1. Qaree
  2. Suralar
  3. Fotir surasi

Fotir surasini qanday yod olish mumkin

«Yaratuvchi»

  • 35-sura
  • 45 oyat
  • Makkiy
  • Mushafning 434–440-sahifalari

فاطر

Fotir surasini Qaree’da yod olish

Ilova oʻrnatilgan boʻlsa, uni ochadi, aks holda App Store / Google Play’ni ochadi.

Surani toʻliq tinglang

Qori: Mishari Roshid al-Afasiy

Qancha vaqt kerak

Har kuni ushlab tura oladigan surʼatni tanlang:

Kuniga 1 oyat45 kun
Kuniga 3 oyat15 kun
Kuniga 5 oyat9 kun

Oyatma-oyat qanday yod olish kerak

  1. Avval tinglangOyatni bir necha marta qoʻying va arabcha matnni koʻzingiz bilan kuzatib boring.
  2. Ovoz chiqarib takrorlangTilingizga oson kelguncha qayta-qayta ayting. Qaree har bir takrorni sanaydi.
  3. Yoddan oʻqingMatnga qaramay oʻqing. Qaree’ning tilovat rejimi sizni tinglaydi va xato qilgan soʻzlaringizni belgilaydi.
  4. Ulang va takrorlangYangi oyatni oldingilari bilan birga oʻqing, ertasi kuni esa surani yana bir bor takrorlang.

Fotir surasi: arabcha matni, transliteratsiyasi va tarjimasi

  1. 35:1

    ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ فَاطِرِ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ جَاعِلِ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةِ رُسُلًا أُو۟لِىٓ أَجْنِحَةٍ مَّثْنَىٰ وَثُلَـٰثَ وَرُبَـٰعَ ۚ يَزِيدُ فِى ٱلْخَلْقِ مَا يَشَآءُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ

    Alhamdu lillaahi faatiris samaawaati wal ardi jaa'ilil malaaa'ikati rusulan uleee ajnihatim masnaa wa sulaasa wa rubaa'; yazeedu fil khalqi maa yashaaa'; innal laaha 'alaa kulli shai'in Qadeer

    Hamdu sano osmonlaru yerni yo`qdan bor qilgan, farishtalarni ikki, uch, to`rt qanotli elchilar qilgan Allohga bo`lsin. U zot maxluqotlarda nimani xohlasa, ziyoda qilur. Albatta, Alloh har bir narsaga qodirdir.

  2. 35:2

    مَّا يَفْتَحِ ٱللَّهُ لِلنَّاسِ مِن رَّحْمَةٍ فَلَا مُمْسِكَ لَهَا ۖ وَمَا يُمْسِكْ فَلَا مُرْسِلَ لَهُۥ مِنۢ بَعْدِهِۦ ۚ وَهُوَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ

    Maa yaftahil laahu linnaaasi mir rahmatin falaa mumsika lahaa wa maa yumsik falaa mursila lahoo mimb'dih; wa Huwal 'Azeezul Hakeem

    Alloh odamlarga ne rahmatni ochsa, bas, uni tutib qolguvchi bo`lmas. U zot tutib qolgan narsani Undan keyin qo`yib yuborguvchi bo`lmas. U zot Aziyzu Hakiymdir.

  3. 35:3

    يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ ٱذْكُرُوا۟ نِعْمَتَ ٱللَّهِ عَلَيْكُمْ ۚ هَلْ مِنْ خَـٰلِقٍ غَيْرُ ٱللَّهِ يَرْزُقُكُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ ۚ لَآ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ فَأَنَّىٰ تُؤْفَكُونَ

    Yaaa ayyuhan naasuzkuroo ni'matal laahi 'alaikum; hal min khaaliqin ghairul laahi yarzuqukum minas samaaa'i wal ard; laaa ilaaha illaa Huwa fa annaa tu'fakoon

    Ey odamlar! Allohning sizga bergan ne'matlarini eslang! Sizlarga osmon va yerdan rizq beradigan Allohdan boshqa xoliq bormi? Undan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q. Bas, qayon ketmoqdasiz?!

  4. 35:4

    وَإِن يُكَذِّبُوكَ فَقَدْ كُذِّبَتْ رُسُلٌ مِّن قَبْلِكَ ۚ وَإِلَى ٱللَّهِ تُرْجَعُ ٱلْأُمُورُ

    Wa iny yukazzibooka faqad kuzzibat Rusulum min qablik; wa ilal laahi turja'ul umoor

    Agar seni yolg`onchiga chiqarsalar, bas, sendan oldin ham Payg`ambarlar yolg`onchi qilinganlar. Barcha ishlar Allohga qaytarilur.

