1. Qaree
  2. Suralar
  3. Muzzammil surasi

Muzzammil surasini qanday yod olish mumkin

«Oʻranib olgan»

  • 73-sura
  • 20 oyat
  • Makkiy
  • Mushafning 574–575-sahifalari

المزمل

Muzzammil surasini Qaree’da yod olish

Ilova oʻrnatilgan boʻlsa, uni ochadi, aks holda App Store / Google Play’ni ochadi.

Surani toʻliq tinglang

Qori: Mishari Roshid al-Afasiy

Qancha vaqt kerak

Har kuni ushlab tura oladigan surʼatni tanlang:

Kuniga 1 oyat20 kun
Kuniga 3 oyat7 kun
Kuniga 5 oyat4 kun

Oyatma-oyat qanday yod olish kerak

  1. Avval tinglangOyatni bir necha marta qoʻying va arabcha matnni koʻzingiz bilan kuzatib boring.
  2. Ovoz chiqarib takrorlangTilingizga oson kelguncha qayta-qayta ayting. Qaree har bir takrorni sanaydi.
  3. Yoddan oʻqingMatnga qaramay oʻqing. Qaree’ning tilovat rejimi sizni tinglaydi va xato qilgan soʻzlaringizni belgilaydi.
  4. Ulang va takrorlangYangi oyatni oldingilari bilan birga oʻqing, ertasi kuni esa surani yana bir bor takrorlang.

Muzzammil surasi: arabcha matni, transliteratsiyasi va tarjimasi

  1. 73:1

    يَـٰٓأَيُّهَا ٱلْمُزَّمِّلُ

    Ya aiyuhal muzzammil

    Ey, o`ranib yotuvchi.

  2. 73:2

    قُمِ ٱلَّيْلَ إِلَّا قَلِيلًا

    Qumil laila illaa qaleelaa

    Kechaning ozginasidan boshqasini (ibodatda) tik turib o`tkaz.

  3. 73:3

    نِّصْفَهُۥٓ أَوِ ٱنقُصْ مِنْهُ قَلِيلًا

    Nisfahooo awinqus minhu qaleelaa

    Yarmida yoki undan bir oz qisqarog`ida (bedor bo`l).

  4. 73:4

    أَوْ زِدْ عَلَيْهِ وَرَتِّلِ ٱلْقُرْءَانَ تَرْتِيلًا

    Aw zid 'alaihi wa rattilil Qur'aana tarteela

    Yoki u(yarim)ga yana qo`sh va Qur'onni tartil bilan tilovat qil.

  5. 73:5

    إِنَّا سَنُلْقِى عَلَيْكَ قَوْلًا ثَقِيلًا

    Innaa sanulqee 'alika qawalan saqeelaa

    Albatta, Biz ustingga og`ir so`zni tashlarmiz.

  6. 73:6

    إِنَّ نَاشِئَةَ ٱلَّيْلِ هِىَ أَشَدُّ وَطْـًٔا وَأَقْوَمُ قِيلًا

    Inn naashi'atal laili hiya ashadddu wat anw wa aqwamu qeelaa

    Albatta, kechki ibodat ko`proq muvofiq kelur va qiroati to`g`riroq bo`lur.

  7. 73:7

    إِنَّ لَكَ فِى ٱلنَّهَارِ سَبْحًا طَوِيلًا

    Inna laka fin nahaari sabhan taweelaa

    Albatta, kunduzi sening uzoq ishlashing bor.

  8. 73:8

    وَٱذْكُرِ ٱسْمَ رَبِّكَ وَتَبَتَّلْ إِلَيْهِ تَبْتِيلًا

    Wazkuris ma rabbika wa tabattal ilaihi tabteelaa

    Va Robbingning ismini zikr et va Uning ibodatiga butunlay ajralib chiq.

  9. 73:9

    رَّبُّ ٱلْمَشْرِقِ وَٱلْمَغْرِبِ لَآ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ فَٱتَّخِذْهُ وَكِيلًا

    Rabbul mashriqi wal maghriibi laaa ilaaha illaa Huwa fattakhizhu wakeelaa

    U mashriqu mag`ribning Robbidir. Undan o`zga ibodatga sazovor iloh yo`q. Bas, Uni o`zingga vakil qil.

