1. Qaree
  2. Suralar
  3. Muddassir surasi

Muddassir surasini qanday yod olish mumkin

«Burkanib olgan»

  • 74-sura
  • 56 oyat
  • Makkiy
  • Mushafning 575–577-sahifalari

المدثر

Muddassir surasini Qaree’da yod olish

Ilova oʻrnatilgan boʻlsa, uni ochadi, aks holda App Store / Google Play’ni ochadi.

Surani toʻliq tinglang

Qori: Mishari Roshid al-Afasiy

Qancha vaqt kerak

Har kuni ushlab tura oladigan surʼatni tanlang:

Kuniga 1 oyat56 kun
Kuniga 3 oyat19 kun
Kuniga 5 oyat12 kun

Oyatma-oyat qanday yod olish kerak

  1. Avval tinglangOyatni bir necha marta qoʻying va arabcha matnni koʻzingiz bilan kuzatib boring.
  2. Ovoz chiqarib takrorlangTilingizga oson kelguncha qayta-qayta ayting. Qaree har bir takrorni sanaydi.
  3. Yoddan oʻqingMatnga qaramay oʻqing. Qaree’ning tilovat rejimi sizni tinglaydi va xato qilgan soʻzlaringizni belgilaydi.
  4. Ulang va takrorlangYangi oyatni oldingilari bilan birga oʻqing, ertasi kuni esa surani yana bir bor takrorlang.

Muddassir surasi: arabcha matni, transliteratsiyasi va tarjimasi

  1. 74:1

    يَـٰٓأَيُّهَا ٱلْمُدَّثِّرُ

    Yaaa ayyuhal muddassir

    Ey, burkanib yotgan!

  2. 74:2

    قُمْ فَأَنذِرْ

    Qum fa anzir

    Tur va ogohlantir!

  3. 74:3

    وَرَبَّكَ فَكَبِّرْ

    Wa rabbaka fakabbir

    Va Robbingni ulug`la!

  4. 74:4

    وَثِيَابَكَ فَطَهِّرْ

    Wa siyaabaka fatahhir

    Va kiyimingni pokla!

  5. 74:5

    وَٱلرُّجْزَ فَٱهْجُرْ

    Warrujza fahjur

    Va azob(sababchisi)dan chetlan!

  6. 74:6

    وَلَا تَمْنُن تَسْتَكْثِرُ

    Wa laa tamnun tastaksir

    Va ko`p (ish) qilgan bo`lsang ham, minnat qilma.

  7. 74:7

    وَلِرَبِّكَ فَٱصْبِرْ

    Wa li Rabbika fasbir

    Va Robbing uchun sabr qil.

  8. 74:8

    فَإِذَا نُقِرَ فِى ٱلنَّاقُورِ

    Fa izaa nuqira fin naaqoor

    Bas, vaqti kelib, dudga puflansa...

  9. 74:9

    فَذَٰلِكَ يَوْمَئِذٍ يَوْمٌ عَسِيرٌ

    Fazaalika yawma 'iziny yawmun 'aseer

    Bas, o`sha, o`shal kun qiyin kundir.

  10. 74:10

    عَلَى ٱلْكَـٰفِرِينَ غَيْرُ يَسِيرٍ

    'Alal kaafireena ghairu yaseer

    U kofirlarga oson emasdir.

  11. 74:11

    ذَرْنِى وَمَنْ خَلَقْتُ وَحِيدًا

    Zarnee wa man khalaqtu waheedaa

    Meni O`zim yakka yaratgan kishi bilan qo`yib qo`y.

  12. 74:12

    وَجَعَلْتُ لَهُۥ مَالًا مَّمْدُودًا

    Wa ja'altu lahoo maalam mamdoodaa

    Va unga ko`plab molu dunyo berib qo`ydim.

  13. 74:13

    وَبَنِينَ شُهُودًا

    Wa baneena shuhoodaa

    Va hoziru nozir farzandlar ham.

  14. 74:14

    وَمَهَّدتُّ لَهُۥ تَمْهِيدًا

    Wa mahhattu lahoo tamheeda

    Va unga (hamma narsani) osonlashtirib qo`ydim.

