Aʼrof surasini qanday yod olish mumkin
«Baland qoʻrgʻonlar»
- 7-sura
- 206 oyat
- Makkiy
- Mushafning 151–176-sahifalari
الأعراف
Ilova oʻrnatilgan boʻlsa, uni ochadi, aks holda App Store / Google Play’ni ochadi.
Surani toʻliq tinglang
Qori: Mishari Roshid al-Afasiy
Qancha vaqt kerak
Har kuni ushlab tura oladigan surʼatni tanlang:
| Kuniga 1 oyat | 206 kun |
| Kuniga 3 oyat | 69 kun |
| Kuniga 5 oyat | 42 kun |
Oyatma-oyat qanday yod olish kerak
- Avval tinglangOyatni bir necha marta qoʻying va arabcha matnni koʻzingiz bilan kuzatib boring.
- Ovoz chiqarib takrorlangTilingizga oson kelguncha qayta-qayta ayting. Qaree har bir takrorni sanaydi.
- Yoddan oʻqingMatnga qaramay oʻqing. Qaree’ning tilovat rejimi sizni tinglaydi va xato qilgan soʻzlaringizni belgilaydi.
- Ulang va takrorlangYangi oyatni oldingilari bilan birga oʻqing, ertasi kuni esa surani yana bir bor takrorlang.
Aʼrof surasi: arabcha matni, transliteratsiyasi va tarjimasi
-
7:1
الٓمٓصٓ
Alif-Laaam-Meeem-Saaad
Alif. Laam. Miym. Sood.
-
7:2
كِتَـٰبٌ أُنزِلَ إِلَيْكَ فَلَا يَكُن فِى صَدْرِكَ حَرَجٌ مِّنْهُ لِتُنذِرَ بِهِۦ وَذِكْرَىٰ لِلْمُؤْمِنِينَ
Kitaabun unzila ilaika falaa yakum fee sadrika harajum minhu litunzira bihee wa zikraa lilmu'mineen
Bu, senga u ila ogohlantirishing uchun va mo`minlarga eslatma etib nozil qilingan kitobdir. Ko`nglingda undan tanglik bo`lmasin.
-
7:3
ٱتَّبِعُوا۟ مَآ أُنزِلَ إِلَيْكُم مِّن رَّبِّكُمْ وَلَا تَتَّبِعُوا۟ مِن دُونِهِۦٓ أَوْلِيَآءَ ۗ قَلِيلًا مَّا تَذَكَّرُونَ
Ittabi'oo maaa unzila 'ilaikum mir Rabbikum wa laa tattabi'oo min dooniheee awliyaaa'; qaleelam maa tazakkaroon
Sizlarga Robbingizdan nozil qilingan narsaga ergashinglar! Undan boshqa valiy — do`stlarga ergashmanglar. Juda oz eslaysizlar.
-
7:4
وَكَم مِّن قَرْيَةٍ أَهْلَكْنَـٰهَا فَجَآءَهَا بَأْسُنَا بَيَـٰتًا أَوْ هُمْ قَآئِلُونَ
Wa kam min qaryatin ahlaknaahaa fajaaa'ahaa baasunaa bayaatan aw hum qaaa'iloon
Qanchadan-qancha shahar-qishloqlarni halok qildik. Bas, azobimiz ularga tun uyqusida yoki kun uyqusida keldi.
-
7:5
فَمَا كَانَ دَعْوَىٰهُمْ إِذْ جَآءَهُم بَأْسُنَآ إِلَّآ أَن قَالُوٓا۟ إِنَّا كُنَّا ظَـٰلِمِينَ
Famaa kaana da'waahum iz jaaa'ahum baasunaa illaaa an qaalooo innaa kunnaa zaalimeen
Bas, Bizning azobimiz kelgan chog`ida ularning da'volari: «Albatta, biz zolimlardan bo`lgan edik», – deyishlaridan boshqa narsa bo`lmadi.
-
7:6
فَلَنَسْـَٔلَنَّ ٱلَّذِينَ أُرْسِلَ إِلَيْهِمْ وَلَنَسْـَٔلَنَّ ٱلْمُرْسَلِينَ
Falanas 'alannal lazeena ursila ilaihim wa lanas 'alannal mursaleen
Bas, Biz, albatta, Payg`ambar yuborilganlardan ham va, albatta, Payg`ambarlardan ham so`rarmiz.
-
7:7
فَلَنَقُصَّنَّ عَلَيْهِم بِعِلْمٍ ۖ وَمَا كُنَّا غَآئِبِينَ
Falanaqussanna 'alaihim bi'ilminw wa maa kunnaa ghaaa'ibeen
Bas, ularga ilmiy ravishda qissa qilib berurmiz. Holbuki, Biz g`oyib bo`lmagan edik.
-
7:8
وَٱلْوَزْنُ يَوْمَئِذٍ ٱلْحَقُّ ۚ فَمَن ثَقُلَتْ مَوَٰزِينُهُۥ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ
Walwaznu Yawma'izinil haqq; faman saqulat mawaa zeenuhoo fa-ulaaa'ika humul muflihoon
O`sha kuni (amallarni) tortish haqdir. Bas, kimning tortilgan(amal)lari og`ir kelsa, ana o`shalar najot topguvchilardir.
-
7:9
وَمَنْ خَفَّتْ مَوَٰزِينُهُۥ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ خَسِرُوٓا۟ أَنفُسَهُم بِمَا كَانُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا يَظْلِمُونَ
Wa man khaffat mawaazeenuhoo fa ulaaa'ikal lazeena khasirooo anfusahum bimaa kaanoo bi Aayaatinaa yazlimoon
Va kimning tortilgan (amal)lari yengil kelsa, bas, ana o`shalar Bizning oyatlarimizga zulm qilib, o`zlariga ziyon etganlardir.
-
7:10
وَلَقَدْ مَكَّنَّـٰكُمْ فِى ٱلْأَرْضِ وَجَعَلْنَا لَكُمْ فِيهَا مَعَـٰيِشَ ۗ قَلِيلًا مَّا تَشْكُرُونَ
Wa laqad makkannaakum fil ardi wa ja'alnaa lakum feehaa ma'aayish; qaleelam maa tashkuroon
Batahqiq, sizlarga yer yuzida qudrat va imkoniyatlar berdik va unda sizlar uchun yashash vositalari qildik. qanchalar oz shukr qilasizlar-a?!
-
7:11
وَلَقَدْ خَلَقْنَـٰكُمْ ثُمَّ صَوَّرْنَـٰكُمْ ثُمَّ قُلْنَا لِلْمَلَـٰٓئِكَةِ ٱسْجُدُوا۟ لِـَٔادَمَ فَسَجَدُوٓا۟ إِلَّآ إِبْلِيسَ لَمْ يَكُن مِّنَ ٱلسَّـٰجِدِينَ
Wa laqad khalaqnaakum summa sawwarnaakum summa qulnaa lilmalaaa'ikatis judoo li Aadama fa-sajadooo illaaa Ibleesa lam yakum minas saajideen
Va batahqiq, Biz sizlarni yaratdik, keyin sizlarga suvrat berdik. So`ngra esa, farishtalarga: «Odamga sajda qiling», – dedik. Bas, ular sajda qildilar. Magar iblis sajda qiluvchilardan bo`lmadi.
-
7:12
قَالَ مَا مَنَعَكَ أَلَّا تَسْجُدَ إِذْ أَمَرْتُكَ ۖ قَالَ أَنَا۠ خَيْرٌ مِّنْهُ خَلَقْتَنِى مِن نَّارٍ وَخَلَقْتَهُۥ مِن طِينٍ
Qaala maa mana'aka allaa tasjuda iz amartuka qaala ana khairum minhu khalaqtanee min naarinw wa khalaqtahoo min teen
U zot: «Senga amr etganimda sajda qilishingdan nima to`sdi?» – dedi. U: «Men undan yaxshiman, meni o`tdan yaratding va uni loydan yaratding», – dedi.
-
7:13
قَالَ فَٱهْبِطْ مِنْهَا فَمَا يَكُونُ لَكَ أَن تَتَكَبَّرَ فِيهَا فَٱخْرُجْ إِنَّكَ مِنَ ٱلصَّـٰغِرِينَ
Qaala fahbit minhaa famaa yakoonu laka an tatakabbara feehaa fakhruj innaka minas saaghireen
U zot: «Bas, u(jannat)dan tush! Sen uchun unda mutakabbirlik qilib yurish yo`q. Bas, chiq! Albatta, sen xoru zor bo`lguvchilardansan», – dedi.
-
7:14
قَالَ أَنظِرْنِىٓ إِلَىٰ يَوْمِ يُبْعَثُونَ
Qaala anzirneee ilaa Yawmi yub'asoon
U: «Menga ular qayta tiriltiriladigan kungacha muhlat ber», – dedi.
-
7:15
قَالَ إِنَّكَ مِنَ ٱلْمُنظَرِينَ
Qaala innaka minal munzareen
U zot: «Albatta, sen muhlat berilganlardansan», – dedi.
-
7:16
قَالَ فَبِمَآ أَغْوَيْتَنِى لَأَقْعُدَنَّ لَهُمْ صِرَٰطَكَ ٱلْمُسْتَقِيمَ
Qaala fabimaaa aghway tanee la aq'udanna lahum Siraatakal Mustaqeem
U: «Meni ig`voga uchirganing sababli, albatta, men ularni To`g`ri yo`lingda to`sib o`tiraman.
-
7:17
ثُمَّ لَـَٔاتِيَنَّهُم مِّنۢ بَيْنِ أَيْدِيهِمْ وَمِنْ خَلْفِهِمْ وَعَنْ أَيْمَـٰنِهِمْ وَعَن شَمَآئِلِهِمْ ۖ وَلَا تَجِدُ أَكْثَرَهُمْ شَـٰكِرِينَ
Summa la aatiyannahum mim baine aideehim wa min khalfihim wa 'an aimaanihim wa 'an shamaaa'ilihim wa laa tajidu aksarahum shaakireen
So`ngra, ularning oldilaridan, orqalaridan, o`ng tomonlaridan va chap tomonlaridan kelaman. Va ularning ko`plarini shukr qiluvchi holda topmassan», – dedi.
-
7:18
قَالَ ٱخْرُجْ مِنْهَا مَذْءُومًا مَّدْحُورًا ۖ لَّمَن تَبِعَكَ مِنْهُمْ لَأَمْلَأَنَّ جَهَنَّمَ مِنكُمْ أَجْمَعِينَ
Qaalakh ruj mnhaa maz'oomam madhooraa; laman tabi'aka minhum la amla'anna Jahannama minkum ajma'een
U zot: «Undan mazammatga uchragan va quvilgan holingda chiq!!! Ulardan kim senga ergashsa, albatta, jahannamni sizlarning hammangiz bilan to`ldirurman», – dedi.
-
7:19
وَيَـٰٓـَٔادَمُ ٱسْكُنْ أَنتَ وَزَوْجُكَ ٱلْجَنَّةَ فَكُلَا مِنْ حَيْثُ شِئْتُمَا وَلَا تَقْرَبَا هَـٰذِهِ ٱلشَّجَرَةَ فَتَكُونَا مِنَ ٱلظَّـٰلِمِينَ
Wa yaaa Aadamus kun anta wa zawjukal Jannata fakulaa min haisu shi'tumaa wa laa taqrabaa haazihish shajarata fatakoonaa minza zaalimeen
Ey Odam, sen jufting bilan jannatni maskan tut. Ikkovingiz xohlagan joyingizdan yeng. Ammo mana bu daraxtga yaqinlashmanglar. Uning sababidan zolimlardan bo`lib qolmanglar.
-
7:20
فَوَسْوَسَ لَهُمَا ٱلشَّيْطَـٰنُ لِيُبْدِىَ لَهُمَا مَا وُۥرِىَ عَنْهُمَا مِن سَوْءَٰتِهِمَا وَقَالَ مَا نَهَىٰكُمَا رَبُّكُمَا عَنْ هَـٰذِهِ ٱلشَّجَرَةِ إِلَّآ أَن تَكُونَا مَلَكَيْنِ أَوْ تَكُونَا مِنَ ٱلْخَـٰلِدِينَ
Fawaswasa lahumash Shaitaanu liyubdiya lahumaa maa wooriya 'anhumaa min saw aatihimaa wa qaala maa nahaakumaa Rabbukumaa 'an haazihish shajarati illaaa an takoonaa malakaini aw takoonaa minal khaalideen
Bas, shayton ikkovlarining berkitilgan avratlarini ochish uchun ularni vasvasa qildi va: «Robbingiz sizni ushbu daraxtdan faqat ikkovingiz farishta bo`lmasligingiz yoki abadiy qolmasligingiz uchungina man qildi», – dedi.
-
7:21
وَقَاسَمَهُمَآ إِنِّى لَكُمَا لَمِنَ ٱلنَّـٰصِحِينَ
Wa qaasamahumaaa innee lakumaa laminan naasiheen
Ularga: «Albatta, men sizlarga nasihat qiluvchilardanman», – deb qasam ichdi.
-
7:22
فَدَلَّىٰهُمَا بِغُرُورٍ ۚ فَلَمَّا ذَاقَا ٱلشَّجَرَةَ بَدَتْ لَهُمَا سَوْءَٰتُهُمَا وَطَفِقَا يَخْصِفَانِ عَلَيْهِمَا مِن وَرَقِ ٱلْجَنَّةِ ۖ وَنَادَىٰهُمَا رَبُّهُمَآ أَلَمْ أَنْهَكُمَا عَن تِلْكُمَا ٱلشَّجَرَةِ وَأَقُل لَّكُمَآ إِنَّ ٱلشَّيْطَـٰنَ لَكُمَا عَدُوٌّ مُّبِينٌ
Fadallaahumaa bighuroor; falammaa zaaqash shajarata badat lahumaa saw aatuhumaa wa tafiqaa yakhsifaani 'alaihimaa minw waraqil jannati wa naadaahumaa Rabbuhumaaa alam anhakumaa 'an tilkumash shajarati wa aqul lakumaaa innash Shaitaana lakumaa 'aduwwum mubeen
Bas, ularni aldov ila past(holat)ga tushirdi. Ikkovlari daraxtdan tatib ko`rishganda, avratlari o`zlariga ko`rinib qoldi va o`zlariga jannat barglaridan to`siq to`qiy boshladilar. Shunda, Robbilari ularga nido qilib: «Sizlarni ana o`sha daraxtdan qaytargan emasmidim va, albatta, shayton ikkovingizga ochiq-oydin dushmandir, demaganmidim?!» – dedi.
-
7:23
قَالَا رَبَّنَا ظَلَمْنَآ أَنفُسَنَا وَإِن لَّمْ تَغْفِرْ لَنَا وَتَرْحَمْنَا لَنَكُونَنَّ مِنَ ٱلْخَـٰسِرِينَ
Qaalaa Rabbanaa zalamnaaa anfusanaa wa illam taghfir lanaa wa tarhamnaa lanakoonanna minal khaasireen
Ikkovlari: «Ey Robbimiz, biz o`zimizga zulm qildik. Agar Sen bizni mag`firat qilmasang va bizga rahim qilmasang, albatta, ziyon ko`rganlardan bo`lamiz», – dedilar.
-
7:24
قَالَ ٱهْبِطُوا۟ بَعْضُكُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّ ۖ وَلَكُمْ فِى ٱلْأَرْضِ مُسْتَقَرٌّ وَمَتَـٰعٌ إِلَىٰ حِينٍ
Qaalah bitoo ba'dukum liba'din aduwwunw wa lakum fil ardi mmustaqarrunw wa mataa'un ilaaheen
U zot: «Bir-biringizga dushman bo`lgan holingizda tushinglar. Sizlarga yer yuzida qarorgoh bor va ma'lum vaqtgacha foydalanish bor», – dedi.
-
7:25
قَالَ فِيهَا تَحْيَوْنَ وَفِيهَا تَمُوتُونَ وَمِنْهَا تُخْرَجُونَ
Qaala feehaa tahyawna wa feehaa tamootoona wa minhaa tukhrajoon (section 2)
U zot: «Unda hayot kechirasizlar, unda o`lasizlar va undan qayta chiqarilasizlar», – dedi.
-
7:26
يَـٰبَنِىٓ ءَادَمَ قَدْ أَنزَلْنَا عَلَيْكُمْ لِبَاسًا يُوَٰرِى سَوْءَٰتِكُمْ وَرِيشًا ۖ وَلِبَاسُ ٱلتَّقْوَىٰ ذَٰلِكَ خَيْرٌ ۚ ذَٰلِكَ مِنْ ءَايَـٰتِ ٱللَّهِ لَعَلَّهُمْ يَذَّكَّرُونَ
Yaa Baneee Aadama qad anzalnaa 'alaikum libaasany yuwaaree saw aatikum wa reeshanw wa libaasut taqwaa zaalika khair; zaalika min Aayaatil laahi la'allahum yaz zakkaroon
Ey, Odam bolalari, batahqiq, sizlarga avratingizni to`sadigan libos va ziynat libosini nozil qildik. Taqvo libosi, ana o`sha yaxshidir. Ana o`shalar Allohning oyat-belgilaridandir. Shoyadki, eslasalar.
-
7:27
يَـٰبَنِىٓ ءَادَمَ لَا يَفْتِنَنَّكُمُ ٱلشَّيْطَـٰنُ كَمَآ أَخْرَجَ أَبَوَيْكُم مِّنَ ٱلْجَنَّةِ يَنزِعُ عَنْهُمَا لِبَاسَهُمَا لِيُرِيَهُمَا سَوْءَٰتِهِمَآ ۗ إِنَّهُۥ يَرَىٰكُمْ هُوَ وَقَبِيلُهُۥ مِنْ حَيْثُ لَا تَرَوْنَهُمْ ۗ إِنَّا جَعَلْنَا ٱلشَّيَـٰطِينَ أَوْلِيَآءَ لِلَّذِينَ لَا يُؤْمِنُونَ
Yaa Banee Aadama laa yaftinannnakumush Shaitaanu kamaaa akhraja abawaikum minal Jannati yanzi'u 'anhumaa libaasahumaa liyuriyahumaa saw aatihimaaa; innahoo yaraakum huwa wa qabeeluhoo min haisu laa tarawnahum; innaa ja'alnash Shayaateena awliyaaa'a lillazeena laa yu'minoon
Ey, Odam bolalari, shayton ota-onangizni o`zlariga avratlarini ko`rsatish uchun ustlaridan liboslarini yechib, jannatdan chiqarganidek, sizni ham fitnaga solmasin. Albatta, u va uning yordamchilari sizni siz ko`rmaydigan tomondan ko`radir. Biz, albatta, shaytonlarni iymon keltirmaydiganlarga do`st qilganmiz.
-
7:28
وَإِذَا فَعَلُوا۟ فَـٰحِشَةً قَالُوا۟ وَجَدْنَا عَلَيْهَآ ءَابَآءَنَا وَٱللَّهُ أَمَرَنَا بِهَا ۗ قُلْ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَأْمُرُ بِٱلْفَحْشَآءِ ۖ أَتَقُولُونَ عَلَى ٱللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ
Wa izaa fa'aloo faahishatan qaaloo wajadnaa 'alaihaaa aabaaa'ana wallaahu amaranaa bihaa; qul innal laaha laa yaamuru bilfahshaaa'i a-taqooloona 'alal laahi mmaa laa ta'lamoon
Ular qachon fohisha ish qilsalar: «Ota-bobolarimiz ushbuni qilayotganini ko`rdik. Buni bizga Alloh buyurgan», – derlar. «Alloh, albatta, fahsh ishlarga buyurmas. Alloh sha'niga bilmaydigan narsangizni aytasizmi?!» – degin.
-
7:29
قُلْ أَمَرَ رَبِّى بِٱلْقِسْطِ ۖ وَأَقِيمُوا۟ وُجُوهَكُمْ عِندَ كُلِّ مَسْجِدٍ وَٱدْعُوهُ مُخْلِصِينَ لَهُ ٱلدِّينَ ۚ كَمَا بَدَأَكُمْ تَعُودُونَ
Qul amara Rabbee bilqisti wa aqeemoo wujoohakum 'inda kulli masjidin wad'oohu mukhliseena lahud deen; kamaa bada akum ta'oodoon
Sen: «Robbim adolatga amr qildi. Har bir ibodatxonada yuzingizni to`g`ri tuting. Uning diniga ixlos etgan holda duo qiling. Sizlarni avvalda qanday yaratgan bo`lsa, o`sha holda qaytasizlar», – deb ayt.
