1. Qaree
  2. Suralar
  3. Qof surasi

Qof surasini qanday yod olish mumkin

  • 50-sura
  • 45 oyat
  • Makkiy
  • Mushafning 518–520-sahifalari

ق

Qof surasini Qaree’da yod olish

Ilova oʻrnatilgan boʻlsa, uni ochadi, aks holda App Store / Google Play’ni ochadi.

Surani toʻliq tinglang

Qori: Mishari Roshid al-Afasiy

Qancha vaqt kerak

Har kuni ushlab tura oladigan surʼatni tanlang:

Kuniga 1 oyat45 kun
Kuniga 3 oyat15 kun
Kuniga 5 oyat9 kun

Oyatma-oyat qanday yod olish kerak

  1. Avval tinglangOyatni bir necha marta qoʻying va arabcha matnni koʻzingiz bilan kuzatib boring.
  2. Ovoz chiqarib takrorlangTilingizga oson kelguncha qayta-qayta ayting. Qaree har bir takrorni sanaydi.
  3. Yoddan oʻqingMatnga qaramay oʻqing. Qaree’ning tilovat rejimi sizni tinglaydi va xato qilgan soʻzlaringizni belgilaydi.
  4. Ulang va takrorlangYangi oyatni oldingilari bilan birga oʻqing, ertasi kuni esa surani yana bir bor takrorlang.

Qof surasi: arabcha matni, transliteratsiyasi va tarjimasi

  1. 50:1

    قٓ ۚ وَٱلْقُرْءَانِ ٱلْمَجِيدِ

    Qaaaf; wal Qur aanil Majeed

    Qoof. Ulug` Qur'on ila qasam.

  2. 50:2

    بَلْ عَجِبُوٓا۟ أَن جَآءَهُم مُّنذِرٌ مِّنْهُمْ فَقَالَ ٱلْكَـٰفِرُونَ هَـٰذَا شَىْءٌ عَجِيبٌ

    Bal 'ajibooo an jaa'ahum munzirum minhum faqaalal kaafiroona haazaa shai'un 'ajeeb

    Balki, ularga o`zlaridan ogohlantiruvchi kelganidan ajablandilar va kofirlar: «Bu ajib narsa-ku?» – dedilar.

  3. 50:3

    أَءِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًا ۖ ذَٰلِكَ رَجْعٌۢ بَعِيدٌ

    'A-izaa mitnaa wa kunnaa turaaban zaalika raj'um ba'eed

    O`lib, tuproq bo`lganimizdan keyin ham-a? Bu qaytish (aqldan) uzoq.

  4. 50:4

    قَدْ عَلِمْنَا مَا تَنقُصُ ٱلْأَرْضُ مِنْهُمْ ۖ وَعِندَنَا كِتَـٰبٌ حَفِيظٌۢ

    Qad 'alimnaa maa tanqu-sul-ardu minhum wa 'indanaa Kitaabun Hafeez

    Haqiqatan, Biz ularni yer kamaytirayotganini bildik va Bizning huzurimizda saqlovchi kitob bor.

  5. 50:5

    بَلْ كَذَّبُوا۟ بِٱلْحَقِّ لَمَّا جَآءَهُمْ فَهُمْ فِىٓ أَمْرٍ مَّرِيجٍ

    Bal kazzaboo bilhaqqi lammaa jaaa'ahum fahum feee amrim mareej

    Aniqki, ularga haq kelganda, uni yolg`onga chiqardilar. Bas, ular iztirobli ishdadirlar.

  6. 50:6

    أَفَلَمْ يَنظُرُوٓا۟ إِلَى ٱلسَّمَآءِ فَوْقَهُمْ كَيْفَ بَنَيْنَـٰهَا وَزَيَّنَّـٰهَا وَمَا لَهَا مِن فُرُوجٍ

    Afalam yanzurooo ilas samaaa'i fawqahum kaifa banainaahaa wa zaiyannaahaa wa maa lahaa min furooj

    Ustilaridagi osmonga nazar solmaydilarmi? Uni qanday bino qilibmiz va ziynatlabmiz? Va (holbuki), uning teshiklari ham yo`q?!

