Ahqof surasini qanday yod olish mumkin
«Qum tepaliklari»
- 46-sura
- 35 oyat
- Makkiy
- Mushafning 502–506-sahifalari
الأحقاف
Ilova oʻrnatilgan boʻlsa, uni ochadi, aks holda App Store / Google Play’ni ochadi.
Surani toʻliq tinglang
Qori: Mishari Roshid al-Afasiy
Qancha vaqt kerak
Har kuni ushlab tura oladigan surʼatni tanlang:
| Kuniga 1 oyat | 35 kun |
| Kuniga 3 oyat | 12 kun |
| Kuniga 5 oyat | 7 kun |
Oyatma-oyat qanday yod olish kerak
- Avval tinglangOyatni bir necha marta qoʻying va arabcha matnni koʻzingiz bilan kuzatib boring.
- Ovoz chiqarib takrorlangTilingizga oson kelguncha qayta-qayta ayting. Qaree har bir takrorni sanaydi.
- Yoddan oʻqingMatnga qaramay oʻqing. Qaree’ning tilovat rejimi sizni tinglaydi va xato qilgan soʻzlaringizni belgilaydi.
- Ulang va takrorlangYangi oyatni oldingilari bilan birga oʻqing, ertasi kuni esa surani yana bir bor takrorlang.
Ahqof surasi: arabcha matni, transliteratsiyasi va tarjimasi
-
46:1
حمٓ
Haa-Meeeem
Haa. Miym.
-
46:2
تَنزِيلُ ٱلْكِتَـٰبِ مِنَ ٱللَّهِ ٱلْعَزِيزِ ٱلْحَكِيمِ
Tanzeelul Kitaabi minal laahil-'Azeezil Hakeem
Kitob tushirilishi Folib va hikmatli Alloh tarafidandir.
-
46:3
مَا خَلَقْنَا ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَمَا بَيْنَهُمَآ إِلَّا بِٱلْحَقِّ وَأَجَلٍ مُّسَمًّى ۚ وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ عَمَّآ أُنذِرُوا۟ مُعْرِضُونَ
Maa khalaqnas samaawaati wal arda wa maa bainahumaaa illaa bilhaqqi wa ajalim musammaa; wallazeena kafaroo 'ammaaa unziroo mu'ridoon
Osmonlaru yerni hamda ular o`rtasidagi narsalarni faqat haq va belgilangan muddat ila yaratdik. Kofirlar bo`lsa, o`zlari ogohlantirilgan narsadan yuz o`giruvchilardir.
-
46:4
قُلْ أَرَءَيْتُم مَّا تَدْعُونَ مِن دُونِ ٱللَّهِ أَرُونِى مَاذَا خَلَقُوا۟ مِنَ ٱلْأَرْضِ أَمْ لَهُمْ شِرْكٌ فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ ۖ ٱئْتُونِى بِكِتَـٰبٍ مِّن قَبْلِ هَـٰذَآ أَوْ أَثَـٰرَةٍ مِّنْ عِلْمٍ إِن كُنتُمْ صَـٰدِقِينَ
Qul ara'aytum maa tad'oona min doonil laahi aroonee maazaa khalaqoo minal ardi am lahum shirkun fis samaawaati eetoonee bi kitaabim min qabli haazaaa aw asaaratim min 'ilmin in kuntum saadiqeen
Sen: «Allohdan o`zga sig`inayotgan narsalaringizning xabarini bering-chi, menga ko`rsating-chi, ular yerdan nimani yaratdilar? Yoki osmonlarni (yaratishda) ishtiroklari bormi? Agar rostgo`y bo`lsalaringiz, menga bu(Qur'on)dan oldingi kitobni yoki ilmiy bir belgini (dalilni) keltiring», deb ayt.
