1. Qaree
  2. Suralar
  3. Kahf surasi

Kahf surasini qanday yod olish mumkin

«Gʻor»

  • 18-sura
  • 110 oyat
  • Makkiy
  • Mushafning 293–304-sahifalari

الكهف

Kahf surasini Qaree’da yod olish

Ilova oʻrnatilgan boʻlsa, uni ochadi, aks holda App Store / Google Play’ni ochadi.

Surani toʻliq tinglang

Qori: Mishari Roshid al-Afasiy

Qancha vaqt kerak

Har kuni ushlab tura oladigan surʼatni tanlang:

Kuniga 1 oyat110 kun
Kuniga 3 oyat37 kun
Kuniga 5 oyat22 kun

Oyatma-oyat qanday yod olish kerak

  1. Avval tinglangOyatni bir necha marta qoʻying va arabcha matnni koʻzingiz bilan kuzatib boring.
  2. Ovoz chiqarib takrorlangTilingizga oson kelguncha qayta-qayta ayting. Qaree har bir takrorni sanaydi.
  3. Yoddan oʻqingMatnga qaramay oʻqing. Qaree’ning tilovat rejimi sizni tinglaydi va xato qilgan soʻzlaringizni belgilaydi.
  4. Ulang va takrorlangYangi oyatni oldingilari bilan birga oʻqing, ertasi kuni esa surani yana bir bor takrorlang.

Kahf surasi: arabcha matni, transliteratsiyasi va tarjimasi

  1. 18:1

    ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِىٓ أَنزَلَ عَلَىٰ عَبْدِهِ ٱلْكِتَـٰبَ وَلَمْ يَجْعَل لَّهُۥ عِوَجَا ۜ

    Alhamdu lillaahil lazeee anzala 'alaa 'abdihil kitaaba wa lam yaj'al lahoo 'iwajaa

    O`z bandasiga kitob nozil etgan va unda hech bir egrilik qilmagan Allohga hamd bo`lsin.

  2. 18:2

    قَيِّمًا لِّيُنذِرَ بَأْسًا شَدِيدًا مِّن لَّدُنْهُ وَيُبَشِّرَ ٱلْمُؤْمِنِينَ ٱلَّذِينَ يَعْمَلُونَ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ أَنَّ لَهُمْ أَجْرًا حَسَنًا

    Qaiyimal liyunzira baasan shadeedam mil ladunhu wa yubashshiral mu'mineenal lazeena ya'maloonas saalihaati anna lahum ajran hasanaa

    Uni to`g`ri qilgan; O`z huzuridan bo`ladigan shiddatli azobdan ogohlantiradigan; yaxshi amallarni qiladigan mo`minlarga, ularga go`zal ajr bo`lishi bashoratini beradigan qilgan Zotga.

  3. 18:3

    مَّـٰكِثِينَ فِيهِ أَبَدًا

    Maakiseena feehi abadaa

    (Ular) u(ajr)da abadiy qolguvchidirlar.

  4. 18:4

    وَيُنذِرَ ٱلَّذِينَ قَالُوا۟ ٱتَّخَذَ ٱللَّهُ وَلَدًا

    Wa yunziral lazeena qaalut takhazal laahu waladaa

    Va, Alloh O`ziga bola tutdi, deganlarni ogohlantirish uchun.

  5. 18:5

    مَّا لَهُم بِهِۦ مِنْ عِلْمٍ وَلَا لِـَٔابَآئِهِمْ ۚ كَبُرَتْ كَلِمَةً تَخْرُجُ مِنْ أَفْوَٰهِهِمْ ۚ إِن يَقُولُونَ إِلَّا كَذِبًا

    Maa lahum bihee min 'ilminw wa laa li aabaaa'ihim; kaburat kalimatan takhruju min afwaahihim; iny yaqooloona illaa kazibaa

    Na ularning va na ota-bobolarining bu haqda ilmi yo`qdir. Og`izlaridan chiqadigan so`z qanday ham og`ir. Ular yolg`ondan boshqani aytmaslar.

  6. 18:6

    فَلَعَلَّكَ بَـٰخِعٌ نَّفْسَكَ عَلَىٰٓ ءَاثَـٰرِهِمْ إِن لَّمْ يُؤْمِنُوا۟ بِهَـٰذَا ٱلْحَدِيثِ أَسَفًا

    Fala'allaka baakhi'un nafsaka 'alaaa aasaarihim illam yu;minoo bihaazal hadeesi asafaa

    Ular bu so`zga iymon keltirmasalar, ehtimol, ularning ortidan taassuf ila o`zingni halok etmoqchi bo`larsan?!

  7. 18:7

    إِنَّا جَعَلْنَا مَا عَلَى ٱلْأَرْضِ زِينَةً لَّهَا لِنَبْلُوَهُمْ أَيُّهُمْ أَحْسَنُ عَمَلًا

    Innaa ja'alnaa ma 'alal ardi zeenatal lahaa linabluwahum ayyuhum ahsanu 'amalaa

    Biz yer yuzidagi narsalarni, ularning qaysilari go`zalroq amal qilishini sinash uchun, zebu ziynat qilib qo`yganmiz.

  8. 18:8

    وَإِنَّا لَجَـٰعِلُونَ مَا عَلَيْهَا صَعِيدًا جُرُزًا

    Wa innaa lajaa 'iloona maa 'alaihaa sa'aeedan juruzaa

    Albatta, Biz uning yuzidagi narsalarni qup-quruq tuproqqa aylantirguvchimiz.

  9. 18:9

    أَمْ حَسِبْتَ أَنَّ أَصْحَـٰبَ ٱلْكَهْفِ وَٱلرَّقِيمِ كَانُوا۟ مِنْ ءَايَـٰتِنَا عَجَبًا

    Am hasibta anna Ashaabal Kahfi war Raqeemi kaanoo min Aayaatinaa 'ajabaa

    Kahf va bitik egalarini Bizning ajoyib oyat — belgilarimizdan deb o`yladingmi?!

  10. 18:10

    إِذْ أَوَى ٱلْفِتْيَةُ إِلَى ٱلْكَهْفِ فَقَالُوا۟ رَبَّنَآ ءَاتِنَا مِن لَّدُنكَ رَحْمَةً وَهَيِّئْ لَنَا مِنْ أَمْرِنَا رَشَدًا

    Iz awal fityatu ilal Kahfi faqaaloo Rabbanaaa aatinaa mil ladunka rahmatanw wa haiyi' lanaa min amrinaa rashadaa

    Qachonki yigitlar kahfdan joy olganlarida: «Ey Robbimiz, bizga O`z huzuringdan rahmat bergin va ishimizni o`zing to`g`rilagin», dedilar.

  11. 18:11

    فَضَرَبْنَا عَلَىٰٓ ءَاذَانِهِمْ فِى ٱلْكَهْفِ سِنِينَ عَدَدًا

    Fadarabnaa 'alaaa aazaanihim fil Kahfi seneena 'adadaa

    Bas, kahfda ularning quloqlariga bir necha yillar (parda) urdik.

  12. 18:12

    ثُمَّ بَعَثْنَـٰهُمْ لِنَعْلَمَ أَىُّ ٱلْحِزْبَيْنِ أَحْصَىٰ لِمَا لَبِثُوٓا۟ أَمَدًا

    Summa ba'asnaahum lina'lama ayyul hizbaini ahsaa limaa labisooo amadaa

    So`ngra, ikki guruhdan qaysi biri ularning turgan muddatini hisoblovchiroq ekanini bilish uchun ularni uyg`otdik.

  13. 18:13

    نَّحْنُ نَقُصُّ عَلَيْكَ نَبَأَهُم بِٱلْحَقِّ ۚ إِنَّهُمْ فِتْيَةٌ ءَامَنُوا۟ بِرَبِّهِمْ وَزِدْنَـٰهُمْ هُدًى

    Nahnu naqussu 'alaika naba ahum bilhaqq; innahum fityatun aamanoo bi Rabbihim wa zidnaahum hudaa

    Biz senga ularning xabarlarini haq ila qissa etib beramiz. Albatta, ular Robbilariga iymon keltirgan yigitlardir. Va Biz ularga yanada ziyoda hidoyat berdik.

  14. 18:14

    وَرَبَطْنَا عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ إِذْ قَامُوا۟ فَقَالُوا۟ رَبُّنَا رَبُّ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ لَن نَّدْعُوَا۟ مِن دُونِهِۦٓ إِلَـٰهًا ۖ لَّقَدْ قُلْنَآ إِذًا شَطَطًا

    Wa rabatnaa 'alaa quloo bihim iz qaamoo faqaaloo Rabbunaa Rabbus samaawaati wal ardi lan nad'uwa min dooniheee ilaahal laqad qulnaaa izan shatataa

    Ularning qalblarini mustahkamladik. Qachonki turdilar, bas: «Bizning Robbimiz osmonlaru yerning Robbidir. Undan o`zgani hargiz iloh deya duo qilmaymiz. Agar shunday qilsak, nohaq so`zni aytgan bo`lurmiz.

  15. 18:15

    هَـٰٓؤُلَآءِ قَوْمُنَا ٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِهِۦٓ ءَالِهَةً ۖ لَّوْلَا يَأْتُونَ عَلَيْهِم بِسُلْطَـٰنٍۭ بَيِّنٍ ۖ فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا

    Haaa'ulaaa'i qawmunat takhazoo min dooniheee aalihatal law laa yaatoona 'alaihim bisultaanim baiyin; faman azlamu mimmaniftaraa 'alal laahi kazibaa

    Ana u qavmimiz undan o`zga xudolar tutdilar. Ularga ravshan hujjatlar keltira olarmikanlar?! Allohga yolg`on uydirgandan ham zolimroq kim bor», dedilar.

