Mumtahana surasini qanday yod olish mumkin
«Imtihon qilinuvchi ayol»
- 60-sura
- 13 oyat
- Madaniy
- Mushafning 549–551-sahifalari
الممتحنة
Ilova oʻrnatilgan boʻlsa, uni ochadi, aks holda App Store / Google Play’ni ochadi.
Surani toʻliq tinglang
Qori: Mishari Roshid al-Afasiy
Qancha vaqt kerak
Har kuni ushlab tura oladigan surʼatni tanlang:
| Kuniga 1 oyat | 13 kun |
| Kuniga 3 oyat | 5 kun |
| Kuniga 5 oyat | 3 kun |
Oyatma-oyat qanday yod olish kerak
- Avval tinglangOyatni bir necha marta qoʻying va arabcha matnni koʻzingiz bilan kuzatib boring.
- Ovoz chiqarib takrorlangTilingizga oson kelguncha qayta-qayta ayting. Qaree har bir takrorni sanaydi.
- Yoddan oʻqingMatnga qaramay oʻqing. Qaree’ning tilovat rejimi sizni tinglaydi va xato qilgan soʻzlaringizni belgilaydi.
- Ulang va takrorlangYangi oyatni oldingilari bilan birga oʻqing, ertasi kuni esa surani yana bir bor takrorlang.
Mumtahana surasi: arabcha matni, transliteratsiyasi va tarjimasi
-
60:1
يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَتَّخِذُوا۟ عَدُوِّى وَعَدُوَّكُمْ أَوْلِيَآءَ تُلْقُونَ إِلَيْهِم بِٱلْمَوَدَّةِ وَقَدْ كَفَرُوا۟ بِمَا جَآءَكُم مِّنَ ٱلْحَقِّ يُخْرِجُونَ ٱلرَّسُولَ وَإِيَّاكُمْ ۙ أَن تُؤْمِنُوا۟ بِٱللَّهِ رَبِّكُمْ إِن كُنتُمْ خَرَجْتُمْ جِهَـٰدًا فِى سَبِيلِى وَٱبْتِغَآءَ مَرْضَاتِى ۚ تُسِرُّونَ إِلَيْهِم بِٱلْمَوَدَّةِ وَأَنَا۠ أَعْلَمُ بِمَآ أَخْفَيْتُمْ وَمَآ أَعْلَنتُمْ ۚ وَمَن يَفْعَلْهُ مِنكُمْ فَقَدْ ضَلَّ سَوَآءَ ٱلسَّبِيلِ
Yaa ayyuhal lazeena aamanoo laa tattakhizoo 'aduwwee wa 'aduwaakum awliyaaa'a tulqoona ilaihim bilmawaddati wa qad kafaroo bima jaaa'akum minal haqq, yukhrijoonar Rasoola wa iyyaakum an tu'minoo billaahi rabbikum in kuntum kharajtum jihaadan fee sabeelee wabtighaaa'a mardaatee; tusirroona ilaihim bilma waddati wa ana a'alamu bimaaa akhfaitum wa maaa a'lantum; wa many yaf'alhu minkum faqad dalla sawaaa'as sabeel
Ey, iymon keltirganlar! Agar Mening yo`limda jihod qilib va roziligimni so`rab chiqqan bo`lsangiz, Mening dushmanlarimni va o`zingizning dushmanlaringizni do`st tutmanglar. Sizlar ularga do`stlik qilasizlar, ular bo`lsa, sizlarga kelgan haqqa kufr keltirurlar. Robbingiz bo`lmish Allohga iymon keltirganingiz uchun, Payg`ambarni va sizni haydab chiqarurlar. Siz ularga do`stlik qilib sir aytursiz. Holbuki, Men nimani maxfiy tutganingizniyu nimani oshkor qilganingizni juda yaxshi bilurman. Oralaringizda kim o`sha ishni qilsa, to`g`ri yo`ldan adashgan bo`lur.
-
60:2
إِن يَثْقَفُوكُمْ يَكُونُوا۟ لَكُمْ أَعْدَآءً وَيَبْسُطُوٓا۟ إِلَيْكُمْ أَيْدِيَهُمْ وَأَلْسِنَتَهُم بِٱلسُّوٓءِ وَوَدُّوا۟ لَوْ تَكْفُرُونَ
Iny yasqafookum yakoonoo lakum a'daaa'anw wa yabsutooo ilaikum aydiyahum wa alsinatahum bissooo'i wa waddoo law takfuroon
Agar ular sizdan ustun kelsalar, sizga dushman bo`lurlar va sizlarga qo`llariyu tillari bilan yomonlik yetkazishga intilurlar. Va sizlarning kofir bo`lishlaringizni xohlarlar.
