Rum surasini qanday yod olish mumkin
«Rumliklar»
- 30-sura
- 60 oyat
- Makkiy
- Mushafning 404–410-sahifalari
الروم
Ilova oʻrnatilgan boʻlsa, uni ochadi, aks holda App Store / Google Play’ni ochadi.
Surani toʻliq tinglang
Qori: Mishari Roshid al-Afasiy
Qancha vaqt kerak
Har kuni ushlab tura oladigan surʼatni tanlang:
| Kuniga 1 oyat | 60 kun |
| Kuniga 3 oyat | 20 kun |
| Kuniga 5 oyat | 12 kun |
Oyatma-oyat qanday yod olish kerak
- Avval tinglangOyatni bir necha marta qoʻying va arabcha matnni koʻzingiz bilan kuzatib boring.
- Ovoz chiqarib takrorlangTilingizga oson kelguncha qayta-qayta ayting. Qaree har bir takrorni sanaydi.
- Yoddan oʻqingMatnga qaramay oʻqing. Qaree’ning tilovat rejimi sizni tinglaydi va xato qilgan soʻzlaringizni belgilaydi.
- Ulang va takrorlangYangi oyatni oldingilari bilan birga oʻqing, ertasi kuni esa surani yana bir bor takrorlang.
Rum surasi: arabcha matni, transliteratsiyasi va tarjimasi
-
30:1
الٓمٓ
Alif-Laaam-Meeem
Alif. Laam. Miym.
-
30:2
غُلِبَتِ ٱلرُّومُ
Ghulibatir Room
Rum mag`lub bo`ldi.
-
30:3
فِىٓ أَدْنَى ٱلْأَرْضِ وَهُم مِّنۢ بَعْدِ غَلَبِهِمْ سَيَغْلِبُونَ
Feee adnal ardi wa hummim ba'di ghalabihim sa ya ghliboon
Yaqin yerda. Va ular mag`lubiyatlaridan keyin tezda g`olib bo`lajaklar.
-
30:4
فِى بِضْعِ سِنِينَ ۗ لِلَّهِ ٱلْأَمْرُ مِن قَبْلُ وَمِنۢ بَعْدُ ۚ وَيَوْمَئِذٍ يَفْرَحُ ٱلْمُؤْمِنُونَ
Fee bid'i sineen; lillaahil amru min qablu wa mim ba'd; wa yawma'iziny yafrahul mu'minoon
Sanoqli yillarda. Undan oldin ham, keyin ham barcha ish Allohdandir. O`sha kunda mo`minlar shodlanurlar.
-
30:5
بِنَصْرِ ٱللَّهِ ۚ يَنصُرُ مَن يَشَآءُ ۖ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلرَّحِيمُ
Binasril laa; yansuru mai yashaaa'u wa Huwal 'Azeezur Raheem
Allohning nusratidan. U xohlaganiga nusrat berur. Va U aziyzu rohiymdir.
-
30:6
وَعْدَ ٱللَّهِ ۖ لَا يُخْلِفُ ٱللَّهُ وَعْدَهُۥ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ
Wa'dal laahi laa yukhliful laahu wa'dahoo wa laakin na aksaran naasi laa ya'lamoon
(Bu) Allohning va'dasidir. Alloh O`z va'dasiga xilof qilmas. Lekin odamlarning ko`pi buni bilmaslar.
-
30:7
يَعْلَمُونَ ظَـٰهِرًا مِّنَ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَهُمْ عَنِ ٱلْـَٔاخِرَةِ هُمْ غَـٰفِلُونَ
Ya'lamoona zaahiram minal hayaatid dunya wa hum 'anil Aakhirati hum ghaafiloon
Ular bu dunyo hayotining zohirini bilurlar. Holbuki, ular oxiratdan g`ofildirlar.
-
30:8
أَوَلَمْ يَتَفَكَّرُوا۟ فِىٓ أَنفُسِهِم ۗ مَّا خَلَقَ ٱللَّهُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَآ إِلَّا بِٱلْحَقِّ وَأَجَلٍ مُّسَمًّى ۗ وَإِنَّ كَثِيرًا مِّنَ ٱلنَّاسِ بِلِقَآئِ رَبِّهِمْ لَكَـٰفِرُونَ
Awalam yatafakkaroo feee anfusihim; maa khalaqal laahus samaawaati wal arda wa maa bainahumaaa illaa bil haqqi wa ajalim musammaa; wa inna kaseeram minan naasi biliqaaa'i Rabbihim lakaafiroon
Axir, ular, o`zlaricha, Alloh osmonlaru yerni va ular orasidagi narsalarni faqat haq bilan va ma'lum muddatga yaratganini tafakkur qilib ko`rmaslarmi?! Haqiqatan, odamlardan ko`plari Robbilariga ro`baro` bo`lishni inkor qilguvchilardir.