  16. 18:16

    وَإِذِ ٱعْتَزَلْتُمُوهُمْ وَمَا يَعْبُدُونَ إِلَّا ٱللَّهَ فَأْوُۥٓا۟ إِلَى ٱلْكَهْفِ يَنشُرْ لَكُمْ رَبُّكُم مِّن رَّحْمَتِهِۦ وَيُهَيِّئْ لَكُم مِّنْ أَمْرِكُم مِّرْفَقًا

    Wa izi'tazal tumoohum wa maa ya'budoona illal laaha faawooo ilal kahfi yanshur lakum Rabbukum mir rahmatihee wa yuhaiyi' lakum min amrikum mirfaqa

    «Modomiki, ulardan va ular ibodat qilayotgan, Allohdan boshqa narsadan uzoqlashmoqchi bo`lsangiz, kahfdan panoh joy olingiz. Robbingiz sizga O`z rahmatini taratur va sizga ishingizda osonlik yaratur», dedilar.

  17. 18:17

    ۞ وَتَرَى ٱلشَّمْسَ إِذَا طَلَعَت تَّزَٰوَرُ عَن كَهْفِهِمْ ذَاتَ ٱلْيَمِينِ وَإِذَا غَرَبَت تَّقْرِضُهُمْ ذَاتَ ٱلشِّمَالِ وَهُمْ فِى فَجْوَةٍ مِّنْهُ ۚ ذَٰلِكَ مِنْ ءَايَـٰتِ ٱللَّهِ ۗ مَن يَهْدِ ٱللَّهُ فَهُوَ ٱلْمُهْتَدِ ۖ وَمَن يُضْلِلْ فَلَن تَجِدَ لَهُۥ وَلِيًّا مُّرْشِدًا

    Wa tarash shamsa izaa tala'at tazaawaru 'an kahfihim zaatal yameeni wa izaa gharabat taqriduhum zaatash shimaali wa hum fee fajwatim minh; zaalika min Aayaatillaah; mai yahdil laahu fahuwal muhtad, wa mai yudlil falan tajida lahoo waliyyam murshidaa

    Quyosh chiqqanida ularning kahfining o`ng tomonidan moyil bo`lganini, botganda esa, chap tomonidan qiyib o`tganini ko`rasan. Ular esa u(g`or)ning keng joyidadirlar. Ana shu ham Allohning mo`'jizalaridandir. Kimni Alloh hidoyatga boshlasa, o`sha hidoyat topguvchidir. Kimni adashtirsa, bas, hargiz unga irshod qiluvchi biron do`st topa olmassan.

  18. 18:18

    وَتَحْسَبُهُمْ أَيْقَاظًا وَهُمْ رُقُودٌ ۚ وَنُقَلِّبُهُمْ ذَاتَ ٱلْيَمِينِ وَذَاتَ ٱلشِّمَالِ ۖ وَكَلْبُهُم بَـٰسِطٌ ذِرَاعَيْهِ بِٱلْوَصِيدِ ۚ لَوِ ٱطَّلَعْتَ عَلَيْهِمْ لَوَلَّيْتَ مِنْهُمْ فِرَارًا وَلَمُلِئْتَ مِنْهُمْ رُعْبًا

    Wa tahsabuhum ayqaazanw wa hum ruqood; wa nuqallibuhum zaatal yameeni wa zaatash shimaali wa kalbuhum baasitun ziraa'ayhi bilwaseed; lawit tala'ta 'alaihim la wallaita minhum firaaranw wa lamuli'ta minhum rubaa

    Ularni uyg`oq deb o`ylaysan, holbuki, uxlab yoturlar. Ularni goh o`ngga, goh chapga ag`darib tururmiz. Itlari esa, ostonada old oyoqlarini cho`zib yotur. Gar ularni ko`rsayding, ortga o`girilib qochar va ulardan qo`rqinchga to`lar eding.

  19. 18:19

    وَكَذَٰلِكَ بَعَثْنَـٰهُمْ لِيَتَسَآءَلُوا۟ بَيْنَهُمْ ۚ قَالَ قَآئِلٌ مِّنْهُمْ كَمْ لَبِثْتُمْ ۖ قَالُوا۟ لَبِثْنَا يَوْمًا أَوْ بَعْضَ يَوْمٍ ۚ قَالُوا۟ رَبُّكُمْ أَعْلَمُ بِمَا لَبِثْتُمْ فَٱبْعَثُوٓا۟ أَحَدَكُم بِوَرِقِكُمْ هَـٰذِهِۦٓ إِلَى ٱلْمَدِينَةِ فَلْيَنظُرْ أَيُّهَآ أَزْكَىٰ طَعَامًا فَلْيَأْتِكُم بِرِزْقٍ مِّنْهُ وَلْيَتَلَطَّفْ وَلَا يُشْعِرَنَّ بِكُمْ أَحَدًا

    Wa kazaalika ba'asnaahum liyatasaaa'aloo bainahum; qaala qaaa'ilum minhum kam labistum qaaloo labisnaa yawman aw ba'da yawm; qaaloo Rabbukum a'lamu bimaa labistum fab'asooo ahadakum biwariqikum haazihee ilal madeenati falyanzur ayyuhaaa azkaa ta'aaman falyaatikum birizqim minhu walyatalattaf wa laa yush'iranna bikum ahadaa

    Va shunday qilib, ularni o`zaro so`rashlari uchun uyg`otdik. Ulardan biri: «Qancha qoldinglar?» dedi. Ular: «Bir kun yoki bir kunning ba'zisicha qoldik», deyishdi. «Qancha qolganingizni Robbingiz yaxshi bilguvchidir, shaharga biringizni ushbu pulingiz ila yuboring, nazar solib, yaxshi taomni tanlab, undan rizq keltirsin va diqqatli bo`lsin, sizni birovga sezdirib qo`ymasin», deyishdi.

  20. 18:20

    إِنَّهُمْ إِن يَظْهَرُوا۟ عَلَيْكُمْ يَرْجُمُوكُمْ أَوْ يُعِيدُوكُمْ فِى مِلَّتِهِمْ وَلَن تُفْلِحُوٓا۟ إِذًا أَبَدًا

    Innahum iny yazharoo 'alaikum yarjumookum aw yu'eedookum fee millatihim wa lan tuflihooo izan abadaa

    «Chunki, agar ular sizni qo`lga olsalar, toshbo`ron qiladilar yoki o`z millatlariga qaytaradilar. Unday bo`lsa, zinhor va abadiy najot topmassiz», deyishdi.

  21. 18:21

    وَكَذَٰلِكَ أَعْثَرْنَا عَلَيْهِمْ لِيَعْلَمُوٓا۟ أَنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّ وَأَنَّ ٱلسَّاعَةَ لَا رَيْبَ فِيهَآ إِذْ يَتَنَـٰزَعُونَ بَيْنَهُمْ أَمْرَهُمْ ۖ فَقَالُوا۟ ٱبْنُوا۟ عَلَيْهِم بُنْيَـٰنًا ۖ رَّبُّهُمْ أَعْلَمُ بِهِمْ ۚ قَالَ ٱلَّذِينَ غَلَبُوا۟ عَلَىٰٓ أَمْرِهِمْ لَنَتَّخِذَنَّ عَلَيْهِم مَّسْجِدًا

    Wa kazaalika a'sarnaa 'alaihim liya'lamooo anna wa'dal laahi haqqunw wa annas Saa'ata laa raiba feehaa iz yatanaaza'oona bainahum amrahum faqaalub noo 'alaihim bunyaanaa; Rabbuhum a'lamu bihim; qaalal lazeena ghalaboo 'alaaa amrihim lanat takhizanna 'alaihim masjidaa

    Shunday qilib, Allohning va'dasi haq ekanini va qiyomat soatida shubha yo`q ekanini bilishlari uchun ularni (odamlarga) bildirdik. Endi esa, ular ishi haqida tortisha boshladilar: «Ularning ustlariga bino barpo qilinglar, Robbilari ularni yaxshi bilguvchidir», dedilar. Ishlariga g`olib kelganlar esa: «Ularning ustlariga, albatta, masjid qurib olurmiz», dedilar.

  22. 18:22

    سَيَقُولُونَ ثَلَـٰثَةٌ رَّابِعُهُمْ كَلْبُهُمْ وَيَقُولُونَ خَمْسَةٌ سَادِسُهُمْ كَلْبُهُمْ رَجْمًۢا بِٱلْغَيْبِ ۖ وَيَقُولُونَ سَبْعَةٌ وَثَامِنُهُمْ كَلْبُهُمْ ۚ قُل رَّبِّىٓ أَعْلَمُ بِعِدَّتِهِم مَّا يَعْلَمُهُمْ إِلَّا قَلِيلٌ ۗ فَلَا تُمَارِ فِيهِمْ إِلَّا مِرَآءً ظَـٰهِرًا وَلَا تَسْتَفْتِ فِيهِم مِّنْهُمْ أَحَدًا

    Sa yaqooloona salaasatur raabi'uhum kalbuhum wa yaqooloona khamsatun saadisuhum kalbuhum rajmam bilghaib; wa yaqooloona sab'atunw wa saaminuhum kalbuhum; qur Rabbeee a'lamu bi'iddatihim maa ya'lamuhum illaa qaleel; falaa tumaari feehim illaa miraaa'an zaahiranw wa laa tastafti feehim minhum ahadaa

    Hali ular: «Uchtadirlar, itlari to`rtinchilaridir», derlar. Va: «Beshtadirlar, itlari oltinchilaridir», deb g`aybga tosh otadilar. Va: «Ettitadirlar, itlari sakkizinchilaridir» ham derlar. «Robbim ularning sanog`ini yaxshi bilguvchidir. Ularni juda oz kishi bilur», degin. Bas, ular haqida tortishib yurma. Tortishsang ham, ochiq tortish. Ular haqida hech kimdan fatvo ham so`rama.

  23. 18:23

    وَلَا تَقُولَنَّ لِشَا۟ىْءٍ إِنِّى فَاعِلٌ ذَٰلِكَ غَدًا

    Wa laa taqoolanna lishai'in innee faa'ilun zaalika ghadaa

    Zinhor bir narsani: «Buni ertaga albatta qilguvchiman», dema.

