1. Qaree
  2. Suralar
  3. Hijr surasi

Hijr surasini qanday yod olish mumkin

  • 15-sura
  • 99 oyat
  • Makkiy
  • Mushafning 262–267-sahifalari

الحجر

Hijr surasini Qaree’da yod olish

Ilova oʻrnatilgan boʻlsa, uni ochadi, aks holda App Store / Google Play’ni ochadi.

Surani toʻliq tinglang

Qori: Mishari Roshid al-Afasiy

Qancha vaqt kerak

Har kuni ushlab tura oladigan surʼatni tanlang:

Kuniga 1 oyat99 kun
Kuniga 3 oyat33 kun
Kuniga 5 oyat20 kun

Oyatma-oyat qanday yod olish kerak

  1. Avval tinglangOyatni bir necha marta qoʻying va arabcha matnni koʻzingiz bilan kuzatib boring.
  2. Ovoz chiqarib takrorlangTilingizga oson kelguncha qayta-qayta ayting. Qaree har bir takrorni sanaydi.
  3. Yoddan oʻqingMatnga qaramay oʻqing. Qaree’ning tilovat rejimi sizni tinglaydi va xato qilgan soʻzlaringizni belgilaydi.
  4. Ulang va takrorlangYangi oyatni oldingilari bilan birga oʻqing, ertasi kuni esa surani yana bir bor takrorlang.

Hijr surasi: arabcha matni, transliteratsiyasi va tarjimasi

  1. 15:1

    الٓر ۚ تِلْكَ ءَايَـٰتُ ٱلْكِتَـٰبِ وَقُرْءَانٍ مُّبِينٍ

    Alif-Laaam-Raa; tilka Aayaatul Kitaabi wa Qur-aa-nim Mubeen

    Alif. Laam. Ro. Ushbular kitobning va ravshan Qur'onning oyatlaridir.

  2. 15:2

    رُّبَمَا يَوَدُّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لَوْ كَانُوا۟ مُسْلِمِينَ

    Rubamaa yawaddul lazeena kafaroo law kaanoo muslimeen

    Hali, kufr keltirganlar musulmon bo`lishni ham istab qolurlar.

  3. 15:3

    ذَرْهُمْ يَأْكُلُوا۟ وَيَتَمَتَّعُوا۟ وَيُلْهِهِمُ ٱلْأَمَلُ ۖ فَسَوْفَ يَعْلَمُونَ

    Zarhum yaakuloo wa tatamatta'oo wa yulhihimul amalu fasawfa ya'lamoon

    Ularni tek qo`y, yeb-ichib, huzurlanib, umidlar ila mashg`ul bo`lib yuraversinlar. Bas, tezda bilurlar.

  4. 15:4

    وَمَآ أَهْلَكْنَا مِن قَرْيَةٍ إِلَّا وَلَهَا كِتَابٌ مَّعْلُومٌ

    Wa maaa ahlaknaa min qaryatin illaa wa lahaa kitaabum ma'loom

    Biz ma'lum bitiksiz hech bir shaharni halok etganimiz yo`q.

  5. 15:5

    مَّا تَسْبِقُ مِنْ أُمَّةٍ أَجَلَهَا وَمَا يَسْتَـْٔخِرُونَ

    Maa tasbiqu min ummatin ajalahaa wa maa yastaakhiroon

    Hech bir ummat o`z ajalidan o`zib keta olmas va ortda ham qola olmas.

  6. 15:6

    وَقَالُوا۟ يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِى نُزِّلَ عَلَيْهِ ٱلذِّكْرُ إِنَّكَ لَمَجْنُونٌ

    Wa qaaloo yaaa aiyuhal lazee nuzzila 'alaihiz Zikru innaka lamajnoon

    Ular: «Ey, zikr nozil qilingan kishi, albatta, sen majnunsan.

  7. 15:7

    لَّوْ مَا تَأْتِينَا بِٱلْمَلَـٰٓئِكَةِ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّـٰدِقِينَ

    Law maa taateenaa bil malaaa'ikati in kunta minas saadiqeen

    Agar rostgo`ylardan bo`lsang, bizga farishtalarni keltirsang-chi!» derlar.

  8. 15:8

    مَا نُنَزِّلُ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةَ إِلَّا بِٱلْحَقِّ وَمَا كَانُوٓا۟ إِذًا مُّنظَرِينَ

    Maa nunazzilul malaaa'i kata illaa bilhaqqi wa maa kaanooo izam munzareen

    Biz farishtalarni faqat haq ila tushiramiz, xolos. U holda ularga qarab turilmas.

  9. 15:9

    إِنَّا نَحْنُ نَزَّلْنَا ٱلذِّكْرَ وَإِنَّا لَهُۥ لَحَـٰفِظُونَ

    Innaa Nahnu nazalnaz Zikra wa Innaa lahoo lahaa fizoon

    Albatta, Zikrni Biz nozil qildik va, albatta, uni Biz muhofaza qilurmiz.

