas, Unga ibodat qiling. Mana shu to`g`ri yo`ldir», dedi.

  65. 43:65

    فَٱخْتَلَفَ ٱلْأَحْزَابُ مِنۢ بَيْنِهِمْ ۖ فَوَيْلٌ لِّلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ مِنْ عَذَابِ يَوْمٍ أَلِيمٍ

    Fakhtalafal ahzaabu mim bainihim fawailul lillazeena zalamoo min 'azaabi Yawmin aleem

    Bas, ularning orasidan firqalar ixtilof qildilar. Zulm qilganlar holiga alamli kun azobidan voy bo`lsin!

  66. 43:66

    هَلْ يَنظُرُونَ إِلَّا ٱلسَّاعَةَ أَن تَأْتِيَهُم بَغْتَةً وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ

    Hal yanzuroona illas Saa'ata an taatiyahum baghtatanw wa hum laa yash'uroon

    Ular faqat o`zlari ham sezmay qolgan holda soat(qiyomat) kelib qolishini kutmoqdalar, xolos.

  67. 43:67

    ٱلْأَخِلَّآءُ يَوْمَئِذٍۭ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّ إِلَّا ٱلْمُتَّقِينَ

    Al akhillaaa'u Yawma'izim ba'duhum liba'din 'aduwwun illal muttaqeen

    O`sha kunda taqvodorlardan boshqa do`stlar bir-birlariga dushmandir.

  68. 43:68

    يَـٰعِبَادِ لَا خَوْفٌ عَلَيْكُمُ ٱلْيَوْمَ وَلَآ أَنتُمْ تَحْزَنُونَ

    Yaa 'ibaadi laa khawfun 'alaikumul Yawma wa laaa antum tahzanoon

    Ey bandalarim! Bugungi kunda sizga xavf yo`q va mahzun ham bo`lmassiz.

  69. 43:69

    ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا وَكَانُوا۟ مُسْلِمِينَ

    Allazeena aamanoo bi Aayaatinaa wa kaanoo muslimeen

    Oyatlarimizga iymon keltirganlar va musulmon bo`lganlar...

  70. 43:70

    ٱدْخُلُوا۟ ٱلْجَنَّةَ أَنتُمْ وَأَزْوَٰجُكُمْ تُحْبَرُونَ

    Udkhulul Jannata antum wa azwaajukum tuhbaroon

    Jannatga kiringlar, sizlar va juftlaringiz shod bo`lursizlar.

  71. 43:71

    يُطَافُ عَلَيْهِم بِصِحَافٍ مِّن ذَهَبٍ وَأَكْوَابٍ ۖ وَفِيهَا مَا تَشْتَهِيهِ ٱلْأَنفُسُ وَتَلَذُّ ٱلْأَعْيُنُ ۖ وَأَنتُمْ فِيهَا خَـٰلِدُونَ

    Yutaafu 'alaihim bishaa fim min zahabinw wa akwaab, wa feehaa maatashtaheehil anfusu wa talazzul a'yunu wa antum feehaa khaalidoon

    Ularga tillodan bo`lgan tovoqlar va qadahlar aylantirilur. U yerda ko`ngil ishtaha qiladigan va ko`zlar lazzatlanadigan narsalar bordir. Sizlar u yerda abadiy qolursizlar.

  72. 43:72

    وَتِلْكَ ٱلْجَنَّةُ ٱلَّتِىٓ أُورِثْتُمُوهَا بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

    Wa tilkal jannatul lateee ooristumoohaa bimaa kuntum ta'maloon

    Mana shu, qilib yurgan amallaringiz sababli sizga meros qilib berilgan jannatdir.

  73. 43:73

    لَكُمْ فِيهَا فَـٰكِهَةٌ كَثِيرَةٌ مِّنْهَا تَأْكُلُونَ

    Lakum feehaa faakihatun kaseeratum minhaa taakuloon

    Sizga u yerda ko`plab mevalar bor, ulardan yersizlar.

