Gʻoshiya surasini qanday yod olish mumkin
«Qoplovchi»
- 88-sura
- 26 oyat
- Makkiy
- Mushafning 592-sahifasi
الغاشية
Ilova oʻrnatilgan boʻlsa, uni ochadi, aks holda App Store / Google Play’ni ochadi.
Surani toʻliq tinglang
Qori: Mishari Roshid al-Afasiy
Qancha vaqt kerak
Har kuni ushlab tura oladigan surʼatni tanlang:
| Kuniga 1 oyat | 26 kun |
| Kuniga 3 oyat | 9 kun |
| Kuniga 5 oyat | 6 kun |
Oyatma-oyat qanday yod olish kerak
- Avval tinglangOyatni bir necha marta qoʻying va arabcha matnni koʻzingiz bilan kuzatib boring.
- Ovoz chiqarib takrorlangTilingizga oson kelguncha qayta-qayta ayting. Qaree har bir takrorni sanaydi.
- Yoddan oʻqingMatnga qaramay oʻqing. Qaree’ning tilovat rejimi sizni tinglaydi va xato qilgan soʻzlaringizni belgilaydi.
- Ulang va takrorlangYangi oyatni oldingilari bilan birga oʻqing, ertasi kuni esa surani yana bir bor takrorlang.
Gʻoshiya surasi: arabcha matni, transliteratsiyasi va tarjimasi
-
88:1
هَلْ أَتَىٰكَ حَدِيثُ ٱلْغَـٰشِيَةِ
Hal ataaka hadeesul ghaashiyah
Batahqiq, senga g`oshiya xabari keldi.
-
88:2
وُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ خَـٰشِعَةٌ
Wujoohuny yawma 'izin khaashi'ah
O`shal kunda bir chehralar qo`rqinch bilan to`ladir.
-
88:3
عَامِلَةٌ نَّاصِبَةٌ
'Aamilatun naasibah
Ular ish bajaruvchidir va nihoyatda charchagandir.
-
88:4
تَصْلَىٰ نَارًا حَامِيَةً
Taslaa naaran haamiyah
O`ta qizib turgan olovga kiradir.
-
88:5
تُسْقَىٰ مِنْ عَيْنٍ ءَانِيَةٍ
Tusqaa min 'aynin aaniyah
Ular qaynab turgan buloqdan sug`oriladir.
-
88:6
لَّيْسَ لَهُمْ طَعَامٌ إِلَّا مِن ضَرِيعٍ
Laisa lahum ta'aamun illaa min daree'
Ularga tikandan boshqa taom yo`qdir.
-
88:7
لَّا يُسْمِنُ وَلَا يُغْنِى مِن جُوعٍ
Laa yusminu wa laa yughnee min joo'
U na semirtirmas va na ochlikni ketkazmasdir.
-
88:8
وُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ نَّاعِمَةٌ
Wujoohuny yawma 'izin naa'imah
O`shal kunda bir chehralar ne'mat xursandligi bilan to`ladir.
-
88:9
لِّسَعْيِهَا رَاضِيَةٌ
Lisa'yihaa raadiyah
Ular o`z ishlaridan rozidir.
-
88:10
فِى جَنَّةٍ عَالِيَةٍ
Fee jannatin 'aaliyah
Ular oliy darajali jannatdadir.
-
88:11
لَّا تَسْمَعُ فِيهَا لَـٰغِيَةً
Laa tasma'u feehaa laaghiyah
Unda bekorchi gaplarni eshitmaslar.
-
88:12
فِيهَا عَيْنٌ جَارِيَةٌ
Feehaa 'aynun jaariyah
Unda oqib turgan buloqlar bordir.
-
88:13
فِيهَا سُرُرٌ مَّرْفُوعَةٌ
Feehaa sururum marfoo'ah
Unda baland-baland so`rilar bordir.
-
88:14
وَأَكْوَابٌ مَّوْضُوعَةٌ
Wa akwaabum mawdoo 'ah
Va tayyorlab qo`yilgan qadahlar bordir.
-
88:15
وَنَمَارِقُ مَصْفُوفَةٌ
Wa namaariqu masfoofah
Va saf-saf qilib tizilgan yostiqlar bordir.
-
88:16
وَزَرَابِىُّ مَبْثُوثَةٌ
Wa zaraabiyyu mabsoosah
Hamma yoqqa to`shalgan gilamlar bordir.
-
88:17
أَفَلَا يَنظُرُونَ إِلَى ٱلْإِبِلِ كَيْفَ خُلِقَتْ
Afalaa yanzuroona ilalibili kaifa khuliqat
Ular nazar solmasmi: Tuyaning qanday yaratilganiga?
-
88:18
وَإِلَى ٱلسَّمَآءِ كَيْفَ رُفِعَتْ
Wa ilas samaaa'i kaifa rufi'at
Va osmonning qandoq ko`tarilganiga?
-
88:19
وَإِلَى ٱلْجِبَالِ كَيْفَ نُصِبَتْ
Wa ilal jibaali kaifa nusibat
Va tog`larning qandoq o`rnashtirilganiga?
-
88:20
وَإِلَى ٱلْأَرْضِ كَيْفَ سُطِحَتْ
Wa ilal ardi kaifa sutihat
Va yerning qandoq tekislab qo`yilganiga?
-
88:21
فَذَكِّرْ إِنَّمَآ أَنتَ مُذَكِّرٌ
Fazakkir innama anta Muzakkir
Bas, eslatgin, sen, albatta, eslatuvchidirsan.
-
88:22
لَّسْتَ عَلَيْهِم بِمُصَيْطِرٍ
Lasta 'alaihim bimusaitir
Sen ularning ustidan hukmingni o`tkazuvchi emassan.
-
88:23
إِلَّا مَن تَوَلَّىٰ وَكَفَرَ
Illaa man tawallaa wa kafar
Illo, kim yuz o`girsa va kofir bo`lsa...
-
88:24
فَيُعَذِّبُهُ ٱللَّهُ ٱلْعَذَابَ ٱلْأَكْبَرَ
Fa yu'azzibuhul laahul 'azaabal akbar
Bas, uni Alloh katta azob bilan azoblaydir.
-
88:25
إِنَّ إِلَيْنَآ إِيَابَهُمْ
Innaa ilainaaa iyaabahum
Albatta, ularning qaytishi Bizgadir.
-
88:26
ثُمَّ إِنَّ عَلَيْنَا حِسَابَهُم
Summa inna 'alainaa hisaabahum
So`ngra, albatta, ularning hisob-kitobi ham Bizda bo`ladir.
Manbalar
- Maʼnolar tarjimasi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
- Qiroat: Mishari Roshid al-Afasiy, mp3quran.net.
- Transliteratsiya faqat oʻqishga yordamchi. Toʻgʻri talaffuzni qorining qiroatidan yoki ustozdan oʻrganing.
وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ
«Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!» — Qamar surasi, 54:17