Duxon surasini qanday yod olish mumkin
«Tutun»
- 44-sura
- 59 oyat
- Makkiy
- Mushafning 496–498-sahifalari
الدخان
Ilova oʻrnatilgan boʻlsa, uni ochadi, aks holda App Store / Google Play’ni ochadi.
Surani toʻliq tinglang
Qori: Mishari Roshid al-Afasiy
Qancha vaqt kerak
Har kuni ushlab tura oladigan surʼatni tanlang:
| Kuniga 1 oyat | 59 kun |
| Kuniga 3 oyat | 20 kun |
| Kuniga 5 oyat | 12 kun |
Oyatma-oyat qanday yod olish kerak
- Avval tinglangOyatni bir necha marta qoʻying va arabcha matnni koʻzingiz bilan kuzatib boring.
- Ovoz chiqarib takrorlangTilingizga oson kelguncha qayta-qayta ayting. Qaree har bir takrorni sanaydi.
- Yoddan oʻqingMatnga qaramay oʻqing. Qaree’ning tilovat rejimi sizni tinglaydi va xato qilgan soʻzlaringizni belgilaydi.
- Ulang va takrorlangYangi oyatni oldingilari bilan birga oʻqing, ertasi kuni esa surani yana bir bor takrorlang.
Duxon surasi: arabcha matni, transliteratsiyasi va tarjimasi
-
44:1
حمٓ
Haa Meeem
Haa. Miym.
-
44:2
وَٱلْكِتَـٰبِ ٱلْمُبِينِ
Wal Kitaabil Mubeen
Ochiq-oydin Kitobga qasam.
-
44:3
إِنَّآ أَنزَلْنَـٰهُ فِى لَيْلَةٍ مُّبَـٰرَكَةٍ ۚ إِنَّا كُنَّا مُنذِرِينَ
Innaaa anzalnaahu fee lailatim mubaarakah; innaa kunnaa munzireen
Albatta, Biz uni muborak kechada nozil qildik. Albatta, Biz ogohlantirguvchi bo`ldik.
-
44:4
فِيهَا يُفْرَقُ كُلُّ أَمْرٍ حَكِيمٍ
Feehaa yufraqu kullu amrin hakeem
O`sha(kecha)da har bir hikmatli ish ajratilib, hal qilinur.
-
44:5
أَمْرًا مِّنْ عِندِنَآ ۚ إِنَّا كُنَّا مُرْسِلِينَ
Amram min 'indinaaa; innaa kunnaa mursileen
Biz tomonimizdan bo`lgan amrga binoan. Albatta, Biz Payg`ambar yuborguvchi bo`ldik.
-
44:6
رَحْمَةً مِّن رَّبِّكَ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ
Rahmatam mir rabbik; innahoo Huwas Samee'ul 'Aleem
Bu, Robbing tomonidan (ko`rsatilgan) rahmatdir. Albatta, Uning O`zi o`ta eshitguvchi, o`ta bilguvchi Zotdir.
-
44:7
رَبِّ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَآ ۖ إِن كُنتُم مُّوقِنِينَ
Rabbis samaawaati wal ardi wa maa bainahumaa; in kuntum mooqineen
U — osmonlaru yerning va ularning orasidagi narsalarning Robbidir. Gar ishonguvchi bo`lsangiz.
-
44:8
لَآ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ يُحْىِۦ وَيُمِيتُ ۖ رَبُّكُمْ وَرَبُّ ءَابَآئِكُمُ ٱلْأَوَّلِينَ
Laaa ilaaha illaa Huwa yuhyee wa yumeetu Rabbukum wa Rabbu aabaaa'ikumul awwaleen
Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. U tiriltirur va o`ldirur. U sizning Robbingiz va ota-bobolaringizning Robbidir.
-
44:9
بَلْ هُمْ فِى شَكٍّ يَلْعَبُونَ
Bal hum fee shakkiny yal'aboon
Yo`q! Ular shak-shubhada o`ynamoqdalar.