  10. 15:10

    وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مِن قَبْلِكَ فِى شِيَعِ ٱلْأَوَّلِينَ

    Wa laqad arsalnaa min qablika fee shiya'il awwaleen

    Batahqiq, sendan oldin ham avvalgilar guruhlariga (Payg`ambar) yuborganmiz.

  11. 15:11

    وَمَا يَأْتِيهِم مِّن رَّسُولٍ إِلَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ

    Wa maa yaateehim mir Rasoolin illaa kaanoo bihee yastahzi'oon

    Ularga qaysi bir Payg`ambar kelsa, uni masxara qilmasdan qo`ymas edilar.

  12. 15:12

    كَذَٰلِكَ نَسْلُكُهُۥ فِى قُلُوبِ ٱلْمُجْرِمِينَ

    kazaalika naslukuhoo fee quloobil mujrimeen

    Shunga o`xshash, Biz uni jinoyatchilar qalbiga solamiz.

  13. 15:13

    لَا يُؤْمِنُونَ بِهِۦ ۖ وَقَدْ خَلَتْ سُنَّةُ ٱلْأَوَّلِينَ

    Laa yu'minoona bihee wa qad khalat sunnatul awwaleen

    U(Qur'on)ga iymon keltirmaslar. Batahqiq, avvalgilarning sunnati — odati shundoq o`tgandir.

  14. 15:14

    وَلَوْ فَتَحْنَا عَلَيْهِم بَابًا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ فَظَلُّوا۟ فِيهِ يَعْرُجُونَ

    Wa law fatahnaa 'alaihim baabam minas samaaa'i fazaloo feehi ya'rujoon

    Agar ularga osmondan bir eshik ochsag-u, undan chiqib tursalar ham.

  15. 15:15

    لَقَالُوٓا۟ إِنَّمَا سُكِّرَتْ أَبْصَـٰرُنَا بَلْ نَحْنُ قَوْمٌ مَّسْحُورُونَ

    Laqaaloo innamaa sukkirat absaarunaa bal nahnu qawmum mashooroon

    Ular: «Albatta, ko`zlarimiz bog`landi, balki biz sehrlangan qavmdirmiz», derlar.

  16. 15:16

    وَلَقَدْ جَعَلْنَا فِى ٱلسَّمَآءِ بُرُوجًا وَزَيَّنَّـٰهَا لِلنَّـٰظِرِينَ

    Wa laqad ja'alnaa fissamaaa'i buroojanw wa zaiyannaahaa linnaazireen

    Batahqiq, Biz osmonlarda burjlar qilib qo`ydik va uni nazar soluvchilar uchun ziynatlab qo`ydik.

  17. 15:17

    وَحَفِظْنَـٰهَا مِن كُلِّ شَيْطَـٰنٍ رَّجِيمٍ

    Wa hafiznaahaa min kulli Shaitaanir rajeem

    Uni har bir quvilgan shaytondan muhofaza qildik.

  18. 15:18

    إِلَّا مَنِ ٱسْتَرَقَ ٱلسَّمْعَ فَأَتْبَعَهُۥ شِهَابٌ مُّبِينٌ

    Illaa manis taraqas sam'a fa atba'ahoo shihaabum mubeen

    Magar birortasi o`g`rilikcha quloq ossa, ravshan olov uning ortidan tushar.

  19. 15:19

    وَٱلْأَرْضَ مَدَدْنَـٰهَا وَأَلْقَيْنَا فِيهَا رَوَٰسِىَ وَأَنۢبَتْنَا فِيهَا مِن كُلِّ شَىْءٍ مَّوْزُونٍ

    Wal arda madadnaahaa wa alqainaa feehaa rawaasiya wa ambatnaa feehaa min kulli shai'im mawzoon

    Biz yerni yoyib, ustiga baland tog`larni tashlab qo`ydik va unda o`lchangan turli narsalarni o`stirib qo`ydik.

  20. 15:20

    وَجَعَلْنَا لَكُمْ فِيهَا مَعَـٰيِشَ وَمَن لَّسْتُمْ لَهُۥ بِرَٰزِقِينَ

    Wa ja'alnaa lakum feehaa ma'aayisha wa mal lastum lahoo biraaziqeen

    Va unda sizlar uchun maosh vositalarini va siz rizqini bera olmaydigan kimsalarni qilib qo`ydik.