-
7:30
فَرِيقًا هَدَىٰ وَفَرِيقًا حَقَّ عَلَيْهِمُ ٱلضَّلَـٰلَةُ ۗ إِنَّهُمُ ٱتَّخَذُوا۟ ٱلشَّيَـٰطِينَ أَوْلِيَآءَ مِن دُونِ ٱللَّهِ وَيَحْسَبُونَ أَنَّهُم مُّهْتَدُونَ
Fareeqan hadaa wa fareeqan haqqa 'alaihimud dalaalah; innahumut takhazush Shayaateena awliyaaa'a min doonil laahi wa yahsaboona annnahum muhtadoon
Bir guruhni hidoyat qildi. Boshqa guruhga yo`ldan ozish haq bo`ldi. Chunki, ular Allohni qo`yib shaytonlarni o`zlariga do`st tutdilar. Hamda o`zlarini, albatta, hidoyat topganlar, deb hisoblarlar.
-
7:31
۞ يَـٰبَنِىٓ ءَادَمَ خُذُوا۟ زِينَتَكُمْ عِندَ كُلِّ مَسْجِدٍ وَكُلُوا۟ وَٱشْرَبُوا۟ وَلَا تُسْرِفُوٓا۟ ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلْمُسْرِفِينَ
Yaa Banneee Adama khuzoo zeenatakum 'inda kulli masjidinw wa kuloo washraboo wa laa tusrifoo; innahoo laa yuhibbul musrifeen
Ey, Odam bolalari, har bir ibodat chog`ida o`z ziynatingizni oling. Yeb-iching va isrof qilmang. Chunki, U isrof qiluvchilarni sevmas.
-
7:32
قُلْ مَنْ حَرَّمَ زِينَةَ ٱللَّهِ ٱلَّتِىٓ أَخْرَجَ لِعِبَادِهِۦ وَٱلطَّيِّبَـٰتِ مِنَ ٱلرِّزْقِ ۚ قُلْ هِىَ لِلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا خَالِصَةً يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ ۗ كَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ ٱلْـَٔايَـٰتِ لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ
Qul man harrama zeenatal laahil lateee akhraja li'ibaadihee wattaiyibaati minar rizq; qul hiya lillazeena aamanoo fil hayaatid dunyaa khaalisatany Yawmal Qiyaamah; kazaalika nufassihul Aayaati liqawminy ya'lamoon
Sen: «Alloh O`z bandalariga chiqargan ziynatlarni va pokiza rizqlarni kim harom qildi?!» – deb ayt. Sen: «Ular hayoti dunyoda iymon keltirganlarga, qiyomat kunida esa faqat o`zlariga xosdir», – deb ayt. Biladigan qavmlar uchun oyatlarni mana shunday mufassal bayon qilurmiz.
-
7:33
قُلْ إِنَّمَا حَرَّمَ رَبِّىَ ٱلْفَوَٰحِشَ مَا ظَهَرَ مِنْهَا وَمَا بَطَنَ وَٱلْإِثْمَ وَٱلْبَغْىَ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ وَأَن تُشْرِكُوا۟ بِٱللَّهِ مَا لَمْ يُنَزِّلْ بِهِۦ سُلْطَـٰنًا وَأَن تَقُولُوا۟ عَلَى ٱللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ
Qul innamaa harrama Rabbiyal fawaahisha maa zahara minhaa wa maa bataa wal isma walbaghya bighairil haqqi wa an tushrikoo billaahi maa lam yunazzil bihee sultaananw wa an taqooloo 'alal laahi maa laa ta'lamoon
Sen: «Robbim faqatgina oshkora va yashirin fahsh ishlarni, gunohlarni, nohaq tajovuzkorlikni va Allohga hech qanday hujjat tushirmagan narsalarni sherik qilib olishingizni hamda Allohga nisbatan bilmagan narsani aytishni harom qilgan, xolos», – deb ayt.
-
7:34
وَلِكُلِّ أُمَّةٍ أَجَلٌ ۖ فَإِذَا جَآءَ أَجَلُهُمْ لَا يَسْتَأْخِرُونَ سَاعَةً ۖ وَلَا يَسْتَقْدِمُونَ
Wa likulli ummatin ajalun fa izaa jaaa'a ajaluhum laa yastaakhiroona saa'atanw wa laa yastaqdimoon
Har bir ummatning ajali bor. Ajallari kelgan vaqtida biror soatga ketga ham, oldinga ham sura olmaslar.
-
7:35
يَـٰبَنِىٓ ءَادَمَ إِمَّا يَأْتِيَنَّكُمْ رُسُلٌ مِّنكُمْ يَقُصُّونَ عَلَيْكُمْ ءَايَـٰتِى ۙ فَمَنِ ٱتَّقَىٰ وَأَصْلَحَ فَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ
yaa Banee Aadama immaa yaatiyannakum Rusulum minkum yaqussoona 'alaikum Aayaatee famanit taqaa wa aslaha falaa khawfun 'alaihim wa laa hum yahzanoon
Ey, Odam bolalari, agar sizlarga o`zingizdan bo`lgan Payg`ambarlar kelib, oyatlarimni so`zlaganda, bas, kim taqvo qilsa va yaxshi amal qilsa, ularga xavf yo`qdir va ular xafa ham bo`lmaslar.
-
7:36
وَٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا وَٱسْتَكْبَرُوا۟ عَنْهَآ أُو۟لَـٰٓئِكَ أَصْحَـٰبُ ٱلنَّارِ ۖ هُمْ فِيهَا خَـٰلِدُونَ
Wallazeena kazzaboo bi Aayaatinaa wastakbaroo 'anhhaaa ulaaa'ika Ashaabun naari hum feehaa khaalidoon
Oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlar va ulardan kibr qilganlar, ana o`shalar do`zax egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.
-
7:37
فَمَنْ أَظْلَمُ مِمَّنِ ٱفْتَرَىٰ عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا أَوْ كَذَّبَ بِـَٔايَـٰتِهِۦٓ ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ يَنَالُهُمْ نَصِيبُهُم مِّنَ ٱلْكِتَـٰبِ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا جَآءَتْهُمْ رُسُلُنَا يَتَوَفَّوْنَهُمْ قَالُوٓا۟ أَيْنَ مَا كُنتُمْ تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ ۖ قَالُوا۟ ضَلُّوا۟ عَنَّا وَشَهِدُوا۟ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمْ أَنَّهُمْ كَانُوا۟ كَـٰفِرِينَ
Faman azlamu mimmanif taraa 'alal laahi kaziban aw kazzaba bi Aayaatih; ulaaa'ika yanaaluhum naseebuhum minal Kitaab; hataaa izaa jaaa'at hum rusulunaa yatawaf fawnahum qaalooo aina maa kuntum tad'oonaa min doonil laahi qaaloo dalloo 'annaa wa shahidoo 'alaaa anfusihim annahum kaanoo kaafieen
Allohga nisbatan yolg`on to`qigan yoki uning oyatlarini yolg`onga chiqargan kimsadan ham zolimroq odam bormi?! Ana o`shalarga kitobdan nasibalari yetar. Bizning elchilarimiz kelib ularning jonlarini olayotib: «Allohdan o`zga ibodat qilayotgan narsalaringiz qani?» – derlar. Ular: «Bizdan g`oyib bo`lishdi», – derlar va o`z ziyonlariga, kofir bo`lganlarini aytib, guvohlik berarlar.
-
7:38
قَالَ ٱدْخُلُوا۟ فِىٓ أُمَمٍ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِكُم مِّنَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ فِى ٱلنَّارِ ۖ كُلَّمَا دَخَلَتْ أُمَّةٌ لَّعَنَتْ أُخْتَهَا ۖ حَتَّىٰٓ إِذَا ٱدَّارَكُوا۟ فِيهَا جَمِيعًا قَالَتْ أُخْرَىٰهُمْ لِأُولَىٰهُمْ رَبَّنَا هَـٰٓؤُلَآءِ أَضَلُّونَا فَـَٔاتِهِمْ عَذَابًا ضِعْفًا مِّنَ ٱلنَّارِ ۖ قَالَ لِكُلٍّ ضِعْفٌ وَلَـٰكِن لَّا تَعْلَمُونَ
Qaalad khuloo feee umamin qad khalat min qablikum minal jinni wal insifin naari kullamaa dakhalat ummatul la'anat ukhtahaa hattaaa izad daarakoo feehaa jamee'an qaalat ukhraahum li oolaahum Rabbannaa haaa'u laaa'i adalloonaa fa aatihim 'azaaban di'fam minan naari qaala likullin di funw wa laakil laa ta'lamoon
U zot: «Sizdan oldin o`tgan, jin va insdan bo`lgan ummatlar bilan do`zaxga kiring», – der. Qachonki, qaysi bir ummat (do`zaxga) kirsa, sherigini la'natlar. Biroq u yerda hammalari topishganlarida, keyingilari avvalgilarini (malomat qilib): «Ey Robbimiz, bizni anavilar adashtirgan edilar. Ularga do`zax azobini ikki barobar qilib ber», – derlar. U zot: «Hammaga ham ikki barobar, lekin bilmaysizlar», – der.
-
7:39
وَقَالَتْ أُولَىٰهُمْ لِأُخْرَىٰهُمْ فَمَا كَانَ لَكُمْ عَلَيْنَا مِن فَضْلٍ فَذُوقُوا۟ ٱلْعَذَابَ بِمَا كُنتُمْ تَكْسِبُونَ
Wa qaalat oolaahum li ukhraahum famaa kaana lakum 'alainaa min fadlin fazooqul azaaba bimaa kuntum taksiboon
Avvalgilar keyingilarga: «Sizlarning bizdan afzallik tomoningiz yo`q. Qilgan kasbingizga yarasha azobni tortaveringlar», – derlar.
-
7:40
إِنَّ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا وَٱسْتَكْبَرُوا۟ عَنْهَا لَا تُفَتَّحُ لَهُمْ أَبْوَٰبُ ٱلسَّمَآءِ وَلَا يَدْخُلُونَ ٱلْجَنَّةَ حَتَّىٰ يَلِجَ ٱلْجَمَلُ فِى سَمِّ ٱلْخِيَاطِ ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُجْرِمِينَ
Innal lazeena kazzaboo bi Aayaatinaa wastakbaroo 'anhaa laa tufattahu lahum ahwaabus samaaa'i wa laa yadkhuloonal jannata hattaa yalijal jamalu fee sammil khiyaat; wa kazaalika najzil mujrimeen
Albatta, oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlar va ulardan kibr qilganlarga osmon eshiklari ochilmas va ular tuya igna teshigidan o`tmaguncha jannatga kirmaslar. Jinoyatchilarni mana shunday jazolaymiz.
-
7:41
لَهُم مِّن جَهَنَّمَ مِهَادٌ وَمِن فَوْقِهِمْ غَوَاشٍ ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلظَّـٰلِمِينَ
Lahum min jahannama mihaadunw wa min fawqihim ghawaash; wa kazaalika najziz zaalimeen
Ularga jahannamdan to`shak va ustlariga choyshab bor. Zolimlarni mana shunday jazolaymiz.
-
7:42
وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ لَا نُكَلِّفُ نَفْسًا إِلَّا وُسْعَهَآ أُو۟لَـٰٓئِكَ أَصْحَـٰبُ ٱلْجَنَّةِ ۖ هُمْ فِيهَا خَـٰلِدُونَ
Wallazeena aamanoo wa 'amilus saalihaati la nukallifu nafsan illaa wus'ahaaa ulaaa'ika Ashaabul jannati hum feehaa khaalidoon
Iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlar — Biz hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaymiz — ana o`shalar jannat egalaridir. Ular unda abadiy qolurlar.
-
7:43
وَنَزَعْنَا مَا فِى صُدُورِهِم مِّنْ غِلٍّ تَجْرِى مِن تَحْتِهِمُ ٱلْأَنْهَـٰرُ ۖ وَقَالُوا۟ ٱلْحَمْدُ لِلَّهِ ٱلَّذِى هَدَىٰنَا لِهَـٰذَا وَمَا كُنَّا لِنَهْتَدِىَ لَوْلَآ أَنْ هَدَىٰنَا ٱللَّهُ ۖ لَقَدْ جَآءَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِٱلْحَقِّ ۖ وَنُودُوٓا۟ أَن تِلْكُمُ ٱلْجَنَّةُ أُورِثْتُمُوهَا بِمَا كُنتُمْ تَعْمَلُونَ
Wa naza'naa maa fee sudoorihim min ghillin tajree min tahtihimul anhaaru wa qaalul hamdu lillaahil lazee hadaanaa lihaaza wa maa kunna linahtadiya law laaa ann hadaanal laahu laqad jaaa'at Rusulu Rabbinaa bilhaqq; wa noodoo an tilkumul jannnatu ooristumoohaa bimaa kuntum ta'maloon
Va ko`ksilaridagi g`illu g`ashlarni chiqarib oldik, ostilaridan anhorlar oqib turibdi. Ular: «Bizni shunga hidoyat qilgan Allohga hamdlar bo`lsin, agar Alloh bizni hidoyat qilmaganda, o`zimiz yo`l topa olmas edik. Robbimizning elchilari haqni keltirdilar», – dedilar. Va ularga: «Mana shu jannatingizni qilgan amallaringiz tufayli meros qilib oldingiz», – deb nido qilinur.
-
7:44
وَنَادَىٰٓ أَصْحَـٰبُ ٱلْجَنَّةِ أَصْحَـٰبَ ٱلنَّارِ أَن قَدْ وَجَدْنَا مَا وَعَدَنَا رَبُّنَا حَقًّا فَهَلْ وَجَدتُّم مَّا وَعَدَ رَبُّكُمْ حَقًّا ۖ قَالُوا۟ نَعَمْ ۚ فَأَذَّنَ مُؤَذِّنٌۢ بَيْنَهُمْ أَن لَّعْنَةُ ٱللَّهِ عَلَى ٱلظَّـٰلِمِينَ
Wa naadaa Ashaabul jannati ashaaban Naari an qad wajadnaa maa wa'adannaa Rabbunaa haqqan fahal wajattum maa wa'ada Rabbukum haqqan qaaloo na'am; fa azzana mu'azzinum bainahum al la'natul laahi 'alaz zaalimeen
Va jannat egalari do`zax egalariga: «Biz Robbimiz bizga va'da qilgan narsaning haq ekanini topdik. Sizlar ham Robbingiz va'da qilgan narsaning haq ekanini topdingizmi?!» – deb nido qiladir. Ular: «Ha!» – derlar. Bas, ular o`rtalarida bir jarchi: «Zolimlarga Allohning la'nati bo`lsin!!!
-
7:45
ٱلَّذِينَ يَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ وَيَبْغُونَهَا عِوَجًا وَهُم بِٱلْـَٔاخِرَةِ كَـٰفِرُونَ
Allazeena yasuddoona 'an sabeelil laahi wa yabghoo nahaa 'iwajanw wa hum bil Aakhirati kaafiroon
Allohning yo`lidan to`sadigan, uni buzishni istaydigan va oxiratga kofir bo`luvchilarga!!!» – deb jar soladir.
-
7:46
وَبَيْنَهُمَا حِجَابٌ ۚ وَعَلَى ٱلْأَعْرَافِ رِجَالٌ يَعْرِفُونَ كُلًّۢا بِسِيمَىٰهُمْ ۚ وَنَادَوْا۟ أَصْحَـٰبَ ٱلْجَنَّةِ أَن سَلَـٰمٌ عَلَيْكُمْ ۚ لَمْ يَدْخُلُوهَا وَهُمْ يَطْمَعُونَ
Wa bainahumaa hijaab; wa 'alal A'raafi rijaaluny ya'rifoona kullam biseemaahum; wa naadaw Ashaabal jannati an salaamun 'alaikum; lam yadkhuloohaa wa hum yatma'oon
Oralarida to`siq bor, u devorlar ustidagi kishilar hammalarini siymolaridan tanirlar. Tama' qilgan hollarida kirmay turgan jannat egalariga: «Sizga salom bo`lsin», – deb nido qilurlar.
-
7:47
۞ وَإِذَا صُرِفَتْ أَبْصَـٰرُهُمْ تِلْقَآءَ أَصْحَـٰبِ ٱلنَّارِ قَالُوا۟ رَبَّنَا لَا تَجْعَلْنَا مَعَ ٱلْقَوْمِ ٱلظَّـٰلِمِينَ
Wa izaa surifat absaaruhum tilqaaa'a Ashaabin Naari qaalo Rabbanaa laa taj'alnaa ma'al qawmiz zaalimneen
Qachonki ko`zlari do`zax egalari tomon burilib qolsa: «Ey Robbimiz, bizni zolim qavmlar bilan birga qilmagin», derlar.
-
7:48
وَنَادَىٰٓ أَصْحَـٰبُ ٱلْأَعْرَافِ رِجَالًا يَعْرِفُونَهُم بِسِيمَىٰهُمْ قَالُوا۟ مَآ أَغْنَىٰ عَنكُمْ جَمْعُكُمْ وَمَا كُنتُمْ تَسْتَكْبِرُونَ
Wa naadaaa Ashaabul A'raffi rijaalany ya'rifoonahum biseemaahum qaaloo maaa aghnaa 'ankum jam'ukum wa maa kuntum tastakbiroon
A'rof egalari siymolaridan taniydigan kishilariga nido qilib: «To`plaganingiz va qilgan kibru havoingiz sizga asqotmabdi-ku!
-
7:49
أَهَـٰٓؤُلَآءِ ٱلَّذِينَ أَقْسَمْتُمْ لَا يَنَالُهُمُ ٱللَّهُ بِرَحْمَةٍ ۚ ٱدْخُلُوا۟ ٱلْجَنَّةَ لَا خَوْفٌ عَلَيْكُمْ وَلَآ أَنتُمْ تَحْزَنُونَ
A haaa'ulaaa'il lazeena aqsamtum laa yanaaluhumul laahu birahma; udkhulul Jannata laa khawfun 'alaikum wa laaa antum tahzanoon
Sizlar «Alloh ularga rahmat yetkazmas», deb qasam ichganingiz ana ularmi?! (Ularga): Jannatga kiringlar! Sizga xavf yo`q va siz xafa ham bo`lmaysiz, deyildi-ku!» – derlar.
-
7:50
وَنَادَىٰٓ أَصْحَـٰبُ ٱلنَّارِ أَصْحَـٰبَ ٱلْجَنَّةِ أَنْ أَفِيضُوا۟ عَلَيْنَا مِنَ ٱلْمَآءِ أَوْ مِمَّا رَزَقَكُمُ ٱللَّهُ ۚ قَالُوٓا۟ إِنَّ ٱللَّهَ حَرَّمَهُمَا عَلَى ٱلْكَـٰفِرِينَ
Wa naadaaa Ashaabun Naari Ashaabal jannati an afeedoo 'alainaa minal maaa'i aw mimma razaqakumul laah; qaaloo innal laaha harrama humaa 'alal kaafireen
Do`zax egalari jannat egalariga: «Bizga ham suvdan yoki Alloh sizga rizq qilib bergan narsadan to`kinglar», – deb nido qilarlar. Ular: «Albatta, Alloh bularni kofirlarga harom qilgan.
-
7:51
ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُوا۟ دِينَهُمْ لَهْوًا وَلَعِبًا وَغَرَّتْهُمُ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا ۚ فَٱلْيَوْمَ نَنسَىٰهُمْ كَمَا نَسُوا۟ لِقَآءَ يَوْمِهِمْ هَـٰذَا وَمَا كَانُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا يَجْحَدُونَ
Allazeenat takhazoo deenahu lahwanw wa la'i-banw wa gharrat humul hayaatud dunyaa; fal Yawma nnannsaahum kamaa nasoo liqaaa'a Yawmihim haazaa wa maa kaanoo bi aayaatinaa yajhadoon
Dinlarini o`yin-kulgi qilib olgan va hayoti dunyo g`ururiga ketganlarga», – derlar. Bas, bu Kunda ular bugungi holga duchor bo`lishlarini unutganlari va oyatlarimizni inkor qilganlaridek, Biz ham ularni unutamiz.
-
7:52
وَلَقَدْ جِئْنَـٰهُم بِكِتَـٰبٍ فَصَّلْنَـٰهُ عَلَىٰ عِلْمٍ هُدًى وَرَحْمَةً لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ
Wa laqad ji'naahum bi Kitaabin fassalnaahu 'alaa 'ilmin hudanw wa rahmatal liqawminy-yu'miinoon
Batahqiq, Biz ularga ilm ila mufassal qilingan, iymon keltirgan qavm uchun hidoyat va rahmat bo`lgan kitobni keltirdik.
