1. Qaree
  2. Suralar
  3. Ankabut surasi

Ankabut surasini qanday yod olish mumkin

«Oʻrgimchak»

  • 29-sura
  • 69 oyat
  • Makkiy
  • Mushafning 396–404-sahifalari

العنكبوت

Ankabut surasini Qaree’da yod olish

Ilova oʻrnatilgan boʻlsa, uni ochadi, aks holda App Store / Google Play’ni ochadi.

Surani toʻliq tinglang

Qori: Mishari Roshid al-Afasiy

Qancha vaqt kerak

Har kuni ushlab tura oladigan surʼatni tanlang:

Kuniga 1 oyat69 kun
Kuniga 3 oyat23 kun
Kuniga 5 oyat14 kun

Oyatma-oyat qanday yod olish kerak

  1. Avval tinglangOyatni bir necha marta qoʻying va arabcha matnni koʻzingiz bilan kuzatib boring.
  2. Ovoz chiqarib takrorlangTilingizga oson kelguncha qayta-qayta ayting. Qaree har bir takrorni sanaydi.
  3. Yoddan oʻqingMatnga qaramay oʻqing. Qaree’ning tilovat rejimi sizni tinglaydi va xato qilgan soʻzlaringizni belgilaydi.
  4. Ulang va takrorlangYangi oyatni oldingilari bilan birga oʻqing, ertasi kuni esa surani yana bir bor takrorlang.

Ankabut surasi: arabcha matni, transliteratsiyasi va tarjimasi

  1. 29:1

    الٓمٓ

    Alif-Laaam-Meeem

    Alif. Laam. Miym.

  2. 29:2

    أَحَسِبَ ٱلنَّاسُ أَن يُتْرَكُوٓا۟ أَن يَقُولُوٓا۟ ءَامَنَّا وَهُمْ لَا يُفْتَنُونَ

    Ahasiban naasu anyu yutrakooo any yaqoolooo aamannaa wa hum la yuftanoon

    Odamlar «iymon keltirdik» deyishlari ila imtihon qilinmay tark etilishlarini o`yladilarmi?

  3. 29:3

    وَلَقَدْ فَتَنَّا ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۖ فَلَيَعْلَمَنَّ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ صَدَقُوا۟ وَلَيَعْلَمَنَّ ٱلْكَـٰذِبِينَ

    Wa laqad fatannal lazeena min qablihim fala ya'lamannal laahul lazeena sadaqoo wa la ya'lamannal kaazibeen

    Va, batahqiq, Biz ulardan oldingilarni ham imtihondan o`tkazganmiz. Bas, Alloh, albatta, sodiq bo`lganlarni ham bilajak, yolg`onchilarni ham bilajak.

  4. 29:4

    أَمْ حَسِبَ ٱلَّذِينَ يَعْمَلُونَ ٱلسَّيِّـَٔاتِ أَن يَسْبِقُونَا ۚ سَآءَ مَا يَحْكُمُونَ

    Am hasibal lazeena ya'maloonas sayyiaati any yasbiqoonaa; saaa'a maa yahkumoon

    Yoki yomonliklarni qiladiganlar bizdan qochib qutulishni o`ylaydilarmi? Qilgan hukmlari qanday ham yomon-a?!

  5. 29:5

    مَن كَانَ يَرْجُوا۟ لِقَآءَ ٱللَّهِ فَإِنَّ أَجَلَ ٱللَّهِ لَـَٔاتٍ ۚ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ

    Man kaana yarjoo liqaaa 'allaahi fa inna ajalal laahi laaat; wa Huwass Sameeul 'Aleem

    Kim Allohga ro`baro` bo`lishdan umidvor bo`lsa, albatta, Alloh belgilagan vaqt kelguvchidir. U o`ta eshitguvchi va o`ta bilguvchidir.

  6. 29:6

    وَمَن جَـٰهَدَ فَإِنَّمَا يُجَـٰهِدُ لِنَفْسِهِۦٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَغَنِىٌّ عَنِ ٱلْعَـٰلَمِينَ

    Wa man jaahada fainnamaa yujaahidu linafsih; innal laaha laghaniyyun 'anil 'aalameen

    Kim jihod qilsa, bas, albatta, o`z foydasi uchun jiddu jahd qilur. Albatta, Alloh barcha olamlardan behojatdir.

  7. 29:7

    وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ لَنُكَفِّرَنَّ عَنْهُمْ سَيِّـَٔاتِهِمْ وَلَنَجْزِيَنَّهُمْ أَحْسَنَ ٱلَّذِى كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Wallazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati lanukaf firanna 'anhum saiyiaatihim wa lanajziyannahum ahsanal lazee kaanoo ya'maloon

    Iymon keltirib, yaxshi amallar qilganlarning yomonliklarini albatta o`chirurmiz va ularni qilgan amallarining eng yaxshisi ila mukofotlarmiz.

  8. 29:8

    وَوَصَّيْنَا ٱلْإِنسَـٰنَ بِوَٰلِدَيْهِ حُسْنًا ۖ وَإِن جَـٰهَدَاكَ لِتُشْرِكَ بِى مَا لَيْسَ لَكَ بِهِۦ عِلْمٌ فَلَا تُطِعْهُمَآ ۚ إِلَىَّ مَرْجِعُكُمْ فَأُنَبِّئُكُم بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

    Wa wassainal insaana biwaalidaihi husnanw wa in jaahadaaka litushrika bee maa laisa laka bihee 'ilmun falaa tuti'humaa; ilaiya marji'ukum fa unabbi'ukum bimaa kuntum ta'maloon

    Va insonga ota-onasiga yaxshilik qilishni tavsiya qildik. Agar ular sening o`zing bilmagan narsani Menga shirk keltirishing uchun jihod qilsalar, bas, ularga itoat qilma. Qaytishlaringiz Mengaginadir. Bas, sizlarga qilgan narsalaringiz xabarini berurman.

  9. 29:9

    وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ لَنُدْخِلَنَّهُمْ فِى ٱلصَّـٰلِحِينَ

    Wallazeena aamanoo w a'amilus saalihaati lanudkhilan nahum fis saaliheen

    Iymon keltirib, yaxshi amallar qilganlarni solihlar qatoriga qo`shurmiz.