  21. 15:21

    وَإِن مِّن شَىْءٍ إِلَّا عِندَنَا خَزَآئِنُهُۥ وَمَا نُنَزِّلُهُۥٓ إِلَّا بِقَدَرٍ مَّعْلُومٍ

    Wa im min shai'in illaa 'indanaa khazaaa 'inuhoo wa maa nunazziluhooo illaa biqadarim ma'loom

    Hech bir narsa yo`qki, uning xazinalari Bizning huzurimizda bo`lmasa. Biz uni faqat ma'lum miqdor-la nozil qilurmiz.

  22. 15:22

    وَأَرْسَلْنَا ٱلرِّيَـٰحَ لَوَٰقِحَ فَأَنزَلْنَا مِنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً فَأَسْقَيْنَـٰكُمُوهُ وَمَآ أَنتُمْ لَهُۥ بِخَـٰزِنِينَ

    Wa arsalnar riyaaha la waaqiha fa anzalnaa minas samaaa'i maaa'an fa asqai naakumoohu wa maaa antum lahoo bikhaazineen

    Biz shamollarni urchituvchilar etib yubordik. Bas, osmondan suv tushirib, u ila sizlarni serob qildik. Sizlar uni to`plab oluvchi emassiz.

  23. 15:23

    وَإِنَّا لَنَحْنُ نُحْىِۦ وَنُمِيتُ وَنَحْنُ ٱلْوَٰرِثُونَ

    Wa innnaa la nahnu nuhyee wa numeetu wa nahnul waarisoon

    Albatta, Biz o`zimiz tiriltirurmiz va Biz merosxo`rmiz.

  24. 15:24

    وَلَقَدْ عَلِمْنَا ٱلْمُسْتَقْدِمِينَ مِنكُمْ وَلَقَدْ عَلِمْنَا ٱلْمُسْتَـْٔخِرِينَ

    Wa la qad 'alimnal mustaqdimeena minkum wa laqad 'alimnal mustaakhireen

    Batahqiq, sizdan oldin kelganlarni bildik. Batahqiq, keyin kelganlarni ham bildik.

  25. 15:25

    وَإِنَّ رَبَّكَ هُوَ يَحْشُرُهُمْ ۚ إِنَّهُۥ حَكِيمٌ عَلِيمٌ

    Wa inna Rabbaka Huwa yahshuruhum; innahoo Hakeem 'Aleem

    Albatta, sening Robbing O`zi ularni mahsharga jamlar. Albatta, U hikmatli va ilmli Zotdir.

  26. 15:26

    وَلَقَدْ خَلَقْنَا ٱلْإِنسَـٰنَ مِن صَلْصَـٰلٍ مِّنْ حَمَإٍ مَّسْنُونٍ

    Wa laqad khalaqnal insaana min salsaalim min hama im masnoon

    Batahqiq, Biz insonni quruq loydan, o`zgartirilgan qora balchiqdan yaratdik.

  27. 15:27

    وَٱلْجَآنَّ خَلَقْنَـٰهُ مِن قَبْلُ مِن نَّارِ ٱلسَّمُومِ

    Waljaaanna khalaqnaahu min qablu min naaris samoom

    Va jinlarni bundan oldin samum olovidan yaratdik.

  28. 15:28

    وَإِذْ قَالَ رَبُّكَ لِلْمَلَـٰٓئِكَةِ إِنِّى خَـٰلِقٌۢ بَشَرًا مِّن صَلْصَـٰلٍ مِّنْ حَمَإٍ مَّسْنُونٍ

    Wa iz qaala Rabbuka lilmalaaa' ikati innee khaaliqum basharam min salsaalim min hama im masnoon

    Sen Robbingning farishtalarga: «Albatta, men quruq loydan, o`zgartirilgan qora balchiqdan bashar yaratguvchidirman.

  29. 15:29

    فَإِذَا سَوَّيْتُهُۥ وَنَفَخْتُ فِيهِ مِن رُّوحِى فَقَعُوا۟ لَهُۥ سَـٰجِدِينَ

    Fa izaa sawwaituhoo wa nafakhtu feehi mir roohee faqa'oo lahoo saajideen

    Bas, qachonki uni to`g`rilab bo`lganimda va ichiga O`z ruhimdan puflaganimda, unga sajda qilgan holingizda yiqiling», deganini esla.

  30. 15:30

    فَسَجَدَ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةُ كُلُّهُمْ أَجْمَعُونَ

    Fasajadal malaaa'ikatu kulluhum ajma'oon

    Bas, farishtalar barchalari sajda qildilar.

  31. 15:31

    إِلَّآ إِبْلِيسَ أَبَىٰٓ أَن يَكُونَ مَعَ ٱلسَّـٰجِدِينَ

    Illaaa ibleesa abaaa ai yakoona ma'as saajideen

    Magar iblis sajda qiluvchilar bilan birga bo`lishdan bosh tortdi.

