Saba surasini qanday yod olish mumkin
- 34-sura
- 54 oyat
- Makkiy
- Mushafning 428–434-sahifalari
سبإ
Ilova oʻrnatilgan boʻlsa, uni ochadi, aks holda App Store / Google Play’ni ochadi.
Surani toʻliq tinglang
Qori: Mishari Roshid al-Afasiy
Qancha vaqt kerak
Har kuni ushlab tura oladigan surʼatni tanlang:
| Kuniga 1 oyat | 54 kun |
| Kuniga 3 oyat | 18 kun |
| Kuniga 5 oyat | 11 kun |
Oyatma-oyat qanday yod olish kerak
- Avval tinglangOyatni bir necha marta qoʻying va arabcha matnni koʻzingiz bilan kuzatib boring.
- Ovoz chiqarib takrorlangTilingizga oson kelguncha qayta-qayta ayting. Qaree har bir takrorni sanaydi.
- Yoddan oʻqingMatnga qaramay oʻqing. Qaree’ning tilovat rejimi sizni tinglaydi va xato qilgan soʻzlaringizni belgilaydi.
- Ulang va takrorlangYangi oyatni oldingilari bilan birga oʻqing, ertasi kuni esa surani yana bir bor takrorlang.
Saba surasi: arabcha matni, transliteratsiyasi va tarjimasi
-
34:1
ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِى لَهُۥ مَا فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَمَا فِى ٱلْأَرْضِ وَلَهُ ٱلْحَمْدُ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ ۚ وَهُوَ ٱلْحَكِيمُ ٱلْخَبِيرُ
Alhamdu lillaahil lazee lahoo maa fis samaawaati wa maa fil ardi wa lahul hamdu fil aakhirah; wa Huwal Hakeemul Khabeer
Osmonlardagi narsalar va yerdagi narsalar Uniki bo`lgan Allohga hamd bo`lsin. Oxiratdagi hamd ham Unikidir. Va U o`ta hikmatli, o`ta xabardor Zotdir.
-
34:2
يَعْلَمُ مَا يَلِجُ فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا يَخْرُجُ مِنْهَا وَمَا يَنزِلُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ وَمَا يَعْرُجُ فِيهَا ۚ وَهُوَ ٱلرَّحِيمُ ٱلْغَفُورُ
Ya'lamu maa yaliju fil ardi wa maa yakhruju minhaa wa maa yanzilu minas samaaa'i wa maa ya'ruju feehaa; wa Huwar Raheemul Ghafoor
U, yerga nima kirsa va undan nima chiqsa, biladir, osmondan nima tushsa va unga nima chiqsa, biladir. Va U o`ta rahimli va o`ta mag`firatli Zotdir.
-
34:3
وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَا تَأْتِينَا ٱلسَّاعَةُ ۖ قُلْ بَلَىٰ وَرَبِّى لَتَأْتِيَنَّكُمْ عَـٰلِمِ ٱلْغَيْبِ ۖ لَا يَعْزُبُ عَنْهُ مِثْقَالُ ذَرَّةٍ فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَلَا فِى ٱلْأَرْضِ وَلَآ أَصْغَرُ مِن ذَٰلِكَ وَلَآ أَكْبَرُ إِلَّا فِى كِتَـٰبٍ مُّبِينٍ
Wa qaalal lazeena kafaroo laa taateenas Saa'ah; qul balaa wa Rabbee lataatiyannakum 'Aalimul Ghaib; laa ya'zubu 'anhu misqaalu zarratin fis samaawaati wa laa fil ardi wa laaa asgharu min zaalika wa laaa akbaru illaa fee kitaabim mubeen
Kufr keltirganlar: «Bizga soat (qiyomat) kelmas», dedilar. Sen: «Yo`q! Foyibni bilguvchi Robbim ila qasamki, u sizlarga albatta kelur. U zotdan osmonlaru yerdagi zarra vaznicha, undan kichik narsa ham, katta narsa ham g`oyib bo`lmas. Illo, hammasi ochiq kitobdadir», deb ayt.
-
34:4
لِّيَجْزِىَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَرِزْقٌ كَرِيمٌ
Liyajziyal lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaat; ulaaa'ika lahum maghfiratunw wa rizqun kareem
Iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarni mukofotlash uchun. Ana o`shalarga, mag`firat va go`zal rizq bordir.
-
34:5
وَٱلَّذِينَ سَعَوْ فِىٓ ءَايَـٰتِنَا مُعَـٰجِزِينَ أُو۟لَـٰٓئِكَ لَهُمْ عَذَابٌ مِّن رِّجْزٍ أَلِيمٌ
Wallazeena sa'aw feee aayaatinaa mu'aajizeena ulaaa 'ika lahum 'azaabum mir irjzin aleem
Bizning oyatlarimizni ojiz qoldirguvchi bo`lish uchun harakat qilganlarga esa, ana o`shalarga, alamli jazodan iborat azob bordir.
-
34:6
وَيَرَى ٱلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْعِلْمَ ٱلَّذِىٓ أُنزِلَ إِلَيْكَ مِن رَّبِّكَ هُوَ ٱلْحَقَّ وَيَهْدِىٓ إِلَىٰ صِرَٰطِ ٱلْعَزِيزِ ٱلْحَمِيدِ
Wa yaral lazeena utul 'Ilmal lazeee unzila ilaika mir Rabbika huwal haqqa wa yahdeee ilaaa siraatil 'Azeezil Hameed
Ilm berilganlar senga Robbingdan nozil qilingan narsani ayni haq deb va aziyz va maqtalgan Zotning yo`liga hidoyat qiladir, deb bilurlar.
