Voqiʼa surasini qanday yod olish mumkin
«Voqea»
- 56-sura
- 96 oyat
- Makkiy
- Mushafning 534–537-sahifalari
الواقعة
Ilova oʻrnatilgan boʻlsa, uni ochadi, aks holda App Store / Google Play’ni ochadi.
Surani toʻliq tinglang
Qori: Mishari Roshid al-Afasiy
Qancha vaqt kerak
Har kuni ushlab tura oladigan surʼatni tanlang:
| Kuniga 1 oyat | 96 kun |
| Kuniga 3 oyat | 32 kun |
| Kuniga 5 oyat | 20 kun |
Oyatma-oyat qanday yod olish kerak
- Avval tinglangOyatni bir necha marta qoʻying va arabcha matnni koʻzingiz bilan kuzatib boring.
- Ovoz chiqarib takrorlangTilingizga oson kelguncha qayta-qayta ayting. Qaree har bir takrorni sanaydi.
- Yoddan oʻqingMatnga qaramay oʻqing. Qaree’ning tilovat rejimi sizni tinglaydi va xato qilgan soʻzlaringizni belgilaydi.
- Ulang va takrorlangYangi oyatni oldingilari bilan birga oʻqing, ertasi kuni esa surani yana bir bor takrorlang.
Voqiʼa surasi: arabcha matni, transliteratsiyasi va tarjimasi
-
56:1
إِذَا وَقَعَتِ ٱلْوَاقِعَةُ
Izaa waqa'atil waaqi'ah
Voqi'a voqe' bo`lganda.
-
56:2
لَيْسَ لِوَقْعَتِهَا كَاذِبَةٌ
Laisa liwaq'atihaa kaazibah
Uning voqe' bo`lishini yolg`onga chiqaruvchi (jon) yo`qdir.
-
56:3
خَافِضَةٌ رَّافِعَةٌ
Khafidatur raafi'ah
U, ham pastlatuvchi, ham ko`taruvchidir.
-
56:4
إِذَا رُجَّتِ ٱلْأَرْضُ رَجًّا
Izaa rujjatil ardu rajjaa
Qachonki, yer qattiq larzaga keltirilganda.
-
56:5
وَبُسَّتِ ٱلْجِبَالُ بَسًّا
Wa bussatil jibaalu bassaa
Va tog`lar maydalanib titilganda.
-
56:6
فَكَانَتْ هَبَآءً مُّنۢبَثًّا
Fakaanat habaaa'am mumbassaa
Bas, tarqalgan chang-to`zonga aylanganda.
-
56:7
وَكُنتُمْ أَزْوَٰجًا ثَلَـٰثَةً
Wa kuntum azwaajan salaasah
Va siz uch toifa bo`lganingizda.
-
56:8
فَأَصْحَـٰبُ ٱلْمَيْمَنَةِ مَآ أَصْحَـٰبُ ٱلْمَيْمَنَةِ
Fa as haabul maimanati maaa as haabul maimanah
O`ng taraf egalari. O`ng taraf egalari ne(saodatlilar)dir?!
-
56:9
وَأَصْحَـٰبُ ٱلْمَشْـَٔمَةِ مَآ أَصْحَـٰبُ ٱلْمَشْـَٔمَةِ
Wa as haabul mash'amati maaa as haabul mash'amah
Va chap taraf egalari. Chap taraf egalari ne(badbaxtlar)dir?!
-
56:10
وَٱلسَّـٰبِقُونَ ٱلسَّـٰبِقُونَ
Wassaabiqoonas saabiqoon
Va peshqadamlar, peshqadamlar.
-
56:11
أُو۟لَـٰٓئِكَ ٱلْمُقَرَّبُونَ
Ulaaa'ikal muqarraboon
Ular (Allohga) yaqin bo`lganlar.
-
56:12
فِى جَنَّـٰتِ ٱلنَّعِيمِ
Fee Jannaatin Na'eem
Serne'mat jannatlardadirlar.
-
56:13
ثُلَّةٌ مِّنَ ٱلْأَوَّلِينَ
Sullatum minal awwaleen
Avvalgilardan ko`pchilik.