-
46:5
وَمَنْ أَضَلُّ مِمَّن يَدْعُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ مَن لَّا يَسْتَجِيبُ لَهُۥٓ إِلَىٰ يَوْمِ ٱلْقِيَـٰمَةِ وَهُمْ عَن دُعَآئِهِمْ غَـٰفِلُونَ
Wa man adallu mimmany yad'oo min doonil laahi mallaa yastajeebu lahooo ilaa Yawmil Qiyaamati wa hum'an du'aaa'ihim ghaafiloon
Allohni qo`yib, qiyomat kunigacha duosini mustajob qilolmaydiganlarga iltijo etadiganlardan ham adashganroqlar bormi?! Holbuki, u(but)lar ularning duosidan g`ofildirlar.
-
46:6
وَإِذَا حُشِرَ ٱلنَّاسُ كَانُوا۟ لَهُمْ أَعْدَآءً وَكَانُوا۟ بِعِبَادَتِهِمْ كَـٰفِرِينَ
Wa izaa hushiran naasu kaanoo lahum a'daaa'anw wa kaanoo bi'ibaadatihim kaafireen
Odamlar mahsharga to`planganda, o`sha(but)lar ularga dushman bo`lurlar va ibodatlariga ham munkir bo`lurlar.
-
46:7
وَإِذَا تُتْلَىٰ عَلَيْهِمْ ءَايَـٰتُنَا بَيِّنَـٰتٍ قَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لِلْحَقِّ لَمَّا جَآءَهُمْ هَـٰذَا سِحْرٌ مُّبِينٌ
Wa izaa tutlaa 'alaihim Aayaatunaa baiyinaatin qaalal lazeena kafaroo lilhaqqi lammaa jaaa'ahum haazaa sihrum mubeen
Qachonki ularga ravshan oyatlarimiz tilovat qilinsa, kufr keltirganlar Haq (Qur'on) ularga kelgandayoq, bu ochiq-oydin sehrdir, derlar.
-
46:8
أَمْ يَقُولُونَ ٱفْتَرَىٰهُ ۖ قُلْ إِنِ ٱفْتَرَيْتُهُۥ فَلَا تَمْلِكُونَ لِى مِنَ ٱللَّهِ شَيْـًٔا ۖ هُوَ أَعْلَمُ بِمَا تُفِيضُونَ فِيهِ ۖ كَفَىٰ بِهِۦ شَهِيدًۢا بَيْنِى وَبَيْنَكُمْ ۖ وَهُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلرَّحِيمُ
Am yaqooloonaf taraahu qul inif taraituhoo falaa tamlikoona lee minal laahi shai'an Huwa a'lamu bimaa tufeedoona feehi kafaa bihee shaheedam bainee wa bainakum wa Huwal Ghafoorur Raheem
Balki, u(Qur'on)ni o`zi to`qib olgan, ham derlar. Sen: «Agar uni to`qib olgan bo`lsam, Allohdan (keladigan) biror narsani mendan qaytarishga qodir emassiz. U zotning O`zi u(kitob) haqida siz sho`ng`iyotgan narsalarni yaxshi biluvchidir. Men bilan sizning o`rtangizda guvohlikka Uning O`zi kifoyadir. Va U kechiruvchi ham rahimli Zotdir», deb ayt.
-
46:9
قُلْ مَا كُنتُ بِدْعًا مِّنَ ٱلرُّسُلِ وَمَآ أَدْرِى مَا يُفْعَلُ بِى وَلَا بِكُمْ ۖ إِنْ أَتَّبِعُ إِلَّا مَا يُوحَىٰٓ إِلَىَّ وَمَآ أَنَا۠ إِلَّا نَذِيرٌ مُّبِينٌ
Qul maa kuntu bid'am minal Rusuli wa maaa adreee ma yuf'alu bee wa laa bikum in attabi'u illaa maa yoohaaa ilaiya ya maaa ana illaa nazeerum mubeen
Sen: «Men birinchi Payg`ambar emasman, menga va sizlarga nima qilinishini bilmasman. Faqat, o`zimga vahiy qilinayotgan narsagagina ergashurman. Men ochiq-oydin ogohlantiruvchiman, xolos», deb ayt.