  7. 50:7

    وَٱلْأَرْضَ مَدَدْنَـٰهَا وَأَلْقَيْنَا فِيهَا رَوَٰسِىَ وَأَنۢبَتْنَا فِيهَا مِن كُلِّ زَوْجٍۭ بَهِيجٍ

    Wal arda madadnaahaa wa alqainaa feehaa rawaasiya wa ambatnaa feehaa min kulli zawjim baheej

    Va yerni cho`zib qo`ydik, unga tog`larni tashladik va unda turli go`zal juftlarni o`stirdik.

  8. 50:8

    تَبْصِرَةً وَذِكْرَىٰ لِكُلِّ عَبْدٍ مُّنِيبٍ

    Tabsiratanw wa zikraa likulli 'abdim muneeb

    (Robbisiga) qaytuvchi har bir bandaga ko`rgazma va eslatma qilib...

  9. 50:9

    وَنَزَّلْنَا مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً مُّبَـٰرَكًا فَأَنۢبَتْنَا بِهِۦ جَنَّـٰتٍ وَحَبَّ ٱلْحَصِيدِ

    Wa nazzalnaa minas samaaa'i maaa'am mubaarakan fa ambatnaa bihee jannaatinw wa habbal haseed

    Va osmondan baraka suvini tushirdik hamda u bilan bog`-rog`larni va don hosilini o`stirdik.

  10. 50:10

    وَٱلنَّخْلَ بَاسِقَـٰتٍ لَّهَا طَلْعٌ نَّضِيدٌ

    Wannakhla baasiqaatil laha tal'un nadeed

    Va zich mevali shingillari bor xurmolarni ham.

  11. 50:11

    رِّزْقًا لِّلْعِبَادِ ۖ وَأَحْيَيْنَا بِهِۦ بَلْدَةً مَّيْتًا ۚ كَذَٰلِكَ ٱلْخُرُوجُ

    Rizqal lil'ibaad, wa ahyainaa bihee baldatam maitaa; kazaalikal khurooj

    Bandalarga rizq qilib. Va u (yomg`ir) bilan o`lgan shaharni tiriltirdik. Shunday bo`ladir (qabrdan) chiqish ham.

  12. 50:12

    كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍ وَأَصْحَـٰبُ ٱلرَّسِّ وَثَمُودُ

    Kazzabat qablahum qawmu Noohinw wa Ashaabur Rassi wa Samood

    Ulardan avval Nuh qavmi, quduq sohiblari va Samud yolg`onga chiqarganlar.

  13. 50:13

    وَعَادٌ وَفِرْعَوْنُ وَإِخْوَٰنُ لُوطٍ

    Wa 'Aadunw wa Fir'awnu wikhwaanu loot

    Va Od, Fir'avn, Lut birodarlari.

  14. 50:14

    وَأَصْحَـٰبُ ٱلْأَيْكَةِ وَقَوْمُ تُبَّعٍ ۚ كُلٌّ كَذَّبَ ٱلرُّسُلَ فَحَقَّ وَعِيدِ

    Wa Ashaabul Aykati wa qawmu Tubba'; kullun kazzabar Rusula fahaqqa wa'eed

    Va daraxtzor egalari va Tubba' qavmi — barchalari Payg`ambarlarni yolg`onga chiqarganlar. Bas, (azob) va'dam haq bo`ldi.

  15. 50:15

    أَفَعَيِينَا بِٱلْخَلْقِ ٱلْأَوَّلِ ۚ بَلْ هُمْ فِى لَبْسٍ مِّنْ خَلْقٍ جَدِيدٍ

    Afa'a yeenaa bilkhalqil awwal; bal hum fee labsim min khalqin jadeed

    Avvalgi yaratishga ojiz bo`l-dikmi? Yo`q! Ular yangidan yaratilishga shubhadadirlar.

  16. 50:16

    وَلَقَدْ خَلَقْنَا ٱلْإِنسَـٰنَ وَنَعْلَمُ مَا تُوَسْوِسُ بِهِۦ نَفْسُهُۥ ۖ وَنَحْنُ أَقْرَبُ إِلَيْهِ مِنْ حَبْلِ ٱلْوَرِيدِ

    Wa laqad khalaqnal insaana wa na'lamu maa tuwaswisu bihee nafsuhoo wa Nahnu aqrabu ilaihi min hablil wareed

    Albatta, insonni Biz yaratganmiz va uning nafsi nimani vasvasa qilishini ham bilurmiz. Va Biz unga jon tomiridan ham yaqinmiz.