-
34:7
وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ هَلْ نَدُلُّكُمْ عَلَىٰ رَجُلٍ يُنَبِّئُكُمْ إِذَا مُزِّقْتُمْ كُلَّ مُمَزَّقٍ إِنَّكُمْ لَفِى خَلْقٍ جَدِيدٍ
Wa qaalal lazeena kafaroo hal nadullukum 'alaa rajuliny yanabbi 'ukum izaa muzziqtum kulla mumazzaqin innakum lafee khalqin jadeed
Kufr keltirganlar esa: «Sizlarga butunlay titilib bitgan chog`ingizda albatta, yangitdan yaratilishingiz xabarini berayotgan kishini ko`rsataylikmi?!
-
34:8
أَفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَم بِهِۦ جِنَّةٌۢ ۗ بَلِ ٱلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ بِٱلْـَٔاخِرَةِ فِى ٱلْعَذَابِ وَٱلضَّلَـٰلِ ٱلْبَعِيدِ
Aftaraa 'alal laahi kaziban am bihee jinnah; balil lazeena laa yu'minoona bil Aakhirati fil'azaabi waddad laalil ba'eed
U, Allohga nisbatan yolg`on to`qidimi yoki jinni bo`lib qoldimi?» – dedilar. Yo`q! Oxiratga iymon keltirmaydiganlar azobda va yiroq zalolatdadirlar.
-
34:9
أَفَلَمْ يَرَوْا۟ إِلَىٰ مَا بَيْنَ أَيْدِيهِمْ وَمَا خَلْفَهُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ ۚ إِن نَّشَأْ نَخْسِفْ بِهِمُ ٱلْأَرْضَ أَوْ نُسْقِطْ عَلَيْهِمْ كِسَفًا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً لِّكُلِّ عَبْدٍ مُّنِيبٍ
Afalam yaraw ilaa maa baina aydeehim wa maa khalfahum minas samaaa'i wal ard; in nashad nakhsif bihimul arda aw nusqit 'alaihim kisafam minas samaaa'; inna fee zaalika la Aayatal likulli 'abdim muneeb
Axir, ular osmonu yerdagi, oldilaridagi narsalarni, ortlaridagi narsalarni ko`rmaydilarmi?! Agar xohlasak, ularni yerga yuttirib yuborurmiz yoki ustlariga osmondan parchalar tushirurmiz. Albatta, bunda U zotga qaytguvchi har bir banda uchun oyat(belgi) bordir.
-
34:10
۞ وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا دَاوُۥدَ مِنَّا فَضْلًا ۖ يَـٰجِبَالُ أَوِّبِى مَعَهُۥ وَٱلطَّيْرَ ۖ وَأَلَنَّا لَهُ ٱلْحَدِيدَ
Wa laqad aatainaa Daawooda minnaa fadlany yaa jibaalu awwibee ma'ahoo wattaira wa alannaa lahul hadeed
Batahqiq, Biz Dovudga O`zimizdan fazl berdik. «Ey tog`lar, u bilan birga (tasbihni) qaytar va qushlar ham», (dedik). Va unga temirni yumshoq qildik.
-
34:11
أَنِ ٱعْمَلْ سَـٰبِغَـٰتٍ وَقَدِّرْ فِى ٱلسَّرْدِ ۖ وَٱعْمَلُوا۟ صَـٰلِحًا ۖ إِنِّى بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ
Ani'mal saabighaatinw wa qaddir fis sardi wa'maloo saalihan innee bimaa ta'maloona Baseer
Va (unga): «Sovutlar qilgin va bichimini o`lchovli qil. Solih amallar qilinglar. Albatta, Men nima amal qilayotganingizni yaxshi ko`rib turguvchiman, dedik.
-
34:12
وَلِسُلَيْمَـٰنَ ٱلرِّيحَ غُدُوُّهَا شَهْرٌ وَرَوَاحُهَا شَهْرٌ ۖ وَأَسَلْنَا لَهُۥ عَيْنَ ٱلْقِطْرِ ۖ وَمِنَ ٱلْجِنِّ مَن يَعْمَلُ بَيْنَ يَدَيْهِ بِإِذْنِ رَبِّهِۦ ۖ وَمَن يَزِغْ مِنْهُمْ عَنْ أَمْرِنَا نُذِقْهُ مِنْ عَذَابِ ٱلسَّعِيرِ
Wa li-Sulaimaanar reeha ghuduwwuhaa shahrunw wa ra-waahuhaa shahrunw wa asalnaa lahoo 'ainal qitr; wa minal jinni mai ya'malu baina yadaihi bi izni Rabbih; wa mai yazigh minhum 'an amrinaa nuziqhu min 'azaabis sa'eer
Va Sulaymonga shamolni (berdik). U(shamol)ning ertalab ketishi bir oylik, kechqurun qaytishi bir oylik yo`l edi. Unga mis bulog`ini oqizib qo`ydik va jinlardan Robbining izni ila uning huzurida ishlaydiganlari bor edi. Ulardan kim amrimizdan chiqsa, unga qattiq olov azobini tottiramiz.