-
44:10
فَٱرْتَقِبْ يَوْمَ تَأْتِى ٱلسَّمَآءُ بِدُخَانٍ مُّبِينٍ
Fartaqib Yawma taatis samaaa'u bidukhaanim mubeen
Bas, osmon aniq tutunni keltiradigan kunni kut.
-
44:11
يَغْشَى ٱلنَّاسَ ۖ هَـٰذَا عَذَابٌ أَلِيمٌ
Yaghshan naasa haazaa 'azaabun aleem
U, odamlarni o`rab olur. Bu, alamli azobdir.
-
44:12
رَّبَّنَا ٱكْشِفْ عَنَّا ٱلْعَذَابَ إِنَّا مُؤْمِنُونَ
Rabbanak shif 'annal 'azaaba innaa mu'minoon
Ey Robbimiz! Bizdan azobni kushoyish qil! Albatta, biz iymon keltirguvchidirmiz.
-
44:13
أَنَّىٰ لَهُمُ ٱلذِّكْرَىٰ وَقَدْ جَآءَهُمْ رَسُولٌ مُّبِينٌ
Annaa lahumuz zikraa wa qad jaaa'ahum Rasoolum mubeen
Ularga qayoqdan ham eslatma bo`lsin. Holbuki, ularga ochiq-oydin Payg`ambar kelgan edi.
-
44:14
ثُمَّ تَوَلَّوْا۟ عَنْهُ وَقَالُوا۟ مُعَلَّمٌ مَّجْنُونٌ
Summaa tawallaw 'anhu wa qaaloo mu'allamum majnoon
So`ngra undan yuz o`girdilar va: «Bu — o`rgatilgan majnun», dedilar.
-
44:15
إِنَّا كَاشِفُوا۟ ٱلْعَذَابِ قَلِيلًا ۚ إِنَّكُمْ عَآئِدُونَ
Innaa kaashiful 'azaabi qaleelaa; innakum 'aaa'indoon
Albatta, Biz azobni ozgina kushoyish qilguvchimiz. Albatta, sizlar qaytguvchisizlar.
-
44:16
يَوْمَ نَبْطِشُ ٱلْبَطْشَةَ ٱلْكُبْرَىٰٓ إِنَّا مُنتَقِمُونَ
Yawma nabtishul batsha tal kubraa innaa muntaqimoon
Katta ushlash ila ushlaganimiz kuni, albatta, Biz intiqom olguvchimiz.
-
44:17
۞ وَلَقَدْ فَتَنَّا قَبْلَهُمْ قَوْمَ فِرْعَوْنَ وَجَآءَهُمْ رَسُولٌ كَرِيمٌ
Wa laqad fatannaa qablahum qawma Fir'awna wa jaaa'ahum Rasoolun kareem
Batahqiq, ulardan oldin Fir'avn qavmini sinadik. Ularga karamli Payg`ambar keldi.
-
44:18
أَنْ أَدُّوٓا۟ إِلَىَّ عِبَادَ ٱللَّهِ ۖ إِنِّى لَكُمْ رَسُولٌ أَمِينٌ
An addooo ilaiya 'ibaadal laahi innee lakum Rasoolun ameen
«Sizlar menga Allohning bandalarini beringlar. Albatta, men sizlarga ishonchli Payg`ambarman.
-
44:19
وَأَن لَّا تَعْلُوا۟ عَلَى ٱللَّهِ ۖ إِنِّىٓ ءَاتِيكُم بِسُلْطَـٰنٍ مُّبِينٍ
Wa al laa ta'loo 'alal laahi innee aateekum bisultaanim mubeen
Va Allohga mutakabbirlik qilmang. Albatta, men sizga ochiq-oydin hujjat keltirurman.
-
44:20
وَإِنِّى عُذْتُ بِرَبِّى وَرَبِّكُمْ أَن تَرْجُمُونِ
Wa innee 'uztu bi Rabbee wa rabbikum an tarjumoon
Va, albatta, men o`zimning Robbim va sizning Robbingizdan meni toshbo`ron qilishingizdan panoh so`radim.