  32. 15:32

    قَالَ يَـٰٓإِبْلِيسُ مَا لَكَ أَلَّا تَكُونَ مَعَ ٱلسَّـٰجِدِينَ

    Qaala yaaa Ibleesu maa laka allaa takoona ma'as saajideen

    U zot: «Ey, iblis! Senga ne bo`ldi, sajda qiluvchilar bilan birga bo`lmading?» dedi.

  33. 15:33

    قَالَ لَمْ أَكُن لِّأَسْجُدَ لِبَشَرٍ خَلَقْتَهُۥ مِن صَلْصَـٰلٍ مِّنْ حَمَإٍ مَّسْنُونٍ

    Qaala lam akul li asjuda libasharin khalaqtahoo min salsaalim min hama im masnoon

    U: «Sen quruq loydan, o`zgartirilgan qora balchiqdan yaratgan basharga sajda qila olmasdim», dedi.

  34. 15:34

    قَالَ فَٱخْرُجْ مِنْهَا فَإِنَّكَ رَجِيمٌ

    Qaala fakhruj minhaa fa innaka rajeem

    U zot: «Bas, sen undan chiq! Albatta, sen quvilgansan!

  35. 15:35

    وَإِنَّ عَلَيْكَ ٱللَّعْنَةَ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلدِّينِ

    Wa inna 'alikal la'nata ilaa Yawmid Deen

    Va, albatta, senga to jazo kunigacha la'nat bo`lur!» dedi.

  36. 15:36

    قَالَ رَبِّ فَأَنظِرْنِىٓ إِلَىٰ يَوْمِ يُبْعَثُونَ

    Qaala Rabbi fa anzirneee ilaa Yawmi yub'asoon

    U: «Ey Robbim, meni ular qayta tiriladigan kungacha qo`yib qo`ygin», dedi.

  37. 15:37

    قَالَ فَإِنَّكَ مِنَ ٱلْمُنظَرِينَ

    Qaala fa innaka minal munzareen

    U zot: «Albatta, sen qo`yib qo`yilganlardansan.

  38. 15:38

    إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْوَقْتِ ٱلْمَعْلُومِ

    Ilaa Yawmil waqtil ma'loom

    Ma'lum vaqt kunigacha», dedi.

  39. 15:39

    قَالَ رَبِّ بِمَآ أَغْوَيْتَنِى لَأُزَيِّنَنَّ لَهُمْ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَأُغْوِيَنَّهُمْ أَجْمَعِينَ

    Qaala Rabbi bimaaa aghwaitanee la uzayyinaana lahum fil ardi wa la ughwiyan nahum ajma'een

    U: «Ey Robbim, meni zalolatga ketkazganing sababidan, albatta, men ularga yer yuzida (gunohlarni) ziynatlab ko`rsataman va, albatta, ularning hammasini ig`vo qilaman.

  40. 15:40

    إِلَّا عِبَادَكَ مِنْهُمُ ٱلْمُخْلَصِينَ

    Illaa 'ibaadaka minhumul mukhlaseen

    Magar, ulardan tanlangan bandalaringni (adashtira olmasman)», dedi.

  41. 15:41

    قَالَ هَـٰذَا صِرَٰطٌ عَلَىَّ مُسْتَقِيمٌ

    Qaala haaza Siraatun 'alaiya Mustaqeem

    U zot: «Ushbu zimmamdagi to`g`ri yo`ldir:

  42. 15:42

    إِنَّ عِبَادِى لَيْسَ لَكَ عَلَيْهِمْ سُلْطَـٰنٌ إِلَّا مَنِ ٱتَّبَعَكَ مِنَ ٱلْغَاوِينَ

    Inna 'ibaadee laisa laka 'alaihim sultaanun illaa manittaba'aka minal ghaaween

    Albatta, Mening bandalarim ustida sening sultoning yo`qdir, magar senga ergashgan gumrohlargagina bordir.

  43. 15:43

    وَإِنَّ جَهَنَّمَ لَمَوْعِدُهُمْ أَجْمَعِينَ

    Wa inna jahannama lamaw'iduhum ajma'een

    Albatta, jahannam ularning barchasining va'da qilingan joyidir.

  44. 15:44

    لَهَا سَبْعَةُ أَبْوَٰبٍ لِّكُلِّ بَابٍ مِّنْهُمْ جُزْءٌ مَّقْسُومٌ

    Lahaa sab'atu abwaab; likulli baabim minhum juz'um maqsoom

    Uning yetti eshigi bordir. Har bir eshik uchun ulardan taqsimlangan bo`lagi bordir», dedi.

  45. 15:45

    إِنَّ ٱلْمُتَّقِينَ فِى جَنَّـٰتٍ وَعُيُونٍ

    Innal muttaqeena fee Jannaatinw wa 'uyoon

    Albatta, taqvodorlar jannatlar va chashmalardadir.