-
30:9
أَوَلَمْ يَسِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَيَنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَـٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ كَانُوٓا۟ أَشَدَّ مِنْهُمْ قُوَّةً وَأَثَارُوا۟ ٱلْأَرْضَ وَعَمَرُوهَآ أَكْثَرَ مِمَّا عَمَرُوهَا وَجَآءَتْهُمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَـٰتِ ۖ فَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيَظْلِمَهُمْ وَلَـٰكِن كَانُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ
Awalm yaseeroo fil ardi fa-yanzuroo kaifa kaana 'aaqibatul lazeena min qablihim; kaanooo ashadda minhhum quwwatanw wa asaarul arda wa 'amaroohaaa aksara mimmaa 'amaroohaa wa jaaa'athum Rusuluhum bil baiyinaati famaa kaanal laahu liyazli mahum wa laakin kaanooo anfusahum yazlimoon
Yer yuzida yurib, o`zlaridan oldingilarning oqibati qanday bo`lganiga nazar solmaslarmi?! Ularning bulardan quvvatlari ko`proq edi va yerga ishlov berib, uni bular obod qilgandan ko`ra ko`proq obod qilgan edilar. Va ularga Payg`ambarlari ochiq-oydin(oyat)lar bilan keldilar. Alloh ularga zulm qilmas edi, lekin ular o`zlariga zulm qilardilar.
-
30:10
ثُمَّ كَانَ عَـٰقِبَةَ ٱلَّذِينَ أَسَـٰٓـُٔوا۟ ٱلسُّوٓأَىٰٓ أَن كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِ ٱللَّهِ وَكَانُوا۟ بِهَا يَسْتَهْزِءُونَ
Summa kaana'aaqibatal lazeena asaaa'us sooo aaa an kazzaboo bi aayaatil laahi wa kaanoo bihaa yastahzi'oon
So`ngra yomonlik qilganlarning oqibati Allohning oyatlarini yolg`onga chiqarganlari va ularni istehzo qilganlari uchun yomon bo`ldi.
-
30:11
ٱللَّهُ يَبْدَؤُا۟ ٱلْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥ ثُمَّ إِلَيْهِ تُرْجَعُونَ
Allaahu yabda'ul khalqa summa yu'eeduhoo summa ilaihi turja'oon
Alloh maxluqotni yo`qdan bor qilur, so`ngra uni yana qaytadan vujudga keltirur, so`ngra Unga qaytarilursiz.
-
30:12
وَيَوْمَ تَقُومُ ٱلسَّاعَةُ يُبْلِسُ ٱلْمُجْرِمُونَ
Wa yawma taqoomus Saa'atu yublisul mujrimoon
Qiyomat qoim bo`lgan kunda jinoyatchilar noumid bo`lurlar.
-
30:13
وَلَمْ يَكُن لَّهُم مِّن شُرَكَآئِهِمْ شُفَعَـٰٓؤُا۟ وَكَانُوا۟ بِشُرَكَآئِهِمْ كَـٰفِرِينَ
Wa lam yakul lahum min shurakaaa'ihim shufa'aaa'u wa kaanoo bishurakaaa'ihim kaafireen
Ularga (Allohga keltirgan) sheriklaridan shafoatchilar bo`lmadi va ular sheriklariga kufr keltirguvchi bo`ldilar.
-
30:14
وَيَوْمَ تَقُومُ ٱلسَّاعَةُ يَوْمَئِذٍ يَتَفَرَّقُونَ
Wa Yawma taqoomus Saa'atu Yawma'iziny yatafarraqoon
Qiyomat qoim bo`lgan kuni, o`sha kuni (guruhlarga) bo`linurlar.
-
30:15
فَأَمَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ فَهُمْ فِى رَوْضَةٍ يُحْبَرُونَ
Fa ammal lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati fahum fee rawdatiny yuhbaroon
Bas, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlar, ular jannatda shodlanurlar.
-
30:16
وَأَمَّا ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَكَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا وَلِقَآئِ ٱلْـَٔاخِرَةِ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ فِى ٱلْعَذَابِ مُحْضَرُونَ
Wa ammal lazeena kafaroo wa kazzaboo bi-Aayaatinaa wa liqaaa'il Aakhirati faulaaa'ika fil'azaabi muhdaroon
Kufr keltirib, Bizning oyatlarimizni va oxirat muloqotini yolg`onga chiqarganlar, ana o`shalar azobga hozir qilinurlar.
-
30:17
فَسُبْحَـٰنَ ٱللَّهِ حِينَ تُمْسُونَ وَحِينَ تُصْبِحُونَ
Fa Subhaanal laahi heena tumsoona wa heena tusbihoon
Bas, tunga kirishingizda ham, tongga kirishingizda ham Allohni poklab yod eting.
-
30:18
وَلَهُ ٱلْحَمْدُ فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَعَشِيًّا وَحِينَ تُظْهِرُونَ
Wa lahul hamdu fis samaawaati wal ardi wa 'ashiyyanw wa heena tuzhiroon
Osmonlaru yerdagi hamdu sano Unikidir. Oqshomda va peshinda ham (poklab yod eting).
