1. Qaree
  2. Suralar
  3. Hud surasi

Hud surasini qanday yod olish mumkin

  • 11-sura
  • 123 oyat
  • Makkiy
  • Mushafning 221–235-sahifalari

هود

Hud surasini Qaree’da yod olish

Ilova oʻrnatilgan boʻlsa, uni ochadi, aks holda App Store / Google Play’ni ochadi.

Surani toʻliq tinglang

Qori: Mishari Roshid al-Afasiy

Qancha vaqt kerak

Har kuni ushlab tura oladigan surʼatni tanlang:

Kuniga 1 oyat123 kun
Kuniga 3 oyat41 kun
Kuniga 5 oyat25 kun

Oyatma-oyat qanday yod olish kerak

  1. Avval tinglangOyatni bir necha marta qoʻying va arabcha matnni koʻzingiz bilan kuzatib boring.
  2. Ovoz chiqarib takrorlangTilingizga oson kelguncha qayta-qayta ayting. Qaree har bir takrorni sanaydi.
  3. Yoddan oʻqingMatnga qaramay oʻqing. Qaree’ning tilovat rejimi sizni tinglaydi va xato qilgan soʻzlaringizni belgilaydi.
  4. Ulang va takrorlangYangi oyatni oldingilari bilan birga oʻqing, ertasi kuni esa surani yana bir bor takrorlang.

Hud surasi: arabcha matni, transliteratsiyasi va tarjimasi

  1. 11:1

    الٓر ۚ كِتَـٰبٌ أُحْكِمَتْ ءَايَـٰتُهُۥ ثُمَّ فُصِّلَتْ مِن لَّدُنْ حَكِيمٍ خَبِيرٍ

    Alif-Laaam-Raa; Kitaabun uhkimat Aayaatuhoo summa fussilat mil ladun Hakeemin Khabeer

    Alif. Laam. Ro. (Ushbu) kitob oyatlari mahkam qilingan, so`ngra hikmatli va xabardor Zot tomonidan mufassal (bayon) qilingandir.

  2. 11:2

    أَلَّا تَعْبُدُوٓا۟ إِلَّا ٱللَّهَ ۚ إِنَّنِى لَكُم مِّنْهُ نَذِيرٌ وَبَشِيرٌ

    Allaa ta'budooo illal laah; innanee lakum minhu nazeerunw wa basheer

    Allohdan o`zgaga ibodat qilmasligingiz uchundir. Albatta, men sizlarga Undan kelgan ogohlantiruvchi va xushxabarchiman.

  3. 11:3

    وَأَنِ ٱسْتَغْفِرُوا۟ رَبَّكُمْ ثُمَّ تُوبُوٓا۟ إِلَيْهِ يُمَتِّعْكُم مَّتَـٰعًا حَسَنًا إِلَىٰٓ أَجَلٍ مُّسَمًّى وَيُؤْتِ كُلَّ ذِى فَضْلٍ فَضْلَهُۥ ۖ وَإِن تَوَلَّوْا۟ فَإِنِّىٓ أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ كَبِيرٍ

    Wa anis taghfiroo Rabbakum summa toobooo ilaihi yumatti'kum mataa'an hasanan ilaaa ajalim musammanw wa yu'ti kulla zee fadlin fadlahoo wa in tawallaw fa inneee akhaafu 'alaikum 'azaaba Yawmin Kabeer

    Robbingizga istig`for aytinglar, so`ngra Unga tavba qilinglar. (Shunda) U zot sizlarni ma'lum muddatgacha yaxshi rohatlar ila bahramand qilur va har bir fazl egasiga fazlini berur. Agar yuz o`girib ketsangiz, bas, albatta, men sizlarga ulug` kunning azobi bo`lishidan qo`rqaman.

  4. 11:4

    إِلَى ٱللَّهِ مَرْجِعُكُمْ ۖ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ

    Ilal laahi marji'ukum wa Huwa 'alaa kulli shai'in Qadeer

    Allohning O`ziga qaytishingiz bor. U har bir narsaga qodir Zotdir.

  5. 11:5

    أَلَآ إِنَّهُمْ يَثْنُونَ صُدُورَهُمْ لِيَسْتَخْفُوا۟ مِنْهُ ۚ أَلَا حِينَ يَسْتَغْشُونَ ثِيَابَهُمْ يَعْلَمُ مَا يُسِرُّونَ وَمَا يُعْلِنُونَ ۚ إِنَّهُۥ عَلِيمٌۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ

    Alaa innahum yasnoona sudoorahum liyastakhfoo minh; alaa heena yastaghshoona siyaabahum ya'lamu maa yusiroona wa maa yu'linoon; innahoo 'aleemum bizaatis sudoor

    Ogoh bo`lingkim, albatta, ular Undan yashirinish uchun ko`ksilariga (boshlarini) egarlar. Ogoh bo`lingkim, kiyimlariga o`ralgan chog`larida ham, U zot nimani sir tutayotganlariniyu nimani oshkor qilayotganlarini bilar. Albatta, U — qalblardagi bor narsalarni bilguvchi Zotdir.

  6. 11:6

    ۞ وَمَا مِن دَآبَّةٍ فِى ٱلْأَرْضِ إِلَّا عَلَى ٱللَّهِ رِزْقُهَا وَيَعْلَمُ مُسْتَقَرَّهَا وَمُسْتَوْدَعَهَا ۚ كُلٌّ فِى كِتَـٰبٍ مُّبِينٍ

    Wa maa min daaabbatin fil ardi illaa 'alal laahi rizquhaa wa ya'lamu mustaqarrahaa wa mustawda'ahaa; kullun fee Kitaabim Mubeen

    Yer yuzida o`rmalagan narsa borki, ularning rizqi Allohning zimmasidadir. U ularning turar joylarini ham, borar joylarini ham bilur. Hammasi ochiq-oydin kitobdadir.

  7. 11:7

    وَهُوَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ فِى سِتَّةِ أَيَّامٍ وَكَانَ عَرْشُهُۥ عَلَى ٱلْمَآءِ لِيَبْلُوَكُمْ أَيُّكُمْ أَحْسَنُ عَمَلًا ۗ وَلَئِن قُلْتَ إِنَّكُم مَّبْعُوثُونَ مِنۢ بَعْدِ ٱلْمَوْتِ لَيَقُولَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِنْ هَـٰذَآ إِلَّا سِحْرٌ مُّبِينٌ

    Wa Huwal lazee khalaqas samaawaati wal alrda fee sittati aiyaaminw wa kaana 'Arshuhoo alal maaa'i liyablu wakum aiyukum ahsanu 'amalaa; wa la'in qulta innakum mab'oosoona mim ba'dil mawti la yaqoolanal lazeena kafaroo in haazaaa illaa sihrum mubeen

    U sizlardan qaysingizning amali yaxshiroq ekanini sinab ko`rish uchun olti kunda osmonlaru yerni yaratdi. O`shanda Arshi suv ustida edi. Agar sen: «Sizlar o`limdan keyin albatta qayta tiriltirilasizlar», desang, kufr keltirganlar, albatta: «Bu ochiq-oydin sehrdan o`zga narsa emas», derlar.

  8. 11:8

    وَلَئِنْ أَخَّرْنَا عَنْهُمُ ٱلْعَذَابَ إِلَىٰٓ أُمَّةٍ مَّعْدُودَةٍ لَّيَقُولُنَّ مَا يَحْبِسُهُۥٓ ۗ أَلَا يَوْمَ يَأْتِيهِمْ لَيْسَ مَصْرُوفًا عَنْهُمْ وَحَاقَ بِهِم مَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ

    Wala'in akhkharnaa 'anhumul 'azaaba ilaaa ummatim ma'doodatil la yaqoolunna maa yahbisuh; alaa yawma yaateehim laisa masroofan 'anhum wa haaqa bihim maa kaanoo bihee yastahzi'oon

    Agar Biz ulardan ma'lum muddatgacha azobni kechiktirsak, ular albatta: «Uni nima to`xtatib turibdi?» derlar. Ogoh bo`linglarkim, u kelgan kunda ulardan qaytarilmas va ularni o`zlari istehzo qilib yurgan narsa o`rab olur.

  9. 11:9

    وَلَئِنْ أَذَقْنَا ٱلْإِنسَـٰنَ مِنَّا رَحْمَةً ثُمَّ نَزَعْنَـٰهَا مِنْهُ إِنَّهُۥ لَيَـُٔوسٌ كَفُورٌ

    Wa la'in azaqnal insaana minnaa rahmatan summa naza'naahaa minhu, innahoo laya'oosun kafoor

    Agar insonga O`z tomonimizdan rohatni tottirib, so`ngra undan uni tortib olsak, u albatta noumid va noshukr bo`lur.

  10. 11:10

    وَلَئِنْ أَذَقْنَـٰهُ نَعْمَآءَ بَعْدَ ضَرَّآءَ مَسَّتْهُ لَيَقُولَنَّ ذَهَبَ ٱلسَّيِّـَٔاتُ عَنِّىٓ ۚ إِنَّهُۥ لَفَرِحٌ فَخُورٌ

    Wala'in azaqnaahu na'maaa'a ba'da darraaa'a massat hu la yaqoolanna zahabas saiyiaatu 'anneee; innahoo lafarihun fakhoor

    Agar unga yetgan qiyinchiliklardan so`ng ne'mat tottirsak, albatta: «Mendan yomonliklar ketdi», deydi. Albatta, u xursand va faxrlidir.

  11. 11:11

    إِلَّا ٱلَّذِينَ صَبَرُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ أُو۟لَـٰٓئِكَ لَهُم مَّغْفِرَةٌ وَأَجْرٌ كَبِيرٌ

    Illal lazeena sabaroo wa 'amilus saalihaati ulaaa'ika lahum maghfiratunw wa ajrun kabeer

    Magar sabr qilganlar va yaxshi amallar qilganlar, ana o`shalarga mag`firat va katta ajr bor.

  12. 11:12

    فَلَعَلَّكَ تَارِكٌۢ بَعْضَ مَا يُوحَىٰٓ إِلَيْكَ وَضَآئِقٌۢ بِهِۦ صَدْرُكَ أَن يَقُولُوا۟ لَوْلَآ أُنزِلَ عَلَيْهِ كَنزٌ أَوْ جَآءَ مَعَهُۥ مَلَكٌ ۚ إِنَّمَآ أَنتَ نَذِيرٌ ۚ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ وَكِيلٌ

    Fala'allaka taarikum ba'da maa yoohaaa ilaika wa daaa'iqum bihee sadruka ai yaqooloo law laaa unzila 'alaihi kanzun aw jaaa'a ma'ahoo malak; innamaa anta nazeer; wallaahu 'alaa kulli shai'inw wakeel

    Ehtimol, sen ularning: «Unga xazina tushirilsa edi» yoki «U bilan birga farishta kelsa edi», deganlari uchun o`zingga vahiy qilingan narsaning ba'zisini tark qilmoqchi bo`larsan yoki undan yuraging siqilar. Sen ogohlantiruvchisan, xolos. Allohning O`zi hamma narsaga vakildir.

  13. 11:13

    أَمْ يَقُولُونَ ٱفْتَرَىٰهُ ۖ قُلْ فَأْتُوا۟ بِعَشْرِ سُوَرٍ مِّثْلِهِۦ مُفْتَرَيَـٰتٍ وَٱدْعُوا۟ مَنِ ٱسْتَطَعْتُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ

    Am yaqooloonaf taraahu qul faatoo bi'ashri Suwarim mislihee muftarayaatinw wad'oo manis tata'tum min doonil laahi in kuntum saadiqeen

    Yoki: «O`zi to`qib oldi», derlarmi? Sen: «Bas, agar rostgo`y bo`lsalaringiz, Allohdan boshqa kimni chaqirishga qodir bo`lsangiz, chaqirib, bunga o`xshash o`nta to`qilgan sura keltiring-chi», degin.