  5. 35:5

    يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّ ۖ فَلَا تَغُرَّنَّكُمُ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا ۖ وَلَا يَغُرَّنَّكُم بِٱللَّهِ ٱلْغَرُورُ

    Yaaa ayyuhan naasu inna wa'dal laahi haqqun falaa taghurrannakumul hayaatud dunyaa; wa laa yaghurran nakum billaahil gharoor

    Ey odamlar! Albatta, Allohning va'dasi haqdir. Bas, dunyo hayoti sizni g`ururga ketkazmasin. O`ta g`ururga ketkazguvchi sizni Alloh ila g`ururga ketkazmasin.

  6. 35:6

    إِنَّ ٱلشَّيْطَـٰنَ لَكُمْ عَدُوٌّ فَٱتَّخِذُوهُ عَدُوًّا ۚ إِنَّمَا يَدْعُوا۟ حِزْبَهُۥ لِيَكُونُوا۟ مِنْ أَصْحَـٰبِ ٱلسَّعِيرِ

    Innash shaitaana lakum 'aduwwun fattakhizoohu 'aduwwaa; innamaa yad'oo hizbahoo liyakoonoo min ashaabis sa'eer

    Albatta, shayton sizga dushmandir. Bas, uni dushman tuting. U o`z guruhini faqat o`ta qizigan do`zaxga ega bo`lishlariga chaqirur.

  7. 35:7

    ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَهُمْ عَذَابٌ شَدِيدٌ ۖ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَأَجْرٌ كَبِيرٌ

    Allazeena kafaroo lahum 'azaabun shadeed; wallazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati lahum maghfiratunw wa ajrun kabeer

    Kufr keltirganlarga shiddatli azob bordir. Iymon keltirib, solih amallarni qilganlarga mag`firat va ulkan ajr bordir.

  8. 35:8

    أَفَمَن زُيِّنَ لَهُۥ سُوٓءُ عَمَلِهِۦ فَرَءَاهُ حَسَنًا ۖ فَإِنَّ ٱللَّهَ يُضِلُّ مَن يَشَآءُ وَيَهْدِى مَن يَشَآءُ ۖ فَلَا تَذْهَبْ نَفْسُكَ عَلَيْهِمْ حَسَرَٰتٍ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَلِيمٌۢ بِمَا يَصْنَعُونَ

    Afaman zuyyina lahoo sooo'u 'amalihee fara aahu hasanaa; fa innal laaha yudillu mai yashaaa'u wa yahdee mai yahaaa'u falaa tazhab nafsuka 'alaihim hasaraat; innal laaha 'aleemun bimaa yasna'oon

    Axir, qilgan yomon amali o`ziga ziynatlab ko`rsatilib, uni go`zal deb bilgan odam(dan yaxshilik chiqarmidi)?! Albatta, Alloh xohlagan kimsani zalolatga ketkazur, xohlagan kimsani hidoyatga solur. Bas, ularga joning hasrat-la achinmasin. Albatta, Alloh nima qilayotganlarini yaxshi bilguvchidir.

  9. 35:9

    وَٱللَّهُ ٱلَّذِىٓ أَرْسَلَ ٱلرِّيَـٰحَ فَتُثِيرُ سَحَابًا فَسُقْنَـٰهُ إِلَىٰ بَلَدٍ مَّيِّتٍ فَأَحْيَيْنَا بِهِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا ۚ كَذَٰلِكَ ٱلنُّشُورُ

    Wallaahul lazeee arsalar riyaaha fatuseeru shaaban fasuqnaahu ilaa baladim maiyitin fa ahyaynaa bihil arda ba'da mawtihaa; kazaalikan nushoor

    Alloh shamollarni yuborgan Zotdir. Bas, ular bulutni qo`zg`atadi. Biz uni o`lik yurt tomon haydab, u bilan yerni o`lib yotganidan keyin tiriltirurmiz. Tirilish ham shunga o`xshashdir.

  10. 35:10

    مَن كَانَ يُرِيدُ ٱلْعِزَّةَ فَلِلَّهِ ٱلْعِزَّةُ جَمِيعًا ۚ إِلَيْهِ يَصْعَدُ ٱلْكَلِمُ ٱلطَّيِّبُ وَٱلْعَمَلُ ٱلصَّـٰلِحُ يَرْفَعُهُۥ ۚ وَٱلَّذِينَ يَمْكُرُونَ ٱلسَّيِّـَٔاتِ لَهُمْ عَذَابٌ شَدِيدٌ ۖ وَمَكْرُ أُو۟لَـٰٓئِكَ هُوَ يَبُورُ

    Man kaana yureedul 'izzata falillaahil 'izzatu jamee'aa; ilaihi yas'adul kalimut taiyibu wal'amalus saalihu yarfa'uh; wallazeena yamkuroonas sayyiaati lahum 'azaabun shadeed; wa makru ulaaa'ika huwa yaboor

    Kimki izzat istasa, bas, barcha izzat Allohnikidir. Unga xush kalomlar yuksalur va solih amal ko`tarur uni. Makr ila yomonliklar qilganlarga shiddatli azob bordir. Ana o`shalarning makri botil bo`lur.