-
56:14
وَقَلِيلٌ مِّنَ ٱلْـَٔاخِرِينَ
Wa qaleelum minal aa khireen
Va oxirgilardan ozchilik.
-
56:15
عَلَىٰ سُرُرٍ مَّوْضُونَةٍ
'Alaa sururim mawdoonah
To`qima so`rilardadirlar.
-
56:16
مُّتَّكِـِٔينَ عَلَيْهَا مُتَقَـٰبِلِينَ
Muttaki'eena 'alaihaa mutaqabileen
Bir-birlariga ro`baro` bo`lib yonboshlagan holdadirlar.
-
56:17
يَطُوفُ عَلَيْهِمْ وِلْدَٰنٌ مُّخَلَّدُونَ
Yatoofu 'alaihim wildaa num mukkhalladoon
Atroflarida mangu yosh yigitlar aylanib yururlar.
-
56:18
بِأَكْوَابٍ وَأَبَارِيقَ وَكَأْسٍ مِّن مَّعِينٍ
Bi akwaabinw wa abaareeq, wa kaasim mim ma'een
Oqar chashma mayi to`latilgan qadahlar, ko`zalar va kosalar bilan.
-
56:19
لَّا يُصَدَّعُونَ عَنْهَا وَلَا يُنزِفُونَ
Laa yusadda'oona 'anhaa wa laa yunzifoon
Undan bosh og`rig`i ham, mast ham bo`lmaslar.
-
56:20
وَفَـٰكِهَةٍ مِّمَّا يَتَخَيَّرُونَ
Wa faakihatim mimmaa yatakhaiyaroon
Va xohlagan mevalarini olib.
-
56:21
وَلَحْمِ طَيْرٍ مِّمَّا يَشْتَهُونَ
Wa lahmi tairim mimmaa yashtahoon
Ishtahalari tusagan qush go`shtini olib (aylanib yurarlar).
-
56:22
وَحُورٌ عِينٌ
Wa hoorun'een
Yana, ko`zi go`zal hurlar bor.
-
56:23
كَأَمْثَـٰلِ ٱللُّؤْلُؤِ ٱلْمَكْنُونِ
Ka amsaalil lu'lu'il maknoon
Misoli yashirilgan dur kabi.
-
56:24
جَزَآءًۢ بِمَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Jazaaa'am bimaa kaanoo ya'maloon
Bular — qilib yurgan amallarning mukofotidur.
-
56:25
لَا يَسْمَعُونَ فِيهَا لَغْوًا وَلَا تَأْثِيمًا
Laa yasma'oona feehaa laghwanw wa laa taaseemaa
Ular u(Jannat)da behuda, gunoh(so`z)larni eshitmaslar.
-
56:26
إِلَّا قِيلًا سَلَـٰمًا سَلَـٰمًا
Illaa qeelan salaaman salaamaa
Magar «Salom, salom» deyilganini (eshitarlar).
-
56:27
وَأَصْحَـٰبُ ٱلْيَمِينِ مَآ أَصْحَـٰبُ ٱلْيَمِينِ
Wa as haabul yameeni maaa as haabul Yameen
O`ng taraf egalari. O`ng taraf egalari nedir?!
-
56:28
فِى سِدْرٍ مَّخْضُودٍ
Fee sidrim makhdood
Ular tikonsiz sidrzorlardadirlar.
-
56:29
وَطَلْحٍ مَّنضُودٍ
Wa talhim mandood
Sermeva bananzorlardadirlar.
-
56:30
وَظِلٍّ مَّمْدُودٍ
Wa zillim mamdood
Va yoyilgan soyalardadirlar.
-
56:31
وَمَآءٍ مَّسْكُوبٍ
Wa maaa'im maskoob
Oqar suvlardadirlar.
-
56:32
وَفَـٰكِهَةٍ كَثِيرَةٍ
Wa faakihatin kaseerah
Serob mevalardadirlar.