  17. 50:17

    إِذْ يَتَلَقَّى ٱلْمُتَلَقِّيَانِ عَنِ ٱلْيَمِينِ وَعَنِ ٱلشِّمَالِ قَعِيدٌ

    'Iz yatalaqqal mutalaqqi yaani 'anil yameeni wa 'anish shimaali qa'eed

    Vaqtiki ikki kutib oluvchi o`ngda va chapda o`tirgan hollarida kutib olurlar.

  18. 50:18

    مَّا يَلْفِظُ مِن قَوْلٍ إِلَّا لَدَيْهِ رَقِيبٌ عَتِيدٌ

    Maa yalfizu min qawlin illaa ladaihi raqeebun 'ateed

    Biror so`z aytmas, magar huzurida hoziru nozir borlar.

  19. 50:19

    وَجَآءَتْ سَكْرَةُ ٱلْمَوْتِ بِٱلْحَقِّ ۖ ذَٰلِكَ مَا كُنتَ مِنْهُ تَحِيدُ

    Wa jaaa'at sakratul mawti bilhaqq; zaalika maa kunta minhu taheed

    O`limning mastligi (talvasasi) haqiqat bo`lib keldi. Sen qochib yurgan narsa shuldir.

  20. 50:20

    وَنُفِخَ فِى ٱلصُّورِ ۚ ذَٰلِكَ يَوْمُ ٱلْوَعِيدِ

    Wa nufikha fis Soor; zaalika yawmul wa'eed

    Va sur ham chalindi. Bu, qo`rqitilgan kundir.

  21. 50:21

    وَجَآءَتْ كُلُّ نَفْسٍ مَّعَهَا سَآئِقٌ وَشَهِيدٌ

    Wa jaaa'at kullu nafsim ma'ahaa saaa'iqunw wa shaheed

    Va har bir jon haydaguvchi va guvohlik beruvchi bilan keldi.

  22. 50:22

    لَّقَدْ كُنتَ فِى غَفْلَةٍ مِّنْ هَـٰذَا فَكَشَفْنَا عَنكَ غِطَآءَكَ فَبَصَرُكَ ٱلْيَوْمَ حَدِيدٌ

    Laqad kunta fee ghaf latim min haazaa fakashafnaa 'anka ghitaaa'aka fabasarukal yawma hadeed

    Albatta, sen bundan g`aflatda eding. Bas, Biz sening pardangni ochdik va bugun ko`zing o`tkirdir.

  23. 50:23

    وَقَالَ قَرِينُهُۥ هَـٰذَا مَا لَدَىَّ عَتِيدٌ

    Wa qaala qareenuhoo haazaa maa ladaiya 'ateed

    Va uning «yaqini»: «Mana bu mendagi tayyor narsa», dedi.

  24. 50:24

    أَلْقِيَا فِى جَهَنَّمَ كُلَّ كَفَّارٍ عَنِيدٍ

    Alqiyaa fee Jahannama kulla kaffaarin 'aneed

    Har bir qaysarni, kofirni jahannamga tashlang!

  25. 50:25

    مَّنَّاعٍ لِّلْخَيْرِ مُعْتَدٍ مُّرِيبٍ

    Mannaa'il lilkhayri mu'tadim mureeb

    Yaxshilikni man qiluvchini, tajovuzkorni, shak keltiruvchini.

  26. 50:26

    ٱلَّذِى جَعَلَ مَعَ ٱللَّهِ إِلَـٰهًا ءَاخَرَ فَأَلْقِيَاهُ فِى ٱلْعَذَابِ ٱلشَّدِيدِ

    Allazee ja'ala ma'al laahi ilaahan aakhara fa alqiyaahu fil'azaabish shadeed

    Alloh bilan birga boshqani iloh qilib olganni shiddatli azobga tashlang!