-
60:3
لَن تَنفَعَكُمْ أَرْحَامُكُمْ وَلَآ أَوْلَـٰدُكُمْ ۚ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ يَفْصِلُ بَيْنَكُمْ ۚ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ
Lan tanfa'akum arhaamukum wa laaa awlaadukum; yawmal qiyaamati yafsilu bainakum; wallaahu bimaa ta'maloon baseer
Qarindoshlaringiz va farzandlaringiz sizga hech manfaat bera olmaslar. Qiyomat kuni U zot oralaringizni bo`ladir. Alloh nima qilayotganingizni ko`rib turguvchidir.
-
60:4
قَدْ كَانَتْ لَكُمْ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ فِىٓ إِبْرَٰهِيمَ وَٱلَّذِينَ مَعَهُۥٓ إِذْ قَالُوا۟ لِقَوْمِهِمْ إِنَّا بُرَءَٰٓؤُا۟ مِنكُمْ وَمِمَّا تَعْبُدُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ كَفَرْنَا بِكُمْ وَبَدَا بَيْنَنَا وَبَيْنَكُمُ ٱلْعَدَٰوَةُ وَٱلْبَغْضَآءُ أَبَدًا حَتَّىٰ تُؤْمِنُوا۟ بِٱللَّهِ وَحْدَهُۥٓ إِلَّا قَوْلَ إِبْرَٰهِيمَ لِأَبِيهِ لَأَسْتَغْفِرَنَّ لَكَ وَمَآ أَمْلِكُ لَكَ مِنَ ٱللَّهِ مِن شَىْءٍ ۖ رَّبَّنَا عَلَيْكَ تَوَكَّلْنَا وَإِلَيْكَ أَنَبْنَا وَإِلَيْكَ ٱلْمَصِيرُ
Qad kaanat lakum uswatun basanatun feee Ibraaheema wallazeena ma'ahoo iz qaaloo liqawmihim innaa bura'aaa'u minkum wa mimmaa ta'budoona min doonil laahi kafarnaa bikum wa badaa bainanaa wa bainakumul 'adaawatu wal baghdaaa'u abadan hattaa tu'minoo billaahi wahdahooo illaa qawla Ibraheema li abeehi la astaghfiranna laka wa maaa amliku laka minal laahi min shai; rabbanaa 'alaika tawakkalnaa wa ilaika anabnaa wa ilaikal maseer
Haqiqatan, sizlarga Ibrohim va u bilan birga bo`lganlarda yaxshi o`rnak bor. Ular: «Biz sizdan va siz ibodat qilayotgan narsadan bezormiz, sizga kufr keltirdik, endi, toki yagona Allohga iymon keltirmagunlaringizcha, oramizda doimiy adovat va kuchli nafrat paydo bo`ldi», dedilar. Ammo, Ibrohimning otasiga qarata: «Albatta, sen uchun istig`for aytaman. Sendan Alloh(azobi)dan biror narsa qaytarishga molik emasman», degan so`zida (o`rnak yo`q). «Ey Robbimiz, faqat Senga tavakkal qildik, faqat Sengagina qaytdik va qaytib boradigan joy ham faqat Sengaginadir».
-
60:5
رَبَّنَا لَا تَجْعَلْنَا فِتْنَةً لِّلَّذِينَ كَفَرُوا۟ وَٱغْفِرْ لَنَا رَبَّنَآ ۖ إِنَّكَ أَنتَ ٱلْعَزِيزُ ٱلْحَكِيمُ
Rabbana laa taj'alnaa fitnatal lillazeena kafaroo waghfir lanaa rabbanaa innaka antal azeezul hakeem
«Ey Robbimiz, bizni kofirlarga fitna qilib qo`ymagin va bizni kechirgin. Ey Robbimiz, albatta Sen, O`zing o`olibsan va Hakiymsan».
-
60:6
لَقَدْ كَانَ لَكُمْ فِيهِمْ أُسْوَةٌ حَسَنَةٌ لِّمَن كَانَ يَرْجُوا۟ ٱللَّهَ وَٱلْيَوْمَ ٱلْـَٔاخِرَ ۚ وَمَن يَتَوَلَّ فَإِنَّ ٱللَّهَ هُوَ ٱلْغَنِىُّ ٱلْحَمِيدُ
Laqad kaana lakum feehim uswatunhasanatul liman kaana yarjul laaha wal yawmal aakhir; wa many yatawalla fa innal laaha huwal ghaniyyul hameed
Albatta, kimning Allohdan va qiyomat kunidan umidi bo`lsa, shular uchun ularda yaxshi o`rnak bor edi. Lekin kim yuz o`girsa (bilib qo`ysinki), Alloh behojat, maqtalgan Zotdir.