-
46:10
قُلْ أَرَءَيْتُمْ إِن كَانَ مِنْ عِندِ ٱللَّهِ وَكَفَرْتُم بِهِۦ وَشَهِدَ شَاهِدٌ مِّنۢ بَنِىٓ إِسْرَٰٓءِيلَ عَلَىٰ مِثْلِهِۦ فَـَٔامَنَ وَٱسْتَكْبَرْتُمْ ۖ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يَهْدِى ٱلْقَوْمَ ٱلظَّـٰلِمِينَ
Qul ara'aytum in kaana min 'indil laahi wa kafartum bihee wa shahida shaahidum mim Banee Israaa'eela 'alaa mislihee fa aamana wastak bartum innal laaha laa yahdil qawmaz zaalimeen
Sen: «Ayting-chi, agar u (Qur'on) Allohdan bo`lsa-yu, siz unga kufr keltirsangiz va holbuki, Bani Isroildan bir guvoh u(Qur'on)ga o`xshash narsaga guvohlik berib, iymon keltirib turibdi, siz esa, kibru havo qilyapsiz. Albatta, Alloh zolim qavmlarni hidoyat qilmas», deb ayt.
-
46:11
وَقَالَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ لِلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ لَوْ كَانَ خَيْرًا مَّا سَبَقُونَآ إِلَيْهِ ۚ وَإِذْ لَمْ يَهْتَدُوا۟ بِهِۦ فَسَيَقُولُونَ هَـٰذَآ إِفْكٌ قَدِيمٌ
Wa qaalal lazeena kafaroo lillazeena aamanoo law kaana khairam maa sabaqoonaaa ilyh; wa iz lam yahtadoo bihee fasa yaqooloona haazaaa ifkun qadeem
Kufr keltirganlar iymon keltirganlarga: «Agar u (Qur'on) yaxshilik bo`lganida, unga bizdan avval bormasdilar», dedilar. U(Qur'on)dan hidoyat topishmagach, bu — qadimgi uydirmadir, derlar.
-
46:12
وَمِن قَبْلِهِۦ كِتَـٰبُ مُوسَىٰٓ إِمَامًا وَرَحْمَةً ۚ وَهَـٰذَا كِتَـٰبٌ مُّصَدِّقٌ لِّسَانًا عَرَبِيًّا لِّيُنذِرَ ٱلَّذِينَ ظَلَمُوا۟ وَبُشْرَىٰ لِلْمُحْسِنِينَ
Wa min qablihee kitaabu Moosaaa imaamanw-wa rahmah; wa haazaa Kitaabum musad diqul lisaanan 'Arabiyyal liyunziral lazeena zalamoo wa bushraa lilmuhsineen
U(Qur'on)dan oldin Musoning kitobi yo`l boshlovchi va rahmat edi. Bu (Qur'on) esa, arab tilidagi, tasdiqlovchi, zulm qiluvchilarni ogohlantirish uchun va yaxshilarga bashorat kitobidir.
-
46:13
إِنَّ ٱلَّذِينَ قَالُوا۟ رَبُّنَا ٱللَّهُ ثُمَّ ٱسْتَقَـٰمُوا۟ فَلَا خَوْفٌ عَلَيْهِمْ وَلَا هُمْ يَحْزَنُونَ
Innal lazeena qaaloo Rabbunal laahu summas taqaamoo falaa khawfun 'alaihim wa laahum yahzanoon
Albatta «Robbimiz Allohdir» degan, so`ngra bunda mustaqiym turganlarga xavf yo`qdir va ular xafa ham bo`lmaslar.
-
46:14
أُو۟لَـٰٓئِكَ أَصْحَـٰبُ ٱلْجَنَّةِ خَـٰلِدِينَ فِيهَا جَزَآءًۢ بِمَا كَانُوا۟ يَعْمَلُونَ
Ulaaa'ika Ashabul Jannati khaalideena feehaa jazaaa'am bimaa kaano ya'maloon
Ana o`shalar jannat egalaridir, qilgan amallari mukofotiga unda abadiy qolurlar.