-
7:53
هَلْ يَنظُرُونَ إِلَّا تَأْوِيلَهُۥ ۚ يَوْمَ يَأْتِى تَأْوِيلُهُۥ يَقُولُ ٱلَّذِينَ نَسُوهُ مِن قَبْلُ قَدْ جَآءَتْ رُسُلُ رَبِّنَا بِٱلْحَقِّ فَهَل لَّنَا مِن شُفَعَآءَ فَيَشْفَعُوا۟ لَنَآ أَوْ نُرَدُّ فَنَعْمَلَ غَيْرَ ٱلَّذِى كُنَّا نَعْمَلُ ۚ قَدْ خَسِرُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ وَضَلَّ عَنْهُم مَّا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ
hal yanzuroona illaa taa weelah; yawma yaatee taaweeluhoo yaqoolul lazeena nasoohu min qablu qad jaaa'at Rusulu Rabbinaa bilhaqq; fahal lanaa min shufa'aaa'a fa yashfa'oo lanaaa aw nuraddu fana'mala ghairal lazee kunnaa na'mal; qad khasirooo anfusahum wa dalla 'anhum maa kaanoo yaftaroon
Ular uning ta'viylini — oqibatini kutmoqdalar, xolos. Uning ta'viyli kelgan kunda ilgari uni unutganlar: «Robbimizning Payg`ambarlari haq ila kelgan ekanlar. Endi bizga shafoat qiluvchilar bormi, shafoat qilsalar yoki ortga qaytarilsag-u, qilgan amallarimizdan boshqacha amallarni qilsak», – derlar. Batahqiq, ular o`zlariga ziyon qildilar va to`qib olgan narsalari ulardan g`oyib bo`ldi.
-
7:54
إِنَّ رَبَّكُمُ ٱللَّهُ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ فِى سِتَّةِ أَيَّامٍ ثُمَّ ٱسْتَوَىٰ عَلَى ٱلْعَرْشِ يُغْشِى ٱلَّيْلَ ٱلنَّهَارَ يَطْلُبُهُۥ حَثِيثًا وَٱلشَّمْسَ وَٱلْقَمَرَ وَٱلنُّجُومَ مُسَخَّرَٰتٍۭ بِأَمْرِهِۦٓ ۗ أَلَا لَهُ ٱلْخَلْقُ وَٱلْأَمْرُ ۗ تَبَارَكَ ٱللَّهُ رَبُّ ٱلْعَـٰلَمِينَ
Inna Rabbakkumul laahul lazee khalaqas sammaawaati wal arda fee sittati qiyaamin summmas tawaa 'alal 'arshi yughshil lailan nahaara yatlu buhoo haseesanw washshamsa walqamara wannujooma musakhkharaatim bi amrih; alaa lahul khalqu wal-amr; tabaarakal laahu Rabbul 'aalameen
«Albatta, osmonlaru yerni olti kunda yaratgan, so`ngra (Zoti va ulug`ligiga munosib suratda) Arshga yuksalgan Robbingiz kecha ila kunduzni qoplaydir. Unisi bunisini shoshilib quvlaydir. Quyosh, oy va yulduzlarni O`z amriga bo`ysundirilgan qilib yaratdi. Ogoh bo`ling, yaratish va amr qilish Uning O`ziga xosdir. Olamlarning Robbi — Alloh buyukdir.
-
7:55
ٱدْعُوا۟ رَبَّكُمْ تَضَرُّعًا وَخُفْيَةً ۚ إِنَّهُۥ لَا يُحِبُّ ٱلْمُعْتَدِينَ
Ud'oo Rabbakum tadarru'anw wa khufyah; innahoo laa yuhibbul mu'tadeen
Robbingizga tazarru' ila va maxfiy duo qiling. Zotan, U haddan oshuvchilarni sevmas.
-
7:56
وَلَا تُفْسِدُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ بَعْدَ إِصْلَـٰحِهَا وَٱدْعُوهُ خَوْفًا وَطَمَعًا ۚ إِنَّ رَحْمَتَ ٱللَّهِ قَرِيبٌ مِّنَ ٱلْمُحْسِنِينَ
Wa laa tufsidoo fil ardi ba'da islaahihaa wad'oohu khawfanw wa tama'aa; inna rahmatal laahi qareebum minal muhsineen
Va isloh qilingandan keyin yer yuzida fasod qilmang va Undan qo`rqib tama' ila duo qiling. Albatta, Allohning rahmati yaxshilik qiluvchilarga yaqindir.
-
7:57
وَهُوَ ٱلَّذِى يُرْسِلُ ٱلرِّيَـٰحَ بُشْرًۢا بَيْنَ يَدَىْ رَحْمَتِهِۦ ۖ حَتَّىٰٓ إِذَآ أَقَلَّتْ سَحَابًا ثِقَالًا سُقْنَـٰهُ لِبَلَدٍ مَّيِّتٍ فَأَنزَلْنَا بِهِ ٱلْمَآءَ فَأَخْرَجْنَا بِهِۦ مِن كُلِّ ٱلثَّمَرَٰتِ ۚ كَذَٰلِكَ نُخْرِجُ ٱلْمَوْتَىٰ لَعَلَّكُمْ تَذَكَّرُونَ
Wa Huwal lazee yursilur riyaaha bushram baina yadai rahmatihee hattaaa izaaa aqallat sahaaban siqaalan suqnaahu libaladim maiyitin fa annzalnaa bihil maaa'a fa akhrajnaa bihee minn kullis samaraat; kazaalika nukhrijul mawtaa la'allakum tazakkaroon
U O`z rahmatidan oldin shamollarni xushxabar qilib yuboradigan Zotdir. Qachonki, ular og`ir bulutlarni ko`tarib keltirgach, u ila o`lik yurtni sug`oramiz. Undan suv tushirib, o`sha ila turli mevalar chiqaramiz. O`liklarni ham shunday qilib chiqaramiz. Shoyadki, eslasangizlar.
-
7:58
وَٱلْبَلَدُ ٱلطَّيِّبُ يَخْرُجُ نَبَاتُهُۥ بِإِذْنِ رَبِّهِۦ ۖ وَٱلَّذِى خَبُثَ لَا يَخْرُجُ إِلَّا نَكِدًا ۚ كَذَٰلِكَ نُصَرِّفُ ٱلْـَٔايَـٰتِ لِقَوْمٍ يَشْكُرُونَ
Walbaladut taiyibu yakhruju nabaatuhoo bi-izni Rabbihee wallazee khabusa laa yakhruju illaa nakidaa; kazaalika nusarriful Aayaati liqawminy yashkuroon
Pok yurtning nabototi Robbining izni ila chiqadir. Nopok bo`lgani esa, faqat qiyinchilik ila chiqadir. Shukr keltirgan qavmlar uchun oyatlarimizni shunday xilma-xil bayon qilamiz.
-
7:59
لَقَدْ أَرْسَلْنَا نُوحًا إِلَىٰ قَوْمِهِۦ فَقَالَ يَـٰقَوْمِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَـٰهٍ غَيْرُهُۥٓ إِنِّىٓ أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ
Laqad arsalnaa noohan ilaa qawmihee faqaala yaa qawmi' budul laaha maa lakum min ilaahin ghairuhoo inneee akhaafu 'alaikum 'azaaba Yawmin 'Azeem
Batahqiq, Biz Nuhni o`z qavmiga yubordik. Bas, u: «Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan o`zga iloh yo`q. Albatta, men sizlarning buyuk kunning azobiga giriftor bo`lishingizdan qo`rqaman», – dedi.
-
7:60
قَالَ ٱلْمَلَأُ مِن قَوْمِهِۦٓ إِنَّا لَنَرَىٰكَ فِى ضَلَـٰلٍ مُّبِينٍ
Qaalal mala-u min qaw miheee innaa lanaraaka fee dalaalim mubeen
Uning qavmidan bo`lgan zodagonlar: «Albatta, biz sening ochiq-oydin zalolatda ekaningni ko`ryapmiz», – dedilar.
-
7:61
قَالَ يَـٰقَوْمِ لَيْسَ بِى ضَلَـٰلَةٌ وَلَـٰكِنِّى رَسُولٌ مِّن رَّبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ
Qaala yaa qawmi laisa bee dalaalatunw wa laakinnee Rasoolum mir Rabbil 'aalameen
U: «Ey qavmim, menda zalolat yo`q. Va lekin men olamlarning Robbidan Payg`ambarman.
-
7:62
أُبَلِّغُكُمْ رِسَـٰلَـٰتِ رَبِّى وَأَنصَحُ لَكُمْ وَأَعْلَمُ مِنَ ٱللَّهِ مَا لَا تَعْلَمُونَ
Uballighukum Risaalaati Rabbee wa ansahu lakum wa a'lamu minal laahi maa laa ta'lamoon
Sizlarga Robbimning yuborganlarini yetkazaman, nasihat qilaman va Alloh tomonidan siz bilmagan narsani bilaman.
-
7:63
أَوَعَجِبْتُمْ أَن جَآءَكُمْ ذِكْرٌ مِّن رَّبِّكُمْ عَلَىٰ رَجُلٍ مِّنكُمْ لِيُنذِرَكُمْ وَلِتَتَّقُوا۟ وَلَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ
awa'ajibtum an jaaa'akum zikrum mir Rabbikum 'alaa rajulim minkum liyunzirakum wa litattaqoo wa la'allakum turhamoon
O`zingizdan bo`lgan bir kishiga, sizlarni ogohlantirish uchun va taqvo qilib, shoyad, rahmatga erishsangiz deb, Robbingizdan eslatma kelganidan ajablanasizlarmi?!» – dedi.
-
7:64
فَكَذَّبُوهُ فَأَنجَيْنَـٰهُ وَٱلَّذِينَ مَعَهُۥ فِى ٱلْفُلْكِ وَأَغْرَقْنَا ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَآ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ قَوْمًا عَمِينَ
Fakazzaboohu fa anjai naahu wallazeena ma'ahoo fil fulki wa aghraqnal lazeena kazzaboo bi Aayaatinaa; innahum kaanoo qawman 'ameen
Bas, uni yolg`onchiga chiqardilar. So`ng, Biz uni va u bilan birga bo`lganlarni kemada qutqardik va oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlarni g`arq qildik. Chunki, ular ko`r qavm edilar.
-
7:65
۞ وَإِلَىٰ عَادٍ أَخَاهُمْ هُودًا ۗ قَالَ يَـٰقَوْمِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَـٰهٍ غَيْرُهُۥٓ ۚ أَفَلَا تَتَّقُونَ
Wa ilaa 'aadin akhaahum Hoodaa; qaala yaa qawmi' budul laaha maa lakum min ilaahin ghairuh; afalaa tattaqoon
Va Odga o`z birodari Hudni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan o`zga iloh yo`q. Taqvo qilmaysizlarmi?!» – dedi.
-
7:66
قَالَ ٱلْمَلَأُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِن قَوْمِهِۦٓ إِنَّا لَنَرَىٰكَ فِى سَفَاهَةٍ وَإِنَّا لَنَظُنُّكَ مِنَ ٱلْكَـٰذِبِينَ
Qaalal mala ul lazeena kafaroo min qawmiheee innaa lanaraaka fee safaahatinw wa innaa lannazunnuka minal kaazibeen
Uning qavmidan kufr keltirgan zodagonlar: «Albatta, biz seni esi pastlikda ko`rib turibmiz va albatta biz seni yolg`onchilardan deb bilamiz», – dedilar.
-
7:67
قَالَ يَـٰقَوْمِ لَيْسَ بِى سَفَاهَةٌ وَلَـٰكِنِّى رَسُولٌ مِّن رَّبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ
Qaala yaa qawmi laisa bee safaahatunw wa laakinnee Rasoolum mir Rabbil 'aalameen
U: «Ey qavmim, menda esi pastlik yo`q. Va lekin men olamlarning Robbidan Payg`ambarman.
-
7:68
أُبَلِّغُكُمْ رِسَـٰلَـٰتِ رَبِّى وَأَنَا۠ لَكُمْ نَاصِحٌ أَمِينٌ
Uballighukum Risaalaati Rabbee wa ana lakum naasihun ameen
Sizlarga Robbimning yuborganlarini yetkazaman va men sizlarga ishonchli nasihatgo`yman.
-
7:69
أَوَعَجِبْتُمْ أَن جَآءَكُمْ ذِكْرٌ مِّن رَّبِّكُمْ عَلَىٰ رَجُلٍ مِّنكُمْ لِيُنذِرَكُمْ ۚ وَٱذْكُرُوٓا۟ إِذْ جَعَلَكُمْ خُلَفَآءَ مِنۢ بَعْدِ قَوْمِ نُوحٍ وَزَادَكُمْ فِى ٱلْخَلْقِ بَصْۜطَةً ۖ فَٱذْكُرُوٓا۟ ءَالَآءَ ٱللَّهِ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ
awa 'ajibtum an jaaa'akum zikrum mir Rabbikum 'alaa rajulim minkum liyunzirakum; wazkurooo iz ja'alakum khulafaaa'a mim ba'di qawmi noohinw wa zaadakum filkhalqi bastatan fazkurooo aalaaa'al laahi la'allakum tuflihoon
O`zingizdan bo`lgan bir kishiga sizlarni ogohlantirish uchun Robbingizdan eslatma kelganidan ajablandingizmi?! Sizlarni Nuh qavmidan keyin xalifa qilganini va xilqatingizda kuch-quvvatni ziyoda qilganini eslang. Allohning ne'matlarini eslang. Shoyadki, najot topsangiz», – dedi.
-
7:70
قَالُوٓا۟ أَجِئْتَنَا لِنَعْبُدَ ٱللَّهَ وَحْدَهُۥ وَنَذَرَ مَا كَانَ يَعْبُدُ ءَابَآؤُنَا ۖ فَأْتِنَا بِمَا تَعِدُنَآ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّـٰدِقِينَ
Qaalooo aji'tanaa lina'budal laaha wahdahoo wa nazara maa kaana ya'budu aabaaa'u naa faatinaa bimaa ta'idunaaa in kunta minas saadiqeen
Ular: «Sen bizga yolg`iz Allohning O`ziga ibodat qilishimiz va ota-bobolarimiz ibodat qilgan narsalarni tark etishimiz uchun keldingmi?! Agar rostgo`ylardan bo`lsang, bizga va'da qilayotgan narsangni keltir!» – dedilar.
-
7:71
قَالَ قَدْ وَقَعَ عَلَيْكُم مِّن رَّبِّكُمْ رِجْسٌ وَغَضَبٌ ۖ أَتُجَـٰدِلُونَنِى فِىٓ أَسْمَآءٍ سَمَّيْتُمُوهَآ أَنتُمْ وَءَابَآؤُكُم مَّا نَزَّلَ ٱللَّهُ بِهَا مِن سُلْطَـٰنٍ ۚ فَٱنتَظِرُوٓا۟ إِنِّى مَعَكُم مِّنَ ٱلْمُنتَظِرِينَ
Qaala qad waqa'a alaikum mir Rabbikum rijsunw wa ghadab, atujaadiloonanee feee asmaaa'in sammaitumoohaaa antum wa aabaaa'ukum maa nazzalal laahu bihaa min sultaan; fantazirooo innee ma'akum minal muntazireen
U: «Batahqiq, ustingizga Robbingiz tomonidan azob va g`azab tushdi. Men bilan, Alloh hech bir hujjat tushirmagan, o`zingiz va ota bobolaringiz qo`yib olgan nomlar haqida tortishasizlarmi?! Bas, intizor bo`lib turinglar! Men ham sizlar bilan intizor bo`luvchilardanman», – dedi.
-
7:72
فَأَنجَيْنَـٰهُ وَٱلَّذِينَ مَعَهُۥ بِرَحْمَةٍ مِّنَّا وَقَطَعْنَا دَابِرَ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا ۖ وَمَا كَانُوا۟ مُؤْمِنِينَ
Fa anjainaahu wallazeena ma'ahoo birahmatim minnaa wa qata'naa daabiral lazeena kazzaboo bi Aayaatinaa wa maa kaanoo mu'mineen
Bas, unga va u bilan birga bo`lganlarga O`z rahmatimiz ila najot berdik va oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlarning ketlarini uzdik. Ular mo`min emas edilar.
-
7:73
وَإِلَىٰ ثَمُودَ أَخَاهُمْ صَـٰلِحًا ۗ قَالَ يَـٰقَوْمِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَـٰهٍ غَيْرُهُۥ ۖ قَدْ جَآءَتْكُم بَيِّنَةٌ مِّن رَّبِّكُمْ ۖ هَـٰذِهِۦ نَاقَةُ ٱللَّهِ لَكُمْ ءَايَةً ۖ فَذَرُوهَا تَأْكُلْ فِىٓ أَرْضِ ٱللَّهِ ۖ وَلَا تَمَسُّوهَا بِسُوٓءٍ فَيَأْخُذَكُمْ عَذَابٌ أَلِيمٌ
Wa ilaa Samooda akhaahum Saalihaa; qaala yaa qawmi' budul laaha maa lakum min ilaahin ghairuhoo qad jaaa'atkum baiyinatum mir Rabbikum haazihee naaqatul laahi lakum Aayatan fazaroohaa taakul feee ardil laahi wa laa tamassoohaa bisooo'in fa yaakhuzakum 'azaabun aleem
Va Samudga o`z birodari Solihni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qilinglar. Sizlarga Undan o`zga iloh yo`q. Sizga Robbingizdan hujjat keldi. Allohning mana bu tuyasi sizlarga belgidir. Uni Allohning yerida tek qo`yinglar. Unga yomonlik yetkazmanglar. Yana sizni alamli azob tutmasin-a!
-
7:74
وَٱذْكُرُوٓا۟ إِذْ جَعَلَكُمْ خُلَفَآءَ مِنۢ بَعْدِ عَادٍ وَبَوَّأَكُمْ فِى ٱلْأَرْضِ تَتَّخِذُونَ مِن سُهُولِهَا قُصُورًا وَتَنْحِتُونَ ٱلْجِبَالَ بُيُوتًا ۖ فَٱذْكُرُوٓا۟ ءَالَآءَ ٱللَّهِ وَلَا تَعْثَوْا۟ فِى ٱلْأَرْضِ مُفْسِدِينَ
Wazkkurooo iz ja'alakum khulafaaa'a mim ba'di 'Aadinw wa bawwa akum fil ardi tattakhizoona min suhoolihaa qusooranw wa tanhitoonal jibaala buyootan fazkurooo aalaaa'al laahi wa laa ta'saw fil ardi mufsideen
Va sizlarni Oddan keyin xalifa qilganini va sizga yer yuzida imkon berib, tekisliklarida qasrlar qurib, tog`lardan uylar o`yganlaringizni eslang. Allohning ne'matlarini eslang va yer yuzida fasod-la buzg`unchilik qilmang!» – dedi.
-
7:75
قَالَ ٱلْمَلَأُ ٱلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُوا۟ مِن قَوْمِهِۦ لِلَّذِينَ ٱسْتُضْعِفُوا۟ لِمَنْ ءَامَنَ مِنْهُمْ أَتَعْلَمُونَ أَنَّ صَـٰلِحًا مُّرْسَلٌ مِّن رَّبِّهِۦ ۚ قَالُوٓا۟ إِنَّا بِمَآ أُرْسِلَ بِهِۦ مُؤْمِنُونَ
Qaalal mala ul lazeenas takbaroo min qawmihee lillazeenas tud'ifoo liman aamana minhum ata'almoona anna Saaliham mursalum mir Rabbih; qaalooo innaa bimaaa ursila bihee mu'minoon
Uning qavmidan mutakabbir bo`lgan zodagonlar zaifhol bo`lganlardan iymon keltirganlariga: «Solihni Robbidan Payg`ambar qilib yuborilgan, deb bilmoqdamisiz?!» – dedilar. Ular: «Albatta, biz u ila yuborilgan narsaga iymon keltiruvchilarmiz», – dedilar.
-
7:76
قَالَ ٱلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُوٓا۟ إِنَّا بِٱلَّذِىٓ ءَامَنتُم بِهِۦ كَـٰفِرُونَ
Qaalal lazeenas takbarooo innaa billazeee aamanntum bihee kaafiroon
Mutakabbir bo`lganlar: «Albatta, biz siz iymon keltirganga kofirmiz», – dedilar.