-
60:7
۞ عَسَى ٱللَّهُ أَن يَجْعَلَ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَ ٱلَّذِينَ عَادَيْتُم مِّنْهُم مَّوَدَّةً ۚ وَٱللَّهُ قَدِيرٌ ۚ وَٱللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ
Asal laahu any yaj'ala bainakum wa bainal lazeena 'aadaitum minhum mawaddah; wallahu qadeer; wallahu ghafoorur raheem
Shoyadki, Alloh sizlar bilan ular ichidagi dushmanlaringiz o`rtasida do`stlik paydo qilsa, Alloh bunga qodirdir. Alloh kechiruvchi va rahiymlidir.
-
60:8
لَّا يَنْهَىٰكُمُ ٱللَّهُ عَنِ ٱلَّذِينَ لَمْ يُقَـٰتِلُوكُمْ فِى ٱلدِّينِ وَلَمْ يُخْرِجُوكُم مِّن دِيَـٰرِكُمْ أَن تَبَرُّوهُمْ وَتُقْسِطُوٓا۟ إِلَيْهِمْ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ يُحِبُّ ٱلْمُقْسِطِينَ
Laa yanhaakumul laahu 'anil lazeena lam yuqaatilookum fid deeni wa lam yukhrijookum min diyaarikum an tabarroohum wa tuqsitooo ilaihim; innal laaha yuhibbul muqsiteen
Alloh sizlarni diniy urush qilmagan va diyorlaringizdan quvib chiqarmaganlarga yaxshilik va adolat qilishdan qaytarmas. Albatta, Alloh adolat qiluvchilarni yaxshi ko`radir.
-
60:9
إِنَّمَا يَنْهَىٰكُمُ ٱللَّهُ عَنِ ٱلَّذِينَ قَـٰتَلُوكُمْ فِى ٱلدِّينِ وَأَخْرَجُوكُم مِّن دِيَـٰرِكُمْ وَظَـٰهَرُوا۟ عَلَىٰٓ إِخْرَاجِكُمْ أَن تَوَلَّوْهُمْ ۚ وَمَن يَتَوَلَّهُمْ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلظَّـٰلِمُونَ
Innamaa yanhaakumul laahu 'anil lazeena qaatalookum fid deeni wa akhrajookum min diyaarikum wa zaaharoo 'alaa ikhraajikum an tawallawhum; wa many yatawallahum faulaaa'ika humuz zaalimoon
Albatta, Alloh sizlarni diniy urush qiluvchilar, diyoringizdan chiqaruvchilar va chiqarilishingizga yordam berganlarga do`stlik qilishdan qaytaradir. Ularni do`st tutganlar zolim kishilardir.
-
60:10
يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِذَا جَآءَكُمُ ٱلْمُؤْمِنَـٰتُ مُهَـٰجِرَٰتٍ فَٱمْتَحِنُوهُنَّ ۖ ٱللَّهُ أَعْلَمُ بِإِيمَـٰنِهِنَّ ۖ فَإِنْ عَلِمْتُمُوهُنَّ مُؤْمِنَـٰتٍ فَلَا تَرْجِعُوهُنَّ إِلَى ٱلْكُفَّارِ ۖ لَا هُنَّ حِلٌّ لَّهُمْ وَلَا هُمْ يَحِلُّونَ لَهُنَّ ۖ وَءَاتُوهُم مَّآ أَنفَقُوا۟ ۚ وَلَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ أَن تَنكِحُوهُنَّ إِذَآ ءَاتَيْتُمُوهُنَّ أُجُورَهُنَّ ۚ وَلَا تُمْسِكُوا۟ بِعِصَمِ ٱلْكَوَافِرِ وَسْـَٔلُوا۟ مَآ أَنفَقْتُمْ وَلْيَسْـَٔلُوا۟ مَآ أَنفَقُوا۟ ۚ ذَٰلِكُمْ حُكْمُ ٱللَّهِ ۖ يَحْكُمُ بَيْنَكُمْ ۚ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ
Yaa ayyuhal lazeena aamanoo izaa jaaa'akumul mu'minaatu muhaajiraatin famtah inoohunna Allaahu a'lamu bieemaanihinna fa in 'alimtumoohunna mu'minaatin falaa tarji'oohunna ilal kuffaar; laa hunna hillul lahum wa laa hum uahilloona lahunna wa aatoohum maa anfaqoo wa laa junaaha 'alaikum an tankihoohunna izaaa aataitumoohunna ujoorahunn; wa laa tumsikoo bi 'isamil kawaafiri was'aloo maaa anfaqtum walyas'aloo maaa anfaqoo zaalikum hukmul laahi yahkumu bainakum wallaahu 'aleemun hakeem
Ey, iymon keltirganlar! Agar sizlarga mo`minalar hijrat qilib kelsalar, ularni imtihon qilib ko`ringlar. Alloh ularning iymonini bilguvchidir. Bas, mo`minaliklarini bilsangiz, ularni kofirlarga qaytarib yubormang. Bu(ayol)lar ularga halol emas va ular ham bularga halol bo`lmaslar. Va u(kofir)larga nafaqa qilgan narsalarini beringlar. Va agar u(ayol)larni mahrlarini berib, nikohlab olsangizlar, sizlarga gunoh bo`lmas. Kofir xotinlaringizni nikohlaringizda ushlab turmanglar. Nafaqa qilgan narsalaringizni so`ranglar, ular ham nafaqa qilgan narsalarini so`rasinlar. Bu, sizlarga Allohning hukmidir. U, orangizda hukm qiladir. Alloh bilguvchi va hikmatlidir.