  15. 74:15

    ثُمَّ يَطْمَعُ أَنْ أَزِيدَ

    Summa yat ma'u an azeed

    So`ngra, yana ziyoda qilishimni tama' qilur.

  16. 74:16

    كَلَّآ ۖ إِنَّهُۥ كَانَ لِـَٔايَـٰتِنَا عَنِيدًا

    Kallaaa innahoo kaana li Aayaatinaa 'aneedaa

    Yo`q! Chunki, u Bizning oyatlarimizga sarkash edi.

  17. 74:17

    سَأُرْهِقُهُۥ صَعُودًا

    Sa urhiquhoo sa'oodaa

    Tezda uni mashaqqatli chiqish-la horitaman.

  18. 74:18

    إِنَّهُۥ فَكَّرَ وَقَدَّرَ

    Innahoo fakkara wa qaddar

    Albatta, u tafakkur qildi va chamalab ko`rdi.

  19. 74:19

    فَقُتِلَ كَيْفَ قَدَّرَ

    Faqutila kayfa qaddar

    La'nat bo`lsin unga, qandoq ham chamaladi!

  20. 74:20

    ثُمَّ قُتِلَ كَيْفَ قَدَّرَ

    Summa qutila kaifa qaddar

    So`ngra yana la'nat bo`lsin unga, qandoq ham chamaladi.

  21. 74:21

    ثُمَّ نَظَرَ

    Summa nazar

    So`ngra nazar soldi.

  22. 74:22

    ثُمَّ عَبَسَ وَبَسَرَ

    Summa 'abasa wa basar

    So`ngra yuzini burishtirdi va qavog`ini soldi.

  23. 74:23

    ثُمَّ أَدْبَرَ وَٱسْتَكْبَرَ

    Summaa adbara wastakbar

    So`ngra yuz o`girdi va takabburlik qildi.

  24. 74:24

    فَقَالَ إِنْ هَـٰذَآ إِلَّا سِحْرٌ يُؤْثَرُ

    Faqaala in haazaaa illaa sihruny yu'sar

    Bas, «Bu asar qolgan sehrdan o`zga hech narsa emas.

  25. 74:25

    إِنْ هَـٰذَآ إِلَّا قَوْلُ ٱلْبَشَرِ

    In haazaaa illaa qawlul bashar

    Bu bashar so`zidan o`zga hech narsa emas», dedi.

  26. 74:26

    سَأُصْلِيهِ سَقَرَ

    Sa usleehi saqar

    Tezda uni saqar(do`zaxi)ga kiriturman.

  27. 74:27

    وَمَآ أَدْرَىٰكَ مَا سَقَرُ

    Wa maaa adraaka maa saqar

    Va saqar nimaligini senga nima bildirdi?

  28. 74:28

    لَا تُبْقِى وَلَا تَذَرُ

    Laa tubqee wa laa tazar

    U boqiy qoldirmas va tark ham qilmas.

  29. 74:29

    لَوَّاحَةٌ لِّلْبَشَرِ

    Lawwaahatul lilbashar

    U terini ko`p kuydiruvchidir.

  30. 74:30

    عَلَيْهَا تِسْعَةَ عَشَرَ

    'Alaihaa tis'ata 'ashar

    U(saqar)ning ustida o`n to`qqizta (farishta) bor.

  31. 74:31

    وَمَا جَعَلْنَآ أَصْحَـٰبَ ٱلنَّارِ إِلَّا مَلَـٰٓئِكَةً ۙ وَمَا جَعَلْنَا عِدَّتَهُمْ إِلَّا فِتْنَةً لِّلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لِيَسْتَيْقِنَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَـٰبَ وَيَزْدَادَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِيمَـٰنًا ۙ وَلَا يَرْتَابَ ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْكِتَـٰبَ وَٱلْمُؤْمِنُونَ ۙ وَلِيَقُولَ ٱلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌ وَٱلْكَـٰفِرُونَ مَاذَآ أَرَادَ ٱللَّهُ بِهَـٰذَا مَثَلًا ۚ كَذَٰلِكَ يُضِلُّ ٱللَّهُ مَن يَشَآءُ وَيَهْدِى مَن يَشَآءُ ۚ وَمَا يَعْلَمُ جُنُودَ رَبِّكَ إِلَّا هُوَ ۚ وَمَا هِىَ إِلَّا ذِكْرَىٰ لِلْبَشَرِ