-
56:33
لَّا مَقْطُوعَةٍ وَلَا مَمْنُوعَةٍ
Laa maqtoo'atinw wa laa mamnoo'ah
Tugamaydigan va man qilinmaydigan.
-
56:34
وَفُرُشٍ مَّرْفُوعَةٍ
Wa furushim marfoo'ah
Ko`tarilgan ko`rpachalardadirlar.
-
56:35
إِنَّآ أَنشَأْنَـٰهُنَّ إِنشَآءً
Innaaa anshaanaahunna inshaaa'aa
Albatta, Biz u(hur)larni daf'atan, xos qilib, yaratdik.
-
56:36
فَجَعَلْنَـٰهُنَّ أَبْكَارًا
Faja'alnaahunna abkaaraa
Bas, ularni bokira qizlar qilib qo`ydik.
-
56:37
عُرُبًا أَتْرَابًا
'Uruban atraabaa
Bir xildagi tengdosh mahbubalar.
-
56:38
لِّأَصْحَـٰبِ ٱلْيَمِينِ
Li as haabil yameen
O`ng taraf egalari uchun.
-
56:39
ثُلَّةٌ مِّنَ ٱلْأَوَّلِينَ
Sullatum minal awwa leen
Ular avvalgilardan ko`pgina jamoatlardir.
-
56:40
وَثُلَّةٌ مِّنَ ٱلْـَٔاخِرِينَ
Wa sullatum minal aakhireen
Keyingilardan ham ko`pgina jamoatlardir.
-
56:41
وَأَصْحَـٰبُ ٱلشِّمَالِ مَآ أَصْحَـٰبُ ٱلشِّمَالِ
Wa as haabush shimaali maaa as haabush shimaal
Va chap taraf egalari. Chap taraf egalari ne(badbaxtlar)dir?!
-
56:42
فِى سَمُومٍ وَحَمِيمٍ
Fee samoominw wa hameem
Ular o`t shamol va qaynoq suvdadirlar.
-
56:43
وَظِلٍّ مِّن يَحْمُومٍ
Wa zillim miny yahmoom
Qop-qora tutun soyasidadirlar.
-
56:44
لَّا بَارِدٍ وَلَا كَرِيمٍ
Laa baaridinw wa laa kareem
Na salqin emas va na foydali.
-
56:45
إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَبْلَ ذَٰلِكَ مُتْرَفِينَ
Innaahum kaanoo qabla zaalika mutrafeen
Albatta, ular bundan oldin hoyi-havasga berilganlardan edilar.
-
56:46
وَكَانُوا۟ يُصِرُّونَ عَلَى ٱلْحِنثِ ٱلْعَظِيمِ
Wa kaanoo yusirroona 'alal hinsil 'azeem
Va katta gunoh ishlarni mudom qilib kelgan edilar.
-
56:47
وَكَانُوا۟ يَقُولُونَ أَئِذَا مِتْنَا وَكُنَّا تُرَابًا وَعِظَـٰمًا أَءِنَّا لَمَبْعُوثُونَ
Wa kaanoo yaqooloona a'izaa mitnaa wa kunnaa turaabanw wa izaaman'ainnaa lamab'oosoon
Va: «Biz o`lib, tuproq va suyak bo`lsak ham, qayta tiriltirilamizmi?
-
56:48
أَوَءَابَآؤُنَا ٱلْأَوَّلُونَ
Awa aabaaa'unal awwaloon
Avval o`tgan otalarimiz ham-a?!» – der edilar.
-
56:49
قُلْ إِنَّ ٱلْأَوَّلِينَ وَٱلْـَٔاخِرِينَ
Qul innal awwaleena wal aakhireen
Aytgil: «Albatta, avvalgilar va oxirgilar.
-
56:50
لَمَجْمُوعُونَ إِلَىٰ مِيقَـٰتِ يَوْمٍ مَّعْلُومٍ
Lamajmoo'oona ilaa meeqaati yawmim ma'loom
Ma'lum kuni, belgilangan vaqtda, albatta, to`planuvchidirlar».