-
46:15
وَوَصَّيْنَا ٱلْإِنسَـٰنَ بِوَٰلِدَيْهِ إِحْسَـٰنًا ۖ حَمَلَتْهُ أُمُّهُۥ كُرْهًا وَوَضَعَتْهُ كُرْهًا ۖ وَحَمْلُهُۥ وَفِصَـٰلُهُۥ ثَلَـٰثُونَ شَهْرًا ۚ حَتَّىٰٓ إِذَا بَلَغَ أَشُدَّهُۥ وَبَلَغَ أَرْبَعِينَ سَنَةً قَالَ رَبِّ أَوْزِعْنِىٓ أَنْ أَشْكُرَ نِعْمَتَكَ ٱلَّتِىٓ أَنْعَمْتَ عَلَىَّ وَعَلَىٰ وَٰلِدَىَّ وَأَنْ أَعْمَلَ صَـٰلِحًا تَرْضَىٰهُ وَأَصْلِحْ لِى فِى ذُرِّيَّتِىٓ ۖ إِنِّى تُبْتُ إِلَيْكَ وَإِنِّى مِنَ ٱلْمُسْلِمِينَ
Wa wassainal insaana biwaalidaihi ihsaanan hamalathu ummuhoo kurhanw-wa wada'athu kurhanw wa hamluhoo wa fisaaluhoo salaasoona shahraa; hattaaa izaa balagha ashuddahoo wa balagho arba'eena sanatan qaala Rabbi aqzi'neee an ashkura ni'matakal lateee an'amta 'alaiya wa 'alaa waalidaiya wa an a'mala saalihan tardaahu wa aslih lee fee zurriyyatee innee tubtu ilaika wa innee minal muslimeen
Biz insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. Onasi unga qiynalib homilador bo`ldi va uni qiynalib tug`di. Va uning homilasi va ko`krakdan ajratishi o`ttiz oydir. Toki, u kamolga yetib, qirq yoshga kirganida: «Robbim, O`zing menga va ota-onamga bergan ne'matlaringga shukr qilishimga va Sen rozi bo`lgan solih(ish)ni qilishimga ilhom bergin. Va mening zurriyotlarimni ham solihlardan qilgin. Albatta, men tavba qildim va albatta, men musulmonlardanman», dedi.
-
46:16
أُو۟لَـٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ نَتَقَبَّلُ عَنْهُمْ أَحْسَنَ مَا عَمِلُوا۟ وَنَتَجَاوَزُ عَن سَيِّـَٔاتِهِمْ فِىٓ أَصْحَـٰبِ ٱلْجَنَّةِ ۖ وَعْدَ ٱلصِّدْقِ ٱلَّذِى كَانُوا۟ يُوعَدُونَ
Ulaaa'ikal lazeena nata qabbalu 'anhum ahsana maa 'amiloo wa natajaawazu 'an saiyiaatihim feee Ashaabil jannati Wa'das sidqil lazee kaanoo yoo'adoon
Ana o`shalarning eng yaxshi amallarini qabul qilib, yomonliklarini o`tib yuborurmiz. Ular jannat egalaridandir. Ularga berilgan haq va'da shuldir.
-
46:17
وَٱلَّذِى قَالَ لِوَٰلِدَيْهِ أُفٍّ لَّكُمَآ أَتَعِدَانِنِىٓ أَنْ أُخْرَجَ وَقَدْ خَلَتِ ٱلْقُرُونُ مِن قَبْلِى وَهُمَا يَسْتَغِيثَانِ ٱللَّهَ وَيْلَكَ ءَامِنْ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّ فَيَقُولُ مَا هَـٰذَآ إِلَّآ أَسَـٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ
Wallazee qaala liwaali daihi uffil lakumaaa ata'idanineee an ukhraja wa qad khalatil quroonu min qablee wa humaa yastagheesaanil laaha wailaka aamin inna wa'dal laahi haqq, fa yaqoolu maa haazaaa illaaa asaateerul awwaleen
Ota-onasiga: «Uff sizlarga, (qabrdan) chiqarilishimning va'dasini berayapsizlarmi?! Mendan avval ham asrlar o`tgan-ku!» – degan kishiga, Allohdan madad so`ragan holda, ular: «Holingga voy bo`lgur, iymon keltir, albatta, Allohning va'dasi haqdir», dedilar. U bo`lsa: «Bu o`tganlarning afsonalari, xolos», der.