  10. 29:10

    وَمِنَ ٱلنَّاسِ مَن يَقُولُ ءَامَنَّا بِٱللَّهِ فَإِذَآ أُوذِىَ فِى ٱللَّهِ جَعَلَ فِتْنَةَ ٱلنَّاسِ كَعَذَابِ ٱللَّهِ وَلَئِن جَآءَ نَصْرٌ مِّن رَّبِّكَ لَيَقُولُنَّ إِنَّا كُنَّا مَعَكُمْ ۚ أَوَلَيْسَ ٱللَّهُ بِأَعْلَمَ بِمَا فِى صُدُورِ ٱلْعَـٰلَمِينَ

    Wa minan naasi many yaqoolu aamannaa billaahi faizaaa ooziya fil laahi ja'ala fitnatan naasi ka'azaabil laahi wa la'in jaaa'a nasrum mir Rabbika la yaqoolunna innaa kunnaa ma'akum; awa laisal laahu bi a'lama bimaa fee surdooril 'aalameen

    Va odamlardan, Allohga iymon keltirdik, deydigan, so`ngra Allohning yo`lida ozorlansa, odamlarning fitnasini Allohning azobidek qabul qiladiganlari ham bor. Agar Robbing tomonidan nusrat kelsa, ular, albatta, biz siz bilan birga edik, derlar. Alloh olamlarning ko`ksilaridagi narsalarni o`ta bilguvchi Zot emasmi?!

  11. 29:11

    وَلَيَعْلَمَنَّ ٱللَّهُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَلَيَعْلَمَنَّ ٱلْمُنَـٰفِقِينَ

    Wa la ya'lamannal laahul lazeena aamanoo wa la ya'lamannal munaafiqeen

    Albatta, Alloh iymon keltirganlarni ham yaxshi bilur, munofiqlarni ham yaxshi bilur.

  12. 29:12

    وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لِلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ٱتَّبِعُوا۟ سَبِيلَنَا وَلْنَحْمِلْ خَطَـٰيَـٰكُمْ وَمَا هُم بِحَـٰمِلِينَ مِنْ خَطَـٰيَـٰهُم مِّن شَىْءٍ ۖ إِنَّهُمْ لَكَـٰذِبُونَ

    Wa qaalal lazaeena kafaroo lillazeena aamanut tabi'oo sabeelanaa walnahmil khataayaakum wa maa hum bihaamileena min khataa yaahum min shai'in innahum lakaaziboon

    Va kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Bizning yo`limizga ergashinglar, xatolaringizni biz ko`taraylik», derlar. Holbuki, ular alarning xatolaridan hech bir narsani ko`targuvchi emaslar. Albatta, ular yolg`onchilardir.

  13. 29:13

    وَلَيَحْمِلُنَّ أَثْقَالَهُمْ وَأَثْقَالًا مَّعَ أَثْقَالِهِمْ ۖ وَلَيُسْـَٔلُنَّ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ عَمَّا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ

    Wa la yahmilunna asqaa lahum wa asqaalam ma'a asqaalihim wa la yus'alunna Yawmal Qiyaamati 'ammaa kaanoo yaftaroon

    Albatta, ular o`z yuklarini ham, u yuklar bilan birga boshqa yuklarni ham ko`tarurlar. Albatta, qiyomat kunida uydirib yurgan narsalari haqida so`ralurlar.

  14. 29:14

    وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا نُوحًا إِلَىٰ قَوْمِهِۦ فَلَبِثَ فِيهِمْ أَلْفَ سَنَةٍ إِلَّا خَمْسِينَ عَامًا فَأَخَذَهُمُ ٱلطُّوفَانُ وَهُمْ ظَـٰلِمُونَ

    Wa laqad arsalnaa Noohan ilaa qawmihee falabisa feehim alfa sanatin illaa khamseena 'aaman fa akhazahumut toofaanu wa hum zaalimoon

    Va, batahqiq, Biz Nuhni qavmiga Payg`ambar etib yubordik. Bas, u ular ichida ellik yili kam ming yil turdi. So`ngra ularni zolim bo`lgan hollarida to`fon oldi.

  15. 29:15

    فَأَنجَيْنَـٰهُ وَأَصْحَـٰبَ ٱلسَّفِينَةِ وَجَعَلْنَـٰهَآ ءَايَةً لِّلْعَـٰلَمِينَ

    Fa anjainaahu wa as haabas safeenati wa ja'alnaahaaa Aayatal lil'aalameen

    Bas, Biz u(Nuh)ga va kema sohiblariga najot berdik va u(kema)ni olamlarga oyat-belgi qildik.

  16. 29:16

    وَإِبْرَٰهِيمَ إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ وَٱتَّقُوهُ ۖ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ

    Wa Ibraheema iz qaala liqawmihi' budul laaha wattaqoohu zaalikum khayrul lakum in kuntum ta'lamoon

    Va Ibrohimni (yubordik). O`shanda u o`z qavmiga: «Allohga ibodat qilinglar va Unga taqvo qilinglar. Bunday qilishingiz, agar bilsangiz, siz uchun yaxshidir.

  17. 29:17

    إِنَّمَا تَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَوْثَـٰنًا وَتَخْلُقُونَ إِفْكًا ۚ إِنَّ ٱلَّذِينَ تَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ لَا يَمْلِكُونَ لَكُمْ رِزْقًا فَٱبْتَغُوا۟ عِندَ ٱللَّهِ ٱلرِّزْقَ وَٱعْبُدُوهُ وَٱشْكُرُوا۟ لَهُۥٓ ۖ إِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

    Innamaa ta'ubdoona min doonil laahi awsaananw-wa takhluqoona ifkaa; innal lazeena ta'budoona min doonil laahi laa yamlikoona lakum rizqan fabtaghoo 'indal laahir rizqa fabtaghoo 'indal laahir rizqa wa'budoohu washkuroo lahooo ilaihi turja'oon

    Albatta, sizlar Allohni qo`yib, butlarga ibodat qilmoqdasiz va uydirmalar to`qimoqdasiz, xolos. Albatta, Allohdan o`zga ibodat qilayotgan narsalaringiz sizga rizq berishga molik emaslar. Rizqni Allohning huzuridan istanglar. Unga ibodat va shukr qilinglar. Ungagina qaytarilursiz.