  74. 43:74

    إِنَّ ٱلْمُجْرِمِينَ فِى عَذَابِ جَهَنَّمَ خَـٰلِدُونَ

    Innal mujrimeena fee 'azaabi jahannama khaalidoon

    Albatta, jinoyatchilar jahannam azobida abadiy qolurlar.

  75. 43:75

    لَا يُفَتَّرُ عَنْهُمْ وَهُمْ فِيهِ مُبْلِسُونَ

    Laa yufattaru 'anhum wa hum feehi mublisoon

    U ulardan yengillatilmas va ular u(azob)da noumid holda qolurlar.

  76. 43:76

    وَمَا ظَلَمْنَـٰهُمْ وَلَـٰكِن كَانُوا۟ هُمُ ٱلظَّـٰلِمِينَ

    Wa maa zalamnaahum wa laakin kaanoo humuz zaalimeen

    Biz ularga zulm qilganimiz yo`q. Lekin ular o`zlari zolim bo`ldilar.

  77. 43:77

    وَنَادَوْا۟ يَـٰمَـٰلِكُ لِيَقْضِ عَلَيْنَا رَبُّكَ ۖ قَالَ إِنَّكُم مَّـٰكِثُونَ

    Wa naadaw yaa Maaliku liyaqdi 'alainaa Rabbuka qaala innakum maakisson

    Ular: «Ey Molik! Robbing bizni bitirsin!» – deb nido qildilar. U: «Albatta, siz turib qolguvchisiz», dedi.

  78. 43:78

    لَقَدْ جِئْنَـٰكُم بِٱلْحَقِّ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَكُمْ لِلْحَقِّ كَـٰرِهُونَ

    Laqad ji'naakum bilhaqqi wa laakinna aksarakum lilhaqqi kaarihoon

    Batahqiq, Biz sizga haqni keltirdik. Lekin ko`plaringiz haqni yomon ko`rguvchisiz.

  79. 43:79

    أَمْ أَبْرَمُوٓا۟ أَمْرًا فَإِنَّا مُبْرِمُونَ

    Am abramooo amran fainnaa mubrimoon

    Yoki ular biron ishga qaror qildilarmi? Bas, Biz, albatta, qaror qilguvchimiz.

  80. 43:80

    أَمْ يَحْسَبُونَ أَنَّا لَا نَسْمَعُ سِرَّهُمْ وَنَجْوَىٰهُم ۚ بَلَىٰ وَرُسُلُنَا لَدَيْهِمْ يَكْتُبُونَ

    Am yahsaboona annaa laa nasma'u sirrahum wa najwaahum; balaa wa Rusulunaa ladaihim yaktuboon

    Yoki ular Bizni ularning sirlarini (bilmas) va pichirlashib qilgan maslahatlarini eshitmas, deb hisoblaydilarmi? Yo`q! Holbuki, elchilarimiz ularning oldilarida yozmoqdalar.

  81. 43:81

    قُلْ إِن كَانَ لِلرَّحْمَـٰنِ وَلَدٌ فَأَنَا۠ أَوَّلُ ٱلْعَـٰبِدِينَ

    Qul in kaana lir Rahmaani walad; fa-ana awwalul 'aabideen

    Sen: «Agar Rohmanning bolasi bo`lganida, men unga ibodat qilguvchilarning birinchisi bo`lar edim», deb ayt.

  82. 43:82

    سُبْحَـٰنَ رَبِّ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ رَبِّ ٱلْعَرْشِ عَمَّا يَصِفُونَ

    Subhaana Rabbis samaawaati wal ardi Rabbil Arshi 'ammaa yasifoon

    Osmonlaru yerning Robbi, Arshning Robbi ular qilayotgan vasfdan pokdir.