-
7:77
فَعَقَرُوا۟ ٱلنَّاقَةَ وَعَتَوْا۟ عَنْ أَمْرِ رَبِّهِمْ وَقَالُوا۟ يَـٰصَـٰلِحُ ٱئْتِنَا بِمَا تَعِدُنَآ إِن كُنتَ مِنَ ٱلْمُرْسَلِينَ
Fa'aqarun naaqata wa'ataw 'an amri Rabbihim wa qaaloo yaa Saalihu' tinaa bimaa ta'idunaaa in kunta minal mursaleen
Bas, tuyani so`ydilar, Robbilari amrida tajovuzkorlik qilishdi va: «Ey Solih, agar rostgo`ylardan bo`lsang, bizga va'da qilayotgan narsangni keltir!» – dedilar.
-
7:78
فَأَخَذَتْهُمُ ٱلرَّجْفَةُ فَأَصْبَحُوا۟ فِى دَارِهِمْ جَـٰثِمِينَ
Fa akhazat humur rajftu fa asbahoo fee daarihim jaasimmeen
Bas, ularni shiddatli zilzila oldi va joylarida o`tirib qoldilar.
-
7:79
فَتَوَلَّىٰ عَنْهُمْ وَقَالَ يَـٰقَوْمِ لَقَدْ أَبْلَغْتُكُمْ رِسَالَةَ رَبِّى وَنَصَحْتُ لَكُمْ وَلَـٰكِن لَّا تُحِبُّونَ ٱلنَّـٰصِحِينَ
Fa tawalla 'anhum wa qaala yaa qawmi laqad ablaghtukum Risaalata Rabbee wa nasahtu lakum wa laakil laa tuhibboonan naasiheen
Keyin, ulardan yuz o`girdi va: «Ey qavmim, batahqiq, men sizga Robbimning yuborganini yetkazdim va nasihat qildim. Lekin siz nasihat qiluvchilarni sevmas ekansiz», – dedi.
-
7:80
وَلُوطًا إِذْ قَالَ لِقَوْمِهِۦٓ أَتَأْتُونَ ٱلْفَـٰحِشَةَ مَا سَبَقَكُم بِهَا مِنْ أَحَدٍ مِّنَ ٱلْعَـٰلَمِينَ
Wa Lootan iz qaala liqawmiheee ataatoonal faahishata maa sabaqakum bihaa min ahadim minal 'aalameen
Va Lutni (yubordik). Uning o`z qavmiga: «Sizdan oldin olamlarda hech kim qilmagan fohisha ishni qilasizlarmi?!
-
7:81
إِنَّكُمْ لَتَأْتُونَ ٱلرِّجَالَ شَهْوَةً مِّن دُونِ ٱلنِّسَآءِ ۚ بَلْ أَنتُمْ قَوْمٌ مُّسْرِفُونَ
Innakum lataatoonar rijaala shahwatam min doonin nisaaa'; bal antumqawmum musrifoon
Albatta, sizlar ayollarni qo`yib, erkaklarga shahvat ila yaqinlik qilmoqdasizlar. Yo`q! Sizlar isrofchi qavmsiz!» – deganini esla.
-
7:82
وَمَا كَانَ جَوَابَ قَوْمِهِۦٓ إِلَّآ أَن قَالُوٓا۟ أَخْرِجُوهُم مِّن قَرْيَتِكُمْ ۖ إِنَّهُمْ أُنَاسٌ يَتَطَهَّرُونَ
Wa maa kaana jawaaba qawmihee illaa an qaalooo akhrijoohum min qaryatikum innahum unaasuny yatatah haroon
Qavmning javobi: «Ularni qishlog`ingizdan chiqarib yuboring, chunki ular juda ham pokiza bo`laveradigan odamlar ekan», deyishlaridan boshqa narsa bo`lmadi.
-
7:83
فَأَنجَيْنَـٰهُ وَأَهْلَهُۥٓ إِلَّا ٱمْرَأَتَهُۥ كَانَتْ مِنَ ٱلْغَـٰبِرِينَ
Fa anjainaahu wa ahlahooo illam ra atahoo kaanat minal ghaabireen
Bas, unga va ahliga najot berdik. Magar xotini halok bo`lguvchilardan bo`ldi.
-
7:84
وَأَمْطَرْنَا عَلَيْهِم مَّطَرًا ۖ فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَـٰقِبَةُ ٱلْمُجْرِمِينَ
Wa 'amtarnaa 'alaihim mataran fanzur kaifa kaana aaqibatul mujjrimeen
Va Biz ularning ustidan «yomg`ir» yog`dirdik. Jinoyatkorlarning oqibati qanday bo`lganiga nazar sol!
-
7:85
وَإِلَىٰ مَدْيَنَ أَخَاهُمْ شُعَيْبًا ۗ قَالَ يَـٰقَوْمِ ٱعْبُدُوا۟ ٱللَّهَ مَا لَكُم مِّنْ إِلَـٰهٍ غَيْرُهُۥ ۖ قَدْ جَآءَتْكُم بَيِّنَةٌ مِّن رَّبِّكُمْ ۖ فَأَوْفُوا۟ ٱلْكَيْلَ وَٱلْمِيزَانَ وَلَا تَبْخَسُوا۟ ٱلنَّاسَ أَشْيَآءَهُمْ وَلَا تُفْسِدُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ بَعْدَ إِصْلَـٰحِهَا ۚ ذَٰلِكُمْ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُم مُّؤْمِنِينَ
Wa ilaa Madyana akhaahum Shu'aybaa; qaala yaa qawmi' budul laaha maa lakum min ilaahin ghairuhoo qad jaaa'atkum baiyinatum mir Rabbikum fa awful kaila walmeezaana wa laa tabkhasun naasa ashyaa'ahum wa laa tufsidoo fil ardi ba'da islaahihaa; zaalikum khairul lakum in kuntum mu'mineen
Va Madyanga o`z birodarlari Shu'aybni (yubordik). U: «Ey qavmim, Allohga ibodat qiling. Sizga Undan o`zga iloh yo`q. Batahqiq, sizga Robbingizdan hujjat keldi. Bas, o`lchov va tarozuni to`liq ado eting, odamlarning narsalaridan kamaytirib qolmang va yer yuzida uning islohidan keyin buzg`unchilik qilmang. Agar mo`min bo`lsangiz, shunday qilmog`ingiz o`zingiz uchun yaxshidir.
-
7:86
وَلَا تَقْعُدُوا۟ بِكُلِّ صِرَٰطٍ تُوعِدُونَ وَتَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ مَنْ ءَامَنَ بِهِۦ وَتَبْغُونَهَا عِوَجًا ۚ وَٱذْكُرُوٓا۟ إِذْ كُنتُمْ قَلِيلًا فَكَثَّرَكُمْ ۖ وَٱنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَـٰقِبَةُ ٱلْمُفْسِدِينَ
Wa laa taq'udoo bikulli siraatin too'idoona wa tasuddoona 'an sabeelil laahi man aamana bihee wa abghoonahaa 'iwajaa; waz kurooo iz kuntum qaleelan fakassarakum wanzuroo kaifa kaana 'aaqibatul mufsideen
Har ko`chada o`tirib olib qo`rqitmang. Allohning yo`lidan Unga iymon keltirganlarni to`smang va u(yo`l)ning egri bo`lishini istamang. Oz bo`lgan chog`ingizda sizni ko`paytirib qo`yganini eslang. Buzg`unchilarning oqibati qanday bo`lganiga nazar soling.
-
7:87
وَإِن كَانَ طَآئِفَةٌ مِّنكُمْ ءَامَنُوا۟ بِٱلَّذِىٓ أُرْسِلْتُ بِهِۦ وَطَآئِفَةٌ لَّمْ يُؤْمِنُوا۟ فَٱصْبِرُوا۟ حَتَّىٰ يَحْكُمَ ٱللَّهُ بَيْنَنَا ۚ وَهُوَ خَيْرُ ٱلْحَـٰكِمِينَ
Wa In kaana taaa'ifatum minkum aamanoo billazeee ursiltu bihee wa taaa'ifatul lam yu'minoo fasbiroo hattaa yahkumual laahu bainanaa; wa Huwa khairul haakimeen
Agar sizdan bir toifa men ila yuborilgan narsaga iymon keltirgan va boshqa toifa iymon keltirmagan bo`lsa, bas, Alloh oramizda hukm qilguncha sabr qilinglar. U hukm qiluvchilarning yaxshisidir», – dedi.
-
7:88
۞ قَالَ ٱلْمَلَأُ ٱلَّذِينَ ٱسْتَكْبَرُوا۟ مِن قَوْمِهِۦ لَنُخْرِجَنَّكَ يَـٰشُعَيْبُ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مَعَكَ مِن قَرْيَتِنَآ أَوْ لَتَعُودُنَّ فِى مِلَّتِنَا ۚ قَالَ أَوَلَوْ كُنَّا كَـٰرِهِينَ
Qaalal mala ul lazeenas takbaroo min qawmihee lanukhrijannaka yaa Shu'aibu wallazeena aamanoo ma'aka min qaryatinaaa aw lata'oo dunna fee millatinaa; qaala awa law kunnaa kaariheen
Uning qavmidan mutakabbir bo`lgan zodagonlar: «Ey Shu'ayb, yoki, albatta, seni va sen bilan birga iymon keltirganlarni o`z qishlog`imizdan chiqaramiz yoki o`z millatimizga qaytasizlar», – dedilar. U: «Garchi yomon ko`ruvchi bo`lsak ham-a?!
-
7:89
قَدِ ٱفْتَرَيْنَا عَلَى ٱللَّهِ كَذِبًا إِنْ عُدْنَا فِى مِلَّتِكُم بَعْدَ إِذْ نَجَّىٰنَا ٱللَّهُ مِنْهَا ۚ وَمَا يَكُونُ لَنَآ أَن نَّعُودَ فِيهَآ إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ رَبُّنَا ۚ وَسِعَ رَبُّنَا كُلَّ شَىْءٍ عِلْمًا ۚ عَلَى ٱللَّهِ تَوَكَّلْنَا ۚ رَبَّنَا ٱفْتَحْ بَيْنَنَا وَبَيْنَ قَوْمِنَا بِٱلْحَقِّ وَأَنتَ خَيْرُ ٱلْفَـٰتِحِينَ
Qadif tarainaa 'alal laahi kaziban in 'udnaa fee millatikum ba'da iz najjaanal laahu minhaa; wa maa yakoonu lanaaa an na'ooda feehaaa illaaa ai yashaaa'al laahu Rabbunaa; wasi'a Rabbunaa kulla shai'in 'ilmaa; 'alal laahi tawakkalnaa; Rabbanaf tah bainanaa wa baina qawminaa bilhaqqi wa Anta khairul faatiheen
Agar sizning millatingizga Alloh bizga undan najot bergandan so`ng qaytsak, batahqiq, Allohga nisbatan yolg`on to`qigan bo`lamiz. Biz uchun unga qaytish mutlaqo mumkin emas, magar Robbimiz — Alloh xohlasagina (mumkin). Robbimiz hamma narsani o`z ilmi ila qamrab olgandir. Allohga tavakkal qildik. Ey Robbimiz, biz bilan qavmimizning oramizni haq ila ochgin. Sen ochuvchilarning yaxshisidirsan», – dedi.
-
7:90
وَقَالَ ٱلْمَلَأُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ مِن قَوْمِهِۦ لَئِنِ ٱتَّبَعْتُمْ شُعَيْبًا إِنَّكُمْ إِذًا لَّخَـٰسِرُونَ
Wa qaalal mala ul lazeena kafaroo min qawmihee la'init taba'tum Shu'aiban innakum izal lakhaasiroon
Uning qavmidan bo`lgan, kufr keltirgan zodagonlar: «Agar Shu'aybga ergashsangiz, u holda, albatta, ziyon ko`ruvchidirsiz», – dedilar.
-
7:91
فَأَخَذَتْهُمُ ٱلرَّجْفَةُ فَأَصْبَحُوا۟ فِى دَارِهِمْ جَـٰثِمِينَ
Fa akhazat humur rajfatu fa asbahoo fee daarihim jaasimeen
Bas, ularni shiddatli zilzila oldi va joylarida o`tirib qoldilar.
-
7:92
ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ شُعَيْبًا كَأَن لَّمْ يَغْنَوْا۟ فِيهَا ۚ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ شُعَيْبًا كَانُوا۟ هُمُ ٱلْخَـٰسِرِينَ
Allazeena kazzaboo Shu'aiban ka al alm yaghnaw feehaa; allazeena kazzaboo Shu'aiban kaanoo humul khaasireen
Shu'aybni yolg`onchiga chiqarganlar, xuddi u yerda yashamagandek bo`ldilar. Shu'aybni yolg`onchiga chiqarganlar, o`shalar ziyon ko`ruvchilar bo`ldilar.
-
7:93
فَتَوَلَّىٰ عَنْهُمْ وَقَالَ يَـٰقَوْمِ لَقَدْ أَبْلَغْتُكُمْ رِسَـٰلَـٰتِ رَبِّى وَنَصَحْتُ لَكُمْ ۖ فَكَيْفَ ءَاسَىٰ عَلَىٰ قَوْمٍ كَـٰفِرِينَ
Fatawalla 'anhum wa qaala yaa qawmi laqad ablaghtukum Risaalaati Rabbee wa nasahtu lakum fakaifa aasaa'alaa qawmin kaafireen
Keyin ulardan yuz o`girdi va «Ey qavmim, batahqiq, sizga Robbimning yuborganlarini yetkazgan edim hamda sizga nasihat qilgan edim. Qanday qilib kofir qavmlarga qayg`uray», – dedi.
-
7:94
وَمَآ أَرْسَلْنَا فِى قَرْيَةٍ مِّن نَّبِىٍّ إِلَّآ أَخَذْنَآ أَهْلَهَا بِٱلْبَأْسَآءِ وَٱلضَّرَّآءِ لَعَلَّهُمْ يَضَّرَّعُونَ
Wa maaa arsalnaa fee qaryatim min Nabiyyin illaaa akhaznaaa ahlahaa bil baasaaa'i waddarraaa'i la'allahum yaddarra'oon
Qaysi bir qishloqqa Payg`ambar yuborsak, albatta, uning ahlini tazarru' qilishlari uchun zararlar va musiybatlar ila tutganmiz.
-
7:95
ثُمَّ بَدَّلْنَا مَكَانَ ٱلسَّيِّئَةِ ٱلْحَسَنَةَ حَتَّىٰ عَفَوا۟ وَّقَالُوا۟ قَدْ مَسَّ ءَابَآءَنَا ٱلضَّرَّآءُ وَٱلسَّرَّآءُ فَأَخَذْنَـٰهُم بَغْتَةً وَهُمْ لَا يَشْعُرُونَ
Summa baddalnaa makaa nas saiyi'atil hasanata hattaa 'afaw wa qaaloo qad massa aabaa'anad darraaa'u wassarraaa'u fa akhaznaahum baghtatanw wa hum laa yash'uroon
So`ngra yomonlikni yaxshilikka almashtirganmiz. Toki, ko`payishib va «Ota-bobolarimizga ham qiyinchilik va xursandchilik yetgan edi», deganlarida, ularni o`zlariga sezdirmay, to`satdan tutganmiz.
-
7:96
وَلَوْ أَنَّ أَهْلَ ٱلْقُرَىٰٓ ءَامَنُوا۟ وَٱتَّقَوْا۟ لَفَتَحْنَا عَلَيْهِم بَرَكَـٰتٍ مِّنَ ٱلسَّمَآءِ وَٱلْأَرْضِ وَلَـٰكِن كَذَّبُوا۟ فَأَخَذْنَـٰهُم بِمَا كَانُوا۟ يَكْسِبُونَ
Wa law anna ahlal quraaa aamanoo wattaqaw lafatahnaa 'alaihim barakaatim minas samaaa'i wal ardi wa laakin kazzaboo fa akhaznaahum bimaa kaanoo yaksiboon
Agar qishloqlar ahllari iymon keltirganlarida va taqvo qilganlarida edi, Biz, albatta, ularga osmonu yerdan barakotlarni ochib qo`yar edik. Lekin ular yolg`onga chiqardilar, bas, ularni qilgan kasblari tufayli tutdik.
-
7:97
أَفَأَمِنَ أَهْلُ ٱلْقُرَىٰٓ أَن يَأْتِيَهُم بَأْسُنَا بَيَـٰتًا وَهُمْ نَآئِمُونَ
Afa amina ahlul quraaa ai yaatiyahum baasunaa bayaatanw wa hum naaa'imoon
Qishloqlar ahli ularga Bizning balo-qazoyimiz tunda, uxlayotgan hollarida kelishidan xotirjammilar?!
-
7:98
أَوَأَمِنَ أَهْلُ ٱلْقُرَىٰٓ أَن يَأْتِيَهُم بَأْسُنَا ضُحًى وَهُمْ يَلْعَبُونَ
Awa amina ahlul quraaa ai yaatiyahum baasunaa duhanw wa hum yal'aboon
Qishloqlar ahli ularga Bizning balo-qazoyimiz choshtgohda, o`ynayotgan hollarida kelishidan xotirjammilar?!
-
7:99
أَفَأَمِنُوا۟ مَكْرَ ٱللَّهِ ۚ فَلَا يَأْمَنُ مَكْرَ ٱللَّهِ إِلَّا ٱلْقَوْمُ ٱلْخَـٰسِرُونَ
Afa aminoo makral laah; falaa yaamanu makral laahi illal qawmul khaasiroon
Allohning makridan xotirjam bo`ldilarmi?! Allohning makridan faqat ziyon ko`ruvchi qavmlargina xotirjam bo`lurlar.
-
7:100
أَوَلَمْ يَهْدِ لِلَّذِينَ يَرِثُونَ ٱلْأَرْضَ مِنۢ بَعْدِ أَهْلِهَآ أَن لَّوْ نَشَآءُ أَصَبْنَـٰهُم بِذُنُوبِهِمْ ۚ وَنَطْبَعُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ فَهُمْ لَا يَسْمَعُونَ
Awa lam yahdi lillazeena yarisoonal arda mim ba'di ahlihaaa al law nashaaa'u asabnaahum bizunoobihim; wa natba'u 'alaa quloobihim fahum laa yasma'oon
Yerga uning ahlidan keyin merosxo`r bo`lganlarga, agar xohlasak, gunohlari tufayli ularga musiybat yetkazishimiz va qalblariga muhr bosib, eshitmaydigan qilib qo`yishimiz ayon bo`lmadimi?!
-
7:101
تِلْكَ ٱلْقُرَىٰ نَقُصُّ عَلَيْكَ مِنْ أَنۢبَآئِهَا ۚ وَلَقَدْ جَآءَتْهُمْ رُسُلُهُم بِٱلْبَيِّنَـٰتِ فَمَا كَانُوا۟ لِيُؤْمِنُوا۟ بِمَا كَذَّبُوا۟ مِن قَبْلُ ۚ كَذَٰلِكَ يَطْبَعُ ٱللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِ ٱلْكَـٰفِرِينَ
Tilkal quraa naqussu 'alaika min ambaaa'ihaa; wa laqad jaaa'at hum Rusuluhum bilbaiyinaati famaa kaanoo liyu'minoo bimaa kazzaboo min qabl; kazaalika yatba'ul laahu 'alaa quloobil kaafireen
Biz senga ana o`sha qishloqlarning xabarlarini qisqa qilib aytib bermoqdamiz. Batahqiq, ularga Payg`ambarlari ochiq-oydin hujjatlar bilan keldilar. Ammo, ular oldin yolg`onga chiqargan narsalariga iymon keltirmadilar. Alloh shunday qilib kofirlar qalbiga muhr bosdi.
-
7:102
وَمَا وَجَدْنَا لِأَكْثَرِهِم مِّنْ عَهْدٍ ۖ وَإِن وَجَدْنَآ أَكْثَرَهُمْ لَفَـٰسِقِينَ
Wa maa wajadnaa li aksarihim min 'ahd; wa inw wajadnaaa aksarahum lafaasiqeen
Ularning ko`plarida ahdga vafo ko`rmadik. Agar ularning ko`plarini topsak ham, fosiqlikda topdik.
-
7:103
ثُمَّ بَعَثْنَا مِنۢ بَعْدِهِم مُّوسَىٰ بِـَٔايَـٰتِنَآ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَمَلَإِي۟هِۦ فَظَلَمُوا۟ بِهَا ۖ فَٱنظُرْ كَيْفَ كَانَ عَـٰقِبَةُ ٱلْمُفْسِدِينَ
Summa ba'asnaa mim ba'dihim Moosaa bi Aayaatinaaa ilaa Fir'awana wa mala'ihee fazalamoo bihaa fanzur kaifa kaana 'aaqibatul mufsideen
So`ngra, ularning ortidan Musoni O`z oyatlarimiz ila Fir'avn va uning zodagonlariga yubordik. Bas, u(oyat)larga zulm qildilar. Buzg`unchilarning oqibati qanday bo`lishiga nazar sol.