  11. 35:11

    وَٱللَّهُ خَلَقَكُم مِّن تُرَابٍ ثُمَّ مِن نُّطْفَةٍ ثُمَّ جَعَلَكُمْ أَزْوَٰجًا ۚ وَمَا تَحْمِلُ مِنْ أُنثَىٰ وَلَا تَضَعُ إِلَّا بِعِلْمِهِۦ ۚ وَمَا يُعَمَّرُ مِن مُّعَمَّرٍ وَلَا يُنقَصُ مِنْ عُمُرِهِۦٓ إِلَّا فِى كِتَـٰبٍ ۚ إِنَّ ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ يَسِيرٌ

    Wallaahu khalaqakum min turaabin summa min nutfatin summa ja'alakum azwaajaa; wa maa tahmilu min unsaa wa laa tada'u illaa bi'ilmih; wa maa yu'ammaru mim mu'ammarinw wa laa yunqasu min 'umuriheee illaa fee kitaab; inna zaalika 'alal laahi yaseer

    Alloh sizlarni tuproqdan, so`ngra nutfadan yaratib, keyin juft-juft qilib qo`ydi. Qaysi bir urg`ochi nimaga homilador bo`lsa, nimani tug`sa, faqat Uning ilmi bilan bo`lur. Har bir umr ko`rguvchiga umr berilishi yoki uning umrining qisqartirilishi albatta kitobda bordir. Albatta, bu Allohga osondir.

  12. 35:12

    وَمَا يَسْتَوِى ٱلْبَحْرَانِ هَـٰذَا عَذْبٌ فُرَاتٌ سَآئِغٌ شَرَابُهُۥ وَهَـٰذَا مِلْحٌ أُجَاجٌ ۖ وَمِن كُلٍّ تَأْكُلُونَ لَحْمًا طَرِيًّا وَتَسْتَخْرِجُونَ حِلْيَةً تَلْبَسُونَهَا ۖ وَتَرَى ٱلْفُلْكَ فِيهِ مَوَاخِرَ لِتَبْتَغُوا۟ مِن فَضْلِهِۦ وَلَعَلَّكُمْ تَشْكُرُونَ

    Wa maa yastawil bahraani haaza 'azbun furaatun saaa'ighun sharaabuhoo wa haazaa milhun ujaaj; wa min kullin taakuloona lahman tariyyanw wa tastakhrijoona hilyatan talbasoonahaa wa taral fulka feehi mawaakhira litabtaghoo min fadlihee wa la'allakm tashkuroon

    Daryoyu dengiz, ikkisi teng bo`la olmas. Bunisi totli, chanqoq bosar, ichish osondir. Bunisi esa sho`r, taxirdir. Siz har biridan toza go`sht yeysiz va taqinchoq chiqarib taqursiz. Va Uning fazlidan talab qilishingiz uchun u(suv)ni yorib ketayotgan kemalarni ko`rursiz. Shoyadki, shukr qilsangiz.

  13. 35:13

    يُولِجُ ٱلَّيْلَ فِى ٱلنَّهَارِ وَيُولِجُ ٱلنَّهَارَ فِى ٱلَّيْلِ وَسَخَّرَ ٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ كُلٌّ يَجْرِى لِأَجَلٍ مُّسَمًّى ۚ ذَٰلِكُمُ ٱللَّهُ رَبُّكُمْ لَهُ ٱلْمُلْكُ ۚ وَٱلَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِهِۦ مَا يَمْلِكُونَ مِن قِطْمِيرٍ

    Yoolijul laila fin nahaari wa yoolijun nahaara fil laili wa sakhkharash shamsa wal qamara kulluny yajree li ajalim musammaa; zaalikumul lahuu Rabbukum lahul mulk; wallazeena tad'oona min doonihee maa yamlikoona min qitmeer

    U zot kechani kunduzga, kunduzni kechaga kiritur, quyosh va oyni beminnat xizmatkor qilib qo`ygandir. Har biri belgilangan muddatgacha yuradir. Ana shu Alloh Robbingizdir. Mulk Unikidir. Undan o`zga iltijo qilayotganlaringiz esa, danak po`stlog`iga ham molik emaslar.

  14. 35:14

    إِن تَدْعُوهُمْ لَا يَسْمَعُوا۟ دُعَآءَكُمْ وَلَوْ سَمِعُوا۟ مَا ٱسْتَجَابُوا۟ لَكُمْ ۖ وَيَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ يَكْفُرُونَ بِشِرْكِكُمْ ۚ وَلَا يُنَبِّئُكَ مِثْلُ خَبِيرٍ

    in tad'oohum laa yasma'oo du'aaa'akum wa law sami'oo mas tajaaboo lakum; wa Yawmal Qiyaamati Yakfuroona bishirkikum; wa laa yunabbi'uka mislu khabeer

    Agar ularga duo qilsangiz, duoingizni eshitmaslar. Gar eshitsalar ham, sizga javob bera olmaslar. Qiyomat kuni esa, sizning ularni shirk keltirganingizni inkor eturlar. O`ta xabardor Zotdek hech kim senga xabar bera olmas.