  24. 18:24

    إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ ۚ وَٱذْكُر رَّبَّكَ إِذَا نَسِيتَ وَقُلْ عَسَىٰٓ أَن يَهْدِيَنِ رَبِّى لِأَقْرَبَ مِنْ هَـٰذَا رَشَدًا

    Illaaa any yashaaa'al laah; wazkur Rabbaka izaa naseeta wa qul 'asaaa any yahdiyani Rabbee li aqraba min haazaa rashadaa

    Magar: «Alloh xohlasa», degin. Qachonki unutsang, Robbingni esla va: «Shoyadki, Robbim meni bundan yaxshiroqqa yaqin bo`lishimga hidoyat qilsa», degin.

  25. 18:25

    وَلَبِثُوا۟ فِى كَهْفِهِمْ ثَلَـٰثَ مِا۟ئَةٍ سِنِينَ وَٱزْدَادُوا۟ تِسْعًا

    Wa labisoo fee kahfihim salaasa mi'atin sineena wazdaadoo tis'aa

    Va kahflarida uch yuz yil qoldilar va to`qqiz yil ziyoda ham qildilar.

  26. 18:26

    قُلِ ٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا لَبِثُوا۟ ۖ لَهُۥ غَيْبُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ أَبْصِرْ بِهِۦ وَأَسْمِعْ ۚ مَا لَهُم مِّن دُونِهِۦ مِن وَلِىٍّ وَلَا يُشْرِكُ فِى حُكْمِهِۦٓ أَحَدًا

    Qulil laahu a'lamu bimaa labisoo lahoo ghaibus samaawaati wal ardi absir bihee wa asmi'; maa lahum min doonihee minw waliyyinw wa laa yushriku fee hukmihee ahadaa

    «Ularning qancha qolganlarini Alloh yaxshi bilguvchidir. Osmonlaru yerning g`aybi Unga xosdir. U naqadar yaxshi ko`rguvchi va yaxshi eshitguvchi Zotdir. Ularga Undan o`zga do`st yo`qdir. Va U O`z hukmida hech kimni sherik qilmas», degin.

  27. 18:27

    وَٱتْلُ مَآ أُوحِىَ إِلَيْكَ مِن كِتَابِ رَبِّكَ ۖ لَا مُبَدِّلَ لِكَلِمَـٰتِهِۦ وَلَن تَجِدَ مِن دُونِهِۦ مُلْتَحَدًا

    Watlu maaa oohiya ilaika min Kitaabi Rabbika laa mubaddila li Kalimaatihee wa lan tajida min doonihee multahadaa

    Senga Robbing kitobidan vahiy qilinganini tilovat qil. Uning kalimalarini almashtirguvchi yo`q. Undan o`zga hech qanday panohni topa olmassan.

  28. 18:28

    وَٱصْبِرْ نَفْسَكَ مَعَ ٱلَّذِينَ يَدْعُونَ رَبَّهُم بِٱلْغَدَوٰةِ وَٱلْعَشِىِّ يُرِيدُونَ وَجْهَهُۥ ۖ وَلَا تَعْدُ عَيْنَاكَ عَنْهُمْ تُرِيدُ زِينَةَ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ وَلَا تُطِعْ مَنْ أَغْفَلْنَا قَلْبَهُۥ عَن ذِكْرِنَا وَٱتَّبَعَ هَوَىٰهُ وَكَانَ أَمْرُهُۥ فُرُطًا

    Wasbir nafsaka ma'al lazeena yad'oona Rabbahum bilghadaati wal'ashiyyi yureedoona Wajhahoo wa laa ta'du 'aynaaka 'anhum tureedu zeenatal hayaatid dunyaa wa laa tuti' man aghfalnaa qalbahoo 'an zikrinaa wattaba'a hawaahu wa kaana amruhoo furutaa

    O`zingni ertayu kech Robbilariga duo qilib, Uning yuzini iroda qiluvchilar ila sabr etib tut. Hayoti dunyo ziynatini xohlab, ulardan ikki ko`zingni burma. Qalbini O`z zikrimizdan g`ofil qilib qo`yganlarimizga va havoyi nafsiga ergashib ishi izdan chiqqanlarga itoat qilma.

  29. 18:29

    وَقُلِ ٱلْحَقُّ مِن رَّبِّكُمْ ۖ فَمَن شَآءَ فَلْيُؤْمِن وَمَن شَآءَ فَلْيَكْفُرْ ۚ إِنَّآ أَعْتَدْنَا لِلظَّـٰلِمِينَ نَارًا أَحَاطَ بِهِمْ سُرَادِقُهَا ۚ وَإِن يَسْتَغِيثُوا۟ يُغَاثُوا۟ بِمَآءٍ كَٱلْمُهْلِ يَشْوِى ٱلْوُجُوهَ ۚ بِئْسَ ٱلشَّرَابُ وَسَآءَتْ مُرْتَفَقًا

    Wa qulil haqqu mir Rabbikum faman shaaa'a falyu minw wa man shaaa'a falyakfur; innaaa a'tadnaa lizzaalimeena Naaran ahaata bihim suraadiquhaa; wa iny yastagheesoo yaghaasoo bimaaa'in kalmuhli yashwil wujooh' bi'sash-sharaab; wa saaa'at murtafaqaa

    Sen: «Bu haq Robbingiz tomonidandir. Bas, kim xohlasa, iymon keltirsin, kim xohlasa, kufr keltirsin», degin. Albatta, Biz zolimlarga devorlari ularni o`rab oladigan olovni tayyorlab qo`yganmiz. Agar yordam so`rasalar, eritilgan ma'dan kabi yuzlarni qovuruvchi suv bilan «yordam» beriladi. Naqadar yomon sharob va naqadar yomon joy!

  30. 18:30

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ إِنَّا لَا نُضِيعُ أَجْرَ مَنْ أَحْسَنَ عَمَلًا

    Innal lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati innaa laa nudee'u ajra man ahsana 'amalaa

    Albatta, Biz iymon keltirgan va yaxshi amallar qilganlarning, go`zal ish qilganlarning ajrini zoye qilmasmiz.

  31. 18:31

    أُو۟لَـٰٓئِكَ لَهُمْ جَنَّـٰتُ عَدْنٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهِمُ ٱلْأَنْهَـٰرُ يُحَلَّوْنَ فِيهَا مِنْ أَسَاوِرَ مِن ذَهَبٍ وَيَلْبَسُونَ ثِيَابًا خُضْرًا مِّن سُندُسٍ وَإِسْتَبْرَقٍ مُّتَّكِـِٔينَ فِيهَا عَلَى ٱلْأَرَآئِكِ ۚ نِعْمَ ٱلثَّوَابُ وَحَسُنَتْ مُرْتَفَقًا

    Ulaaa'ika lahum Jannaatu 'Adnin tajree min tahtihimul anhaaru yuhallawna feehaa min asaawira min zahabinw wa yalbasoona siyaaban khudram min sundusinw wa istabraqim muttaki'eena feehaa 'alal araaa'ik; ni'mas sawaab; wa hasunat murtafaqaa

    Ana o`shalarga adn jannatlar bordir. Ostilaridan anhorlar oqib turadi. U yerda oltindan bo`lgan bilakuzuklar ila bezanurlar, shoyi iplardan yaxshi liboslar kiyarlar. Ular u yerda so`rilarda yonboshlagan holda bo`lurlar. Naqadar yaxshi savob va naqadar yaxshi joy.

  32. 18:32

    ۞ وَٱضْرِبْ لَهُم مَّثَلًا رَّجُلَيْنِ جَعَلْنَا لِأَحَدِهِمَا جَنَّتَيْنِ مِنْ أَعْنَـٰبٍ وَحَفَفْنَـٰهُمَا بِنَخْلٍ وَجَعَلْنَا بَيْنَهُمَا زَرْعًا

    Wadrib lahum masalar rajulaini ja'alnaa li ahadihimaa jannataini min a'naabinw wa hafafnaahumaa binakhilinw wa ja'alnaa bainahumaa zar'aa

    Ularga ikki kishini misol qilib keltir. Ulardan biriga uzumlardan ikki bog` berdik va ularni xurmo ila o`radik va oralarida ekinzor qildik.

  33. 18:33

    كِلْتَا ٱلْجَنَّتَيْنِ ءَاتَتْ أُكُلَهَا وَلَمْ تَظْلِم مِّنْهُ شَيْـًٔا ۚ وَفَجَّرْنَا خِلَـٰلَهُمَا نَهَرًا

    Kiltal jannataini aatat ukulahaa wa lam tazlim minhu shai'anw wa fajjarnaa khi laalahumaa naharaa

    O`sha ikki bog` hosillarini bekami-ko`st berar va oralaridan anhor oqizib qo`ygan edik.

  34. 18:34

    وَكَانَ لَهُۥ ثَمَرٌ فَقَالَ لِصَـٰحِبِهِۦ وَهُوَ يُحَاوِرُهُۥٓ أَنَا۠ أَكْثَرُ مِنكَ مَالًا وَأَعَزُّ نَفَرًا

    Wa kaana lahoo samarun faqaala lisaahibihee wa huwa yuhaawiruhoo ana aksaru minka maalanw wa a'azzu nafaraa

    Uning mevasi bor edi. U o`z sherigi ila gaplashar ekan: «Mening sendan molim ko`p va odamlarim quvvatliroq», dedi.

  35. 18:35

    وَدَخَلَ جَنَّتَهُۥ وَهُوَ ظَالِمٌ لِّنَفْسِهِۦ قَالَ مَآ أَظُنُّ أَن تَبِيدَ هَـٰذِهِۦٓ أَبَدًا

    Wa dakhala jannatahoo wa huwa zaalimul linafsihee qaala maaa azunnu an tabeeda haaziheee abadaa

    U o`z bog`iga kirar ekan, o`ziga zulm qilgan holida: «Men buni hech qachon yo`q bo`ladi, deb o`ylamasman.