  46. 15:46

    ٱدْخُلُوهَا بِسَلَـٰمٍ ءَامِنِينَ

    Udkhuloohaa bisalaamin aamineen

    Ularga tinchlik, omonlik ila kiringlar, (deyilur).

  47. 15:47

    وَنَزَعْنَا مَا فِى صُدُورِهِم مِّنْ غِلٍّ إِخْوَٰنًا عَلَىٰ سُرُرٍ مُّتَقَـٰبِلِينَ

    Wa naza'naa ma fee sudoorihim min ghillin ikhwaanan 'alaa sururim mutaqaabileen

    Ularning dillaridagi g`illi-g`ishtlarni chiqarib tashladik. So`rilarda bir-birlariga boqib, do`st bo`lgan hollarida o`ltirurlar.

  48. 15:48

    لَا يَمَسُّهُمْ فِيهَا نَصَبٌ وَمَا هُم مِّنْهَا بِمُخْرَجِينَ

    Laa yamas suhum feehaa nasabunw wa maa hum minhaa bimukhrajeen

    Ularni u joyda charchoq tutmas va ular undan chiqariluvchi ham emaslar.

  49. 15:49

    ۞ نَبِّئْ عِبَادِىٓ أَنِّىٓ أَنَا ٱلْغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ

    Nabbi' 'ibaadeee annneee anal Ghafoorur Raheem

    Bandalarimga xabar bergil: «Albatta, Mening O`zim g`ofuru rohiymdirman».

  50. 15:50

    وَأَنَّ عَذَابِى هُوَ ٱلْعَذَابُ ٱلْأَلِيمُ

    Wa anna 'azaabee uwal 'azaabul aleem

    Va, albatta, azobim alamli azobdir.

  51. 15:51

    وَنَبِّئْهُمْ عَن ضَيْفِ إِبْرَٰهِيمَ

    Wa nabbi'hum 'an daifi Ibraaheem

    Ularga Ibrohimning mehmonlari xabarini ber.

  52. 15:52

    إِذْ دَخَلُوا۟ عَلَيْهِ فَقَالُوا۟ سَلَـٰمًا قَالَ إِنَّا مِنكُمْ وَجِلُونَ

    Iz dakhaloo 'alaihi faqaaloo salaaman qaala innaa minkum wajiloon

    Ular uning huzuriga kirganlarida: «Salom», dedilar. U: «Albatta, biz sizlardan qo`rqmoqdamiz», dedi.

  53. 15:53

    قَالُوا۟ لَا تَوْجَلْ إِنَّا نُبَشِّرُكَ بِغُلَـٰمٍ عَلِيمٍ

    Qaaloo la tawjal innaa nubashshiruka bighulaamin 'aleem

    Ular: «Qo`rqma, biz senga o`ta bilimdon o`g`ilning xushxabarini beramiz», dedilar.

  54. 15:54

    قَالَ أَبَشَّرْتُمُونِى عَلَىٰٓ أَن مَّسَّنِىَ ٱلْكِبَرُ فَبِمَ تُبَشِّرُونَ

    Qaala abashshartumoonee 'alaaa am massaniyal kibaru fabima tubashshiroon

    U: «Meni keksalik tutganida, xushxabar berasizlarmi? Nimaning xushxabarini beryapsizlar, o`zi?» dedi.

  55. 15:55

    قَالُوا۟ بَشَّرْنَـٰكَ بِٱلْحَقِّ فَلَا تَكُن مِّنَ ٱلْقَـٰنِطِينَ

    Qaaloo bashsharnaaka bilhaqqi falaa takum minal qaaniteen

    Ular: «Biz senga haq ila bashorat berdik. Bas, sen noumid bo`luvchilardan bo`lma», dedilar.

  56. 15:56

    قَالَ وَمَن يَقْنَطُ مِن رَّحْمَةِ رَبِّهِۦٓ إِلَّا ٱلضَّآلُّونَ

    Qaala wa mai yaqnatu mir rahmati Rabbiheee illad daaaloon

    U: «Faqat zalolatga ketgan kishilargina o`z Robbisining rahmatidan noumid bo`lurlar», dedi.

  57. 15:57

    قَالَ فَمَا خَطْبُكُمْ أَيُّهَا ٱلْمُرْسَلُونَ

    Qaala famaa khatbukum aiyuhal mursaloon

    U: «Ey elchilar, nima ish ila yuborildingiz?» dedi.

  58. 15:58

    قَالُوٓا۟ إِنَّآ أُرْسِلْنَآ إِلَىٰ قَوْمٍ مُّجْرِمِينَ

    Qaaloo innaaa ursilnaaa ilaa qawmim mujrimeen

    Ular: «Biz jinoyatchi qavmlarga yuborildik.