  14. 11:14

    فَإِلَّمْ يَسْتَجِيبُوا۟ لَكُمْ فَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّمَآ أُنزِلَ بِعِلْمِ ٱللَّهِ وَأَن لَّآ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ ۖ فَهَلْ أَنتُم مُّسْلِمُونَ

    Fa il lam yastajeeboo lakum fa'lamooo annamaaa unzilla bi'ilmil laahi wa al laaa ilaaha illaa Huwa fahal antum muslimoon

    Agar javob bera olmasalar, bas, bilingki, u faqatgina Allohning ilmi ila nozil qilingandir. Undan o`zga biron iloh yo`qdir. Endi musulmon bo`larsizlar?!

  15. 11:15

    مَن كَانَ يُرِيدُ ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا وَزِينَتَهَا نُوَفِّ إِلَيْهِمْ أَعْمَـٰلَهُمْ فِيهَا وَهُمْ فِيهَا لَا يُبْخَسُونَ

    Man kaana yureedul hayaatad dunyaa zeenatahaa nuwaffi ilaihim a'maa lahum feehaa wa hum feehaa laa yubkhasoon

    Kimki bu dunyo hayotini va uning ziynatini xohlasa, bu boradagi amallari(samarasi)ni to`liq beramiz. Ular bunda kamsitilmaslar.

  16. 11:16

    أُو۟لَـٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ لَيْسَ لَهُمْ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ إِلَّا ٱلنَّارُ ۖ وَحَبِطَ مَا صَنَعُوا۟ فِيهَا وَبَـٰطِلٌ مَّا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ

    Ulaaa'ikal lazeena laisa lahum fil Aakhirati illan Naaru wa habita maa sana'oo feehaa wa baatilum maa kaanoo ya'maloon

    Ana o`shalarga oxiratda do`zax olovidan boshqa hech vaqo yo`qdir. Bu dunyoda qilgan ishlari habata bo`ldi va qilgan amallari botil bo`ldi.

  17. 11:17

    أَفَمَن كَانَ عَلَىٰ بَيِّنَةٍ مِّن رَّبِّهِۦ وَيَتْلُوهُ شَاهِدٌ مِّنْهُ وَمِن قَبْلِهِۦ كِتَـٰبُ مُوسَىٰٓ إِمَامًا وَرَحْمَةً ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ يُؤْمِنُونَ بِهِۦ ۚ وَمَن يَكْفُرْ بِهِۦ مِنَ ٱلْأَحْزَابِ فَٱلنَّارُ مَوْعِدُهُۥ ۚ فَلَا تَكُ فِى مِرْيَةٍ مِّنْهُ ۚ إِنَّهُ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكَ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يُؤْمِنُونَ

    Afaman kaana 'alas baiyinatim mir Rabbihee wa yatloohu shaahidum minhu wa min qablihee Kitaabu Moosaaa imaamanw wa rahmah; ulaaa 'ika yu'minoona bih; wa mai yakfur bihee minal Ahzaabi fan Naaru maw'iduh; falaa taku fee miryatim minh; innahul haqqu mir Rabbika wa laakinna aksaran naasi laa yu'minoon

    O`z Robbidan aniq hujjatga ega bo`lgan, unga O`sha (Robb)ning O`zidan guvoh ergashgan va u(guvoh)dan oldin Musoning kitobi imom va rahmat holida unga (shohid) bo`lgan kishiga(kufr keltiradilar)mi? Ana o`shalar u(shohid)ga iymon keltirurlar. Guruhlardan kim unga kufr keltirsa, unga va'da qilingan joy jahannamdir. Sen u haqda shak-shubhada bo`lma! Albatta, u Robbingdan kelgan haqdir. Lekin odamlarning ko`plari iymon keltirmaslar.

  18. 11:18

    وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ يُعْرَضُونَ عَلَىٰ رَبِّهِمْ وَيَقُولُ ٱلْأَشْهَـٰدُ هَـٰٓؤُلَآءِ ٱلَّذِينَ كَذَبُوا۟ عَلَىٰ رَبِّهِمْ ۚ أَلَا لَعْنَةُ ٱللَّهِ عَلَى ٱلظَّـٰلِمِينَ

    Wa man azlamu mimmanif taraa 'alal laahi kazibaa; ulaaa'ika yu'radoona 'alaa Rabbihim wa yaqoolul ashhaa duhaaa'ulaaa'il lazeena kazaboo 'alaa Rabbihim; alaa la'natul laahi alaz zaalimeen

    Allohga nisbatan yolg`on to`qigan kimsadan ham zolimroq odam bormi? Ana o`shalar Robbilariga ro`baro` qilinurlar va guvohlar: «Anavilar Robbilari sha'niga yolg`on gapirganlardir. Ogoh bo`lingkim, Allohning la'nati zolimlargadir», derlar.

  19. 11:19

    ٱلَّذِينَ يَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ وَيَبْغُونَهَا عِوَجًا وَهُم بِٱلْـَٔاخِرَةِ هُمْ كَـٰفِرُونَ

    Allazeena yasuddoona 'an sabeelil laahi wa yabghoonahaa 'iwajanw wa hum bil Aakhiratihum kaafiroon

    Ular Allohning yo`lidan to`sarlar va uning egri bo`lishini xohlarlar hamda ular oxiratga kufr keltiruvchi kimsalardir.

  20. 11:20

    أُو۟لَـٰٓئِكَ لَمْ يَكُونُوا۟ مُعْجِزِينَ فِى ٱلْأَرْضِ وَمَا كَانَ لَهُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ مِنْ أَوْلِيَآءَ ۘ يُضَـٰعَفُ لَهُمُ ٱلْعَذَابُ ۚ مَا كَانُوا۟ يَسْتَطِيعُونَ ٱلسَّمْعَ وَمَا كَانُوا۟ يُبْصِرُونَ

    Ulaaa'ika lam yakoonoo mu'jizeena fil ardi wa maa kaana lahum min doonil laahi min awliyaaa'; yudaa'afu lahumul 'azaab; maa kaanoo yastatee'oonas sam'a wa maa kaanoo yubsiroon

    Ana o`shalar yer yuzida qochib qutuluvchi bo`la olmadilar, ularga Allohdan o`zga do`st ham bo`lmadi, azob bir necha barobar qilinur. Ular eshitishga qodir bo`la olmadilar va ko`ra olmadilar ham.

  21. 11:21

    أُو۟لَـٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ

    Ulaaa'ikal lazeena khasirooo anfusahum wa dalla 'anhum maa kaanoo yaftaroon

    Ana o`shalar o`zlariga ziyon qilganlardir va to`qigan narsalari ulardan g`oyib bo`ldi.

  22. 11:22

    لَا جَرَمَ أَنَّهُمْ فِى ٱلْـَٔاخِرَةِ هُمُ ٱلْأَخْسَرُونَ

    Laa jarama annahum fil Aakhirati humul akhsaroon

    Shak-shubhasiz, albatta, ular oxiratda yana ham ko`proq ziyon ko`rguvchilardir.

  23. 11:23

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ وَأَخْبَتُوٓا۟ إِلَىٰ رَبِّهِمْ أُو۟لَـٰٓئِكَ أَصْحَـٰبُ ٱلْجَنَّةِ ۖ هُمْ فِيهَا خَـٰلِدُونَ

    Innal lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati wa akhbatooo ilaa Rabbihim ulaaa'ika Ashaabul Jannati hum feehaa khaalidoon

    Albatta, iymon keltirganlar, yaxshi amallar qilganlar va Robbilariga ishonch ila bo`yinsunganlar, ana o`shalar, jannat egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.

  24. 11:24

    ۞ مَثَلُ ٱلْفَرِيقَيْنِ كَٱلْأَعْمَىٰ وَٱلْأَصَمِّ وَٱلْبَصِيرِ وَٱلسَّمِيعِ ۚ هَلْ يَسْتَوِيَانِ مَثَلًا ۚ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ

    Masalul fareeqini kal a'maa wal asammi walbaseeri wassamee'; hal yastawiyaani masalaa; afalaa tazakkaroon

    Bu ikki guruhning misoli xuddi karu ko`r hamda eshituvchi va ko`ruvchiga o`xshaydir. Ular bir-birlariga barobar bo`la oladilarmi? Ibrat olmaysizlarmi?

  25. 11:25

    وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا نُوحًا إِلَىٰ قَوْمِهِۦٓ إِنِّى لَكُمْ نَذِيرٌ مُّبِينٌ

    Wa laqad arsalnaa Noohan ilaa qawmihee innee lakum nazeerum mubeen

    Albatta, Biz Nuhni o`z qavmiga: «Albatta, men sizlarga ochiq-oydin ogohlantiruvchiman.

  26. 11:26

    أَن لَّا تَعْبُدُوٓا۟ إِلَّا ٱللَّهَ ۖ إِنِّىٓ أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ أَلِيمٍ

    Al laa ta'budooo illal laaha inneee akhaafu 'alaikum 'azaaba Yawmin aleem

    Allohdan o`zgaga hech ibodat qilmanglar, albatta, men sizlarga alamli kun azobi bo`lishidan qo`rqaman», dedirib yubordik.

  27. 11:27

    فَقَالَ ٱلْمَلَأُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِن قَوْمِهِۦ مَا نَرَىٰكَ إِلَّا بَشَرًا مِّثْلَنَا وَمَا نَرَىٰكَ ٱتَّبَعَكَ إِلَّا ٱلَّذِينَ هُمْ أَرَاذِلُنَا بَادِىَ ٱلرَّأْىِ وَمَا نَرَىٰ لَكُمْ عَلَيْنَا مِن فَضْلٍۭ بَلْ نَظُنُّكُمْ كَـٰذِبِينَ

    Faqaalal mala ul lazeena kafaroo min qawmihee ma naraaka illaa basharam mislanaa wa maa naraakat taba'aka illal lazeena hum araazilunaa baadiyar raayi wa maa naraa lakum 'alainaa min fadlim bal nazunnukum kaazibeen

    Uning qavmidan kufr keltirgan zodagonlar: «Biz sening ham faqat o`zimizga o`xshagan odam ekaningni ko`ryapmiz, senga ichimizdan esi past pastkashlarimizgina ergashayotganini ko`ryapmiz, sizlarning bizdan ustun fazlingizni ko`rmayapmiz, balki sizlarni yolg`onchi deb o`ylayapmiz», dedilar.

  28. 11:28

    قَالَ يَـٰقَوْمِ أَرَءَيْتُمْ إِن كُنتُ عَلَىٰ بَيِّنَةٍ مِّن رَّبِّى وَءَاتَىٰنِى رَحْمَةً مِّنْ عِندِهِۦ فَعُمِّيَتْ عَلَيْكُمْ أَنُلْزِمُكُمُوهَا وَأَنتُمْ لَهَا كَـٰرِهُونَ

    Qaala yaa qawmi ara'aitum in kuntu 'alaa baiyinatim mir Rabbee wa aataanee rahmatam min 'indihee fa'um miyat 'alaikum anulzimuku moohaa wa antum lahaa kaarihoon

    U: «Ey qavmim, ayting-chi, agar men Robbimdan aniq hujjatga ega bo`lgan bo`lsam va U menga O`z huzuridan rahmat bergan bo`lsa-yu, sizga maxfiy qolgan bo`lsa, uni sizga, agar yoqtirmasangiz ham, majburlaymizmi?!» dedi.