  36. 18:36

    وَمَآ أَظُنُّ ٱلسَّاعَةَ قَآئِمَةً وَلَئِن رُّدِدتُّ إِلَىٰ رَبِّى لَأَجِدَنَّ خَيْرًا مِّنْهَا مُنقَلَبًا

    Wa maaa azunnus Saa'ata qaaa'imatanw wa la'ir rudittu ilaa Rabbee la ajidanna khairam minhaa munqalabaa

    Qiyomat qoim bo`lmasa kerak, deb o`ylayman. Agar Robbimga qaytarilsam ham, albatta, bundan yaxshi oqibatni topaman», dedi.

  37. 18:37

    قَالَ لَهُۥ صَاحِبُهُۥ وَهُوَ يُحَاوِرُهُۥٓ أَكَفَرْتَ بِٱلَّذِى خَلَقَكَ مِن تُرَابٍ ثُمَّ مِن نُّطْفَةٍ ثُمَّ سَوَّىٰكَ رَجُلًا

    Qaala lahoo saahibuhoo wa huwa yuhaawiruhooo akafarta billazee khalaqaka min turaabin summa min nutfatin summa sawwaaka rajulaa

    Unga sherigi gaplasha turib: «Seni tuproqdan, so`ngra nutfadan yaratgan va inson etib rostlagan Zotga kufr keltirdingmi?!

  38. 18:38

    لَّـٰكِنَّا۠ هُوَ ٱللَّهُ رَبِّى وَلَآ أُشْرِكُ بِرَبِّىٓ أَحَدًا

    Laakinaa Huwal laahu Rabbee wa laa ushriku bi Rabbeee ahadaa

    Lekin men: «U Alloh mening Robbimdir va Unga hech kimni sherik qilmayman», deyman.

  39. 18:39

    وَلَوْلَآ إِذْ دَخَلْتَ جَنَّتَكَ قُلْتَ مَا شَآءَ ٱللَّهُ لَا قُوَّةَ إِلَّا بِٱللَّهِ ۚ إِن تَرَنِ أَنَا۠ أَقَلَّ مِنكَ مَالًا وَوَلَدًا

    Wa law laaa iz dakhalta jannataka qulta maa shaaa'al laahu laa quwwata illaa billaah; in tarani ana aqalla minka maalanw wa waladaa

    Bog`ingga kirganingda: «Allohning xohlagani, Allohdan boshqada quvvat yo`q», desayding. Agar meni o`zingdan molu dunyo va bola-chaqa jihatidan kam deb bilsang...

  40. 18:40

    فَعَسَىٰ رَبِّىٓ أَن يُؤْتِيَنِ خَيْرًا مِّن جَنَّتِكَ وَيُرْسِلَ عَلَيْهَا حُسْبَانًا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ فَتُصْبِحَ صَعِيدًا زَلَقًا

    Fa'asaa Rabeee any yu'tiyani khairam min jannatika wa yursila 'alaihaa husbaanam minas samaaa'i fatusbiha sa'eedan zalaqaa

    Shoyad, Robbim menga sening bog`ingdan yaxshirog`ini bersa, sening bog`ingga osmondan ofat yuborib, u sip-silliq tuproqqa aylanib qolsa.

  41. 18:41

    أَوْ يُصْبِحَ مَآؤُهَا غَوْرًا فَلَن تَسْتَطِيعَ لَهُۥ طَلَبًا

    Aw yusbiha maaa'uhaaa ghawran falan tastatee'a lahoo talabaa

    Yoki suvi yerga singib ketib, sen uni talab qilishga qodir bo`lmay qolsang», dedi.

  42. 18:42

    وَأُحِيطَ بِثَمَرِهِۦ فَأَصْبَحَ يُقَلِّبُ كَفَّيْهِ عَلَىٰ مَآ أَنفَقَ فِيهَا وَهِىَ خَاوِيَةٌ عَلَىٰ عُرُوشِهَا وَيَقُولُ يَـٰلَيْتَنِى لَمْ أُشْرِكْ بِرَبِّىٓ أَحَدًا

    Wa uheeta bisamarihee faasbaha yuqallibu kaffaihi 'alaa maaa anfaqa feehaa wa hiya khaawiyatun 'alaa 'urooshihaa wa yaqoolu yaalaitanee lam ushrik bi Rabbeee ahadaa

    Va uning mevasi (halokat-la) o`raldi. O`zi esa, unga sarf qilgani hasratidan chapak chalib, bog`ida ishkomlar yiqilib yotganini ko`rib: «Qani endi Robbimga hech kimni sherik qilmaganimda», deb qolaverdi.

  43. 18:43

    وَلَمْ تَكُن لَّهُۥ فِئَةٌ يَنصُرُونَهُۥ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَمَا كَانَ مُنتَصِرًا

    Wa lam takul lahoo fi'atuny yansuroonahoo min doonil laahi wa maa kaana muntasiraa

    Unga Allohdan boshqa yordam beradigan guruh bo`lmadi, o`zi ham nusrat qozona olmadi.

  44. 18:44

    هُنَالِكَ ٱلْوَلَـٰيَةُ لِلَّهِ ٱلْحَقِّ ۚ هُوَ خَيْرٌ ثَوَابًا وَخَيْرٌ عُقْبًا

    Hunaalikal walaayatu lillaahil haqq; huwa khairun sawaabanw wa khairun 'uqbaa

    Bunday maqomda haq nusrat Allohga xosdir. U yaxshi savobli va yaxshi oqibatli Zotdir.

  45. 18:45

    وَٱضْرِبْ لَهُم مَّثَلَ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا كَمَآءٍ أَنزَلْنَـٰهُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ فَٱخْتَلَطَ بِهِۦ نَبَاتُ ٱلْأَرْضِ فَأَصْبَحَ هَشِيمًا تَذْرُوهُ ٱلرِّيَـٰحُ ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ مُّقْتَدِرًا

    Wadrib lahum masalal hayaatid dunyaa kamaaa'in anzalnaahu minas samaaa'i fakhtalata bihee nabaatul ardi fa asbaha hasheeman tazroo hur riyaah; wa kaanal laahu 'alaa kulli shai'im muqtadiraa

    Ularga dunyo hayotining misolini keltir. U, Biz osmondan tushirgan suvga o`xshaydi. Uning sababi ila yer nabototlari aralashib chiqdi. Bas, xashakka aylanib, uni shamol uchirib ketdi. Alloh har bir narsaga qodir bo`lgan Zotdir.

  46. 18:46

    ٱلْمَالُ وَٱلْبَنُونَ زِينَةُ ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۖ وَٱلْبَـٰقِيَـٰتُ ٱلصَّـٰلِحَـٰتُ خَيْرٌ عِندَ رَبِّكَ ثَوَابًا وَخَيْرٌ أَمَلًا

    Almaalu walbanoona zeenatul hayaatid dunya wal baaqiyaatus saalihaatu khairun 'inda Rabbika sawaabanw wa khairun amalaa

    Mol-mulk, bola-chaqa hayoti dunyo ziynatidir. Boqiy qolguvchi solih amallar Robbing huzurida savob va umid jihatidan yaxshiroqdir.

  47. 18:47

    وَيَوْمَ نُسَيِّرُ ٱلْجِبَالَ وَتَرَى ٱلْأَرْضَ بَارِزَةً وَحَشَرْنَـٰهُمْ فَلَمْ نُغَادِرْ مِنْهُمْ أَحَدًا

    Wa yawma nusaiyirul jibaala wa taral arda baariza tanw wa hasharnaahum falam nughaadir minhum ahadaa

    Tog`larni yurgizadigan kunimizni va yerni yap-yalang`och ko`radigan kuningni esla! O`shanda ularni jamlaymiz va biron kishini qo`ymaymiz.

  48. 18:48

    وَعُرِضُوا۟ عَلَىٰ رَبِّكَ صَفًّا لَّقَدْ جِئْتُمُونَا كَمَا خَلَقْنَـٰكُمْ أَوَّلَ مَرَّةٍۭ ۚ بَلْ زَعَمْتُمْ أَلَّن نَّجْعَلَ لَكُم مَّوْعِدًا

    Wa 'uridoo 'alaa Rabbika saffaa, laqad ji'tumoonaa kamaa khalaqnaakum awala marrah; bal za'amtum allannaj'ala lakum maw'idaa

    Va Robbingga safga tortilgan hollarida ro`baro` qilindilar. «Batahqiq, sizlarni avval qanday yaratgan bo`lsak, shunday Bizga keldingiz. Ammo siz Bizni hech joy va vaqt va'da qilganimiz yo`q, deb o`ylar edingiz», (deyildi).

  49. 18:49

    وَوُضِعَ ٱلْكِتَـٰبُ فَتَرَى ٱلْمُجْرِمِينَ مُشْفِقِينَ مِمَّا فِيهِ وَيَقُولُونَ يَـٰوَيْلَتَنَا مَالِ هَـٰذَا ٱلْكِتَـٰبِ لَا يُغَادِرُ صَغِيرَةً وَلَا كَبِيرَةً إِلَّآ أَحْصَىٰهَا ۚ وَوَجَدُوا۟ مَا عَمِلُوا۟ حَاضِرًا ۗ وَلَا يَظْلِمُ رَبُّكَ أَحَدًا

    Wa wudi'al kitaabu fataral mujrimeena mushfiqeena mimmaa feehi wa yaqooloona yaa wailatanaa maa lihaazal kitaabi laa yughaadiru saghee ratanw wa laa kabeeratan illaaa ahsaahaa; wa wajadoo maa 'amiloo haadiraa; wa laa yazlimu Rabbuka ahadaa (Section 6)

    Va kitob qo`yildi. Bas, jinoyatchilarni undagi narsadan qo`rqqan hollarida ko`rasan. Ular: «Voy, sho`rimiz qurisin. Bu qanday kitob, kichikni ham, kattani ham hech qo`ymay hisob qilibdi-ya», derlar. Va qilgan amallarini hozir holda topdilar. Robbing hech kimga zulm qilmas.