  59. 15:59

    إِلَّآ ءَالَ لُوطٍ إِنَّا لَمُنَجُّوهُمْ أَجْمَعِينَ

    Illaaa Aala Loot; innaa lamunajjoohum ajma'een

    Magar Lut ahliga emas. Albatta, biz ularning hammasini qutqarguvchilarmiz.

  60. 15:60

    إِلَّا ٱمْرَأَتَهُۥ قَدَّرْنَآ ۙ إِنَّهَا لَمِنَ ٱلْغَـٰبِرِينَ

    Illam ra atahoo qaddarnaaa innahaa laminal ghaabireen

    Faqat uning xotinigina istisnodir. Uning albatta qoluvchilardan bo`lishini taqdir qildik», dedilar.

  61. 15:61

    فَلَمَّا جَآءَ ءَالَ لُوطٍ ٱلْمُرْسَلُونَ

    Falamma jaaa'a Aala Lootinil mursaloon

    Elchilar Lut ahliga kelganlarida...

  62. 15:62

    قَالَ إِنَّكُمْ قَوْمٌ مُّنكَرُونَ

    Qaala innakum qawmum munkaroon

    U: «Albatta, siz notanish qavmsiz», dedi.

  63. 15:63

    قَالُوا۟ بَلْ جِئْنَـٰكَ بِمَا كَانُوا۟ فِيهِ يَمْتَرُونَ

    Qaaloo bal ji'naaka bimaa kaanoo feehi yamtaroon

    Ular: «Yo`q! Biz senga ular shak qilayotgan narsa ila keldik.

  64. 15:64

    وَأَتَيْنَـٰكَ بِٱلْحَقِّ وَإِنَّا لَصَـٰدِقُونَ

    Wa atainaaka bilhaqqi wa innaa lasaadiqoon

    Senga haq ila keldik va albatta, bizlar rostgo`ylardurmiz.

  65. 15:65

    فَأَسْرِ بِأَهْلِكَ بِقِطْعٍ مِّنَ ٱلَّيْلِ وَٱتَّبِعْ أَدْبَـٰرَهُمْ وَلَا يَلْتَفِتْ مِنكُمْ أَحَدٌ وَٱمْضُوا۟ حَيْثُ تُؤْمَرُونَ

    Fa asri bi ahlika biqit'im minal laili wattabi' adbaarahum wa laa yaltafit minkum ahadunw wamdoo haisu tu'maroon

    Ahling ila kechaning bir bo`lagida yo`lga chiq, sen ularning ortidan kuzatib bor. Sizlardan hech birlaringiz ortga qaramasin. Amr qilingan tomoningizga ketaveringlar», dedilar.

  66. 15:66

    وَقَضَيْنَآ إِلَيْهِ ذَٰلِكَ ٱلْأَمْرَ أَنَّ دَابِرَ هَـٰٓؤُلَآءِ مَقْطُوعٌ مُّصْبِحِينَ

    Wa qadainaaa ilaihi zaalikal amra anna daabira haaa'ulaaa'i maqtoo'um musbiheen

    Va unga ushbu amrni vahiy qildik: «Albatta, anavilarning orqasi subh chog`i kesilajakdir».

  67. 15:67

    وَجَآءَ أَهْلُ ٱلْمَدِينَةِ يَسْتَبْشِرُونَ

    Wa jaaa'a ahlul madeenati yastabshiroon

    Va shahar ahli sevinib, yetib keldilar.

  68. 15:68

    قَالَ إِنَّ هَـٰٓؤُلَآءِ ضَيْفِى فَلَا تَفْضَحُونِ

    Qaala inna haaa'ulaaa'i daifee falaa tafdahoon

    U: «Bular mening mehmonlarim, axir. Meni sharmanda qilmanglar», dedi.

  69. 15:69

    وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَلَا تُخْزُونِ

    Wattaqul laaha wa laa tukhzoon

    Va: «Allohdan qo`rqinglar! Meni xor qilmanglar», dedi.

  70. 15:70

    قَالُوٓا۟ أَوَلَمْ نَنْهَكَ عَنِ ٱلْعَـٰلَمِينَ

    Qaalooo awalam nanhaka 'anil 'aalameen

    Ular: «Biz seni olamlardan qaytarmaganmidik?!» dedilar.

  71. 15:71

    قَالَ هَـٰٓؤُلَآءِ بَنَاتِىٓ إِن كُنتُمْ فَـٰعِلِينَ

    Qaala haaa'ulaaa'i banaateee in kuntum faa'ileen

    U: «Agar (bu ishni) qiluvchi bo`lsangiz, anavu qizlarim bor», dedi.

  72. 15:72

    لَعَمْرُكَ إِنَّهُمْ لَفِى سَكْرَتِهِمْ يَعْمَهُونَ

    La'amruka innahum lafee sakratihim ya'mahoon

    Sening umring ila qasamki, albatta, ular o`z sarxushliklarida tentiramoqdalar.