    Wa maaja'alnaaa As-haaban naari illaa malaaa 'ikatanw wa maa ja'alnaa 'iddatahum illaa fitnatal lillazeena kafaroo liyastaiqinal lazeena ootul kitaaba wa yazdaadal lazeena aamanooo eemaananw wa laa yartaabal lazeena ootul kitaaba walmu'minoona wa liyaqoolal lazeena fee quloo bihim maradunw walkaafiroona maazaaa araadal laahu bihaazaa masalaa; kazaalika yudillul laahu mai yashaaa'u wa yahdee mai yashaaa'; wa maa ya'lamu junooda rabbika illaa hoo; wa maa hiya illaa zikraa lil bashar

    Do`zax sohiblarini farishtalardan qilganimiz va ularning adadi ham faqat kofirlarni sinash uchun. Kitob berilganlar ishonch hosil qilishlari uchun. Va iymonlilarning iymoni ziyoda bo`lishi uchun. Kitob berilganlar va mo`minlar shak-shubha qilmasliklari uchun va qalblarida kasali borlar (munofiqlar) va kofirlar, Alloh bu bilan nima misolni iroda qilmoqchi, deyishlari uchun. Shundoq qilib, Alloh xohlagan kimsani adashtirur va xohlagan kimsani hidoyatga solur. Robbingning askarlarini O`zidan boshqa hech kim bilmas. Va u (do`zax) bashar uchun eslatmadan o`zga hech narsa emas.

  32. 74:32

    كَلَّا وَٱلْقَمَرِ

    Kallaa walqamar

    Yo`q! Oy bilan qasam.

  33. 74:33

    وَٱلَّيْلِ إِذْ أَدْبَرَ

    Wallaili id adbar

    Va chekinayotgan tun bilan qasam.

  34. 74:34

    وَٱلصُّبْحِ إِذَآ أَسْفَرَ

    Wassub hi izaaa asfar

    Va yorishayotgan tong bilan qasam.

  35. 74:35

    إِنَّهَا لَإِحْدَى ٱلْكُبَرِ

    Innahaa la ihdal kubar

    Albatta, u(do`zax) ulkan(azob)larning biridir.

  36. 74:36

    نَذِيرًا لِّلْبَشَرِ

    Nazeeral lilbashar

    U bashariyat uchun ogohlantiruvchidir.

  37. 74:37

    لِمَن شَآءَ مِنكُمْ أَن يَتَقَدَّمَ أَوْ يَتَأَخَّرَ

    Liman shaaa'a minkum any yataqaddama aw yata akhkhar

    Sizlardan peshqadam bo`lishni yoki ortda qolishni xohlayotgan kimsalar uchundir.

  38. 74:38

    كُلُّ نَفْسٍۭ بِمَا كَسَبَتْ رَهِينَةٌ

    Kullu nafsim bim kasabat raheenah

    Har bir shaxs o`z kasbining garovidir.

  39. 74:39

    إِلَّآ أَصْحَـٰبَ ٱلْيَمِينِ

    Illaaa as haabal yameen

    (Bundan) o`ng taraf sohiblari mustasnodir.

  40. 74:40

    فِى جَنَّـٰتٍ يَتَسَآءَلُونَ

    Fee jannaatiny yata saaa'aloon

    Ular jannatlarda, so`raydirlar.

  41. 74:41

    عَنِ ٱلْمُجْرِمِينَ

    'Anil mujrimeen

    Gunohkorlardan.