-
34:13
يَعْمَلُونَ لَهُۥ مَا يَشَآءُ مِن مَّحَـٰرِيبَ وَتَمَـٰثِيلَ وَجِفَانٍ كَٱلْجَوَابِ وَقُدُورٍ رَّاسِيَـٰتٍ ۚ ٱعْمَلُوٓا۟ ءَالَ دَاوُۥدَ شُكْرًا ۚ وَقَلِيلٌ مِّنْ عِبَادِىَ ٱلشَّكُورُ
Ya'maloona lahoo ma yashaaa'u mim mahaareeba wa tamaaseela wa jifaanin kaljawaabi wa qudoorir raasiyaat; i'maloo aala Daawooda shukraa; wa qaleelum min 'ibaadiyash shakoor
U(jin)lar unga mehroblar, haykallar, hovuzlar kabi laganlar va sobit qozonlardan xohlaganini qilib berishar edi. Ey, Oli Dovud, shukr qilinglar! Bandalarimdan shukr qilguvchilari ozdir.
-
34:14
فَلَمَّا قَضَيْنَا عَلَيْهِ ٱلْمَوْتَ مَا دَلَّهُمْ عَلَىٰ مَوْتِهِۦٓ إِلَّا دَآبَّةُ ٱلْأَرْضِ تَأْكُلُ مِنسَأَتَهُۥ ۖ فَلَمَّا خَرَّ تَبَيَّنَتِ ٱلْجِنُّ أَن لَّوْ كَانُوا۟ يَعْلَمُونَ ٱلْغَيْبَ مَا لَبِثُوا۟ فِى ٱلْعَذَابِ ٱلْمُهِينِ
Falammaa qadainaa 'alaihil mawta ma dallahum 'alaa mawtiheee illaa daaabbatul ardi taakulu minsa atahoo falammaa kharra tabaiyanatil jinnu al law kaanoo ya'lamoonal ghaiba maa labisoo fil 'azaabil muheen
Qachonki, Biz u(Sulaymon)ga o`limni hukm etganimizda, ularga uning o`limi haqida asosini yeyayotgan yog`och qurtidan boshqa hech bir narsa dalolat qilmadi. Qachonki, u yiqilganda, jinlarga, agar ular g`aybni bilganlarida, xorlovchi azobda qolmagan bo`lishlari ayon bo`ldi.
-
34:15
لَقَدْ كَانَ لِسَبَإٍ فِى مَسْكَنِهِمْ ءَايَةٌ ۖ جَنَّتَانِ عَن يَمِينٍ وَشِمَالٍ ۖ كُلُوا۟ مِن رِّزْقِ رَبِّكُمْ وَٱشْكُرُوا۟ لَهُۥ ۚ بَلْدَةٌ طَيِّبَةٌ وَرَبٌّ غَفُورٌ
Laqad kaana li Saba-in fee maskanihim Aayatun jannataani 'ai yameeninw wa shimaalin kuloo mir rizq Rabbikum washkuroolah; baldatun taiyibatunw wa Rabbun Ghafoor
Batahqiq, saba'liklar uchun o`z maskanlarida oyat (belgi) — o`ng va chapdan ikki bog` bor edi. «Robbingiz rizqidan yeng va Unga shukr qiling! Ne go`zal yurt va o`ta mag`firatli Robbingiz bor», (dedik).
-
34:16
فَأَعْرَضُوا۟ فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ سَيْلَ ٱلْعَرِمِ وَبَدَّلْنَـٰهُم بِجَنَّتَيْهِمْ جَنَّتَيْنِ ذَوَاتَىْ أُكُلٍ خَمْطٍ وَأَثْلٍ وَشَىْءٍ مِّن سِدْرٍ قَلِيلٍ
Fa-a''radoo fa-arsalnaa 'alaihim Sailal 'Arimi wa baddalnaahum bijannataihim jannataini zawaatai ukulin khamtinw wa aslinw wa shai'im min sidrin qaleel
Ular yuz o`girdilar. Bas, Biz ustlariga arim selini yubordik va ularning ikki bog`larini achchiq mevali, yulg`unzor va bir ozgina sidrli ikki «bog`»ga aylantirdik.
-
34:17
ذَٰلِكَ جَزَيْنَـٰهُم بِمَا كَفَرُوا۟ ۖ وَهَلْ نُجَـٰزِىٓ إِلَّا ٱلْكَفُورَ
Zaalika jazainaahum bimaa kafaroo wa hal nujaazeee illal kafoor
Ularni noshukrlik qilganlari uchun ana shundoq jazoladik. Biz faqat o`ta noshukrlargagina jazo berurmiz.
-
34:18
وَجَعَلْنَا بَيْنَهُمْ وَبَيْنَ ٱلْقُرَى ٱلَّتِى بَـٰرَكْنَا فِيهَا قُرًى ظَـٰهِرَةً وَقَدَّرْنَا فِيهَا ٱلسَّيْرَ ۖ سِيرُوا۟ فِيهَا لَيَالِىَ وَأَيَّامًا ءَامِنِينَ
Wa ja'alnaa bainahum wa bainal qural latee baaraknaa feehaa quran zaahiratanw wa qaddamaa feehas sayr; seeroo feehaa la yaalirya wa aiyaaman aamineen
Biz ular bilan O`zimiz barakali qilgan shaharlar orasida ketma-ket qishloqlar qilib, ular orasidagi yurishni o`lchovli etib qo`ygan va «Ularda kechalar ham, kunduzlar ham omonlik-la yuravering», (degan edik).