  50. 18:50

    وَإِذْ قُلْنَا لِلْمَلَـٰٓئِكَةِ ٱسْجُدُوا۟ لِـَٔادَمَ فَسَجَدُوٓا۟ إِلَّآ إِبْلِيسَ كَانَ مِنَ ٱلْجِنِّ فَفَسَقَ عَنْ أَمْرِ رَبِّهِۦٓ ۗ أَفَتَتَّخِذُونَهُۥ وَذُرِّيَّتَهُۥٓ أَوْلِيَآءَ مِن دُونِى وَهُمْ لَكُمْ عَدُوٌّۢ ۚ بِئْسَ لِلظَّـٰلِمِينَ بَدَلًا

    Wa iz qulnaa lilma laaa'ikatis judoo li Aadama fasajadooo illaaa Ibleesa kaana minal jinni fafasaqa 'an amri Rabbih; afatattakhizoonahoo wa zurriyatahooo awliyaaa'a min doonee wa hum lakum 'aduww; bi'sa lizzaalimeena badalaa

    Farishtalarga: «Odamga sajda qilinglar», deganimizni esla. Bas, o`shanda ular sajda qildilar. Magar iblis qilmadi. U jindan bo`lgan edi. U o`z Robbining amridan chiqdi. Endi sizlar meni qo`yib uni va uning zurriyotlarini do`st qilib olasizlarmi?! Holbuki, u sizlarga dushman-ku! U, zolimlar uchun naqadar yomon badaldir.

  51. 18:51

    ۞ مَّآ أَشْهَدتُّهُمْ خَلْقَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَلَا خَلْقَ أَنفُسِهِمْ وَمَا كُنتُ مُتَّخِذَ ٱلْمُضِلِّينَ عَضُدًا

    Maaa ash hattuhum khalqas samaawaati wal ardi wa laa khalqa anfusihim wa maa kuntu muttakizal mudilleena 'adudaa

    Men ularni na osmonlaru yerni yaratishga va na o`zlarini yaratishga guvoh qilganman va adashtirguvchilarni yordamchi qilib olgan emasman.

  52. 18:52

    وَيَوْمَ يَقُولُ نَادُوا۟ شُرَكَآءِىَ ٱلَّذِينَ زَعَمْتُمْ فَدَعَوْهُمْ فَلَمْ يَسْتَجِيبُوا۟ لَهُمْ وَجَعَلْنَا بَيْنَهُم مَّوْبِقًا

    Wa Yawma yaqoolu naadoo shurakaaa'i yal lazeena za'amtum fada'awhum falam yastajeeboo lahum wa ja'alnaa bainahum maw biqaa

    U zot: «Sizlar Mening «sheriklarim» deb o`ylaganlaringizni chaqiring», degan kunida ularni chaqirdilar. Bas, ular javob bermadilar va ularning orasiga halokatgoh qilmishmiz.

  53. 18:53

    وَرَءَا ٱلْمُجْرِمُونَ ٱلنَّارَ فَظَنُّوٓا۟ أَنَّهُم مُّوَاقِعُوهَا وَلَمْ يَجِدُوا۟ عَنْهَا مَصْرِفًا

    Wa ra al mujrimoonan Naara fazannooo annahum muwaaqi'oohaa wa lam yajidoo 'anhaa masrifaa

    Jinoyatchilar do`zaxni ko`rurlar va, albatta, unga tushuvchi ekanlariga ishonarlar va undan qochar joy topmaslar.

  54. 18:54

    وَلَقَدْ صَرَّفْنَا فِى هَـٰذَا ٱلْقُرْءَانِ لِلنَّاسِ مِن كُلِّ مَثَلٍ ۚ وَكَانَ ٱلْإِنسَـٰنُ أَكْثَرَ شَىْءٍ جَدَلًا

    Wa laqad sarrafnaa fee haazal quraani linnaasi mn kulli masal; wa kaanal insaanu aksara shai'in jadalaa

    Batahqiq, bu Qur'onda odamlar uchun turli masallar bayon qildik. Inson, o`zi, ko`p tortishuvchi bo`lgan edi.

  55. 18:55

    وَمَا مَنَعَ ٱلنَّاسَ أَن يُؤْمِنُوٓا۟ إِذْ جَآءَهُمُ ٱلْهُدَىٰ وَيَسْتَغْفِرُوا۟ رَبَّهُمْ إِلَّآ أَن تَأْتِيَهُمْ سُنَّةُ ٱلْأَوَّلِينَ أَوْ يَأْتِيَهُمُ ٱلْعَذَابُ قُبُلًا

    Wa maa mana'an naasa any yu'minooo iz jaaa'ahumul hudaa wa yastaghfiroo Rabbahum illaaa an taatiyahum sunnatul awwaleena aw yaatiyahumul 'azaabu qubulaa

    Odamlarni ularga hidoyat kelganida iymon keltirishlaridan va Robbilariga istig`for aytishlaridan faqatgina avvalgilarning sunnati kelishini yoki ochiq azob kelishini kutishlari to`sdi, xolos.

  56. 18:56

    وَمَا نُرْسِلُ ٱلْمُرْسَلِينَ إِلَّا مُبَشِّرِينَ وَمُنذِرِينَ ۚ وَيُجَـٰدِلُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِٱلْبَـٰطِلِ لِيُدْحِضُوا۟ بِهِ ٱلْحَقَّ ۖ وَٱتَّخَذُوٓا۟ ءَايَـٰتِى وَمَآ أُنذِرُوا۟ هُزُوًا

    Wa maa nursilul mursaleena illaa mubashshireena wa munzireen; wa yujaadilul lazeena kafaroo bilbaatili liyudhidoo bihil haqqa wattakhazooo Aayaatee wa maaa unziroo huzuwaa

    Biz Payg`ambarlarni bashorat berguvchi va ogohlantirguvchi qilib yuborurmiz, xolos. Kufr keltirganlar esa, botil ila munozara qilib, u bilan haqni yengmoqchi bo`lurlar. Hamda Mening oyatlarimdan va o`zlari ogohlantirilgan narsadan istehzo qilurlar.

  57. 18:57

    وَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّن ذُكِّرَ بِـَٔايَـٰتِ رَبِّهِۦ فَأَعْرَضَ عَنْهَا وَنَسِىَ مَا قَدَّمَتْ يَدَاهُ ۚ إِنَّا جَعَلْنَا عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ أَكِنَّةً أَن يَفْقَهُوهُ وَفِىٓ ءَاذَانِهِمْ وَقْرًا ۖ وَإِن تَدْعُهُمْ إِلَى ٱلْهُدَىٰ فَلَن يَهْتَدُوٓا۟ إِذًا أَبَدًا

    Wa man azlamu mimman zukkira bi ayaati Rabbihee fa-a'rada 'anhaa wa nasiya maa qaddamat yadaah; innaa ja'alnaa 'alaa quloobihim akinnatan any yafqahoohu wa feee aazaanihim waqraa; wa in tad'uhum ilal hudaa falany yahtadooo izan abadaa

    Robbining oyatlari ila eslatilganda, ulardan yuz o`girib, o`zi qilgan(gunoh)larni unutgan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Albatta, Biz u(Qur'on)ni anglamasliklari uchun ularning dillariga pardalar va quloqlariga og`irlik qilib qo`ydik. Agar ularni hidoyatga chaqirsang ham, hargiz hidoyat topmaslar.

  58. 18:58

    وَرَبُّكَ ٱلْغَفُورُ ذُو ٱلرَّحْمَةِ ۖ لَوْ يُؤَاخِذُهُم بِمَا كَسَبُوا۟ لَعَجَّلَ لَهُمُ ٱلْعَذَابَ ۚ بَل لَّهُم مَّوْعِدٌ لَّن يَجِدُوا۟ مِن دُونِهِۦ مَوْئِلًا

    Wa Rabbukal Ghafooru zur rahmati law yu'aakhi zuhum bimaa kasaboo la'ajala lahumul 'azaab; bal lahum maw'idul lany yajidoo min doonihee maw'ilaa

    Va Robbing sermag`firat va rahim-shafqat sohibi Zotdir. Agar ularni qilgan kasblariga binoan olganida, azoblarini tezlashtirgan bo`lar edi. Lekin ularga va'da qilingan vaqt bor. U kelganda Undan o`zga panohgoh topmaslar.

  59. 18:59

    وَتِلْكَ ٱلْقُرَىٰٓ أَهْلَكْنَـٰهُمْ لَمَّا ظَلَمُوا۟ وَجَعَلْنَا لِمَهْلِكِهِم مَّوْعِدًا

    Wa tkal quraaa ahlak nahum lammaa zulamoo wa ja'alnaa limahlikihim maw'idaa

    Ana u shaharlarni ham zulm qilganlarida halok etganmiz va ularning halokatlariga vaqt belgilaganmiz.

  60. 18:60

    وَإِذْ قَالَ مُوسَىٰ لِفَتَىٰهُ لَآ أَبْرَحُ حَتَّىٰٓ أَبْلُغَ مَجْمَعَ ٱلْبَحْرَيْنِ أَوْ أَمْضِىَ حُقُبًا

    Wa iz qaalaa Moosaa lifataahu laaa abrahu hattaaa ablugha majma'al bahrayni aw amdiya huqubaa

    Muso o`z yigitiga: «Ikki dengiz jamlangan joyga yetmagunimcha, yillarni o`tkazsam ham, yuraveraman», deganini esla.