  10. 73:10

    وَٱصْبِرْ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَٱهْجُرْهُمْ هَجْرًا جَمِيلًا

    Wasbir 'alaa maa yaqoo loona wahjurhum hajran jameelaa

    Va ularning gaplariga sabr qil va ulardan chiroyli chetlash-la chetlab tur.

  11. 73:11

    وَذَرْنِى وَٱلْمُكَذِّبِينَ أُو۟لِى ٱلنَّعْمَةِ وَمَهِّلْهُمْ قَلِيلًا

    Wa zarnee walmukaz zibeena ulin na'mati wa mahhilhum qaleelaa

    Ahli ne'mat bo`lgan yolg`onga chiqaruvchilarni O`zimga qo`yib qo`y va ularga ozgina muhlat ber.

  12. 73:12

    إِنَّ لَدَيْنَآ أَنكَالًا وَجَحِيمًا

    Inna ladainaaa ankaalanw wa jaheemaa

    Albatta, Bizda og`ir kishanlar va jahannam bor.

  13. 73:13

    وَطَعَامًا ذَا غُصَّةٍ وَعَذَابًا أَلِيمًا

    Wa ta'aaman zaa ghussa tinw wa'azaaban aleemaa

    Va (tomoqqa) tiqiladigan taom va alamli azob bor.

  14. 73:14

    يَوْمَ تَرْجُفُ ٱلْأَرْضُ وَٱلْجِبَالُ وَكَانَتِ ٱلْجِبَالُ كَثِيبًا مَّهِيلًا

    Yawma tarjuful ardu waljibaalu wa kaanatil jibaalu kaseebam maheelaa

    Bir kundaki, unda yeru tog`lar larzaga keladi va tog`lar oquvchi qumtepalarga aylanadi.

  15. 73:15

    إِنَّآ أَرْسَلْنَآ إِلَيْكُمْ رَسُولًا شَـٰهِدًا عَلَيْكُمْ كَمَآ أَرْسَلْنَآ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ رَسُولًا

    Innaa arsalnaaa ilaikum rasoolan shahidan 'alikum kamaaa arsalnaaa ilaa Fir'awna Rasoolna

    Albatta, Biz sizlarga, xuddi Fir'avnga Rasul yuborganimizdek, siz haqingizda guvohlik beruvchi Rasulni yubordik.

  16. 73:16

    فَعَصَىٰ فِرْعَوْنُ ٱلرَّسُولَ فَأَخَذْنَـٰهُ أَخْذًا وَبِيلًا

    Fa'asaa Fir'awnur Rasoola fa akhaznaahu akhzanw wabeelaa

    Bas, Fir'avn Rasulga osiy bo`ldi va Biz uni shiddatli azob bilan tutdik.

  17. 73:17

    فَكَيْفَ تَتَّقُونَ إِن كَفَرْتُمْ يَوْمًا يَجْعَلُ ٱلْوِلْدَٰنَ شِيبًا

    Fakaifa tattaqoona in kafartum yawmany yaj'alul wildaana sheeba

    Agar kofir bo`lsalaringiz, bolalarning sochini oqartirib yuboradigan kundan qanday saqlanursiz?!

  18. 73:18

    ٱلسَّمَآءُ مُنفَطِرٌۢ بِهِۦ ۚ كَانَ وَعْدُهُۥ مَفْعُولًا

    Assamaaa'u munfatirum bih; kaana wa'duhoo maf'oola

    Unda osmon parchalanuvchidir, U zotning va'dasi amalga oshadir.

  19. 73:19

    إِنَّ هَـٰذِهِۦ تَذْكِرَةٌ ۖ فَمَن شَآءَ ٱتَّخَذَ إِلَىٰ رَبِّهِۦ سَبِيلًا

    Inna haazihee tazkiratun fa man shaaa'at takhaza ilaa Rabbihee sabeelaa

    Albatta, bular eslatmadir, Kim xohlasa, o`z Robbi tomon yo`l oladir.