  29. 11:29

    وَيَـٰقَوْمِ لَآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ مَالًا ۖ إِنْ أَجْرِىَ إِلَّا عَلَى ٱللَّهِ ۚ وَمَآ أَنَا۠ بِطَارِدِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ ۚ إِنَّهُم مُّلَـٰقُوا۟ رَبِّهِمْ وَلَـٰكِنِّىٓ أَرَىٰكُمْ قَوْمًا تَجْهَلُونَ

    Wa yaa qawmi laaa as'alukum 'alaihi maalan in ajriya illaa 'alal laah; wa maaa ana bitaaridil lazeena aamanoo; innahum mulaaqoo Rabbihim wa laakinneee araakum qawman tajhaloon

    «Ey qavmim, bu (da'vatim) uchun sizdan mol so`ramasman. Mening ajrim faqat Allohning zimmasida. Men iymon keltirganlarni quvlovchi emasman. Albatta, ular Robbilariga ro`baro` bo`luvchilardir. Ammo men sizlarning johil qavm ekaningizni ko`rmoqdaman.

  30. 11:30

    وَيَـٰقَوْمِ مَن يَنصُرُنِى مِنَ ٱللَّهِ إِن طَرَدتُّهُمْ ۚ أَفَلَا تَذَكَّرُونَ

    Wa yaa qawmi mai yansurunee minal laahi in tarattuhum; afalaa tazak karoon

    Ey qavmim, agar ularni quvsam, kim menga Alloh(azobi)dan (qutulishga) yordam beradi? O`ylab ko`rmaysizlarmi?

  31. 11:31

    وَلَآ أَقُولُ لَكُمْ عِندِى خَزَآئِنُ ٱللَّهِ وَلَآ أَعْلَمُ ٱلْغَيْبَ وَلَآ أَقُولُ إِنِّى مَلَكٌ وَلَآ أَقُولُ لِلَّذِينَ تَزْدَرِىٓ أَعْيُنُكُمْ لَن يُؤْتِيَهُمُ ٱللَّهُ خَيْرًا ۖ ٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا فِىٓ أَنفُسِهِمْ ۖ إِنِّىٓ إِذًا لَّمِنَ ٱلظَّـٰلِمِينَ

    Wa laa aqoolu lakum 'indee khazaa'inul laahi wa laaa a'lamul ghaiba wa laa aqoolu inee malakunw wa laaa aqoolu lillazeena tazdareee a'yunukum lai yu'tiyahumul laahu khairan Allaahu a'lamu bimaa feee anfusihim innee izal laminaz zaalimeen

    Men sizlarga: «Huzurimda Allohning xazinalari bor», demasman. Faybni ham bilmasman. «Men farishtaman», demasman. «Ko`zingizga haqir ko`rinayotganlarga Alloh hargiz yaxshilik bermas», demasman. Ularning dillarida nima borligini Alloh yaxshi biladir. Aks holda, men, albatta, zolimlardan bo`lib qolurman», dedi.

  32. 11:32

    قَالُوا۟ يَـٰنُوحُ قَدْ جَـٰدَلْتَنَا فَأَكْثَرْتَ جِدَٰلَنَا فَأْتِنَا بِمَا تَعِدُنَآ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّـٰدِقِينَ

    Qaaloo yaa Noohu qad jaadaltanaa fa aksarta jidaalanaa faatinaa bimaa ta'idunaaa in kunta minas saadiqeen

    Ular: «Ey, Nuh, batahqiq, sen biz bilan tortishding, ko`p tortishding. Endi, agar rostgo`ylardan bo`lsang, bizga va'da qilayotgan narsangni keltir», dedilar.

  33. 11:33

    قَالَ إِنَّمَا يَأْتِيكُم بِهِ ٱللَّهُ إِن شَآءَ وَمَآ أَنتُم بِمُعْجِزِينَ

    Qaala innamaa yaateekum bihil laahu in shaaa'a wa maaa antum bimu'jizeen

    U: «Uni sizlarga, agar xohlasa, faqat Allohgina keltiradi va sizlar qochib qutuluvchi emassiz.

  34. 11:34

    وَلَا يَنفَعُكُمْ نُصْحِىٓ إِنْ أَرَدتُّ أَنْ أَنصَحَ لَكُمْ إِن كَانَ ٱللَّهُ يُرِيدُ أَن يُغْوِيَكُمْ ۚ هُوَ رَبُّكُمْ وَإِلَيْهِ تُرْجَعُونَ

    Wa laa yanfa'ukum nusheee in arattu an ansaha lakum in kaanal laahu yureedu ai yughwi yakum; Huwa Rabbukum wa ilaihi turja'oon

    Va agar Alloh sizlarni yo`ldan ozdirishni istasa, men nasihat qilishni xohlaganim bilan, nasihatim sizlarga manfaat bermas. U sizning Robbingizdir va Unga qaytarilursiz», dedi.

  35. 11:35

    أَمْ يَقُولُونَ ٱفْتَرَىٰهُ ۖ قُلْ إِنِ ٱفْتَرَيْتُهُۥ فَعَلَىَّ إِجْرَامِى وَأَنَا۠ بَرِىٓءٌ مِّمَّا تُجْرِمُونَ

    Am yaqooloonaf taraahu qul inif taraituhoo fa'alaiya ijraamee wa ana bareee'um mimmaa tujrimoon

    Yoki: «Uni to`qib oldi», derlarmi? «Agar uni to`qib olgan bo`lsam, jinoyatim o`z zimmamda va men siz qilayotgan jinoyatdan xolidirman», deb ayt.

  36. 11:36

    وَأُوحِىَ إِلَىٰ نُوحٍ أَنَّهُۥ لَن يُؤْمِنَ مِن قَوْمِكَ إِلَّا مَن قَدْ ءَامَنَ فَلَا تَبْتَئِسْ بِمَا كَانُوا۟ يَفْعَلُونَ

    Wa oohiya ilaa Noohin annahoo lany-yu'mina min qawmika illaa man qad aamana falaa tabta'is bimaa kaanoo yaf'aloon

    Va Nuhga: «Qavmingdan avval iymon keltirganlardan boshqa hech kim iymon keltirmas va ularning qilmishlaridan qayg`uga tushmagin.

  37. 11:37

    وَٱصْنَعِ ٱلْفُلْكَ بِأَعْيُنِنَا وَوَحْيِنَا وَلَا تُخَـٰطِبْنِى فِى ٱلَّذِينَ ظَلَمُوٓا۟ ۚ إِنَّهُم مُّغْرَقُونَ

    Wasna'il fulka bi-a'yuninaa wa wahyinaa wa laa tukhaa tibnee fil lazeena zalamoo; innahum mughraqoon

    Bizning rioyatimiz va vahiyimiz ila kema yasagin hamda zulm qilganlar to`g`risida Menga gap ochmagin, albatta, ular g`arq bo`lguvchilardir», deb vahiy qildik.

  38. 11:38

    وَيَصْنَعُ ٱلْفُلْكَ وَكُلَّمَا مَرَّ عَلَيْهِ مَلَأٌ مِّن قَوْمِهِۦ سَخِرُوا۟ مِنْهُ ۚ قَالَ إِن تَسْخَرُوا۟ مِنَّا فَإِنَّا نَسْخَرُ مِنكُمْ كَمَا تَسْخَرُونَ

    Wa yasn'ul fulka wa kullamaa marra 'alaihi malaum min qawmihee sakhiroo minh; qaala in taskharoo minnaa fa innaa naskharu minkum kamaa taskharoon

    U kema yasamoqda. O`z qavmidan bo`lgan zodagonlar qachon oldidan o`tsalar, uni masxara qildilar. U: «Agar bizni masxara qilsangiz, biz ham xuddi siz bizni masxara qilganingizdek, sizni masxara qilurmiz.

  39. 11:39

    فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ مَن يَأْتِيهِ عَذَابٌ يُخْزِيهِ وَيَحِلُّ عَلَيْهِ عَذَابٌ مُّقِيمٌ

    Fasawfa ta'lamoona mai yaateehi 'azaabuny yaukhzeehi wa yahillu 'alaihi 'azaabum muqeem

    Bas, yaqinda kimga sharmanda qiluvchi azob kelishini va kimning ustiga muqim azob tushishini bilib olursiz», dedi.

  40. 11:40

    حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَ أَمْرُنَا وَفَارَ ٱلتَّنُّورُ قُلْنَا ٱحْمِلْ فِيهَا مِن كُلٍّ زَوْجَيْنِ ٱثْنَيْنِ وَأَهْلَكَ إِلَّا مَن سَبَقَ عَلَيْهِ ٱلْقَوْلُ وَمَنْ ءَامَنَ ۚ وَمَآ ءَامَنَ مَعَهُۥٓ إِلَّا قَلِيلٌ

    Hattaaa izaa jaaa'a amrunaa wa faarat tannooru qulnah mil feehaa min kullin zawjainis naini wa ahlaka illaa man sabaqa 'alaihil qawlu wa man aaman; wa maaa aamana ma'ahooo illaa qaleel

    Toki Bizning amrimiz kelib, tannur favvora otganda: «U(kema)ga har narsadan bir juftdan va ahlingni ol, magar avval so`z ketganni (olma) va iymon keltirganlarni ham ol», dedik. U bilan birga iymon keltirganlar juda oz edi.

  41. 11:41

    ۞ وَقَالَ ٱرْكَبُوا۟ فِيهَا بِسْمِ ٱللَّهِ مَجْر۪ىٰهَا وَمُرْسَىٰهَآ ۚ إِنَّ رَبِّى لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ

    Wa qaalar kaboo feehaa bismil laahi majraihaa wa mursaahaa; inna Rabbee la Ghafoorur Raheem

    Va u: «U(kema)ga mininglar, uning yurishi ham, turishi ham Allohning ismi ila bo`lur. Albatta, Robbim mag`firatli va rahimlidir», dedi.

  42. 11:42

    وَهِىَ تَجْرِى بِهِمْ فِى مَوْجٍ كَٱلْجِبَالِ وَنَادَىٰ نُوحٌ ٱبْنَهُۥ وَكَانَ فِى مَعْزِلٍ يَـٰبُنَىَّ ٱرْكَب مَّعَنَا وَلَا تَكُن مَّعَ ٱلْكَـٰفِرِينَ

    Wa hiya tajree bihim fee mawjin kaljibaali wa naadaa Noohunib nahoo wa kaana fee ma'ziliny yaa bunai yarkam ma'anaa wa laa takum ma'al kaafireen

    Va u (kema) ularni tog`lardek to`lqinda olib ketayotganida, Nuh bir chetda turgan o`g`liga: «Ey o`g`lim, biz bilan birga mingin, kofirlar bilan birga bo`lmagin», dedi.

  43. 11:43

    قَالَ سَـَٔاوِىٓ إِلَىٰ جَبَلٍ يَعْصِمُنِى مِنَ ٱلْمَآءِ ۚ قَالَ لَا عَاصِمَ ٱلْيَوْمَ مِنْ أَمْرِ ٱللَّهِ إِلَّا مَن رَّحِمَ ۚ وَحَالَ بَيْنَهُمَا ٱلْمَوْجُ فَكَانَ مِنَ ٱلْمُغْرَقِينَ

    Qaala sa aaweee ilaa jabaliny ya'simunee minal maaa'; qaala laa 'aasimal yawma min amril laahi illaa mar rahim; wa haala bainahumal mawju fakaana minal mughraqeen

    U (o`g`il): «Toqqa joylashib olsam, meni suvdan saqlaydi», dedi. U esa: «Bugun Allohning amridan saqlovchi yo`qdir. Magar kimni rahim qilsagina (saqlar)», dedi. Shunda oralarini to`lqin to`sdi va u (o`g`il) g`arq bo`lganlardan bo`ldi.

  44. 11:44

    وَقِيلَ يَـٰٓأَرْضُ ٱبْلَعِى مَآءَكِ وَيَـٰسَمَآءُ أَقْلِعِى وَغِيضَ ٱلْمَآءُ وَقُضِىَ ٱلْأَمْرُ وَٱسْتَوَتْ عَلَى ٱلْجُودِىِّ ۖ وَقِيلَ بُعْدًا لِّلْقَوْمِ ٱلظَّـٰلِمِينَ

    Wa qeela yaaa ardubla'ee maaa'aki wa yaa samaaa'u aqi'ee wa gheedal maaa'u wa qudiyal amru wastawat 'alal joodiyyi wa qeela bu'dal lilqawmiz zaalimeen

    «Ey yer, suvingni yutgin, ey osmon, o`zingni tutgin», deyildi. Suv quridi. Farmon bajarildi va (kema) Judiy(tog`i)ga joylashdi. Hamda «Zolim qavmlar yo`qolsin!» deyildi.