  61. 18:61

    فَلَمَّا بَلَغَا مَجْمَعَ بَيْنِهِمَا نَسِيَا حُوتَهُمَا فَٱتَّخَذَ سَبِيلَهُۥ فِى ٱلْبَحْرِ سَرَبًا

    Falammaa balaghaa majma'a bainihimaa nasiyaa hootahumaa fattakhaza sabeelahoo fil bahri sarabaa

    Ikkovlon ikki (dengiz) jamlangan joyga yetganlarida, baliqlarni unutdilar. Bas, u dengizni teshib yo`l oldi.

  62. 18:62

    فَلَمَّا جَاوَزَا قَالَ لِفَتَىٰهُ ءَاتِنَا غَدَآءَنَا لَقَدْ لَقِينَا مِن سَفَرِنَا هَـٰذَا نَصَبًا

    Falammaa jaawazaa qaala lifataahu aatinaa ghadaaa'anaa laqad laqeena min safarinaa haazaa nasabaa

    U(er)dan o`tganlari zamon u yigitiga: «Tushligimizni keltir. Bu safarimizda charchoqqa uchradik», dedi.

  63. 18:63

    قَالَ أَرَءَيْتَ إِذْ أَوَيْنَآ إِلَى ٱلصَّخْرَةِ فَإِنِّى نَسِيتُ ٱلْحُوتَ وَمَآ أَنسَىٰنِيهُ إِلَّا ٱلشَّيْطَـٰنُ أَنْ أَذْكُرَهُۥ ۚ وَٱتَّخَذَ سَبِيلَهُۥ فِى ٱلْبَحْرِ عَجَبًا

    Qaala ara'ayta iz awainaaa ilas sakhrati fa innee naseetul hoota wa maaa ansaaneehu illash Shaitaanu an azkurah; wattakhaza sabeelahoo fil bahri'ajabaa

    U: «Buni qara, xarsangga (suyanib) joylashganimizda, men baliqni unutibman. Faqat shaytongina uni eslashimni unuttiribdi. Ajabo, u dengizga yo`l olibdi», dedi.

  64. 18:64

    قَالَ ذَٰلِكَ مَا كُنَّا نَبْغِ ۚ فَٱرْتَدَّا عَلَىٰٓ ءَاثَارِهِمَا قَصَصًا

    Qaala zaalika maa kunnaa nabgh; fartaddaa 'alaa aasaari him maa qasasaa

    «Ana shu biz istagan narsa», dedi. Bas, kelgan yo`llaridan izlariga qaytdilar.

  65. 18:65

    فَوَجَدَا عَبْدًا مِّنْ عِبَادِنَآ ءَاتَيْنَـٰهُ رَحْمَةً مِّنْ عِندِنَا وَعَلَّمْنَـٰهُ مِن لَّدُنَّا عِلْمًا

    Fa wajadaa 'abdam min 'ibaadinaaa aatainaahu Rahmatam min 'indinaa wa 'allamnaahu mil ladunnaa 'ilmaa

    Bas, bandalarimizdan bir bandani topdilar. Biz unga O`z dargohimizdan rahmat va O`z tarafimizdan ilm o`rgatgan edik.

  66. 18:66

    قَالَ لَهُۥ مُوسَىٰ هَلْ أَتَّبِعُكَ عَلَىٰٓ أَن تُعَلِّمَنِ مِمَّا عُلِّمْتَ رُشْدًا

    Qaala lahoo Moosaa hal attabi'uka 'alaaa an tu'allimani mimmaa 'ullimta rushdaa

    Muso unga: «Senga o`rgatilgan rushddan menga ham o`rgatmog`ing uchun senga ergashsam maylimi?» – dedi.

  67. 18:67

    قَالَ إِنَّكَ لَن تَسْتَطِيعَ مَعِىَ صَبْرًا

    Qaalaa innaka lan tastatee'a ma'iya sabraa

    U: «Sen men bilan birga bo`lishga sabr qila olmassan.

  68. 18:68

    وَكَيْفَ تَصْبِرُ عَلَىٰ مَا لَمْ تُحِطْ بِهِۦ خُبْرًا

    Wa kaifa tasbiru 'alaa maa lam tuhit bihee khubraa

    O`zing xabarini ihota qilmagan narsaga qanday sabr qilasan», dedi.

  69. 18:69

    قَالَ سَتَجِدُنِىٓ إِن شَآءَ ٱللَّهُ صَابِرًا وَلَآ أَعْصِى لَكَ أَمْرًا

    Qaala satajiduneee in shaa 'al laahu saabiranw wa laaa a'see laka amraa

    U: «Inshoalloh, mening sabrli ekanimni ko`rursan va senga hech bir ishda osiy bo`lmasman», dedi.

  70. 18:70

    قَالَ فَإِنِ ٱتَّبَعْتَنِى فَلَا تَسْـَٔلْنِى عَن شَىْءٍ حَتَّىٰٓ أُحْدِثَ لَكَ مِنْهُ ذِكْرًا

    Qaala fa init taba'tanee falaa tas'alnee 'an shai'in hattaaa uhdisa laka minhu zikraa

    U: «Agar menga ergashadigan bo`lsang, to o`zim zikr qilib aytmagunimcha, bir narsa haqida so`ramagin», dedi.

  71. 18:71

    فَٱنطَلَقَا حَتَّىٰٓ إِذَا رَكِبَا فِى ٱلسَّفِينَةِ خَرَقَهَا ۖ قَالَ أَخَرَقْتَهَا لِتُغْرِقَ أَهْلَهَا لَقَدْ جِئْتَ شَيْـًٔا إِمْرًا

    Fantalaqaa hattaaa izaa rakibaa fis safeenati kharaqahaa qaala akharaqtahaa litughriqa ahlahaa laqad ji'ta shai'an imraa

    Bas, yurib ketdilar. Kemaga minganlarida, uni teshib qo`ydi. U (Muso): «Buni uning ahlini g`arq qilish uchun teshdingmi?! Juda g`alati narsa qilding-ku?!» – dedi.

  72. 18:72

    قَالَ أَلَمْ أَقُلْ إِنَّكَ لَن تَسْتَطِيعَ مَعِىَ صَبْرًا

    Qaala alam aqul innaka lan tastatee'a ma'iya sabraa

    U: «Senga, men bilan birga bo`lishga albatta sabr qila olmassan demabmidim?!» – dedi.

  73. 18:73

    قَالَ لَا تُؤَاخِذْنِى بِمَا نَسِيتُ وَلَا تُرْهِقْنِى مِنْ أَمْرِى عُسْرًا

    Qaala laa tu'aakhiznee bimaa naseetu wa laa turhiqnee min amree 'usraa

    U: «Esimdan chiqqan narsa uchun meni jazolama, bu ishim uchun meni qiynama», dedi.

  74. 18:74

    فَٱنطَلَقَا حَتَّىٰٓ إِذَا لَقِيَا غُلَـٰمًا فَقَتَلَهُۥ قَالَ أَقَتَلْتَ نَفْسًا زَكِيَّةًۢ بِغَيْرِ نَفْسٍ لَّقَدْ جِئْتَ شَيْـًٔا نُّكْرًا

    Fantalaqaa hattaa izaa laqiyaa ghulaaman faqatalahoo qaala aqatalta nafsan zakiy yatam bighairi nafs; laqad ji'ta shai'an nukraa

    Bas, ular yurib ketdilar. To bir bolani uchratganida, uni o`ldirdi. U (Muso): «Birovni o`ldirmagan begunoh jonni o`ldirasanmi?! Juda munkar narsa qilding-ku?!» – dedi.

  75. 18:75

    ۞ قَالَ أَلَمْ أَقُل لَّكَ إِنَّكَ لَن تَسْتَطِيعَ مَعِىَ صَبْرًا

    Qaala alam aqul laka innaka lan tastatee'a ma'iya sabraa

    U: «Senga, sen men bilan birga albatta sabr qila olmaysan demabmidim?!» – dedi.

  76. 18:76

    قَالَ إِن سَأَلْتُكَ عَن شَىْءٍۭ بَعْدَهَا فَلَا تُصَـٰحِبْنِى ۖ قَدْ بَلَغْتَ مِن لَّدُنِّى عُذْرًا

    Qaala in sa altuka 'an shai'im ba'dahaa falaa tusaahibnee qad balaghta mil ladunnee 'uzraa

    U: «Agar bundan keyin sendan yana bir narsani so`rasam, men bilan birodarlik qilmay qo`yaver. Batahqiq, men tarafimdan uzr(qabuli)ni oxiriga yetkazding», dedi.

  77. 18:77

    فَٱنطَلَقَا حَتَّىٰٓ إِذَآ أَتَيَآ أَهْلَ قَرْيَةٍ ٱسْتَطْعَمَآ أَهْلَهَا فَأَبَوْا۟ أَن يُضَيِّفُوهُمَا فَوَجَدَا فِيهَا جِدَارًا يُرِيدُ أَن يَنقَضَّ فَأَقَامَهُۥ ۖ قَالَ لَوْ شِئْتَ لَتَّخَذْتَ عَلَيْهِ أَجْرًا

    Fantalaqaa hattaaa izaaa atayaaa ahla qaryatinis tat'amaaa ahlahaa fa abaw any yudaiyifoohumaa fawajadaa feehaa jidaarany yureedu any yanqadda fa aqaamah; qaala law shi'ta lattakhazta 'alaihi ajraa

    Bas, yurib ketdilar. Qachonki, bir shahar aholisiga kelganlarida, uning ahlidan taom so`radilar. Ular ikkovlarini ziyofat qilishdan bosh tortdilar. Ikkovlari u yerda yiqilib ketay deb turgan bir devorni ko`rishdi. Bas, uni turg`izib qo`ydi. U (Muso): «Agar xohlasang, buning uchun haq olar eding», dedi.