  18. 29:18

    وَإِن تُكَذِّبُوا۟ فَقَدْ كَذَّبَ أُمَمٌ مِّن قَبْلِكُمْ ۖ وَمَا عَلَى ٱلرَّسُولِ إِلَّا ٱلْبَلَـٰغُ ٱلْمُبِينُ

    Wa in tukazziboo faqad kazzaba umamum min qablikum wa maa'alar Rasooli illal balaaghul mubeen

    Agar sizlar yolg`onchi qilsangiz, bas, sizdan oldingi ummatlar ham yolg`onchi qilganlar. Payg`ambar zimmasida ochiq-oydin yetkazishdan boshqa narsa yo`q», dedi.

  19. 29:19

    أَوَلَمْ يَرَوْا۟ كَيْفَ يُبْدِئُ ٱللَّهُ ٱلْخَلْقَ ثُمَّ يُعِيدُهُۥٓ ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرٌ

    Awa lam yaraw kaifa yubdi'ul laahul khalqa summa yu'eeduh; inna zaalika 'alal laahi yaseer

    Alloh maxluqni avval boshdan qanday yaratishini, so`ngra uni yana qaytarishini ko`rmaydilarmi?! Albatta, bu Alloh uchun osondir.

  20. 29:20

    قُلْ سِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَٱنظُرُوا۟ كَيْفَ بَدَأَ ٱلْخَلْقَ ۚ ثُمَّ ٱللَّهُ يُنشِئُ ٱلنَّشْأَةَ ٱلْـَٔاخِرَةَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ

    Qul seeroo fil ardi fanzuroo kaifa baa al khalqa summal laahu yunshi''un nash atal Aakhirah; innal laaha 'alaa kulli shai'in Qadeer

    Sen: «Er yuzida sayr etib yuringlar va maxluqotlarni U zot avval boshdan qanday yaratganiga nazar solinglar. So`ngra Alloh oxirat hayotini paydo qilur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir», deb ayt.

  21. 29:21

    يُعَذِّبُ مَن يَشَآءُ وَيَرْحَمُ مَن يَشَآءُ ۖ وَإِلَيْهِ تُقْلَبُونَ

    Yu'azzibu many yashaaa'u wa yarhamu many yashaaa'; wa ilaihi tuqlaboon

    Kimni xohlasa, azoblaydir, kimni xohlasa, rahim qiladir. Ungagina qaytarilursiz.

  22. 29:22

    وَمَآ أَنتُم بِمُعْجِزِينَ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَا فِى ٱلسَّمَآءِ ۖ وَمَا لَكُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ مِن وَلِىٍّ وَلَا نَصِيرٍ

    Wa maaa antum bimu'jizeena fil ardi wa laa fissamaaa'i wa maa lakum min doonil laahi minw waliyyinw wa laa naseer

    Siz na yer yuzida va na ko`kda U zotni ojiz qoldirguvchi emassiz. Sizga Allohdan o`zga do`st ham, yordamchi ham bo`lmas.

  23. 29:23

    وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِـَٔايَـٰتِ ٱللَّهِ وَلِقَآئِهِۦٓ أُو۟لَـٰٓئِكَ يَئِسُوا۟ مِن رَّحْمَتِى وَأُو۟لَـٰٓئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ

    Wallazeena kafaroo bi Aayaatil laahi wa liqaaa'iheee ulaaa'ika ya'isoo mir rahmatee wa ulaaa'ika lahum 'azaabun aleem

    Allohning oyatlariga va Unga ro`baro` bo`lishga kufr keltirganlar, ana o`shalar Mening rahmatimdan noumid bo`ldilar. Ana o`shalarning o`zlariga alamli azob bor.

  24. 29:24

    فَمَا كَانَ جَوَابَ قَوْمِهِۦٓ إِلَّآ أَن قَالُوا۟ ٱقْتُلُوهُ أَوْ حَرِّقُوهُ فَأَنجَىٰهُ ٱللَّهُ مِنَ ٱلنَّارِ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ

    Famaa kaana jawaaba qawmiheee illaaa an qaaluqtuloohu aw harriqoohu faanjaahul laahu minan naar; inna fee zaalika la Aayaatil laqawminy yu'minoon

    Uning qavmining javobi: «Uni o`ldiringlar yoki o`tda yoqinglar!» deyishlaridan boshqa narsa bo`lmadi. Bas, Alloh uni o`tdan qutqardi. Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun oyat-belgilar bordir.

  25. 29:25

    وَقَالَ إِنَّمَا ٱتَّخَذْتُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ أَوْثَـٰنًا مَّوَدَّةَ بَيْنِكُمْ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ ثُمَّ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ يَكْفُرُ بَعْضُكُم بِبَعْضٍ وَيَلْعَنُ بَعْضُكُم بَعْضًا وَمَأْوَىٰكُمُ ٱلنَّارُ وَمَا لَكُم مِّن نَّـٰصِرِينَ

    Wa qaala innamat takhaz tum min doonil laahi awsaanam mawaddata bainikum fil hayaatid dunyaa summa yawmal qiyaamati yakfuru ba'dukum biba 'dinw wa yal'anu ba'dukum ba'danw-wa yal'anu ba'dukum ba'danw wa maa waakumun Naaru wa maa lakum min naasireen

    U: «Sizlar, albatta, hayoti dunyodagi o`zaro do`stligingiz uchun Allohni qo`yib, butlarni tutdingiz. So`ngra, qiyomat kunida ba'zingiz ba'zingizga kufr keltirursiz va ba'zingiz ba'zingizni la'natlarsiz. Va joyingiz do`zaxdir. Hamda sizga nusrat berguvchilar bo`lmas.

  26. 29:26

    ۞ فَـَٔامَنَ لَهُۥ لُوطٌ ۘ وَقَالَ إِنِّى مُهَاجِرٌ إِلَىٰ رَبِّىٓ ۖ إِنَّهُۥ هُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

    Fa aamana lahoo Loot; wa qaala innee mauhajirun ilaa Rabbee innahoo Huwal 'Azeezul Hakeem

    Bas, unga Lut iymon keltirdi va: «Albatta, men Robbimga hijrat qilguvchiman. Albatta, U Aziyz va Hakiymdir», dedi.