  42. 74:42

    مَا سَلَكَكُمْ فِى سَقَرَ

    Maa salakakum fee saqar

    «Sizlarni do`zaxga nima kiritdi?» (deb)

  43. 74:43

    قَالُوا۟ لَمْ نَكُ مِنَ ٱلْمُصَلِّينَ

    Qaaloo lam naku minal musalleen

    Alar: «Namoz o`qiydiganlardan bo`lmagan edik.

  44. 74:44

    وَلَمْ نَكُ نُطْعِمُ ٱلْمِسْكِينَ

    Wa lam naku nut'imul miskeen

    Va miskinlarga taom bermagan edik.

  45. 74:45

    وَكُنَّا نَخُوضُ مَعَ ٱلْخَآئِضِينَ

    Wa kunnaa nakhoodu ma'al khaaa'ideen

    Va botilga sho`ng`uvchilar bilan birga sho`ng`ir edik.

  46. 74:46

    وَكُنَّا نُكَذِّبُ بِيَوْمِ ٱلدِّينِ

    Wa kunnaa nukazzibu bi yawmid Deen

    Va qiyomat kunini yolg`onga chiqarar edik.

  47. 74:47

    حَتَّىٰٓ أَتَىٰنَا ٱلْيَقِينُ

    Hattaaa ataanal yaqeen

    Toki bizga o`lim kelgunicha», derlar.

  48. 74:48

    فَمَا تَنفَعُهُمْ شَفَـٰعَةُ ٱلشَّـٰفِعِينَ

    Famaa tanfa'uhum shafaa'atush shaafi'een

    Bas, ularga shafoatchilarning shafoati manfaat bermaydir.

  49. 74:49

    فَمَا لَهُمْ عَنِ ٱلتَّذْكِرَةِ مُعْرِضِينَ

    Famaa lahum 'anittazkirati mu'rideen

    Ularga nima bo`ldiki, eslatmadan yuz o`girarlar.

  50. 74:50

    كَأَنَّهُمْ حُمُرٌ مُّسْتَنفِرَةٌ

    Ka annahum humurum mustanfirah

    Xuddi qattiq qo`rqqan eshaklar.

  51. 74:51

    فَرَّتْ مِن قَسْوَرَةٍۭ

    Farrat min qaswarah

    Arslondan qochgani kabi.

  52. 74:52

    بَلْ يُرِيدُ كُلُّ ٱمْرِئٍ مِّنْهُمْ أَن يُؤْتَىٰ صُحُفًا مُّنَشَّرَةً

    Bal yureedu kullum ri'im minhum any yu'taa suhufam munashsharah

    Balki ulardan har biri o`ziga nashr qilingan sahifalar berilishini iroda qilar.

  53. 74:53

    كَلَّا ۖ بَل لَّا يَخَافُونَ ٱلْـَٔاخِرَةَ

    Kallaa bal laa yakhaafoonal aakhirah

    Yo`q! Balki ular oxiratdan qo`rqmaslar.

  54. 74:54

    كَلَّآ إِنَّهُۥ تَذْكِرَةٌ

    Kallaaa innahoo tazkirah

    Yo`q! Albatta, u(Qur'on) eslatmadur.

  55. 74:55

    فَمَن شَآءَ ذَكَرَهُۥ

    Fa man shaaa'a zakarah

    Bas, kim xohlasa, uni eslaydir.

  56. 74:56

    وَمَا يَذْكُرُونَ إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ ۚ هُوَ أَهْلُ ٱلتَّقْوَىٰ وَأَهْلُ ٱلْمَغْفِرَةِ

    Wa maa yazkuroona illaaa any yashaaa'al laah; Huwa ahlut taqwaa wa ahlul maghfirah

    Va faqat Alloh xohlasagina, eslarlar. U zot taqvo ahlidir va mag`firat ahlidir.

Manbalar

  • Maʼnolar tarjimasi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
  • Qiroat: Mishari Roshid al-Afasiy, mp3quran.net.
  • Transliteratsiya faqat oʻqishga yordamchi. Toʻgʻri talaffuzni qorining qiroatidan yoki ustozdan oʻrganing.

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ

«Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!» — Qamar surasi, 54:17

Bugun bitta oyatdan boshlang.