  45. 11:45

    وَنَادَىٰ نُوحٌ رَّبَّهُۥ فَقَالَ رَبِّ إِنَّ ٱبْنِى مِنْ أَهْلِى وَإِنَّ وَعْدَكَ ٱلْحَقُّ وَأَنتَ أَحْكَمُ ٱلْحَـٰكِمِينَ

    Wa naadaa noohur Rabbahoo faqaala Rabbi innabnee min ahlee wa inna wa'dakal haqqu wa Anta ahkamul haakimeen

    Nuh Robbiga nido qilib: «Robbim, albatta, o`g`lim ahlimdandir, albatta, va'dang haqdir va Sen hukm qilguvchilarning eng hikmatlisisan», dedi.

  46. 11:46

    قَالَ يَـٰنُوحُ إِنَّهُۥ لَيْسَ مِنْ أَهْلِكَ ۖ إِنَّهُۥ عَمَلٌ غَيْرُ صَـٰلِحٍ ۖ فَلَا تَسْـَٔلْنِ مَا لَيْسَ لَكَ بِهِۦ عِلْمٌ ۖ إِنِّىٓ أَعِظُكَ أَن تَكُونَ مِنَ ٱلْجَـٰهِلِينَ

    Qaala yaa Noohu innahoo laisa min ahlika innahoo 'amalun ghairu saalihin falaa tas'alni mmaa laisa laka bihee 'ilmun inneee a'izuka an takoona minal jaahileen

    U zot: «Ey Nuh, albatta u ahlingdan emas. Albatta, u yaxshi amal emasdir. O`zingning ilming bo`lmagan narsani zinhor so`ramagin. Men senga johillardan bo`lmasligingni nasihat qilaman», dedi.

  47. 11:47

    قَالَ رَبِّ إِنِّىٓ أَعُوذُ بِكَ أَنْ أَسْـَٔلَكَ مَا لَيْسَ لِى بِهِۦ عِلْمٌ ۖ وَإِلَّا تَغْفِرْ لِى وَتَرْحَمْنِىٓ أَكُن مِّنَ ٱلْخَـٰسِرِينَ

    Qaala rabbi inneee a'oozu bika an as'alaka maa laisa lee bihee 'ilmunw wa illaa taghfir lee wa tarhamneee akum minal khaasireen

    U: «Robbim, men o`zimning ilmim bo`lmagan narsani Sendan so`ramoqdan panoh tilarman. Agar meni mag`firat qilmasang va menga rahim ko`rsatmasang, ziyon ko`rguvchilardan bo`lurman», dedi.

  48. 11:48

    قِيلَ يَـٰنُوحُ ٱهْبِطْ بِسَلَـٰمٍ مِّنَّا وَبَرَكَـٰتٍ عَلَيْكَ وَعَلَىٰٓ أُمَمٍ مِّمَّن مَّعَكَ ۚ وَأُمَمٌ سَنُمَتِّعُهُمْ ثُمَّ يَمَسُّهُم مِّنَّا عَذَابٌ أَلِيمٌ

    Qeela yaa Noohuh bit bisalaamim minnaa wa barakaatin 'alaika wa 'alaaa umamim mimmam ma'ak; wa umamun sanumatti'uhum summa yamassuhum minaa 'azaabun aleem

    «Ey Nuh, Bizdan Senga va sen bilan birga bo`lgan ummatlarga bo`lgan tinchlik va barakotlar ila (kemadan) tushgin. Yana bir ummatlar bo`lur, ularni bir oz huzurlantirurmiz, so`ngra ularni Bizdan bo`lgan alamli azob tutar», deyildi.

  49. 11:49

    تِلْكَ مِنْ أَنۢبَآءِ ٱلْغَيْبِ نُوحِيهَآ إِلَيْكَ ۖ مَا كُنتَ تَعْلَمُهَآ أَنتَ وَلَا قَوْمُكَ مِن قَبْلِ هَـٰذَا ۖ فَٱصْبِرْ ۖ إِنَّ ٱلْعَـٰقِبَةَ لِلْمُتَّقِينَ

    Tilka min ambaaa'il ghaibi nooheehaaa ilaika maa kunta ta'lamuhaaaa anta wa laa qawmuka min qabli haazaa fasbir innal 'aaqibata lilmuttaqeen (section 4)

    Ana shu g`ayb xabarlarini senga vahiy qilmoqdamiz. Bundan oldin ularni sen ham bilmas eding va sening qavming ham. Bas, sabr qil, albatta, oqibat taqvodorlarnikidir.

  50. 11:50

    وَإِلَىٰ عَادٍ أَخَاهُمْ هُودًا ۚ قَالَ يَـٰقَوْمِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَـٰهٍ غَيْرُهُۥٓ ۖ إِنْ أَنتُمْ إِلَّا مُفْتَرُونَ

    Wa ilaa 'aadin akhaahum Hoodaa; qaala yaa qawmi' budul laaha maa lakum min ilaahin ghairuhooo in antum illaa muftaroon

    Va Odga o`z birodarlari Hudni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Siz uchun Undan o`zga iloh yo`qdir. Sizlar faqat to`qib oluvchilarsiz, xolos.

  51. 11:51

    يَـٰقَوْمِ لَآ أَسْـَٔلُكُمْ عَلَيْهِ أَجْرًا ۖ إِنْ أَجْرِىَ إِلَّا عَلَى ٱلَّذِى فَطَرَنِىٓ ۚ أَفَلَا تَعْقِلُونَ

    Yaa qawmi laaa as'alukum 'alaihi ajran in ajriya illaa 'alal lazee fataranee; afalaa ta'qiloon

    Ey qavmim, men sizlardan bu (da'vatim) uchun ajr so`ramayman. Mening ajrim, faqat, meni yaratgan Zotning zimmasidadir. Aql yuritmaysizlarmi?

  52. 11:52

    وَيَـٰقَوْمِ ٱسْتَغْفِرُوا۟ رَبَّكُمْ ثُمَّ تُوبُوٓا۟ إِلَيْهِ يُرْسِلِ ٱلسَّمَآءَ عَلَيْكُم مِّدْرَارًا وَيَزِدْكُمْ قُوَّةً إِلَىٰ قُوَّتِكُمْ وَلَا تَتَوَلَّوْا۟ مُجْرِمِينَ

    Wa yaa qawmis taghfiroo Rabbakum summa toobooo ilaihi yursilis samaaa'a 'alaikum midraaranw wa yazidkum quwwatan ilaa quwwatikum wa laa tatawallaw mujrimeen

    Ey qavmim, Robbingizga istig`for ayting, so`ngra Unga tavba qiling, shunda U ustingizga osmondan baraka yomg`iri yuboradi va quvvatingizga quvvatni ziyoda qiladi. Jinoyatchi bo`lgan holingizda yuz o`girib ketmang», dedi.

  53. 11:53

    قَالُوا۟ يَـٰهُودُ مَا جِئْتَنَا بِبَيِّنَةٍ وَمَا نَحْنُ بِتَارِكِىٓ ءَالِهَتِنَا عَن قَوْلِكَ وَمَا نَحْنُ لَكَ بِمُؤْمِنِينَ

    Qaaloo yaa Hoodu maa ji'tanaa bibaiyinatinw wa maa nahnu bitaarikeee aalihatinaa 'an qawlika wa maa nahnu laka bimu'mineen

    Ular: «Ey Hud, bizga ochiq-oydin hujjat keltirmading. Biz sening gaping uchun xudolarimizni tark qiluvchi emasmiz va biz senga iymon keltiruvchi ham emasmiz.

  54. 11:54

    إِن نَّقُولُ إِلَّا ٱعْتَرَىٰكَ بَعْضُ ءَالِهَتِنَا بِسُوٓءٍ ۗ قَالَ إِنِّىٓ أُشْهِدُ ٱللَّهَ وَٱشْهَدُوٓا۟ أَنِّى بَرِىٓءٌ مِّمَّا تُشْرِكُونَ

    In naqoolu illa' taraaka ba'du aalihatinaa bisooo'; qaala inneee ushhidul laaha wash hadooo annee bareee'um mimmaa tushrikoon

    Biz faqat, seni ba'zi xudolarimiz yomonlik ila uribdi, deymiz, xolos», dedilar. U: «Albatta, men Allohni guvoh qilaman va siz ham guvoh bo`lingki, men sherik keltirayotganingizdan pokman.

  55. 11:55

    مِن دُونِهِۦ ۖ فَكِيدُونِى جَمِيعًا ثُمَّ لَا تُنظِرُونِ

    Min doonihee fakeedoonee jamee'an summa laa tunziroon

    Undan o`zga. Bas, hammangiz menga qarshi hiyla qilaveringlar, menga muhlat bermanglar.

  56. 11:56

    إِنِّى تَوَكَّلْتُ عَلَى ٱللَّهِ رَبِّى وَرَبِّكُم ۚ مَّا مِن دَآبَّةٍ إِلَّا هُوَ ءَاخِذٌۢ بِنَاصِيَتِهَآ ۚ إِنَّ رَبِّى عَلَىٰ صِرَٰطٍ مُّسْتَقِيمٍ

    Innee tawakkaltu 'alallaahi Rabbee wa Rabbikum; maa min daaabbatin illaa Huwa aakhizum binaasiyatihaa; inna Rabbee 'alaa Siraatim mustaqeem

    Albatta, men Robbim va Robbingiz bo`lmish Allohga tavakkal qildim. Har bir o`rmalaydigan narsaning peshonasi Uning changalidadir. Albatta, Robbim to`g`ri yo`ldadir.

  57. 11:57

    فَإِن تَوَلَّوْا۟ فَقَدْ أَبْلَغْتُكُم مَّآ أُرْسِلْتُ بِهِۦٓ إِلَيْكُمْ ۚ وَيَسْتَخْلِفُ رَبِّى قَوْمًا غَيْرَكُمْ وَلَا تَضُرُّونَهُۥ شَيْـًٔا ۚ إِنَّ رَبِّى عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ حَفِيظٌ

    Fa in tawallaw faqad ablaghtukum maaa ursiltu biheee ilaikum; wa yastakhlifu Rabbee qawman ghairakum wa laa tadur roonahoo shai'aa; inna Rabbee 'alaa kulli shai'in Hafeez

    Agar yuz o`girib ketsangiz, batahqiq, men sizlarga nima ila yuborilgan bo`lsam, uni sizlarga yetkazdim. Robbim o`rningizga sizdan boshqa qavmni keltiradi va siz Unga hech bir zarar yetkaza olmassiz. Albatta, Robbim har bir narsani muhofaza qilguvchi Zotdir», dedi.

  58. 11:58

    وَلَمَّا جَآءَ أَمْرُنَا نَجَّيْنَا هُودًا وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مَعَهُۥ بِرَحْمَةٍ مِّنَّا وَنَجَّيْنَـٰهُم مِّنْ عَذَابٍ غَلِيظٍ

    Wa lammaa jaaa'a amrunaa najainaa Hoodanw wallazeena aamanoo ma'ahoo birahmatim minnaa wa najainaahum min 'azaabin ghaleez

    Amrimiz kelgan paytda Hudga va u bilan birga iymon keltirganlarga O`z rahmatimiz ila najot berdik va ularni qattiq azobdan qutqardik.