  27. 29:27

    وَوَهَبْنَا لَهُۥٓ إِسْحَـٰقَ وَيَعْقُوبَ وَجَعَلْنَا فِى ذُرِّيَّتِهِ ٱلنُّبُوَّةَ وَٱلْكِتَـٰبَ وَءَاتَيْنَـٰهُ أَجْرَهُۥ فِى ٱلدُّنْيَا ۖ وَإِنَّهُۥ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ لَمِنَ ٱلصَّـٰلِحِينَ

    Wa wahabnaa lahoo Ishaaqa wa Ya'Qooba wa ja'alnaa fee zurriyyatihin Nubuwwata wal Kitaaba wa aatainaahu ajrahoo fid dunyaa wa innahoo fil aakhirati laminas saaliheen

    Biz unga Is'hoqni va Ya'qubni baxsh etdik va Payg`ambarlik hamda kitobni uning zurriyotida bo`ladigan qildik. Unga bu dunyoda ajrini berdik. Albatta, u oxiratda solihlardan bo`lgay.

  28. 29:28

    وَلُوطًا إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِۦٓ إِنَّكُمْ لَتَأْتُونَ ٱلْفَـٰحِشَةَ مَا سَبَقَكُم بِهَا مِنْ أَحَدٍ مِّنَ ٱلْعَـٰلَمِينَ

    Wa Lootan iz qaala liqawmiheee innakum laatoonal faahishata maa sabaqakum bihaa min ahadim minal 'aalameen

    Va Lutni (ham yubordik). O`shanda u o`z qavmiga: «Albatta, siz o`zingizdan oldin o`tgan olamlardan hech kim qilmagan fohisha ishni qilmoqdasiz.

  29. 29:29

    أَئِنَّكُمْ لَتَأْتُونَ ٱلرِّجَالَ وَتَقْطَعُونَ ٱلسَّبِيلَ وَتَأْتُونَ فِى نَادِيكُمُ ٱلْمُنكَرَ ۖ فَمَا كَانَ جَوَابَ قَوْمِهِۦٓ إِلَّآ أَن قَالُوا۟ ٱئْتِنَا بِعَذَابِ ٱللَّهِ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّـٰدِقِينَ

    A'innakum lataatoonar rijaala wa taqta'oonas sabeela wa taatoona fee naadekumul munkara famaa kaana jawaaba qawmiheee illaaa an qaalu' tinaaa bi'azaabil laahi in kunta minas saadiqeen

    Sizlar erkaklarga yaqinlik qilib, yo`lni kesasizmi va yig`inlaringizda munkar ish qilurmisiz?!» dedi. Uning qavmining javobi: «Agar rostgo`ylardan bo`lsang, bizga Allohning azobini keltir», deyishdan boshqa bo`lmadi.

  30. 29:30

    قَالَ رَبِّ ٱنصُرْنِى عَلَى ٱلْقَوْمِ ٱلْمُفْسِدِينَ

    Qaala Rabbin surnee 'alal qawmil mufsideen

    U: «Ey Robbim, menga buzg`unchi qavmlarga qarshi O`zing nusrat ber», dedi.

  31. 29:31

    وَلَمَّا جَآءَتْ رُسُلُنَآ إِبْرَٰهِيمَ بِٱلْبُشْرَىٰ قَالُوٓا۟ إِنَّا مُهْلِكُوٓا۟ أَهْلِ هَـٰذِهِ ٱلْقَرْيَةِ ۖ إِنَّ أَهْلَهَا كَانُوا۟ ظَـٰلِمِينَ

    Wa lammaa jaaa'at Rusulunaaa Ibraaheema bil bushraa qaalooo innaa muhlikoo ahli haazihil qaryati inna ahlahaa kaanoo zaalimeen

    Bizning elchilarimiz Ibrohimga xushxabarni keltirishganida: «Albatta, biz ushbu shahar ahlini halok qilguvchidirmiz. Albatta, uning ahli zulm qilguvchilardan bo`ldilar», dedilar.

  32. 29:32

    قَالَ إِنَّ فِيهَا لُوطًا ۚ قَالُوا۟ نَحْنُ أَعْلَمُ بِمَن فِيهَا ۖ لَنُنَجِّيَنَّهُۥ وَأَهْلَهُۥٓ إِلَّا ٱمْرَأَتَهُۥ كَانَتْ مِنَ ٱلْغَـٰبِرِينَ

    Qaala inna feeha Lootaa; qaaloo nahnu a'lamu biman feehaa lanunajjjiyannahoo wa ahlahooo illam ra atahoo kaanat minal ghaabireen

    U: «Unda Lut bor-ku?!» dedi. Ular: «Biz unda kim borligini yaxshi bilurmiz. Biz, albatta, unga va uning ahliga najot berurmiz. Magar, uning xotini halok bo`lguvchilardan bo`lgandir», dedilar.

  33. 29:33

    وَلَمَّآ أَن جَآءَتْ رُسُلُنَا لُوطًا سِىٓءَ بِهِمْ وَضَاقَ بِهِمْ ذَرْعًا وَقَالُوا۟ لَا تَخَفْ وَلَا تَحْزَنْ ۖ إِنَّا مُنَجُّوكَ وَأَهْلَكَ إِلَّا ٱمْرَأَتَكَ كَانَتْ مِنَ ٱلْغَـٰبِرِينَ

    Wa lammaaa an jaaa'at Rusulunaa Lootan seee'a bihim wa daaqa bihim zar'anw wa qaaloo laa takhaf wa laa tahzan innaa munajjooka wa ahlaka illam ra ataka kaanat minal ghaabireen

    Elchilarimiz Lutga kelishganida, u ular sababli mahzun bo`ldi va kelishlaridan yuragi siqildi. Ular: «Sen xavfsirama va mahzun ham bo`lma, albatta, biz seni va ahlingni qutqarguvchilarmiz. Magar, xotining halok bo`lguvchilardan bo`lgandir.

  34. 29:34

    إِنَّا مُنزِلُونَ عَلَىٰٓ أَهْلِ هَـٰذِهِ ٱلْقَرْيَةِ رِجْزًا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ بِمَا كَانُوا۟ يَفْسُقُونَ

    Innaa munziloona 'alaaa ahli haazihil qaryati rijzam minas samaaa'i bimaa kaanoo yafsuqoon

    Albatta, biz ushbu shahar aholisi boshiga, fosiqlik qilganlari tufayli, osmondan azob tushirguvchimiz», dedilar.