-
44:21
وَإِن لَّمْ تُؤْمِنُوا۟ لِى فَٱعْتَزِلُونِ
Wa il lam tu'minoo lee fa'taziloon
Va agar menga iymon keltirmasangiz, mendan chetlaning».
-
44:22
فَدَعَا رَبَّهُۥٓ أَنَّ هَـٰٓؤُلَآءِ قَوْمٌ مُّجْرِمُونَ
Fada'aa rabbahooo anna haaa'ulaaa'i qawmum mujrimoon
U Robbiga: «Albatta, anavilar jinoyatchi qavmdir», deb duo qildi.
-
44:23
فَأَسْرِ بِعِبَادِى لَيْلًا إِنَّكُم مُّتَّبَعُونَ
Fa asri bi'ibaadee lailan innakum muttaba'oon
Bas, bandalarim ila kechasi yurib ket. Albatta, siz izingizdan quvilursiz.
-
44:24
وَٱتْرُكِ ٱلْبَحْرَ رَهْوًا ۖ إِنَّهُمْ جُندٌ مُّغْرَقُونَ
Watrukil bahra rahwan innahum jundum mughraqoon
Va dengizni sokin holida qo`y, albatta, ular g`arq qilinadigan qo`shindir.
-
44:25
كَمْ تَرَكُوا۟ مِن جَنَّـٰتٍ وَعُيُونٍ
Kam tarakoo min jannaatinw wa 'uyoon
Ular ortlaridan qanchadan-qancha bog`u rog`larni va buloqlarni,
-
44:26
وَزُرُوعٍ وَمَقَامٍ كَرِيمٍ
Wa zuroo'inw wa maqaa min kareem
Ekinzorlarni va yaxshi joylarni.
-
44:27
وَنَعْمَةٍ كَانُوا۟ فِيهَا فَـٰكِهِينَ
Wa na'matin kaanoo feehaa faakiheen
Va o`zlari ichida maza qilayotgan nozu ne'matlarni qoldirdilar.
-
44:28
كَذَٰلِكَ ۖ وَأَوْرَثْنَـٰهَا قَوْمًا ءَاخَرِينَ
Kazaalika wa awrasnaahaa qawman aakhareen
Mana shunday! Biz u(narsa)larni boshqa qavmlarga meros qilib berdik.
-
44:29
فَمَا بَكَتْ عَلَيْهِمُ ٱلسَّمَآءُ وَٱلْأَرْضُ وَمَا كَانُوا۟ مُنظَرِينَ
Famaa bakat 'alaihimus samaaa'u wal ardu wa maa kaanoo munzareen
Bas, ularga osmon ham, yer ham yig`lamadi va ular muhlat berilganlardan ham bo`lmadilar.
-
44:30
وَلَقَدْ نَجَّيْنَا بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ مِنَ ٱلْعَذَابِ ٱلْمُهِينِ
Wa laqad najjainaa Baneee Israaa'eela minal'azaabil muheen
Batahqiq, Bani Isroilga xorlovchi azobdan...
-
44:31
مِن فِرْعَوْنَ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ عَالِيًا مِّنَ ٱلْمُسْرِفِينَ
Min Fir'awn; innahoo kaana 'aaliyam minal musrifeen
Fir'avndan najot berdik. Albatta, u mutakabbir va haddidan oshganlardan edi.
-
44:32
وَلَقَدِ ٱخْتَرْنَـٰهُمْ عَلَىٰ عِلْمٍ عَلَى ٱلْعَـٰلَمِينَ
Wa laqadikh tarnaahum 'alaa 'ilmin 'alal 'aalameen
Batahqiq, Biz ularni bilib turib, olamlar ichidan tanlab oldik.