  78. 18:78

    قَالَ هَـٰذَا فِرَاقُ بَيْنِى وَبَيْنِكَ ۚ سَأُنَبِّئُكَ بِتَأْوِيلِ مَا لَمْ تَسْتَطِع عَّلَيْهِ صَبْرًا

    Qaala haazaa firaaqu bainee wa bainik; sa unabi 'uka bitaaweeli maa lam tastati' 'alaihi sabraa

    U: «Bu men bilan sening oramizdagi ajrashishdir. Endi senga sabr qila olmagan narsa(lar)ning ta'viylini aytib beraman», dedi.

  79. 18:79

    أَمَّا ٱلسَّفِينَةُ فَكَانَتْ لِمَسَـٰكِينَ يَعْمَلُونَ فِى ٱلْبَحْرِ فَأَرَدتُّ أَنْ أَعِيبَهَا وَكَانَ وَرَآءَهُم مَّلِكٌ يَأْخُذُ كُلَّ سَفِينَةٍ غَصْبًا

    Ammas safeenatu fakaanat limasaakeena ya'maloona fil bahri fa arattu an a'eebahaa wa kaana waraaa' ahum malikuny yaakhuzu kulla safeenatin ghasbaa

    «Kemaga kelsak, u dengizda ishlaydigan miskinlarniki edi. Bas, men uni aybli qilishni iroda qildim. Chunki, ortlarida bir podshoh bo`lib, barcha kemani tortib olayotgan edi.

  80. 18:80

    وَأَمَّا ٱلْغُلَـٰمُ فَكَانَ أَبَوَاهُ مُؤْمِنَيْنِ فَخَشِينَآ أَن يُرْهِقَهُمَا طُغْيَـٰنًا وَكُفْرًا

    Wa aammal ghulaamu fakaana abawaahu mu'minaini fakhasheenaaa any yurhiqa humaa tughyaananw wa kufraa

    Endi bolaga kelsak, ota-onasi mo`min kishilar edi. Bas, biz uning ikkovlarini tug`yon va kufr ila ezishidan qo`rqdik.

  81. 18:81

    فَأَرَدْنَآ أَن يُبْدِلَهُمَا رَبُّهُمَا خَيْرًا مِّنْهُ زَكَوٰةً وَأَقْرَبَ رُحْمًا

    Faradnaa any yubdila humaa Rabbuhumaa khairam minhu zakaatanw wa aqraba ruhmaa

    Bas, Robbilari ularga uning badaliga undan ko`ra yaxshirog`ini, ahli solihroq va mehribonrog`ini berishni iroda qildi.

  82. 18:82

    وَأَمَّا ٱلْجِدَارُ فَكَانَ لِغُلَـٰمَيْنِ يَتِيمَيْنِ فِى ٱلْمَدِينَةِ وَكَانَ تَحْتَهُۥ كَنزٌ لَّهُمَا وَكَانَ أَبُوهُمَا صَـٰلِحًا فَأَرَادَ رَبُّكَ أَن يَبْلُغَآ أَشُدَّهُمَا وَيَسْتَخْرِجَا كَنزَهُمَا رَحْمَةً مِّن رَّبِّكَ ۚ وَمَا فَعَلْتُهُۥ عَنْ أَمْرِى ۚ ذَٰلِكَ تَأْوِيلُ مَا لَمْ تَسْطِع عَّلَيْهِ صَبْرًا

    Wa ammal jidaaru fakaana lighulaamaini yateemaini fil madeenati wa kaana tahtahoo kanzul lahumaa wa kaana aboohumaa saalihan fa araada Rabbuka any yablughaaa ashuddahumaa wa yastakhrijaa kanzahumaa rahmatam mir Rabbik; wa maa fa'altuhoo 'an amree; zaalika taaweelu maa lam tasti' 'alaihi sabra

    Devorga kelsak, u shahardagi ikki yetim bolaniki bo`lib, uning ostida ikkovlarining xazinasi bor edi. Ularning otalari solih odam edi. Bas, Robbing ikkovlarining voyaga yetishini va xazinalarini chiqarib olishini iroda qildi. Bu, Allohning rahmati ila bo`ldi. Men o`zimcha qilganim yo`q. Mana shu, sen sabr qila olmagan narsaning ta'viylidir».

  83. 18:83

    وَيَسْـَٔلُونَكَ عَن ذِى ٱلْقَرْنَيْنِ ۖ قُلْ سَأَتْلُوا۟ عَلَيْكُم مِّنْهُ ذِكْرًا

    Wa yas'aloonaka 'an Zil Qarnaini qul sa atloo 'alaikum minhu zikraa

    Sendan Zulqarnayn haqida so`rarlar. «Sizga uning haqidagi zikrni tilovat qilurman», degin.

  84. 18:84

    إِنَّا مَكَّنَّا لَهُۥ فِى ٱلْأَرْضِ وَءَاتَيْنَـٰهُ مِن كُلِّ شَىْءٍ سَبَبًا

    Innaa makkannaa lahoo fil ardi wa aatainaahu min kulli shai'in sababaa

    Albatta, Biz unga yer yuzida imkoniyat berdik va har bir narsaga (erishish) sababini ato qildik.

  85. 18:85

    فَأَتْبَعَ سَبَبًا

    Fa atba'a sababaa

    Bas, sababga ergashdi.

  86. 18:86

    حَتَّىٰٓ إِذَا بَلَغَ مَغْرِبَ ٱلشَّمْسِ وَجَدَهَا تَغْرُبُ فِى عَيْنٍ حَمِئَةٍ وَوَجَدَ عِندَهَا قَوْمًا ۗ قُلْنَا يَـٰذَا ٱلْقَرْنَيْنِ إِمَّآ أَن تُعَذِّبَ وَإِمَّآ أَن تَتَّخِذَ فِيهِمْ حُسْنًا

    Hattaaa izaa balagha maghribash shamsi wajadahaaa taghrubu fee 'aynin hami'a tinw wa wajada 'indahaa qawmaa; qulnaa yaa Zal Qarnaini immaaa an tu'az ziba wa immaaa an tattakhiza feehim husnaa

    To quyosh botish joyiga yetganida, uning qora balchiq buloqqa botayotganini ko`rdi va uning oldida bir qavmni ko`rdi. Biz: «Ey Zul-qarnayn, yo ularni azoblaysan, yoki go`zallik-la tutarsan», dedik.

  87. 18:87

    قَالَ أَمَّا مَن ظَلَمَ فَسَوْفَ نُعَذِّبُهُۥ ثُمَّ يُرَدُّ إِلَىٰ رَبِّهِۦ فَيُعَذِّبُهُۥ عَذَابًا نُّكْرًا

    Qaala amaa man zalama fasawfa nu'azzibuhoo summa yuraddu ilaa Rabbihee fa yu 'azzibuhoo azaaban nukraa

    U: «Kim zulm qilgan bo`lsa, tezda uni azoblarmiz, so`ngra, Robbiga qaytarilar, bas, U zot ham uni munkar azob ila azoblar.

  88. 18:88

    وَأَمَّا مَنْ ءَامَنَ وَعَمِلَ صَـٰلِحًا فَلَهُۥ جَزَآءً ٱلْحُسْنَىٰ ۖ وَسَنَقُولُ لَهُۥ مِنْ أَمْرِنَا يُسْرًا

    Wa ammaa man aamana wa 'amila saalihan falahoo jazaaa'anil husnaa wa sanaqoolu lahoo min amrinaa yusraa

    Ammo, iymon keltirib yaxshi amallar qilganlarga esa, ularga go`zal mukofot bordir va unga o`z ishimizdan osonini ayturmiz», dedi.

  89. 18:89

    ثُمَّ أَتْبَعَ سَبَبًا

    Summa atba'a sababaa

    So`ngra, u yana sababga ergashdi.

  90. 18:90

    حَتَّىٰٓ إِذَا بَلَغَ مَطْلِعَ ٱلشَّمْسِ وَجَدَهَا تَطْلُعُ عَلَىٰ قَوْمٍ لَّمْ نَجْعَل لَّهُم مِّن دُونِهَا سِتْرًا

    Hattaaa izaa balagha matli'ash shamsi wajdahaa tatlu'u alaa qawmil lam naj'al lahum min doonihaa sitraa

    To quyosh chiqish joyiga yetganida, uning bir qavm ustidan chiqayotganini ko`rdi. Ularga u(quyosh)dan to`siq bo`ladigan narsa qilmagan edik.

  91. 18:91

    كَذَٰلِكَ وَقَدْ أَحَطْنَا بِمَا لَدَيْهِ خُبْرًا

    Kazaalika wa qad ahatnaa bimaa ladaihi khubraa

    Ana shunday, batahqiq, Biz uning oldidagi narsaning xabarini ihota qildik.

  92. 18:92

    ثُمَّ أَتْبَعَ سَبَبًا

    Summa atba'a sababaa

    So`ngra u yana sababga ergashdi.

  93. 18:93

    حَتَّىٰٓ إِذَا بَلَغَ بَيْنَ ٱلسَّدَّيْنِ وَجَدَ مِن دُونِهِمَا قَوْمًا لَّا يَكَادُونَ يَفْقَهُونَ قَوْلًا

    Hattaaa izaa balagha bainas saddaini wajada min doonihimaa qawmal laa yakaa doona yafqahoona qawlaa

    To ikki tog` orasiga yetganida, ularning ortida biron gapni anglamaydigan qavmni ko`rdi.

  94. 18:94

    قَالُوا۟ يَـٰذَا ٱلْقَرْنَيْنِ إِنَّ يَأْجُوجَ وَمَأْجُوجَ مُفْسِدُونَ فِى ٱلْأَرْضِ فَهَلْ نَجْعَلُ لَكَ خَرْجًا عَلَىٰٓ أَن تَجْعَلَ بَيْنَنَا وَبَيْنَهُمْ سَدًّا

    Qaaloo yaa Zal qarnaini inna Yaajooja wa Maajooja mufsidoona fil ardi fahal naj'alu laka kharjan 'alaaa an taj'ala bainanaa wa bainahum saddas

    Ular: «Ey Zulqarnayn, albatta, Ya'juj va Ma'juj yer yuzida buzg`unchilik qilguvchilardir. Biz senga xaroj bersak, biz bilan ularning orasida to`siq qilib berurmisan?» – dedilar.