  35. 29:35

    وَلَقَد تَّرَكْنَا مِنْهَآ ءَايَةًۢ بَيِّنَةً لِّقَوْمٍ يَعْقِلُونَ

    Wa laqat taraknaa min haaa aayatam baiyinatal liqawminy ya'qiloon

    Batahqiq, Biz undan aql yuritguvchi qavmlar uchun ochiq-oydin oyat-belgilar qoldirganmiz.

  36. 29:36

    وَإِلَىٰ مَدْيَنَ أَخَاهُمْ شُعَيْبًا فَقَالَ يَـٰقَوْمِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ وَٱرْجُوا۟ ٱلْيَوْمَ ٱلْـَٔاخِرَ وَلَا تَعْثَوْا۟ فِى ٱلْأَرْضِ مُفْسِدِينَ

    Wa ilaa Madyana akhaahum Shu'ayban faqaala yaa qawmi'-budul laaha warjul yawmal aakhira wa laa ta'saw fil ardi mufsideen

    Va Madyanga birodarlari Shu'aybni (yubordik). Bas, u: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling, oxirat kunidan umidvor bo`ling va yer yuzida buzg`unchilik ila harakat qilib yurmang», dedi.

  37. 29:37

    فَكَذَّبُوهُ فَأَخَذَتْهُمُ ٱلرَّجْفَةُ فَأَصْبَحُوا۟ فِى دَارِهِمْ جَـٰثِمِينَ

    Fakazzaboohu fa akhazat humur rajfatu fa asbahoo fee daarihim jaasimeen

    Bas, uni yolg`onchiga chiqardilar. Shunda ularni bir silkinish tutdi va diyorlarida cho`kkalab qoldilar.

  38. 29:38

    وَعَادًا وَثَمُودَا۟ وَقَد تَّبَيَّنَ لَكُم مِّن مَّسَـٰكِنِهِمْ ۖ وَزَيَّنَ لَهُمُ ٱلشَّيْطَـٰنُ أَعْمَـٰلَهُمْ فَصَدَّهُمْ عَنِ ٱلسَّبِيلِ وَكَانُوا۟ مُسْتَبْصِرِينَ

    Wa 'Aadanw wa Samooda wa qat tabaiyana lakum mim masaakinihim wa zaiyana lahumush Shaitaanu a'maalahum fasaddahum 'anis sabeeli wa kaanoo mustabsireen

    Va Od va Samudni (ham halok etdik). Batahqiq, bu sizga ularning maskanlaridan ayon bo`lib turibdi. Shayton ularga amallarini ziynatlab ko`rsatib, ularni yo`ldan to`sdi. Holbuki, ular ko`rib-bilib turguvchi edilar.

  39. 29:39

    وَقَـٰرُونَ وَفِرْعَوْنَ وَهَـٰمَـٰنَ ۖ وَلَقَدْ جَآءَهُم مُّوسَىٰ بِٱلْبَيِّنَـٰتِ فَٱسْتَكْبَرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا كَانُوا۟ سَـٰبِقِينَ

    Wa Qaaroona wa Fir'awna wa haamaana wa laqad jaaa'ahum Moosa bilbaiyinaati fastakbaroo fil ardi wa maa kaanoo saabiqeen

    Qorun, Fir'avn va Homonlarni (ham halok qildik). Batahqiq, Muso ularga ochiq-oydin hujjatlar keltirdi. Bas, ular yer yuzida mutakabbirlik qildilar va qochib qutulguvchi bo`lmadilar.

  40. 29:40

    فَكُلًّا أَخَذْنَا بِذَنۢبِهِۦ ۖ فَمِنْهُم مَّنْ أَرْسَلْنَا عَلَيْهِ حَاصِبًا وَمِنْهُم مَّنْ أَخَذَتْهُ ٱلصَّيْحَةُ وَمِنْهُم مَّنْ خَسَفْنَا بِهِ ٱلْأَرْضَ وَمِنْهُم مَّنْ أَغْرَقْنَا ۚ وَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيَظْلِمَهُمْ وَلَـٰكِن كَانُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ

    Fakullan akhaznaa bizam bihee faminhum man arsalnaa 'alaihi haasibaa; wa minhum man akhazat hus saihatu wa minhum man khasafnaa bihil arda wa minhum man aghraqnaa; wa maa kaanal laahu li yazlimahum wa laakin kaanoo anfusahum yazlimoon

    Ulardan har birini gunohi tufayli tutdik. Bas, ulardan ba'zilari ustiga tosh yog`dirdik, ba'zilarini qichqiriq ushladi, ba'zilarini yerga yuttirdik va ba'zilarini g`arq qildik. Alloh ularga zulm etguvchi bo`lmadi, lekin ular o`zlariga zulm etdilar.

  41. 29:41

    مَثَلُ ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَوْلِيَآءَ كَمَثَلِ ٱلْعَنكَبُوتِ ٱتَّخَذَتْ بَيْتًا ۖ وَإِنَّ أَوْهَنَ ٱلْبُيُوتِ لَبَيْتُ ٱلْعَنكَبُوتِ ۖ لَوْ كَانُوا۟ يَعْلَمُونَ

    Masalul lazeenat takhazoo min doonil laahi awliyaaa'a kamasalil 'ankaboot, ittakhazat baitaa; wa inna awhanal buyooti la baitul 'ankaboot; law kaanoo ya'lamoon

    Allohni qo`yib, o`zga do`stlar tutganlarning misoli o`ziga uy tutgan o`rgimchakka o`xshaydir. Holbuki, eng zaif uy o`rgimchakning uyasidir. Koshki, bilsalar edi.

  42. 29:42

    إِنَّ ٱللَّهَ يَعْلَمُ مَا يَدْعُونَ مِن دُونِهِۦ مِن شَىْءٍ ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

    Innal laaha ya'lamu maa yad'oona min doonihee min shai'; wa Huwal 'Azeezul Hakeem

    Albatta, Alloh ular O`zidan boshqa nima narsaga duo qilayotganlarini yaxshi biladir. Va U aziyz va hakiym Zotdir.