-
34:19
فَقَالُوا۟ رَبَّنَا بَـٰعِدْ بَيْنَ أَسْفَارِنَا وَظَلَمُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ فَجَعَلْنَـٰهُمْ أَحَادِيثَ وَمَزَّقْنَـٰهُمْ كُلَّ مُمَزَّقٍ ۚ إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ لِّكُلِّ صَبَّارٍ شَكُورٍ
Faqaaloo Rabbanaa baa'id baina asfaarinaa wa zalamooo anfusahum faja'alnaahum ahaadeesa wa mazzaq naahum kulla mumazzaq; inna fee zaalika la Aayaatil likulli sabbaarin shakoor
Ular: «Ey Robbimiz, safarlarimiz orasini uzoq qil!» dedilar va o`zlariga zulm qildilar. Bas, Biz ularni hikoyalarga aylantirdik va butunlay parcha-parcha qilib tashladik. Albatta, bunda har bir o`ta sabrli va o`ta shukrli uchun oyat (belgi)lar bordir.
-
34:20
وَلَقَدْ صَدَّقَ عَلَيْهِمْ إِبْلِيسُ ظَنَّهُۥ فَٱتَّبَعُوهُ إِلَّا فَرِيقًا مِّنَ ٱلْمُؤْمِنِينَ
Wa laqad saddaq 'alaihim Ibleesu zannnabhoo fattaba'oohu illaa fareeqam minal mu'mineen
Batahqiq, iblis ular haqidagi gumonini ro`yobga chiqardi. Bas, faqat bir guruh mo`minlardan boshqalari unga ergashdilar.
-
34:21
وَمَا كَانَ لَهُۥ عَلَيْهِم مِّن سُلْطَـٰنٍ إِلَّا لِنَعْلَمَ مَن يُؤْمِنُ بِٱلْـَٔاخِرَةِ مِمَّنْ هُوَ مِنْهَا فِى شَكٍّ ۗ وَرَبُّكَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ حَفِيظٌ
Wa maa kaana lahoo 'alaihim min sultaanin illaa lina'lama mai yu minu bil Aakhirati mimman huwa minhaa fee shakk; wa Rabbuka 'alaa kulli shai'in Hafeez
Holbuki, uning ular ustidan hech bir hukmronligi bo`lmas edi. Magar, Biz oxiratga iymon keltiradiganni unda (oxiratda) shaki bordan ayirishimiz uchun bo`ldi. Robbing har bir narsani muhofaza qilguvchidir.
-
34:22
قُلِ ٱدْعُوا۟ ٱلَّذِينَ زَعَمْتُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ ۖ لَا يَمْلِكُونَ مِثْقَالَ ذَرَّةٍ فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَلَا فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا لَهُمْ فِيهِمَا مِن شِرْكٍ وَمَا لَهُۥ مِنْهُم مِّن ظَهِيرٍ
Qulid 'ul lazeena za'amtum min doonil laahi laa yamlikoona misqaala zarratin fissamaawaati wa laa fil ardi wa maa lahum feehimaa min shirkinw wa maa lahoo minhum min zaheer
Sen: «Allohdan o`zga gumon qilganlaringizga duo qilaveringlar! Ular osmonlaru yerda zarra vaznicha narsaga molik emaslar. Ularga bu(ikki)larida sheriklik ham yo`q. Va U zotga ulardan birorta yordamchi ham yo`q», deb ayt.
-
34:23
وَلَا تَنفَعُ ٱلشَّفَـٰعَةُ عِندَهُۥٓ إِلَّا لِمَنْ أَذِنَ لَهُۥ ۚ حَتَّىٰٓ إِذَا فُزِّعَ عَن قُلُوبِهِمْ قَالُوا۟ مَاذَا قَالَ رَبُّكُمْ ۖ قَالُوا۟ ٱلْحَقَّ ۖ وَهُوَ ٱلْعَلِىُّ ٱلْكَبِيرُ
Wa laa tanfa'ush shafaa'atu 'indahooo illaa liman azina lah; hattaaa izaa fuzzi'a 'an quloobihim qaaloo maazaa qaala Rabbukum; qaalul haqq, wa Huwal 'Aliyul Kabeer
U zotning huzurida faqat O`zi izn berganlardan boshqaning shafoati manfaat bermas. Toki qalblaridan qo`rqinch ketgach: «Robbingiz nima dedi?» – derlar. «Haqni», derlar. U oliy va buyuk Zotdir.
-
34:24
۞ قُلْ مَن يَرْزُقُكُم مِّنَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ قُلِ ٱللَّهُ ۖ وَإِنَّآ أَوْ إِيَّاكُمْ لَعَلَىٰ هُدًى أَوْ فِى ضَلَـٰلٍ مُّبِينٍ
Qul mai yarzuqukum minas samaawaati wal ardi qulil laahu wa innaaa aw iyyaakum la'alaa hudan aw fee dalaalim mubeen
Sen: «Sizga osmonlaru yerdan kim rizq beradir?» – deb ayt. Sen: «Alloh. Va albatta, biz yoki siz hidoyatda yoxud ochiq-oydin zalolatdadirmiz», deb ayt.