-
30:19
يُخْرِجُ ٱلْحَىَّ مِنَ ٱلْمَيِّتِ وَيُخْرِجُ ٱلْمَيِّتَ مِنَ ٱلْحَىِّ وَيُحْىِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا ۚ وَكَذَٰلِكَ تُخْرَجُونَ
Yukhrijul haiya minal maiyiti wa yukhrijul maiyita minal haiyi wa yuhyil arda ba'da mawtihaa; wa kazaalika tukhrajoon
U o`likdan tirikni chiqarur va tirikdan o`likni chiqarur va yerni o`limidan keyin tiriltirur. Shunga o`xshash, siz ham chiqarilursiz.
-
30:20
وَمِنْ ءَايَـٰتِهِۦٓ أَنْ خَلَقَكُم مِّن تُرَابٍ ثُمَّ إِذَآ أَنتُم بَشَرٌ تَنتَشِرُونَ
Wa min Aayaatiheee an khalaqakum min turaabin summa izaaa antum basharun tantashiroon
Sizni tuproqdan yaratgani va so`ngra sizlar basharga aylanib tarqalishingiz Uning oyat-belgilaridandir.
-
30:21
وَمِنْ ءَايَـٰتِهِۦٓ أَنْ خَلَقَ لَكُم مِّنْ أَنفُسِكُمْ أَزْوَٰجًا لِّتَسْكُنُوٓا۟ إِلَيْهَا وَجَعَلَ بَيْنَكُم مَّوَدَّةً وَرَحْمَةً ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ لِّقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ
Wa min Aayaatiheee an khalaqa lakum min anfusikum azwaajal litaskunooo ilaihaa wa ja'ala bainakum mawad datanw wa rahmah; inna fee zaalika la Aayaatil liqawminy yatafakkaroon
Va sizlarga sokinlik topishingiz uchun o`zingizdan juftlar yaratganligi va oralaringizda sevgi va marhamatni solib qo`ygani (ham) Uning oyat-belgilaridandir. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.
-
30:22
وَمِنْ ءَايَـٰتِهِۦ خَلْقُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَٱخْتِلَـٰفُ أَلْسِنَتِكُمْ وَأَلْوَٰنِكُمْ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ لِّلْعَـٰلِمِينَ
Wa min Aayaatihee khalqus samaawaati wal aardi wakhtilaafu alsinatikum wa alwaanikum; inna fee zaalika la Aayaatil lil'aalimeen
Va Uning oyat-belgilaridan osmonlaru yerning yaratilishi va tillaringiz va ranglaringizning turlicha bo`lishidir. Albatta, bunda olimlar uchun oyat-belgilar bordir.
-
30:23
وَمِنْ ءَايَـٰتِهِۦ مَنَامُكُم بِٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ وَٱبْتِغَآؤُكُم مِّن فَضْلِهِۦٓ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ لِّقَوْمٍ يَسْمَعُونَ
Wa min Aayaatihee manaamukum bil laili wannahaari wabtighaaa'ukum min fadlih; inna fee zaalika la Aayaatil liqawminy yasma'oon
Va Uning oyat-belgilaridan kechasi va kunduzi uxlashingiz hamda Uning fazlidan talab qilishingizdir. Albatta, bunda eshitadigan qavm uchun oyat-belgilar bordir.
-
30:24
وَمِنْ ءَايَـٰتِهِۦ يُرِيكُمُ ٱلْبَرْقَ خَوْفًا وَطَمَعًا وَيُنَزِّلُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَيُحْىِۦ بِهِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَآ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ لِّقَوْمٍ يَعْقِلُونَ
Wa min Aayaatihee yureekumul barqa khawfanw wa tama'anw wa yunazzilu minas samaaa'i maaa'an fa yuhyee bihil arda ba'da mawtihaaa inna fee zaalika la Aayaatil liqawminy ya'qiloon
Va Uning oyatlaridan sizga qo`rquv va umid uchun chaqmoqni ko`rsatur va osmondan suvni nozil qiladi-da, u bilan yerni o`lgandan keyin tiriltirur. Albatta, bunda aql yuritadigan qavm uchun oyat-belgilar bordir.
-
30:25
وَمِنْ ءَايَـٰتِهِۦٓ أَن تَقُومَ ٱلسَّمَآءُ وَٱلْأَرْضُ بِأَمْرِهِۦ ۚ ثُمَّ إِذَا دَعَاكُمْ دَعْوَةً مِّنَ ٱلْأَرْضِ إِذَآ أَنتُمْ تَخْرُجُونَ
Wa min Aayaatihee an taqoomas samaaa'u wal ardu bi-amrih; summa izaa da'aakum da'watam minal ardi izaaa antum takhrujoon
Uning oyat-belgilaridan, osmonlaru yer Uning amri ila turishidir. So`ngra sizlarni bir bor chaqirsa, yerdan hammangiz birdan chiqarsizlar.