  43. 29:43

    وَتِلْكَ ٱلْأَمْثَـٰلُ نَضْرِبُهَا لِلنَّاسِ ۖ وَمَا يَعْقِلُهَآ إِلَّا ٱلْعَـٰلِمُونَ

    Wa tilkal amsaalu nadribuhaa linnaasi wa maa ya'qiluhaaa illal 'aalimoon

    Ushbu misollarni Biz odamlar uchun keltirurmiz. Lekin ularga olimlardan o`zgalarning aqllari yetmas.

  44. 29:44

    خَلَقَ ٱللَّهُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ بِٱلْحَقِّ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً لِّلْمُؤْمِنِينَ

    Khalaqal laahus samaawaati wal arda bilhaqq; inna fee zaalika la aayatal lilmu mineen

    Alloh osmonlar va yerni haq ila yaratgandir. Albatta, bunda mo`minlar uchun oyat-belgi bordir.

  45. 29:45

    ٱتْلُ مَآ أُوحِىَ إِلَيْكَ مِنَ ٱلْكِتَـٰبِ وَأَقِمِ ٱلصَّلَوٰةَ ۖ إِنَّ ٱلصَّلَوٰةَ تَنْهَىٰ عَنِ ٱلْفَحْشَآءِ وَٱلْمُنكَرِ ۗ وَلَذِكْرُ ٱللَّهِ أَكْبَرُ ۗ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ مَا تَصْنَعُونَ

    Utlu maaa oohiya ilaika mional Kitaabi wa aqimis Salaata innas Salaata tanhaa 'anil fahshaaa'i wal munkar; wa lazikrul laahi akbar; wal laahu ya'lamu maa tasna'oon

    Senga kitobdan vahiy qilingan narsani tilovat qil va namozni to`kis ado et, albatta, namoz fohisha va munkar ishlardan qaytarur. Albatta, Allohning zikri buyuk ishdir. Alloh nima qilsangiz, bilur.

  46. 29:46

    ۞ وَلَا تُجَـٰدِلُوٓا۟ أَهْلَ ٱلْكِتَـٰبِ إِلَّا بِٱلَّتِى هِىَ أَحْسَنُ إِلَّا ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ مِنْهُمْ ۖ وَقُولُوٓا۟ ءَامَنَّا بِٱلَّذِىٓ أُنزِلَ إِلَيْنَا وَأُنزِلَ إِلَيْكُمْ وَإِلَـٰهُنَا وَإِلَـٰهُكُمْ وَٰحِدٌ وَنَحْنُ لَهُۥ مُسْلِمُونَ

    Wa laa tujaadilooo Ahlal Kitaabi illaa billatee hiya ahsanu illal lazeena zalamoo minhum wa qoolooo aamannaa billazeee unzila ilainaa wa unzila ilaikum wa illaahunna wa illahukum waahidunw-wa nahnu lahoo muslimoon

    Sizlar ahli kitoblarning zulm qilganlaridan boshqalari bilan faqat yaxshi uslubda mujodala etinglar va ularga: «Biz o`zimizga nozil qilingan va sizga nozil qilingan narsaga iymon keltirdik, bizning ilohimiz va sizning ilohingiz birdir va biz Unga bo`ysunguvchimiz», denglar.

  47. 29:47

    وَكَذَٰلِكَ أَنزَلْنَآ إِلَيْكَ ٱلْكِتَـٰبَ ۚ فَٱلَّذِينَ ءَاتَيْنَـٰهُمُ ٱلْكِتَـٰبَ يُؤْمِنُونَ بِهِۦ ۖ وَمِنْ هَـٰٓؤُلَآءِ مَن يُؤْمِنُ بِهِۦ ۚ وَمَا يَجْحَدُ بِـَٔايَـٰتِنَآ إِلَّا ٱلْكَـٰفِرُونَ

    Wa kazaalika anzalnaaa ilaikal Kitaab; fallazeena aatainaahumul kitaaba yu'minoona bihee wa min haaa'ulaaa'i many yu'minu bih; wa maa yajhadu bi'Aayaatinaa illal kaafiroon

    Ana shunday qilib, senga ham kitob nozil qildik. Bas, Biz kitob bergan kimsalar unga iymon keltirurlar. Anavilardan ham unga iymon keltiradiganlari bor. Bizning oyatlarimizni faqat kofirlargina inkor eturlar.

  48. 29:48

    وَمَا كُنتَ تَتْلُوا۟ مِن قَبْلِهِۦ مِن كِتَـٰبٍ وَلَا تَخُطُّهُۥ بِيَمِينِكَ ۖ إِذًا لَّٱرْتَابَ ٱلْمُبْطِلُونَ

    Wa maa kunta tatloo min qablihee min kitaabinw wa laa takhuttubhoo bi yameenika izal lartaabal mubtiloon

    Undan oldin hech bir kitobni tilovat qilmas eding va qo`ling bilan xat yozmas eding. Agar shunday bo`lganida, botil ahllari shubhaga tushgan bo`lur edilar.

  49. 29:49

    بَلْ هُوَ ءَايَـٰتٌۢ بَيِّنَـٰتٌ فِى صُدُورِ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْعِلْمَ ۚ وَمَا يَجْحَدُ بِـَٔايَـٰتِنَآ إِلَّا ٱلظَّـٰلِمُونَ

    Bal huwa aayaatum baiyinaatun fee sudooril lazeena ootul 'ilm; wa maa yajhadu bi aayaatinaa illaz zaalimoon

    Yo`q! U(Qur'on) ilm berilganlar ko`ksidagi ochiq-oydin oyatlardir. Bizning oyatlarimizni faqat zolimlargina inkor qilur.

  50. 29:50

    وَقَالُوا۟ لَوْلَآ أُنزِلَ عَلَيْهِ ءَايَـٰتٌ مِّن رَّبِّهِۦ ۖ قُلْ إِنَّمَا ٱلْـَٔايَـٰتُ عِندَ ٱللَّهِ وَإِنَّمَآ أَنَا۠ نَذِيرٌ مُّبِينٌ

    Wa qaaloo law laaa unzila 'alaihi aayaatum mir Rabbihee qul innamal aayaatu 'indal laahi wa innamaaa ana nazeerum mubeen

    Va ular: «Unga Robbidan mo`'jizalar nozil qilinsa edi», dedilar. Sen: «Mo`'jizalar yolg`iz Allohning huzuridadir. Men esa, faqat ochiq-oydin ogohlantirguvchiman, xolos», degin.