  27. 50:27

    ۞ قَالَ قَرِينُهُۥ رَبَّنَا مَآ أَطْغَيْتُهُۥ وَلَـٰكِن كَانَ فِى ضَلَـٰلٍۭ بَعِيدٍ

    Qaala qareenuhoo Rabbanaa maaa atghaituhoo wa laakin kaana fee dalaahim ba'eed

    Uning «yaqini»: «Robbimiz, uni men tug`yonga ketkazganim yo`q, lekin uning o`zi uzoq zalolatda bo`ldi», der.

  28. 50:28

    قَالَ لَا تَخْتَصِمُوا۟ لَدَىَّ وَقَدْ قَدَّمْتُ إِلَيْكُم بِٱلْوَعِيدِ

    Qaala laa takhtasimoo ladaayya wa qad qaddamtu ilaikum bilwa'eed

    U zot dedi: «Mening huzurimda tortishmanglar, sizlarga azob va'dasini taqdim qiluvdim.

  29. 50:29

    مَا يُبَدَّلُ ٱلْقَوْلُ لَدَىَّ وَمَآ أَنَا۠ بِظَلَّـٰمٍ لِّلْعَبِيدِ

    Maa yubaddalul qawlu ladaiya wa maaa ana bizal laamil lil'abeed

    Mening huzurimda gap o`zgarmas va Men bandalarga zulm qilguvchi emasman».

  30. 50:30

    يَوْمَ نَقُولُ لِجَهَنَّمَ هَلِ ٱمْتَلَأْتِ وَتَقُولُ هَلْ مِن مَّزِيدٍ

    Yawma naqoolu li'jahannama halim talaati wa taqoolu hal mim mazeed

    Bugun jahannamga: «To`ldingmi?» desak, u: «Yana qo`shimcha bormi?» der.

  31. 50:31

    وَأُزْلِفَتِ ٱلْجَنَّةُ لِلْمُتَّقِينَ غَيْرَ بَعِيدٍ

    Wa uzlifatil jannatu lil muttaqeena ghaira ba'eed

    Va jannat taqvodorlarga uzoq bo`lmagan joyga yaqinlashtirildi.

  32. 50:32

    هَـٰذَا مَا تُوعَدُونَ لِكُلِّ أَوَّابٍ حَفِيظٍ

    Haaza maa too'adoona likulli awwaabin hafeez

    Bu — sizga va'da qilingan narsadir. Har bir sertavbaga va saqlovchiga.

  33. 50:33

    مَّنْ خَشِىَ ٱلرَّحْمَـٰنَ بِٱلْغَيْبِ وَجَآءَ بِقَلْبٍ مُّنِيبٍ

    Man khashiyar Rahmaana bilghaibi wa jaaa'a biqalbim muneeb

    Rohmandan g`oyibona qo`rqqan va salomat qalb ila kelgan kimsaga.

  34. 50:34

    ٱدْخُلُوهَا بِسَلَـٰمٍ ۖ ذَٰلِكَ يَوْمُ ٱلْخُلُودِ

    Udkhuloohaa bisalaamin zaalika yawmul khulood

    «Unga salomat bo`lgan holda kiringiz. Bu — mangulik kunidir» (deyilur).

  35. 50:35

    لَهُم مَّا يَشَآءُونَ فِيهَا وَلَدَيْنَا مَزِيدٌ

    Lahum maa yashaaa'oona feehaa wa ladainaa mazeed

    U yerda nima xohlasalar, ularniki. Va huzurimizda ziyodasi bor.

  36. 50:36

    وَكَمْ أَهْلَكْنَا قَبْلَهُم مِّن قَرْنٍ هُمْ أَشَدُّ مِنْهُم بَطْشًا فَنَقَّبُوا۟ فِى ٱلْبِلَـٰدِ هَلْ مِن مَّحِيصٍ

    Wa kam ahlaknaa qablahum min qarnin hum ashaddu minhum batshan fanaqqaboo fil bilaad, hal mim mahees

    Ulardan avval, ulardan ko`ra kuchliroq asr(avlod)lardan qanchasini halok qildik. «Qochadigan joy bormi?» deb yurtma-yurt kezib chiqdilar.