-
7:104
وَقَالَ مُوسَىٰ يَـٰفِرْعَوْنُ إِنِّى رَسُولٌ مِّن رَّبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ
Wa qaala Moosaa yaa Fir'awnu inee Rasoolum mir Rabbil 'aalameen
Muso: «Ey Fir'avn, albatta, men olamlarning Robbidan Payg`ambarman.
-
7:105
حَقِيقٌ عَلَىٰٓ أَن لَّآ أَقُولَ عَلَى ٱللَّهِ إِلَّا ٱلْحَقَّ ۚ قَدْ جِئْتُكُم بِبَيِّنَةٍ مِّن رَّبِّكُمْ فَأَرْسِلْ مَعِىَ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ
Haqeequn 'alaaa al laaa aqoola 'alal laahi illal haqq; qad ji'tukum bibaiyinatim mir Rabbikum fa arsil ma'iya Baneee Israaa'eel
Menga Alloh haqida haqdan boshqani aytmaslik lozimdir. Batahqiq, men sizlarga Robbingizdan ochiq-oydin hujjat keltirdim. Men ila Bani Isroilni qo`yib yubor», – dedi.
-
7:106
قَالَ إِن كُنتَ جِئْتَ بِـَٔايَةٍ فَأْتِ بِهَآ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّـٰدِقِينَ
Qaala in kunta ji'ta bi Aayatin faati bihaaa in kunta minas saadiqeen
U: «Agar mo`'jiza keltirgan bo`lsang, rostgo`ylardan bo`lsang, keltir uni», – dedi.
-
7:107
فَأَلْقَىٰ عَصَاهُ فَإِذَا هِىَ ثُعْبَانٌ مُّبِينٌ
Qa alqaa 'asaahu fa izaa hiya su'baanum mubeen
Asosini tashlagan edi... banogoh u aniq ajdar bo`ldi.
-
7:108
وَنَزَعَ يَدَهُۥ فَإِذَا هِىَ بَيْضَآءُ لِلنَّـٰظِرِينَ
Wa naza'a yadahoo fa izaa hiya baidaaa'u linnaazireen
Va qo`lini chiqargan edi... banogoh u nazar soluvchilarga oppoq bo`lib ko`rindi.
-
7:109
قَالَ ٱلْمَلَأُ مِن قَوْمِ فِرْعَوْنَ إِنَّ هَـٰذَا لَسَـٰحِرٌ عَلِيمٌ
Qaalal mala-u min qawmi Fir'awna inna haazaa lasaa hirun 'aleem
Fir'avn qavmidan bo`lgan zodagonlar: «Albatta, bu bilimdon sehrgardir!
-
7:110
يُرِيدُ أَن يُخْرِجَكُم مِّنْ أَرْضِكُمْ ۖ فَمَاذَا تَأْمُرُونَ
Yureedu ai yukhrijakum min ardikum famaazaa taamuroon
Sizlarni yeringizdan chiqarishni xohlaydi. Bas, nimaga amr qilasizlar?» – dedilar.
-
7:111
قَالُوٓا۟ أَرْجِهْ وَأَخَاهُ وَأَرْسِلْ فِى ٱلْمَدَآئِنِ حَـٰشِرِينَ
Qaalooo arjih wa akhaahu wa arsil filmadaaa'ini haashireen
Ular: «Uni va akasini qo`yib turgin-da, shaharlarga to`plovchilarni yubor.
-
7:112
يَأْتُوكَ بِكُلِّ سَـٰحِرٍ عَلِيمٍ
Yaatooka bikulli saahirin 'aleem
Hamma bilimdon sehrgarlarni senga olib kelsinlar», – dedilar.
-
7:113
وَجَآءَ ٱلسَّحَرَةُ فِرْعَوْنَ قَالُوٓا۟ إِنَّ لَنَا لَأَجْرًا إِن كُنَّا نَحْنُ ٱلْغَـٰلِبِينَ
Wa jaaa'as saharatu Fir'awna qaaloo inna lanaa la ajjran in kunnaa nahnul ghaalibeen
Sehrgarlar Fir'avnga kelib: «Agar biz g`olib bo`lsak, albatta, mukofot olsak kerak?» – dedilar.
-
7:114
قَالَ نَعَمْ وَإِنَّكُمْ لَمِنَ ٱلْمُقَرَّبِينَ
Qaala na'am wa innakum laminal muqarrabeen
U: «Ha. Va, albatta, mening yaqin kishilarimdan bo`lursizlar».
-
7:115
قَالُوا۟ يَـٰمُوسَىٰٓ إِمَّآ أَن تُلْقِىَ وَإِمَّآ أَن نَّكُونَ نَحْنُ ٱلْمُلْقِينَ
Qaaloo yaa Moosaaa immaaa an tulqiya wa immaaa an nakoona nahnul mulqeen
Ular: «Ey Muso, yoki sen tashla, yoki biz tashlovchi bo`laylik», – dedilar.
-
7:116
قَالَ أَلْقُوا۟ ۖ فَلَمَّآ أَلْقَوْا۟ سَحَرُوٓا۟ أَعْيُنَ ٱلنَّاسِ وَٱسْتَرْهَبُوهُمْ وَجَآءُو بِسِحْرٍ عَظِيمٍ
Qaala alqoo falam maaa alqaw saharooo a'yunannaasi wastarhaboohum wa jaaa'oo bisihrin 'azeem
U: «Sizlar tashlanglar», – dedi. Ular tashlaganlarida, odamlarning ko`zini sehrladilar, qo`rqitdilar va zo`r sehr ko`rsatdilar.
-
7:117
۞ وَأَوْحَيْنَآ إِلَىٰ مُوسَىٰٓ أَنْ أَلْقِ عَصَاكَ ۖ فَإِذَا هِىَ تَلْقَفُ مَا يَأْفِكُونَ
Wa awhainaaa ilaa Moosaaa an alqi 'asaaka fa izaa hiya talqafu maa yaafikoon
Biz Musoga: «Asoingni tashlagin», deb vahiy yubordik. Birdan, u ular uydirayotgan narsani yuta boshladi.
-
7:118
فَوَقَعَ ٱلْحَقُّ وَبَطَلَ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Fawaqa'al haqqu wa batala maa kaanoo ya'maloon
Bas, haq qaror topdi va ularning qilayotganlari botil bo`ldi.
-
7:119
فَغُلِبُوا۟ هُنَالِكَ وَٱنقَلَبُوا۟ صَـٰغِرِينَ
Faghuliboo hunaalika wanqalaboo saaghireen
O`sha yerda yengildilar va beobro` bo`ldilar.
-
7:120
وَأُلْقِىَ ٱلسَّحَرَةُ سَـٰجِدِينَ
Wa ulqiyas saharatu saajideen
Va sehrgarlar sajdaga tashlanib:
-
7:121
قَالُوٓا۟ ءَامَنَّا بِرَبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ
Qaaloo aamannaa bi Rabbil 'aalameen
«Olamlarning Robbiga iymon keltirdik.
-
7:122
رَبِّ مُوسَىٰ وَهَـٰرُونَ
Rabbi Moosaa wa Haaroon
Muso va Horunning Robbiga», – dedilar.
-
7:123
قَالَ فِرْعَوْنُ ءَامَنتُم بِهِۦ قَبْلَ أَنْ ءَاذَنَ لَكُمْ ۖ إِنَّ هَـٰذَا لَمَكْرٌ مَّكَرْتُمُوهُ فِى ٱلْمَدِينَةِ لِتُخْرِجُوا۟ مِنْهَآ أَهْلَهَا ۖ فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ
Qaala Fir'awnu aamantum bihee qabla an aazana lakum; inna haaza lamakrum makartumoohu filmadeenati litukhrijoo minhaaa ahlahaa fasawfa ta'almoon
Fir'avn: «Men sizga izn bermay turib unga iymon keltirdingizmi?! Albatta, bu sizning shahardan uning ahlini chiqarish uchun qilgan makringizdir. Hali bilasiz.
-
7:124
لَأُقَطِّعَنَّ أَيْدِيَكُمْ وَأَرْجُلَكُم مِّنْ خِلَـٰفٍ ثُمَّ لَأُصَلِّبَنَّكُمْ أَجْمَعِينَ
La uqatti'anna aidiyakum wa arjulakum min khilaafin summa la usallibannakum ajma'een
Albatta, oyoq-qo`llaringizni qarama-qarshi tomonidan kesaman va hammangizni osaman», – dedi.
-
7:125
قَالُوٓا۟ إِنَّآ إِلَىٰ رَبِّنَا مُنقَلِبُونَ
Qaaloo innaaa ilaa Rabbinaa munqaliboon
Ular: «Albatta, biz Robbimizga qaytguvchimiz.
-
7:126
وَمَا تَنقِمُ مِنَّآ إِلَّآ أَنْ ءَامَنَّا بِـَٔايَـٰتِ رَبِّنَا لَمَّا جَآءَتْنَا ۚ رَبَّنَآ أَفْرِغْ عَلَيْنَا صَبْرًا وَتَوَفَّنَا مُسْلِمِينَ
Wa maa tanqimu minnaaa illaaa an aamannaa bi Aayaati Rabbinaa lammaa jaaa'atnaa; Rabbanaaa afrigh 'alainaa sabranw wa tawaffanaa muslimeen
Sen bizdan faqat Robbimizning oyatlari kelganda ularga iymon keltirganimiz uchungina o`ch olmoqdasan! Ey Robbimiz, ustimizdan sabr to`kkin va musulmon holimizda vafot ettirgin», – dedilar.
-
7:127
وَقَالَ ٱلْمَلَأُ مِن قَوْمِ فِرْعَوْنَ أَتَذَرُ مُوسَىٰ وَقَوْمَهُۥ لِيُفْسِدُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ وَيَذَرَكَ وَءَالِهَتَكَ ۚ قَالَ سَنُقَتِّلُ أَبْنَآءَهُمْ وَنَسْتَحْىِۦ نِسَآءَهُمْ وَإِنَّا فَوْقَهُمْ قَـٰهِرُونَ
Wa qaalal mala-u min qawmi Fir'awna atazaru Moosaa wa qawmahoo liyufsidoo fil ardi wa yazaraka wa aalihatak; qaala sanuqattilu abnaaa 'ahum wa nastahyee nisaaa'ahum wa innaa fawqahum qaahiroon
Fir'avn qavmidan bo`lgan zodagonlar: «Seni va xudolaringni tark qilsa ham, Muso va uning qavmini yer yuzida buzg`unchilik qilishlariga yo`l qo`yib berasanmi?» – dedilar. U: «O`g`illarini o`ldirurmiz va ayollarini tirik qoldirurmiz va, albatta, biz ular ustidan qahr o`tkazuvchimiz», – dedi.
-
7:128
قَالَ مُوسَىٰ لِقَوْمِهِ ٱسْتَعِينُوا۟ بِٱللَّهِ وَٱصْبِرُوٓا۟ ۖ إِنَّ ٱلْأَرْضَ لِلَّهِ يُورِثُهَا مَن يَشَآءُ مِنْ عِبَادِهِۦ ۖ وَٱلْعَـٰقِبَةُ لِلْمُتَّقِينَ
Qaala Moosaa liqawmihis ta'eenoo billaahi wasbiroo innal arda lillaahi yoorisuhaa mai yashaaa'u min 'ibaadihee wal 'aaqibatu lilmuttaqeen
Muso o`z qavmiga: «Allohdan yordam so`ranglar va sabr qilinglar. Yer Allohniki, uni bandalaridan kimni xohlasa, o`shanga meros qilib beradir. Va oqibat taqvodorlarnikidir», – dedi.
-
7:129
قَالُوٓا۟ أُوذِينَا مِن قَبْلِ أَن تَأْتِيَنَا وَمِنۢ بَعْدِ مَا جِئْتَنَا ۚ قَالَ عَسَىٰ رَبُّكُمْ أَن يُهْلِكَ عَدُوَّكُمْ وَيَسْتَخْلِفَكُمْ فِى ٱلْأَرْضِ فَيَنظُرَ كَيْفَ تَعْمَلُونَ
Qaaloo oozeenaa min qabli an taatiyanaa wa mim ba'di maa ji'tanaa; qaala 'asaa Rabbukum ai yuhlika 'aduwwakum wa yastakhli fakum fil ardi fayanzura kaifa ta'maloon
Ular: «Sen bizga kelmasingdan oldin ham, kelganingdan keyin ham ozor tortdik», – dedilar. U: «Shoyadki, Robbingiz dushmanlaringizni halok etib, sizlarni yer yuziga xalifa qilib, qanday amal qilishingizga nazar solsa», – dedi.
-
7:130
وَلَقَدْ أَخَذْنَآ ءَالَ فِرْعَوْنَ بِٱلسِّنِينَ وَنَقْصٍ مِّنَ ٱلثَّمَرَٰتِ لَعَلَّهُمْ يَذَّكَّرُونَ
Wa laqad akhaznaaa Aala Fir'awna bis sineena wa naqsim minas samaraati la'allahum yazzakkaroon
Biz Fir'avn ahlini, shoyad eslasalar deb, (qahatchilik) yillar va mevalar tanqisligi ila tutdik.
-
7:131
فَإِذَا جَآءَتْهُمُ ٱلْحَسَنَةُ قَالُوا۟ لَنَا هَـٰذِهِۦ ۖ وَإِن تُصِبْهُمْ سَيِّئَةٌ يَطَّيَّرُوا۟ بِمُوسَىٰ وَمَن مَّعَهُۥٓ ۗ أَلَآ إِنَّمَا طَـٰٓئِرُهُمْ عِندَ ٱللَّهِ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَهُمْ لَا يَعْلَمُونَ
Fa izaa jaaa'at humul hasanatu qaaloo lanaa haazihee wa in tusibhum saiyi'atuny yattaiyaroo bi Moosaa wa mam ma'ah; alaaa innamaa taaa'iruhum 'indal laahi wa laakinna aksarahum laa ya'lamoon
Ular o`zlariga yaxshilik yetganda: «Bunga biz haqdormiz», – dedilar. Agar ularga yomonlik yetsa, Muso va u bilan birga bo`lganlardan shumlandilar. Ogoh bo`lsinlarkim, ularning shumliklari Allohning huzuridan boshqa joyda emas. Lekin ko`plari bilmaslar.
-
7:132
وَقَالُوا۟ مَهْمَا تَأْتِنَا بِهِۦ مِنْ ءَايَةٍ لِّتَسْحَرَنَا بِهَا فَمَا نَحْنُ لَكَ بِمُؤْمِنِينَ
Wa qaaloo mahmaa taatinaa bihee min Aayatil litasharanaa bihaa famaa nahnu laka bimu'mineen
Ular: «Har qancha oyat keltirib bizni sehrlamoqchi bo`lsang ham, biz senga iymon keltirguvchi emasmiz», – dedilar.
-
7:133
فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمُ ٱلطُّوفَانَ وَٱلْجَرَادَ وَٱلْقُمَّلَ وَٱلضَّفَادِعَ وَٱلدَّمَ ءَايَـٰتٍ مُّفَصَّلَـٰتٍ فَٱسْتَكْبَرُوا۟ وَكَانُوا۟ قَوْمًا مُّجْرِمِينَ
Fa arsalnaa 'alaihimut toofaana waljaraada walqum mala waddafaadi'a waddama Aayaatim mufassalaatin fastakbaroo wa kaanoo qawmam mujrimeen
Bas, ularning ustidan to`fon, chigirtka, mita, baqa va qonlarni ochiq-oydin va mufassal belgilar qilib yubordik. Bas, ular mutakabbirlik qildilar va jinoyatchi qavm bo`ldilar.
-
7:134
وَلَمَّا وَقَعَ عَلَيْهِمُ ٱلرِّجْزُ قَالُوا۟ يَـٰمُوسَى ٱدْعُ لَنَا رَبَّكَ بِمَا عَهِدَ عِندَكَ ۖ لَئِن كَشَفْتَ عَنَّا ٱلرِّجْزَ لَنُؤْمِنَنَّ لَكَ وَلَنُرْسِلَنَّ مَعَكَ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ
Wa lammaa waqa'a 'alaihimur rijzu qaaloo ya Moosad-u lanaa rabbaka bimaa 'ahida 'indaka la'in kashafta 'annar rijza lanu 'minanna laka wa lanursilanna ma'aka Banee Israaa'eel
Qachonki ustilariga azob tushsa: «Ey Muso, senga bergan ahd hurmati, Robbingga duo qil, agar bizdan azobni ko`tarsang, albatta, senga iymon keltirurmiz va Bani Isroilni sen bilan qo`yib yuborurmiz», – der edilar.
-
7:135
فَلَمَّا كَشَفْنَا عَنْهُمُ ٱلرِّجْزَ إِلَىٰٓ أَجَلٍ هُم بَـٰلِغُوهُ إِذَا هُمْ يَنكُثُونَ
Falammaa kashafnaa 'anhumur rijza ilaaa ajalin hum baalighoohu izaa hum yankusoon
Qachonki ustilaridagi azobni o`zlari yetib boradigan muddatga ko`tarsak, qarabsanki, qasamlarini buzib turibdilar.
-
7:136
فَٱنتَقَمْنَا مِنْهُمْ فَأَغْرَقْنَـٰهُمْ فِى ٱلْيَمِّ بِأَنَّهُمْ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا وَكَانُوا۟ عَنْهَا غَـٰفِلِينَ
Fantaqamnaa minhum fa aghraqnaahum kazzaboo bi Aayaatinaa wa kaanoo 'anhaa ghaafileen
Bas, ulardan intiqom oldik. Oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlari va ulardan g`ofil bo`lganlari uchun ularni dengizga g`arq qildik.
-
7:137
وَأَوْرَثْنَا ٱلْقَوْمَ ٱلَّذِينَ كَانُوا۟ يُسْتَضْعَفُونَ مَشَـٰرِقَ ٱلْأَرْضِ وَمَغَـٰرِبَهَا ٱلَّتِى بَـٰرَكْنَا فِيهَا ۖ وَتَمَّتْ كَلِمَتُ رَبِّكَ ٱلْحُسْنَىٰ عَلَىٰ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ بِمَا صَبَرُوا۟ ۖ وَدَمَّرْنَا مَا كَانَ يَصْنَعُ فِرْعَوْنُ وَقَوْمُهُۥ وَمَا كَانُوا۟ يَعْرِشُونَ
Wa awrasnal qawmal lazeena kaanoo yustad'afoona mashaariqal ardi wa maghaari bahal latee baaraknaa feehaa wa tammat kalimatu Rabbikal husnaa 'alaa Baneee Israaa'eela bimaa sabaroo wa dammarnaa maa kaana yasna'u Fir'awnu wa qawmuhoo wa maa kaanoo ya'rishoon
Va xo`rlanib yurgan qavmni esa, o`zimiz barakali qilgan yerning mashriqiyu mag`ribiga merosxo`r qildik. Sabr qilganlari uchun Robbingning go`zal so`zlari Bani Isroilga batamom bo`ldi. Fir'avn va uning qavmi qurgan narsalarni va ular yuksaltirgan narsalarni vayron qildik.
-
7:138
وَجَـٰوَزْنَا بِبَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ ٱلْبَحْرَ فَأَتَوْا۟ عَلَىٰ قَوْمٍ يَعْكُفُونَ عَلَىٰٓ أَصْنَامٍ لَّهُمْ ۚ قَالُوا۟ يَـٰمُوسَى ٱجْعَل لَّنَآ إِلَـٰهًا كَمَا لَهُمْ ءَالِهَةٌ ۚ قَالَ إِنَّكُمْ قَوْمٌ تَجْهَلُونَ
Wa jaawaznaa bi Banneee Israaa'eelal bahra fa ataw 'alaa qawminy ya'kufoona 'alaaa asnaamil lahum; qaaloo yaa Moosaj'al lanaa ilaahan kamaa lahum aalihah; qaala innakum qawmun tajhaloon
Va Bani Isroilni dengizdan olib o`tdik. Bas, ular o`z sanamlariga berilib sig`inayotgan qavm ustiga keldilar. Ular:» Ey Muso, bizga ham xuddi ularning xudolariga o`xshash xudo qilib ber», – dedilar. U: «Albatta, siz johil qavm bo`layotibsiz.
-
7:139
إِنَّ هَـٰٓؤُلَآءِ مُتَبَّرٌ مَّا هُمْ فِيهِ وَبَـٰطِلٌ مَّا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Innaa haaa'ulaaa'i mutabbarum maa hum feehi wa baatilum maa kaanoo ya'maloon
Axir, anavilar ichida turgan narsa halokatdir va qilayotgan ishlari botildir», – dedi.