  51. 29:51

    أَوَلَمْ يَكْفِهِمْ أَنَّآ أَنزَلْنَا عَلَيْكَ ٱلْكِتَـٰبَ يُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَرَحْمَةً وَذِكْرَىٰ لِقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ

    Awa lam yakfihim annaaa anzalnaa 'alaikal kitaaba yutlaa 'alaikhim; inna fee zaalika larahmatanw wa zikraa liqawminy yu'minoon

    Ularga Bizning senga o`zlari uchun tilovat qilinayotgan ushbu kitobni nozil etganimiz kifoya qilmasmi?! Albatta, bunda iymon keltiradigan qavmlar uchun rahmat va eslatma bordir.

  52. 29:52

    قُلْ كَفَىٰ بِٱللَّهِ بَيْنِى وَبَيْنَكُمْ شَهِيدًا ۖ يَعْلَمُ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۗ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ بِٱلْبَـٰطِلِ وَكَفَرُوا۟ بِٱللَّهِ أُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْخَـٰسِرُونَ

    Qul kafaa billaahi bainee wa bainakum shaheedaa; ya'lamu maa fis samaawaati wal ard; wallazeena aamanoo bil baatili wa kafaroo billaahi ulaaa'ika humul khaasiroon

    Sen: «Men bilan sizning oramizda guvohlikka Allohning O`zi kifoyadir. U osmonlaru yerdagi narsani bilur. Botilga iymon keltirib, Allohga kufr keltirganlar, ana o`shalar o`zlari ziyon ko`rguvchilardir», deb ayt.

  53. 29:53

    وَيَسْتَعْجِلُونَكَ بِٱلْعَذَابِ ۚ وَلَوْلَآ أَجَلٌ مُّسَمًّى لَّجَآءَهُمُ ٱلْعَذَابُ وَلَيَأْتِيَنَّهُم بَغْتَةً وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ

    Wa yasta'jiloonaka bil'azaab; wa law laaa ajalum musammal lajaaa'ahumul 'zaab; wa la yaatiyannahum baghta tanw wa hum laa yash'uroon

    Ular sendan azobni tezlashtirishni talab qilurlar. Agar belgilangan ajal bo`lmaganida, ularga, albatta, azob kelgan bo`lur edi. Albatta, ularga u to`satdan, ular sezmagan holda kelur.

  54. 29:54

    يَسْتَعْجِلُونَكَ بِٱلْعَذَابِ وَإِنَّ جَهَنَّمَ لَمُحِيطَةٌۢ بِٱلْكَـٰفِرِينَ

    Yasta'jiloonak bil'azaab; wa inna Jahannama lamuhee tatum bilkaafireen

    Ular sendan azobni tezlashtirishni talab qilurlar. Holbuki, jahannam, hech shubhasiz, kofirlarni o`rab turguvchidir.

  55. 29:55

    يَوْمَ يَغْشَىٰهُمُ ٱلْعَذَابُ مِن فَوْقِهِمْ وَمِن تَحْتِ أَرْجُلِهِمْ وَيَقُولُ ذُوقُوا۟ مَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ

    Yawma yaghshaahumul 'azaabu min fawqihim wa min tahti arjulim wa yaqoolu zooqoo maa kuntum ta'maloon

    U kunda azob ularni ustlaridan va oyoqlari ostidan o`rab olur va U zot: «Qilib yurgan amallaringiz(jazosi)ni toting!» deb aytur.

  56. 29:56

    يَـٰعِبَادِىَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِنَّ أَرْضِى وَٰسِعَةٌ فَإِيَّـٰىَ فَٱعْبُدُونِ

    Yaa 'ibaadiyal lazeena aamanooo inna ardee waasi 'atun fa iyyaaya fa'budoon

    Ey, iymon keltirgan bandalarim, albatta, Mening yerim kengdir. Bas, Mengagina ibodat qilinglar.

  57. 29:57

    كُلُّ نَفْسٍ ذَآئِقَةُ ٱلْمَوْتِ ۖ ثُمَّ إِلَيْنَا تُرْجَعُونَ

    Kullu nafsin zaaa'iqatul mawti summa ilainaa turja'oon

    Har bir jon o`limni totajakdir. So`ngra Bizgagina qaytarilursiz.

  58. 29:58

    وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ لَنُبَوِّئَنَّهُم مِّنَ ٱلْجَنَّةِ غُرَفًا تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ خَـٰلِدِينَ فِيهَا ۚ نِعْمَ أَجْرُ ٱلْعَـٰمِلِينَ

    Wallazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati la nubawwi 'annahum minal Jannati ghurafan tajree min tahtihal anhaaru khaalideena feehaa; ni'ma ajrul 'aamileen

    Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarni jannatdan ostidan anhorlar oqib turgan oliymaqom joylarga joylashtirurmiz. U yerda abadiy qolurlar. Amal qilguvchilarning ajri qanday ham yaxshi!

  59. 29:59

    ٱلَّذِينَ صَبَرُوا۟ وَعَلَىٰ رَبِّهِمْ يَتَوَكَّلُونَ

    Allazeena sabaroo wa 'alaa Rabbihim yatawakkaloon

    Ular sabr qilgan va Robbilarigagina tavakkul qiladigan zotlardir.

  60. 29:60

    وَكَأَيِّن مِّن دَآبَّةٍ لَّا تَحْمِلُ رِزْقَهَا ٱللَّهُ يَرْزُقُهَا وَإِيَّاكُمْ ۚ وَهُوَ ٱلسَّمِيعُ ٱلْعَلِيمُ

    Wa ka ayyim min daaabbatil laa tahmilu riqqahaa; al laahu yarzuquhaa wa iyyaakum; wa Huwas Samee'ul Aleem

    O`z rizqini ko`tara olmaydigan qanchadan-qancha jonzotlar bor. Ularga ham, sizlarga ham Alloh rizq beradir. Va U o`ta eshitguvchi va o`ta bilguvchi Zotdir.