  37. 50:37

    إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَذِكْرَىٰ لِمَن كَانَ لَهُۥ قَلْبٌ أَوْ أَلْقَى ٱلسَّمْعَ وَهُوَ شَهِيدٌ

    Inna fee zaalika lazikraa liman kaana lahoo qalbun aw alqas sam'a wa huwa shaheed

    Albatta, bunda qalbi borlarga va zehn bilan quloq osganlarga eslatma bordir.

  38. 50:38

    وَلَقَدْ خَلَقْنَا ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَا فِى سِتَّةِ أَيَّامٍ وَمَا مَسَّنَا مِن لُّغُوبٍ

    Wa laqad khalaqnas samaawaati wal arda wa maa bainahumaa fee sittati ayyaamin wa maa massanaa mil lughoob

    Albatta, osmonlaru yerni va ularning orasidagi narsalarni olti kunda yaratdik. Va Bizni charchoq tutmadi.

  39. 50:39

    فَٱصْبِرْ عَلَىٰ مَا يَقُولُونَ وَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ قَبْلَ طُلُوعِ ٱلشَّمْسِ وَقَبْلَ ٱلْغُرُوبِ

    Fasbir 'alaa maa yaqooloona wa sabbih bihamdi Rabbika qabla tuloo'ish shamsi wa qablal ghuroob

    Ularning aytayotganlariga sabr qil va Robbingga quyosh chiqishi va botishidan avval hamdu tasbih ayt.

  40. 50:40

    وَمِنَ ٱلَّيْلِ فَسَبِّحْهُ وَأَدْبَـٰرَ ٱلسُّجُودِ

    Wa minal laili fasabbih hu wa adbaaras sujood

    Kechasida ham Unga tasbih ayt. Va sajdadan keyin ham.

  41. 50:41

    وَٱسْتَمِعْ يَوْمَ يُنَادِ ٱلْمُنَادِ مِن مَّكَانٍ قَرِيبٍ

    Wastami' yawma yunaa dil munaadi mim makaanin qareeb

    Nido qiluvchi yaqin joydan nido qilgan kunda quloq os.

  42. 50:42

    يَوْمَ يَسْمَعُونَ ٱلصَّيْحَةَ بِٱلْحَقِّ ۚ ذَٰلِكَ يَوْمُ ٱلْخُرُوجِ

    Yawma yasmaoonas sai hata bilhaqq zaalika yawmul khurooj

    U kunda qichqiriqni haq ila eshiturlar. Ana o`sha, chiqish kunidir.

  43. 50:43

    إِنَّا نَحْنُ نُحْىِۦ وَنُمِيتُ وَإِلَيْنَا ٱلْمَصِيرُ

    Innaa Nahnu nuhyee wa numeetu wa ilainal maseer

    Albatta, Biz tiriltirurmiz, o`ldirurmiz. Va qaytish ham Bizgadir.

  44. 50:44

    يَوْمَ تَشَقَّقُ ٱلْأَرْضُ عَنْهُمْ سِرَاعًا ۚ ذَٰلِكَ حَشْرٌ عَلَيْنَا يَسِيرٌ

    Yawma tashaqqaqul ardu 'anhum siraa'aa; zaalika hashrun 'alainaa yaseer

    U kunda ustlaridagi yer yorilib, shoshib chiqurlar. Ana o`sha, Biz uchun oson to`plashdir.

  45. 50:45

    نَّحْنُ أَعْلَمُ بِمَا يَقُولُونَ ۖ وَمَآ أَنتَ عَلَيْهِم بِجَبَّارٍ ۖ فَذَكِّرْ بِٱلْقُرْءَانِ مَن يَخَافُ وَعِيدِ

    Nahnu a'lamu bimaa yaqooloona wa maaa anta 'alihim bijabbaarin fazakkir bil quraani many yakhaafu wa'eed

    Ularning aytganlarini Biz biluvchimiz. Sen ularning ustidagi jabbor emassan. Bas, Qur'on ila azob va'damdan qo`rqqanlarni ogohlantir.

Manbalar

  • Maʼnolar tarjimasi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
  • Qiroat: Mishari Roshid al-Afasiy, mp3quran.net.
  • Transliteratsiya faqat oʻqishga yordamchi. Toʻgʻri talaffuzni qorining qiroatidan yoki ustozdan oʻrganing.

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ

«Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!» — Qamar surasi, 54:17

Bugun bitta oyatdan boshlang.