  15. 35:15

    ۞ يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ أَنتُمُ ٱلْفُقَرَآءُ إِلَى ٱللَّهِ ۖ وَٱللَّهُ هُوَ ٱلْغَنِىُّ ٱلْحَمِيدُ

    Yaaa ayyunhan naasu antumul fuqaraaa'u ilallaahi wallaahu Huwal Ghaniyyul Hameed

    Ey odamlar! Sizlar Allohga muhtojdirsiz. Alloh esa, O`zi behojat va maqtalgan Zotdir.

  16. 35:16

    إِن يَشَأْ يُذْهِبْكُمْ وَيَأْتِ بِخَلْقٍ جَدِيدٍ

    Iny yashaa yuzhibkum wa yaati bikhalqin jadeed

    Agar U zot xohlasa, sizni ketkazib, yangi bir xalqni keltirur.

  17. 35:17

    وَمَا ذَٰلِكَ عَلَى ٱللَّهِ بِعَزِيزٍ

    Wa maa zaalika 'alal laahi bi'azeez

    Va bu Alloh uchun qiyin emasdir.

  18. 35:18

    وَلَا تَزِرُ وَازِرَةٌ وِزْرَ أُخْرَىٰ ۚ وَإِن تَدْعُ مُثْقَلَةٌ إِلَىٰ حِمْلِهَا لَا يُحْمَلْ مِنْهُ شَىْءٌ وَلَوْ كَانَ ذَا قُرْبَىٰٓ ۗ إِنَّمَا تُنذِرُ ٱلَّذِينَ يَخْشَوْنَ رَبَّهُم بِٱلْغَيْبِ وَأَقَامُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ ۚ وَمَن تَزَكَّىٰ فَإِنَّمَا يَتَزَكَّىٰ لِنَفْسِهِۦ ۚ وَإِلَى ٱللَّهِ ٱلْمَصِيرُ

    Wa laa taziru waaziratun wizra ukhraa; wa in tad'u musqalatun ilaa himlihaa laa yuhmal minhu shai'unw wa law kaana zaa qurbaa; innamaa tunzirul lazeena yakhshawna Rabbahum bilghaibi wa aqaamus Sallah; wa man tazakkaa fa innamaa yatazakkaa linafsih; wa ilal laahil maseer

    O`zi yukli jon o`zga jonning yukini ko`tara olmas. Yuki og`ir jon o`z yukiga (boshqani) chaqirsa-da, undan hech bir narsa ko`tarilmas. Garchi qarindosh bo`lsa ham. Sen faqat g`aybdagi Robbilaridan qo`rqadigan va namozni to`kis ado etganlarni ogohlantirursan. Kim poklansa, o`zi uchun poklanur. Qaytish Allohgadir.

  19. 35:19

    وَمَا يَسْتَوِى ٱلْأَعْمَىٰ وَٱلْبَصِيرُ

    Wa maa tastawil a'maa wal baseer

    Ko`r bilan ko`zi ochiq teng bo`lmas.

  20. 35:20

    وَلَا ٱلظُّلُمَـٰتُ وَلَا ٱلنُّورُ

    Wa laz zulumaatu wa lannoon

    Zulumotlar bilan nur ham.

  21. 35:21

    وَلَا ٱلظِّلُّ وَلَا ٱلْحَرُورُ

    Wa laz zillu wa lal haroor

    Soya bilan jazirama ham.

  22. 35:22

    وَمَا يَسْتَوِى ٱلْأَحْيَآءُ وَلَا ٱلْأَمْوَٰتُ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُسْمِعُ مَن يَشَآءُ ۖ وَمَآ أَنتَ بِمُسْمِعٍ مَّن فِى ٱلْقُبُورِ

    Wa maa yastawil ahyaaa'u wa lal amwaat; innal laaha yusmi'u mai yashaaa'u wa maaa anta bimusi'im man fil quboor

    Tiriklar bilan o`liklar teng bo`lmas. Albatta, Alloh xohlagan kimsaga eshittirur. Sen qabrlardagi kimsalarga eshittirguvchi emassan.

  23. 35:23

    إِنْ أَنتَ إِلَّا نَذِيرٌ

    In anta illaa nazeer

    Sen faqat ogohlantirguvchisan, xolos.

  24. 35:24

    إِنَّآ أَرْسَلْنَـٰكَ بِٱلْحَقِّ بَشِيرًا وَنَذِيرًا ۚ وَإِن مِّنْ أُمَّةٍ إِلَّا خَلَا فِيهَا نَذِيرٌ

    Innaa arsalnaak bil haqqi basheeranw wa nazeeraa; wa im min ummatin illaa khalaa feehaa nazeer

    Albatta, Biz seni haq ila xushxabarchi va ogohlantirguvchi etib yubordik. Qaysi bir ummatki bo`lsa, unda ogohlantirguvchi bo`lgan.