-
46:18
أُو۟لَـٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ حَقَّ عَلَيْهِمُ ٱلْقَوْلُ فِىٓ أُمَمٍ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِم مِّنَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ ۖ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ خَـٰسِرِينَ
Ulaaa'ikal lazeena haqqa 'alaihimul qawlu feee umamin qad khalat min qablihim minal jinni wal insi innahum kaanoo khaasireen
Ana o`shalarga o`zlaridan avval o`tgan jin va ins ummatlari qatorida (azob) so`zi haq bo`lgandir. Albatta, ular ziyon ko`ruvchilardan bo`ldilar.
-
46:19
وَلِكُلٍّ دَرَجَـٰتٌ مِّمَّا عَمِلُوا۟ ۖ وَلِيُوَفِّيَهُمْ أَعْمَـٰلَهُمْ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ
Wa likullin darajaatum mimmaa 'amiloo wa liyuwaf fiyahum a'maalahum wa hum laa yuzlamoon
Har birlariga qilgan amallariga yarasha darajalar bordir. Va ularga amallarining (mukofot yoki jazosi) to`liq berilur va ularga zulm qilinmas.
-
46:20
وَيَوْمَ يُعْرَضُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ عَلَى ٱلنَّارِ أَذْهَبْتُمْ طَيِّبَـٰتِكُمْ فِى حَيَاتِكُمُ ٱلدُّنْيَا وَٱسْتَمْتَعْتُم بِهَا فَٱلْيَوْمَ تُجْزَوْنَ عَذَابَ ٱلْهُونِ بِمَا كُنتُمْ تَسْتَكْبِرُونَ فِى ٱلْأَرْضِ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ وَبِمَا كُنتُمْ تَفْسُقُونَ
Wa Yawma yu'radul lazeena kafaroo 'alan Naai azhabtum taiyibaatikum fee hayaatikumud dunyaa wastam ta'tum bihaa fal Yawma tujzawna 'azaabal hooni bimaa kuntum tastakbiroona fil ardi bighairil haqqi wa bimaa kuntum tafsuqoon
Kufr keltirganlar do`zaxga ko`ndalang qilingan kunda (ularga): «Hayoti dunyodayoq huzur-halovatingizni ketkazib, mazasini tatib bo`lgansiz. Bugungi kunda yer yuzida nohaq kibru havo va fisqu fasod qilganingiz uchun xorlik azobi ila jazolanursiz», deyilur.
-
46:21
۞ وَٱذْكُرْ أَخَا عَادٍ إِذْ أَنذَرَ قَوْمَهُۥ بِٱلْأَحْقَافِ وَقَدْ خَلَتِ ٱلنُّذُرُ مِنۢ بَيْنِ يَدَيْهِ وَمِنْ خَلْفِهِۦٓ أَلَّا تَعْبُدُوٓا۟ إِلَّا ٱللَّهَ إِنِّىٓ أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ
Wazkur akhaa 'Aad, iz anzara qawmahoo bil Ahqaafi wa qad khalatin nuzuru mim baini yadaihi wa min khalfiheee allaa ta'budooo illal laaha inneee akhaafu 'alaikum 'azaaba Yawmin 'azeem
O`z qavmini qum tepaliklarda ogohlantirgan Odning birodarini esla! Va holbuki, undan avval ham, keyin ham ogohlantiruvchilar o`tgan. «U zotdan o`zgaga ibodat qilmanglar, albatta, men ulug` kunda boshingizga tushadigan azobdan qo`rqurman, (dedi)».
-
46:22
قَالُوٓا۟ أَجِئْتَنَا لِتَأْفِكَنَا عَنْ ءَالِهَتِنَا فَأْتِنَا بِمَا تَعِدُنَآ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّـٰدِقِينَ
Qaaloo aji'tanaa litaa fikanaa 'an aalihatinaa faatinaa bimaa ta'idunaaa in kunta minas saadiqeen
Ular: «Bizni xudolarimizdan ozdirishga keldingmi? Agar rostgo`ylardan bo`lsang, bizga va'da qilayotgan narsangni keltir», dedilar.