-
44:33
وَءَاتَيْنَـٰهُم مِّنَ ٱلْـَٔايَـٰتِ مَا فِيهِ بَلَـٰٓؤٌا۟ مُّبِينٌ
Wa aatainaahum minal aayaati maa feehi balaaa'um mubeen
Va ularga oyat(mo`'jiza)lardan ichida ochiq-oydin sinov bor narsalarni berdik.
-
44:34
إِنَّ هَـٰٓؤُلَآءِ لَيَقُولُونَ
Inna haaa'ulaaa'i la yaqooloon
Albatta, anavilar derlar:
-
44:35
إِنْ هِىَ إِلَّا مَوْتَتُنَا ٱلْأُولَىٰ وَمَا نَحْنُ بِمُنشَرِينَ
In hiya illaa mawtatunal oolaa wa maa nahnu bimun shareen
«Birinchi o`limimizdan boshqa hech qanday o`lim yo`q va biz qayta tiriltiriluvchi emasmiz.
-
44:36
فَأْتُوا۟ بِـَٔابَآئِنَآ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ
Faatoo bi aabaaa'inaaa inkuntum saadiqeen
Agar rostgo`y bo`lsangiz, ota-bobolarimizni keltiringlar».
-
44:37
أَهُمْ خَيْرٌ أَمْ قَوْمُ تُبَّعٍ وَٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ أَهْلَكْنَـٰهُمْ ۖ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ مُجْرِمِينَ
Ahum khayrun am qawmu Tubba'inw wallazeena min qablihim; ahlaknaahum innahum kaanoo mujrimeen
Ular yaxshiroqmi yoki Tubba' qavmiyu ulardan oldin o`tganlarmi?! Biz ularni halok qildik. Albatta, ular jinoyatchi bo`lgan edilar.
-
44:38
وَمَا خَلَقْنَا ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا لَـٰعِبِينَ
Wa maa khalaqnas samaawaati wal arda wa maa baina humaa laa'ibeen
Osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni o`ynab yaratganimiz yo`q!
-
44:39
مَا خَلَقْنَـٰهُمَآ إِلَّا بِٱلْحَقِّ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ
Maa khalaqnaahumaaa illaa bilhaqqi wa laakinna aksarahum laa ya'lamoon
Biz ularni faqat haq ila yaratdik, lekin ko`plari bilmaslar.
-
44:40
إِنَّ يَوْمَ ٱلْفَصْلِ مِيقَـٰتُهُمْ أَجْمَعِينَ
Inna yawmal fasli meeqaatuhum ajma'een
Albatta, ajratish kuni barchalari uchun belgilangan vaqtdir.
-
44:41
يَوْمَ لَا يُغْنِى مَوْلًى عَن مَّوْلًى شَيْـًٔا وَلَا هُمْ يُنصَرُونَ
Yawma laa yughnee mawlan 'am mawlan shai'anw wa laa hum yunsaroon
U kunda do`st do`stga biron narsada asqotmas va ularga yordam ham berilmas.
-
44:42
إِلَّا مَن رَّحِمَ ٱللَّهُ ۚ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ
Illaa mar rahimal laah' innahoo huwal 'azeezur raheem
Magar, kimga Alloh rahim qilsagina (yordam berilur). Albatta, U aziyz va o`ta rahimli Zotdir.
-
44:43
إِنَّ شَجَرَتَ ٱلزَّقُّومِ
Inna shajarataz zaqqoom
Albatta, Zaqqum daraxti...
-
44:44
طَعَامُ ٱلْأَثِيمِ
Ta'aamul aseem
Gunohkorning taomidir.
-
44:45
كَٱلْمُهْلِ يَغْلِى فِى ٱلْبُطُونِ
Kalmuhli yaghlee filbutoon
U, xuddi eritilgan ma'dandek, qorinlarda qaynar.
-
44:46
كَغَلْىِ ٱلْحَمِيمِ
Kaghalyil hameem
Qaynoq suvning qaynashi kabi.
-
44:47
خُذُوهُ فَٱعْتِلُوهُ إِلَىٰ سَوَآءِ ٱلْجَحِيمِ
Khuzoohu fa'tiloohu ilaa sawaaa'il Jaheem
Uni tutib, jahiymning o`rtasiga sudrab olib boringlar!
