1. Qaree
  2. Suralar
  3. Taloq surasi

Taloq surasini qanday yod olish mumkin

  • 65-sura
  • 12 oyat
  • Madaniy
  • Mushafning 558–559-sahifalari

الطلاق

Taloq surasini Qaree’da yod olish

Ilova oʻrnatilgan boʻlsa, uni ochadi, aks holda App Store / Google Play’ni ochadi.

Surani toʻliq tinglang

Qori: Mishari Roshid al-Afasiy

Qancha vaqt kerak

Har kuni ushlab tura oladigan surʼatni tanlang:

Kuniga 1 oyat12 kun
Kuniga 3 oyat4 kun
Kuniga 5 oyat3 kun

Oyatma-oyat qanday yod olish kerak

  1. Avval tinglangOyatni bir necha marta qoʻying va arabcha matnni koʻzingiz bilan kuzatib boring.
  2. Ovoz chiqarib takrorlangTilingizga oson kelguncha qayta-qayta ayting. Qaree har bir takrorni sanaydi.
  3. Yoddan oʻqingMatnga qaramay oʻqing. Qaree’ning tilovat rejimi sizni tinglaydi va xato qilgan soʻzlaringizni belgilaydi.
  4. Ulang va takrorlangYangi oyatni oldingilari bilan birga oʻqing, ertasi kuni esa surani yana bir bor takrorlang.

Taloq surasi: arabcha matni, transliteratsiyasi va tarjimasi

  1. 65:1

    يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ إِذَا طَلَّقْتُمُ ٱلنِّسَآءَ فَطَلِّقُوهُنَّ لِعِدَّتِهِنَّ وَأَحْصُوا۟ ٱلْعِدَّةَ ۖ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ رَبَّكُمْ ۖ لَا تُخْرِجُوهُنَّ مِنۢ بُيُوتِهِنَّ وَلَا يَخْرُجْنَ إِلَّآ أَن يَأْتِينَ بِفَـٰحِشَةٍ مُّبَيِّنَةٍ ۚ وَتِلْكَ حُدُودُ ٱللَّهِ ۚ وَمَن يَتَعَدَّ حُدُودَ ٱللَّهِ فَقَدْ ظَلَمَ نَفْسَهُۥ ۚ لَا تَدْرِى لَعَلَّ ٱللَّهَ يُحْدِثُ بَعْدَ ذَٰلِكَ أَمْرًا

    Yaaa ayyuhan nabiyyu izaa tallaqtummun nisaaa'a fatalliqoohunna li'iddatihinna wa ahsul'iddata; wattaqul laaha rabbakum laa tukhri joohunna mim bu-yootihinna wa laa yakhrujna illaaa any yaateema bifaahishatim mubaiyinah; wa tilka hudoodul laah; wa many yata'adda hudoodal laahi faqad zalama nafsha; laa tadree la'allal laaha yuhdisu ba'dazaalika amraa

    Ey Nabiy! Agar ayollarni taloq qiladigan bo`lsangiz, iddalari uchun qiling va iddani hisoblang va Allohga taqvo qiling. Ularni uylaridan chiqarmanglar va o`zlari ham chiqmasinlar, illo, ochiq-oydin fohisha ish qilgan bo`lsalar (chiqarilurlar) va ana shular Allohning chegaralaridir. Kim Allohning chegarasidan chiqsa, haqiqatan, o`ziga o`zi zulm qilibdi. Sen bilmassan, shoyadki, Alloh undan keyin biror ishni paydo qilsa.