-
34:25
قُل لَّا تُسْـَٔلُونَ عَمَّآ أَجْرَمْنَا وَلَا نُسْـَٔلُ عَمَّا تَعْمَلُونَ
Qul laa tus'aloona 'ammaaa ajramnaa wa laa nus'alu 'ammaa ta'maloon
Sen: «Sizlar biz qilgan jinoyatdan so`ralmassiz, biz esa siz qilgan amaldan so`ralmasmiz», deb ayt.
-
34:26
قُلْ يَجْمَعُ بَيْنَنَا رَبُّنَا ثُمَّ يَفْتَحُ بَيْنَنَا بِٱلْحَقِّ وَهُوَ ٱلْفَتَّاحُ ٱلْعَلِيمُ
Qul yajma'u bainanaa Rabbunaa summa yaftahu bainanaa bilhaqq; wa Huwal Fattaahul 'Aleem
Sen: «Robbimiz bizlarni jamlar, so`ngra haq ila oramizni ochiq qilur. U o`ta ochguvchi va o`ta bilguvchidir», deb ayt.
-
34:27
قُلْ أَرُونِىَ ٱلَّذِينَ أَلْحَقْتُم بِهِۦ شُرَكَآءَ ۖ كَلَّا ۚ بَلْ هُوَ ٱللَّهُ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ
Qul arooniyal lazeena alhaqtum bihee shurakaaa'a kallaa; bal Huwal Laahul 'Azeezul Hakeem
Sen: «U zotga sheriklar qilib tiqishtirganlaringizni menga ko`rsating. Yo`q! Faqat Aziyz va Hakiym bo`lgan Allohgina bordir», deb ayt.
-
34:28
وَمَآ أَرْسَلْنَـٰكَ إِلَّا كَآفَّةً لِّلنَّاسِ بَشِيرًا وَنَذِيرًا وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ
Wa maaa arsalnaaka illaa kaaffatal linnaasi basheeranw wa nazeeranw wa laakinna aksaran naasi laa ya'lamoon
Biz seni barcha odamlarga faqat xushxabarchi va ogohlantirguvchi qilib yubordik. Lekin odamlarning ko`plari bilmaslar.
-
34:29
وَيَقُولُونَ مَتَىٰ هَـٰذَا ٱلْوَعْدُ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ
Wa yaqooloona mataa haazal wa'du in kuntum saadiqeen
Ular: «Agar rostgo`y bo`lsangiz, bu va'da qachon bo`lur?» – derlar.
-
34:30
قُل لَّكُم مِّيعَادُ يَوْمٍ لَّا تَسْتَـْٔخِرُونَ عَنْهُ سَاعَةً وَلَا تَسْتَقْدِمُونَ
Qul lakum mee'aadu Yawmil laa tastaakhiroona 'anhu saa'atanw wa la tastaqdimoon
Sen: «Sizga bir kunning va'dasi bor. Undan bir on ortga ham qola olmassiz, oldin ham keta olmassiz», deb ayt.
-
34:31
وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَن نُّؤْمِنَ بِهَـٰذَا ٱلْقُرْءَانِ وَلَا بِٱلَّذِى بَيْنَ يَدَيْهِ ۗ وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذِ ٱلظَّـٰلِمُونَ مَوْقُوفُونَ عِندَ رَبِّهِمْ يَرْجِعُ بَعْضُهُمْ إِلَىٰ بَعْضٍ ٱلْقَوْلَ يَقُولُ ٱلَّذِينَ ٱسْتُضْعِفُوا۟ لِلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُوا۟ لَوْلَآ أَنتُمْ لَكُنَّا مُؤْمِنِينَ
Wa qaalal lazeena kafaroo lan nu'mina bihaazal Quraani wa laa billazee baina yadayh; wa law taraaa iziz zaalimoona mawqoofoona 'inda Rabbihim yarji'u ba'duhum ilaa ba'dinil qawla yaqoolul lazeenas tud'ifoo lillazeenas takbaroo law laaa antum lakunnaa mu'mineen
Kufr keltirganlar: «Ushbu Qur'onga ham, undan oldingi narsaga ham hech iymon keltirmasmiz», dedilar. Agar sen o`sha zolimlarning Robbilari huzurida turg`azib qo`yilganlarida bir-birlariga gap qaytarayotganlarini ko`rsang edi. O`shanda zaif sanalganlar mutakabbirlik qilganlarga: «Siz bo`lmaganingizda, albatta, biz mo`min bo`lar edik», derlar.
-
34:32
قَالَ ٱلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُوا۟ لِلَّذِينَ ٱسْتُضْعِفُوٓا۟ أَنَحْنُ صَدَدْنَـٰكُمْ عَنِ ٱلْهُدَىٰ بَعْدَ إِذْ جَآءَكُم ۖ بَلْ كُنتُم مُّجْرِمِينَ
Qaalal lazeenas takbaroo lillazeenas tud'ifooo anahnu sadadnaakum 'anil hudaa ba'da iz jaaa'akum bal kuntum mujrimeen
Mutakabbirlik qilganlar zaif sanalganlarga: «Sizga hidoyat kelganidan keyin biz sizni undan to`sdikmi?! Yo`q! O`zingiz jinoyatchi bo`ldingiz», derlar.
