1. Qaree
  2. Suralar
  3. Noziʼot surasi

Noziʼot surasini qanday yod olish mumkin

«Sugʻurib oluvchilar»

  • 79-sura
  • 46 oyat
  • Makkiy
  • Mushafning 583–584-sahifalari

النازعات

Noziʼot surasini Qaree’da yod olish

Ilova oʻrnatilgan boʻlsa, uni ochadi, aks holda App Store / Google Play’ni ochadi.

Surani toʻliq tinglang

Qori: Mishari Roshid al-Afasiy

Qancha vaqt kerak

Har kuni ushlab tura oladigan surʼatni tanlang:

Kuniga 1 oyat46 kun
Kuniga 3 oyat16 kun
Kuniga 5 oyat10 kun

Oyatma-oyat qanday yod olish kerak

  1. Avval tinglangOyatni bir necha marta qoʻying va arabcha matnni koʻzingiz bilan kuzatib boring.
  2. Ovoz chiqarib takrorlangTilingizga oson kelguncha qayta-qayta ayting. Qaree har bir takrorni sanaydi.
  3. Yoddan oʻqingMatnga qaramay oʻqing. Qaree’ning tilovat rejimi sizni tinglaydi va xato qilgan soʻzlaringizni belgilaydi.
  4. Ulang va takrorlangYangi oyatni oldingilari bilan birga oʻqing, ertasi kuni esa surani yana bir bor takrorlang.

Noziʼot surasi: arabcha matni, transliteratsiyasi va tarjimasi

  1. 79:1

    وَٱلنَّـٰزِعَـٰتِ غَرْقًا

    Wan naazi 'aati gharqa

    Shiddat bilan (jonni) sug`urib oluvchi(farishta)lar bilan qasam.

  2. 79:2

    وَٱلنَّـٰشِطَـٰتِ نَشْطًا

    Wan naa shi taati nashta

    Yumshoqlik bilan jon oluvchi(farishta)lar bilan qasam.

  3. 79:3

    وَٱلسَّـٰبِحَـٰتِ سَبْحًا

    Wass saabi-haati sabha

    Suzib yuruvchi(farishta)lar bilan qasam.

  4. 79:4

    فَٱلسَّـٰبِقَـٰتِ سَبْقًا

    Fass saabi qaati sabqa

    O`zishda musobaqa qiluvchi(farishta)lar bilan qasam.

  5. 79:5

    فَٱلْمُدَبِّرَٰتِ أَمْرًا

    Fal mu dab-bi raati amra

    Amrning tadbirini qiluvchi(farishta)lar bilan qasam.

  6. 79:6

    يَوْمَ تَرْجُفُ ٱلرَّاجِفَةُ

    Yawma tarjufur raajifa

    Iztirobga tushuvchi iztirobga tushgan kunda.

  7. 79:7

    تَتْبَعُهَا ٱلرَّادِفَةُ

    Tatba'u har raadifa

    Unga ergashuvchi ergashganda.

  8. 79:8

    قُلُوبٌ يَوْمَئِذٍ وَاجِفَةٌ

    Quloobuny-yau maaiziw-waaji-fa

    O`sha kunda qalblar xavfga to`ladir.

  9. 79:9

    أَبْصَـٰرُهَا خَـٰشِعَةٌ

    Absaa ruhaa khashi'ah

    Ularning ko`zlari qo`rqinchga to`ladir.

  10. 79:10

    يَقُولُونَ أَءِنَّا لَمَرْدُودُونَ فِى ٱلْحَافِرَةِ

    Ya qoo loona a-inna lamar doo doona fil haafirah

    Ular: «Biz, albatta, ortga qaytarilamizmi?» – derlar.

  11. 79:11

    أَءِذَا كُنَّا عِظَـٰمًا نَّخِرَةً

    Aizaa kunna 'izaa man-nakhirah

    «Chirigan suyak bo`lganimizdan keyin ham-a?»

  12. 79:12

    قَالُوا۟ تِلْكَ إِذًا كَرَّةٌ خَاسِرَةٌ

    Qaalu tilka izan karratun khaasirah.

    Agar shundoq bo`lsa, bu hasratiy qaytish-ku!» – derlar.

  13. 79:13

    فَإِنَّمَا هِىَ زَجْرَةٌ وَٰحِدَةٌ

    Fa inna ma hiya zajratuw-waahida

    Albatta, u(qiyomat) bir qichqiriqdan boshqa narsa emas.