  2. 65:2

    فَإِذَا بَلَغْنَ أَجَلَهُنَّ فَأَمْسِكُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ أَوْ فَارِقُوهُنَّ بِمَعْرُوفٍ وَأَشْهِدُوا۟ ذَوَىْ عَدْلٍ مِّنكُمْ وَأَقِيمُوا۟ ٱلشَّهَـٰدَةَ لِلَّهِ ۚ ذَٰلِكُمْ يُوعَظُ بِهِۦ مَن كَانَ يُؤْمِنُ بِٱللَّهِ وَٱلْيَوْمِ ٱلْـَٔاخِرِ ۚ وَمَن يَتَّقِ ٱللَّهَ يَجْعَل لَّهُۥ مَخْرَجًا

    Fa izaa balaghna ajalahunna fa amsikoohunna bima'roofin aw faariqoohunna bima'roofinw wa ashhidoo zawai 'adlim minkum wa aqeemush shahaadata lillaah; zaalikum yoo'azu bihee man kaana yu'minu billaahi wal yawmil aakhir; wa many yattaqil laaha yaj'al lahoo makhrajaa

    Va ular muddatlariga yetsalar, yaxshilik bilan ushlanglar, yoki yaxshilik bilan ajralinglar va sizdan ikki adolatli kishini guvoh qilinglar. Va guvohlikni Alloh uchun qilinglar. Bu ishingizdan, kimning Allohga va qiyomat kuniga iymoni bo`lsa, va'zlanur. Kim Allohga taqvo qilsa, uning yo`lini ochib qo`yadir.

  3. 65:3

    وَيَرْزُقْهُ مِنْ حَيْثُ لَا يَحْتَسِبُ ۚ وَمَن يَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ فَهُوَ حَسْبُهُۥٓ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بَـٰلِغُ أَمْرِهِۦ ۚ قَدْ جَعَلَ ٱللَّهُ لِكُلِّ شَىْءٍ قَدْرًا

    Wa yarzuqhu min haisu laa yahtasib; wa many yatawakkal 'alal laahi fahuwa husbuh; innal laaha baalighu amrih; qad ja'alal laahu likulli shai'in qadraa

    Va unga o`zi o`ylamagan tarafdan rizq berur. Kim Allohga tavakkal qilsa, bas, unga U zotning O`zi kifoyadir. Albatta, Alloh O`z ishini yetkazuvchidir. Haqiqatan, Alloh har bir narsaga o`lchov qilib qo`ygandir.

  4. 65:4

    وَٱلَّـٰٓـِٔى يَئِسْنَ مِنَ ٱلْمَحِيضِ مِن نِّسَآئِكُمْ إِنِ ٱرْتَبْتُمْ فَعِدَّتُهُنَّ ثَلَـٰثَةُ أَشْهُرٍ وَٱلَّـٰٓـِٔى لَمْ يَحِضْنَ ۚ وَأُو۟لَـٰتُ ٱلْأَحْمَالِ أَجَلُهُنَّ أَن يَضَعْنَ حَمْلَهُنَّ ۚ وَمَن يَتَّقِ ٱللَّهَ يَجْعَل لَّهُۥ مِنْ أَمْرِهِۦ يُسْرًا

    Wallaaa'ee ya'isna minal maheedi min nisaaa 'ikum inir tabtum fa'iddatuhunna salaasatu ashhurinw wallaaa'ee lam yahidn; wa ulaatul ahmaali ajaluhunna any yada'na hamlahun; wa many yattaqil laaha yaj'al lahoo min armrihee yusraa

    Ayollaringizdan hayzdan noumid bo`lganlarining iddasi, agar shubhangiz bo`lsa, uch oydir. Hayz ko`rmaganlariniki ham. Homiladorlarning iddasi homilalarini qo`ymoqlikdir. Kim Allohga taqvo qilsa, U zot uning ishida osonlik qilib beradir.

  5. 65:5

    ذَٰلِكَ أَمْرُ ٱللَّهِ أَنزَلَهُۥٓ إِلَيْكُمْ ۚ وَمَن يَتَّقِ ٱللَّهَ يُكَفِّرْ عَنْهُ سَيِّـَٔاتِهِۦ وَيُعْظِمْ لَهُۥٓ أَجْرًا

    Zaalika amrul laahi anzalahoo ilaikum; wa many yattaqil laaha yukaffir 'anhu saiyi aatihee wa yu'zim lahoo ajraa

    Bular Allohning sizga tushirgan amridir. Kim Allohga taqvo qilsa, uning gunohlarini kechirur va ajrini ko`paytirib berur.