  59. 11:59

    وَتِلْكَ عَادٌ ۖ جَحَدُوا۟ بِـَٔايَـٰتِ رَبِّهِمْ وَعَصَوْا۟ رُسُلَهُۥ وَٱتَّبَعُوٓا۟ أَمْرَ كُلِّ جَبَّارٍ عَنِيدٍ

    Wa tilka 'aad, jahadoo bi Aayaati Rabbihim wa 'asaw Rusulahoo wattaba'ooo amra kulli jabbaarin 'aneed

    Anavi Oddir. Ular Robbilari oyatlarini inkor qildilar. Uning Payg`ambarlariga osiy bo`ldilar. Har xil jabrchi va qaysarning ishiga ergashdilar.

  60. 11:60

    وَأُتْبِعُوا۟ فِى هَـٰذِهِ ٱلدُّنْيَا لَعْنَةً وَيَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ ۗ أَلَآ إِنَّ عَادًا كَفَرُوا۟ رَبَّهُمْ ۗ أَلَا بُعْدًا لِّعَادٍ قَوْمِ هُودٍ

    Wa utbi'oo fee haazihid dunyaa la'natanw wa Yawmal Qiyaamah; alaaa inna 'Aadan kafaroo Rabbahum; alaa bu'dal li 'Aadin qawmin Hood

    Va ularga bu dunyoda ham, qiyomat kunida ham la'nat ergashur. Ogoh bo`lingkim, albatta, odliklar Robbilariga kufr keltirgan edilar. Ogoh bo`lingkim, Hud qavmi Od yo`qolsin!

  61. 11:61

    ۞ وَإِلَىٰ ثَمُودَ أَخَاهُمْ صَـٰلِحًا ۚ قَالَ يَـٰقَوْمِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَـٰهٍ غَيْرُهُۥ ۖ هُوَ أَنشَأَكُم مِّنَ ٱلْأَرْضِ وَٱسْتَعْمَرَكُمْ فِيهَا فَٱسْتَغْفِرُوهُ ثُمَّ تُوبُوٓا۟ إِلَيْهِ ۚ إِنَّ رَبِّى قَرِيبٌ مُّجِيبٌ

    Wa ilaa Samooda akhaahum Saalihaa; qaala yaa qawmi' budul laaha maa lakum min ilaahim ghairuhoo Huwa ansha akum minal ardi wasta' marakum feehaa fastaghfiroohu summa toobooo ilaih; inna Rabbee Qareebum Mujeeb

    Va Samudga birodarlari Solihni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Siz uchun Undan o`zga iloh yo`q. U sizlarni yerdan paydo qildi va unga sizni obodligi uchun qo`ydi. Bas, Unga istig`for ayting, so`ngra Unga tavba qiling. Albatta, Robbim yaqin va ijobat qilguvchidir», dedi.

  62. 11:62

    قَالُوا۟ يَـٰصَـٰلِحُ قَدْ كُنتَ فِينَا مَرْجُوًّا قَبْلَ هَـٰذَآ ۖ أَتَنْهَىٰنَآ أَن نَّعْبُدَ مَا يَعْبُدُ ءَابَآؤُنَا وَإِنَّنَا لَفِى شَكٍّ مِّمَّا تَدْعُونَآ إِلَيْهِ مُرِيبٍ

    Qaaloo yaa Saalihu qad kunta feenaa marjuwwan qabla haazaaa atanhaanaaa an na'bu da maa ya'budu aabaaa'unaa wa innanaa lafee shakkim mimmaa tad'oonaaa ilaihi mureeb

    Ular: «Ey Solih, bundan oldin sen ichimizda orzu qilingan eding. Endi bizni ota-bobolarimiz ibodat qiladigan narsaga ibodat qilmog`imizdan qaytarasanmi? Albatta, biz sen da'vat qilayotgan narsa haqida shak-shubhadamiz», dedilar.

  63. 11:63

    قَالَ يَـٰقَوْمِ أَرَءَيْتُمْ إِن كُنتُ عَلَىٰ بَيِّنَةٍ مِّن رَّبِّى وَءَاتَىٰنِى مِنْهُ رَحْمَةً فَمَن يَنصُرُنِى مِنَ ٱللَّهِ إِنْ عَصَيْتُهُۥ ۖ فَمَا تَزِيدُونَنِى غَيْرَ تَخْسِيرٍ

    Qaala yaa qawmi ara'aytum in kuntu 'alaa baiyinatim mir Rabbee wa aataanee minhu rahmatan famai yansurunee minal laahi in 'asaituhoo famaa tazeedoonanee ghaira takhseer

    U: «Ey qavmim, xabar bering-chi, agar men Robbim tomonidan ochiq-oydin hujjatga ega bo`lsam va menga U tomonidan rahmat berilgan bo`lsa-yu, men Unga osiy bo`lsam, kim menga Alloh (azobi)dan (qutulishga) yordam beradi?! Bas, siz menga ziyondan o`zgani ziyoda qilmassizlar.

  64. 11:64

    وَيَـٰقَوْمِ هَـٰذِهِۦ نَاقَةُ ٱللَّهِ لَكُمْ ءَايَةً فَذَرُوهَا تَأْكُلْ فِىٓ أَرْضِ ٱللَّهِ وَلَا تَمَسُّوهَا بِسُوٓءٍ فَيَأْخُذَكُمْ عَذَابٌ قَرِيبٌ

    Wa yaa qawmi haazihee naaqatul laahi lakum aayatan fazaroohaa taakul feee ardil laahi wa laa tamassoohaa bisooo'in fa yaakhuzakum azaabun qareeb

    Ey qavmim, Allohning mana bu tuyasi sizga belgi-mo`'jizadir. Bas, uni tek qo`yinglar, Allohning yerida yeb yursin, unga yomonlik yetkazmanglar, aks holda, sizni yaqin azob ushlaydi», dedi.

  65. 11:65

    فَعَقَرُوهَا فَقَالَ تَمَتَّعُوا۟ فِى دَارِكُمْ ثَلَـٰثَةَ أَيَّامٍ ۖ ذَٰلِكَ وَعْدٌ غَيْرُ مَكْذُوبٍ

    Fa 'aqaroohaa faqaala tamatta'oo fee daarikum salaasata aiyaamin zaalika wa'dun ghairu makzoob

    Bas, u(tuya)ni so`ydilar. So`ng u: «Diyoringizda uch kun bahramand bo`lib turing. Bu, yolg`on bo`lmagan va'dadir», dedi.

  66. 11:66

    فَلَمَّا جَآءَ أَمْرُنَا نَجَّيْنَا صَـٰلِحًا وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مَعَهُۥ بِرَحْمَةٍ مِّنَّا وَمِنْ خِزْىِ يَوْمِئِذٍ ۗ إِنَّ رَبَّكَ هُوَ ٱلْقَوِىُّ ٱلْعَزِيزُ

    Falammaa jaaa'a amrunaa najjainaa Saalihanw wal lazeena aamanoo ma'ahoo birahmatim minnaa wa min khizyi Yawmi'iz inna Rabbaka Huwal Qawiyyul 'Azeez

    Amrimiz kelgan paytda O`z rahmatimiz ila Solihga va u bilan birga iymon keltirganlarga najot berdik va o`sha kunning sharmandaligidan qutqardik. Albatta, Robbing, Uning O`zi kuchli va azizdir.

  67. 11:67

    وَأَخَذَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ ٱلصَّيْحَةُ فَأَصْبَحُوا۟ فِى دِيَـٰرِهِمْ جَـٰثِمِينَ

    Wa akhazal lazeena zalamus saihatu fa asbahoo fee diyaarihim jaasimeena

    Va zulm qilganlarni dahshatli qichqiriq oldi. Bas, diyorlarida to`kildilar.

  68. 11:68

    كَأَن لَّمْ يَغْنَوْا۟ فِيهَآ ۗ أَلَآ إِنَّ ثَمُودَا۟ كَفَرُوا۟ رَبَّهُمْ ۗ أَلَا بُعْدًا لِّثَمُودَ

    Ka al lam yaghnaw feehaaa; alaaa inna Samooda kafaroo Rabbahum; alaa bu'dal li Samood.

    Xuddi unda turmaganga o`xshab. Ogoh bo`lingkim, albatta, Samud (qavmi) Robbilariga kufr keltirgan edilar. Ogoh bo`lingkim, Samud yo`qolsin!

  69. 11:69

    وَلَقَدْ جَآءَتْ رُسُلُنَآ إِبْرَٰهِيمَ بِٱلْبُشْرَىٰ قَالُوا۟ سَلَـٰمًا ۖ قَالَ سَلَـٰمٌ ۖ فَمَا لَبِثَ أَن جَآءَ بِعِجْلٍ حَنِيذٍ

    Wa laqad jaaa'at Rusulunaaa Ibraaheema bilbushraa qaaloo salaaman qaala salaamun famaa labisa an jaaa'a bi'ijin haneez

    Batahqiq, elchilarimiz Ibrohimga xushxabar keltirdilar. Ular: «Salom», dedilar. U: «Salom», dedi. Va ko`p o`tmay qovurilgan buzoq keltirdi.

  70. 11:70

    فَلَمَّا رَءَآ أَيْدِيَهُمْ لَا تَصِلُ إِلَيْهِ نَكِرَهُمْ وَأَوْجَسَ مِنْهُمْ خِيفَةً ۚ قَالُوا۟ لَا تَخَفْ إِنَّآ أُرْسِلْنَآ إِلَىٰ قَوْمِ لُوطٍ

    Falammaa ra aaa aidiyahum laa tasilu ilaihi nakirahum wa awjasa minhum kheefah; qaaloo la takhaf innaaa ursilnaaa ilaa qawmi Loot

    Ularning qo`llari u(taom)ga yetmayotganini ko`rib, ulardan hayron bo`ldi va ichida xavfsiradi. Ular: «Qo`rqma, biz Lut qavmiga yuborilganmiz», dedilar.

  71. 11:71

    وَٱمْرَأَتُهُۥ قَآئِمَةٌ فَضَحِكَتْ فَبَشَّرْنَـٰهَا بِإِسْحَـٰقَ وَمِن وَرَآءِ إِسْحَـٰقَ يَعْقُوبَ

    Wamra atuhoo qaaa'imatun fadahikat fabashsharnaahaa bi Ishaaqa wa minw waraaa'i Ishaaqa Ya'qoob

    Tik turgan xotini kuldi. Bas, Biz u(xotin)ga Is'hoqning va Is'hoqdan keyin Ya'qubning xushxabarini berdik.

  72. 11:72

    قَالَتْ يَـٰوَيْلَتَىٰٓ ءَأَلِدُ وَأَنَا۠ عَجُوزٌ وَهَـٰذَا بَعْلِى شَيْخًا ۖ إِنَّ هَـٰذَا لَشَىْءٌ عَجِيبٌ

    Qaalat yaa wailataaa 'aalidu wa ana 'ajoozunw wa haaza ba'lee shaikhan inna haazaa lashai'un 'ajeeb

    U: «Voy sho`rim, o`zim kampir, manavi erim chol bo`lsa ham, tug`amanmi?! Bu qiziq narsa-ku!» – dedi.

  73. 11:73

    قَالُوٓا۟ أَتَعْجَبِينَ مِنْ أَمْرِ ٱللَّهِ ۖ رَحْمَتُ ٱللَّهِ وَبَرَكَـٰتُهُۥ عَلَيْكُمْ أَهْلَ ٱلْبَيْتِ ۚ إِنَّهُۥ حَمِيدٌ مَّجِيدٌ

    Qaalooo ata'jabeena min amril laahi rahmatul laahi wa barakaatuho 'alaikum Ahlal Bayt; innahoo Hameedum Majeed

    Ular: «Allohning amridan ajablanasanmi? Ey, ahli baytlar, sizlarga Allohning rahmati va barakotlari bo`lgay. Albatta, U maqtalgan va buyuk Zotdir», dedilar.