-
46:23
قَالَ إِنَّمَا ٱلْعِلْمُ عِندَ ٱللَّهِ وَأُبَلِّغُكُم مَّآ أُرْسِلْتُ بِهِۦ وَلَـٰكِنِّىٓ أَرَىٰكُمْ قَوْمًا تَجْهَلُونَ
Qaala innamal 'ilmu indal laahi wa uballighukum maaa uriltu bihee wa laakinneee araakum qawman tajhaloon
U: «Albatta, ilm Allohning huzuridadir. Men nima bilan yuborilgan bo`lsam, shuni yetkazmoqdaman. Lekin sizlarning johil qavmligingizni ko`rib turibman», dedi.
-
46:24
فَلَمَّا رَأَوْهُ عَارِضًا مُّسْتَقْبِلَ أَوْدِيَتِهِمْ قَالُوا۟ هَـٰذَا عَارِضٌ مُّمْطِرُنَا ۚ بَلْ هُوَ مَا ٱسْتَعْجَلْتُم بِهِۦ ۖ رِيحٌ فِيهَا عَذَابٌ أَلِيمٌ
Falammaa ra awhu 'aaridam mustaqbila awdiyatihim qaaloo haazaa 'aaridum mumtirunaa; bal huwa masta'jaltum bihee reehun feehaa 'azaabun aleem
U(azob)ning vodiylari tomon ko`ndalang bo`lib yurganini ko`rishganda, bu ko`ndalang bo`luvchi bizga yomg`ir yog`dirur, deyishdi. Yo`q! Bu, o`zingiz orziqib so`ragan narsa, alamli azobi bor bo`rondir.
-
46:25
تُدَمِّرُ كُلَّ شَىْءٍۭ بِأَمْرِ رَبِّهَا فَأَصْبَحُوا۟ لَا يُرَىٰٓ إِلَّا مَسَـٰكِنُهُمْ ۚ كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْقَوْمَ ٱلْمُجْرِمِينَ
Tudammiru kulla shai'im bi-amri Rabbihaa fa asbahoo laa yuraaa illaa masaakinuhum; kazaalika najzil qawmal mujrimeen
U, Robbisining amri ila har bir narsani vayron qilur. Bas, maskanlaridan boshqa narsa ko`rinmay qoldi. Jinoyatchi qavmlarni shundoq jazolarmiz.
-
46:26
وَلَقَدْ مَكَّنَّـٰهُمْ فِيمَآ إِن مَّكَّنَّـٰكُمْ فِيهِ وَجَعَلْنَا لَهُمْ سَمْعًا وَأَبْصَـٰرًا وَأَفْـِٔدَةً فَمَآ أَغْنَىٰ عَنْهُمْ سَمْعُهُمْ وَلَآ أَبْصَـٰرُهُمْ وَلَآ أَفْـِٔدَتُهُم مِّن شَىْءٍ إِذْ كَانُوا۟ يَجْحَدُونَ بِـَٔايَـٰتِ ٱللَّهِ وَحَاقَ بِهِم مَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ
Wa laqad makkannaahum feemaaa im makkannaakum feehi waj'alnaa lahum sam'anw wa absaaranw wa af'idatan famaaa aghnaa 'anhum samu'uhum wa laaa absaaruhum wa laaa af'idatuhum min shai'in iz kaanoo yajhadoona bi Aayaatil laahi wa haaqa bihim maa kaanoo bihee yastahzi'oon
Va, darhaqiqat, Biz ularga sizga bermagan imkonlarni bergan edik. Hamda quloq, ko`z va qalblar ato etdik. Bas, na quloqlari, na ko`zlari va na qalblari ularga hech bir foyda bermadi. Chunki, ular Allohning oyatlarini inkor qilgan edilar. Bas, ularni o`zlari masxara qilgan narsa (azob) o`rab oldi.
-
46:27
وَلَقَدْ أَهْلَكْنَا مَا حَوْلَكُم مِّنَ ٱلْقُرَىٰ وَصَرَّفْنَا ٱلْـَٔايَـٰتِ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ
Wa laqad ahlaknaa ma hawlakum minal quraa wa sarrafnal Aayaati la'allahum yarji'oon
Haqiqatan, atrofingizdagi shahar-qishloqlarni halokatga uchratdik va shoyadki, o`zlariga qaytsalar, deb hujjat-dalillarni bayon qildik.