  6. 65:6

    أَسْكِنُوهُنَّ مِنْ حَيْثُ سَكَنتُم مِّن وُجْدِكُمْ وَلَا تُضَآرُّوهُنَّ لِتُضَيِّقُوا۟ عَلَيْهِنَّ ۚ وَإِن كُنَّ أُو۟لَـٰتِ حَمْلٍ فَأَنفِقُوا۟ عَلَيْهِنَّ حَتَّىٰ يَضَعْنَ حَمْلَهُنَّ ۚ فَإِنْ أَرْضَعْنَ لَكُمْ فَـَٔاتُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ ۖ وَأْتَمِرُوا۟ بَيْنَكُم بِمَعْرُوفٍ ۖ وَإِن تَعَاسَرْتُمْ فَسَتُرْضِعُ لَهُۥٓ أُخْرَىٰ

    Askinoohunna min haisu sakantum minw wujdikum wa laa tudaaarroohunna litudaiyiqoo 'alaihinn; wa in kunna ulaati hamlin fa anfiqoo 'alihinna  hattaa yada'na hamlahunn; fain arda'na lakum fa aatoo hunna ujoorahunna waatamiroo bainakum bima'roofinw wa in ta'aasartum fasaturdi'u lahooo ukhraa

    U(ayol)larga, imkoningiz boricha, o`zingiz yashab turgan joydan joy bering. Ularga siqishtirish maqsadida zarar yetkazmang. Agar homilador bo`lsalar, to homilalarini qo`ygunlaricha ularga nafaqa beringlar. Agar sizga (farzandni) emizib bersalar, haqlarini beringlar, o`zaro yaxshilik bilan maslahat qilinglar. Agar qiyinchilikka uchrasangiz, u(er)ga boshqa ayol emizib berur.

  7. 65:7

    لِيُنفِقْ ذُو سَعَةٍ مِّن سَعَتِهِۦ ۖ وَمَن قُدِرَ عَلَيْهِ رِزْقُهُۥ فَلْيُنفِقْ مِمَّآ ءَاتَىٰهُ ٱللَّهُ ۚ لَا يُكَلِّفُ ٱللَّهُ نَفْسًا إِلَّا مَآ ءَاتَىٰهَا ۚ سَيَجْعَلُ ٱللَّهُ بَعْدَ عُسْرٍ يُسْرًا

    Liyuntiq zoo sa'atim min sa'atihee wa man qudira 'alaihi riquhoo falyunfiq mimmaaa aataahul laah; laa yukalliful laahu nafsan illaa maaa aataahaa; sa yaj'alul laahu ba'da'usriny yusraa

    Rizqi keng kengligidan nafaqa qilsin. Kimning rizqi tor bo`lsa, unga Alloh berganidan nafaqa qilsin. Alloh har bir nafsni O`zi berganidan ortiqchaga taklif qilmas. Alloh qiyinchilikdan so`ng tezda osonlikni berur.

  8. 65:8

    وَكَأَيِّن مِّن قَرْيَةٍ عَتَتْ عَنْ أَمْرِ رَبِّهَا وَرُسُلِهِۦ فَحَاسَبْنَـٰهَا حِسَابًا شَدِيدًا وَعَذَّبْنَـٰهَا عَذَابًا نُّكْرًا

    Wa ka ayyim min qaryatin 'atat 'an amri Rabbihaa wa Rusulihee fahaasabnaahaa hisaaban shadeedanw wa 'azzabnaahaa 'azaaban nukraa

    Ko`pgina qishloqlar o`z Robbisining va Uning Rasullarining amriga sarkashlik qildi. Bas, Biz ularni shiddatli hisobga oldik va qattiq azob ila azobladik.