  14. 79:14

    فَإِذَا هُم بِٱلسَّاهِرَةِ

    Faizaa hum biss saahirah

    Ko`ribsizki, ular (qiyomat) maydonida turibdir.

  15. 79:15

    هَلْ أَتَىٰكَ حَدِيثُ مُوسَىٰٓ

    Hal ataaka hadeethu Musaa

    Senga Musoning xabari keldimi?

  16. 79:16

    إِذْ نَادَىٰهُ رَبُّهُۥ بِٱلْوَادِ ٱلْمُقَدَّسِ طُوًى

    Iz nadaahu rabbuhu bil waadil-muqad dasi tuwa

    Qachonki Robbisi unga Muqaddas Tuva vodiysida nido qildi.

  17. 79:17

    ٱذْهَبْ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ إِنَّهُۥ طَغَىٰ

    Izhab ilaa fir'auna innahu taghaa.

    «Fir'avn huzuriga bor, albatta, u tug`yonga ketdi.

  18. 79:18

    فَقُلْ هَل لَّكَ إِلَىٰٓ أَن تَزَكَّىٰ

    Faqul hal laka ilaa-an tazakka.

    Bas unga ayt: «Senda poklanishga (rag`bat) bormi?

  19. 79:19

    وَأَهْدِيَكَ إِلَىٰ رَبِّكَ فَتَخْشَىٰ

    Wa ahdi yaka ila rabbika fatakh sha

    Va seni Robbingga hidoyat qilsam, shoyadki (undan) qo`rqsang», degin».

  20. 79:20

    فَأَرَىٰهُ ٱلْـَٔايَةَ ٱلْكُبْرَىٰ

    Fa araahul-aayatal kubra.

    Va unga ulkan alomatni ko`rsatdi.

  21. 79:21

    فَكَذَّبَ وَعَصَىٰ

    Fa kazzaba wa asaa.

    Ul uni yolg`onga chiqardi va osiy bo`ldi.

  22. 79:22

    ثُمَّ أَدْبَرَ يَسْعَىٰ

    Thumma adbara yas'aa.

    So`ng ortiga o`girilib, tezlab ketdi.

  23. 79:23

    فَحَشَرَ فَنَادَىٰ

    Fa hashara fanada.

    Keyin (odamlarni) to`pladi va nido qildi.

  24. 79:24

    فَقَالَ أَنَا۠ رَبُّكُمُ ٱلْأَعْلَىٰ

    Faqala ana rabbu kumul-a'laa.

    Va, men sizlarning eng oliy Robbingizman, dedi.

  25. 79:25

    فَأَخَذَهُ ٱللَّهُ نَكَالَ ٱلْـَٔاخِرَةِ وَٱلْأُولَىٰٓ

    Fa-akha zahul laahu nakalal aakhirati wal-oola.

    Bas, Alloh uni avvalgi va oxirgi gunohlari uchun azobga oldi.

  26. 79:26

    إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَعِبْرَةً لِّمَن يَخْشَىٰٓ

    Inna fee zaalika la'ibratal limaiy-yaksha

    Albatta, bunda U zotdan qo`rqqanlar uchun ibrat bordir.

  27. 79:27

    ءَأَنتُمْ أَشَدُّ خَلْقًا أَمِ ٱلسَّمَآءُ ۚ بَنَىٰهَا

    A-antum a shaddu khalqan amis samaa-u banaaha.

    Sizlarni yaratish qiyinmi yoki U zot bino qilgan osmonnimi?

  28. 79:28

    رَفَعَ سَمْكَهَا فَسَوَّىٰهَا

    Raf'a sam kaha fasaw waaha

    Uning shiftini yuqori ko`tardi va bekami-ko`st, mustahkam qilib qo`ydi.

  29. 79:29

    وَأَغْطَشَ لَيْلَهَا وَأَخْرَجَ ضُحَىٰهَا

    Wa aghtasha lailaha wa akhraja duhaaha.

    Kechasini qorong`u va kunduzini yorug` qildi.

  30. 79:30

    وَٱلْأَرْضَ بَعْدَ ذَٰلِكَ دَحَىٰهَآ

    Wal arda b'ada zaalika dahaaha.

    Va undan so`ng yerni tuxum shaklida qildi.

  31. 79:31

    أَخْرَجَ مِنْهَا مَآءَهَا وَمَرْعَىٰهَا

    Akhraja minha maa-aha wa mar 'aaha.