  61. 29:61

    وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّنْ خَلَقَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَسَخَّرَ ٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ لَيَقُولُنَّ ٱللَّهُ ۖ فَأَنَّىٰ يُؤْفَكُونَ

    Wa la'in sa altahum man khalaqas samaawaati wal arda wa sakhkharash shamsa wal qamara la yaqoolunnal laahu fa ann yu'fakoon

    Agar ulardan: «Osmonlaru yerni kim yaratgan va quyoshniyu oyni o`z izmiga qaratgan kim?» deb so`rasang: «Alloh», derlar. Bas, unda qayoqqa burilmoqdalar?!

  62. 29:62

    ٱللَّهُ يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ وَيَقْدِرُ لَهُۥٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ

    Allaahu yabsutur rizqa limany yashaaa'u min 'ibaadihee wa yaqdiru lah; innal laaha bikulli shai'in Aleem

    Alloh O`z bandalaridan kimni xohlasa, rizqini keng qilib qo`yadir va xohlaganinikini tor qiladir. Albatta, Alloh har bir narsani o`ta bilguvchi Zotdir.

  63. 29:63

    وَلَئِن سَأَلْتَهُم مَّن نَّزَّلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَأَحْيَا بِهِ ٱلْأَرْضَ مِنۢ بَعْدِ مَوْتِهَا لَيَقُولُنَّ ٱللَّهُ ۚ قُلِ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ۚ بَلْ أَكْثَرُهُمْ لَا يَعْقِلُونَ

    Wa la'in sa altahum man nazzala minas samaaa'e maaa'an fa ahyaa bihil arda mim ba'di mawtihaa la yaqoolunnal laah; qulil hamdu lillah; bal aksaruhum laa ya'qiloon

    Agar ulardan: «Osmondan suv tushirib, u bilan o`lgan yerni tiriltirgan kim?!» deb so`rasang, albatta, ular: «Alloh», derlar. Sen: «Allohga hamd bo`lsin!» deb ayt. Yo`q! Ularning ko`plari aql yuritmaslar.

  64. 29:64

    وَمَا هَـٰذِهِ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَآ إِلَّا لَهْوٌ وَلَعِبٌ ۚ وَإِنَّ ٱلدَّارَ ٱلْـَٔاخِرَةَ لَهِىَ ٱلْحَيَوَانُ ۚ لَوْ كَانُوا۟ يَعْلَمُونَ

    Wa maa haazihil hayaa tud dunyaaa illaa lahwunw-wa la'ib; wa innad Daaral Aakhirata la hiyal ha yawaan; law kaano ya'lamoon

    Bu dunyo hayoti faqat o`yin-kulgidan iboratdir. Agar bilsalar, oxirat diyori, ana o`sha haqiqiy hayotdir.

  65. 29:65

    فَإِذَا رَكِبُوا۟ فِى ٱلْفُلْكِ دَعَوُا۟ ٱللَّهَ مُخْلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ فَلَمَّا نَجَّىٰهُمْ إِلَى ٱلْبَرِّ إِذَا هُمْ يُشْرِكُونَ

    Fa-izaa rakiboo fil fulki da'awul laaha mukhilseena lahud deena falammaa najjaa hum ilal baari izaa hum yushrikoon

    Ular qachon kemaga minsalar, Allohga, Uning diniga ixlos qilgan hollarida duo qilurlar. Najot berib, ularni quruqlikka chiqarsa, banogoh shirk keltirurlar.

  66. 29:66

    لِيَكْفُرُوا۟ بِمَآ ءَاتَيْنَـٰهُمْ وَلِيَتَمَتَّعُوا۟ ۖ فَسَوْفَ يَعْلَمُونَ

    Li yakfuroo bimaaa aatainaahum wa li yatamatta'oo fasaw fa ya'lamoon

    Ular Biz bergan narsaga kufr keltiraversinlar va huzur qilaversinlar! Bas, tezda bilurlar.

  67. 29:67

    أَوَلَمْ يَرَوْا۟ أَنَّا جَعَلْنَا حَرَمًا ءَامِنًا وَيُتَخَطَّفُ ٱلنَّاسُ مِنْ حَوْلِهِمْ ۚ أَفَبِٱلْبَـٰطِلِ يُؤْمِنُونَ وَبِنِعْمَةِ ٱللَّهِ يَكْفُرُونَ

    Awalam yaraw annaa ja'alnaa haraman aaminanw wa yutakhattafun naasu min haw lihim; afabil baatili yu'minoona wa bini'matil laahi yakfuroon

    Biz ularga Haramni omonlik joyi qilib qo`yganimizni bilmabmidilar?! Holbuki, ularning atrofida odamlar talon-tarojga uchramoqdalar. Ular botilga iymon keltirib, Allohning ne'matiga kufr keltirurlarmi?!

  68. 29:68

    وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِٱلْحَقِّ لَمَّا جَآءَهُۥٓ ۚ أَلَيْسَ فِى جَهَنَّمَ مَثْوًى لِّلْكَـٰفِرِينَ

    Wa man azlamu mimma nif taraa 'alal laahi kaziban aw kazzaba bilhaqqi lammaa jaaa'ah; alaisa fee jahannama maswal lil kaafireen

    Allohga nisbatan yolg`on to`qigan yoki o`ziga kelgan haqni yolg`onga chiqargan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Kofirlarga jahannamda turar joy yo`qmidi?!

  69. 29:69

    وَٱلَّذِينَ جَـٰهَدُوا۟ فِينَا لَنَهْدِيَنَّهُمْ سُبُلَنَا ۚ وَإِنَّ ٱللَّهَ لَمَعَ ٱلْمُحْسِنِينَ

    Wallazeena jaahadoo feenaa lanahdiyannahum subulana; wa innal laaha lama'al muhsineen

    Bizning (yo`limizda) jiddu jahd qilganlarni O`z yo`llarimizga hidoyat eturmiz. Albatta, Alloh chiroyli amal qilguvchilar bilandir.

Manbalar

  • Maʼnolar tarjimasi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
  • Qiroat: Mishari Roshid al-Afasiy, mp3quran.net.
  • Transliteratsiya faqat oʻqishga yordamchi. Toʻgʻri talaffuzni qorining qiroatidan yoki ustozdan oʻrganing.

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ

«Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!» — Qamar surasi, 54:17

Bugun bitta oyatdan boshlang.