-
56:51
ثُمَّ إِنَّكُمْ أَيُّهَا ٱلضَّآلُّونَ ٱلْمُكَذِّبُونَ
summa innakum ayyuhad daaalloonal mukazziboon
So`ngra, siz, ey adashganlar, yolg`onga chiqaruvchilar.
-
56:52
لَـَٔاكِلُونَ مِن شَجَرٍ مِّن زَقُّومٍ
La aakiloona min shaja rim min zaqqoom
Albatta, zaqqum daraxtidan yeyuvchisizlar.
-
56:53
فَمَالِـُٔونَ مِنْهَا ٱلْبُطُونَ
Famaali'oona minhal butoon
Bas, undan qorinlarni to`ldiruvchisizlar.
-
56:54
فَشَـٰرِبُونَ عَلَيْهِ مِنَ ٱلْحَمِيمِ
Fashaariboona 'alaihi minal hameem
Bas, ustidan o`ta qaynoq suvdan ichuvchisizlar.
-
56:55
فَشَـٰرِبُونَ شُرْبَ ٱلْهِيمِ
Fashaariboona shurbal heem
Bas, chanqoq tuyadek ichuvchisizlar.
-
56:56
هَـٰذَا نُزُلُهُمْ يَوْمَ ٱلدِّينِ
Haazaa nuzuluhum yawmad deen
Ularning qiyomat kunidagi ziyofatlari mana shu!!!
-
56:57
نَحْنُ خَلَقْنَـٰكُمْ فَلَوْلَا تُصَدِّقُونَ
Nahnu khalaqnaakum falaw laa tusaddiqoon
Biz sizlarni yaratganmiz, ishonsalaring-chi!
-
56:58
أَفَرَءَيْتُم مَّا تُمْنُونَ
Afara'aytum maa tumnoon
O`zingiz chiqaradigan maniyni o`ylab ko`ring-a!
-
56:59
ءَأَنتُمْ تَخْلُقُونَهُۥٓ أَمْ نَحْنُ ٱلْخَـٰلِقُونَ
'A-antum takhluqoo nahooo am nahnul khaaliqoon
Uni sizlar yaratasizmi yoki Biz yaratuvchimizmi?!
-
56:60
نَحْنُ قَدَّرْنَا بَيْنَكُمُ ٱلْمَوْتَ وَمَا نَحْنُ بِمَسْبُوقِينَ
Nahnu qaddarnaa baina kumul mawta wa maa nahnu bimasbooqeen
Orangizdagi o`limni Biz belgilaganmiz va Biz ojiz emasmiz.
-
56:61
عَلَىٰٓ أَن نُّبَدِّلَ أَمْثَـٰلَكُمْ وَنُنشِئَكُمْ فِى مَا لَا تَعْلَمُونَ
'Alaaa an nubaddila amsaalakum wa nunshi'akum fee maa laa ta'lamoon
Sizning o`rningizga sizga o`xshashlarni almashtirishdan va sizlarni o`zingiz bilmaydigan holda yaratishdan.
-
56:62
وَلَقَدْ عَلِمْتُمُ ٱلنَّشْأَةَ ٱلْأُولَىٰ فَلَوْلَا تَذَكَّرُونَ
Wa laqad 'alimtumun nash atal oolaa falaw laa tazakkaroon
Va darhaqiqat, avvalgi yaratilishni bildingiz-ku, eslasalaringiz-chi!
-
56:63
أَفَرَءَيْتُم مَّا تَحْرُثُونَ
Afara'aytum maa tahrusoon
O`zingiz ekayotgan narsani o`ylab ko`ring-a!
-
56:64
ءَأَنتُمْ تَزْرَعُونَهُۥٓ أَمْ نَحْنُ ٱلزَّٰرِعُونَ
'A-antum tazra'oonahooo am nahnuz zaari'ooon
Uni siz undirasizmi yoki Biz undiruvchimizmi?