  73. 15:73

    فَأَخَذَتْهُمُ ٱلصَّيْحَةُ مُشْرِقِينَ

    Fa akhazat humus saihatu mushriqeen

    Bas, ularni quyosh chiqish paytida dahshatli qichqiriq tutdi.

  74. 15:74

    فَجَعَلْنَا عَـٰلِيَهَا سَافِلَهَا وَأَمْطَرْنَا عَلَيْهِمْ حِجَارَةً مِّن سِجِّيلٍ

    Faja'alnaa 'aaliyahaa saafilahaa wa amtamaa 'alaihim hijaaratam min sjijjeel

    Bas, Biz bu(shahar)ning ostini ustin qildik va ular ustiga loyi qotgan toshlar yog`dirdik.

  75. 15:75

    إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَـٰتٍ لِّلْمُتَوَسِّمِينَ

    Inna fee zaalika la Aayaatil lilmutawassimeen

    Albatta, bunda farosatli kishilar uchun oyat-belgilar bordir.

  76. 15:76

    وَإِنَّهَا لَبِسَبِيلٍ مُّقِيمٍ

    Wa innahaa labi sabeelim muqeem

    Albatta, u (shahar) boqiy yo`l ustidadir.

  77. 15:77

    إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً لِّلْمُؤْمِنِينَ

    Inna fee zaalika la Aayatal lilmu'mineen

    Albatta, bunda mo`minlar uchun ibrat bordir.

  78. 15:78

    وَإِن كَانَ أَصْحَـٰبُ ٱلْأَيْكَةِ لَظَـٰلِمِينَ

    Wa in kaana Ashaabul Aikati lazaalimeen

    Albatta, bir-biriga kirishib ketgan daraxtzor egalari zolimlardan bo`lganlar.

  79. 15:79

    فَٱنتَقَمْنَا مِنْهُمْ وَإِنَّهُمَا لَبِإِمَامٍ مُّبِينٍ

    Fantaqamnaa minhum wa innahumaa labi imaamim mubeen

    Bas, Biz ulardan intiqom oldik. Albatta, ularning ikkovlari ham ochiq yo`l ustidadir.

  80. 15:80

    وَلَقَدْ كَذَّبَ أَصْحَـٰبُ ٱلْحِجْرِ ٱلْمُرْسَلِينَ

    Wa laqad kazzaba ashaabul Hijril mursaleen

    Batahqiq, Hijr egalari Payg`ambarlarni yolg`onchiga chiqardilar.

  81. 15:81

    وَءَاتَيْنَـٰهُمْ ءَايَـٰتِنَا فَكَانُوا۟ عَنْهَا مُعْرِضِينَ

    Wa aatainaahum Aayaatinaa fakaanoo 'anhaa mu'rideen

    Va ularga oyatlarimizni berdik. Bas, yuz o`giruvchi bo`ldilar.

  82. 15:82

    وَكَانُوا۟ يَنْحِتُونَ مِنَ ٱلْجِبَالِ بُيُوتًا ءَامِنِينَ

    Wa kaanoo yanhitoona minal jibaali buyootan aamineen

    Ular tog`dan o`yib uy yasab, omonlikda yurar edilar.

  83. 15:83

    فَأَخَذَتْهُمُ ٱلصَّيْحَةُ مُصْبِحِينَ

    Fa akhazat humus saihatu musbiheen

    Bas, subhidam chog`ida ularni qattiq qichqiriq tutdi.

  84. 15:84

    فَمَآ أَغْنَىٰ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ

    Famaaa aghnaa 'anhum maa kaanoo yaksiboon

    Qilgan kasblari ularga biron foyda bermadi.

  85. 15:85

    وَمَا خَلَقْنَا ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَآ إِلَّا بِٱلْحَقِّ ۗ وَإِنَّ ٱلسَّاعَةَ لَـَٔاتِيَةٌ ۖ فَٱصْفَحِ ٱلصَّفْحَ ٱلْجَمِيلَ

    Wa maa khalaqnas samaawaati wal arda wa maa bainahumaaa illaa bilhaqq; wa innas Saa'ata la aatiyatun fasfahis safhal jameel

    Biz osmonlaru yerni va ulardagi narsalarni haq ila yaratdik. Albatta, qiyomat kelguvchidir. Bas, sen go`zal shaklda yuz o`gir.

  86. 15:86

    إِنَّ رَبَّكَ هُوَ ٱلْخَلَّـٰقُ ٱلْعَلِيمُ

    Inna Rabbaka Huwal khallaaqul 'aleem

    Albatta, Robbing yaratguvchi va bilguvchi Zotdir.