  25. 35:25

    وَإِن يُكَذِّبُوكَ فَقَدْ كَذَّبَ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ جَآءَتْهُمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَـٰتِ وَبِٱلزُّبُرِ وَبِٱلْكِتَـٰبِ ٱلْمُنِيرِ

    Wa inyukazzibooka faqad kazzabal lazeena min qablihim jaaa'at hum Rusuluhum bilbaiyinaati wa biz Zuburi wa bil Kitaabil Muneer

    Agar seni yolg`onchi qilsalar, bas, batahqiq, ulardan oldin o`tganlar ham yolg`onchi qilganlar. Holbuki, Payg`ambarlari ularga ravshan mo`'jizalar, sahifalar va nurli kitob keltirgan edilar.

  26. 35:26

    ثُمَّ أَخَذْتُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ۖ فَكَيْفَ كَانَ نَكِيرِ

    Summa akhaztul lazeena kafaroo fakaifa kaana nakeer

    So`ngra, kufr keltirganlarni tutdim. Bas, Mening inkorim qandoq bo`ldi?!

  27. 35:27

    أَلَمْ تَرَ أَنَّ ٱللَّهَ أَنزَلَ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَأَخْرَجْنَا بِهِۦ ثَمَرَٰتٍ مُّخْتَلِفًا أَلْوَٰنُهَا ۚ وَمِنَ ٱلْجِبَالِ جُدَدٌۢ بِيضٌ وَحُمْرٌ مُّخْتَلِفٌ أَلْوَٰنُهَا وَغَرَابِيبُ سُودٌ

    Alam tara annal laaha anzala minas samaaa'i maaa'an fa akhrajnaa bihee samaraatim mukhtalifan alwaanuhaa; wa minal jibaali judadum beedunw wa humrum mukhtalifun alwaanuhaa wa gharaabeebu sood

    Allohning osmondan suv tushirganini ko`rmadingmi? Bas, u ila turli ranglardagi mevalarni va tog`lardan ham yo`l-yo`l, oq hamda qizilning turli ranglarini va qop-qoralarini chiqardik.

  28. 35:28

    وَمِنَ ٱلنَّاسِ وَٱلدَّوَآبِّ وَٱلْأَنْعَـٰمِ مُخْتَلِفٌ أَلْوَٰنُهُۥ كَذَٰلِكَ ۗ إِنَّمَا يَخْشَى ٱللَّهَ مِنْ عِبَادِهِ ٱلْعُلَمَـٰٓؤُا۟ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ غَفُورٌ

    Wa minan naasi wadda waaabbi wal an'aami mukhtalifun alwaanuhoo kazalik; innamaa yakhshal laaha min 'ibaadihil 'ulamaaa'; innal laaha 'Azeezun Ghafoor

    Shuningdek, odamlardan, hayvonlardan va chorvalardan ham turli ranglardagilarini chiqardik. Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qo`rqarlar. Albatta, Alloh aziyz va o`ta mag`firatli Zotdir.

  29. 35:29

    إِنَّ ٱلَّذِينَ يَتْلُونَ كِتَـٰبَ ٱللَّهِ وَأَقَامُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ وَأَنفَقُوا۟ مِمَّا رَزَقْنَـٰهُمْ سِرًّا وَعَلَانِيَةً يَرْجُونَ تِجَـٰرَةً لَّن تَبُورَ

    Innal lazeena yatloona Kitabbal laahi wa aqaamus Salaata wa anfaqoo mimmaa razaqnaahum sirranw wa 'alaa niyatany yarjoona tijaaratal lan taboor

    Albatta, Allohning kitobini tilovat qiladiganlar, namozni to`kis ado etib, Biz ularga rizq qilib bergan narsalardan maxfiy va oshkora infoq qilganlar hargiz kasodga uchramaydigan tijoratdan umidvor bo`lurlar.

  30. 35:30

    لِيُوَفِّيَهُمْ أُجُورَهُمْ وَيَزِيدَهُم مِّن فَضْلِهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ غَفُورٌ شَكُورٌ

    Liyuwaffiyahum ujoorahum wa yazeedahum min fadlih; innahoo Ghafoorun Shakoor

    Chunki, U zot ularga ajrlarini to`liq qilib berur va O`z fazlidan ziyoda ham qilur. Albatta, U o`ta mag`firatli va Shakur(oz amal uchun ko`p savob beruvchi)dir.