-
34:33
وَقَالَ ٱلَّذِينَ ٱسْتُضْعِفُوا۟ لِلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُوا۟ بَلْ مَكْرُ ٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ إِذْ تَأْمُرُونَنَآ أَن نَّكْفُرَ بِٱللَّهِ وَنَجْعَلَ لَهُۥٓ أَندَادًا ۚ وَأَسَرُّوا۟ ٱلنَّدَامَةَ لَمَّا رَأَوُا۟ ٱلْعَذَابَ وَجَعَلْنَا ٱلْأَغْلَـٰلَ فِىٓ أَعْنَاقِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ۚ هَلْ يُجْزَوْنَ إِلَّا مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Wa qaalal lazeenastud'ifoo lillazeenas takbaroo bal makrul laili wannahaari iz taamuroonanaaa an nakfura billaahi wa naj'ala lahooo andaadaa; wa asarrun nadaamata lammaa ra awul 'azaab; wa ja'alnal aghlaala feee a'naaqil lazeena kafaroo; hal yujzawna illaa maa kanoo ya'maloon
Zaif sanalganlar mutakabbirlik qilganlarga: «Yo`q! Kechayu kunduzning makr-hiylasi (to`sdi). O`shanda sizlar bizni Allohga kufr keltirishimizga, unga tengdoshlar qo`shishimizga amr qilar edingiz», dedilar. Ular azobni ko`rgan chog`larida nadomatni ichlarida tutdilar. Biz kufr keltirganlarning bo`yinlariga kishanlar soldik. Ular faqat qilib yurgan amallariga yarasha jazolanurlar.
-
34:34
وَمَآ أَرْسَلْنَا فِى قَرْيَةٍ مِّن نَّذِيرٍ إِلَّا قَالَ مُتْرَفُوهَآ إِنَّا بِمَآ أُرْسِلْتُم بِهِۦ كَـٰفِرُونَ
Wa maaa arsalnaa' fee qaryatim min nazeerin illaa qaala mutrafooaa innaa bimaaa ursiltum bihee kaafiroon
Qaysiki bir shahar-qishloqqa ogohlantirguvchi yuborsak, albatta, uning maishatbozlari: «Biz, albatta, siz ila yuborilgan narsaga kufr keltirguvchilarmiz», dedilar.
-
34:35
وَقَالُوا۟ نَحْنُ أَكْثَرُ أَمْوَٰلًا وَأَوْلَـٰدًا وَمَا نَحْنُ بِمُعَذَّبِينَ
Wa qaaloo nahnu aksaru amwaalanw wa awlaadanw wa maa nahnu bimu 'azzabeen
Ular: «Bizning molu dunyomiz, bola-chaqamiz ko`proq. Biz azoblanguvchi emasmiz», derlar.
-
34:36
قُلْ إِنَّ رَبِّى يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ وَيَقْدِرُ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ
Qul inna Rabbee yabsutur rizqa limai yashaaa'u wa yaqdiru wa laakinna aksaran naasi laa ya'lamoon
Sen: «Albatta, Robbim xohlagan kishisiga rizqni keng qilur va tor qilur. Lekin odamlarning ko`plari bilmaslar», deb ayt.
-
34:37
وَمَآ أَمْوَٰلُكُمْ وَلَآ أَوْلَـٰدُكُم بِٱلَّتِى تُقَرِّبُكُمْ عِندَنَا زُلْفَىٰٓ إِلَّا مَنْ ءَامَنَ وَعَمِلَ صَـٰلِحًا فَأُو۟لَـٰٓئِكَ لَهُمْ جَزَآءُ ٱلضِّعْفِ بِمَا عَمِلُوا۟ وَهُمْ فِى ٱلْغُرُفَـٰتِ ءَامِنُونَ
Wa maaa amwaalukum wa laaa awlaadukum billatee tuqarribukum 'indanaa zulfaaa illaa man aamana wa 'amila saalihan fa ulaaa'ika lahum jazaaa'ud di'fi bimaa 'amiloo wa hum fil ghurufaati aaminoon
Na molu dunyolaringiz va na bola-chaqalaringiz sizni Bizning huzurimizga yaqin qila olmas. Magar kim iymon keltirgan va solih amal qilgan bo`lsa, ana o`shalargagina qilgan amallari tufayli ko`paytirilgan mukofot bordir. Ular (jannat) boloxonalarida omonlikdadirlar.
-
34:38
وَٱلَّذِينَ يَسْعَوْنَ فِىٓ ءَايَـٰتِنَا مُعَـٰجِزِينَ أُو۟لَـٰٓئِكَ فِى ٱلْعَذَابِ مُحْضَرُونَ
Wallazeena yas'awna feee Aayaatinaa mu'aajizeena ulaaa'ika fil'azaabi muhdaroon
Bizning oyatlarimizni ojiz qoldirish uchun harakat qiladiganlar esa, ana o`shalar azob ichiga hozir qilinganlardir.
-
34:39
قُلْ إِنَّ رَبِّى يَبْسُطُ ٱلرِّزْقَ لِمَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ وَيَقْدِرُ لَهُۥ ۚ وَمَآ أَنفَقْتُم مِّن شَىْءٍ فَهُوَ يُخْلِفُهُۥ ۖ وَهُوَ خَيْرُ ٱلرَّٰزِقِينَ
Qul inna Rabbee yabsutur rizqa limai yashaaa'u min 'ibaadihee wa yaqdiru lah; wa maaa anfaqtum min shai'in fahuwa yukhlifuhoo wa Huwa khairur raaziqeen
Ayt: «Albatta, Robbim rizqni O`z bandalaridan kimni xohlasa o`shanga keng qilur va tor qilur. Har bir infoq qilgan narsangizning o`rnini U to`ldirur. U zot rizq berguvchilarning yaxshisidir».