  83. 43:83

    فَذَرْهُمْ يَخُوضُوا۟ وَيَلْعَبُوا۟ حَتَّىٰ يُلَـٰقُوا۟ يَوْمَهُمُ ٱلَّذِى يُوعَدُونَ

    Fazarhum yakhoodoo wa yal'aboo hattaa yulaaqoo Yawmahumul lazee yoo'adoon

    Bas, ularni qo`yib ber, o`zlariga va'da qilinayotgan kunga ro`baro` bo`lgunlaricha (yomonlikka) sho`ng`iyversinlar, o`ynayversinlar.

  84. 43:84

    وَهُوَ ٱلَّذِى فِى ٱلسَّمَآءِ إِلَـٰهٌ وَفِى ٱلْأَرْضِ إِلَـٰهٌ ۚ وَهُوَ ٱلْحَكِيمُ ٱلْعَلِيمُ

    Wa Huwal lazee fissamaaa'i Ilaahunw wa fil ardi Ilaah; wa Huwal Hakeemul'Aleem

    U zot osmonda ham ilohdir, yerda ham ilohdir. U zot o`ta hikmatli, o`ta ilmlidir.

  85. 43:85

    وَتَبَارَكَ ٱلَّذِى لَهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا وَعِندَهُۥ عِلْمُ ٱلسَّاعَةِ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

    Wa tabaarakal lazee lahoo mulkus samaawaati wal ardi wa maa bainahumaa wa 'indahoo 'ilmus Saa'ati wa ilaihi turja'oon

    Osmonlaru yerning va ularning orasidagi narsalarning mulkiga ega bo`lgan Zot barakotli(buyuk)dir. Soat (qiyomat) ilmi Uning huzuridadir. Ungagina qaytarilursizlar.

  86. 43:86

    وَلَا يَمْلِكُ ٱلَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِهِ ٱلشَّفَـٰعَةَ إِلَّا مَن شَهِدَ بِٱلْحَقِّ وَهُمْ يَعْلَمُونَ

    Wa laa yamlikul lazeena yad'oona min doonihish shafaa'ata illaa man shahida bilhaqqi wa hum ya'lamoon

    Allohdan o`zga iltijo qilayotgan narsalari shafoatga ega bo`lmaslar. Magar, bilgan hollarida haq shahodat berganlargina (ega bo`lurlar).

  87. 43:87

    وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّنْ خَلَقَهُمْ لَيَقُولُنَّ ٱللَّهُ ۖ فَأَنَّىٰ يُؤْفَكُونَ

    Wa la'in sa altahum man khalaqahum la yaqoolun nallaahu fa annaa yu'fakoon

    Agar sen ulardan o`zlarini kim yaratganini so`rasang, albatta, «Alloh», derlar Bas, qayoqqa burilib ketmoqdalar?!

  88. 43:88

    وَقِيلِهِۦ يَـٰرَبِّ إِنَّ هَـٰٓؤُلَآءِ قَوْمٌ لَّا يُؤْمِنُونَ

    Wa qeelihee yaa Rabbi inna haa'ulaaa'i qawmul laa yu'minoon

    U(Muhammad)ning: «Ey Robbim, albatta, anavilar iymon keltirmaydigan qavmlardir», degan gapini ham (bilur).

  89. 43:89

    فَٱصْفَحْ عَنْهُمْ وَقُلْ سَلَـٰمٌ ۚ فَسَوْفَ يَعْلَمُونَ

    Fasfah 'anhum wa qul salaam; fasawfa ya'lamoon

    Bas, sen ulardan yuz o`gir va: «Sizlarga salom bo`lsin», degin. Bas, ular tezda bilurlar.

Manbalar

  • Maʼnolar tarjimasi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
  • Qiroat: Mishari Roshid al-Afasiy, mp3quran.net.
  • Transliteratsiya faqat oʻqishga yordamchi. Toʻgʻri talaffuzni qorining qiroatidan yoki ustozdan oʻrganing.

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ

«Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!» — Qamar surasi, 54:17

Bugun bitta oyatdan boshlang.