  87. 15:87

    وَلَقَدْ ءَاتَيْنَـٰكَ سَبْعًا مِّنَ ٱلْمَثَانِى وَٱلْقُرْءَانَ ٱلْعَظِيمَ

    Wa laqad aatainaaka sab'am mnal masaanee wal Qur-aanal 'azeem

    Va, batahqiq, senga yetti takrorlanuvchini va Ulug` Qur'onni berdik.

  88. 15:88

    لَا تَمُدَّنَّ عَيْنَيْكَ إِلَىٰ مَا مَتَّعْنَا بِهِۦٓ أَزْوَٰجًا مِّنْهُمْ وَلَا تَحْزَنْ عَلَيْهِمْ وَٱخْفِضْ جَنَاحَكَ لِلْمُؤْمِنِينَ

    Laa tamuddanna 'ainaika ilaa maa matta 'naa biheee azwaajam minhum wa laa tahzan 'alaihim wakhfid janaahaka lilmu 'mineen

    Biz ulardan ba'zi guruhlarni bahramand qilgan narsalarga (havas-la) nazar solma! Ular uchun xafa ham bo`lma! Mo`minlarga qanotingni pastlat!

  89. 15:89

    وَقُلْ إِنِّىٓ أَنَا ٱلنَّذِيرُ ٱلْمُبِينُ

    Wa qul inneee anan nazeerul mubeen

    Va: «Albatta, men ochiq-oydin ogohlantirguvchiman», deb ayt.

  90. 15:90

    كَمَآ أَنزَلْنَا عَلَى ٱلْمُقْتَسِمِينَ

    Kamaaa anzalnaa 'alal muqtasimeen

    Xuddi taqsimlovchilarga tushirganimizga o`xshash.

  91. 15:91

    ٱلَّذِينَ جَعَلُوا۟ ٱلْقُرْءَانَ عِضِينَ

    Allazeena ja'alul Quraana'ideen

    Qur'onni parcha-parcha qilganlarga.

  92. 15:92

    فَوَرَبِّكَ لَنَسْـَٔلَنَّهُمْ أَجْمَعِينَ

    Fawa Rabbika lanas'a lannahum ajma'een

    Bas, Robbing ila qasamki, albatta, ularning hammasidan so`rarmiz.

  93. 15:93

    عَمَّا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    'Ammaa kaanoo ya'maloon

    Qilib yurgan ishlari haqida.

  94. 15:94

    فَٱصْدَعْ بِمَا تُؤْمَرُ وَأَعْرِضْ عَنِ ٱلْمُشْرِكِينَ

    Fasda' bimaa tu'maru wa a'rid anil mushrikeen

    Bas, senga amr etilgan narsani yuzaga chiqar va mushriklardan yuz o`gir.

  95. 15:95

    إِنَّا كَفَيْنَـٰكَ ٱلْمُسْتَهْزِءِينَ

    Innaa kafainaakal mustahzi'een

    Albatta, Biz senga istehzo qiluvchilardan kifoya qilurmiz.

  96. 15:96

    ٱلَّذِينَ يَجْعَلُونَ مَعَ ٱللَّهِ إِلَـٰهًا ءَاخَرَ ۚ فَسَوْفَ يَعْلَمُونَ

    Allazeena yaj'aloona ma'al laahi ilaahan aakhar; fasawfa ya'lamoon

    Ular Alloh bilan birga boshqa iloh (sherik) qilurlar. Bas, tezda bilurlar.

  97. 15:97

    وَلَقَدْ نَعْلَمُ أَنَّكَ يَضِيقُ صَدْرُكَ بِمَا يَقُولُونَ

    Wa laqad na'lamu annak yadeequ sadruka bimaa yaqooloon

    Albatta, Biz ularning aytayotganlaridan sening diling siqilishini yaxshi bilurmiz.

  98. 15:98

    فَسَبِّحْ بِحَمْدِ رَبِّكَ وَكُن مِّنَ ٱلسَّـٰجِدِينَ

    Fasbbih bihamdi Rabbika wa kum minas saajideen

    Bas, Robbing hamdi ila tasbih ayt va sajda qilguvchilardan bo`l.

  99. 15:99

    وَٱعْبُدْ رَبَّكَ حَتَّىٰ يَأْتِيَكَ ٱلْيَقِينُ

    Wa'bud Rabbaka hattaa yaatiyakal yaqeen

    Va senga aniq narsa (o`lim) kelgunicha Robbingga ibodat qil.

Manbalar

  • Maʼnolar tarjimasi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
  • Qiroat: Mishari Roshid al-Afasiy, mp3quran.net.
  • Transliteratsiya faqat oʻqishga yordamchi. Toʻgʻri talaffuzni qorining qiroatidan yoki ustozdan oʻrganing.

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ

«Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!» — Qamar surasi, 54:17

Bugun bitta oyatdan boshlang.