  20. 73:20

    ۞ إِنَّ رَبَّكَ يَعْلَمُ أَنَّكَ تَقُومُ أَدْنَىٰ مِن ثُلُثَىِ ٱلَّيْلِ وَنِصْفَهُۥ وَثُلُثَهُۥ وَطَآئِفَةٌ مِّنَ ٱلَّذِينَ مَعَكَ ۚ وَٱللَّهُ يُقَدِّرُ ٱلَّيْلَ وَٱلنَّهَارَ ۚ عَلِمَ أَن لَّن تُحْصُوهُ فَتَابَ عَلَيْكُمْ ۖ فَٱقْرَءُوا۟ مَا تَيَسَّرَ مِنَ ٱلْقُرْءَانِ ۚ عَلِمَ أَن سَيَكُونُ مِنكُم مَّرْضَىٰ ۙ وَءَاخَرُونَ يَضْرِبُونَ فِى ٱلْأَرْضِ يَبْتَغُونَ مِن فَضْلِ ٱللَّهِ ۙ وَءَاخَرُونَ يُقَـٰتِلُونَ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ ۖ فَٱقْرَءُوا۟ مَا تَيَسَّرَ مِنْهُ ۚ وَأَقِيمُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَءَاتُوا۟ ٱلزَّكَوٰةَ وَأَقْرِضُوا۟ ٱللَّهَ قَرْضًا حَسَنًا ۚ وَمَا تُقَدِّمُوا۟ لِأَنفُسِكُم مِّنْ خَيْرٍ تَجِدُوهُ عِندَ ٱللَّهِ هُوَ خَيْرًا وَأَعْظَمَ أَجْرًا ۚ وَٱسْتَغْفِرُوا۟ ٱللَّهَ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌۢ

    Inna Rabbaka ya'lamu annaka taqoomu adnaa min sulusa yil laili wa nisfahoo wa sulusahoo wa taaa'ifatum minal lazeena ma'ak; wal laahu yuqaddirul laila wanna haar; 'alima al lan tuhsoohu fataaba  'alaikum faqra'oo maa tayassara minal quraan; 'alima an sa yakoonu minkum mardaa wa aakharoona yadriboona fil ardi yabtaghoona min fadlil laahi wa aakharoona yuqaatiloona fee sabeelil laahi faqra'oo ma tayassara minhu wa aqeemus salaata wa aatuz zakaata wa aqridul laaha qardan hasanaa; wa maa tuqadimoo li anfusikum min khairin tajidoohu 'indal laahi huwa khayranw wa a'zama ajraa; wastaghfirul laahaa innal laaha ghafoorur raheem.

    Albatta, Robbing seni kechaning uchdan ikkisidan ozrog`ini, yo yarmini, yo uchdan birini qoim bo`lib o`tkazayotganingni va sen bilan birga bo`lganlardan ham bir toifa (shundoq qilayotganlarini) biladir. Va Alloh kechayu kunduzni O`zi o`lchaydir. U sizlar hech chiday olmasligingizni bilib, sizlarga (engillikni) qaytardi. Bas (endi), Qur'ondan muyassar bo`lganicha o`qinglar. Sizlardan kelajakda kasallar bo`lishini ham bildi. Boshqalar Yer yuzida yurib, Allohning fazlini axtarishini, yana boshqalar esa, Allohning yo`lida jihod qilishlarini (ham bildi). Bas, undan muyassar bo`lganicha qiroat qilinglar. Va namozni qoim qilinglar, zakot beringlar va Allohga yaxshi qarz beringlar. O`zingiz uchun nima yaxshilik qilgan bo`lsangiz, Allohning huzurida undan yaxshirog`ini va ulkanroq ajrni toparsizlar. Allohga istig`for aytinglar. Albatta, Alloh mag`firat qiluvchi va rahmdildir.

Manbalar

  • Maʼnolar tarjimasi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
  • Qiroat: Mishari Roshid al-Afasiy, mp3quran.net.
  • Transliteratsiya faqat oʻqishga yordamchi. Toʻgʻri talaffuzni qorining qiroatidan yoki ustozdan oʻrganing.

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ

«Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!» — Qamar surasi, 54:17

Bugun bitta oyatdan boshlang.