  74. 11:74

    فَلَمَّا ذَهَبَ عَنْ إِبْرَٰهِيمَ ٱلرَّوْعُ وَجَآءَتْهُ ٱلْبُشْرَىٰ يُجَـٰدِلُنَا فِى قَوْمِ لُوطٍ

    Falammaa zahaba an Ibraaheemar raw'u wa jaaa'at hul bushraaa yujaadilunaa fee qawmi Loot

    Ibrohimdan qo`rqinch ketib, xushxabar yetgach, Biz bilan Lut qavmi haqida bahslasha boshladi.

  75. 11:75

    إِنَّ إِبْرَٰهِيمَ لَحَلِيمٌ أَوَّٰهٌ مُّنِيبٌ

    Inna Ibraaheema lahaleemun awwwaahum muneeb

    Albatta, Ibrohim haliym, tazarruli va U zotga tez qaytuvchidir.

  76. 11:76

    يَـٰٓإِبْرَٰهِيمُ أَعْرِضْ عَنْ هَـٰذَآ ۖ إِنَّهُۥ قَدْ جَآءَ أَمْرُ رَبِّكَ ۖ وَإِنَّهُمْ ءَاتِيهِمْ عَذَابٌ غَيْرُ مَرْدُودٍ

    Yaaa Ibraaheemu a'rid 'an haazaaa innahoo qad jaaa'a amru Rabbika wa innahum aateehim 'azaabun ghairun mardood

    Ey Ibrohim, bundan voz kech. Chunki, Robbingning amri kelib bo`lgan. Albatta, ularga qaytarilmas azob kelgusidir.

  77. 11:77

    وَلَمَّا جَآءَتْ رُسُلُنَا لُوطًا سِىٓءَ بِهِمْ وَضَاقَ بِهِمْ ذَرْعًا وَقَالَ هَـٰذَا يَوْمٌ عَصِيبٌ

    Wa lammaa jaaa'at Rusulunaa Lootan seee'a bihim wa daaqa bihim zar'anw wa qaala haazaa yawmun 'aseeb

    Elchilarimiz Lutga kelgan paytlarida, u ularni (ko`rib) yomon holga tushdi va qo`l-oyog`i bo`shashdi hamda: «Bu qiyin kundir», dedi.

  78. 11:78

    وَجَآءَهُۥ قَوْمُهُۥ يُهْرَعُونَ إِلَيْهِ وَمِن قَبْلُ كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ ٱلسَّيِّـَٔاتِ ۚ قَالَ يَـٰقَوْمِ هَـٰٓؤُلَآءِ بَنَاتِى هُنَّ أَطْهَرُ لَكُمْ ۖ فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ وَلَا تُخْزُونِ فِى ضَيْفِىٓ ۖ أَلَيْسَ مِنكُمْ رَجُلٌ رَّشِيدٌ

    Wa jaaa'ahoo qawmuhoo yuhra'oona ilaihi wa min qablu kaanoo ya'maloonas saiyiaat; qaala yaa qawmi haaa'ulaaa'i banaatee hunna atharu lakum fattaqul laaha wa laa tukhzooni fee daifee alaisa minkum rajulur rasheed

    Qavmi unga shoshilib, halloslab yetib keldi. Ular bundan oldin gunohlar qilar edilar. U: «Ey qavmim, anavu qizlarim sizlar uchun pokroq-ku. Bas, Allohdan qo`rqing! Mehmonlarim haqida meni sharmanda qilmang. Ichingizda birorta tuzukroq odam yo`q-mi?!» – dedi.

  79. 11:79

    قَالُوا۟ لَقَدْ عَلِمْتَ مَا لَنَا فِى بَنَاتِكَ مِنْ حَقٍّ وَإِنَّكَ لَتَعْلَمُ مَا نُرِيدُ

    Qaaloo laqad 'alimta maa lanaa fee banastika min haqq, wa innaka lata'lamu maa nureed

    Ular: «Sening qizlaringda bizning haqqimiz yo`qligini bilgansan va biz nimani xohlashimizni, albatta, sen bilasan», – dedilar.

  80. 11:80

    قَالَ لَوْ أَنَّ لِى بِكُمْ قُوَّةً أَوْ ءَاوِىٓ إِلَىٰ رُكْنٍ شَدِيدٍ

    Qaala law anna lee bikum quwwatan aw aaweee ilaa ruknin shadeed

    U: «Qani endi sizlarga quvvatim yetsa edi yoki mustahkam yerga berkinsaydim», – dedi.

  81. 11:81

    قَالُوا۟ يَـٰلُوطُ إِنَّا رُسُلُ رَبِّكَ لَن يَصِلُوٓا۟ إِلَيْكَ ۖ فَأَسْرِ بِأَهْلِكَ بِقِطْعٍ مِّنَ ٱلَّيْلِ وَلَا يَلْتَفِتْ مِنكُمْ أَحَدٌ إِلَّا ٱمْرَأَتَكَ ۖ إِنَّهُۥ مُصِيبُهَا مَآ أَصَابَهُمْ ۚ إِنَّ مَوْعِدَهُمُ ٱلصُّبْحُ ۚ أَلَيْسَ ٱلصُّبْحُ بِقَرِيبٍ

    Qaaloo yaa Lootu innaa Rusulu Rabbika lai yasiloo ilaika fa asri bi ahlika biqit 'im minal laili wa laa yaltafit minkum ahadun illam ra ataka innahoo museebuhaa maaa asaabahum; inna maw'i dahumus subh; alaisas subhu biqareeb

    Ular: «Ey Lut, biz Robbingning elchilarimiz, bular senga hargiz tega olmaslar. Bas, kechaning bir bo`lagida ahling ila yurgin va sizlardan xotiningdan boshqa hech kim o`girilmasin. Chunki, ularga yetadigan musiybat u(ayol)gada yetguvchidir. Ularga tayin qilingan vaqt subhdir. Subh yaqin emasmi?!» – dedilar.

  82. 11:82

    فَلَمَّا جَآءَ أَمْرُنَا جَعَلْنَا عَـٰلِيَهَا سَافِلَهَا وَأَمْطَرْنَا عَلَيْهَا حِجَارَةً مِّن سِجِّيلٍ مَّنضُودٍ

    Falammaa jaaa'a amrunaa ja'alnaa 'aaliyahaa saafilahaa wa amtamaa 'alaihaa hijaaratam min sijjeelim mandood

    Amrimiz kelgan paytda u o`lkani ostin-ustun qildik va ustidan ketma-ket sopol toshlarni yog`dirdik.

  83. 11:83

    مُّسَوَّمَةً عِندَ رَبِّكَ ۖ وَمَا هِىَ مِنَ ٱلظَّـٰلِمِينَ بِبَعِيدٍ

    Musawwamatan 'inda Rabbik; wa maa hiya minaz zaalimena biba'eed (section 7)

    Ularga Robbing huzurida belgi qo`yilgan edi va ular zolimlardan uzoq emasdir.

  84. 11:84

    ۞ وَإِلَىٰ مَدْيَنَ أَخَاهُمْ شُعَيْبًا ۚ قَالَ يَـٰقَوْمِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَـٰهٍ غَيْرُهُۥ ۖ وَلَا تَنقُصُوا۟ ٱلْمِكْيَالَ وَٱلْمِيزَانَ ۚ إِنِّىٓ أَرَىٰكُم بِخَيْرٍ وَإِنِّىٓ أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ مُّحِيطٍ

    Wa ilaa Madyana akhaahum Shu'aibaa; qaala yaa qawmi' budul laaha maa lakum min ilaahin ghairuhoo wa laa tanqusul mikyaala walmeezaan; inneee araakum bikhairinw wa innee akhaafu 'alaikum 'azaaba Yawmim muheet

    Va Madyanga birodarlari Shu'aybni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling, siz uchun Undan o`zga iloh yo`q. O`lchovni va tortishni kamaytirmanglar. Albatta, men sizlarning yaxshilikda ekanliklaringizni ko`rib turibman. Albatta, men sizlarga qamrovli kun azobidan qo`rqmoqdaman.

  85. 11:85

    وَيَـٰقَوْمِ أَوْفُوا۟ ٱلْمِكْيَالَ وَٱلْمِيزَانَ بِٱلْقِسْطِ ۖ وَلَا تَبْخَسُوا۟ ٱلنَّاسَ أَشْيَآءَهُمْ وَلَا تَعْثَوْا۟ فِى ٱلْأَرْضِ مُفْسِدِينَ

    Wa yaa qawmi awful mikyaala walmeezaana bilqisti wa laa tabkhasun naasa ashyaaa'ahum wa laa ta'saw fil ardi mufsideen

    Ey qavmim, o`lchash va tortishni adolat ila mukammal qiling. Odamlarning narsalarini kamaytirib qolmang va yer yuzida buzg`unchilik qilib yurmang.

  86. 11:86

    بَقِيَّتُ ٱللَّهِ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ ۚ وَمَآ أَنَا۠ عَلَيْكُم بِحَفِيظٍ

    Baqiyyatul laahi khairul lakum in kuntum mu'mineen; wa maa ana 'alaikum bihafeez

    Agar mo`min bo`lsangiz, Allohning nazdida boqiy qoluvchi siz uchun yaxshiroqdir. Men sizning ustingizda qo`riqchi emasman», dedi.

  87. 11:87

    قَالُوا۟ يَـٰشُعَيْبُ أَصَلَوٰتُكَ تَأْمُرُكَ أَن نَّتْرُكَ مَا يَعْبُدُ ءَابَآؤُنَآ أَوْ أَن نَّفْعَلَ فِىٓ أَمْوَٰلِنَا مَا نَشَـٰٓؤُا۟ ۖ إِنَّكَ لَأَنتَ ٱلْحَلِيمُ ٱلرَّشِيدُ

    Qaaloo yaa Shu'aybu asalaatuka taamuruka an natruka maa ya'budu aabaaa'unaaa aw an naf'ala feee amwaalinaa maa nashaaa'oo innaka la antal haleemur rasheed

    Ular: «Ey Shu'ayb, senga bizning otalarimiz ibodat qiladigan narsani tark qilmog`imizni yoki mollarimizda xohlaganimizni qilmasligimizni namozing amr qilmoqdami?! Sen juda haliym va rashid ekansan-da», – dedilar.

  88. 11:88

    قَالَ يَـٰقَوْمِ أَرَءَيْتُمْ إِن كُنتُ عَلَىٰ بَيِّنَةٍ مِّن رَّبِّى وَرَزَقَنِى مِنْهُ رِزْقًا حَسَنًا ۚ وَمَآ أُرِيدُ أَنْ أُخَالِفَكُمْ إِلَىٰ مَآ أَنْهَىٰكُمْ عَنْهُ ۚ إِنْ أُرِيدُ إِلَّا ٱلْإِصْلَـٰحَ مَا ٱسْتَطَعْتُ ۚ وَمَا تَوْفِيقِىٓ إِلَّا بِٱللَّهِ ۚ عَلَيْهِ تَوَكَّلْتُ وَإِلَيْهِ أُنِيبُ

    Qaala yaa qawmi ara'aitum in kuntu 'alaa baiyinatim mir Rabbee wa razaqanee minhu rizqan hasanaa; wa maaa ureedu an ukhaalifakum ilaa maaa anhaakum 'anh; in ureedu illal islaaha mastata't; wa maa tawfeeqeee illaa billaah; 'alaihi tawakkaltu wa ilaihi uneeb

    U: «Ey qavmim, xabar beringlar-chi, agar men Robbimdan aniq hujjatga ega bo`lsam-chi va meni O`zi tarafidan yaxshi rizq ila rizqlantirgan bo`lsa-chi?! Men sizlarni o`zim qaytarayotgan narsada o`zim xilof qilmoqchi emasman. Men imkonim boricha isloh qilishdan o`zga hech narsani xohlamayman. Mening muvaffaqiyatim faqat Allohga bog`liq. Ungagina tavakkal qildim. Ungagina qaytaman.