-
7:140
قَالَ أَغَيْرَ ٱللَّهِ أَبْغِيكُمْ إِلَـٰهًا وَهُوَ فَضَّلَكُمْ عَلَى ٱلْعَـٰلَمِينَ
Qaala a-ghairal laahi abgheekum ilaahanw wa Huwa faddalakum 'alal 'aalameen
«Sizlarga Allohdan o`zgani xudo qilib beraymi?! Holbuki, U sizlarni olamlardan afzal qilgan zot-ku!» – dedi.
-
7:141
وَإِذْ أَنجَيْنَـٰكُم مِّنْ ءَالِ فِرْعَوْنَ يَسُومُونَكُمْ سُوٓءَ ٱلْعَذَابِ ۖ يُقَتِّلُونَ أَبْنَآءَكُمْ وَيَسْتَحْيُونَ نِسَآءَكُمْ ۚ وَفِى ذَٰلِكُم بَلَآءٌ مِّن رَّبِّكُمْ عَظِيمٌ
Wa iz anjainaakum min Aali Fir'awna yasoomoo nakum sooo'al 'azaab, yuqattiloona abnaaa'akum wa yastahyoona nisaaa'akum; wa fee zaalikum balaaa'um mir Rabbikum 'azeem
Sizlarni yomon azoblarga qo`yayotgan, o`g`illaringizni o`ldirib, qizlaringizni tirik qoldirayotgan Fir'avn ahlidan qutqarganimizni eslang! Va bu ishda Robbingizdan ulug` sinov bordir.
-
7:142
۞ وَوَٰعَدْنَا مُوسَىٰ ثَلَـٰثِينَ لَيْلَةً وَأَتْمَمْنَـٰهَا بِعَشْرٍ فَتَمَّ مِيقَـٰتُ رَبِّهِۦٓ أَرْبَعِينَ لَيْلَةً ۚ وَقَالَ مُوسَىٰ لِأَخِيهِ هَـٰرُونَ ٱخْلُفْنِى فِى قَوْمِى وَأَصْلِحْ وَلَا تَتَّبِعْ سَبِيلَ ٱلْمُفْسِدِينَ
Wa waa'adnaa Moosaa salaaseena lailatanw wa at mamnaahaa bi'ashrim fatamma meeqaatu Rabbihee arba'eena lailah; wa qaala Moosaa liakheehi Haaroonakh lufnee fee qawmee wa aslih wa laa tattabi' sabeelal mufsideen
Va Muso bilan o`ttiz kechaga va'dalashdik. Keyin esa, uni o`n (kecha) bilan tugal qildik. Bas, Robbining belgilagan vaqti to`liq qirq kecha bo`ldi. Muso akasi Horunga: «Qavmimda mening o`rnimni ol, yaxshi ish qil, buzg`unchilarning yo`liga ergashma», – dedi.
-
7:143
وَلَمَّا جَآءَ مُوسَىٰ لِمِيقَـٰتِنَا وَكَلَّمَهُۥ رَبُّهُۥ قَالَ رَبِّ أَرِنِىٓ أَنظُرْ إِلَيْكَ ۚ قَالَ لَن تَرَىٰنِى وَلَـٰكِنِ ٱنظُرْ إِلَى ٱلْجَبَلِ فَإِنِ ٱسْتَقَرَّ مَكَانَهُۥ فَسَوْفَ تَرَىٰنِى ۚ فَلَمَّا تَجَلَّىٰ رَبُّهُۥ لِلْجَبَلِ جَعَلَهُۥ دَكًّا وَخَرَّ مُوسَىٰ صَعِقًا ۚ فَلَمَّآ أَفَاقَ قَالَ سُبْحَـٰنَكَ تُبْتُ إِلَيْكَ وَأَنَا۠ أَوَّلُ ٱلْمُؤْمِنِينَ
Wa lammaa jaaa'a Moosa limeeqaatinaa wa kallamahoo Rabbuhoo qaala Rabbi arineee anzur ilaik; qaala lan taraanee wa laakininzur ilal jabali fa inistaqarra makaanahoo faswfa taraanee; falammaa tajallaa Rabbuhoo liljabali ja'alahoo dakkanw wa kharra Moosaa sa'iqaa; falammaaa afaaqa qaala Subhaanaka tubtu ilaika wa ana awwalul mu'mineen
Muso miyqotimizga kelib, Robbi unga gapirganida, U: «Robbim, menga (jamolingni) ko`rsatgin, Senga nazar solay», – dedi. U zot: «Meni hech ko`ra olmassan. Lekin toqqa nazar sol, agar u makonida sobit tura olsa, bas, Meni ko`rasan», – dedi. Robbi toqqa tajalliy qilganida, uni titilgan holga keltirdi va Muso hushidan ketib yiqildi. Hushiga kelgach: «Sen poksan, Senga tavba qildim. Men mo`minlarning avvalgisiman», – dedi.
-
7:144
قَالَ يَـٰمُوسَىٰٓ إِنِّى ٱصْطَفَيْتُكَ عَلَى ٱلنَّاسِ بِرِسَـٰلَـٰتِى وَبِكَلَـٰمِى فَخُذْ مَآ ءَاتَيْتُكَ وَكُن مِّنَ ٱلشَّـٰكِرِينَ
Qaala yaa Moosaaa innis tafaituka 'alan naasi bi Risaalaatee wa bi kalaamee fakhuz maaa aataituka wa kum minash shaakireen
«Ey Muso, men seni odamlar ichidan Payg`ambarligim va gaplashishim ila tanlab oldim. Bas, senga bergan narsamni ol va shukr qiluvchilardan bo`l!» – dedi.
-
7:145
وَكَتَبْنَا لَهُۥ فِى ٱلْأَلْوَاحِ مِن كُلِّ شَىْءٍ مَّوْعِظَةً وَتَفْصِيلًا لِّكُلِّ شَىْءٍ فَخُذْهَا بِقُوَّةٍ وَأْمُرْ قَوْمَكَ يَأْخُذُوا۟ بِأَحْسَنِهَا ۚ سَأُو۟رِيكُمْ دَارَ ٱلْفَـٰسِقِينَ
Wa katabnaa lahoo fil alwaahi minkulli shai'immaw 'izaanw wa tafseelal likulli shai'in fakhuzhaa biquwwatinw waamur qawmaka yaakhuzoo bi ahsanihaa; wa ooreekum daaral faasiqeen
Va unga lavhlarda hamma narsadan mav'iza va har bir narsaning tafsilotini yozib berdik. «Bas, ularni quvvat ila tut va ahlingga buyur, ularning eng yaxshilarini olsinlar. Endi, sizlarga fosiqlarning diyorini ko`rsataman», – dedik.
-
7:146
سَأَصْرِفُ عَنْ ءَايَـٰتِىَ ٱلَّذِينَ يَتَكَبَّرُونَ فِى ٱلْأَرْضِ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ وَإِن يَرَوْا۟ كُلَّ ءَايَةٍ لَّا يُؤْمِنُوا۟ بِهَا وَإِن يَرَوْا۟ سَبِيلَ ٱلرُّشْدِ لَا يَتَّخِذُوهُ سَبِيلًا وَإِن يَرَوْا۟ سَبِيلَ ٱلْغَىِّ يَتَّخِذُوهُ سَبِيلًا ۚ ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا وَكَانُوا۟ عَنْهَا غَـٰفِلِينَ
Sa asrifu 'an Aayaatiyal lazeena yatakabbaroona fil ardi bighairil haqq; wa iny-yaraw kulla Aayatil laa yu'minoo bihaa wa iny-yaraw sabeelar rushdi laa yattakhizoohu sabeelanw wa iny-yaraw sabeelal ghaiyi yatta khizoohu sabeelaa; zaalika bi annahum kazzaboo bi Aayaatinaa wa kaanoo 'anhaa ghaafileen
Endi, yer yuzida nohaqdan mutakabbirlik qilayotganlarni, barcha oyatlarni ko`rsalar ham, ularga iymon keltirmayotganlarni, to`g`rilik yo`lini ko`rsalar ham, uni o`zlariga yo`l tutmayotganlarni, agar adashuv yo`lini ko`rsalar, uni o`zlariga yo`l tutayotganlarni O`z oyatlarimdan buraman. Bunday bo`lishi ularning oyatlarimizni yolg`onga chiqarishlari va ulardan g`ofil bo`lishlari sababidandir.
-
7:147
وَٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا وَلِقَآءِ ٱلْـَٔاخِرَةِ حَبِطَتْ أَعْمَـٰلُهُمْ ۚ هَلْ يُجْزَوْنَ إِلَّا مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Wallazeena kazzaboo bi Aayaatinaa wa liqaaa'il Aakhirati habitat 'amaaluhum; hal yujzawna illaa maa kaanoo ya'maloon
Oyatlarimizni va oxirat muloqotini yolg`onga chiqarganlar amallari behuda ketganlardir. Ular faqat qilib yurgan amallarining jazosini olurlar.
-
7:148
وَٱتَّخَذَ قَوْمُ مُوسَىٰ مِنۢ بَعْدِهِۦ مِنْ حُلِيِّهِمْ عِجْلًا جَسَدًا لَّهُۥ خُوَارٌ ۚ أَلَمْ يَرَوْا۟ أَنَّهُۥ لَا يُكَلِّمُهُمْ وَلَا يَهْدِيهِمْ سَبِيلًا ۘ ٱتَّخَذُوهُ وَكَانُوا۟ ظَـٰلِمِينَ
Wattakhaza qawmu Moosaa mim ba'dihee min huliyyihim 'ijlan jasadal lahoo khuwaar; alam yaraw annahoo laa yukallimuhum wa laa yahdeehim sabeelaa; ittakha zoohu wa kaanoo zaalimeen
Musoning qavmi undan keyin taqinchoqlaridan (bo`lgan), bo`kiradigan buzoq jasadini (xudo) tutdilar. Uning ularga gapirmasligini va ularni hidoyat qilmasligini bilmadilarmi?! Uni (xudo) tutdilar va zulm qiluvchilardan bo`ldilar.
-
7:149
وَلَمَّا سُقِطَ فِىٓ أَيْدِيهِمْ وَرَأَوْا۟ أَنَّهُمْ قَدْ ضَلُّوا۟ قَالُوا۟ لَئِن لَّمْ يَرْحَمْنَا رَبُّنَا وَيَغْفِرْ لَنَا لَنَكُونَنَّ مِنَ ٱلْخَـٰسِرِينَ
Wa lammaa suqita feee aideehim wa ra aw annahum qad dalloo qaaloo la'il lam yarhamnaa Rabbunaa wa yaghfir lanaa lanakoonanna minal khaasireen
Qo`llari tushgan paytda va o`zlarining adashganlarini bilganlarida: «Agar Robbimiz bizga rahim qilmasa va mag`firat etmasa, albatta, ziyonkorlardan bo`lamiz», – dedilar.
-
7:150
وَلَمَّا رَجَعَ مُوسَىٰٓ إِلَىٰ قَوْمِهِۦ غَضْبَـٰنَ أَسِفًا قَالَ بِئْسَمَا خَلَفْتُمُونِى مِنۢ بَعْدِىٓ ۖ أَعَجِلْتُمْ أَمْرَ رَبِّكُمْ ۖ وَأَلْقَى ٱلْأَلْوَاحَ وَأَخَذَ بِرَأْسِ أَخِيهِ يَجُرُّهُۥٓ إِلَيْهِ ۚ قَالَ ٱبْنَ أُمَّ إِنَّ ٱلْقَوْمَ ٱسْتَضْعَفُونِى وَكَادُوا۟ يَقْتُلُونَنِى فَلَا تُشْمِتْ بِىَ ٱلْأَعْدَآءَ وَلَا تَجْعَلْنِى مَعَ ٱلْقَوْمِ ٱلظَّـٰلِمِينَ
Wa lammaa raja'a Moosaaa ilaa qawmihee ghadbaana asifan qaala bi'samaa khalaftumoonee mim ba'dee a-'ajiltum amra Rabbikum wa alqal alwaaha wa akhaza biraasi akheehi yajurruhoo ilaih; qaalab na umma innal qawmas tad'afoonee wa kadoo yaqtu loonanee; falaa tushmit biyal a'daaa'a wa laa taj'alnee ma'al qawmiz zaalimeen
Qachonki Muso o`z qavmiga g`azablangan va afsus qilgan holida qaytganida: «Mening ketimdan qanday ham yomon xalifa bo`ldingiz. Robbingizning amridan (oldin) shoshildingizmi?!» – dedi va lavhlarni tashlab, akasining boshidan tutib, o`ziga torta boshladi. U (Horun): «Ey onamning bolasi, shubhasiz, bu qavm meni xo`rladi va o`ldirib qo`yishlariga sal qoldi. Endi sen dushmanlarni ustimdan kuldirmagin va meni ham zolim qavmlardan deb bilmagin», – dedi.
-
7:151
قَالَ رَبِّ ٱغْفِرْ لِى وَلِأَخِى وَأَدْخِلْنَا فِى رَحْمَتِكَ ۖ وَأَنتَ أَرْحَمُ ٱلرَّٰحِمِينَ
Qaala Rabbigh fir lee wa li akhee wa adkhilnaa fee rahmatika wa Anta arhamur raahimeen
U: «Robbim, meni va akamni mag`firat qilgin va bizlarni O`z rahmatingga kiritgin. Sening O`zing rahim qilguvchilarning rahimlirog`isan», dedi.
-
7:152
إِنَّ ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُوا۟ ٱلْعِجْلَ سَيَنَالُهُمْ غَضَبٌ مِّن رَّبِّهِمْ وَذِلَّةٌ فِى ٱلْحَيَوٰةِ ٱلدُّنْيَا ۚ وَكَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْمُفْتَرِينَ
Innal lazeenat takhazul 'ijla-sa yanaaluhum ghadabum mir Rabbihim wa zillatun fil hayaatid dunyaa; wa kazaalika najzil muftareen
Albatta, buzoqni (xudo) tutganlarga Robbilaridan g`azab va hayoti dunyoda xorlik yetadir. Yolg`on to`quvchilarni mana shunday jazolarmiz.
-
7:153
وَٱلَّذِينَ عَمِلُوا۟ ٱلسَّيِّـَٔاتِ ثُمَّ تَابُوا۟ مِنۢ بَعْدِهَا وَءَامَنُوٓا۟ إِنَّ رَبَّكَ مِنۢ بَعْدِهَا لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ
Wallazeena 'amilus saiyiaati summa taaboo mim ba'dihaa wa aamanooo inna Rabbaka mim ba'dihaa la Ghafoorur Raheem
Gunoh ishlarni qilganlar, undan keyin tavba qilsalar va iymon keltirsalar, albatta, Robbing undan so`ng mag`firat qilguvchi va mehribon Zotdir.
-
7:154
وَلَمَّا سَكَتَ عَن مُّوسَى ٱلْغَضَبُ أَخَذَ ٱلْأَلْوَاحَ ۖ وَفِى نُسْخَتِهَا هُدًى وَرَحْمَةٌ لِّلَّذِينَ هُمْ لِرَبِّهِمْ يَرْهَبُونَ
Wa lammaa sakata 'am Moosal ghadabu akhazal al waaha wa fee nnuskhatihaa hudanw wa rahmatul lillazeena hum li Rabbihim yarhaboon
Qachonki Musoning g`azabi bosilgach, lavhlarni oldi. Ularning nusxasida Robbilaridan haqiqatda qo`rqadiganlar uchun hidoyat va rahmat bor edi.
-
7:155
وَٱخْتَارَ مُوسَىٰ قَوْمَهُۥ سَبْعِينَ رَجُلًا لِّمِيقَـٰتِنَا ۖ فَلَمَّآ أَخَذَتْهُمُ ٱلرَّجْفَةُ قَالَ رَبِّ لَوْ شِئْتَ أَهْلَكْتَهُم مِّن قَبْلُ وَإِيَّـٰىَ ۖ أَتُهْلِكُنَا بِمَا فَعَلَ ٱلسُّفَهَآءُ مِنَّآ ۖ إِنْ هِىَ إِلَّا فِتْنَتُكَ تُضِلُّ بِهَا مَن تَشَآءُ وَتَهْدِى مَن تَشَآءُ ۖ أَنتَ وَلِيُّنَا فَٱغْفِرْ لَنَا وَٱرْحَمْنَا ۖ وَأَنتَ خَيْرُ ٱلْغَـٰفِرِينَ
Wakhtaara Moosaa qawmahoo sab'eena rajjulal limeeqaatinaa falammaa akhazat humur rajfatu qaala Rabbi law shi'ta ahlaktahum min qablu wa iyyaaya atuhlikunna bimaa fa'alas sufahaaa'u minnaa in hiya illaa fitnatuka tudillu bihaa man tashaaa'u wa tahdee man tashaaa'u Anta waliyyunaa faghfir lanaa warhammnnaa wa Anta khairul ghaafireen
Va Muso miyqotimizga qavmidan yetmish kishini tanlab oldi. Ularni dahshatli zilzila tutgan paytda: «Ey Robbim, agar xohlasang, bularni ham, meni ham bundan oldin halok qilsang bo`lardi. Esi pastlarimiz qilgan ish tufayli bizni halok qilasanmi? Bu Sening sinovingdan boshqa narsa emas. U ila kimni xohlasang, adashtirasan va kimni xohlasang, hidoyatga solasan. Sen valiyimizsan, bas, bizni mag`firat qil va rahim et. Sening O`zing mag`firat qiluvchilarning eng yaxshisisan.
-
7:156
۞ وَٱكْتُبْ لَنَا فِى هَـٰذِهِ ٱلدُّنْيَا حَسَنَةً وَفِى ٱلْـَٔاخِرَةِ إِنَّا هُدْنَآ إِلَيْكَ ۚ قَالَ عَذَابِىٓ أُصِيبُ بِهِۦ مَنْ أَشَآءُ ۖ وَرَحْمَتِى وَسِعَتْ كُلَّ شَىْءٍ ۚ فَسَأَكْتُبُهَا لِلَّذِينَ يَتَّقُونَ وَيُؤْتُونَ ٱلزَّكَوٰةَ وَٱلَّذِينَ هُم بِـَٔايَـٰتِنَا يُؤْمِنُونَ
Waktub lanaa fee haazi hid dunyaa hasanatanw wa fil Aakhirati innnaa hudnaaa ilaik; qaala 'azaabee useebu bihee man ashaaa'u wa rahmatee wasi'at kulla shai'; fasa aktubuhaa lillazeena yattaqoona wa yu'toonaz Zakaata wallazeena hum bi Aayaatinaa yu'minoon
Va bizga bu dunyoda ham, oxiratda ham yaxshilikni yozib qo`y. Biz Sening O`zingga tavba qildik», – dedi. U zot: «Azobim ila kimni xohlasam, tutaman. Rahmatim esa, hamma narsadan kengdir. Uni taqvo qilganlarga, zakot berganlarga, oyatlarimizga iymon keltirganlarga yozajakman.
-
7:157
ٱلَّذِينَ يَتَّبِعُونَ ٱلرَّسُولَ ٱلنَّبِىَّ ٱلْأُمِّىَّ ٱلَّذِى يَجِدُونَهُۥ مَكْتُوبًا عِندَهُمْ فِى ٱلتَّوْرَىٰةِ وَٱلْإِنجِيلِ يَأْمُرُهُم بِٱلْمَعْرُوفِ وَيَنْهَىٰهُمْ عَنِ ٱلْمُنكَرِ وَيُحِلُّ لَهُمُ ٱلطَّيِّبَـٰتِ وَيُحَرِّمُ عَلَيْهِمُ ٱلْخَبَـٰٓئِثَ وَيَضَعُ عَنْهُمْ إِصْرَهُمْ وَٱلْأَغْلَـٰلَ ٱلَّتِى كَانَتْ عَلَيْهِمْ ۚ فَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ بِهِۦ وَعَزَّرُوهُ وَنَصَرُوهُ وَٱتَّبَعُوا۟ ٱلنُّورَ ٱلَّذِىٓ أُنزِلَ مَعَهُۥٓ ۙ أُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُفْلِحُونَ
Allazeena yattabi'oonar Rasoolan Nabiyyal ummiyyal lazee yajidoonahoo maktooban 'indahum fit Tawraati wal Injeeli yaa muruhum bilma'roofi wa yanhaahum 'anil munkari wa yuhillu lahumul taiyibaati wa yuharrimu 'alaihimul khabaaa'isa wa yada'u 'anhum israhum wal aghlaalal latee kaanat 'alaihim; fallazeena aamanoo bihee wa 'azzaroohu wa nnasaroohu wattaba'un nooral lazeee unzila ma'ahooo ulaaa'ika humul muflihoon
Ular o`z huzurlaridagi Tavrot va Injilda yozilgan holida topiladigan, ularni yaxshilikka buyurib, yomonlikdan qaytaradigan, ularga pokiza narsalarni halol qilib, nopok narsalarni harom qiladigan, ustilaridagi yukni yengillatib, kishanlarni yechadigan ummiy Nabiy, Payg`ambarga ergashurlar. Bas, unga iymon keltirib, yordam berib va uni qo`llab-quvvatlagan hamda unga nozil bo`lgan nurga ergashganlar — ana o`shalar najot topguvchilardir», – dedi.