-
44:48
ثُمَّ صُبُّوا۟ فَوْقَ رَأْسِهِۦ مِنْ عَذَابِ ٱلْحَمِيمِ
Summa subboo fawqa raasihee min 'azaabil hameem
So`ngra boshi ustidan qaynoq suv azobini quyinglar!
-
44:49
ذُقْ إِنَّكَ أَنتَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْكَرِيمُ
Zuq innaka antal 'azeezul kareem
«Totib ko`r! Albatta, sen o`zing «azizu mukarramsan!»
-
44:50
إِنَّ هَـٰذَا مَا كُنتُم بِهِۦ تَمْتَرُونَ
Inna haazaa maa kuntum bihee tamtaroon
Albatta, bu siz (bo`lishida) shubha qilib yurgan narsadir!»
-
44:51
إِنَّ ٱلْمُتَّقِينَ فِى مَقَامٍ أَمِينٍ
Innal muttaqeena fee maqaamin ameen
Albatta, taqvodorlar omonlik joyida...
-
44:52
فِى جَنَّـٰتٍ وَعُيُونٍ
Fee jannaatinw wa 'uyoon
Bog`u rog`lar va buloqlarda bo`lurlar.
-
44:53
يَلْبَسُونَ مِن سُندُسٍ وَإِسْتَبْرَقٍ مُّتَقَـٰبِلِينَ
Yalbasoona min sundusinw wa istbraqim mutaqaabileen
Ular shoyi ipak kiyurlar, bir-birlariga yuzma-yuz holda (o`ltirurlar).
-
44:54
كَذَٰلِكَ وَزَوَّجْنَـٰهُم بِحُورٍ عِينٍ
Kazaalika wa zawwajnaahum bihoorin 'een
Ana shunday! Va Biz ularni huri iynlarga uylantirdik.
-
44:55
يَدْعُونَ فِيهَا بِكُلِّ فَـٰكِهَةٍ ءَامِنِينَ
Yad'oona feehaa bikulli faakihatin aamineen
Ular u yerda omonlik hollarida turli mevalarni chaqirurlar.
-
44:56
لَا يَذُوقُونَ فِيهَا ٱلْمَوْتَ إِلَّا ٱلْمَوْتَةَ ٱلْأُولَىٰ ۖ وَوَقَىٰهُمْ عَذَابَ ٱلْجَحِيمِ
Laa yazooqoona feehal mawtaa illal mawtatal oolaa wa qaqaahum 'azaabal jaheem
Ular u yerda birinchi o`limdan boshqa o`limni totmaslar. U zot ularni jahiym azobidan saqlar.
-
44:57
فَضْلًا مِّن رَّبِّكَ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَوْزُ ٱلْعَظِيمُ
Fadlam mir rabbik; zaalika huwal fawzul 'azeem
Bu, Robbingdan bo`lgan fazldir. Ana shu ulkan yutuqdir.
-
44:58
فَإِنَّمَا يَسَّرْنَـٰهُ بِلِسَانِكَ لَعَلَّهُمْ يَتَذَكَّرُونَ
Fa innamaa yassarnaahu bilisaanika la'allahum yatazakkaroon
Bas, albatta, Biz u(Qur'on)ni sening tiling ila osonlashtirdik. Shoyadki, eslasalar.
-
44:59
فَٱرْتَقِبْ إِنَّهُم مُّرْتَقِبُونَ
Fartaqib innahum murta qiboon
Bas, kutib tur. Ular ham kutguvchidirlar.
Manbalar
- Maʼnolar tarjimasi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
- Qiroat: Mishari Roshid al-Afasiy, mp3quran.net.
- Transliteratsiya faqat oʻqishga yordamchi. Toʻgʻri talaffuzni qorining qiroatidan yoki ustozdan oʻrganing.
وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ
«Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!» — Qamar surasi, 54:17