  89. 11:89

    وَيَـٰقَوْمِ لَا يَجْرِمَنَّكُمْ شِقَاقِىٓ أَن يُصِيبَكُم مِّثْلُ مَآ أَصَابَ قَوْمَ نُوحٍ أَوْ قَوْمَ هُودٍ أَوْ قَوْمَ صَـٰلِحٍ ۚ وَمَا قَوْمُ لُوطٍ مِّنكُم بِبَعِيدٍ

    Wa yaa qawmi laa yajri mannakum shiqaaqeee ai yuseebakum mislu maaa asaaba qawma Noohin aw qawma Hoodin aw qawma Saalih; wa maa qawmu Lootim minkum biba'eed

    Ey qavmim, menga xilof qilishingiz sizlarni yo Nuh qavmiga, yo Hud qavmiga, yoki Solih qavmiga yetgan musiybatga o`xshash musiybat yetishiga olib bormasin. Lut qavmi sizlardan uzoq emas.

  90. 11:90

    وَٱسْتَغْفِرُوا۟ رَبَّكُمْ ثُمَّ تُوبُوٓا۟ إِلَيْهِ ۚ إِنَّ رَبِّى رَحِيمٌ وَدُودٌ

    Wastaghfiroo Rabbakum summa toobooo ilaih; inna Rabbee Raheemunw Wadood

    Robbingizga istig`for ayting, so`ngra Unga tavba qiling. Albatta, Robbim rahimli va shafqatli Zotdir», – dedi.

  91. 11:91

    قَالُوا۟ يَـٰشُعَيْبُ مَا نَفْقَهُ كَثِيرًا مِّمَّا تَقُولُ وَإِنَّا لَنَرَىٰكَ فِينَا ضَعِيفًا ۖ وَلَوْلَا رَهْطُكَ لَرَجَمْنَـٰكَ ۖ وَمَآ أَنتَ عَلَيْنَا بِعَزِيزٍ

    Qaaloo yaa Shu'aibu maa nafqahu kaseeram mimmaa taqoolu wa innaa lanaraaka feenaa da'eefanw wa law laa rahtuka larajamnaaka wa maaa anta 'alainaa bi'azeez

    Ular: «Ey Shu'ayb, aytganlaringning ko`pini yaxshi tushunmadik va biz seni ichimizda zaifhol ko`ryapmiz, agar odamlaring bo`lmaganida, seni toshbo`ron qilar edik. Sening o`zing biz uchun qimmatli emassan», dedilar.

  92. 11:92

    قَالَ يَـٰقَوْمِ أَرَهْطِىٓ أَعَزُّ عَلَيْكُم مِّنَ ٱللَّهِ وَٱتَّخَذْتُمُوهُ وَرَآءَكُمْ ظِهْرِيًّا ۖ إِنَّ رَبِّى بِمَا تَعْمَلُونَ مُحِيطٌ

    Qaala yaa qawmi arahteee a'azzu 'alaikum minal laahi wattakhaztumoohu waraaa'akum zihriyyan inna Rabbee bimaa ta'maloona muheet

    U: «Ey qavmim, mening odamlarim sizlar uchun Allohdan ko`ra azizroqmi?! Unga orqangizni o`girib oldingiz. Albatta, Robbim qilayotgan amallaringizni ihota qiluvchidir.

  93. 11:93

    وَيَـٰقَوْمِ ٱعْمَلُوا۟ عَلَىٰ مَكَانَتِكُمْ إِنِّى عَـٰمِلٌ ۖ سَوْفَ تَعْلَمُونَ مَن يَأْتِيهِ عَذَابٌ يُخْزِيهِ وَمَنْ هُوَ كَـٰذِبٌ ۖ وَٱرْتَقِبُوٓا۟ إِنِّى مَعَكُمْ رَقِيبٌ

    Wa yaa qawmi' maloo 'alaa makaanatikum innee 'aamilun sawfa ta'lamoona mai yaateehi 'azaabuny yukhzeehi wa man huwa kaazib; wartaqibooo innnee ma'akum raqeeb

    Ey qavmim, imkoningizdagi amalni qilavering, men ham amal qiluvchiman. Kimga sharmanda qiladigan azob kelishini va kim yolg`onchi ekanini tezda bilasizlar. Kutinglar, men ham sizlar ila kutuvchiman», – dedi.

  94. 11:94

    وَلَمَّا جَآءَ أَمْرُنَا نَجَّيْنَا شُعَيْبًا وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مَعَهُۥ بِرَحْمَةٍ مِّنَّا وَأَخَذَتِ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ ٱلصَّيْحَةُ فَأَصْبَحُوا۟ فِى دِيَـٰرِهِمْ جَـٰثِمِينَ

    Wa lammaa jaaa'a amrunaa najjainaa shu'aibanw wal lazeena aamanoo ma'ahoo birahmatim minnaa wa akhazatil lazeena zalamus saihatu fa asbahoo fee diyaarihim jaasimeen

    Amrimiz kelgan paytda Shu'aybga va u bilan birga iymonga kelganlarga O`z rahmatimiz ila najot berdik. Zulm qilganlarni esa, qichqiriq tutdi va diyorlarida to`kildilar.

  95. 11:95

    كَأَن لَّمْ يَغْنَوْا۟ فِيهَآ ۗ أَلَا بُعْدًا لِّمَدْيَنَ كَمَا بَعِدَتْ ثَمُودُ

    Ka-al-lam yaghnaw feehaaa; alaa bu'dal li Madyana Kamaa ba'idat Samood

    Xuddi u yerda yashamaganlardek. Ogoh bo`lingkim, xuddi Samud yo`qolgandek, Madyan ham yo`qoldi.

  96. 11:96

    وَلَقَدْ أَرْسَلْنَا مُوسَىٰ بِـَٔايَـٰتِنَا وَسُلْطَـٰنٍ مُّبِينٍ

    Wa laqad arsalnaa Moosaa bi Aayaatinaa wa sultaanim mubeen

    Batahqiq, Biz Musoni oyatlarimiz va ochiq-oydin hujjatimiz ila yubordik.

  97. 11:97

    إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَمَلَإِي۟هِۦ فَٱتَّبَعُوٓا۟ أَمْرَ فِرْعَوْنَ ۖ وَمَآ أَمْرُ فِرْعَوْنَ بِرَشِيدٍ

    Ilaa Fir'awna wa mala'ihee fattaba'ooo amra Fir'awna wa maaa amru Fir'awna birasheed

    Fir'avn va uning odamlariga. Bas, ular Fir'avn ishiga ergashdilar. Fir'avnning ishi esa, to`g`ri emasdi!

  98. 11:98

    يَقْدُمُ قَوْمَهُۥ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ فَأَوْرَدَهُمُ ٱلنَّارَ ۖ وَبِئْسَ ٱلْوِرْدُ ٱلْمَوْرُودُ

    Yaqdumu qawmahoo Yawmal Qiyaamati fa awrada humun Naara wa bi'sal wirdul mawrood

    U qiyomat kuni qavmining oldiga tushib, ularni do`zaxga boshlab keltirur. U joy qanday ham yomon tushish joyidir.

  99. 11:99

    وَأُتْبِعُوا۟ فِى هَـٰذِهِۦ لَعْنَةً وَيَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ ۚ بِئْسَ ٱلرِّفْدُ ٱلْمَرْفُودُ

    Wa utbi'oo fee haazihee la'natanw wa Yawmal Qiyaamah; bi'sar rifdul marfood

    Bu dunyoda ham, qiyomat kunida ham ularga la'nat ergashur. Bu qanday ham yomon yordamdir!

  100. 11:100

    ذَٰلِكَ مِنْ أَنۢبَآءِ ٱلْقُرَىٰ نَقُصُّهُۥ عَلَيْكَ ۖ مِنْهَا قَآئِمٌ وَحَصِيدٌ

    Zaalika min ambaaa'il quraa naqussuhoo 'alaika minhaa qaaa'imunw wa haseed

    Mana bular shaharlarning xabarlaridan bo`lib, ularni senga qissa qilayotirmiz. Ulardan (o`z o`rnida) turganlari ham bor, yig`ilganlari ham bor.

  101. 11:101

    وَمَا ظَلَمْنَـٰهُمْ وَلَـٰكِن ظَلَمُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ ۖ فَمَآ أَغْنَتْ عَنْهُمْ ءَالِهَتُهُمُ ٱلَّتِى يَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ مِن شَىْءٍ لَّمَّا جَآءَ أَمْرُ رَبِّكَ ۖ وَمَا زَادُوهُمْ غَيْرَ تَتْبِيبٍ

    Wa maa zalamnaahum wa laakin zalamooo anfusahum famaaa aghnat 'anhum aalihatuhumul latee yad'oona min doonil laahi min shai'il lammaa jaaa'a amru Rabbika wa maa zaadoohum ghaira tatbeeb

    Biz ularga zulm qilmadik. Lekin o`zlariga zulm qildilar. Robbingning amri kelgan paytda, Allohni qo`yib iltijo qilgan «xudo»lari hech bir narsada ularning hojatlarini chiqara olmadi. Ularga ziyondan boshqani ziyoda qilmadilar.

  102. 11:102

    وَكَذَٰلِكَ أَخْذُ رَبِّكَ إِذَآ أَخَذَ ٱلْقُرَىٰ وَهِىَ ظَـٰلِمَةٌ ۚ إِنَّ أَخْذَهُۥٓ أَلِيمٌ شَدِيدٌ

    Wa kazaalika akhzu Rabbika izaaa akhazal quraa wa hiya zaalimah; inna akhzahooo aleemun shadeed

    Robbing zolim shaharlarni ushlaganida, ana shunday ushlaydi. Albatta, Uning ushlashi alamli va shiddatlidir.

  103. 11:103

    إِنَّ فِى ذَٰلِكَ لَـَٔايَةً لِّمَنْ خَافَ عَذَابَ ٱلْـَٔاخِرَةِ ۚ ذَٰلِكَ يَوْمٌ مَّجْمُوعٌ لَّهُ ٱلنَّاسُ وَذَٰلِكَ يَوْمٌ مَّشْهُودٌ

    Inna fee zaalika la aayatal liman khaafa 'azaabal Aakhirah; zaalika Yawmum majmoo'ul lahun naasu wa zaalika Yawmum mashhood

    Albatta, bunda oxirat azobidan qo`rqqan kimsa uchun ibrat bordir. Bu kun odamlar jamlanadigan bir kundir. Bu kun shohid bo`linadigan kundir.

  104. 11:104

    وَمَا نُؤَخِّرُهُۥٓ إِلَّا لِأَجَلٍ مَّعْدُودٍ

    Wa maa nu'akhkhiruhooo illaa li ajalim ma'dood

    Uni Biz faqat sanoqli muddatga kechiktiramiz.

  105. 11:105

    يَوْمَ يَأْتِ لَا تَكَلَّمُ نَفْسٌ إِلَّا بِإِذْنِهِۦ ۚ فَمِنْهُمْ شَقِىٌّ وَسَعِيدٌ

    Yawma yaati laa takallamu nafsun illaa bi iznih; faminhum shaqiyyunw wa sa'eed

    U kelgan kunda hech bir jon gapira olmas. Magar U zotning izni ila (gapirur). Bas, ulardan badbaxtlari va baxtlilari bordir.

  106. 11:106

    فَأَمَّا ٱلَّذِينَ شَقُوا۟ فَفِى ٱلنَّارِ لَهُمْ فِيهَا زَفِيرٌ وَشَهِيقٌ

    Fa ammal lazeena shaqoo fafin Naari lahum feehaa zafeerunw wa shaheeq

    Bas, badbaxt bo`lganlar do`zaxdalar. U yerda ular dod-faryod qilurlar.