-
7:158
قُلْ يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّاسُ إِنِّى رَسُولُ ٱللَّهِ إِلَيْكُمْ جَمِيعًا ٱلَّذِى لَهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۖ لَآ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ يُحْىِۦ وَيُمِيتُ ۖ فَـَٔامِنُوا۟ بِٱللَّهِ وَرَسُولِهِ ٱلنَّبِىِّ ٱلْأُمِّىِّ ٱلَّذِى يُؤْمِنُ بِٱللَّهِ وَكَلِمَـٰتِهِۦ وَٱتَّبِعُوهُ لَعَلَّكُمْ تَهْتَدُونَ
Qul yaaa aiyuhan naasu innee Rasoohul laahi ilaikum jamee'anil lazee lahoo mulkus samaawaati wal ardi laaa ilaaha illaa Huwa yuhyee wa yumeetu fa aaminoo billaahi wa Rasoolihin Nabiyyil ummiy yil lazee yu'minu billaahi wa Kalimaatihee wattabi'oohu la'allakum tahtadoon
Sen: «Ey odamlar, albatta, men sizlarning barchangizga, osmonlaru yerning mulki Uniki bo`lgan, Undan o`zga iloh yo`q bo`lgan va tiriltirib o`ldiradigan Allohning Payg`ambaridirman. Bas, Allohga hamda Uning Alloh va Uning kalimalariga iymon keltiradigan ummiy Nabiysiga iymon keltiring. Va unga ergashing, shoyadki, hidoyat topsangiz», – deb ayt.
-
7:159
وَمِن قَوْمِ مُوسَىٰٓ أُمَّةٌ يَهْدُونَ بِٱلْحَقِّ وَبِهِۦ يَعْدِلُونَ
Wa min qawmi Moosaaa ummatuny yahdoona bilhaqqi wa bihee ya'diloon
Va Musoning qavmidan ba'zi jamoalar borki, haq ila hidoyat qilib, u ila adolat qilurlar.
-
7:160
وَقَطَّعْنَـٰهُمُ ٱثْنَتَىْ عَشْرَةَ أَسْبَاطًا أُمَمًا ۚ وَأَوْحَيْنَآ إِلَىٰ مُوسَىٰٓ إِذِ ٱسْتَسْقَىٰهُ قَوْمُهُۥٓ أَنِ ٱضْرِب بِّعَصَاكَ ٱلْحَجَرَ ۖ فَٱنۢبَجَسَتْ مِنْهُ ٱثْنَتَا عَشْرَةَ عَيْنًا ۖ قَدْ عَلِمَ كُلُّ أُنَاسٍ مَّشْرَبَهُمْ ۚ وَظَلَّلْنَا عَلَيْهِمُ ٱلْغَمَـٰمَ وَأَنزَلْنَا عَلَيْهِمُ ٱلْمَنَّ وَٱلسَّلْوَىٰ ۖ كُلُوا۟ مِن طَيِّبَـٰتِ مَا رَزَقْنَـٰكُمْ ۚ وَمَا ظَلَمُونَا وَلَـٰكِن كَانُوٓا۟ أَنفُسَهُمْ يَظْلِمُونَ
Wa qatta' naahumus natai 'ashrata asbaatan umamaa; wa awhainaa ilaa Moosaaa izis tasqaahu qawmuhooo anid rib bi'asaakal hajara fambajasat minhus nata 'ashrata 'ainan qad 'alima kullu unaasim mashrabahm; wa zallalnaa 'alaihimul ghammaamma wa anzalnaa 'alaihimul MManna was Salwaa kuloo min taiyibaati maa razaqnaakum; wa maa zalamoonaa wa laakin kaanooo anfusahum yazlimoon
Ularni o`n ikki urug` — jamoaga bo`lib yubordik. Va qavmi undan suv talab qilgan paytda Musoga: «Asoing ila toshni ur!» deb vahiy yubordik. U(tosh)dan o`n ikkita buloq otilib chiqdi. Hamma odamlar o`z suvxonasini bildi. Va ularga bulutni soyabon qildik, mann va bedanalarni nozil qildik. «Sizlarga rizq qilib bergan narsalarimizning poklarini yenglar» (dedik). Ular Bizga zulm qilmadilar. Lekin o`zlariga zulm qilar edilar.
-
7:161
وَإِذْ قِيلَ لَهُمُ ٱسْكُنُوا۟ هَـٰذِهِ ٱلْقَرْيَةَ وَكُلُوا۟ مِنْهَا حَيْثُ شِئْتُمْ وَقُولُوا۟ حِطَّةٌ وَٱدْخُلُوا۟ ٱلْبَابَ سُجَّدًا نَّغْفِرْ لَكُمْ خَطِيٓـَٔـٰتِكُمْ ۚ سَنَزِيدُ ٱلْمُحْسِنِينَ
Wa iz qeela lahumuskunoo haazihil qaryata wa kuloo minhaa haisu shi'tum wa qooloo hittatunw wadkhulul baaba sujjadan naghfir lakum khateee'aatikum; sanazeedul muhsineen
Ularga: «Mana bu shaharni maskan tutinglar, unda xohlagan joyingizda taom yeng va «Hittatun» (gunohlarimizni kechir) deb eshikdan sajda qilgan holingizda kirsangiz, sizning xatolaringizni mag`firat qilamiz, ehson qiluvchilarga ziyoda qilamiz», deganimizni esla.
-
7:162
فَبَدَّلَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ مِنْهُمْ قَوْلًا غَيْرَ ٱلَّذِى قِيلَ لَهُمْ فَأَرْسَلْنَا عَلَيْهِمْ رِجْزًا مِّنَ ٱلسَّمَآءِ بِمَا كَانُوا۟ يَظْلِمُونَ
Fabaddalal lazeena zalamoo minhum qawlan ghairal lazee qeela lahum fa arsalnaa 'alaihim rijzam minas samaaa'i bimaa kaanoo yazlimoon
Bas, ulardan zulm qilganlari ularga aytilgandan o`zga gapni almashtirdilar. Bas, zulm qilganlari tufayli ustlariga osmondan azob yubordik.
-
7:163
وَسْـَٔلْهُمْ عَنِ ٱلْقَرْيَةِ ٱلَّتِى كَانَتْ حَاضِرَةَ ٱلْبَحْرِ إِذْ يَعْدُونَ فِى ٱلسَّبْتِ إِذْ تَأْتِيهِمْ حِيتَانُهُمْ يَوْمَ سَبْتِهِمْ شُرَّعًا وَيَوْمَ لَا يَسْبِتُونَ ۙ لَا تَأْتِيهِمْ ۚ كَذَٰلِكَ نَبْلُوهُم بِمَا كَانُوا۟ يَفْسُقُونَ
Was'alhum 'anil qaryatil latee kaanat haadiratal bahri iz ya'doona fis Sabt iz taateehim heetaanuhum yawma Sabtihim shurra'anw wa yawma laa yasbitoona laa taateehim; kazaalika nabloohum bimaa kaanoo yafsuqoon
Ulardan dengiz sohilida bo`lgan qishloq haqida, shanba kunida haddan oshganlari, shanbalik kunlarida baliqlari ochiq kelib, shanbalik qilmagan kunlari kelmagani haqida so`ra. Qilgan fosiqliklari tufayli ularni shunday sinaymiz.
-
7:164
وَإِذْ قَالَتْ أُمَّةٌ مِّنْهُمْ لِمَ تَعِظُونَ قَوْمًا ۙ ٱللَّهُ مُهْلِكُهُمْ أَوْ مُعَذِّبُهُمْ عَذَابًا شَدِيدًا ۖ قَالُوا۟ مَعْذِرَةً إِلَىٰ رَبِّكُمْ وَلَعَلَّهُمْ يَتَّقُونَ
Wa iz qaalat ummatum minhum lima ta'izoona qaw manil laahu muhlikuhum aw mu'azzibuhum 'azaaban shadeedan qaaloo ma'ziratan ilaa Rabbikum wa la'allahum yattaqoon
Ulardan bir jamoat: «Alloh halok qiluvchi yoki shiddatli azob-la azoblovchi qavmga va'z qilib nima qilasiz?!» deganida, ular: «Robbingizga uzr bo`lishi uchun va shoyadki, taqvo qilsalar deb», – dedilar.
-
7:165
فَلَمَّا نَسُوا۟ مَا ذُكِّرُوا۟ بِهِۦٓ أَنجَيْنَا ٱلَّذِينَ يَنْهَوْنَ عَنِ ٱلسُّوٓءِ وَأَخَذْنَا ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ بِعَذَابٍۭ بَـِٔيسٍۭ بِمَا كَانُوا۟ يَفْسُقُونَ
Falammaa nasoo maa zukkiroo bihee anjainal lazeena yanhawna 'anis sooo'i wa akhaznal lazeena zalamoo bi'azaabim ba'eeim bimaa kaanooyafsuqoon
Bas, ular o`zlariga eslatma bo`lgan narsani unutganlarida, yomonlikdan qaytarayotganlarga najot berdik va zulm qilganlarni qilgan fosiqliklari tufayli shiddatli azob ila tutdik.
-
7:166
فَلَمَّا عَتَوْا۟ عَن مَّا نُهُوا۟ عَنْهُ قُلْنَا لَهُمْ كُونُوا۟ قِرَدَةً خَـٰسِـِٔينَ
Falammaa 'ataw 'ammmaa nuhoo 'anhu qulna lahum kkoonoo qiradatan khaasi'een
Bas, ular o`zlari qaytarilgan narsadan qaytmay, takabburlik qilganlarida, ularga: «Xo`rlangan maymunlarga aylaning!» – dedik.
-
7:167
وَإِذْ تَأَذَّنَ رَبُّكَ لَيَبْعَثَنَّ عَلَيْهِمْ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَـٰمَةِ مَن يَسُومُهُمْ سُوٓءَ ٱلْعَذَابِ ۗ إِنَّ رَبَّكَ لَسَرِيعُ ٱلْعِقَابِ ۖ وَإِنَّهُۥ لَغَفُورٌ رَّحِيمٌ
Wa iz ta azzana Rabbuka la yab'asannna 'alaihim ilaa Yawmil Qiyaamati mai yasoomuhum sooo'al 'azaab; inna Rabbaka lasaree'ul 'iqaab; wa innahoo la Ghafoorur Raheem
Robbing, albatta, ularning ustlariga qiyomat kunigacha ularga yomon azobni tottiradiganlarni yuborishni e'lon qilganini esla! Albatta, Robbing iqobi tez Zotdir va, albatta, U mag`firatli va rahimli Zotdir.
-
7:168
وَقَطَّعْنَـٰهُمْ فِى ٱلْأَرْضِ أُمَمًا ۖ مِّنْهُمُ ٱلصَّـٰلِحُونَ وَمِنْهُمْ دُونَ ذَٰلِكَ ۖ وَبَلَوْنَـٰهُم بِٱلْحَسَنَـٰتِ وَٱلسَّيِّـَٔاتِ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ
Wa qatta'naahum fil ardi umamam minhumus aalihoona wa min hum doona zaalika wa balawnaahum bilhasanaati wassaiyi aati la'allahum yarji'oon
Va ularni yer yuzida jamoatlarga bo`lib yubordik. Ulardan ahli solihlari bor va ulardan unday emaslari ham bor. Shoyadki, qaytsalar deb, ularni yaxshiliklar va yomonliklar ila sinadik.
-
7:169
فَخَلَفَ مِنۢ بَعْدِهِمْ خَلْفٌ وَرِثُوا۟ ٱلْكِتَـٰبَ يَأْخُذُونَ عَرَضَ هَـٰذَا ٱلْأَدْنَىٰ وَيَقُولُونَ سَيُغْفَرُ لَنَا وَإِن يَأْتِهِمْ عَرَضٌ مِّثْلُهُۥ يَأْخُذُوهُ ۚ أَلَمْ يُؤْخَذْ عَلَيْهِم مِّيثَـٰقُ ٱلْكِتَـٰبِ أَن لَّا يَقُولُوا۟ عَلَى ٱللَّهِ إِلَّا ٱلْحَقَّ وَدَرَسُوا۟ مَا فِيهِ ۗ وَٱلدَّارُ ٱلْـَٔاخِرَةُ خَيْرٌ لِّلَّذِينَ يَتَّقُونَ ۗ أَفَلَا تَعْقِلُونَ
Fakhalafa mim ba'dihim khalfunw warisul Kitaaba yaa khuzoona 'arada haazal adnaa wa yaqooloona sayughfaru lanaa wa iny yaatihim 'aradum misluhoo yaakhuzooh; alam yu'khaz 'alaihim 'aradum misluhoo yaakhuzooh; alam yu'khaz 'alaihim meesaaqul Kitaabi al laa yaqooloo 'alal laahi illal haqqa wa darasoo maa feeh; wad Daarul Aakhirtu khairul lillazeena yattaqoon; afalaa ta'qiloon
Bas, ulardan so`ng, ortlaridan kitobni merosga olgan bir o`rinbosarlar keldiki, ular mana bu tubanning o`tkinchi(matohi)ni oladilar va «Bizni kechirilur», – derlar. Agar o`shanga o`xshash o`tkinchi narsa kelsa, yana olaveradilar. Ulardan Allohga nisbatan faqat haqdan boshqa narsa aytmaslikka Kitobning ahdu paymoni olingan emasmidi?! Ular u(kitob)dagi narsalarni o`rganganlar-ku?! Oxirat hovlisi taqvo qilganlar uchun yaxshidir. Aql ishlatmaysizlarmi?!
-
7:170
وَٱلَّذِينَ يُمَسِّكُونَ بِٱلْكِتَـٰبِ وَأَقَامُوا۟ ٱلصَّلَوٰةَ إِنَّا لَا نُضِيعُ أَجْرَ ٱلْمُصْلِحِينَ
Wallazeena yumas sikoona bil Kitaabi wa aqaamus Salaata innaa laa nudee'uajral musliheen
Kitobni mahkam tutganlar va namozni to`kis ado etganlar bo`lsa, albatta, Biz ahli solihlarning ajrlarini zoye qilmasmiz.
-
7:171
۞ وَإِذْ نَتَقْنَا ٱلْجَبَلَ فَوْقَهُمْ كَأَنَّهُۥ ظُلَّةٌ وَظَنُّوٓا۟ أَنَّهُۥ وَاقِعٌۢ بِهِمْ خُذُوا۟ مَآ ءَاتَيْنَـٰكُم بِقُوَّةٍ وَٱذْكُرُوا۟ مَا فِيهِ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ
Wa iz nataqnal jabala fawqahum ka annahoo zullatunw wa zannooo annahoo waaqi'um bihim khuzoo maaa aatainaakum biquwwatinw wazkuroo maa feehi la'allakum tattaqoon
Ularning ustiga tog`ni xuddi soyabondek ko`targanimizni, ular uni, ustimizga tushib ketadi, deb o`ylaganlarida, sizga bergan narsamizni quvvat ila olinglar va undagi narsani eslanglar, shoyadki, taqvo qilsangiz, deganimizni esla.
-
7:172
وَإِذْ أَخَذَ رَبُّكَ مِنۢ بَنِىٓ ءَادَمَ مِن ظُهُورِهِمْ ذُرِّيَّتَهُمْ وَأَشْهَدَهُمْ عَلَىٰٓ أَنفُسِهِمْ أَلَسْتُ بِرَبِّكُمْ ۖ قَالُوا۟ بَلَىٰ ۛ شَهِدْنَآ ۛ أَن تَقُولُوا۟ يَوْمَ ٱلْقِيَـٰمَةِ إِنَّا كُنَّا عَنْ هَـٰذَا غَـٰفِلِينَ
Wa iz akhaza Rabbuka mim Baneee Aadama min zuhoorihim zurriyyatahum wa ash hadahum 'alaa anfusihim alastu bi Rabbikum qaaloo balaa shahidnaaa; an taqooloo Yawmal Qiyaamati innaa kunnaa 'an haazaa ghaafileen
Robbing Bani Odamning umurtqa pog`onasidan, qiyomat kuni «bundan g`ofil edik» demasliklaringiz uchun, zurriyotlarini olib, o`zlariga o`zlarini guvoh qilib: «Robbingiz emasmanmi?» – deganida, «Xuddi shunday! Guvoh bo`ldik!» – deganlarini esla.
-
7:173
أَوْ تَقُولُوٓا۟ إِنَّمَآ أَشْرَكَ ءَابَآؤُنَا مِن قَبْلُ وَكُنَّا ذُرِّيَّةً مِّنۢ بَعْدِهِمْ ۖ أَفَتُهْلِكُنَا بِمَا فَعَلَ ٱلْمُبْطِلُونَ
Aw taqoolooo innamaaa ashraka aabaaa 'unaa min qablu wa kunnaa zurriyyatam mim ba'dihim afatuhlikunna bimaa fa'alal mubtiloon
Yoki: «Haqiqatda, shirk keltirganlar oldingi ota-bobolarimiz, biz, ularning keyingi zurriyotimiz. Botil ish qiluvchilarning qilmishi tufayli bizlarni halok etasanmi?» demasligingiz uchun.
-
7:174
وَكَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ ٱلْـَٔايَـٰتِ وَلَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ
Wa kazaalika nufassihul Aayaati wa la'allahum yarji'oon
Shoyad qaytsalar deb, oyatlarni mana shunday batafsil bayon qilamiz.
-
7:175
وَٱتْلُ عَلَيْهِمْ نَبَأَ ٱلَّذِىٓ ءَاتَيْنَـٰهُ ءَايَـٰتِنَا فَٱنسَلَخَ مِنْهَا فَأَتْبَعَهُ ٱلشَّيْطَـٰنُ فَكَانَ مِنَ ٱلْغَاوِينَ
Watlu 'alaihim naba allazeee aatainaahu Aayaatinaa fansalakha minhaa fa atba'a hush Shaytaano fakaana minal ghaaween
Ularga oyatlarimizni berganimizda, ulardan o`zini olib qochgan va uni shayton ergashtirib ketib, ig`voga uchganlardan bo`lgan shaxsning xabarini tilovat qilib ber!
-
7:176
وَلَوْ شِئْنَا لَرَفَعْنَـٰهُ بِهَا وَلَـٰكِنَّهُۥٓ أَخْلَدَ إِلَى ٱلْأَرْضِ وَٱتَّبَعَ هَوَىٰهُ ۚ فَمَثَلُهُۥ كَمَثَلِ ٱلْكَلْبِ إِن تَحْمِلْ عَلَيْهِ يَلْهَثْ أَوْ تَتْرُكْهُ يَلْهَث ۚ ذَّٰلِكَ مَثَلُ ٱلْقَوْمِ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا ۚ فَٱقْصُصِ ٱلْقَصَصَ لَعَلَّهُمْ يَتَفَكَّرُونَ
Wa law shi'naa larafa'naahu bihaa wa laakin nahooo akhlada ilal ardi watta ba'a hawaah; famasaluhoo kamasalil kalb; in tahmil 'alaihi yalhas aw tatruk hu yalhas; zaalika masalul qawmil lazeena kazzaboo bi Aayaatinaa; faqsusil qasasa la'allahum yatafakkaroon
Agar xohlasak, uni o`sha(oyat)lar bilan ko`tarar edik. Lekin uning o`zi yerga yopishdi va havoyi nafsiga ergashdi. Bas, uning misoli xuddi bir itga o`xshar, uni haydasang ham, tilini osiltirib turaveradir, tek qo`ysang ham, tilini osiltirib turaveradir. Bu, Bizning oyatlarimizni yolg`onga chiqargan qavmlarning misolidir. Bu qissani hikoya qil, shoyadki, tafakkur qilsalar.
-
7:177
سَآءَ مَثَلًا ٱلْقَوْمُ ٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا وَأَنفُسَهُمْ كَانُوا۟ يَظْلِمُونَ
Saaa'a masalanil qawmul lazeena kazzaboo bi Aayaatinaa wa anfusahum kaanoo yazlimoon
Oyatlarimizni yolg`onga chiqargan qavmlarning misoli qanday ham yomon bo`ldi! Ular o`zlariga zulm qiladilar.