-
30:26
وَلَهُۥ مَن فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ كُلٌّ لَّهُۥ قَـٰنِتُونَ
Wa lahoo man fissamaawaati wal ardi kullul lahoo qaanitoon
Osmonlaru yerdagi kimsalar Unga xosdir. Barchalari Unga itoat qilguvchidirlar.
-
30:27
وَهُوَ ٱلَّذِى يَبْدَؤُا۟ ٱلْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥ وَهُوَ أَهْوَنُ عَلَيْهِ ۚ وَلَهُ ٱلْمَثَلُ ٱلْأَعْلَىٰ فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ
Wa Huwal lazee yabda'ul khalqa summa yu'eeduhoo wa huwa ahwanu 'alaih; wa lahul masalul la'laa fissamaawaati wal-ard; wa Huwal 'Azeezul Hakeem
U maxluqotni yo`qdan bor qilur, so`ngra uni yana qaytadan vujudga keltirur, bu Unga juda osondir. Osmonlaru yerdagi eng oliy vasf Unikidir. U aziyz va hakiym Zotdir.
-
30:28
ضَرَبَ لَكُم مَّثَلًا مِّنْ أَنفُسِكُمْ ۖ هَل لَّكُم مِّن مَّا مَلَكَتْ أَيْمَـٰنُكُم مِّن شُرَكَآءَ فِى مَا رَزَقْنَـٰكُمْ فَأَنتُمْ فِيهِ سَوَآءٌ تَخَافُونَهُمْ كَخِيفَتِكُمْ أَنفُسَكُمْ ۚ كَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ ٱلْـَٔايَـٰتِ لِقَوْمٍ يَعْقِلُونَ
Daraba lakum masalam min anfusikum hal lakum mimmaa malakat aymaanukum min shurakaaa'a fee maa razaqnaakum fa antum feehi sawaaa'un takhaafoonahum kakheefa tikum anfusakum; kazaalika nufassilul Aayaati liqawminy ya'qiloon
U sizga o`zingizdan misol keltirdi. Sizlarning qo`lingizdagi(qullaringiz)dan Biz sizga rizq qilib bergan narsada sheriklaringiz bor-u, sizlar u(rizq)da teng bo`lib, ular(haqi)da ham o`z(haq)ingizda qo`rqqaningizdek qo`rqasizmi?! Aql yuritadigan qavmlar uchun oyatlarni ana shunday mufassal qilib borurmiz.
-
30:29
بَلِ ٱتَّبَعَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوٓا۟ أَهْوَآءَهُم بِغَيْرِ عِلْمٍ ۖ فَمَن يَهْدِى مَنْ أَضَلَّ ٱللَّهُ ۖ وَمَا لَهُم مِّن نَّـٰصِرِينَ
Balit taba'al lazeena zalamooo ahwaaa'ahum bighairi 'ilmin famai yahdee man adallal laahu wa maa lahum min naasireen
Yo`q!!! Zulm qilganlar ilmsiz ravishda havoyi nafslariga ergashdilar, xolos. Alloh zalolatga solgan kimsani kim hidoyatga sola olardi?! Va ularga nusrat berguvchilar bo`lmas.
-
30:30
فَأَقِمْ وَجْهَكَ لِلدِّينِ حَنِيفًا ۚ فِطْرَتَ ٱللَّهِ ٱلَّتِى فَطَرَ ٱلنَّاسَ عَلَيْهَا ۚ لَا تَبْدِيلَ لِخَلْقِ ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكَ ٱلدِّينُ ٱلْقَيِّمُ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ
Fa aqim wajhaka liddeeni Haneefaa; fitratal laahil latee fataran naasa 'alaihaa; laa taabdeela likhalqil laah; zaalikad deenul qaiyimu wa laakinna aksaran naasi laa ya'lamoon
Bas, sen haqqa moyil bo`lib, dinga yuz tut. Bu fitrat Alloh odamlarni yaratgan asl tabiatdir. Allohning yaratganini o`zgartirib bo`lmas. Ushbu to`g`ri dindir. Lekin odamlarning ko`pi bilmaslar.
-
30:31
۞ مُنِيبِينَ إِلَيْهِ وَٱتَّقُوهُ وَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَلَا تَكُونُوا۟ مِنَ ٱلْمُشْرِكِينَ
Muneebeena ilaihi wattaqoohu wa aqeemus Salaata wa laa takoonoo minal mushrikeen
(Har bir narsada) Unga qaytguvchi bo`laroq, Unga taqvo qiling, namozni to`kis ado eting va mushriklardan bo`lmang.
-
30:32
مِنَ ٱلَّذِينَ فَرَّقُوا۟ دِينَهُمْ وَكَانُوا۟ شِيَعًا ۖ كُلُّ حِزْبٍۭ بِمَا لَدَيْهِمْ فَرِحُونَ
Minal lazeena farraqoo deenahum wa kaanoo shiya'an kullu hizbim bimaa ladaihim farihoon
Dinlarida tafriqaga tushgan, guruh-guruh bo`lib olib, har bir firqa o`z oldidagi narsadan shod bo`lganlardan (bo`lmang).