  31. 35:31

    وَٱلَّذِىٓ أَوْحَيْنَآ إِلَيْكَ مِنَ ٱلْكِتَـٰبِ هُوَ ٱلْحَقُّ مُصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ بِعِبَادِهِۦ لَخَبِيرٌۢ بَصِيرٌ

    Wallaeee awhainaaa ilaika minal Kitaabi huwal haqqu musaddiqal limaa baina yadayh; innal laaha bi'ibaadihee la khabeerum Baseer

    Biz senga vahiy qilgan kitob ayni haqdir, o`zidan oldingi narsani tasdiqlovchi bo`lgandir. Albatta, Alloh O`z bandalaridan o`ta xabardor va ularni o`ta ko`rguvchidir.

  32. 35:32

    ثُمَّ أَوْرَثْنَا ٱلْكِتَـٰبَ ٱلَّذِينَ ٱصْطَفَيْنَا مِنْ عِبَادِنَا ۖ فَمِنْهُمْ ظَالِمٌ لِّنَفْسِهِۦ وَمِنْهُم مُّقْتَصِدٌ وَمِنْهُمْ سَابِقٌۢ بِٱلْخَيْرَٰتِ بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۚ ذَٰلِكَ هُوَ ٱلْفَضْلُ ٱلْكَبِيرُ

    Summa awrasnal Kitaaballazeenas tafainaa min 'ibaadinaa faminhum zaalimul linafsihee wa minhum muqtasid, wa minhum saabiqum bilkhairaati bi iznil laah; zaalika huwal fadlul kabeer

    So`ngra bu kitobni O`z bandalarimizdan tanlab olganlarimizga meros qildik. Bas, ulardan o`ziga o`zi zulm qiluvchilari bor, ulardan o`rtachalari bor va ulardan Allohning izni ila yaxshiliklarga o`zuvchilar ham bor. Ana shu ayni ulug` fazldir.

  33. 35:33

    جَنَّـٰتُ عَدْنٍ يَدْخُلُونَهَا يُحَلَّوْنَ فِيهَا مِنْ أَسَاوِرَ مِن ذَهَبٍ وَلُؤْلُؤًا ۖ وَلِبَاسُهُمْ فِيهَا حَرِيرٌ

    jannaatu 'adniny yad khuloonahaa yuhallawna feeha min asaawira min zahabinw wa lu'lu'anw wa libaa suhum feehaa hareer

    Ular adn jannatlariga kirurlar. Unda tillo bilakuzuklar va injular ila bezatilurlar. Unda liboslari ipakdir.

  34. 35:34

    وَقَالُوا۟ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِىٓ أَذْهَبَ عَنَّا ٱلْحَزَنَ ۖ إِنَّ رَبَّنَا لَغَفُورٌ شَكُورٌ

    Wa qaalul hamdu lillaahil lazeee azhaba 'annal hazan; inna Rabbanaa la Ghafoorun Shakoor

    Ular: «Bizdan g`am-qayg`uni ketkazgan Allohga hamdu sano bo`lsin. Albatta, Robbimiz o`ta mag`firatli va Shakur(oz amal uchun ko`p savob beruvchi)dir», – derlar.

  35. 35:35

    ٱلَّذِىٓ أَحَلَّنَا دَارَ ٱلْمُقَامَةِ مِن فَضْلِهِۦ لَا يَمَسُّنَا فِيهَا نَصَبٌ وَلَا يَمَسُّنَا فِيهَا لُغُوبٌ

    Allazeee ahallanaa daaral muqaamati min fadlihee laa yamassunaa feehaa nasabunw wa laa yamassunaa feehaa lughoob

    U zot bizlarni O`z fazli ila bir turar joyga joylashtirdiki, u yerda bizga charchoq ham yetmas, horg`inlik ham yetmas.

  36. 35:36

    وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَهُمْ نَارُ جَهَنَّمَ لَا يُقْضَىٰ عَلَيْهِمْ فَيَمُوتُوا۟ وَلَا يُخَفَّفُ عَنْهُم مِّنْ عَذَابِهَا ۚ كَذَٰلِكَ نَجْزِى كُلَّ كَفُورٍ

    Wallazeena kafaroo lahum naaru Jahannama laa yuqdaa 'alaihim fa yamootoo wa laa yukhaffafu 'anhum min 'azaabihaa; kazaalika najzee kulla kafoor

    Kufr keltirganlarga jahannam otashi bordir. Ularga na hukm qilinmaski, o`lsalar va na ulardan u(jahannam)ning azobidan yengillatilmas. Har bir kofirni shundoq jazolaymiz.