  107. 11:107

    خَـٰلِدِينَ فِيهَا مَا دَامَتِ ٱلسَّمَـٰوَٰتُ وَٱلْأَرْضُ إِلَّا مَا شَآءَ رَبُّكَ ۚ إِنَّ رَبَّكَ فَعَّالٌ لِّمَا يُرِيدُ

    Khaalideena feehaa maa daamatis samaawaatu wal ardu illaa maa shaaa'a Rabbuk; inna Rabbaka fa' 'aalul limaa yureed

    Ular, modomiki, osmonlaru yer bor ekan, unda abadiy qolurlar. Magar Robbing xohlasa, (abadiy qolmaslar). Albatta, Robbing nimani xohlasa, qilguvchi Zotdir.

  108. 11:108

    ۞ وَأَمَّا ٱلَّذِينَ سُعِدُوا۟ فَفِى ٱلْجَنَّةِ خَـٰلِدِينَ فِيهَا مَا دَامَتِ ٱلسَّمَـٰوَٰتُ وَٱلْأَرْضُ إِلَّا مَا شَآءَ رَبُّكَ ۖ عَطَآءً غَيْرَ مَجْذُوذٍ

    Wa ammal lazeena su'idoo fafil Jannati khaalideena feehaa maa daamatis samaawaatu wal ardu illaa maa shaaa'a Rabbuk; ataaa'an ghaira majzooz

    Baxtli bo`lganlar jannatdadirlar. Ular unda, modomiki, osmonlaru yer bor ekan, abadiylar. Magar Alloh xohlasa, (O`zi bilur). Bu tuganmas in'omdir.

  109. 11:109

    فَلَا تَكُ فِى مِرْيَةٍ مِّمَّا يَعْبُدُ هَـٰٓؤُلَآءِ ۚ مَا يَعْبُدُونَ إِلَّا كَمَا يَعْبُدُ ءَابَآؤُهُم مِّن قَبْلُ ۚ وَإِنَّا لَمُوَفُّوهُمْ نَصِيبَهُمْ غَيْرَ مَنقُوصٍ

    Falaa taku fee miryatim mimmmaa ya'budu haaa'ulaaa'; maa ya'budoona illaa kamaa ya'budu aabaaa'uhum min qabl; wa innaa lamuwaf foohum naseebahum ghaira manqoos

    Sen anavilar ibodat qilayotgan narsada shak-shubhada bo`lma. Ular oldin otalari ibodat qilganga o`xshash ibodat qiladilar, xolos. Va, albatta, Biz ularga nasibalarini (hech bir) kamaytirmay to`liq qilib beramiz.

  110. 11:110

    وَلَقَدْ ءَاتَيْنَا مُوسَى ٱلْكِتَـٰبَ فَٱخْتُلِفَ فِيهِ ۚ وَلَوْلَا كَلِمَةٌ سَبَقَتْ مِن رَّبِّكَ لَقُضِىَ بَيْنَهُمْ ۚ وَإِنَّهُمْ لَفِى شَكٍّ مِّنْهُ مُرِيبٍ

    Wa laqad aatainaa Moosal Kitaaba fakhtulifa feeh; wa law laa Kalimatun sabaqat mir Rabbika laqudiya bainahum; wa innahum lafee shakkim minhu mureeb

    Batahqiq, Musoga kitobni berdik. Bas, u haqida ixtilof qilindi. Agar Robbingdan o`tgan so`z bo`lmaganida, oralarida hukm chiqargan bo`lar edi. Va, albatta, ular undan shak-shubhadadirlar.

  111. 11:111

    وَإِنَّ كُلًّا لَّمَّا لَيُوَفِّيَنَّهُمْ رَبُّكَ أَعْمَـٰلَهُمْ ۚ إِنَّهُۥ بِمَا يَعْمَلُونَ خَبِيرٌ

    Wa inna kullal lammaa la yuwaffiyannahum Rabbuka a'maalahum; innahoo bimaa ya'maloona Khabeer

    Albatta, Robbing hammaga amallariga yarasha to`liq vafo qilur. Chunki, U qilayotgan narsalaridan xabardordir.

  112. 11:112

    فَٱسْتَقِمْ كَمَآ أُمِرْتَ وَمَن تَابَ مَعَكَ وَلَا تَطْغَوْا۟ ۚ إِنَّهُۥ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ

    Fastaqim kamaaa umirta wa man taaba ma'aka wa laa tatghaw; innahoo bimaa ta'maloona Baseer

    Bas, sen va sen bilan tavba qilganlar mustaqiym turinglar va tug`yonga ketmanglar. Chunki, U nima qilayotganingizni ko`rib turguvchidir.

  113. 11:113

    وَلَا تَرْكَنُوٓا۟ إِلَى ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ فَتَمَسَّكُمُ ٱلنَّارُ وَمَا لَكُم مِّن دُونِ ٱللَّهِ مِنْ أَوْلِيَآءَ ثُمَّ لَا تُنصَرُونَ

    Wa laa tarkanooo ilal lazeena zalamoo fatamassa kumun Naaru wa maa lakum min doonil laahi min awliyaaa'a summa laa tunsaroon

    Zulm qilganlarga moyil bo`lmanglar. Yana, sizni do`zax olovi tutmasin. Siz uchun Allohdan o`zga do`stlar yo`q. So`ngra yordam berilmaysizlar.

  114. 11:114

    وَأَقِمِ ٱلصَّلَوٰةَ طَرَفَىِ ٱلنَّهَارِ وَزُلَفًا مِّنَ ٱلَّيْلِ ۚ إِنَّ ٱلْحَسَنَـٰتِ يُذْهِبْنَ ٱلسَّيِّـَٔاتِ ۚ ذَٰلِكَ ذِكْرَىٰ لِلذَّٰكِرِينَ

    Wa aqimis Salaata tarafayin nahaari wa zulafam minal layl; innal hasanaati yuzhibnas saiyi aat; zaalika zikraa liz zaakireen

    Kunduzning ikki tarafida va kechaning bir bo`lagida namozni to`kis ado qil! Albatta, yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi. Bu esa, eslovchilarga eslatmadir.

  115. 11:115

    وَٱصْبِرْ فَإِنَّ ٱللَّهَ لَا يُضِيعُ أَجْرَ ٱلْمُحْسِنِينَ

    Wasbir fa innal laaha laa yudee'u ajral muhsineen

    Va sabr qil. Bas, albatta, Alloh yaxshilik qiluvchilarning ajrini zoye qilmas.

  116. 11:116

    فَلَوْلَا كَانَ مِنَ ٱلْقُرُونِ مِن قَبْلِكُمْ أُو۟لُوا۟ بَقِيَّةٍ يَنْهَوْنَ عَنِ ٱلْفَسَادِ فِى ٱلْأَرْضِ إِلَّا قَلِيلًا مِّمَّنْ أَنجَيْنَا مِنْهُمْ ۗ وَٱتَّبَعَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ مَآ أُتْرِفُوا۟ فِيهِ وَكَانُوا۟ مُجْرِمِينَ

    Falw laa kaana minal qurooni min qablikum ooloo baqiyyatiny yanhawna 'anil fasaadi fil ardi illaa qaleelam mimman anjainaa minhum; wattaba'al lazeena zalamoo maaa utrifoo feehi wa kaanoo mujrimeen

    Sizdan oldingi asrlarda yer yuzida fasoddan qaytaradigan boqiylik egalari bo`lganida edi. Magar Biz najot berganlar ozgina kishilar bo`ldi, xolos. Zulm qilganlar esa, maishat ortidan ketdilar va jinoyatchilardan bo`ldilar.

  117. 11:117

    وَمَا كَانَ رَبُّكَ لِيُهْلِكَ ٱلْقُرَىٰ بِظُلْمٍ وَأَهْلُهَا مُصْلِحُونَ

    Wa maa kaana Rabbuka liyuhlikal quraa bizulminw wa ahluhaa muslihoon

    Robbing ahli islohchi bo`lgan shaharlarni zulm ila halok qilmas edi.

  118. 11:118

    وَلَوْ شَآءَ رَبُّكَ لَجَعَلَ ٱلنَّاسَ أُمَّةً وَٰحِدَةً ۖ وَلَا يَزَالُونَ مُخْتَلِفِينَ

    Wa law shaaa'a Rabbuka laja'alannnaasa ummatanw waa hidatanw wa laa yazaaloona mukhtalifeen

    Agar Robbing xohlasa, odamlarni bir ummat qilardi. Ular ixtilof qilishda bardavom bo`lurlar.

  119. 11:119

    إِلَّا مَن رَّحِمَ رَبُّكَ ۚ وَلِذَٰلِكَ خَلَقَهُمْ ۗ وَتَمَّتْ كَلِمَةُ رَبِّكَ لَأَمْلَأَنَّ جَهَنَّمَ مِنَ ٱلْجِنَّةِ وَٱلنَّاسِ أَجْمَعِينَ

    Illaa mar rahima Rabbuk; wa lizaalika khalaqahum; wa tammat Kalimatu Rabbika la amla'ana Jahannama minal jinnati wannnaasi ajma'een

    Robbing rahim qilganlaridan boshqalari. Ularni shuning uchun yaratgandir. Robbingning: «Jahannamni, albatta, jinlar va odamlar bilan tamomiyla to`ldirurman», degan so`zi batamom bo`ldi.

  120. 11:120

    وَكُلًّا نَّقُصُّ عَلَيْكَ مِنْ أَنۢبَآءِ ٱلرُّسُلِ مَا نُثَبِّتُ بِهِۦ فُؤَادَكَ ۚ وَجَآءَكَ فِى هَـٰذِهِ ٱلْحَقُّ وَمَوْعِظَةٌ وَذِكْرَىٰ لِلْمُؤْمِنِينَ

    Wa kullan naqussu 'alaika min ambaaa'ir Rusuli maa nusabbitu bihee fu'aadak; wa jaaa'aka fee haazihil haqqu wa maw'izatunw wa zikraa lilmu' mineen

    Biz qalbingni sabotli qilish uchun senga Payg`ambarlar xabarining hammasini qissa qilib aytmoqdamiz. Bu(sura)da senga haq va mo`minlarga mav'iza hamda eslatma keldi.

  121. 11:121

    وَقُل لِّلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ ٱعْمَلُوا۟ عَلَىٰ مَكَانَتِكُمْ إِنَّا عَـٰمِلُونَ

    Wa qul lillazeena laa yu'minoona' maloo 'alaa makaanatikum innaa 'aamiloon

    Iymon keltirmaydiganlarga: «Imkoningiz bor amallarni qilavering, biz ham amal qiluvchilarmiz.

  122. 11:122

    وَٱنتَظِرُوٓا۟ إِنَّا مُنتَظِرُونَ

    Wantaziroo innaa mun taziroon

    Va intizor bo`linglar, biz ham muntazirmiz», deb ayt.

  123. 11:123

    وَلِلَّهِ غَيْبُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَإِلَيْهِ يُرْجَعُ ٱلْأَمْرُ كُلُّهُۥ فَٱعْبُدْهُ وَتَوَكَّلْ عَلَيْهِ ۚ وَمَا رَبُّكَ بِغَـٰفِلٍ عَمَّا تَعْمَلُونَ

    Wa lillaahi ghaibus samaawaati wal ardi wa ilaihi yurja'ul amru kulluhoo fa'bu-dhu wa tawakkal 'alaih; wa maa Rabbuka bighaafilin 'ammaa ta'maloon

    Osmonlaru yerning g`aybi(ni bilmoq) Allohga xosdir. Ishning barchasi Unga qaytarilur. Bas, Unga ibodat qil va Ungagina tavakkal qil. Robbing qilayotganlaringizdan g`ofil emasdir.

Manbalar

  • Maʼnolar tarjimasi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
  • Qiroat: Mishari Roshid al-Afasiy, mp3quran.net.
  • Transliteratsiya faqat oʻqishga yordamchi. Toʻgʻri talaffuzni qorining qiroatidan yoki ustozdan oʻrganing.

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ

«Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!» — Qamar surasi, 54:17

Bugun bitta oyatdan boshlang.