-
30:33
وَإِذَا مَسَّ ٱلنَّاسَ ضُرٌّ دَعَوْا۟ رَبَّهُم مُّنِيبِينَ إِلَيْهِ ثُمَّ إِذَآ أَذَاقَهُم مِّنْهُ رَحْمَةً إِذَا فَرِيقٌ مِّنْهُم بِرَبِّهِمْ يُشْرِكُونَ
Wa izaa massan naasa durrun da'aw Rabbahum muneebeena ilaihi summa izaaa azaqahum minhu rahmatan izaa fareequm minhum be Rabbihim yushrikoon
Qachon odamlarga zarar yetsa, Robbilarining O`zigagina qaytib, duo qilurlar. So`ngra U ularga O`zidan rahmat tottirganda, ko`ribsanki, ulardan ba'zi guruhlari Robbilariga shirk keltirurlar.
-
30:34
لِيَكْفُرُوا۟ بِمَآ ءَاتَيْنَـٰهُمْ ۚ فَتَمَتَّعُوا۟ فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ
Li yakfuroo bimaaa aatainaahum; fatamatta'oo fasawfa ta'lamoon
Biz ularga bergan narsaga kufr keltiraversinlar! Bas, huzurlanavering! Yaqinda bilasizlar!
-
30:35
أَمْ أَنزَلْنَا عَلَيْهِمْ سُلْطَـٰنًا فَهُوَ يَتَكَلَّمُ بِمَا كَانُوا۟ بِهِۦ يُشْرِكُونَ
Am anzalnaa 'alaihim sultaanan fahuwa yatakallamu bimaa kaanoo bihee yushrikoon
Yoki Biz ularga hujjat tushirganmiz-u, u(hujjat) Unga shirk keltirgan narsalari (joizligi) haqida so`zlarmi?!
-
30:36
وَإِذَآ أَذَقْنَا ٱلنَّاسَ رَحْمَةً فَرِحُوا۟ بِهَا ۖ وَإِن تُصِبْهُمْ سَيِّئَةٌۢ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيهِمْ إِذَا هُمْ يَقْنَطُونَ
Wa izaaa azaqnan naasa rahmatan farihoo bihaa wa in tusibhum sayyi'atum bimaa qaddamat aydeehim izaa hum yaqnatoon
Va qachon odamlarga rahmatni tottirsak, undan shod bo`lurlar. Agar ularga o`z qo`llari taqdim qilgan narsa tufayli yomonlik yetsa, darhol umidsizlikka tushurlar.
-
30:37
أَوَلَمْ يَرَوْا۟ أَنَّ ٱللَّهَ يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ وَيَقْدِرُ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ
Awalam yaraw annal laaha yabsutur rizqa limai yashaaa'u wa yaqdir; inna fee zaalika la Aayaatil liqawminy yu'minoon
Ular Alloh O`zi xohlagan kishisiga rizqni keng yoki tor qilishini bilmaslarmi? Albatta, bunda iymon keltiradigan qavm uchun oyat-belgilar bordir.
-
30:38
فَـَٔاتِ ذَا ٱلْقُرْبَىٰ حَقَّهُۥ وَٱلْمِسْكِينَ وَٱبْنَ ٱلسَّبِيلِ ۚ ذَٰلِكَ خَيْرٌ لِّلَّذِينَ يُرِيدُونَ وَجْهَ ٱللَّهِ ۖ وَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ
Fa aati zal qurbaa haqqahoo walmiskeena wabnassabeel; zaalika khairul lil lazeena yureedoona Wajhal laahi wa ulaaa'ika humul muflihoon
Bas, qarindoshga, miskinga va yo`lda qolganga haqqini ber. Ana shu, Allohning yuzini iroda qilganlar uchun xayrlidir. Va ana o`shalar najot topguvchilardir.
-
30:39
وَمَآ ءَاتَيْتُم مِّن رِّبًا لِّيَرْبُوَا۟ فِىٓ أَمْوَٰلِ ٱلنَّاسِ فَلَا يَرْبُوا۟ عِندَ ٱللَّهِ ۖ وَمَآ ءَاتَيْتُم مِّن زَكَوٰةٍ تُرِيدُونَ وَجْهَ ٱللَّهِ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُضْعِفُونَ
Wa maaa aataitum mir ribal li yarbuwa feee amwaalin naasi falaa yarboo 'indal laahi wa maaa aataitum min zaakaatin tureedoona wajhal laahi fa ulaaa'ika humul mud'ifoon
Odamlar mollari ichida ziyoda bo`lsin deb ribo uchun bergan molingiz Alloh huzurida ziyoda bo`lmas. Allohning yuzini ko`zlab bergan zakotingiz esa, bas, ana o`shalar bir necha barobar qilib olguvchilardir.