-
56:65
لَوْ نَشَآءُ لَجَعَلْنَـٰهُ حُطَـٰمًا فَظَلْتُمْ تَفَكَّهُونَ
Law nashaaa'u laja'al naahu hutaaman fazaltum tafakkahoon
Agar xohlasak, Biz uni quruq cho`pga aylantirib qo`yamiz. Sizlar esa, nadomatda ajablanib:
-
56:66
إِنَّا لَمُغْرَمُونَ
Innaa lamughramoon
«Albatta, biz ziyon ko`rganlarmiz.
-
56:67
بَلْ نَحْنُ مَحْرُومُونَ
Bal nahnu mahroomoon
Balki, mahrum bo`lganlarmiz, (deysizlar).
-
56:68
أَفَرَءَيْتُمُ ٱلْمَآءَ ٱلَّذِى تَشْرَبُونَ
Afara'aytumul maaa'allazee tashraboon
O`zingiz ichadigan suvni o`ylab ko`ring-a!
-
56:69
ءَأَنتُمْ أَنزَلْتُمُوهُ مِنَ ٱلْمُزْنِ أَمْ نَحْنُ ٱلْمُنزِلُونَ
'A-antum anzaltumoohu minal muzni am nahnul munziloon
Uni bulutlardan siz tushirasizmi yoki Biz tushiruvchimizmi?
-
56:70
لَوْ نَشَآءُ جَعَلْنَـٰهُ أُجَاجًا فَلَوْلَا تَشْكُرُونَ
Law nashaaa'u ja'alnaahu ujaajan falaw laa tashkuroon
Agar xohlasak, Biz uni sho`r qilib qo`yamiz. Shukr qilsangiz-chi!
-
56:71
أَفَرَءَيْتُمُ ٱلنَّارَ ٱلَّتِى تُورُونَ
Afara'aytumun naaral latee tooroon
O`zingiz yoqadigan olovni o`ylab ko`ring-a!
-
56:72
ءَأَنتُمْ أَنشَأْتُمْ شَجَرَتَهَآ أَمْ نَحْنُ ٱلْمُنشِـُٔونَ
'A-antum anshaatum shajaratahaaa am nahnul munshi'oon
Uning daraxtini siz yaratgansizmi yoki Biz yaratuvchimizmi?
-
56:73
نَحْنُ جَعَلْنَـٰهَا تَذْكِرَةً وَمَتَـٰعًا لِّلْمُقْوِينَ
Nahnu ja'alnaahaa tazkira tanw wa mataa'al lilmuqween
Biz u(olov)ni eslatma va yo`lovchilar uchun manfaat qilib qo`ydik.
-
56:74
فَسَبِّحْ بِٱسْمِ رَبِّكَ ٱلْعَظِيمِ
Fasabbih bismi Rabbikal 'azeem
Bas, ulug` Robbing ismini poklab yod et!
-
56:75
۞ فَلَآ أُقْسِمُ بِمَوَٰقِعِ ٱلنُّجُومِ
Falaa uqsimu bimaawaa qi'innujoom
Yulduzlarning manzillari bilan qasam ichaman.
-
56:76
وَإِنَّهُۥ لَقَسَمٌ لَّوْ تَعْلَمُونَ عَظِيمٌ
Wa innahoo laqasamul lawta'lamoona'azeem
Albatta, agar bilsangiz, bu ulug` qasamdir.
-
56:77
إِنَّهُۥ لَقُرْءَانٌ كَرِيمٌ
Innahoo la quraanun kareem
Albatta, u Qur'oni Karimdir.
-
56:78
فِى كِتَـٰبٍ مَّكْنُونٍ
Fee kitaabim maknoon
U Saqlangan kitobdadir.
-
56:79
لَّا يَمَسُّهُۥٓ إِلَّا ٱلْمُطَهَّرُونَ
Laa yamassuhooo illal mutahharoon
Uni faqat poklanganlargina ushlaydir.
-
56:80
تَنزِيلٌ مِّن رَّبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ
Tanzeelum mir Rabbil'aalameen
U, olamlarning Robbisidan tushirilgandir.
-
56:81
أَفَبِهَـٰذَا ٱلْحَدِيثِ أَنتُم مُّدْهِنُونَ
Afabihaazal hadeesi antum mudhinoon
Bas, sizlar mana shu so`zga beparvolik qilasizlarmi?