  95. 18:95

    قَالَ مَا مَكَّنِّى فِيهِ رَبِّى خَيْرٌ فَأَعِينُونِى بِقُوَّةٍ أَجْعَلْ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُمْ رَدْمًا

    Qaala maa makkannee feehi Rabbee khairun fa-a'eenoonee biquwwatin aj'al bainakum wa bainahum radmaa

    U: «Robbim menga bergan imkoniyat yaxshidir. Bas, siz menga kuch ila yordam bering. Siz bilan ularning orasida bir devor qilajakman.

  96. 18:96

    ءَاتُونِى زُبَرَ ٱلْحَدِيدِ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا سَاوَىٰ بَيْنَ ٱلصَّدَفَيْنِ قَالَ ٱنفُخُوا۟ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا جَعَلَهُۥ نَارًا قَالَ ءَاتُونِىٓ أُفْرِغْ عَلَيْهِ قِطْرًا

    Aatoonee zubaral hadeed, hattaaa izaa saawaa bainas sadafaini qaalan fukhoo hattaaa izaa ja'alahoo naaran qaala aatooneee ufrigh 'alaihi qitraa

    Menga temir parchalarini keltiring», dedi. Nihoyat, ikki tog` tomonlari ila barobarlashganda: «Dam uringlar», dedi. Nihoyat, u(to`p temir)ni o`tga aylantirgach: «Olib kelinglar, ustidan mis quyaman», dedi.

  97. 18:97

    فَمَا ٱسْطَـٰعُوٓا۟ أَن يَظْهَرُوهُ وَمَا ٱسْتَطَـٰعُوا۟ لَهُۥ نَقْبًا

    Famas taa'ooo any yazharoohu wa mastataa'oo lahoo naqbaa

    Bas, ular uning ustiga chiqa olmadilar, uni teshib ham o`ta olmadilar.

  98. 18:98

    قَالَ هَـٰذَا رَحْمَةٌ مِّن رَّبِّى ۖ فَإِذَا جَآءَ وَعْدُ رَبِّى جَعَلَهُۥ دَكَّآءَ ۖ وَكَانَ وَعْدُ رَبِّى حَقًّا

    Qaala haaza rahmatummir Rabbee fa izaa jaaa'a wa'du Rabbee ja'alahoo dakkaaa'a; wa kaana; wa du Rabbee haqqaa

    U: «Bu, Robbim rahmatidandir. Agar Robbimning va'dasi kelsa, buni yer barobar qilur. Robbimning va'dasi haqdir», dedi.

  99. 18:99

    ۞ وَتَرَكْنَا بَعْضَهُمْ يَوْمَئِذٍ يَمُوجُ فِى بَعْضٍ ۖ وَنُفِخَ فِى ٱلصُّورِ فَجَمَعْنَـٰهُمْ جَمْعًا

    Wa taraknaa ba'dahum Yawma'iziny yamooju fee ba'dinw wa nufikha fis Soori fajama'naahum jam'aa

    O`sha kuni ularni bir-birlari ila mavj urgan hollarida tark etdik va sur chalindi. Bas, ularning hammalarini jamladik.

  100. 18:100

    وَعَرَضْنَا جَهَنَّمَ يَوْمَئِذٍ لِّلْكَـٰفِرِينَ عَرْضًا

    Wa 'aradnaa jahannama Yawma'izil lilkaafireena 'ardaa

    O`sha kuni kofirlarga jahannamni ko`ndalang qilib ko`rsatdik.

  101. 18:101

    ٱلَّذِينَ كَانَتْ أَعْيُنُهُمْ فِى غِطَآءٍ عَن ذِكْرِى وَكَانُوا۟ لَا يَسْتَطِيعُونَ سَمْعًا

    Allazeena kaanat a'yunuhum fee ghitaaa'in 'an zikree wa kaanoo la yastatee'oona sam'aa (section 11)

    Ular ko`zlari Mening zikrimdan pardada bo`lgan va eshitishga qodir bo`la olmaydiganlar edilar.

  102. 18:102

    أَفَحَسِبَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ أَن يَتَّخِذُوا۟ عِبَادِى مِن دُونِىٓ أَوْلِيَآءَ ۚ إِنَّآ أَعْتَدْنَا جَهَنَّمَ لِلْكَـٰفِرِينَ نُزُلًا

    Afahasibal lazeena kafarooo any yattakhizoo 'ibaadee min dooneee awliyaaa'; innaaa a'tadnaa jahannama lilkaafi reena nuzulaa

    Yoki kufr keltirganlar Meni qo`yib bandalarimni valiy — iloh qilib olishni gumon qildilarmi?! Albatta, Biz jahannamni kofirlarga manzil etib tayyorlaganmiz.

  103. 18:103

    قُلْ هَلْ نُنَبِّئُكُم بِٱلْأَخْسَرِينَ أَعْمَـٰلًا

    Qul hal nunabbi'ukum bilakhsareena a'maalaa

    Sen: «Sizga amallari yuzasidan eng ziyonkorlarning xabarini beraymi?

  104. 18:104

    ٱلَّذِينَ ضَلَّ سَعْيُهُمْ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا وَهُمْ يَحْسَبُونَ أَنَّهُمْ يُحْسِنُونَ صُنْعًا

    Allazeena dalla sa'yuhum fil hayaatid dunyaa wa hum yahsaboona annahum yuhsinoona sun'aa

    Ular bu dunyo hayotidayoq sa'yi-harakatlari botil bo`lgan, o`zlari esa, go`zal ish qilyapman, deb hisoblaydiganlardir», degin.

  105. 18:105

    أُو۟لَـٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِـَٔايَـٰتِ رَبِّهِمْ وَلِقَآئِهِۦ فَحَبِطَتْ أَعْمَـٰلُهُمْ فَلَا نُقِيمُ لَهُمْ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ وَزْنًا

    Ulaaa'ikal lazeena kafaroo bi aayaati Rabbihim wa liqaaa'ihee fahabitat a'maaluhum falaa nuqeemu lahum Yawmal Qiyaamati waznaa

    Ana o`shalar Robbilari oyatlariga va unga ro`baro` kelishga kufr keltirganlardir. Bas, ularning amallari habata bo`ldi. Qiyomat kuni ularga hech qanday vazn bermasmiz.

  106. 18:106

    ذَٰلِكَ جَزَآؤُهُمْ جَهَنَّمُ بِمَا كَفَرُوا۟ وَٱتَّخَذُوٓا۟ ءَايَـٰتِى وَرُسُلِى هُزُوًا

    Zaalika jazaaa'uhum jahannamu bimaa kafaroo wattakhazooo Aayaatee wa Rusulee huzuwaa

    Shuningdek, kufr keltirganlari va Mening oyatlarim va Payg`ambarlarimni masxara qilganlari sababli ularning jazosi jahannamdir.

  107. 18:107

    إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ كَانَتْ لَهُمْ جَنَّـٰتُ ٱلْفِرْدَوْسِ نُزُلًا

    Innal lazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati kaanat lahum Jannaatul Firdawsi nuzulaa

    Albatta, iymon keltirgan va yaxshi amallarni qilganlarga Firdavs jannati manzil bo`lgandir.

  108. 18:108

    خَـٰلِدِينَ فِيهَا لَا يَبْغُونَ عَنْهَا حِوَلًا

    Khaalideena feeha la yabghoona 'anhaa hiwalaa

    Unda abadiy qolurlar va undan ko`chishni istamaslar.

  109. 18:109

    قُل لَّوْ كَانَ ٱلْبَحْرُ مِدَادًا لِّكَلِمَـٰتِ رَبِّى لَنَفِدَ ٱلْبَحْرُ قَبْلَ أَن تَنفَدَ كَلِمَـٰتُ رَبِّى وَلَوْ جِئْنَا بِمِثْلِهِۦ مَدَدًا

    Qul law kaanal bahru midaadal lik Kalimaati Rabbee lanafidal bahru qabla an tanfada Kalimaatu Rabbee wa law ji'naa bimislihee madadaa

    Sen: «Agar dengiz Robbim kalimalariga siyoh bo`lsa-yu, unga o`z mislicha madad keltirsak ham, Robbim kalimalari tugashidan oldin dengiz tugab qolur», degin.

  110. 18:110

    قُلْ إِنَّمَآ أَنَا۠ بَشَرٌ مِّثْلُكُمْ يُوحَىٰٓ إِلَىَّ أَنَّمَآ إِلَـٰهُكُمْ إِلَـٰهٌ وَٰحِدٌ ۖ فَمَن كَانَ يَرْجُوا۟ لِقَآءَ رَبِّهِۦ فَلْيَعْمَلْ عَمَلًا صَـٰلِحًا وَلَا يُشْرِكْ بِعِبَادَةِ رَبِّهِۦٓ أَحَدًۢا

    Qul innamaaa ana basharum mislukum yoohaaa ilaiya annamaa ilaahukum Ilaahunw Waahid; faman kaana yarjoo liqaaa'a Rabbihee falya'mal 'amalan saalihanw wa laa yushrik bi'ibaadati Rabbiheee ahadaa

    Sen: «Men ham sizlarga o`xshagan basharman. Menga, shubhasiz, ilohingiz bitta iloh ekani vahiy qilindi. Bas, kim Robbiga ro`baro` kelishni umid qilsa, yaxshi amal qilsin va Robbi ibodatiga birontani sherik qilmasin», degin.

Manbalar

  • Maʼnolar tarjimasi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
  • Qiroat: Mishari Roshid al-Afasiy, mp3quran.net.
  • Transliteratsiya faqat oʻqishga yordamchi. Toʻgʻri talaffuzni qorining qiroatidan yoki ustozdan oʻrganing.

وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ

«Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!» — Qamar surasi, 54:17

Bugun bitta oyatdan boshlang.