-
30:40
ٱللَّهُ ٱلَّذِى خَلَقَكُمْ ثُمَّ رَزَقَكُمْ ثُمَّ يُمِيتُكُمْ ثُمَّ يُحْيِيكُمْ ۖ هَلْ مِن شُرَكَآئِكُم مَّن يَفْعَلُ مِن ذَٰلِكُم مِّن شَىْءٍ ۚ سُبْحَـٰنَهُۥ وَتَعَـٰلَىٰ عَمَّا يُشْرِكُونَ
Allaahul lazee khalaqa kum summa razaqakm summa yumeetukum summa yuhyeekum hal min shurakaaa'ikum mai yaf'alu min zaalikum min shai'; Sub haanahoo wa Ta'aalaa 'ammaa yushrikoon
Sizlarni xalq qilgan, so`ngra rizqlantirgan, keyin o`ldiradigan va yana tiriltiradigan zot Allohdir. Sizning (Allohga keltirgan) sheriklaringizdan kim ana shularingizdan birortasini qila oladir?! U zot ular shirk keltirayotgan narsalardan pok va oliy bo`ldi.
-
30:41
ظَهَرَ ٱلْفَسَادُ فِى ٱلْبَرِّ وَٱلْبَحْرِ بِمَا كَسَبَتْ أَيْدِى ٱلنَّاسِ لِيُذِيقَهُم بَعْضَ ٱلَّذِى عَمِلُوا۟ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ
Zaharal fasaadu fil barri wal bahri bimaa kasabat aydinnaasi li yuzeeqahum ba'dal lazee 'amiloo la'allahum yarji'oon
Qilgan amallarining ba'zisini tottirish uchun, odamlar qo`llari kasb qilgan narsalar tufayli quruqlikdayu dengizda fasod zohir bo`ldi. Shoyadki, ular qaytsalar.
-
30:42
قُلْ سِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَٱنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَـٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلُ ۚ كَانَ أَكْثَرُهُم مُّشْرِكِينَ
Qul seeroo fil ardi fanzuroo kaifa kaana 'aaqibatul lazeena min qabl; kaana aksaruhum mushrikeen
Sen: «Er yuzida sayr qilinglar. Oldin o`tganlarning oqibati qanday bo`lganiga nazar solinglar. Ularning ko`plari mushrik bo`lgan edilar», deb ayt.
-
30:43
فَأَقِمْ وَجْهَكَ لِلدِّينِ ٱلْقَيِّمِ مِن قَبْلِ أَن يَأْتِىَ يَوْمٌ لَّا مَرَدَّ لَهُۥ مِنَ ٱللَّهِ ۖ يَوْمَئِذٍ يَصَّدَّعُونَ
Fa aqim wajhaka lid deenil qaiyimi min qabli any yaatiya Yawmul laa maradda lahoo minal laahi Yawma'iziny yassadda'oon
Bas, Alloh tomonidan rad qilinmaydigan kun kelmasdan avval to`g`ri dinga yuz tut. O`sha kunda (odamlar) bo`lak-bo`lak bo`lurlar.
-
30:44
مَن كَفَرَ فَعَلَيْهِ كُفْرُهُۥ ۖ وَمَنْ عَمِلَ صَـٰلِحًا فَلِأَنفُسِهِمْ يَمْهَدُونَ
Man kafara fa'alaihi kufruhoo wa man 'amila saalihan fali anfusihim yamhadoon
Kim kufr keltirsa, uning kufri o`ziga zarar. Kimlar yaxshi amallar qilgan bo`lsa, o`zlari uchun (zamin) tayyorlar.
-
30:45
لِيَجْزِىَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ مِن فَضْلِهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلْكَـٰفِرِينَ
Li yajziyal lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati min fadlih; innahoo laa yuhibbul kaafireen
U zot iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarni O`z fazli ila mukofotlashi uchundir. Albatta, U kofirlarni sevmas.
-
30:46
وَمِنْ ءَايَـٰتِهِۦٓ أَن يُرْسِلَ ٱلرِّيَاحَ مُبَشِّرَٰتٍ وَلِيُذِيقَكُم مِّن رَّحْمَتِهِۦ وَلِتَجْرِىَ ٱلْفُلْكُ بِأَمْرِهِۦ وَلِتَبْتَغُوا۟ مِن فَضْلِهِۦ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ
Wa min Aayaatiheee anyyursilar riyaaha mubashshi raatinw wa li yuzeeqakum mir rahmatihee wa litajriyal fulku bi amrihee wa litabtaghoo min fadlihee wa la'allakum tashkuroon
Va Uning oyat-belgilaridan sizga O`z rahmatidan tottirish uchun, O`z amri ila kemalarni yurdirish uchun va Uning fazlidan (rizq) talab qilishingiz uchun shamollarni xushxabarchi qilib yuborishidir. Shoyadki, shukr qilsangiz.