  9. 65:9

    فَذَاقَتْ وَبَالَ أَمْرِهَا وَكَانَ عَـٰقِبَةُ أَمْرِهَا خُسْرًا

    Fazaaqat wabbala amrihaa wa kaana 'aaqibatu amrihaa khusraa

    Bas, ular o`z ishlarining yomonligini totib ko`rdilar va ishlarining oqibati yutqiziq bo`ldi.

  10. 65:10

    أَعَدَّ ٱللَّهُ لَهُمْ عَذَابًا شَدِيدًا ۖ فَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ يَـٰٓأُو۟لِى ٱلْأَلْبَـٰبِ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ۚ قَدْ أَنزَلَ ٱللَّهُ إِلَيْكُمْ ذِكْرًا

    A'addal laahu lahum 'azaaban shadeedan fattaqul laaha yaaa ulil albaab, allazeena aammanoo; qad anzalal laahu ilaikum zikraa

    Alloh ularga qattiq azobni tayyorlab qo`ydi. Bas, Allohga taqvo qiling, ey, iymon keltirgan aql egalari. Haqiqatan, Alloh sizlarga zikrni tushirdi.

  11. 65:11

    رَّسُولًا يَتْلُوا۟ عَلَيْكُمْ ءَايَـٰتِ ٱللَّهِ مُبَيِّنَـٰتٍ لِّيُخْرِجَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ مِنَ ٱلظُّلُمَـٰتِ إِلَى ٱلنُّورِ ۚ وَمَن يُؤْمِنۢ بِٱللَّهِ وَيَعْمَلْ صَـٰلِحًا يُدْخِلْهُ جَنَّـٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ خَـٰلِدِينَ فِيهَآ أَبَدًا ۖ قَدْ أَحْسَنَ ٱللَّهُ لَهُۥ رِزْقًا

    Rasoolany yatloo 'alaikum aayaatil laahi mubaiyinaatil liyukhrijal lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati minaz zulumaati ilan noor; wa many yu'mim billaahi wa ya;mal saalihany yudkhilhu jannaatin tajree min tahtihal anhaaru khaalideena feehaa abadan qad ahsanal laahu lahoo rizqqq

    Payg`ambarki, iymon keltirib va yaxshi amallarni qilganlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun, sizlarga Allohning ravshan oyatlarini tilovat qilib berur. Va kim Allohga iymon keltirsa va yaxshi amallarni qilsa, U zot uni (daraxtlari) ostidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. U yerda abadul-abad qolurlar. Haqiqatan, Alloh uning rizqini yaxshi qilgandir.

  12. 65:12

    ٱللَّهُ ٱلَّذِى خَلَقَ سَبْعَ سَمَـٰوَٰتٍ وَمِنَ ٱلْأَرْضِ مِثْلَهُنَّ يَتَنَزَّلُ ٱلْأَمْرُ بَيْنَهُنَّ لِتَعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ وَأَنَّ ٱللَّهَ قَدْ أَحَاطَ بِكُلِّ شَىْءٍ عِلْمًۢا

    Allaahul lazee khalaq Sab'a Samaawaatinw wa minal ardi mislahunna yatanazzalul amru bainahunna lita'lamooo annal laaha 'alaa kulli shai'in Qadeerunw wa annal laaha qad ahaata bikulli shai'in ilmaa

    Alloh yetti osmonni va ular mislidek yerni yaratgan Zotdir. Ularning orasidan U zotning amri tushadir. Alloh har bir narsaga qodir ekanini va, albatta, Alloh har bir narsani O`z ilmi ila o`rab olganini bilishingiz uchundir.

Manbalar

  • Maʼnolar tarjimasi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
  • Qiroat: Mishari Roshid al-Afasiy, mp3quran.net.
  • Transliteratsiya faqat oʻqishga yordamchi. Toʻgʻri talaffuzni qorining qiroatidan yoki ustozdan oʻrganing.

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ

«Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!» — Qamar surasi, 54:17

Bugun bitta oyatdan boshlang.