    Undan suvni, o`t-o`lanlarni chiqardi.

  32. 79:32

    وَٱلْجِبَالَ أَرْسَىٰهَا

    Wal jibala arsaaha.

    Va tog`larni sobit qildi.

  33. 79:33

    مَتَـٰعًا لَّكُمْ وَلِأَنْعَـٰمِكُمْ

    Mataa'al lakum wali an 'aamikum.

    Sizlarga va chorvalaringizga manfaat bo`lsin uchun.

  34. 79:34

    فَإِذَا جَآءَتِ ٱلطَّآمَّةُ ٱلْكُبْرَىٰ

    Fa-izaa jaaa'atit taaam matul kubraa.

    Vaqtiki katta g`olib (qiyomat) kelsa.

  35. 79:35

    يَوْمَ يَتَذَكَّرُ ٱلْإِنسَـٰنُ مَا سَعَىٰ

    Yauma Yata zakkarul insaanu ma sa'aa.

    U kuni inson qilgan ishlarini eslaydir.

  36. 79:36

    وَبُرِّزَتِ ٱلْجَحِيمُ لِمَن يَرَىٰ

    Wa burrizatil-jaheemu limany-yaraa.

    Va jahannam ko`radiganlarga zohir qilinadir.

  37. 79:37

    فَأَمَّا مَن طَغَىٰ

    Fa ammaa man taghaa.

    Ammo kimiki tug`yonga ketgan bo`lsa.

  38. 79:38

    وَءَاثَرَ ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا

    Wa aasaral hayaatad dunyaa

    Va bu dunyo hayotini ustun qo`ygan bo`lsa.

  39. 79:39

    فَإِنَّ ٱلْجَحِيمَ هِىَ ٱلْمَأْوَىٰ

    Fa innal jaheema hiyal maawaa.

    Bas, albatta, Jahiym (unga) o`rin bo`ladir.

  40. 79:40

    وَأَمَّا مَنْ خَافَ مَقَامَ رَبِّهِۦ وَنَهَى ٱلنَّفْسَ عَنِ ٱلْهَوَىٰ

    Wa ammaa man khaafa maqaama Rabbihee wa nahan nafsa 'anil hawaa

    Va ammo, kim Robbisining maqomidan qo`rqqan va o`z nafsini havolanib ketishidan qaytargan bo`lsa...

  41. 79:41

    فَإِنَّ ٱلْجَنَّةَ هِىَ ٱلْمَأْوَىٰ

    Fa innal jannata hiyal maawaa

    Bas, albatta, jannat (unga) o`rin bo`ladir.

  42. 79:42

    يَسْـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلسَّاعَةِ أَيَّانَ مُرْسَىٰهَا

    Yas'aloonaka 'anis saa'ati ayyaana mursaahaa

    Sendan, qiyomat qachon bo`lur, deb so`rashadir.

  43. 79:43

    فِيمَ أَنتَ مِن ذِكْرَىٰهَآ

    Feema anta min zikraahaa

    U(qiyomat)ning zikrini sen qandoq bilarding.

  44. 79:44

    إِلَىٰ رَبِّكَ مُنتَهَىٰهَآ

    Ilaa Rabbika muntahaa haa

    Uning intihosi Robbinggagina xos.

  45. 79:45

    إِنَّمَآ أَنتَ مُنذِرُ مَن يَخْشَىٰهَا

    Innamaaa anta munziru maiy yakshaahaa

    Albatta, sen u(qiyomat)dan qo`rquvchilarga ogohlantiruvchisan, xolos.

  46. 79:46

    كَأَنَّهُمْ يَوْمَ يَرَوْنَهَا لَمْ يَلْبَثُوٓا۟ إِلَّا عَشِيَّةً أَوْ ضُحَىٰهَا

    Ka annahum Yawma yarawnahaa lam yalbasooo illaa 'ashiyyatan aw duhaahaa

    U(qiyomat)ni ko`rgan kunlari, xuddi, bu dunyoda bir kecha yoki kunduzdan boshqa turmaganga o`xsharlar.

Manbalar

  • Maʼnolar tarjimasi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
  • Qiroat: Mishari Roshid al-Afasiy, mp3quran.net.
  • Transliteratsiya faqat oʻqishga yordamchi. Toʻgʻri talaffuzni qorining qiroatidan yoki ustozdan oʻrganing.

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ

«Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!» — Qamar surasi, 54:17

Bugun bitta oyatdan boshlang.