-
34:40
وَيَوْمَ يَحْشُرُهُمْ جَمِيعًا ثُمَّ يَقُولُ لِلْمَلَـٰٓئِكَةِ أَهَـٰٓؤُلَآءِ إِيَّاكُمْ كَانُوا۟ يَعْبُدُونَ
Wa yawma yahshuruhum jamee'an summa yaqoolu lilmalaaa'ikati a-haaa'ulaaa'i iyyaakum kaanoo ya'budoon
Ularning barchalarini jamlaydigan, so`ngra U zot farishtalarga: «Anavilar sizlarga ibodat qilgan edilarmi?» deydigan kunda...
-
34:41
قَالُوا۟ سُبْحَـٰنَكَ أَنتَ وَلِيُّنَا مِن دُونِهِم ۖ بَلْ كَانُوا۟ يَعْبُدُونَ ٱلْجِنَّ ۖ أَكْثَرُهُم بِهِم مُّؤْمِنُونَ
Qaaloo Subhaanaka Anta waliyyunaa min doonihim bal kaanoo ya'budoonal jinna aksaruhum bihim mu'minoon
Ular: «Sen poksan! Sen bizning valiyimizsan! Ular emas! Yo`q! Ular jinlarga ibodat qilar edilar. Ko`plari o`shalarga iymon keltirguvchidirlar», derlar.
-
34:42
فَٱلْيَوْمَ لَا يَمْلِكُ بَعْضُكُمْ لِبَعْضٍ نَّفْعًا وَلَا ضَرًّا وَنَقُولُ لِلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ ذُوقُوا۟ عَذَابَ ٱلنَّارِ ٱلَّتِى كُنتُم بِهَا تُكَذِّبُونَ
Fal Yawma laa yamliku ba'dukum liba'din naf'anw wa laa darraa; wa naqoolu lilzeena zalamoo zooqoo 'azaaban Naaril latee kuntum bihaa tukazziboon
Bugungi kunda bir-biringiz uchun manfaatga ham, zararga ham molik emassizlar. Va zulm qilganlarga: «O`zingiz yolg`onga chiqarib yurgan olovning azobini tatib ko`ring», dermiz.
-
34:43
وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَـٰتُنَا بَيِّنَـٰتٍ قَالُوا۟ مَا هَـٰذَآ إِلَّا رَجُلٌ يُرِيدُ أَن يَصُدَّكُمْ عَمَّا كَانَ يَعْبُدُ ءَابَآؤُكُمْ وَقَالُوا۟ مَا هَـٰذَآ إِلَّآ إِفْكٌ مُّفْتَرًى ۚ وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لِلْحَقِّ لَمَّا جَآءَهُمْ إِنْ هَـٰذَآ إِلَّا سِحْرٌ مُّبِينٌ
Wa izaa tutlaa 'alaihim Aayaatunaa baiyinaatin qaaloo maa haazaa illaa rajuluny yureedu ai-yasuddakum 'ammaa kaana ya'budu aabaaa'ukum wa qaaloo maa haazaaa illaaa ifkum muftaraa; wa qaalal lazeena kafaroo lilhaqqi lammaa jaaa'ahum in haazaaa illaa sihrum mubeen
Qachonki ularga Bizning ochiq-oydin oyatlarimiz tilovat qilinsa: «Bu, sizni ota-bobolaringiz ibodat qilib yurgan narsadan to`smoqni iroda qiladigan odam, xolos», dedilar va «Bu, to`qilgan uydirmadan boshqa narsa emas», dedilar. Va kufr keltirganlar o`zlariga haq kelgan chog`da: «Bu, ochiq-oydin sehrdan boshqa narsa emas», dedilar.
-
34:44
وَمَآ ءَاتَيْنَـٰهُم مِّن كُتُبٍ يَدْرُسُونَهَا ۖ وَمَآ أَرْسَلْنَآ إِلَيْهِمْ قَبْلَكَ مِن نَّذِيرٍ
Wa maaa aatainaahum min Kutubiny yadrusoonahaa wa maaa arsalnaaa ilaihim qablaka min nazeer
Holbuki, Biz ularga dars oladigan kitoblarni bermagan edik. Shuningdek, sendan oldin ularga biror ogohlantirguvchi ham yubormagan edik.
-
34:45
وَكَذَّبَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَمَا بَلَغُوا۟ مِعْشَارَ مَآ ءَاتَيْنَـٰهُمْ فَكَذَّبُوا۟ رُسُلِى ۖ فَكَيْفَ كَانَ نَكِيرِ
Wa kazzabal lazeena min qablihim wa maa balaghoo mi'shaara maaa aatainaahum fakazzaboo Rusulee; fakaifa kaana nakeer
Ulardan ilgari o`tganlar ham (Payg`ambarlarni) yolg`onchi qilgan edilar. (Bular) ularga bergan narsalarimizning o`ndan biriga ham yetganlari yo`q. Bas, Payg`ambarlarimni yolg`onchi qildilar, ammo inkorim qandoq bo`ldi?!