  37. 35:37

    وَهُمْ يَصْطَرِخُونَ فِيهَا رَبَّنَآ أَخْرِجْنَا نَعْمَلْ صَـٰلِحًا غَيْرَ ٱلَّذِى كُنَّا نَعْمَلُ ۚ أَوَلَمْ نُعَمِّرْكُم مَّا يَتَذَكَّرُ فِيهِ مَن تَذَكَّرَ وَجَآءَكُمُ ٱلنَّذِيرُ ۖ فَذُوقُوا۟ فَمَا لِلظَّـٰلِمِينَ مِن نَّصِيرٍ

    Wa hum yastarikhoona feehaa Rabbanaa akhrijnaa na'mal saalihan ghairal lazee kunnaa na'mal; awa lamnu 'ammirkum maa yatazak karu feehi man tazakkara wa jaaa'akumun nazeeru fazooqoo famaa lizzaalimeena min naseer

    Ular u yerda: «Ey Robbimiz!!! Bizlarni chiqar!!! Qilib yurgan amallarimizdan boshqa, solih amallar qilamiz!!!» – deb dodu faryod solurlar. «Sizlarga eslaydigan odam eslagudek umr bermagan edikmi?! Sizlarga ogohlantirguvchi kelmagan edimi?! Bas, endi, totaveringlar! Zolimlarga hech bir yordamchi yo`qdir», (deyilur).

  38. 35:38

    إِنَّ ٱللَّهَ عَـٰلِمُ غَيْبِ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ إِنَّهُۥ عَلِيمٌۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ

    Innal laaha 'aalimu ghaibis samaawaati wal ard; innahoo 'aleemum bizaatis sudoor

    Albatta, Alloh osmonlaru yerning g`aybini bilguvchidir. Albatta, U dillardagi sirlarni ham o`ta bilguvchidir.

  39. 35:39

    هُوَ ٱلَّذِى جَعَلَكُمْ خَلَـٰٓئِفَ فِى ٱلْأَرْضِ ۚ فَمَن كَفَرَ فَعَلَيْهِ كُفْرُهُۥ ۖ وَلَا يَزِيدُ ٱلْكَـٰفِرِينَ كُفْرُهُمْ عِندَ رَبِّهِمْ إِلَّا مَقْتًا ۖ وَلَا يَزِيدُ ٱلْكَـٰفِرِينَ كُفْرُهُمْ إِلَّا خَسَارًا

    Huwal lazee ja'alakum khalaaa'ifa fil ard; faman kafara fa'alaihi kufruhoo; wa laa yazeedul kaafireena kufruhum 'inda Rabbihim illaa maqtanw wa la yazeedul kaafireena kufruhum illaa khasaaraa

    U zot sizlarni yer yuzida xalifalar qilib qo`ygandir. Kim kufr keltirsa, uning kofirligi o`ziga zarar. Kofirlar uchun kufrlari Robbilari huzurida g`azabdan boshqani ziyoda qilmas. Kofirlar uchun kufrlari ziyondan boshqani ziyoda qilmas.

  40. 35:40

    قُلْ أَرَءَيْتُمْ شُرَكَآءَكُمُ ٱلَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَرُونِى مَاذَا خَلَقُوا۟ مِنَ ٱلْأَرْضِ أَمْ لَهُمْ شِرْكٌ فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ أَمْ ءَاتَيْنَـٰهُمْ كِتَـٰبًا فَهُمْ عَلَىٰ بَيِّنَتٍ مِّنْهُ ۚ بَلْ إِن يَعِدُ ٱلظَّـٰلِمُونَ بَعْضُهُم بَعْضًا إِلَّا غُرُورًا

    Qul ara'aytum shurakaaa'a kumul lazeena tad'oona min doonil laah; aroonee maazaa khalaqoo minal ardi am lahum shirkun fis samaawaati am aatainaahum Kitaaban fahum 'alaa baiyinatim minh; bal iny ya'iiduz zaalimoona ba 'duhum ba'dan illaa ghurooraa

    Sen: «Menga Allohdan boshqa iltijo qilayotgan sheriklaringizning xabarini bering-chi?! Menga ko`rsatinglar-chi, ular yerda nimani yaratdilar?! Yoki ularning osmonlar(ishi)da sherikliklari bormi?!» – deb ayt. Yoki Biz ularga kitob berganmiz-u, ular undan biron hujjatga ega bo`lganlarmi?! Yo`q!!! Zolimlar bir-birlariga aldovdan boshqani va'da qilmaslar.

  41. 35:41

    ۞ إِنَّ ٱللَّهَ يُمْسِكُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ أَن تَزُولَا ۚ وَلَئِن زَالَتَآ إِنْ أَمْسَكَهُمَا مِنْ أَحَدٍ مِّنۢ بَعْدِهِۦٓ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ حَلِيمًا غَفُورًا

    Innal laaha yumsikus samaawaati wal arda an tazoolaaa; wa la'in zaalataaa in amsa kahumaa min ahadim mim ba'dih; innahoo kaana Haleeman Ghafooraa

    Albatta, Alloh osmonlaru yerni qulab tushishlaridan ushlab turur. Agar ular qulaydigan bo`lsalar, Undan o`zga hech kim ularni ushlab tura olmas. Albatta, U o`ta haliym va o`ta mag`firatli bo`lgan Zotdir.