-
60:11
وَإِن فَاتَكُمْ شَىْءٌ مِّنْ أَزْوَٰجِكُمْ إِلَى ٱلْكُفَّارِ فَعَاقَبْتُمْ فَـَٔاتُوا۟ ٱلَّذِينَ ذَهَبَتْ أَزْوَٰجُهُم مِّثْلَ مَآ أَنفَقُوا۟ ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ٱلَّذِىٓ أَنتُم بِهِۦ مُؤْمِنُونَ
Wa in faatakum shai'um min azwaajikum ilal kuffaari fa'aaqabtum fa aatul lazeena zahabat azwaajuhum misla maaa anfaqoo; wattaqul laahal lazeee antum bihee mu'minoon
Agar ayollaringizdan birortasi kofirlarga o`tib ketsa, urushda tushirilgan o`ljadan xotini ketib qolganga u nafaqa qilgan miqdorni beringiz. O`zingiz iymon keltirgan Allohdan qo`rqing.
-
60:12
يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ إِذَا جَآءَكَ ٱلْمُؤْمِنَـٰتُ يُبَايِعْنَكَ عَلَىٰٓ أَن لَّا يُشْرِكْنَ بِٱللَّهِ شَيْـًٔا وَلَا يَسْرِقْنَ وَلَا يَزْنِينَ وَلَا يَقْتُلْنَ أَوْلَـٰدَهُنَّ وَلَا يَأْتِينَ بِبُهْتَـٰنٍ يَفْتَرِينَهُۥ بَيْنَ أَيْدِيهِنَّ وَأَرْجُلِهِنَّ وَلَا يَعْصِينَكَ فِى مَعْرُوفٍ ۙ فَبَايِعْهُنَّ وَٱسْتَغْفِرْ لَهُنَّ ٱللَّهَ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ
Yaaa ayyuhan nabbiyyu izaa jaaa'akal mu'minaau yubaai naka 'alaaa allaa yushrikna billaahi shai 'anw wa laa yasriqna wa laa yazneena wa laa yaqtulna awlaadahunna wa laa yaateena bibuhtaaniny yaftaree nahoo baina aydeehinna wa arjulihinna wa laa ya'seenaka fee ma'roofin fabaayi'hunna wastaghfir lahunnal laaha innnal laaha ghafoorur raheem
Ey Nabiy! Agar mo`minalar senga Allohga hech narsani shirk keltirmaslik, o`g`rilik qilmaslik, zino qilmaslik, bolalarini o`ldirmaslik, qo`llari va oyoqlari orasidan bo`hton to`qib keltirmaslik va senga yaxshilik ishda isyon qilmaslikka bay'at qilib kelsalar, ularning bay'atini qabul qil. Va Allohdan ularning gunohini kechishni so`ra. Albatta, Alloh gunohlarni kechiruvchi va mehribondir.
-
60:13
يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَا تَتَوَلَّوْا۟ قَوْمًا غَضِبَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمْ قَدْ يَئِسُوا۟ مِنَ ٱلْـَٔاخِرَةِ كَمَا يَئِسَ ٱلْكُفَّارُ مِنْ أَصْحَـٰبِ ٱلْقُبُورِ
Yaaa ayyuhal lazeena amanoo laa tatawallaw qawman ghadibal laahu 'alaihim qad ya'isoo minal aakhirati kamaa ya'isal kuffaaru min as haabil quboor
Ey, iymon keltirganlar! Allohning g`azabiga uchragan qavmni do`st tutmanglar. Kofirlar qabr egalaridan umid uzganlaridek, ular ham oxiratdan umid uzganlar.
Manbalar
- Maʼnolar tarjimasi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
- Qiroat: Mishari Roshid al-Afasiy, mp3quran.net.
- Transliteratsiya faqat oʻqishga yordamchi. Toʻgʻri talaffuzni qorining qiroatidan yoki ustozdan oʻrganing.
وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ
«Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!» — Qamar surasi, 54:17