-
34:46
۞ قُلْ إِنَّمَآ أَعِظُكُم بِوَٰحِدَةٍ ۖ أَن تَقُومُوا۟ لِلَّهِ مَثْنَىٰ وَفُرَٰدَىٰ ثُمَّ تَتَفَكَّرُوا۟ ۚ مَا بِصَاحِبِكُم مِّن جِنَّةٍ ۚ إِنْ هُوَ إِلَّا نَذِيرٌ لَّكُم بَيْنَ يَدَىْ عَذَابٍ شَدِيدٍ
Qul innamaaa a'izukum biwaahidatin an taqoomoo lillaahi masnaa wa furaadaa summa tatafakkaroo; maa bisaahibikum min jinnah; in huwa illaa nazeerul lakum baina yadai 'azaabin shadeed
Sen: «Men sizga birgina nasihat qilurman: Alloh uchun xolis, yakka-yakka va to`p-to`p turib bir fikr yuritib ko`ringlar. Sohibingizda jinga oid hech narsa yo`q. U sizlarga shiddatli azobdan oldingi ogohlantirguvchi, xolos», deb ayt.
-
34:47
قُلْ مَا سَأَلْتُكُم مِّنْ أَجْرٍ فَهُوَ لَكُمْ ۖ إِنْ أَجْرِىَ إِلَّا عَلَى ٱللَّهِ ۖ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ شَهِيدٌ
Qul maa sa-altukum min ajrin fahuwa lakum in ajriya illaa 'alal laahi wa Huwa 'alaa kullin shai-in Shaheed
Sen: «Men sizlardan hech bir ajr-haq so`ramadim. Bas, u sizga bo`lsin. Mening ajrim faqat Allohning zimmasida. U zot har bir narsaga O`zi shohiddir», deb ayt.
-
34:48
قُلْ إِنَّ رَبِّى يَقْذِفُ بِٱلْحَقِّ عَلَّـٰمُ ٱلْغُيُوبِ
Qul inna Rabbee yaqzifu bilhaqq 'Allaamul Ghuyoob
Sen: «Albatta, Robbim haqni otur. U zot g`ayblarni o`ta bilguvchidir», deb ayt.
-
34:49
قُلْ جَآءَ ٱلْحَقُّ وَمَا يُبْدِئُ ٱلْبَـٰطِلُ وَمَا يُعِيدُ
Qul jaaa'al haqqu wa maa yubdi'ul baatilu wa maa yu'eed
Sen: «Haq keldi! Botil boshlay olmas va qaytara ham olmas», deb ayt.
-
34:50
قُلْ إِن ضَلَلْتُ فَإِنَّمَآ أَضِلُّ عَلَىٰ نَفْسِى ۖ وَإِنِ ٱهْتَدَيْتُ فَبِمَا يُوحِىٓ إِلَىَّ رَبِّىٓ ۚ إِنَّهُۥ سَمِيعٌ قَرِيبٌ
Qul in dalaltu fainnamaaa adillu 'alaa nafsee wa inih-tadaitu fabimaa yoohee ilaiya Rabbee; innahoo Samee'un Qareeb
Sen: «Agar men zalolatga ketgan bo`lsam, o`z zararimga ketaman. Agar hidoyat topsam, Robbim menga vahiy qilgan narsa tufayli topaman. Albatta, U zot o`ta eshitguvchi, yaqindir», deb ayt.
-
34:51
وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذْ فَزِعُوا۟ فَلَا فَوْتَ وَأُخِذُوا۟ مِن مَّكَانٍ قَرِيبٍ
Wa law taraaa iz fazi'oo falaa fawta wa ukhizoo mim makaanin qareeb
Agar ularning talvasaga tushishlarini, endi qochib qutulish yo`q va yaqin makondan tutilishlarini bir ko`rsang edi?
-
34:52
وَقَالُوٓا۟ ءَامَنَّا بِهِۦ وَأَنَّىٰ لَهُمُ ٱلتَّنَاوُشُ مِن مَّكَانٍۭ بَعِيدٍ
Wa qaloo aamannaa bihee wa annaa lahumut tanaawushu mim makaanim ba'eed
Ular: «Unga iymon keltirdik», derlar. Endi, uzoq bir makondan qo`llari qandoq yetsin?!
-
34:53
وَقَدْ كَفَرُوا۟ بِهِۦ مِن قَبْلُ ۖ وَيَقْذِفُونَ بِٱلْغَيْبِ مِن مَّكَانٍۭ بَعِيدٍ
Wa qad kafaroo bihee min qablu wa yaqzifoona bilghaibi mim makaanim ba'eed
Holbuki, unga oldin kufr keltirgan edilar. Foyibga uzoq joydan tosh otar edilar.
-
34:54
وَحِيلَ بَيْنَهُمْ وَبَيْنَ مَا يَشْتَهُونَ كَمَا فُعِلَ بِأَشْيَاعِهِم مِّن قَبْلُ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ فِى شَكٍّ مُّرِيبٍۭ
Wa heela bainahum wa baina maa yashtahoona kamaa fu'ila bi-ashyaa'ihim min qabl; innahum kaanoo fee shakkim mureeb
Va ular bilan o`zlari ishtaha qilgan narsaning orasi to`sildi. Xuddi oldin o`tgan maslakdoshlari kabi. Albatta, ular shak-shubha ichida edilar.
Manbalar
- Maʼnolar tarjimasi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
- Qiroat: Mishari Roshid al-Afasiy, mp3quran.net.
- Transliteratsiya faqat oʻqishga yordamchi. Toʻgʻri talaffuzni qorining qiroatidan yoki ustozdan oʻrganing.
وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ
«Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!» — Qamar surasi, 54:17