-
7:178
مَن يَهْدِ ٱللَّهُ فَهُوَ ٱلْمُهْتَدِى ۖ وَمَن يُضْلِلْ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْخَـٰسِرُونَ
mai yahdil laahu fa huwal muhtadee wa mai yudlil fa ulaaa'ika humul khaasiroon
Alloh kimni hidoyatga solsa, o`sha hidoyat topuvchidir. Kimni adashtirsa, o`shalar o`zlari ziyon ko`ruvchilardir.
-
7:179
وَلَقَدْ ذَرَأْنَا لِجَهَنَّمَ كَثِيرًا مِّنَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ ۖ لَهُمْ قُلُوبٌ لَّا يَفْقَهُونَ بِهَا وَلَهُمْ أَعْيُنٌ لَّا يُبْصِرُونَ بِهَا وَلَهُمْ ءَاذَانٌ لَّا يَسْمَعُونَ بِهَآ ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ كَٱلْأَنْعَـٰمِ بَلْ هُمْ أَضَلُّ ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْغَـٰفِلُونَ
Wa laqad zaraanaa li jahannama kaseeram minal jinni wal insi lahum quloobul laa yafqahoona bihaa wa lahum a'yunul laa yubisiroona bihaa wa lahum aazaanul laa yasma'oona bihaa; ulaaa'ika kal an'aami bal hum adall; ulaaa'ika humul ghaafiloon
Batahqiq, jahannam uchun ko`plab jin va inslarni yaratdik. Ularning dillari bor-u, tushuna olmaslar. Ko`zlari bor-u, ko`ra olmaslar. Quloqlari bor-u, eshita olmaslar. Ana o`shalar chorva hayvonlari kabidirlar. Balki ulardan ham battarroqdirlar. Ana o`shalar g`ofildirlar.
-
7:180
وَلِلَّهِ ٱلْأَسْمَآءُ ٱلْحُسْنَىٰ فَٱدْعُوهُ بِهَا ۖ وَذَرُوا۟ ٱلَّذِينَ يُلْحِدُونَ فِىٓ أَسْمَـٰٓئِهِۦ ۚ سَيُجْزَوْنَ مَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Wa lillaahil Asmaaa 'ul Husnaa fad'oohu bihaa wa zarul lazeena yulhidoona feee Asmaaa'ih; sa yujzawna maa kaanoo ya'maloon
Allohning go`zal ismlari bordir. Bas, Unga o`sha (ism)lar ila duo qiling va Uning ismlaridan og`adiganlarni tek qo`ying. Yaqinda qilgan amallariga yarasha jazolanurlar.
-
7:181
وَمِمَّنْ خَلَقْنَآ أُمَّةٌ يَهْدُونَ بِٱلْحَقِّ وَبِهِۦ يَعْدِلُونَ
Wa mimman khalaqnaaa ummatuny yahdoona bilhaqqi wa bihee ya'diloon
Va Biz yaratgan kimsalar ichida haq ila hidoyat qiladigan va u ila adolat qiladigan jamoat ham bor.
-
7:182
وَٱلَّذِينَ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا سَنَسْتَدْرِجُهُم مِّنْ حَيْثُ لَا يَعْلَمُونَ
Wallazeena kazzaboo bi Aayaatinaa sanastadrijuhum min haisu laa ya'lamoon
Oyatlarimizni yolg`onga chiqarganlarni esa, ular bilmaydigan tomondan asta-sekin olamiz.
-
7:183
وَأُمْلِى لَهُمْ ۚ إِنَّ كَيْدِى مَتِينٌ
Wa umlee lahum; inna kaidee mateen
Ularga muhlat berib qo`yaman. Albatta, Mening «makrim» metindir.
-
7:184
أَوَلَمْ يَتَفَكَّرُوا۟ ۗ مَا بِصَاحِبِهِم مِّن جِنَّةٍ ۚ إِنْ هُوَ إِلَّا نَذِيرٌ مُّبِينٌ
Awalam yatafakkaroo maa bisaahibihim min jinnah; in huwa illaa nazeerum mubeen
Ular o`z sohiblarida majnunlik yo`qligini tafakkur qilib ko`rmaydilarmi?! U faqat oshkora ogohlantiruvchi, xolos.
-
7:185
أَوَلَمْ يَنظُرُوا۟ فِى مَلَكُوتِ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا خَلَقَ ٱللَّهُ مِن شَىْءٍ وَأَنْ عَسَىٰٓ أَن يَكُونَ قَدِ ٱقْتَرَبَ أَجَلُهُمْ ۖ فَبِأَىِّ حَدِيثٍۭ بَعْدَهُۥ يُؤْمِنُونَ
Awalam yanzuroo fee malakootis samaawaati wal ardi wa maa khalaqal laahu min shai'inw wa an 'asaaa ai yakoona qadiqtaraba ajaluhum fabi aiyi hadeesim ba'dahoo yu'minoon
Osmonlaru yerning mulklariga, Alloh yaratgan narsalarga va, ajab emaski, ajallari yaqinlashib qolgan bo`lishiga nazar solmaydilarmi? Bundan keyin yana qaysi gapga ishonadilar?!
-
7:186
مَن يُضْلِلِ ٱللَّهُ فَلَا هَادِىَ لَهُۥ ۚ وَيَذَرُهُمْ فِى طُغْيَـٰنِهِمْ يَعْمَهُونَ
Mai yadlilil laahu falaa haadiyaa lah; wa yazaruhum fee tughyaanihim ya'mahoon
Alloh kimni zalolatga ketkazsa, unga hidoyat qiluvchi yo`qdir. Ularni tek qo`yib qo`yadi, tug`yonlarida adashib-uloqib yuraveradilar.
-
7:187
يَسْـَٔلُونَكَ عَنِ ٱلسَّاعَةِ أَيَّانَ مُرْسَىٰهَا ۖ قُلْ إِنَّمَا عِلْمُهَا عِندَ رَبِّى ۖ لَا يُجَلِّيهَا لِوَقْتِهَآ إِلَّا هُوَ ۚ ثَقُلَتْ فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ لَا تَأْتِيكُمْ إِلَّا بَغْتَةً ۗ يَسْـَٔلُونَكَ كَأَنَّكَ حَفِىٌّ عَنْهَا ۖ قُلْ إِنَّمَا عِلْمُهَا عِندَ ٱللَّهِ وَلَـٰكِنَّ أَكْثَرَ ٱلنَّاسِ لَا يَعْلَمُونَ
Yas'aloonaka 'anis Saa'ati aiyaana mursaahaa qul innamaa 'ilmuhaa 'inda Rabbee laa yujallaeehaa liwaqtihaaa illaa Hoo; saqulat fis samaawaati wal ard; laa taateekum illaa baghtah; yas'aloonaka ka annaka hafiyyun 'anhaa qul innamaa 'ilmuhaa 'indal laahi wa laakinna aksaran naasi laa ya'lamoon
Sendan soat (qiyomat) qachon sobit bo`lishi haqida so`rarlar. Sen: «Uning ilmi faqat Robbim huzuridadir. Uni faqat O`zigina zohir qiladir. U osmonlaru yerda og`ir ish bo`ladi. Sizlarga faqat to`satdan keladir», – deb ayt. Xuddi sen uni bilishing kerakdek, sendan so`rarlar. Sen: «Uning ilmi faqat Allohning huzuridadir. Lekin ko`p odamlar bilmaslar», – deb ayt.
-
7:188
قُل لَّآ أَمْلِكُ لِنَفْسِى نَفْعًا وَلَا ضَرًّا إِلَّا مَا شَآءَ ٱللَّهُ ۚ وَلَوْ كُنتُ أَعْلَمُ ٱلْغَيْبَ لَٱسْتَكْثَرْتُ مِنَ ٱلْخَيْرِ وَمَا مَسَّنِىَ ٱلسُّوٓءُ ۚ إِنْ أَنَا۠ إِلَّا نَذِيرٌ وَبَشِيرٌ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ
Qul laaa amliku linafsee naf'anw wa laa darran illaa maa shaaa'al laah; wa law kuntu a'alamul ghaiba lastaksartu minal khairi wa maa massaniyas soo'; in ana illaa nazeerunw wa basheerul liqawminy yu'minoon
Sen: «O`zim uchun na foyda va na zararga molik emasman. Magar Allohning xohlagani bo`lur. Agar g`aybni bilganimda, yaxshilikni ko`paytirib olgan bo`lar edim va menga yomonlik yetmasdi. Men faqat iymon keltiradigan qavmlar uchun ogohlantiruvchi va bashorat beruvchiman, xolos», – deb ayt.
-
7:189
۞ هُوَ ٱلَّذِى خَلَقَكُم مِّن نَّفْسٍ وَٰحِدَةٍ وَجَعَلَ مِنْهَا زَوْجَهَا لِيَسْكُنَ إِلَيْهَا ۖ فَلَمَّا تَغَشَّىٰهَا حَمَلَتْ حَمْلًا خَفِيفًا فَمَرَّتْ بِهِۦ ۖ فَلَمَّآ أَثْقَلَت دَّعَوَا ٱللَّهَ رَبَّهُمَا لَئِنْ ءَاتَيْتَنَا صَـٰلِحًا لَّنَكُونَنَّ مِنَ ٱلشَّـٰكِرِينَ
Huwal lazee khalaqakum min nafsinw waahidatinw wa ja'ala minhaa zawjahaa liyas kuna ilaihaa falammaa taghash shaahaa hamalat hamlan khafeefan famarrat bihee falammaaa asqalad da'awal laaha Rabbahumaa la'in aayaitanaa saalihal lanakoo nanna minash shaakireen
U sizlarni bir jondan yaratgan va orom olsin uchun undan juftini yaratgan Zotdir. Vaqtiki u (juftini) o`raganida yengil homilador bo`ldi. Bas, u bilan yurdi. U og`irlashganda esa, ikkovlon Robbilari Allohga: «Agar bizga solih (farzand) bersang, albatta, shukr keltiruvchilardan bo`lamiz», – deb duo qildilar.
-
7:190
فَلَمَّآ ءَاتَىٰهُمَا صَـٰلِحًا جَعَلَا لَهُۥ شُرَكَآءَ فِيمَآ ءَاتَىٰهُمَا ۚ فَتَعَـٰلَى ٱللَّهُ عَمَّا يُشْرِكُونَ
Falammaaa aataahumaa saalihan ja'alaa lahoo shurakaaa'a feemaaa aataahumaa; fata'aalal laahu 'ammaa yushrikoon
Ularga solih(farzand)ni berganida esa, Alloh bergan narsada Unga sheriklar qila boshlarlar. Alloh ular keltirgan shirkdan oliydir.
-
7:191
أَيُشْرِكُونَ مَا لَا يَخْلُقُ شَيْـًٔا وَهُمْ يُخْلَقُونَ
A yushrikoona maa laa yakhluqu shai'anw wa hum yukhlaqoon
Hech narsani yarata olmaydigan, o`zlari yaratiladigan narsalarni shirk keltirurlarmi?
-
7:192
وَلَا يَسْتَطِيعُونَ لَهُمْ نَصْرًا وَلَآ أَنفُسَهُمْ يَنصُرُونَ
Wa laa yastatee'oona lahum nasranw wa laaa anfusahum yansuroon
Va ularga yordam berishga qodir emaslar hamda o`zlariga ham yordam bera olmaslar.
-
7:193
وَإِن تَدْعُوهُمْ إِلَى ٱلْهُدَىٰ لَا يَتَّبِعُوكُمْ ۚ سَوَآءٌ عَلَيْكُمْ أَدَعَوْتُمُوهُمْ أَمْ أَنتُمْ صَـٰمِتُونَ
Wa in tad'oohum ilalhudaa laa yattabi'ookum; sawaaa'un 'alaikum a-da'awtumoohum am antum saamitoon
Agar ularni hidoyatga da'vat qilsangiz, sizga ergashmaslar. Ularni da'vat qilasizmi yoki jim turuvchi bo`lasizmi, siz uchun bari bir.
-
7:194
إِنَّ ٱلَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ عِبَادٌ أَمْثَالُكُمْ ۖ فَٱدْعُوهُمْ فَلْيَسْتَجِيبُوا۟ لَكُمْ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ
Innal lazeena tad'oona min doonil laahi 'ibaadun amsaalukum fad'oohum fal yastajeeboo lakum in kuntum saadiqeen
Albatta, siz Allohdan o`zga ibodat qilayotganlar o`zingizga o`xshash bandalardir. Agar rostgo`y bo`lsangiz, ularni chaqirib ko`ring, bas, sizga javob bersinlar-chi!
-
7:195
أَلَهُمْ أَرْجُلٌ يَمْشُونَ بِهَآ ۖ أَمْ لَهُمْ أَيْدٍ يَبْطِشُونَ بِهَآ ۖ أَمْ لَهُمْ أَعْيُنٌ يُبْصِرُونَ بِهَآ ۖ أَمْ لَهُمْ ءَاذَانٌ يَسْمَعُونَ بِهَا ۗ قُلِ ٱدْعُوا۟ شُرَكَآءَكُمْ ثُمَّ كِيدُونِ فَلَا تُنظِرُونِ
A lahum arjuluny yamshoona bihaa am lahum aidiny yabtishoona bihaaa am lahum a'yunuy yubsiroona bihaaa am lahum aazaanuny yasma'oona bihaa; qulid'oo shurakaaa'akum summa keedooni falaa tunziroon
Yoki ularning oyoqlari bormiki, yursalar; yoki qo`llari bormiki, ushlasalar; yoki ko`zlari bormiki, ko`rsalar; yoki quloqlari bormiki, eshitsalar. Sen: «Sheriklaringizni chaqiring-da, menga hech muhlat bermay, ziddimga hiyla-nayrang qilavering!
-
7:196
إِنَّ وَلِـِّۧىَ ٱللَّهُ ٱلَّذِى نَزَّلَ ٱلْكِتَـٰبَ ۖ وَهُوَ يَتَوَلَّى ٱلصَّـٰلِحِينَ
Inna waliyyial laahul lazee nazzalal Kitaaba wa Huwa yatawallas saaliheen
Albatta, mening valiyim — egam Kitobni nozil qilgan Allohdir. U solihlarni do`st tutadir.
-
7:197
وَٱلَّذِينَ تَدْعُونَ مِن دُونِهِۦ لَا يَسْتَطِيعُونَ نَصْرَكُمْ وَلَآ أَنفُسَهُمْ يَنصُرُونَ
Wallazeena tad'oona min doonihee laa yastatee'oona nasrakum wa laaa anfusahum yansuroon
Undan o`zga siz ibodat qilayotganlar sizga yordam berishga qodir emaslar va o`zlariga ham yordam bera olmaslar.
-
7:198
وَإِن تَدْعُوهُمْ إِلَى ٱلْهُدَىٰ لَا يَسْمَعُوا۟ ۖ وَتَرَىٰهُمْ يَنظُرُونَ إِلَيْكَ وَهُمْ لَا يُبْصِرُونَ
Wa in tad'oohum ilal hudaa laa yasm'oo wa taraahum yanzuroona ilaika wa hum laa yubsiroon
Agar ularni hidoyatga da'vat qilsangiz, eshitmaslar. Ularni senga nazar solib turgandek ko`rasan. Holbuki, ular ko`rmaslar», – deb ayt.
-
7:199
خُذِ ٱلْعَفْوَ وَأْمُرْ بِٱلْعُرْفِ وَأَعْرِضْ عَنِ ٱلْجَـٰهِلِينَ
khuzil 'afwa waamur bil'urfi waa'rid 'anil jaahileen
Kechirimli bo`l, yaxshilikka buyur va johillardan yuz o`gir.
-
7:200
وَإِمَّا يَنزَغَنَّكَ مِنَ ٱلشَّيْطَـٰنِ نَزْغٌ فَٱسْتَعِذْ بِٱللَّهِ ۚ إِنَّهُۥ سَمِيعٌ عَلِيمٌ
Wa immaa yanzaghannaka minash Shaitaani nazghun fasta'iz billaah; innahoo Samee'un Aleem
Agar senga shayton tomonidan sanchish sanchilsa, Allohdan panoh so`ra. Albatta, U yaxshi eshituvchi va yaxshi ko`ruvchi Zotdir.
-
7:201
إِنَّ ٱلَّذِينَ ٱتَّقَوْا۟ إِذَا مَسَّهُمْ طَـٰٓئِفٌ مِّنَ ٱلشَّيْطَـٰنِ تَذَكَّرُوا۟ فَإِذَا هُم مُّبْصِرُونَ
Innal lazeenat taqaw izaa massahum taaa'ifum minash Shaitaani tazakkaroo fa izaa hum mubsiroon
Taqvo qiluvchilar, agar ularga shaytondan bir sharpa yetsa, albatta, zikr qilarlar, bas, ko`ribsanki, ular (to`g`ri yo`lni) ko`ruvchi bo`lib turibdilar.
-
7:202
وَإِخْوَٰنُهُمْ يَمُدُّونَهُمْ فِى ٱلْغَىِّ ثُمَّ لَا يُقْصِرُونَ
Wa ikhwaanuhum yamuddoonahum fil ghaiyi summa laa yuqsiroon
Va u(shayton)larning birodarlari yo`ldan ozdirishda ularga madad berarlar, so`ngra bunda to`xtamaslar.
-
7:203
وَإِذَا لَمْ تَأْتِهِم بِـَٔايَةٍ قَالُوا۟ لَوْلَا ٱجْتَبَيْتَهَا ۚ قُلْ إِنَّمَآ أَتَّبِعُ مَا يُوحَىٰٓ إِلَىَّ مِن رَّبِّى ۚ هَـٰذَا بَصَآئِرُ مِن رَّبِّكُمْ وَهُدًى وَرَحْمَةٌ لِّقَوْمٍ يُؤْمِنُونَ
Wa izaa lam taatihim bi aayatin qaaloo law lajtabai tahaa; qul innamaaa attabi'u maa yoohaaa ilaiya mir Rabbee; haazaa basaaa'iru mir Rabbikum wa hudanw wa rahmatul liqawminy yu'minoon
Va agar ularga mo`'jiza keltirmasang, «O`zing to`qib qo`yavermaysanmi?» – derlar. Sen: «Men faqat Robbimdan vahiy qilingan narsaga ergashaman, xolos. Mana bu — iymon keltiruvchi qavm uchun Robbingizdan ko`z ochuvchi, hidoyat va rahmatdir», deb ayt.
-
7:204
وَإِذَا قُرِئَ ٱلْقُرْءَانُ فَٱسْتَمِعُوا۟ لَهُۥ وَأَنصِتُوا۟ لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ
Wa izaa quri'al Quraanu fastami'oo lahoo wa ansitoo la 'allakum turhamoon
Qur'on tilovat qilganda, uni tinglanglar va jim turinglar, shoyad, rahmatga erishsangiz.
-
7:205
وَٱذْكُر رَّبَّكَ فِى نَفْسِكَ تَضَرُّعًا وَخِيفَةً وَدُونَ ٱلْجَهْرِ مِنَ ٱلْقَوْلِ بِٱلْغُدُوِّ وَٱلْـَٔاصَالِ وَلَا تَكُن مِّنَ ٱلْغَـٰفِلِينَ
Wazkur Rabbaka fee nafsika tadarru'anw wa kheefatanw wa doonal jahri minal qawli bilghuduwwi wal aasali wa laa takum minal ghaafileen
Robbingni ertayu kech ichingda tazarru'-la, qo`rqib, ovoz chiqarib gapirmay zikr qil va g`ofillardan bo`lma.
-
7:206
إِنَّ ٱلَّذِينَ عِندَ رَبِّكَ لَا يَسْتَكْبِرُونَ عَنْ عِبَادَتِهِۦ وَيُسَبِّحُونَهُۥ وَلَهُۥ يَسْجُدُونَ ۩
Innal lazeena 'inda Rabbika laa yastakbiroona 'an 'ibaadatihee wa yusabbihoonahoo wa lahoo yasjudoon
Robbing huzuridagilar, albatta, Uning ibodatidan mutakabbirlik qilmaslar, Uni poklab yod etadilar va Unga sajda qilarlar.
Manbalar
- Maʼnolar tarjimasi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
- Qiroat: Mishari Roshid al-Afasiy, mp3quran.net.
- Transliteratsiya faqat oʻqishga yordamchi. Toʻgʻri talaffuzni qorining qiroatidan yoki ustozdan oʻrganing.
وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ
«Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!» — Qamar surasi, 54:17