-
56:82
وَتَجْعَلُونَ رِزْقَكُمْ أَنَّكُمْ تُكَذِّبُونَ
Wa taj'aloona rizqakum annakum tukazziboon
Va yolg`onga chiqarishni rizq qilib olasizlarmi?
-
56:83
فَلَوْلَآ إِذَا بَلَغَتِ ٱلْحُلْقُومَ
Falaw laaa izaa balaghatil hulqoom
Joningiz halqumga kelib qolsa-chi?
-
56:84
وَأَنتُمْ حِينَئِذٍ تَنظُرُونَ
Wa antum heena'izin tanzuroon
Holbuki, o`sha vaqtda o`zlaringiz qarab turgan bo`lasizlar.
-
56:85
وَنَحْنُ أَقْرَبُ إِلَيْهِ مِنكُمْ وَلَـٰكِن لَّا تُبْصِرُونَ
Wa nahnu aqrabu ilaihi minkum wa laakil laa tubsiroon
Biz esa, sizdan ko`ra unga yaqinmiz, ammo sizlar ko`rmaysizlar.
-
56:86
فَلَوْلَآ إِن كُنتُمْ غَيْرَ مَدِينِينَ
Falaw laaa in kuntum ghaira madeeneen
Agar siz hisob bermaydigan bo`lsangiz.
-
56:87
تَرْجِعُونَهَآ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ
Tarji'oonahaaa in kuntum saadiqeen
U(jon)ni o`rniga qaytaring-chi, agar gaplaringiz rost bo`lsa.
-
56:88
فَأَمَّآ إِن كَانَ مِنَ ٱلْمُقَرَّبِينَ
Fa ammaaa in kaana minal muqarrabeen
Agar yaqinlashtirilganlardan bo`lsa.
-
56:89
فَرَوْحٌ وَرَيْحَانٌ وَجَنَّتُ نَعِيمٍ
Farawhunw wa raihaa nunw wa jannatu na'eem
Rohatda, farog`atda va serne'mat jannatdadir.
-
56:90
وَأَمَّآ إِن كَانَ مِنْ أَصْحَـٰبِ ٱلْيَمِينِ
Wa ammaaa in kaana min as haabil yameen
Agar o`ng taraf egalaridan bo`lsa.
-
56:91
فَسَلَـٰمٌ لَّكَ مِنْ أَصْحَـٰبِ ٱلْيَمِينِ
Fasalaamul laka min as haabil yameen
Bas, senga o`ng taraf egalaridan Salom bo`lsin, (deyilur).
-
56:92
وَأَمَّآ إِن كَانَ مِنَ ٱلْمُكَذِّبِينَ ٱلضَّآلِّينَ
Wa ammaaa in kaana minal mukazzibeenad daaalleen
Va agar yolg`onga chiqaruvchi gumrohlardan bo`lsa.
-
56:93
فَنُزُلٌ مِّنْ حَمِيمٍ
Fanuzulum min hameem
Bas, o`ta qaynoq suvdan ziyofat.
-
56:94
وَتَصْلِيَةُ جَحِيمٍ
Wa tasliyatu jaheem
Va do`zaxga kirishdir.
-
56:95
إِنَّ هَـٰذَا لَهُوَ حَقُّ ٱلْيَقِينِ
Inna haaza lahuwa haqqul yaqeen
Albatta, ushbu, ta'kidki, ochiq-oydin haqiqatdir.
-
56:96
فَسَبِّحْ بِٱسْمِ رَبِّكَ ٱلْعَظِيمِ
Fasabbih bismi rabbikal 'azeem
Bas, ulug` Robbing ismini poklab yod et!
Manbalar
- Maʼnolar tarjimasi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
- Qiroat: Mishari Roshid al-Afasiy, mp3quran.net.
- Transliteratsiya faqat oʻqishga yordamchi. Toʻgʻri talaffuzni qorining qiroatidan yoki ustozdan oʻrganing.
وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ
«Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!» — Qamar surasi, 54:17