-
30:47
وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ رُسُلًا إِلَىٰ قَوْمِهِمْ فَجَآءُوهُم بِٱلْبَيِّنَـٰتِ فَٱنتَقَمْنَا مِنَ ٱلَّذِينَ أَجْرَمُوا۟ ۖ وَكَانَ حَقًّا عَلَيْنَا نَصْرُ ٱلْمُؤْمِنِينَ
Wa laqad arsalnaa min qablika Rusulan ilaa qawmihim fajaaa'oohum bil baiyinaati fantaqamnaa minal lazeena ajramoo wa kaana haqqan 'alainaa nasrul mu'mineen
Batahqiq, Biz sendan oldin ham Payg`ambarlarni qavmlariga yubordik. Bas, ular (qavmlariga) ochiq-oydin hujjatlar keltirganlar. So`ng Biz jinoyat qilganlardan intiqom olganmiz. Mo`minlarga nusrat berish Bizning zimmamizdagi haq bo`lgan.
-
30:48
ٱللَّهُ ٱلَّذِى يُرْسِلُ ٱلرِّيَـٰحَ فَتُثِيرُ سَحَابًا فَيَبْسُطُهُۥ فِى ٱلسَّمَآءِ كَيْفَ يَشَآءُ وَيَجْعَلُهُۥ كِسَفًا فَتَرَى ٱلْوَدْقَ يَخْرُجُ مِنْ خِلَـٰلِهِۦ ۖ فَإِذَآ أَصَابَ بِهِۦ مَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦٓ إِذَا هُمْ يَسْتَبْشِرُونَ
Allaahul lazee yursilur riyaaha fatuseeru sahaaban fa yabsutuhoo fis samaaa'i kaifa yashaaa'u wa yaj'aluhoo kisafan fataral wadqa yakhruju min khilaalihee fa izaaa asaaba bihee mai yashaaa'u min 'ibaadiheee izaa hum yastabshiroon
Alloh shunday zotki, shamollarni yuborib, ular ila bulutni qo`zg`atar va u(bulut)ni osmonda O`zi xohlaganicha yoyar va bo`lak-bo`lak qilar, bas, uning orasidan yomg`ir chiqayotganini ko`rasan. Qachon u(yomg`ir)ni O`z bandalaridan xohlagan kimsalarga yetkazsa, ular darhol shod bo`lurlar.
-
30:49
وَإِن كَانُوا۟ مِن قَبْلِ أَن يُنَزَّلَ عَلَيْهِم مِّن قَبْلِهِۦ لَمُبْلِسِينَ
Wa in kaanoo min qabli any yunazzala 'alaihim min qablihee lamubliseen
Holbuki, ustlariga (yomg`ir) tushirilishidan oldin, ha, undan oldin, mutlaqo umidsiz edilar.
-
30:50
فَٱنظُرْ إِلَىٰٓ ءَاثَـٰرِ رَحْمَتِ ٱللَّهِ كَيْفَ يُحْىِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَآ ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ لَمُحْىِ ٱلْمَوْتَىٰ ۖ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ
Fanzur ilaaa aasaari rahmatil laahi kaifa yuhyil arda ba'da mawtihaa; inna zaalika lamuhyil mawtaa wa Huwa 'alaa kulli shai'in Qadeer
Bas, Robbing rahmati asarlariga nazar sol. U yerni o`lib yotganidan keyin qanday tiriltirur?! Albatta, ana shu Zot o`liklarni ham tiriltirguvchidir va U har bir narsaga qodirdir.
-
30:51
وَلَئِنْ أَرْسَلْنَا رِيحًا فَرَأَوْهُ مُصْفَرًّا لَّظَلُّوا۟ مِنۢ بَعْدِهِۦ يَكْفُرُونَ
Wa la'in arsalnaa reehan fara awhu musfarral lazalloo mim ba'dihee yakfuroon
Agar Biz bir shamol yuborib, ular (ekinlarini) sarg`aygan holda ko`rsalar, undan keyin, albatta, kufroni ne'mat qilishga o`tarlar.
-
30:52
فَإِنَّكَ لَا تُسْمِعُ ٱلْمَوْتَىٰ وَلَا تُسْمِعُ ٱلصُّمَّ ٱلدُّعَآءَ إِذَا وَلَّوْا۟ مُدْبِرِينَ
Fa innaka laa tusmi'ul mawtaa wa laa tusmi'us summad du'aaa'a izaa wallaw mudbireen
Albatta, sen o`likka eshittira olmassan va da'vatni ortlariga burilib ketayotgan karlarga eshittira olmassan.
-
30:53
وَمَآ أَنتَ بِهَـٰدِ ٱلْعُمْىِ عَن ضَلَـٰلَتِهِمْ ۖ إِن تُسْمِعُ إِلَّا مَن يُؤْمِنُ بِـَٔايَـٰتِنَا فَهُم مُّسْلِمُونَ
Wa maa anta bihaadil 'umyi 'an dalaalatihim in tusmi'u illaa mai yuminu bi aayaatinaa fahum muslimoon (section 5)
Sen ko`rlarni gumrohliklaridan hidoyat qilguvchi emassan. Sen faqat Bizning oyatlarimizga iymon keltirganlargagina eshittira olursan. Ana o`shalar musulmonlardir.