-
46:28
فَلَوْلَا نَصَرَهُمُ ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ قُرْبَانًا ءَالِهَةًۢ ۖ بَلْ ضَلُّوا۟ عَنْهُمْ ۚ وَذَٰلِكَ إِفْكُهُمْ وَمَا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ
Falaw laa nasarahumul lazeenat takhazoo min doonil laahi qurbaanan aalihatam bal dalloo 'anhum' wa zaalika ifkuhum wa maa kaanoo yaftaroon
Qani endi, Allohni qo`yib, U zotga yaqinlashtiruvchi deb tutingan «xudolari» ularga yordam bersalar edi. Yo`q! Ular g`oyib bo`ldilar. Va bu ularning uydirma hamda to`qigan bo`htonlaridir.
-
46:29
وَإِذْ صَرَفْنَآ إِلَيْكَ نَفَرًا مِّنَ ٱلْجِنِّ يَسْتَمِعُونَ ٱلْقُرْءَانَ فَلَمَّا حَضَرُوهُ قَالُوٓا۟ أَنصِتُوا۟ ۖ فَلَمَّا قُضِىَ وَلَّوْا۟ إِلَىٰ قَوْمِهِم مُّنذِرِينَ
Wa iz sarafinaaa ilaika nafaram minal jinni yastami'oonal Quraana falammaa hadaroohu qaalooo ansitoo falammaa qudiya wallaw ilaa qawmihim munzireen
Va sen tomon bir guruh jinlarni Qur'on eshitishga burganimizni esla. U(Qur'on eshitish)ga hozir bo`lganlarida: «Jim, quloq osinglar!» – dedilar. Qachonki, qiroat oxirlaganda, o`z qavmlariga ogohlantiruvchi bo`lib qaytdilar.
-
46:30
قَالُوا۟ يَـٰقَوْمَنَآ إِنَّا سَمِعْنَا كِتَـٰبًا أُنزِلَ مِنۢ بَعْدِ مُوسَىٰ مُصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ يَهْدِىٓ إِلَى ٱلْحَقِّ وَإِلَىٰ طَرِيقٍ مُّسْتَقِيمٍ
Qaaloo yaa qawmanaaa innaa sami'naa Kitaaban unzila mim ba'di Moosa musaddiqal limaa baina yadihi yahdeee ilal haqqi wa ilaa Tareeqim Mustaqeem
Ular: «Ey qavmimiz! Biz Musodan keyin tushirilgan, o`zidan avvalgi narsa(kitoblar)ni tasdiqlovchi, haq(din)ga va to`g`ri yo`lga hidoyat qiluvchi kitobni eshitdik.
-
46:31
يَـٰقَوْمَنَآ أَجِيبُوا۟ دَاعِىَ ٱللَّهِ وَءَامِنُوا۟ بِهِۦ يَغْفِرْ لَكُم مِّن ذُنُوبِكُمْ وَيُجِرْكُم مِّنْ عَذَابٍ أَلِيمٍ
Yaa qawmanaaa ajeeboo daa'iyal laahi wa aaminoo bihee yaghfir lakum min zunoobikum wa yujirkum min 'azaabin aleem
Ey qavmimiz, Allohning da'vatchisiga javob bering va Unga iymon keltiring. U sizlarning gunohlaringizni mag`firat qilar va alamli azobdan saqlar.
-
46:32
وَمَن لَّا يُجِبْ دَاعِىَ ٱللَّهِ فَلَيْسَ بِمُعْجِزٍ فِى ٱلْأَرْضِ وَلَيْسَ لَهُۥ مِن دُونِهِۦٓ أَوْلِيَآءُ ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ فِى ضَلَـٰلٍ مُّبِينٍ
Wa mal laa yujib daa'iyal laahi falaisa bimu'jizin fil ardi wa laisa lahoo min dooniheee awliyaaa'; ulaaa ika fee dalaalim mubeen
Kimki, Allohning da'vatchisini qabul qilmasa, bas, u yer yuzida qochib qutula oluvchi emasdir va unga U zotdan o`zga valiylar ham yo`qdir. Ana o`shalar ochiq-oydin zalolatdadir», dedilar.