  42. 35:42

    وَأَقْسَمُوا۟ بِٱللَّهِ جَهْدَ أَيْمَـٰنِهِمْ لَئِن جَآءَهُمْ نَذِيرٌ لَّيَكُونُنَّ أَهْدَىٰ مِنْ إِحْدَى ٱلْأُمَمِ ۖ فَلَمَّا جَآءَهُمْ نَذِيرٌ مَّا زَادَهُمْ إِلَّا نُفُورًا

    Wa aqsamoo billaahi jahda aymaanihim la'in jaaa'ahum nazeerul layakoonunna ahdaa min ihdal umami falam maa jaaa'ahum nazeerum maa zaadahum illaa nufooraa

    Ular jon-jahdlari bilan, agar o`zlariga ogohlantiruvchi kelsa, har qanday ummatdan ko`ra hidoyatli bo`lishlari haqida Alloh nomi ila qasam ichar edilar. Qachonki ogohlantiruvchi kelganida, ularda nafratdan boshqani ziyoda qilmadi.

  43. 35:43

    ٱسْتِكْبَارًا فِى ٱلْأَرْضِ وَمَكْرَ ٱلسَّيِّئِ ۚ وَلَا يَحِيقُ ٱلْمَكْرُ ٱلسَّيِّئُ إِلَّا بِأَهْلِهِۦ ۚ فَهَلْ يَنظُرُونَ إِلَّا سُنَّتَ ٱلْأَوَّلِينَ ۚ فَلَن تَجِدَ لِسُنَّتِ ٱللَّهِ تَبْدِيلًا ۖ وَلَن تَجِدَ لِسُنَّتِ ٱللَّهِ تَحْوِيلًا

    Istakbaaran fil ardi wa makras sayyi'; wa laa yaheequl makrus sayyi'u illaa bi ahlih; fahal yanzuroona illaa sunnatal awwaleen; falan tajida lisunnatil laahi tabdeelanw wa lan tajida lisunnatil laahi tahweela

    Yer yuzida mutakabbirlik va yomon makr uchun (qildilar). Yomon makr esa, faqat o`z egasiga qaytadir. Ular faqat ilgarigilarning sunnatiga intizor bo`lmoqdalar, xolos. Allohning sunnatiga hargiz badal topa olmassan. Allohning sunnatiga hargiz o`zgartirish topa olmassan.

  44. 35:44

    أَوَلَمْ يَسِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَيَنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَـٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ وَكَانُوٓا۟ أَشَدَّ مِنْهُمْ قُوَّةً ۚ وَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيُعْجِزَهُۥ مِن شَىْءٍ فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَلَا فِى ٱلْأَرْضِ ۚ إِنَّهُۥ كَانَ عَلِيمًا قَدِيرًا

    Awalam yaseeroo fil ardi fa yanzuroo kaifa kaana 'aaqibatul lazeena min qblihim wa kaanoo ashadda minhum quwwah; wa maa kaanal laahu liyu'jizahoo min shai'in fis samaawaati wa laa fil ard; innahoo kaana 'Aleeman Qadeeraa

    Axir, ular yer yuzida yurib o`zlaridan oldin o`tganlarning oqibati qandoq bo`lganiga nazar solmaydilarmi?! Holbuki, o`shalar bulardan ko`ra quvvatliroq edilar. Na osmonlarda va na yerda biror narsa Allohni ojiz qoldira olmas. Albatta, U zot o`ta ilmli va o`ta qodirdir.

  45. 35:45

    وَلَوْ يُؤَاخِذُ ٱللَّهُ ٱلنَّاسَ بِمَا كَسَبُوا۟ مَا تَرَكَ عَلَىٰ ظَهْرِهَا مِن دَآبَّةٍ وَلَـٰكِن يُؤَخِّرُهُمْ إِلَىٰٓ أَجَلٍ مُّسَمًّى ۖ فَإِذَا جَآءَ أَجَلُهُمْ فَإِنَّ ٱللَّهَ كَانَ بِعِبَادِهِۦ بَصِيرًۢا

    Wa law yu'aakhizul laahun naasa bima kasaboo maa taraka 'alaa zahrihaa min daaabbatinw wa laakiny yu'akhkhiruhum ilaaa ajalim musamman fa izaa jaaa'a ajaluhum fa innal laaha kaana bi'ibaadihee Baseeraa

    Agar Alloh odamlarni qilganlariga yarasha oladigan bo`lsa, yer ustida qimir etgan jonivorni qo`ymas edi. Lekin ularni belgilangan muddatgacha qo`yib qo`yur. O`sha ajallari kelganda esa... Bas, albatta, Alloh bandalarini ko`rib turguvchi Zotdir.

Manbalar

  • Maʼnolar tarjimasi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
  • Qiroat: Mishari Roshid al-Afasiy, mp3quran.net.
  • Transliteratsiya faqat oʻqishga yordamchi. Toʻgʻri talaffuzni qorining qiroatidan yoki ustozdan oʻrganing.

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ

«Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!» — Qamar surasi, 54:17

Bugun bitta oyatdan boshlang.