-
30:54
۞ ٱللَّهُ ٱلَّذِى خَلَقَكُم مِّن ضَعْفٍ ثُمَّ جَعَلَ مِنۢ بَعْدِ ضَعْفٍ قُوَّةً ثُمَّ جَعَلَ مِنۢ بَعْدِ قُوَّةٍ ضَعْفًا وَشَيْبَةً ۚ يَخْلُقُ مَا يَشَآءُ ۖ وَهُوَ ٱلْعَلِيمُ ٱلْقَدِيرُ
Allahul lazee khalaqa kum min du'fin summa ja'ala mim ba'di du'fin quwwatan summa ja'ala mim ba'di quwwatin du'fanw wa shaibah; yakhluqu maa yashaaa'u wa Huwal 'Aleemul Qadeer
Alloh sizni zaiflikda yaratgan, so`ngra zaiflikdan keyin quvvatli qilgan, so`ngra quvvatdan keyin yana zaiflik va qarilik oriz qilgan Zotdir. U xohlaganini yaratadir. U o`ta ilmli va o`ta qudratlidir.
-
30:55
وَيَوْمَ تَقُومُ ٱلسَّاعَةُ يُقْسِمُ ٱلْمُجْرِمُونَ مَا لَبِثُوا۟ غَيْرَ سَاعَةٍ ۚ كَذَٰلِكَ كَانُوا۟ يُؤْفَكُونَ
Wa Yawma taqoomus Saa'atu yuqsimul mujrimoona maa labisoo ghaira saa'ah; kazaalika kaanoo yu'fakoon
Qiyomat qoim bo`ladigan kuni jinoyatchilar bir soatdan boshqa turmaganlari haqida qasam ichurlar. Ular ana shunday o`girilar edilar.
-
30:56
وَقَالَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْعِلْمَ وَٱلْإِيمَـٰنَ لَقَدْ لَبِثْتُمْ فِى كِتَـٰبِ ٱللَّهِ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْبَعْثِ ۖ فَهَـٰذَا يَوْمُ ٱلْبَعْثِ وَلَـٰكِنَّكُمْ كُنتُمْ لَا تَعْلَمُونَ
Wa qaalal lazeena ootul 'ilma wal eemaana laqad labistum fee kitaabil laahi ilaa yawmil ba'si fahaazaa yawmul ba'si wa laakinnakum kuntum laa ta'lamoon
Ilm va iymon berilganlar: «Batahqiq, Allohning kitobi bo`yicha, qayta tirilish kunigacha turdingiz. Bas, bugun qayta tirilish kunidir. Lekin sizlar bilmas edingiz», derlar.
-
30:57
فَيَوْمَئِذٍ لَّا يَنفَعُ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ مَعْذِرَتُهُمْ وَلَا هُمْ يُسْتَعْتَبُونَ
Fa Yawma'izil laa yanfa'ul lazeena zalamoo ma'ziratu hum wa laa hum yusta'taboon
Bas, bugungi kunda zulm qilganlarga ma'ziratlari manfaat bermas hamda ular itobga ham qaytarilmaslar.
-
30:58
وَلَقَدْ ضَرَبْنَا لِلنَّاسِ فِى هَـٰذَا ٱلْقُرْءَانِ مِن كُلِّ مَثَلٍ ۚ وَلَئِن جِئْتَهُم بِـَٔايَةٍ لَّيَقُولَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِنْ أَنتُمْ إِلَّا مُبْطِلُونَ
Wa laqad darabnaa linnaasi fee haazal Quraani min kulli masal; wa la'in ji'tahum bi aayatil la yaqoolannal lazeena kafaroo in antum illaa mubtiloon
Batahqiq, Biz ushbu Qur'onda odamlar uchun turli misollar keltirdik. Aniqki, agar sen ularga mo`'jiza keltirsang ham, kufr keltirganlar: «Siz botilchilardan o`zga emassiz», derlar.
-
30:59
كَذَٰلِكَ يَطْبَعُ ٱللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِ ٱلَّذِينَ لَا يَعْلَمُونَ
Kazaalika yatba'ul laahu 'alaa quloobil lazeena laa ya'lamoon
Alloh bilmaydiganlarning qalblarini ana shunday qilib muhrlar.
-
30:60
فَٱصْبِرْ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّ ۖ وَلَا يَسْتَخِفَّنَّكَ ٱلَّذِينَ لَا يُوقِنُونَ
Fasbir inna wa'dal laahi haqqunw wa laa yastakhif fannakal lazeena laa yooqinoon
Bas, sabr qil. Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Sobit iymon keltirmaganlar seni yengiltaklikka boshlamasinlar.
Manbalar
- Maʼnolar tarjimasi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
- Qiroat: Mishari Roshid al-Afasiy, mp3quran.net.
- Transliteratsiya faqat oʻqishga yordamchi. Toʻgʻri talaffuzni qorining qiroatidan yoki ustozdan oʻrganing.
وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ
«Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!» — Qamar surasi, 54:17