-
46:33
أَوَلَمْ يَرَوْا۟ أَنَّ ٱللَّهَ ٱلَّذِى خَلَقَ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضَ وَلَمْ يَعْىَ بِخَلْقِهِنَّ بِقَـٰدِرٍ عَلَىٰٓ أَن يُحْـِۧىَ ٱلْمَوْتَىٰ ۚ بَلَىٰٓ إِنَّهُۥ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ قَدِيرٌ
Awalam yaraw annal laahal lazee khalaqas samaawaati wal larda wa lam ya'ya bikhal qihinna biqaadirin 'alaaa aiyuhyiyal mawtaa; balaaa innahoo 'alaa kulli shai'in Qadeer
Ular osmonlaru yerni yaratgan va ularni yaratishda behol bo`lmagan Alloh o`liklarni ham tiriltirishga qodir ekanini anglab yetmadilarmi? Zero, U zot har bir narsaga qodirdir.
-
46:34
وَيَوْمَ يُعْرَضُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ عَلَى ٱلنَّارِ أَلَيْسَ هَـٰذَا بِٱلْحَقِّ ۖ قَالُوا۟ بَلَىٰ وَرَبِّنَا ۚ قَالَ فَذُوقُوا۟ ٱلْعَذَابَ بِمَا كُنتُمْ تَكْفُرُونَ
Wa Yawma yu'radul lazeena kafaroo 'alan naari alaisa haaza bil haqq; qaaloo balaa wa Rabbinaa; qaala fazooqul 'azaaba bimaa kuntum takfuroon
Kufr keltirganlar do`zaxga ko`ndalang qilingan kunda: «Bu, haq emasmi?!» (deyilur). Ular: «Robbimizga qasamki, xuddi shundoq», dedilar. «Bas, kufr keltirganingiz uchun azobni tortinglar», dedi.
-
46:35
فَٱصْبِرْ كَمَا صَبَرَ أُو۟لُوا۟ ٱلْعَزْمِ مِنَ ٱلرُّسُلِ وَلَا تَسْتَعْجِل لَّهُمْ ۚ كَأَنَّهُمْ يَوْمَ يَرَوْنَ مَا يُوعَدُونَ لَمْ يَلْبَثُوٓا۟ إِلَّا سَاعَةً مِّن نَّهَارٍۭ ۚ بَلَـٰغٌ ۚ فَهَلْ يُهْلَكُ إِلَّا ٱلْقَوْمُ ٱلْفَـٰسِقُونَ
Fasbir kamaa sabara ulul 'azmi minar Rusuli wa laa tasta'jil lahum; ka annahum Yawma yarawna maa yoo'adoona lam yalbasooo illaa saa'atam min nahaar; balaagh; fahal yuhlaku illal qawmul faasiqoon
Bas, azmu matonat sohibi bo`lgan Payg`ambarlar sabr qilgandek, sabr qil, ularga (azob yetishiga) shoshilma! Ular va'da qilingan narsani ko`rganlarida xuddi (bu dunyoda) kunduzdan bir lahzagina turganga o`xsharlar. Bu yetkazishdir! Bas, faqat fosiq qavmlargina halok qilinur, xolos!
Manbalar
- Maʼnolar tarjimasi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
- Qiroat: Mishari Roshid al-Afasiy, mp3quran.net.
- Transliteratsiya faqat oʻqishga yordamchi. Toʻgʻri talaffuzni qorining qiroatidan yoki ustozdan oʻrganing.
وَلَقَدْ يَسَّرْنَا ٱلْقُرْءَانَ لِلذِّكْرِ فَهَلْ مِن مُّدَّكِرٍ
«Darhaqiqat, Biz Qurʼonni zikr uchun oson qildik. Bas, zikr qiluvchi bormi?!» — Qamar surasi, 54:17